О БАНКОВСКИХ РИСКАХ

Аннотация

В статье рассматриваются риски, с которыми сталкиваются коммерческие банки в своей повседневной деятельности, которые могут негативно влиять на финансовое состояние и устойчивость банков. Банки сталкиваются с различными видами рисков в своей деятельности. Для этой цели были изучены финансовые, операционные, стратегические, репутационные, юридические, международные, риски стихийных бедствий и окружающей среды, медицинские и оздоровительные, риски безопасности, издержки и технологические риски, параллельно изучались требования, разработанные Базельским комитетом по изучению банковских рисков.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
69-76
43

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Муродова D. (2025). О БАНКОВСКИХ РИСКАХ . Экономическое развитие и анализ, 3(1), 69–76. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/65474
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются риски, с которыми сталкиваются коммерческие банки в своей повседневной деятельности, которые могут негативно влиять на финансовое состояние и устойчивость банков. Банки сталкиваются с различными видами рисков в своей деятельности. Для этой цели были изучены финансовые, операционные, стратегические, репутационные, юридические, международные, риски стихийных бедствий и окружающей среды, медицинские и оздоровительные, риски безопасности, издержки и технологические риски, параллельно изучались требования, разработанные Базельским комитетом по изучению банковских рисков.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

69


BANK RISKLARI HAQIDA

DSc

Murodova Dilnoza Choriyevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-3613-9392

dilnoz88.murodova@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada tijorat banklarning kundalik faoliyatida duch keladigan xavflar

keltirilgan bo‘lib, ular banklarning moliyaviy holati va barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rs

atishi mumkin.

Banklar o‘z faoliyatida bir nechta turdagi risklarga duch keladilar. Shu maqs

adda moliyaviy,

operatsion

,

strategik, reputatsion, huquqiy, xalqaro, tabiiy ofatlar va ekologik risklar, tibbiy va

sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, xarajatlar, texnologik risklar o‘rganilib, shu bilan birga banklarning
xatarlarini o‘rganishdagi Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan talablar o‘rganilgan

.

Kalit soʻzlar

:

risk, Bazel, xavf, xatar, kredit riski, foyda olmaslik riski, likvidlik riski, foiz riski,

to‘la

y olmaslik riski, bozor riski, raqobat, inflyatsiya.

О БАНКОВСКИХ РИСКАХ

DSc

Муродова Дилноза Чориевна

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В статье рассматриваются риски, с которыми сталкиваются

коммерческие банки в своей повседневной деятельности, которые могут негативно влиять
на финансовое состояние и устойчивость банков. Банки сталкиваются с различными видами

рисков в своей деятельности. Для этой цели были изучены финансовые, операционные,

стратегические, репутационные, юридические, международные, риски стихийных бедствий
и окружающей среды, медицинские и оздоровительные, риски безопасности, издержки и

технологические риски, параллельно изучались требования, разработанные Базельским

комитетом по изучению банковских рисков.

Ключевые слова:

риск, Базель, опасность, кредитный риск, риск неполучения прибыли,

риск ликвидности, процентный риск, риск дефолта, рыночный риск, конкуренция, инфляция.

ABOUT BANK RISKS

DSc

Murodova Dilnoza Choriyevna

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article discusses the risks faced by commercial banks in their daily activities,

which can negatively affect the financial condition and stability of banks. Banks face several types of

risks in their activities. For this purpose, financial, operational, strategic, reputational, legal,
international, natural disaster and environmental risks, medical and health, security, cost,

technological risks are studied, and the requirements developed by the Basel Committee for studying

the risks of banks are also studied.

Keywords:

risk, Basel, danger, hazard, credit risk, risk of not receiving profit, liquidity risk,

interest rate risk, risk of default, market risk, competition, inflation

.

UO‘K:

336.77.067

I SON - YANVAR, 2025

69-76

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

70

Kirish.

Yurtimizda inflyasiyaga qarshi kurashish va uni bartaraf etish dolzarb masalalaridan biri

hisoblanadi. 2020 -

2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini

isloh qilish strategiyasida Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspi

rtlarni jalb etgan holda,

monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta'minlash konsepsiyasini
ishlab chiqish zarurligi belgilangan (2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli farmon). Shu bilan

birga “Risk” so'zi fransuz tilidan kelib chiqqan bo'lib, aslida Lotin tilidagi “risicum” yoki

“resecum” so'zidan olingan. U dastlab “xavf” yoki “xatar” ma'nosini anglatgan. Bu so'z

keyinchalik iqtisodiyot, menejment, sug'urta va boshqa sohalarda keng tarqalgan va global
miqyosda ishlatiladi. Risk so'zi dastlab Frantsiyada keng tarqalgan, lekin uning ildizlari Lotin

tiliga borib taqaladi.


Adabiyotlar sharhi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu - tadbirkorlikning eng asosiy elementlaridan biri

xisoblanadi. Riskning o‘ziga xos xususiyatlari bu –

noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va

tahmin. Siyosiy va iktisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita

funksiyasi bor: rag‘batlantiruvchi va himoyalovchi (Tepman.2002).

A.Marshal, Dj.fon Neyman,

O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar (Sokolov, Amosova, 2003

): «Risk

va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o‘ynaydi. Xo‘jalik faoliyatining

ajralmas qismi bo‘lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida

yot

adi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo‘ladi».

O‘tga

n asrning 20-yillarida

Nayt (1994) birinchilardan bo‘lib daromad doim noaniqlilik

bilan bog‘liq degan fikrni olg‘a suradi. Samuelson (1939) esa, quyidagilarni ta’kidlagan:

«Noaniqlilik qarama

-qarshili

klar natijasida kelib chiqadi, ya’ni insonlar nimalarni

kutmoqdalar-

u, nimalar sodir bo‘lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon

bo‘ladi».

«Bankovskiy menedjment» darsligi muallifi Rouz (1995) risklarga kengroq tushuncha

berib, u bank risklarini quyidagi oltita asosiy turga ajratadi:

kredit riski;

foyda olmaslik riski;

likvidlik riski;

foiz riski;

to‘lay olmaslik riski;

bozor (raqobat, talab va taklif, inflatsiya va h.k.) riski. Bank uchun ikkinchi darajada

bo‘lgan risklar tarkibiga P.Rouz siyosiy, suyiste’mol va valyuta risklarin

i kiritadi.

Rivojlangan mamlakatlar banklariga nisbatan MDH davlatlari shu jumladan,

respublikamiz banklari faoliyati yanada ko‘proq riskka ega bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi

rejali iqtisodiyot davridagi bank faoliyatini bugungi davr talabiga javob beradigan holda qayta
tashkil etilmaganligi va yangi turdagi bank operatsiyalarini amalga oshirishda etarli tajribaning

yo‘qligi banklar faoliyatidagi risk darajasining yanada oshishiga olib kelmoqda (Abdul

laeva,

2002)

John Maynard Keynes

Keynes (1936) banklar va moliyaviy institutlarning "noaniqlik"

sharoitida qanday qarorlar qabul qilishini o‘rganishga katta e'tibor qaratgan. U banklarning

risklarni boshqarishdagi o‘zgaruvchan va xavfli vaziyatlarga qanday moslashishini o‘rganish

zarurligini ta’kidlagan. Keyn

esning fikricha, banklar iqtisodiy inqirozlar yoki bozorlaridagi

o‘zgarishlarga qarshi yetarlicha himoya qilishlari zarur

(Keynes, 1936).

Merton Miller va Franco Modigliani (1958)

Ular "Miller-Modigliani teoremasi"ni ishlab

chiqqan, bu teorema moliyaviy riskni va kapitalning tuzilishini tahlil qilishga asoslangan. Ular

banklarning kapital tuzilishi va qarz olish masalalarini tahlil qilishda riskni qanday boshqarish

kerakligi haqida fikr bildirgan. Ular banklar uchun kapitalning barqarorligi va riskni

taqs

imlashning ahamiyatini ko‘rsatgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

71

Robert (1990) Merton

Merton bank risklarini va moliyaviy muassasalar uchun riskni

boshqarishning muhimligini ta’kidlagan. U banklarning riskni bos

hqarish uchun moliyaviy

derivativlar va boshqa risk boshqaruv vositalarid

an qanday foydalanishini o‘rgangan. U

banklar uchun optimal risk va rentabellikni balanslash zarurligini tushuntirgan (Robert,

Merton, 1990).

George Akerlof va Paul M. Romer

Akerlof va Romer (1993) bank risklari va asosan

"informatsion asimetriya"ni tahlil qilishgan. Ularning "moral hazard" (axloqiy xatarlik) va

"adverse selection" (salbiy tanlov) kabi tushunchalari banklar risklarini tushunishga yordam

beradi. Ular fikricha, banklar

o‘zlarining qarz berish jarayonida axborotning yetishmasligi

sababli xatarlarga duch kelishadi, bu esa xavfni oshiradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Banklar va moliyaviy institutlar uchun risklarni boshqarishda xalqaro me'yorlar ishlab

chiqqan. Bazel I, II va III normativlari orqali bank risklarini boshqarish va kapitalni yetarli

darajada saqlash zarurligini ta’kidlagan. Bazel III standartlari, banklarning likvidlik va kapital

zahiralarini mustahkamlashni maqsad qilgan va global bank xavfini kamaytirishga qaratilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bazel Bank for International Settlements (BIS), ya'ni Bazel Komitasi 1974-yilda tashkil

etilgan.

Bu tashkilot xalqaro banklar va moliyaviy institutlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni

rivojlantirish, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, va global iqtisodiy xavflarni boshqarish

maqsadida asos solingan. Bazel Komitasi, ayniqsa, banklarni tartibga solish va kapital
yetarliligiga doir xalqaro standartlar ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi. Bazel Komitasining

dastlabki ishlaridan biri, 1988-yilda qabul qilingan Bazel I

bo‘lib, bu banklarning kap

ital

yetarliligi va xavf-

xatarlarni boshqarish bo‘yicha ilk xalqaro me'yoriy hujjat edi.

Shundan so'ng,

Bazel II (2004) va Bazel III (2010) kabi standartlar ishlab chiqildi. Bazel Komitasi hozirgi kunda
Bazel III qoidalarini ishlab chiqishda davom etmoqda, bu qoidalar global moliyaviy tizimning

barqarorligini ta'minlashga qaratilgan.

Basel I ning asosiy talablaridan ba'zilari quyidagilardir:

1.Kapital yetarliligi koeffitsienti (Capital Adequacy Ratio, CAR):

Basel I ga ko‘ra, banklar

o‘z aktivlari bilan bog‘

liq xatarlarni qoplash uchun minimum 8%

kapitalga ega bo‘lishi kerak.

Bu koeffitsient:

Asosiy kapital

Kapital yetarliligi koeffitsienti=

×

100

Xatarli aktivlar

Asosiy kapital va qo‘shimcha kapital yordamida bu talab

bajarilishi kerak edi.

2.Asosiy kapital: Asosiy kapital bankning eng yuqori sifatli kapitali sifatida qabul qilinadi.

Bu kapita

l ko‘pincha bankning o‘z kapitali va saqlangan daromadlaridan iborat bo‘ladi. Tier 1

kapitali kamida umumiy kapitalning 4% bo‘lis

hi kerak edi.

3.

Qo‘shimcha kapital:

Qo‘shimcha kapital bankning kapital bazasini mustahkamlashga

yordam beradi va u kamroq sifa

tli bo‘lishi mumkin (masalan, subordinatsiya qarzlari). kapitali

umumiy kapitalning 4% bo‘lishi mumkin edi.

4.Aktivlarning xatarini baholash (Risk-weighted Assets, RWA): Basel I banklarning

aktivlarini turli xil xatar darajalariga qarab baholashni talab qi

ldi. Banklar o‘z aktivlarini xavf

darajasiga ko‘ra ajratishlari kerak edi (masalan, qarzlar, obligatsiyalar, aktsiyalar va

boshqa

lar). Xatarli aktivlar bo‘yicha umumiy hajmni aniqlashda 0%, 20%, 50%, 100% kabi

xatar ulushlari belgilandi.

5.Mezonlar va cheklovlar:

-

Banklar, xatarli aktivlar bilan bog‘liq holda, kerakli kapital miqdorini saqlashlari shart.

-Agar banklar ushbu talablarni bajarmasa, ular tomonidan amalga oshiriladigan

operatsiyalar cheklanishi mumkin edi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

72

1-jadval

Bazel I,II,IIIning 72trategic va taktik maqsadlari

(https://www.bis.org/index.htm)

Bazel

Bazelning strategik

maqsad

Bazelning taktik maqsadlari

Bazel I

Banklarning kapital

yetarliligini

ta’minlash va global

moliyaviy

barqarorlikni

oshirish.

-Banklarning kapital holatini yaxshilash: Bazel I banklar uchun minimal kapital
talablarini belgilab, ularni xatarli aktivlarga qarshi kapital zaxiralarini saqlashga
majbur qildi.

-

Kapital yetarliligi koeffitsientini o‘rnatish: Banklar o‘zining kapitalini xatarli

aktivlar bilan taqqoslash orqali minimal 8% kapital yetarliligi koeffitsientiga ega

bo‘lishlari kerak edi.

-Banklarda xavflarni boshqarish: Banklarning qarz berish va boshqa

faoliyatlaridagi xavflarni baholash va boshqarish bo‘yicha minimal qoidalar

belgilandi.

Bazel

II

Banklar kapitalini

yaxshilash va xavf-

xatarlarni yanada

aniqlik bilan

boshqarish, bozor

shaffofligini oshirish.

-

Kengaytirilgan kapital talablarini o‘rnatish

: Bazel II, Bazel I ga nisbatan

banklarga nafaqat kredit, balki bozor va operatsion risklarni ham hisobga

olishni talab qildi.
-Risk asosida kapitalni boshqarish: Kredit, bozor va operatsion xatarlarga qarshi

banklar o‘z kapitalini optimallashtirishi zarur edi. Banklar o‘zining xavf

-

xatarlarini hisobga olib, kapitalni saqlashlari kerak edi.
-Bozor shaffofligini oshirish: Pillar 3

bo‘yicha banklarning risklarni boshqarish

va kapital holati

haqida bozorni shaffofroq qilish talabi qo‘yildi.

Bazel

III

Moliyaviy

barqarorlikni

mustahkamlash,

banklarning kapital

va likvidlik

talablarini

kuchaytirish, va

global tizimning

xavfini kamaytirish

-Kapital talablarini kuchaytirish: Banklarning asosiy kapital (Tier 1) va umumiy

kapitalga bo‘lgan talablarni yuqori darajaga ko‘targan. Minimal

Tier 1 kapitali

talab 4.5% ga, umumiy kapital talab esa 8% dan 10.5% ga oshirildi (capital

conservation buffer qo‘shildi).

-Likvidlikni yaxshilash: Banklarning qisqa muddatli (Liquidity Coverage Ratio,
LCR) va uzoq muddatli (Net Stable Funding Ratio, NSFR) likvidlik koeffitsientlari
joriy qilindi. Bu banklarning barqarorligini

ta’minlash va moliyaviy inqirozga

qarshi turish imkonini beradi.
-Leverage ratio

: Banklar o‘z kapitaliga nisbatan haddan tashqari qarz olishdan

saqlanishi uchun leverage ratio (3%) joriy etildi.
-Makroprudensial nazorat: Moliyaviy tizimning global barqaro

rligini ta’minlash

uchun banklar tizimi uchun qo‘shimcha talablar, jumla

dan tizim uchun muhim

bo‘lgan banklar (SIFIs) uchun qo‘shimcha kapital zaxiralari kiritildi.

6.Regulyatorlarning nazorati: Basel I banklarga regulyator nazoratini kuchaytirishni va

k

apital yetarliligi talablarini amalga oshirishni talab qildi. Shuningdek, banklar o‘z kapital

holatini va xavflarni muntazam ravishda tekshirishi kerak edi.

Basel II ta’limotining uchta asosiy pillar (ustun) bo‘yicha talablarini keltirib o‘tamiz:

1. Pillar 1: Kapital Talablari (Capital Adequacy Requirements)

Pillar 1 asosiy kapital yetarliligi talablari bo‘yicha banklarning kapitalni yetarlicha

saqlashini ta’minlashga qaratilgan. Basel IIda banklar

o‘zining aktivlarini xavf darajasiga qarab

baholaydi va bu orqali minimal kapital talablari aniqlanadi.

Pillar 1 ning asosiy tarkibiy qismlari:
-Kredit riski (Credit Risk):

Kreditlar bilan bog‘liq xavflarni baholash. Kredit xatarlari

uchun kapital saqlash uchun riskli aktivlar (qarzlar, obligatsiyalar va boshqalar)ning turli xavf

darajalari (0%, 20%, 50%, 100% va boshqalar)ga qarab kapital miqdori belgilanadi.

-Bozor riski (Market Risk):

Bozorlaridagi narx o‘zgarishlariga (masalan, valyuta,

aktsiyalar, obl

igatsiyalar va boshqa aktivlarning narxi) bog‘liq bo‘lgan xa

vflar.

-Operatsion riski (Operational Risk): Bankning ichki jarayonlari, xatoliklar, texnologik

nosozliklar va boshqa operatsion omillarga bog‘liq xavflar. Bu riskni boshqarish uchun banklar

o‘zin

ing kapitalni saqlashga majbur.

Minimal kapital talablar: Ba

sel II bo‘yicha, banklar o‘zining riskli aktivlari uchun jami 8%

kapitalni saqlashlari kerak, shundan kamida 4% asosiy kapital (Tier 1) bo‘lishi lozim.

2. Pillar 2: Nazorati Nazorat (Supervisory Review Process)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

73

Pillar 2 regulyatorlarga banklarning kapital yetarliligi va xavf boshqarish tizimlarini

qo‘shimcha nazorat qilishni talab qiladi. Banklar o‘zining kapitali va risklarini qanday

boshqarayotganini ko‘rsatib berishi, shuningdek,

regulyatorlarga bankning strategiyasi va

xatarlarga qarshi turishning samaradorligini tahlil qilish imkonini berishlari kerak.

Pillar 2 talablari:
-

Banklar o‘zining kapital yetarliligi va risklarini qanday boshqarayotganini sharhlashlari

kerak.

-Regulyatorlar bankning kapital va risk boshqaruvi tizimlarini baholashlari kerak.

-Ba

nklar regulyatorlarning maslahatlarini hisobga olib, kerakli o‘zgarishlar kiritishi

zarur.

3. Pillar 3: Bozorning Shaffofligi (Market Discipline)

Pillar 3 banklarga o‘zining kapital

holati, risklarni boshqarish usullari va moliyaviy holati

haqida bozorni xabardor qilishni talab qiladi. Bu talab banklarni shaffofroq qilish va bozor
qatnashchilariga (masalan, investorlar, mijozlar) banklarning xavf va kapital holatini baholash

imkoniyatini beradi.

Pillar 3 talablari:

-

Banklar o‘zining kapital holati va risklarni boshqarish to‘g‘risida aniq va shaffof

ma’lumotlar taqdim etishlari kerak.

-

Banklar o‘zining moliyaviy hisoboti, risk tahlillari, va boshqa tegishli ma’lumotlarni

muntazam ravishda oshkor qilishlari zarur.

-Bu talab bozor ishtirokchilariga bankning risklarini baholashda yordam beradi va

banklarning yaxshi boshqaruvni ta’minlashiga yordam beradi.

Basel II ning asosiy yangiliklari va takomillashgan talablari:

1.Kredit riskini baholashda yaxshilanish: Basel IIda banklar kredit riskini aniqroq va

kengroq ba

holash imkoniga ega bo‘ldi. Ular endi faqat kreditning to‘liq xatarini baholash bilan

cheklanmay, balki kreditning to‘lanmaslik ehtimollarini ham inobatga olishlari zarur.

2.Operatsion riskni kiritish: Basel Ida faqat kredit va bozor risklari baholangan bo

‘lsa,

Basel IIda operatsion risk ham alohida e’tiborga olindi. Banklar operatsion xatarlardan himoya

qilish uchun ham kapital saqlashlari kerak edi.

3.Risklarni baholashda ilg‘or us

ullar:

Banklar ilg‘or (advanced) metodlarni qo‘llash orqali,

masalan, ichki modellarga asoslangan tarzda kapitalni hisoblashlari mumkin edi. Bu esa

banklarga yanada moslashuvchanlik va aniqroq risklarni baholash imkonini berdi.

Basel I va Basel IIni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Basel III talablari:

1. Kapital Talablari
Basel III

banklar uchun kapitalga qo‘yiladigan talablarni sezilarli darajada kuchaytirdi,

ayniqsa asosiy kapitalga (Tier 1) nisbatan talablar yuqorilandi.

-Asosiy kapital (Tier 1)

: Banklar o‘zining eng yuqori sifatli kapitali bo‘lgan

Tier 1 kapitalini

barq

aror saqlashlari kerak. Basel III bo‘yicha, banklarning asosiy kapitali jami aktivlarining

kamida 4.5%

bo‘lishi kerak.

-Umumiy kapital (Total Capital): Umumiy kapital (Tier

1 + Tier 2) bo‘yicha talab

8%

bo‘lib,

bu Basel I va Basel II

da o‘rnatilgan darajaga

teng.

Basel III

da banklarning kapital yetarliligi uchun qo‘shimcha talablar kiritildi:

-Capital Conservation Buffer (CCB)

: Bu qo‘shimcha kapital zaxirasi bo‘lib, banklar o‘z

kapitalini saqlashda ziddiyatli vaziyatlarda foydalanishi mumkin. 2.5%

qo‘shimcha

kapital

talab qilinadi, bu umumiy kapital miqdori 10% bo‘lishi kerak.

-Countercyclical Buffer

: Banklar iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi barqarorlikni ta’minlash

maqsadida

qo‘shimcha

0-2.5% darajasida kapitalni saqlashlari kerak. Bu talab iqtisodiyotning

ortiqcha rivojlanishiga va ko‘p kredit berishga qarshi chiqish uchun qo‘llaniladi.

2. Likvidlik Talablari

Basel III

da likvidlikni ta’minlash bo‘yicha yangi talablar ham kir

itildi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

74

2-jadval

Sohalarda risk turlari(https://www.bis.org/index.htm)

1.Moliyaviy risk

Moliyaviy risklar, asosan, moliya va bank sohalariga xos

bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-Kredit riski (Credit Risk)

: Biror shaxs yoki tashkilotning qarzini to‘lamaslik xavfi. Banklar va

moliya

institutlari, qarz oluvchilarining qarzlarini t

o‘lashga qodir bo‘lishlarini baholashadi.

-Bozor riski (Market Risk)

: Aktivlar narxlarining o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan xavflar. Bu, aksiyalar,

obligatsiyalar, valyutalar va boshqa aktivlarning

narxidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

-Likvidlik riski (Liquidity Risk)

: Bank yoki kompaniyaning qisqa muddatda o‘z majburiyatlarini bajarish

uchun zarur bo‘lgan likvid aktivlarga ega bo‘lmaslik xavfi.

-Foiz stavkasi riski (Interest Rate Risk): Foiz

stavkalarining o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan xavflar.

Bu

risk, foiz stavkalarining o‘zgarishi banklar va moliya institutlarining qarzlar va aktivlar bo‘yicha

o‘zgarishlariga ta’sir qiladi.

2.Operatsion

risk

Operatsion riski, bank yoki kompaniyaning ichki
jarayonlaridagi xatoliklar, tizim nosozliklari, yoki tashqi

tahdidlardan (masalan, kiberhujumlar) kelib chiqadigan
xavflardir.

-Texnik nosozliklar: Kompaniyaning tizimlari yoki texnologiyalarida yuzaga keladigan muammolar.
-Xodimlar xatolari:

Xodimlarning noto‘g‘ri qarorlari yoki xatoliklari tufayli yuzaga ke

ladigan xavf.

-Kiberhujumlar

: Kompaniya yoki bankning kompyuter tizimlariga bo‘lgan hujumlar va ma’lumotlar

xavfsizligiga tahdidlar.

3.Strategik risk

Strategik riski, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari va
strategiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan
xavflardir.

-Raqqobat risklari

: Yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi yoki raqobatning kuchayishi.

-

Siyosiy o‘zgarishlar

: Hukumat siyosatidagi

o‘zgarishlar yoki yangi qonunlar tashkilotning strategiyasiga

ta’sir qilishi mumkin.

4.

Reputatsion

risk

R

eputatsion riski, tashkilotning obro‘siga zarar

yetkazadigan holatlar tufayli yuzaga keladigan xavfdir.

-Salbiy ommaviy axborot vositalarida yangiliklar: Tashkilotga nisbatan salbiy maqolalar yoki xabarlar
tarqalishi.
-Noqonuniy yoki etik xatoliklar: Tashk

ilotning noqonuniy yoki axloqiy me’yorlarga amal qilmasligi.

5.

Huquqiy risk

Huquqiy riski, tashkilotning qonunlarga va tartiblarga
amal qilmasligi yoki shartnomalar va boshqa huquqiy
majburiyatlarni buzishi tufayli yuzaga keladigan xavfdir.

-Sud ishlarida

yo‘l qo‘yilgan xatoliklar: Tashkilotning sudda yutqazishi yoki yirik jarimalarga duchor bo‘lishi.

-Regulyatorlar tomonidan sanksiyalar: Hukumat va regulyator organlarining tashkilotga nisbatan jazo

choralari qo‘llashi.

6.

Xalqaro risk

Xalqaro risk, tashqi mamlakatlardagi siyosiy, iqtisodiy

yoki huquqiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladigan

xavflardir.

-Siyosiy beqarorlik: Boshqa davlatlardagi siyosiy inqirozlar yoki harbiy mojarolar.
-Valyuta riski: Xorijiy valyutalarda olib boriladigan operatsiyalardan kelib chiqadigan xavf.

-Tijorat va eksport risklari

: Xalqaro bozorlardagi talab o‘zgarishlari yoki bojxona siyosatidagi o‘zgarishlar.

7.

Tabiiy ofatlar

va ekologik risk

Tabiiy ofatlar, masalan, zilzila, to‘fon, o‘rmon yong‘inlari

yoki suv toshqinlari kabi tabiiy hodisalar tufayli yuzaga
keladigan xavflar.

-

Iqlim o‘zgarishi: Iqlim o‘zgarishi yoki tabiiy ofatlarning kompaniyaning ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri.

-Tabiiy resurslarning kamayishi: Suv, energiya yoki boshqa tabiiy resurslarning yetishmasligi.

8.

Tibbiy va

sog‘liqni

saqlash risk

Bu turdagi risklar tashkilotlar va ularning xodimlariga

sog‘liqni saqlash va xavf

-

xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

-Kasalliklar yoki pandemiyalar

: Katta miqyosli sog‘liqni saqlash inqirozlari, masalan, COVID

-19 pandemiyasi.

-Xodimlar salomatligi

: Xodimlarning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadigan xavflar.

9.

Xavfsizlik risk

Xavfsizlik riski, tashkilotning moliyaviy yoki ma’lumotlar
xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahdidlarni ifodalaydi.

-Jinoyat va terrorizm: Tashkilotga nisbatan jinoyat yoki terroristik tahdidlar.
-

Ma’lumotlar o‘g‘irligi: Korxona yoki mijozlar ma’lumotlarining noqonuniy o‘g‘irlanishi.

10.

Xarajatlar

risk

Xarajatlar riski, tashkilotning ishlab chiqarish va faoliyat

xarajatlarining ortishi bilan bog‘liq xavflarn

i ifodalaydi.

-Xom ashyo narxining oshishi

: Xom ashyo yoki resurslarning narxlarining o‘zgarishi.

-Ishlab chiqarishdagi muammolar: Ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolar va ortiqcha
xarajatlar.

11.

Texnologik

risk

Texnologik riski, texnologiyalardagi nosozliklar yoki
yangilanishlarga qarshi yomon tayyorlanish tufayli
yuzaga keladigan xavflardir.

-Texnologik nosozliklar: Kompaniya tizimlarining nosozligi yoki texnik muammolar.
-Yangilanishlar va innovatsiyalar: Yangi texnologiyalar yoki tizimlar ishga tushirilganida yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan muammolar.

www.e-itt.uz


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

75

-Liquidity Coverage Ratio (LCR): Banklar qisqa muddatli likvidlikni saqlashlari kerak. LCR

bankning qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan likvid aktivlarni

(masalan, naqd pul, davlat obligatsiyalari) belgilangan miqdorda saqlashni talab qiladi. LCR

minimal talabi 100%

bo‘lishi kerak, ya’ni bankning qisqa muddatli majburiyatlarini to‘liq

qoplash uchun yetarli likvid aktivlar mavjud bo‘lishi kerak.

-Net Stable Funding Ratio (NSFR): NSFR bankning uzoq muddatli barqaror moliyaviy

manbalarni saqlashini talab qiladi. Bu banklarga uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni

ta’minlashda yordam beradi. NSFR minimal talabi ham

100%

bo‘lishi kerak.

3. Leverage Ratio
Basel IIIda, ba

nklarning o‘zi

ning kapitaliga nisbatan jami aktivlarini baholash uchun yangi

Leverage Ratio (noborq teskari koeffitsienti) joriy etildi. Bu banklarning haddan tashqari qarz

olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muhimdir.

-Leverage Ratio

: Banklar o‘zlarining kapit

ali (Tier 1 kapitali)ni jami aktivlariga nisbatan

minimal 3%

dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu talablarga rioya qilish banklarning o‘ta qarzga

botmasdan faoliyat yuritishini ta’minlashga yordam beradi.

4. Makroprudensial Nazorat va Risklarni Boshqarish

Basel IIIda moliyaviy tizimning barqarorligini yaxshilash uchun yangi makroprudensial

vositalar ham joriy etildi. Bu banklarga butun iqtisodiy tizimdagi xavflarni kamaytirish uchun

yaxshiroq nazorat o‘rnatishga imkon beradi.

-Systemically Important Financial Institutions (SIFIs)

: Jahon bo‘ylab moliyaviy tizim

uchun muhim bo‘lgan banklarga yuqori kapital zaxiralari qo‘yiladi. Bu banklar, ya’ni tizim

uchun juda muhim bo‘lgan moliyaviy institutlar, o‘z kapital holatini yanada kuchaytirishlari

kerak, chunki ularning muvaffaqiyatsiz

ligi butun iqtisodiy tizimga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

5. Qo‘shimcha Talablar

-

Sektorlar bo‘yicha risklarni ajratish

: Basel III banklar uchun sektoral xatarlarga qarshi

turish, xususan kredit bozoridagi noaniqliklarni yengish uchun yaxshilangan vositalarni ishlab
chiqishni talab qiladi.

-Stress-testing: Banklar stress-

testlarni o‘tkazish va ularning xavf

-xatarlarining

qanchalik jiddiyligini tahlil qilishlari kerak.

Xulosa va takliflar.

Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yan

gi standartlarni amaliyotga joriy etish

murakkab va qiyin jarayon hisoblanadi. Shu sababli, qator mamlakatlarda mazkur standartlarni

joriy etish muddatlari kechiktirilmoqda. Xususan, AQShda ushbu yangi standartlarning
talablariga hozirgi kunda yigirmataga yaqin bank rioya qiladi. Buning sababi shundaki, Bitim

kichik va o’rta banklarga uni joriy etishga qilinadigan ko’p miqdordagi xarajatlar bilan

taqqoslaganda juda kam ustunlik beradi. Bundan tashqari, AQSh nazorat organlari rezervga

ajratiladigan kapital hajmlarining kamayishi mamlakat bank tizimining risklari hajmini

oshirishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda.

O’zbekiston Respublikasida tijorat banklarining aktivlarini riskka tortishda xalqaro

Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta risk

darajasi hisobga olingan: 0%, 20%, 50%,

100%, 150%. Ammo riskka tortish bo’yicha Qo’mita tomonidan belgilangan barcha talablar

respublikamiz bank amaliyotida o’z aksini topmagan. Masalan, hukumatning qimmatli
qog’ozlari riskka tortilayotganda ularning mudd

ati Bazel andozal

ari bo’yicha hisobga olinadi.

Ya’ni, hukumatning faqat 90 kungacha muddatga chiqarilgan obligatsiyalari va boshqa turdagi

qimmatli qog’ozlari risk darajasiga ega emas. Hukumatning 90 kundan ortiq muddatga

chiqarilgan barcha qimmatli qog’oz

lari 20 % risk darajasiga egadir. Respublikamizda esa,

hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar risk darajasiga ega emas. Holbuki,

inflyatsiya va devalvatsiya ta’sirida hukumatning qimmatli qog’ozlariga banklar tomonidan

qilingan investitsiyalarning real qiymatini pasayish xavfi mavjud.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

76

Аdabiyotlar/Литература/Reference:

Abdullaeva Sh.Z. (2002)

«Bank risklari va kreditlash», «Moliya» nashriyoti, 85

-bet.

Farmon (2020)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi

PF-5992-sonli

“Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”gi farmoni//Qonun hujjatlari

ma'lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020 y., 06/20/5992/0581-son.

George A. Akerlof va Paul M. Romer (1993)"Looting: The Economic Underworld of

Bankruptcy for Profit".

John Maynard Keynes (1936) "The General Theory of Employment, Interest, and Money".

Merton H. Miller, Franco Modigliani (1958) "Miller-Modigliani teoremasi".
Nayt F. (1994) Ponyatie riska i neopredelennosti // THESIS, vip. 5.

Robert C. Merton (1977) "On the Pricing of Corporate Debt: The Risk Structure of Interest

Rates" (1974), "Continuous-Time Finance" (1990).

Rouz P.S. (1995) Bankovskiy menedjment.

M.: Delo LTD., str.142

Samuelson, Paul A. (May 1939). "Interactions between the Multiplier Analysis and the

Principle of Acceleration". The Review of Economics and Statistics. 21 (2): 75

78.

Sokolov Yu.A., Amosova N.A. (2003)

«Sistema straxovaniya bankovskix riskov» Moskva, 6

-

bet.

Tepman L.N. (2002) Professor V.A.Shvandarning redaksiya

si ostida, «Riski v ekonomike»

Moskva, 8-bet.

Библиографические ссылки

Abdullaeva Sh.Z. (2002) «Bank risklari va kreditlash», «Moliya» nashriyoti, 85-bet.

Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”gi farmoni//Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020 y., 06/20/5992/0581-son.

George A. Akerlof va Paul M. Romer (1993)"Looting: The Economic Underworld of Bankruptcy for Profit".

John Maynard Keynes (1936) "The General Theory of Employment, Interest, and Money".

Merton H. Miller, Franco Modigliani (1958) "Miller-Modigliani teoremasi".

Nayt F. (1994) Ponyatie riska i neopredelennosti // THESIS, vip. 5.

Robert C. Merton (1977) "On the Pricing of Corporate Debt: The Risk Structure of Interest Rates" (1974), "Continuous-Time Finance" (1990).

Rouz P.S. (1995) Bankovskiy menedjment. – M.: Delo LTD., str.142

Samuelson, Paul A. (May 1939). "Interactions between the Multiplier Analysis and the Principle of Acceleration". The Review of Economics and Statistics. 21 (2): 75–78.

Sokolov Yu.A., Amosova N.A. (2003) «Sistema straxovaniya bankovskix riskov» Moskva, 6-bet.

Tepman L.N. (2002) Professor V.A.Shvandarning redaksiyasi ostida, «Riski v ekonomike» Moskva, 8-bet.