Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59466

Ключевые слова:

международное экономическое сотрудничество международная рыночная система интеграционные процессы экспортный потенциал инвестиционный климат инвестиционный проект экспортная диверсификация

Аннотация

В статье в процессе расширения внешнеэкономических связей Узбекистана исследуются пути координации организационной основы координационных отношений и механизмы их развития в рамках системы развития сотрудничества, связанной с Шанхайской организацией сотрудничества. Анализируется влияние существующих проблем на процесс установления широкомасштабных торгово-экономических связей между государствами-членами Шанхайской организации сотрудничества и Республикой Узбекистан. В рамках Шанхайской организации сотрудничества разработаны научное предложение и практические рекомендации по системе расширения внешнеэкономических связей Узбекистана и направлениям ее координации.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

318


SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI DOIRASIDA OʻZBEKISTON TASHQI IQTISODIY

ALOQALARINI KENGAYTIRISH TIZIMI VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI

PhD, dots.

Tursunov Bekmuxammad Omonovich

Toshkent gumanitar fanlar universiteti

ORCID: 0000-0001-9297-8361

omonovich-0387@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish jarayonid

a

Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan bogʻliq hamkorlikning rivojlantirish tizimi doirasidagi

kordinatsion munosabatlar va uni rivojlantirish mexanizmlarining tashkiliy asosini

muvofiqlashtirish yoʻllari tadqiq etilgan. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo d

avlatlar va

Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida keng koʻlamli savdo

-iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish

jarayonida mavjud muammolarning ta'siri tahlil qilingan. Shanxay hamkorlik tashkiloti

doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish

tizimi va uni muvofiqlashtirish

yoʻnalishlariga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

.

Kalit soʻzlar:

xalqaro iqtisodiy hamkorlik, xalqaro bozor tizimi, integratsiya jarayonlari,

eksport salohiyati, investitsiya muhiti, investitsion loyiha, eksport diversifikatsiyasi.

СИСТЕМА РАСШИРЕНИЯ ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКИХ СВЯЗЕЙ УЗБЕКИСТАНА И

МЕХАНИЗМ ЕЕ РЕАЛИЗАЦИИ В РАМКАХ ШАНХАЙСКОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

СОТРУДНИЧЕСТВА

PhD

, доц

.

Турсунов Бекмухаммад Омонович

Ташкентский гуманитарный университет

Аннотация.

В статье в процессе расширения внешнеэкономических связей

Узбекистана исследуются пути координации организационной основы координационных
отношений и механизмы их развития в рамках системы развития сотрудничества,

связанной с Шанхайской организацией сотрудничества. Анализируется влияние

существующих проблем на процесс установления широкомасштабных торгово

-

экономических связей между государствами

-

членами Шанхайской организации

сотрудничества и Республикой Узбекистан.

В рамках Шанхайской организации

сотрудничества разработаны научное предложение и практические рекомендации по

системе расширения внешнеэкономических связей Узбекистана и направлениям ее

координации

.

Ключевые слова:

международное

экономическое

сотрудничество,

международная

рыночная

система,

интеграционные

процессы,

экспортный

потенциал,

инвестиционный

климат,

инвестиционный

проект,

экспортная

диверсификация.

UO

K: 339.9.012

XI SON - NOYABR, 2024

318-325


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

319

SYSTEM OF EXPANSION OF FOREIGN ECONOMIC RELATIONS OF UZBEKISTAN AND THE

MECHANISM OF ITS IMPLEMENTATION WITHIN THE FRAMEWORK OF THE SHANGHAI

COOPERATION ORGANIZATION

PhD, assoc. prof.

Tursunov Bekmukhammad Omonovich

Tashkent University of Humanities

Abstract.

In the process of expanding foreign economic relations of Uzbekistan, the article

examines the ways of coordinating the organizational basis of coordination relations and the
mechanisms for their development within the framework of the cooperation development system

associated with the Shanghai Cooperation Organization. The impact of existing problems on the

process of establishing large-scale trade and economic relations between the member states of the
Shanghai Cooperation Organization and the Republic of Uzbekistan is analyzed. Within the
framework of the Shanghai Cooperation Organization, a scientific proposal and practical

recommendations on the system for expanding Uzbekistan's foreign economic relations and the

directions for its coordination have been developed.

Keywords:

international economic cooperation, international market system, integration

processes, export potential, investment environment, investment project, export diversification.

Kirish.

Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini koʻp vektorlik rivojlanish tizimiga ega ekanligi,

mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda mustahkam iqtisodiy diplomatiya

zaruriyatini yuzaga keltiradi. Oʻz oʻrnida xalqaro maydonda yuz berayotgan ge

osiyosiy va

iqtisodiy vaziyat mamlakat mamlakatda aholi sonining ortib borayotganligi, ichki bozorni

kengaytirish bilan birga eksport salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga yangi ish

oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etishda texnologik

taraqqiyot yutuqlaridan

samarali foydalanish hisobiga tovar va xizmatlarning xalqaro bozorlardagi raqobatdoshligini

ta'minlash jarayonlariga nisbatan oʻziga xos e’tibor talab etadi.

Istiqbolda mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kenga

ytirishda koʻp

tomonlama shartnoma munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan xalqaro hamkorlik
tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning “Oʻzbekiston

-2030 str

ategiyasi”da an’anaviy

sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan xalqaro hamkorlik
geografiyasini kengaytirishda “MDH mamlakatlari bilan an'anaviy va keng qamrovli strategik

aloqalarni amalga oshirish, Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy va

texnologik hamkorlikni mustahkamlash, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan

mintaqa bozorlariga yoʻnaltirilgan eksport hajmini oshirish” (Farmon, 2023) kabi qator

vazifalarning belgilanganligi, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladigan

xalqaro tashkilotlarda mamlakatimizning teng iqtisodiy manfaatlarini yuzaga keltirishga
xizmat qiladigan shartnoma munosabatlarini tashkil etish tizimini ilmiy-amaliy asoslarini

chuqur oʻrganish zaruriyatin

i yuzaga keltiradi. Xususan, bu borada Shanxay hamkorlik

tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimi va uni amalga

oshirish mexanizmiga nisbatan tizimli yondashuvni amalga oshirish, tashkilotga a'zo davlatlar

bilan Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini tenglik va oʻzaro manfaatlilik tamoyillari asosida

rivojlantirish, “2022 —

2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot

strategiyasi”ni 97

-

maqsadiga muvofiq Jahon savdo tashkilotiga a'zo boʻlish va Yevr

oosiyo

Iqtisodiy Ittifoqi bilan integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirish (Farmon, 2022) jarayonlarida
dolzarb ahamiyat kasb etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

320

Adabiyotlar sharhi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar oʻrtasida savdo

-iqtisodiy munosabatlarni

tashkil etis

h tizimiga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli tadqiqotlar xorij iqtisodchi olimlaridan Li

(2021) ilmiy izlanishlarida alohida ahamiyat kasb etib, tadqiqot jarayonida mintaqaviy tovar

ayriboshlash hajmini oshirish, tashkilotning barqaror va uzoq muddatli rivojlanish

strategiyasida iqtisodiyot va gumanitar hamkorlik sohasidagi munosabatlarning oʻrniga

alohida ahamiyat beriladi. Li (2015) ilmiy tadqiqotlarida Shanxay hamkorlik tashkiloti orqali

mintaqaviy tovar ayriboshlashni tartibga solishda tashkilotga a’zo davla

tlarning tovar ishlab

chiqarish jarayonida innovasiyalarga nisbatan umumiy standartlarni qoʻllash tovar yetkazib
berishning optimallashtirish vositasi sifatida e’tirof etiladi

. Kaukenov (2007) tomonidan

amalga oshirilingan tadqiqot natijalari hamkorlik tashkilotini Markaziy Osiyo mamlakatlari

ijtimoiy-

iqtisodiy hayotida mustahkam oʻrin egallayotganligi, bu xalqaro bozor tizimida

qit’alararo tashqi savdo faoliyati bilan bogʻliq savdo munosabatini tartibga solish, hamda bir

qancha yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga savdo karidorlarini kengaytirishga ijobiy

ta’siri yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi

. Efremenko (2019) tomonidan

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston va Pokistonning toʻliq a’zo boʻlganidan keyingi

holatlariga do

ir ssenariylar tayyorlangan boʻlib, tadqiqot jarayoniga asoslangan ssenariylarda

tashkilot faoliyatini kengayishini iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga ta’siri ijobiy baholangan

.

Mamlakatimiz olimlaridan Nurimbetov (2022) tadqiqotlarida Oʻzbekistonning Shanx

ay

hamkorlik tashkilotidagi ishtirokida pragmatizmga katta e’tibor qaratilinadi. Ya'ni, respublika

tomonidan tashkilot doirasida koʻptomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan

maqsadlarni milliy manfaatlarga hamda mintaqada barqarorlik va hamkorlikni

mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlarga ta'siriga alohida e'tibor qaratilingan. Almurodova

(2022) tadqiqotlarida Shanxay hamkorlik tashkilotida Oʻzbekistonning missiyasi va tashkilotga

a'zo boʻlgan boshqa mamlakatlar bilan ShHT Xartiyasiga muvofiq iqtis

odiy barqarorlikni

ta'minlash, mintaqa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishda a'zo
mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik aloqalarini

kengaytirish yoʻnalishlari tizimlashtirilgan. Nigmatov (2023) tadqiqotlarida Oʻzbekistonning

tashkilotga a'zo davlatlar bilan teng tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiya sohalaridagi

hamkorlik munosabatlarini kengaytirishni ta'sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadga
muvofiq ekanligi qayd etiladi.

Yuqoridagi tadqi

qotlarda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi

iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimining tashkiliy asosi bilan bogʻliq jarayonlarga alohida
ustuvorlik berilgan boʻlib, tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimini amalga oshiri

sh

mexanizmini shakllantirishga e'tibor berilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini

kengaytirish tizimi va uni amalga oshirish mexanizmi mantiqiy abstraksiya usuli orqali tadqiq
etilgan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishning amaldagi holati tizimli tahlil,

tashkilotga a’zo davlatlar bilan hamkorlik shartnomalariga doir munosabatlarning tegishli

asosi induksiya va deduksiya, statistik tahlil kabi tadqiqot usullaridan keng foydalanilgan holda

yoritib berilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

2001-yil 15-

iyunda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Qozogʻiston, Tojikiston,

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalarining rahbarlari tomonidan Shanxay Hamkorlik
Tashkiloti (ShHT) tashkil etildi. Oʻzbekistonning mazkur tashkilotga a’zoligi t

ashkilotning

Shanxay hamkorlik tashkiloti yoki “Shanxay oltiligi” deb oʻzgartirilishiga sabab boʻldi. “Shanxay

hamkorlik tashkilotini tuzish toʻgʻrisidagi deklarasiya”, “Terrorizm, separatizm va

ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha Shanxay konvensiyasi” va “Oʻzbekistonning Shanxay


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

321

beshligi mexanizmiga ulanishi toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot” ShHT tomonidan qabul qilingan
dastlabki hujjatlar sifatida e’tirof etiladi.

2003-

yil sentyabr oyida Hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishida oltita davlatning

ko‘p t

omonlama savdo-

iqtisodiy hamkorlik dasturi tasdiqlangan boʻlib, ayni paytda ShHTda

iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, savdo va investisiya sohasida qulay shart

-

sharoitlar yaratish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi hukumatlararo memorandumlar maz

kur

dastur asosida tashkil etiladi. Hukumatlararo memorandumlarda savdo-iqtisodiy sohada

hamkorlikning moslashuvchan shakllari ko‘zda tutilgan boʻlib, ko‘p tomonlama iqtisodiy

hamkorlik dasturlari davlatlardagi kompaniyalar va turli mulkchilik shaklidagi korxona

rahbarlari tomonidan oʻzaro imzolanadigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi

.

ShHT doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning muhim jihati shundaki, unda barcha a’zo

davlatlarning aniq loyihalarda majburiy ishtirok etishi nazarda tutilmagan. Tashkilotg

a a’zo

davlatlar ikki yoki uch tomonlama asosda iqtisodiy tartib bilan bogʻliq muammolarga oʻzaro
yechim topishga muvaffaq boʻlishadi. ShHTdagi iqtisodiy hamkorlik asosan energetika,

transport, savdo-iqtisodiy va axborot sohasidagi hamkorlik aloqalariga asoslangan (

Хартия,

2021).

Tashkilotga a’zo davlatlar oʻrtasida oʻzaro tashqi savdo aloqalarini muvofiqlashtirish

mexanizmini amalga oshirishga doir dastlabki harakatlari 2003-2004 yillarda ShHT doirasida

erkin savdo-

iqtisodiy zonalarni tashkil etish gʻoyas

ida ilgari surilgan. 2030-yilgacha tashkilot

faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasida ShHTga a’zo davlatlar mintaqaviy bozorlarida tovarlar,

kapital, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich erishish

yoʻllari koʻrsatib oʻti

lgan. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida erkin savdo-iqtisodiy zonasi

gʻoyasining tegishli tamoyillari quyidagilardan iborat:

-

tashkilotga a’zo davlatlar oʻrtasida savdo xarajatlarini kamaytirish:

-

mintaqaviy jarayonlarga doir investisiyalarni ragʻbatl

antirish;

-

submintaqaviy

darajada

mehnat

taqsimotini

shakllantirish

mexanizmini

takomillashtirish orqali hududiy sanoat tuzilmasi resurslarini birlashtirish;

-

Yevroosiyo sanoat tizimini global sanoat tizimiga integrasiyasini ta'minlash va

boshqalar.

Mazkur tamoyillarning tegishli asosi Yevroosiyo qit'asining siyosiy va iqtisodiy xaritasida

hali ham defragmentasiyalangan munosabatlar va mintaqaviy mojarolarni oldini olish

imkoniyatini beradi. Oʻz navbatida Yevroosiyo qit'asining barqarorligini murakkab tuz

ilishini

tashkil etish va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik aloqalarida Oʻzbekistonning faol ishtirokini
ta’minlash ishtirokchi davlatlar bilan oʻrtada mavjud boʻlgan farqlarga muvofiq teng

tomonlama tashqi savdo faoliyatini tashkil etishni obyektiv zaruriya

t ekanligini koʻrsatadi.

Bugungi kunda ShHT hududi yer sharining 35 million kvadrat kilometrdan ortiq boʻlgan

hududiga ega boʻlib, mazkur hudud Yevroosiyo materigining 65 foizini tashkil etadi. ShHT

aholisining soni 3,5 milliard kishidan ortiq boʻlib, a'zo

davlatlar iqtisodiyotining hozirgi

bosqichida 4-

9 foiz oraligʻida oʻsish sur'atlari ta'minlanayotgan boʻlib, global yalpi ichki

mahsulotda 30 foiz ulushga ega. Ishtirokchi mamlakatlarning tashqi savdo hajmi 8 trillion AQSh

dollaridan ortiq boʻlib, bu koʻrsatkich butun dunyo savdo hajmining qariyb to‘rtdan bir qismiga

teng.

32

Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarida ShHT ga a'zo davlatlar muhim oʻrin egallaydi.

Ayniqsa, mamlakat tashqi savdo hajmida Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federasiyasi

ulushi yuqori koʻrsatkichga ega.

2021-

yilda Oʻzbekistonning ShHTga a’zo davlatlar

orasida Xitoy Xalq Respublikasiga

eksport hajmi 2 529,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan boʻlib, tashkilotga a’zo davlatlar
oʻrtasida umumiy eksport hajmining 33,8 foizini tashkil etgan. 2022

-yilda 2 632 mln. AQSh

dollarini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 4 foizga oshgan. 2023-yilda Xitoy Xalq Respublikasiga

eksport hajmi 2 461,8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan boʻlib, 2022

-yilga nisbatan 6,5 foizga

32

https://kapital.kz/economic/127396/vneshnyaya-torgovlya-stran-uchastnits-shos-prevyshayet-8-trln.html


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

322

pasaygan. 2023-

yil yakunlari boʻyicha tashkilotga a’zo davlatlar orasida umumiy eksportning

27,2 foizi

mazkur mamlakat ulushiga toʻgʻri kelgan

.

2021-

yilda Rossiya Federasiyasi Oʻzbekiston Respublikasi 2 088,2 mln. AQSh dollariga

teng boʻlgan eksport hajmini amalga oshirgan boʻlib, tashkilotga a'zo davlatlar orasida 22,7 foiz

ulushni tashkil etgan. 2022-yilda Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 3 151,1 mln. AQSh
dollarini tashkil etganligi, 2021-yilga nisbatan eksport hajmini qariy 51 foizga oshganligini

koʻrsatadi

.

2023-

yilda 3 307,6 mln. AQSh dollari koʻrsatkichiga teng boʻlgan eksport hajmi amalga

os

hirilgan boʻlib, mazkur davlatga qilingan eksport hajmi 2022

-yilga nisbatan qariyb 5 foizga

oshgan. 2023-

yil yakunlari boʻyicha tashkilotga a’zo davlatlar orasida umumiy eksportning

36,5 foizi mazkur mamlakat ulushiga toʻgʻri keladi (1

-jadval).

1-jadval

2021-2023-

yillarda Oʻzbekistonning SHHTga a’zo davlatlarga eksport hajmi

(mln. AQSh dollarida)

33

2021 y

2022 y

2023 y

Xitoy Xalq Respublikasi

2 529,1

2 632,0

2 461,8

Rossiya Federasiyasi

2 088,2

3 151,1

3 307,6

Qozog‘iston

1 178,4

1 407,5

1 372,5

Qirg‘iziston

792,0

982,5

631,5

Tojikiston

501,9

522,1

605,0

Eron

177,1

139,8

180,6

Pokiston

130

185,2

269,2

Belarus

59,6

128,8

119,0

Hindiston

29,9

36,5

108,0

2021-2023-

yillarda Oʻzbekistonning ShHTga a’zo davlatlardan import

hajmida Xitoy Xalq

Respublikasi yuqori koʻrsatkichga ega boʻlib, 2021

-yilda 4 923,4 mln, 2022-yilda 6 427,7 mln,

11 260,1 mln AQSh dollariga teng boʻlgan tovar va xizmatlar import qilingan. 2023

-yil yakunlari

boʻyicha tashkilotga a’zo davlatlar orasida im

portning 49 foizi mazkur mamlakat ulushiga

toʻgʻri kelgan.

2-jadval

2021-2023-

yillarda Oʻzbekistonning SHHTga a’zo davlatlar

dan import hajmi

(mln. AQSh dollarida)

34

2021

2022

2023

Xitoy Xalq Respublikasi

4 923,4

6 427,7

11 260,1

Rossiya Federasiyasi

5 462,2

6 230,7

6 576,1

Qozog‘iston

2 742,2

3 243,5

3 026,4

Qirg‘iziston

161,6

280,7

321,9

Tojikiston

103,6

154,5

151,8

Eron

254,2

296,1

322,8

Pokiston

51,5

112,2

118,1

Belarus

319,2

411,6

501,1

Hindiston

460,6

655,1

648,5

Rossiya Federasiyasidan 2021-yilda 5 462,2 mln, 2022-yilda 6 230,7 mln, 2023-yilda 6

576,1 mln AQSh dollariga teng boʻlgan tovar va xizmatlar import qilingan. 2023

-yil yakunlari

boʻyicha tashkilotga a’zo davlatlardan amalga oshirilingan importning

28,7 foizi Rossiya

Federasiyasi ulushiga toʻgʻri keladi

.

33

www.stat.uz

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

34

www.stat.uz

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

323

2021-2023-

yillarda Oʻzbekistonning ShHTga a’zo davlatlardan import hajmida yuqori

ulushga ega boʻlgan davlatlardan yana biri, Qozogʻiston Respublikasi hisoblanadi. 2021

-yilda

Qozogʻiston Respublikasidan jami qiymati 1 178,4 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan tovar va

xizmatlar import qilingan. 2022-

yilda ushbu koʻrsatkichning umumiy qiymati 19,4 foizga ortib

1 407,5 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

2023-

yilda Qozog‘iston Respublikasidan 1 372,5 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan import

amalga oshirilingan boʻlib, 2023

-yilga nisbatan mazkur mamlakatdan import hajmi qariyb 2,5

foizga pasaygan (2-jadval).

2021-2023-

yillarda Oʻzbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan amalga oshirilgan tashqi

savdo balansi, 2021-yilda a'zo davlatlar bilan tashqi savdo balansida 5 423,3 mln. AQSh dollari,

2022-yilda esa 8 756,9 mln. AQSh dollari, 2023-yilda 13 871,6 mln. AQSh

dollariga teng boʻlgan

salbiy natijadorlikni qayd etadi (1-rasm).

1-rasm. 2021-2023-

yillarda Oʻzbekistonning SHHTga a’zo davlatlar

bilan amalga

oshirilgan tashqi savdo balansi (mln. AQSh dollarida)

35

Import hajmining yuqoriligini mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish tizimini tashkil

etish va modernizasiyalashga asoslangan mashinalar va asbob-

uskunalarning koʻpligi, xarid

hajmining yuqoriligi orqali izohlash mumkin.

ShHTga a’zo davlatlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo munosabatlari

va uni tashkil

etish jarayonida kuzatilinayotgan salbiy natijadorlik Oʻzbekiston iqtisodiyotini tashkilot
doirasidagi hamkorlik tizimini tashkil etishda koʻp vektorli faoliyat yoʻnalishiga ega boʻlgan

savdo hamkorlik salohiyati va mintaqani yanada rivojlangan va integratsiyalashgan iqtisodiy
tizimini shakllantirishda transport, savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni

chuqurlashtirish, shuningdek, savdo faoliyatini tashkil etishda transaksion xarajatlar hajmini

oshib ketishini oldini oladigan transka

ridor loyihalar ustida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik

shartnomalarini ijrosi ta'minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Xulosa va takliflar.

Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini mavjud

tizimi va uning faoliya

t natijasi bilan bogʻliq yuqoridagi ma'lumotlarga asoslangan xulosalar,

kengaytirish tizimi va uni amalga oshirish mexanizmi tashkilot doirasida texnologik

ustuvorlikka ega boʻlgan mamlakatlar bilan fan va ta'lim sohasini rivojlantirish, bu borada

tegishli kadrlar almashinuv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu bilan bir qatorda aruriyat

uchun kadrlar almashinuv tizimi va moliyaviy kapital erkin oqimini doimiy nazoratini amalga

oshirish maqsadida “Shanxay vizasi” tizimini ishlab chiqish maqsadga muvof

iq hisoblanadi.

35

www.stat.uz

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

324

Ushbu tizim orqali intellektual migrasiya munosabatlarini tashkil etish, investorlarning

tashkilotga a'zo mamlakatlarda investisiya muhitini oʻrganish imkoniyatlari yuzaga keladi.

ShHTga a'zo davlat rahbarlari Kengashning 2019 yil noyabr oyida tashkilot faoliyatini

2035 yilgacha rivojlantirish dasturida savdo, bank-moliya hamkorligi, transport, sanoat,

qishloq xoʻjaligi, energetika, turizm, ta'lim, innovasiyalar, fazoviy rivojlanish va mintaqalararo

hamkorlik kabi turli sohalardagi ustuvor

yoʻnalishlar bilan birga asosiy e'tibor raqamlashtirish

va yuqori texnologiyalarga qaratilinishi qayd etiladi.

36

Fikrimizcha, bu kabi qator holatlar Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida oʻzbekiston

tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimi va

uni amalga oshirish mexanizmi bilan bogʻliq

quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:

-

hududlarning eksport salohiyatidan samarali foydalanishga doir investitsion loyihalarni

muvofiqlashtirish tizimining kompleks mexanizmini ishlab chiqish;

-

mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni

ShHTdagi davlatlarga chiqarishga ko‘maklashish uchun “Eksport tizimi geografiyasi” raqamli

platformasini shakllantirish;

-

ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari doirasida san

оat ishlab chiqarishning

hududiу уоndashuvlariga ustuvоrlik berishga asoslangan sanоat infratuzilmasini
shakllantirish jarayonini qo‘llab

-quvvatlash tizimini ishlab chiqish;

-

savdo-

iqtisodiy munosabatlarda уashil texnоlоgiуalarni tijоratlashtirish ekоinnоvatsiоn

tizim faоliуatini muvоfiqlashtirishga xizmat qiluvchi ilmiу

-

tadqiqоtlarni amalga оshirishni

kоmpleks rivоjlantirishga xizmat qiladigan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;

-

eksport tarkibini diversifikatsiyalashning tashkiliу

-

iqtisоdiу modelini gоrizоn

tal

eksport diversifikatsiyasi modelidan vertikal eksport diversifikatsiyasi modeliga o‘tkazish

orqali eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni innovatsion rivojlanish tizimini takomillashtirish

va boshqalar.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Almurodova, R. (2022). Shanxay hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston (2001

-2017

yillar). Models and Methods in Modern Science, 1(14), 44

51. Retrieved from

https://econferences.ru/index.php/mmms/ article/view/575

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2023-yil 11-sentyabrdagi

““O‘zbekiston

-

2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF-158-sonli Farmoni.

Farmon, (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022-yil 28-yanvar

dagi “2026

-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-60-sonli

Farmoni.

Nigmatov A.X. (2023) Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy

hamkorligi//

“Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari

: tarixiy mushtaraklik va hamkorlik

istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy

-

amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. T

., 121-126 b.

Ефременко Д.В. (2019) Шанхайская организация сотрудничества после расширения:

новые вызовы и перспективы // Вестник Московского университета. Серия 25.

Международные

отношения

и

мировая

политика.

2019.

№3.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/shanhayskaya-organizatsiya-sotrudnichestva-posle-

rasshireniya-novye-vyzovy-i-perspektivy

Каукенов Адиль

.

(2007) Политика Китая в Шанхайской организации

сотрудничества

//

Центральная

Азия

и

Кавказ.

№3

(51).

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/politika-kitaya-v-shanhayskoy-organizatsii-sotrudnichestva

Ли Сяотянь. (2021) Региональное позиционирование и модель сотрудничества

после расширения Шанхайской организации сотрудничества // Международное

обозрение, №3. С. 96

-118.

36

https://ria.ru/20230704/shos-1881483355.html


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

325

Ли Цзиньфэн. (2015) Расширение Шанхайской организации сотрудничества: вызовы

и возможности

// Исследования России, Восточной Европы и Центральной Азии, №6. С.

36-44.

Нуримбетов

Р

. (2022)

Ўзбекистон Шанхай ҳамкорлик ташкилоти: стратегик

ҳамкорлик қиррали // OJHPL. №2. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/ zbekiston-shanhay-

amkorlik-tashkiloti-strategik-amkorlik-irrali

Хартия (2021) Хартия Шанхайской организации сотрудничества (Санкт

-

Петербург, 7 Июня 2002 Года)

https://www.mid.ru/ru/foreign_policy/rso/1728900/

www.stat.uz-

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

Библиографические ссылки

Almurodova, R. (2022). Shanxay hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston (2001-2017 yillar). Models and Methods in Modern Science, 1(14), 44–51. Retrieved from https://econferences.ru/index.php/mmms/ article/view/575

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni.

Farmon, (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.

Nigmatov A.X. (2023) Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hamkorligi//“Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari: tarixiy mushtaraklik va hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. T., 121-126 b.

Ефременко Д.В. (2019) Шанхайская организация сотрудничества после расширения: новые вызовы и перспективы // Вестник Московского университета. Серия 25. Международные отношения и мировая политика. 2019. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/shanhayskaya-organizatsiya-sotrudnichestva-posle-rasshireniya-novye-vyzovy-i-perspektivy

Каукенов Адиль. (2007) Политика Китая в Шанхайской организации сотрудничества // Центральная Азия и Кавказ. №3 (51). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/politika-kitaya-v-shanhayskoy-organizatsii-sotrudnichestva

Ли Сяотянь. (2021) Региональное позиционирование и модель сотрудничества после расширения Шанхайской организации сотрудничества // Международное обозрение, №3. С. 96-118.

Ли Цзиньфэн. (2015) Расширение Шанхайской организации сотрудничества: вызовы и возможности // Исследования России, Восточной Европы и Центральной Азии, №6. С. 36-44.

Нуримбетов Р. (2022) Ўзбекистон Шанхай ҳамкорлик ташкилоти: стратегик ҳамкорлик қиррали // OJHPL. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ zbekiston-shanhay-amkorlik-tashkiloti-strategik-amkorlik-irrali

Хартия (2021) Хартия Шанхайской организации сотрудничества (Санкт-Петербург, 7 Июня 2002 Года) https://www.mid.ru/ru/foreign_policy/rso/1728900/

www.stat.uz- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.