Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.63913

Ключевые слова:

система поиска информации база знаний интеллектуальная система система связи искусственный интеллект система технический инструмент естественный язык формальная система обратная цепь мышления экспертная система объяснительный компонент компонент создания знаний

Аннотация

В данной статье особое внимание уделено тому, что интеллектуальные информационные технологии являются одной из научных и практических областей информатики с ярким и быстро развивающимся будущим. Базовые основы искусственного интеллекта основаны на знаниях, даны организация общения на естественных языках, понимание текста, логический вывод, обоснование и объяснение решений.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

80


SUN’IY INTELLEKTNING BAZAVIY ASOSLARI

t.f.n.

Jomonqulova Fazilat Esirgapovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0008-9057-9648

jamanqulovaf72@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada intellektual axborot texnologiyalar

informatikaning

kelajagi porloq va tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ilmiy va amaliy sohalard

an biri ekanligiga

alohida e’tibor qaratilgan.

Sun’iy intellektning bazaviy asoslari bilimlarga tayanishi, tabiiy

tillarda muloqotni tashkil etish, matnni tushunish, mantiqiy xulosa chiqarish, yechimlarni

asoslash va tushuntirish bo‘yicha taklif va tavsiya

lar berilgan.

Kalit so‘zlar:

axborotni izlash tizimi, bilimlar bazasi, intellektual tizim, muloqot tizimi,

sun’iy intellekt, tizim, texnik vosita, tabiiy til, formal tizim, fikrlashning teskari zanjiri, ekspert

tizim, tushuntiruvchi komponent, bilimlarni hosil qilish komponenti.

БАЗОВЫЕ ОСНОВЫ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

к.

т

.н.

Жомонкулова Фазилат Эсиргаповна

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В данной статье особое внимание уделено тому, что

интеллектуальные информационные технологии являются одной из научных и

практических областей информатики с ярким и быстро развивающимся будущим.
Базовые основы искусственного интеллекта основаны на знаниях,

даны организация

общения на естественных языках, понимание текста, логический вывод, обоснование и

объяснение решений

.

Ключевые слова:

система поиска информации, база знаний, интеллектуальная

система, система связи, искусственный интеллект, система, технический инструмент,
естественный язык, формальная система, обратная цепь мышления, экспертная
система, объяснительный компонент, компонент создания знаний.

BASIC FUNDAMENTALS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

PhD

Jomunkulova Fazilat Esirgapovna

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article focuses on the fact that intellectual information technologies are one

of the scientific and practical areas of informatics with a bright future and rapid development.

The basic foundations of artificial intelligence are based on knowledge, the organization of

communication in natural languages, understanding of text, logical inference, justification and
explanation of solutions are given.

Keywords:

information retrieval system, knowledge base, intelligent system, communication

system, artificial intelligence, system, technical tool, natural language, formal system, reverse chain of

thinking, expert system, explanatory component, knowledge creation component.

UO‘K:

001.895

XII SON - DEKABR, 2024

80-85


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

81

Kirish.

Butun dunyoni larzaga keltirib shiddat bilan rivojlanishni boshlagan globallashuv

jarayonlarida bugungi kun tarix zarvaraqlarini axborot kommunikasion texnologiyalari yoki

internet tizimlarisiz tassavvur qilish qiyin. Shiddat bilan odimlab borayotgan vaqt birligida

tezkorlik va tejamkorlik birinchi

o‘

rinni egallamoqda. Inretnet tarmoqlari hamda mobil

vositalari vaqtni tejash, qulay tezkorlik xizmatlarini taqdim etish orqali kundalik hayotimizga

tobora singib bormoqda. Axborot

oqimlarini boshqarish kerakli ma’lumotlarni ajratib olish

sun’iy tafakkur sohasining eng dolzarb yo‘

nalishlaridan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi.

Sun’iy intellekt xaqidagi tasavvur

va bu sohadagi izlanishlar -

«aqliy mashinalar» ishlab

chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi b

o‘

lib Stanford universitetining (AQSH) professori

Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy t

o‘

garakda paydo b

o‘

ldi. Bu t

o‘

garak

tarkibiga Massac

huset (AQSH) texnologiya oliygoxi «Elektronika va xisoblash texnikasi»

kulliyotining faxriy professori Minskiy, «masalalarni universal hal qiluvchi» va «mantiqiy

nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori kibernetik Nyuell va

Mellen

dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Seyman, xisoblash texnikasining k

o‘

zga k

o‘

ringan

mutaxassislari Semuel, Selfridj, Manshenon va boshkalar kirar edilar. Aynan shu t

o‘

garakda

«Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo‘

ldi va rivojlanish bosqichlarini namoyon qildi.

Sun’iy intellekt sohasida o‘

tgan asrning

o‘

rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan.

Ingliz matematigi va kriptografi Tyuring (1912-1954) mazkur y

o‘

nalishda ilk tadqiqot muallifi

hisoblanadi. Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda
qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Tyuring edi.

Keyinchalik olim

o‘zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi. Maqola chop

etilganidan s

o‘ng sun’iy intellekt sohasid

a yangidan-yangi tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu

davr mobaynida olim qarashlarini

o‘

zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq qilmaydigan

mashinalar haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan.

“Sun’iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo‘

ldi. Shu yilning yozida AQSHning

Dartmut universitetid

a sun’iy tafakkur masalalari bo‘

yicha anjuman b

o‘

lib

o‘

tdi. Unda Shennon

(Bell Laboratories), Rochester (IBM), Saymon (Karnegi universiteti, Mur (Prinston
universiteti), Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi

olimlar ish

tirok etgan. Anjumanda ma’ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim

Makkarti (1927

–2011) “Artificial Intelligence” (“Sun’iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida

tarixga nom qoldirdi.

1997 yilda shaxmat b

o‘

yicha Jahon chempioni Kasparovni ma

g‘

lubiyatga uchratgan

mashhur shaxmat dasturi

“Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari

asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab chiqilayotgan edi.

Shundan s

o‘ng sun’iy intellektga e’tib

or kuchaydi. Yirik kompaniyalardan tortib to harbiy

muassasalargacha mazkur sohani moliyalashtira boshladi. Natijada yangi texnologiyalar soni

oshib, raqobat kuchaydi, sun’iy intellekt vositalari mukammallashib bordi

(https://yuz.uz,

2021).

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur maqola

intellektual

axborot texnologiyalarining porloq va tez sur’atlar bilan

rivojlanayotgan ilmiy va amaliy

sohasidagi muhim omili va ularni takomillashtirishga

qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Axborot texnologiyalari

faoliyatni rivojlantirishga oid

jarayonlar olingan ma’lumotlar tahlil va analiz asosida o‘

rganilgan, hamda xulosalash asosida

amaliyotda q

o‘

llash b

o‘

yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

82

Tahlil va natijalar muhokamasi.

SI

hisoblash mashinalarining insonlarga aqlli b

o‘

lib k

o‘

rinadigan tomonlarini bajarishga

imkon beradigan konsepsiyalar majmuasidir. Inson aqli

o‘

zi nima? U fikrlash qobiliyatiga

egami? U bilimlarni

o‘

zlashtirish va q

o‘

llash qobiliyatiga egami? U

g‘

oyalarni almashish va ular

bilan ishlash qobiliyatiga egami? Shubhasiz, bu barcha qobiliyatlar aqlning qismini tashkil
etadi. Lekin bu s

o‘zga oddiy ma’noda ta’rif berib bo‘

lmaydi. Chunki aql -

bu ma’lumotlarni qayta

ishlash va namoyish etish sohasidagi bilimlarning qorishmasidir.

SIning asosiy masalasi hisoblash mashinalarini foydaliroq qilish va aql asosida yotadigan

prinsiplarni tushunishdan iborat. Modomiki asosiy masalalardan biri hisoblash mashinalarini
foydaliroq qilish ekan, hisoblash texnikasi sohasidagi olim va injenerlar SI qiyin masalalarni hal

qilishda ularga qanday yordam berishi mumkinligini bilishlari kerak.

SIT sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50-yillar oxiri) Nyuell, Saymon va

Shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq qilish ishlari bilan bo

g‘

lashadi.

Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga m

o‘

ljallangan

«Mantiqchi

-

nazariyotchi» va «Umumiy masala yechuvchi» dasturlari bo‘

ldi. Bu ishlar SIT

sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Shuningdek, ushbu bosqich

davomida turli xil

o‘

yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot maydoni

hisoblangan.

O‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell va Sayman dalil sifatida shuni ta’kidlashdiki,

ularning dasturlari inson fikrlashini (tafakkurini) modellashtirar ekan. 70-yillar boshida ular

bunga

o‘

xshash k

o‘plab ma’lumotlarni chop etishdi va fikrlashni (tafak

kurni)

modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy usulini taklif etishdi. Nyuell va Saymanning
ishlari k

o‘

pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya instituti, Stenford

universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida tadqiqotchilar guruhi tomonidan SIT sohasidagi

tadqiqotlarda masalani yechish y

o‘

li matematik va belgilar mantiqi asosida rivojlandi (Nyuell

et al.,1981).

SIT sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyusiyalar usuli katta ta’sir etdi. Bu usul

predikatlar mantiqidagi teoremalarni isbotlashga asoslangan va isbotlashning mukammal usuli

hisoblangan. 60-yillar oxiriga kelib turli xil

o‘

yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar

kabi tadqiqotlarni sun’iy muhitlarda emas, balki real muammoli muhitlarda qo‘

llashga

harakatlar qilindi. SITning real muhitlarda ishlashini tadqiq qilish integral robotlarni yaratish

masalasiga olib keldi. Bunday ishlarning

o‘

tkazilishini SIT ustidagi tadqiqotlarning ikkinchi

bosqichi deyish mumkin (Kudryavsev, 2017).

70-yillar

o‘

rtalarida Stenford universiteti, Stenford tadqiqotlar instituti va boshqa bir

qancha joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan robotlar yaratildi. Bunday tajribalarning

o‘

tkazilishi bir qancha muammolarni hal qilishni talab qildi. Bunday muammolarga bilimlarni

namoyish etish, ko

rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy tilda muloqot qilish kabilar

kiradi. Bu muammolar tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq ifodalangan vazifalarni q

o‘

ydi. Bu

davr SITni tadqiq etishning uchinchi bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilardan
oldiga q

o‘

yilgan masalani real muhitda

o‘

zi yechadigan alohida (avtonom) ishlaydigan tizimni

А

llen Newell (1927

1992)

John Clifford Shaw, (1922

1991)

Herbert Simon (1916-2001)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

83

emas, balki inson intellektini va EHMning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina
tizimlarini yaratish masalasidan iborat edi.

Hozirgi vaqtda raqobat kurashidagi ustunlik mamlakatning

o‘

lchovlari bilan ham, uning

tabiiy resurslari bilan ham aniqlanmaydi. Endilikda buni jamiyat t

o‘plagan ta’lim darajasi va

bilimlar hajmi hal qiladi. Kelajakda boshqa mamlakatlarga qaraganda yangi bilimlarni yarata
olgan va egallagan mamlakatlargina gullab yashnaydi. Bunda asosiy rolni yangi axborot

texnologiyalar

o‘

ynasa, ularda esa SI usullari va vositalari

o‘

ynaydi.

Intellektual tizim deganda fe’l –

atvori maqsadga y

o‘

naltirilgan qobiliyatni

o‘

zida aks

ettiruvchi ixtiyoriy biologik, sun’iy yoki formal tizimlar tushuniladi.

Oxirgisi

o‘

zida aloqa, bilimlarni jamlash, qarorlar qabul qilish,

o‘

rganish, moslashish va

boshqa xususiyatlarni

o‘

zida namoyon etadi. Hozirgi vaqtda kompyuterlarni

intellektuallashtirishning tur

g‘un tendensiyasi va uning dasturiy ta’minoti (DT) mavjud.

Kelajakdagi kompyuterlarning asosiy funksiyalari

k

o‘

proq hisoblashga oid b

o‘

lmagan

xarakterdagi masalalarni, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish, BBni boshqarish, intellektual

interfeys ta’minoti va boshqa masalalarni yechishga qaratilgan. Kompyuterlarni

intellektuallashtirish maxsus apparaturalarni (masalan, neyrokompyuterlar) va DTlarni

(ekspert tizimlar, BB, masala yechuvchilar va h.k.) yaratish hisobiga amalga oshiriladi,

SIning asosiy texnologiyalari haqidagi tasavvurni shakllantirish uchun, uning dasturiy

yechimlarda muhim konsepsiyalarining mujassamlanishini

o‘

rganishimiz lozim.

SI sohasida tadqiqot strukturasini aniqlashdagi urinishlar takror-takror qilingan. Bu savol

borasidagi barchasidan k

o‘

ra mashhur nuqtai nazarlar (Rapoport va Pospelov, 1992) da ifoda

etilgan. Unga muvofiq SI sohasidagi tadqiqotlar ikkita bazaviy y

o‘

nalishlarni

o‘

z ichiga oladi:

bionik

, inson ongi uchun xarakterli va inson tomonidan yechiladigan masalalar asosida

yotuvchi strukturalar va jarayonlarni sun’iy qaytadan tiklash muammolari bilan shug‘

ullanadi;

dasturli-pragmatik

, inson intellektini (qidirish, klassifikasiyalash,

o‘

qitish, qaror qabul

qilish, timsollarni anglash, mulohaza va boshqalar) alohida huquq deb hisoblaydigan
masalalarni yechish uchun dasturlar tuzish bilan shu

g‘

ullanadi.

Birinchi y

o‘

nalish b

o‘yicha sun’iy neyron to‘

rlar modellarini q

o‘

llaydigan DT yaratish

muammolari qarab chiqiladi.

Bionik y

o‘

nalishning maqsadlari va masalalari qiyinligi tufayli oxirgi vaqtgacha SIda

dasturli-pragmatik y

o‘

nalish ustunlik qiluvchi hisoblanadi, garchi kelajakda baribir bionik

y

o‘

nalish ehtimol aniqlovchi b

o‘

ladi.

Dasturli-pragmatik y

o‘

nalishda uchta yondashuv ajratiladi:

lokal

, yoki

maqsadli

insonning intellektual faoliyatiga xos, inson erishishi mumkin

b

o‘

lgan natijalardan kam b

o‘

lmaydigan har bir masala uchun (masalan, shaxmat

o‘

yini uchun

o‘

yin dasturi) yaratish;

tizimli

, yoki

bilimlarga asoslangan

hozirgi vaqtda bu yondashuv ustunlik qilmoqda,

Bilimlar asosida intellektual masalalarni yechish uchun dastur tuzishda avtomatlashtirish

vositalarini yaratish;

• dasturlashtirishning met

aproseduralarini q

o‘

llovchi intellektual dasturlar tuzish uchun

tabiiy tilda masalalarni tavsiflash.

SIT lari teoremalarni isbotlash, komp’yuter o‘

yinlari, timsollarni anglash, qaror qabul

qilish, adaptiv dasturlash, mashinada musiqalarini bastalash, ta

biiy tilda ma’lumotlarni qayta

ishlash,

o‘

qituvchi t

o‘

rlar va boshqa y

o‘

nalishlarda keng q

o‘

llanilmoqda.

Timsollarni anglash qiziqarli intellektual masalalardan biri b

lib, bunday masalalarni

yechish bilan turli fanlar vakillari

fiziologlar, psixologlar, matematiklar, injenerlar

shu

g‘

ullanishgan.

Nazariy tadqiqot natijalarining amaliyotda keng q

o‘

llanilishi natijasida

o‘

qituvchi

avtomatlar, SI tizimlari, tibbiy diagnoz q

o‘

yuvchi, kriminal eksperimentlarni

o‘

tkazuvchi

tizimlar va shuningdek, murakkab sensorli holatlarni anglovchi va taxlil qiluvchi robotlar paydo

b

o‘

ldi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

84

1957 yilda amerikalik fiziolog Rozenblatt k

o‘

rish orqali idrok etish va anglashning -

perseptron modelini taklif etdi. Anglash jarayonini

o‘

xshatuvchi (imitasiyalovchi) persepron

ikki rejimda ishlaydi:

o‘

qitish rejimi va anglash rejimi.

O‘

qitish rejimida kimdir (inson, mashina,

robot yoki tabiat)

o‘

qituvchi rolini

o‘

ynaydi, mashinaga obyektlarni taqdim etadi va ularning

har biri haqida qaysi tushunchaga (sinfga) qarashliligi haqida xabar beradi. Mohiyati b

o‘

yicha

tushunchalarning formal tavsifi b

o‘lgan bu ma’lumotlar asosida hal qiluvchi qo

ida quriladi.

Anglash jarayonida mashinaga yangi obyektlar taqdim etiladi, va ular imkoniyat boricha

t

o‘g‘

riroq sinflashtiriladi.

Tushunchalarni

o‘

rganishga va taqdim etilgan obyektlarni anglashga qodir

mashinalarning paydo b

o‘

lishi nafaqat fiziologlar uchun, balkim bilimlarning boshqa sohasidagi

vakillariga ham qiziqarli tuyuldi va bu nazariy va eksperimental tadqiqotlar rivojlanishining

katta oqimiga sabab b

o‘

ldi.

80-

yillarning boshlarida SI sohasida «Ekspert tizimlar» mustaqil yo‘

nalish sifatida

shakllandi. SIning amaliy tizimlarini yaratilishida ETlar birinchi qadam b

o‘

lib hisoblanadi.

ETlar SI tizimlarni bir qismi b

o‘

lib, u nazariy jihatdan bu sohani rivojlantirishda muhim

rol

o‘

ynadi. ETlar SI

g‘

oyalari va usullariga asos b

o‘lib, unda bilimlar, ma’lum

otlar yi

g‘

indisi va

ular yordamidagi boshqaruv tizimlari hamda mantiqiy qidiruv, assosiativ, hisoblash amallari
va bilimlar manbai aniq bir k

o‘

rinishda ishlatiladi.

Xulosa qilib aytganda k

o‘

pincha intellektual tizimlarni q

o‘

llash zarurligi, ularning

imkoniyatlari, qurish prinsiplari va rivojlanish y

o‘

nalishlari haqidagi tasavvurlarni

shakllanishiga olib keladi.

Intellektual tizimlar evolyusiyasi jadal sur’atlar bilan o‘

smoqda. Ulardan ayrimlari

(masalan, idrok etish, ET, timsollarni anglash va sinflash, mashinali tarjima, nutqni anglash va

boshqalar) bugungi kun uchun axborot

kompyuterli muhitda xizmat qiluvchi insonlar uchun

odatiy komponentalar b

o‘

lib hisoblanadi. Intellektual tizimlarning asosiy y

o‘

nalishlaridan biri

ET larning amalda keng q

o‘

llanishiga erishilgan (AQSh, Yaponiya va Yevropada) b

o‘

lishiga

qaramay, ularni ommaviy ishlab chiqarish va yoyishga t

o‘

sqinlik qiluvchi bir qator hal

b

o‘

lmagan quyidagi muammolar bor.

- ETlarni yaratish shu paytgacha uzoq va qiyin jarayon b

o‘

lib qolayotganligi;

- bilimlarni qabul qilish (olish): saralash, strukturalash, tasvirlash, sozlash va

bilimlarni kuzatib borish;

- hayotda k

o‘

pincha yechiladigan masalalar vaqt

o‘

tishi bilan turlicha yechilishi taqozo

etiladi, k

o‘

pgina ETlar: asosan

o‘

zgarmas masalalarni yechishga m

o‘

ljallanganligi uchun ularni

boshqa masalalarga q

o‘

llab b

o‘

lmaydi;

- bilimlar injeneriyalarini dastur b

o‘

yicha quvvatlashning y

o‘

qligi (chunki ekspertdan

bilimlarni olish va ularni formallashtirish ET larni yaratishda eng qiy

in va ma’suliyatli masala

hisoblanadi).

Xulosa va takliflar.

Demak, ES larni yaratish va ulardan natijalar olish uchun hali k

o‘

p ishlar qilinishi kerak.

Boshqalari esa, hozircha ekzotik va amaliy q

o‘

llashdan uzoqda deb tuyulayotganlari,

ertagayoq bizning hayotimizga puxtalik bilan kirib keladi.

Intellektual tizimlar k

o‘

plab bilimlar sohasiga tegishli b

o‘

lgan tadqiqotlar natijalariga

asoslanadi. Birinchi navbatda diskret matematika, matematik mantiq, kibernetika, matematik

lingvistika,

sun’iy intellekt

, psixologiya, sistemotexnika va boshqalarni aytish kerak. Bundan

tashqari, dasturlash texnologiyasi, Internet, k

o‘

p agentli tizimlar va boshqalarda barcha s

o‘

nggi

muvaffaqiyatlar foydalaniladi.

Misol tariqasida, intellektual axborot texnologiyalar va dasturlashning zamonaviy

txnologiyalarining

o‘

zaro kirishi natijasi Microsoft.NET platformasini k

o‘

rsatish mumkin, uni

yaratishda korporasiya 2 mlrd. doll. ortiq mabla

g‘

sarfladi va uni rivojlantirishda 5 mingdan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

85

ortiq mutaxassislar ishlamoqda. Yangi imkoniyatlarn

i esa u sun’iy intellekt g‘

oya va usullarini

mujassamlashtirish hisobiga egallamoqda.

Shunday qilib, quyidagi takliflarni kiritishni joiz topdik,

sun’iy intellektning bazaviy

asoslari bilimlarga tayanish, tabiiy tillarda muloqotni tashkil etish, matnni tushunish, mantiqiy

xulosa chiqarish, yechimlarni asoslash va tushuntirish hisoblanadi. Kompyuter bilan

“tabiiy”

muloqotga javob beruvchi Natural Interface texnologiyalari q

o‘lyozma ma’lumotlarni kiritish

va anglashni, nutqni anglashni va sintez qilishni ta

’minlaydi, shuningdek, turli xil tashqi

qurilmalardan qulay foydalanish uchun sharoitlar yaratadi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

https://yuz.uz (2021).

Sun’iy intellekt –

texnologik rivojlanish asosi. [online] https://yuz.uz.

Available at: https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi

Jamankulova, F. (2022). CONNECTION OF BLOCKCHAINS WITH SOFTWARE SYSTEMS.

ASEAN Journal on Science & Technology for Development, 39(4), 128-131.

Jamankulova, F., Toshniyozova, M., & Nizomova, D. (2022). The Most Necessary Aspects of

Artificial Intelligence in Different Fields. Mathematical Statistician and Engineering Applications,

71(4), 7536-7542.

Jomonkulova, E. F., & Shadmanov, I. E. (2022). The Notion Of Information And Its

Significance In The State Economy. British View, 7(4)0

Jomonkulova, F.E., Nizomov, M.Q., & Uralov, S.A. (2020). To make radical changes in the

system of higher education for the training of qualified personnel. In Colloquium-journal (No. 29-

2, pp. 13-14).

Jomonkulova, F.E., Tojiyev, N.S., Nizomov, M.Q., & Uralov, S.A. (2020). of informatization and

its role in the economy of the country. In Colloquium-journal (No. 29-1, pp. 60-61).

Jomonkulova, FE, Tojiyev, NS, Nizomov, MQ, & Uralov, SA (2020). THE CONCEPT OF

INFORMATIZATION AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF THE COUNTRY. In Colloquium-journal
(No. 29-1, p. 60-61).

Kudryavsev N.G. (2017) Iskusstvenny intellekt. http://robionika.ru/pages/ii.php.

Nyuell A., Shou Dj., Saymon G. (1981) Obshiy re

shatel zadach «Modelirovaniye mshleniya

cheloveka s pomo

щ

yu elektronno-

vchislitelnoy mashini» // Xrestomatiya po psixologii mishleniya.

M.: S. 305-327.

Rapoport M.G., Pospelov D.A. (1992) Struktura issledovaniy v oblasti iskusstvennogo

intellekta // Tolkovy slovar po iskusstvennomu intellektu.

M.: Radio i svyaz,

S. 5

20.

Библиографические ссылки

https://yuz.uz (2021). Sun’iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi. [online] https://yuz.uz. Available at: https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi

Jamankulova, F. (2022). CONNECTION OF BLOCKCHAINS WITH SOFTWARE SYSTEMS. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, 39(4), 128-131.

Jamankulova, F., Toshniyozova, M., & Nizomova, D. (2022). The Most Necessary Aspects of Artificial Intelligence in Different Fields. Mathematical Statistician and Engineering Applications, 71(4), 7536-7542.

Jomonkulova, E. F., & Shadmanov, I. E. (2022). The Notion Of Information And Its Significance In The State Economy. British View, 7(4)0

Jomonkulova, F.E., Nizomov, M.Q., & Uralov, S.A. (2020). To make radical changes in the system of higher education for the training of qualified personnel. In Colloquium-journal (No. 29-2, pp. 13-14).

Jomonkulova, F.E., Tojiyev, N.S., Nizomov, M.Q., & Uralov, S.A. (2020). of informatization and its role in the economy of the country. In Colloquium-journal (No. 29-1, pp. 60-61).

Jomonkulova, FE, Tojiyev, NS, Nizomov, MQ, & Uralov, SA (2020). THE CONCEPT OF INFORMATIZATION AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF THE COUNTRY. In Colloquium-journal (No. 29-1, p. 60-61).

Kudryavsev N.G. (2017) Iskusstvenny intellekt. http://robionika.ru/pages/ii.php.

Nyuell A., Shou Dj., Saymon G. (1981) Obshiy reshatel zadach «Modelirovaniye mshleniya cheloveka s pomoщyu elektronno-vchislitelnoy mashini» // Xrestomatiya po psixologii mishleniya. M.: S. 305-327.

Rapoport M.G., Pospelov D.A. (1992) Struktura issledovaniy v oblasti iskusstvennogo intellekta // Tolkovy slovar po iskusstvennomu intellektu. —M.: Radio i svyaz,— S. 5—20.