Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
58
NEFT-GAZ SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATINING
IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJ TAJRIBASI
Ibragimov Zukhriddin Sayfutdinovich
Toshkent davlat texnika universiteti
Annotatsiya.
Zamonaviy
xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan boshqaruv, texnologik
yangiliklar, resurslardan samarali foydalanish va raqamli transformatsiya usullari o‘rganilib,
ularning mahalliy korxonalar uc
hun qo‘llash imkoniyatlari baholandi. Tadqiqotda AQSh,
Norvegiya, Rossiy
a va boshqa ilg‘or davlatlarning neft
-gaz sanoati korxonalaridagi
muvaffaqiyatli tajribalari tahlil qilinib, ularning iqtisodiy samaradorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatgan
omillari yoritil
di. Maqola natijalari O‘zbekistonning neft
-gaz sohasi korxonalarida
samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar
:
neft-gaz sanoati, iqtisodiy samaradorlik, xorij tajribasi, resurslardan samarali
foydalanish, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ПРОИЗВОДСТВЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ НЕФТЕГАЗОВОЙ
ОТРАСЛИ
Ибрагимов Зухриддин Сайфутдинович
Ташкентский государственный технический университет
Аннотация.
Были изучены методы управления, технологических инноваций,
эффективного использования ресурсов и цифровой трансформации, используемые в
современной международной практике, а также дана оценка их применимости к
местным предприятиям. В исследовании проанализирован успешный опыт предприятий
нефтегазовой отрасли США, Норвегии, России и других развитых стран, выделены
факторы, положительно повлиявшие на их экономическую эффективность.
Результаты статьи послужат основой для разработки стратегий, направленных на
повышение эффективности деятельности предприятий нефтегазового сектора
Узбекистана.
Ключевые слова:
нефтегазовая отрасль, экономическая эффективность,
зарубежный опыт, ресурсосбережение, инновации, цифровая трансформация.
UO‘K:
332.004.051
I SON - YANVAR, 2025
58-62
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
59
FOREIGN EXPERIENCE IN INCREASING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF PRODUCTION
ACTIVITIES AT OIL AND GAS INDUSTRY ENTERPRISES
Ibragimov Zukhriddin Sayfutdinovich
Tashkent State Technical University
Abstract.
The methods of management, technological innovations, efficient use of resources
and digital transformation used in modern international practice were studied, and their
application for local enterprises was assessed. The study analyzed the successful experiences of the
oil and gas enterprises of the USA, Norway, Russia and other advanced countries, and highlighted
the factors that had a positive impact on their economic efficiency. The results of the article will
serve to develop strategies aimed at increasing efficiency at oil and gas enterprises of Uzbekistan.
Keywords:
oil and gas industry, economic efficiency, foreign experience, efficient use of
resources, innovation, digital transformation.
Kirish.
Hozirgi davrda neft-gaz sanoati global iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri
bo‘lib,
uning samaradorligi ko‘p jihatdan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta’
sir
ko‘rsatadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, samaradorlikni oshirish uchun zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, innovatsion boshqaruv tizimlaridan foydalanish va ekologik
barqarorlikni ta’minlash kabi omillar muhim hisoblanadi. Neft
-gaz korxonalarining ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishda xorijiy tajribaning o‘rganilishi ushbu tarmoqda
raqobatbardoshlikni ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish
va moliyaviy barqarorlikni
oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tadqiqotda rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSh, Yevropa, Birlashgan Arab
Amirliklari, Rossiya va boshqa davlatlarning neft-
gaz sanoati bo‘yicha tajribalari o‘rganildi.
Ushbu tajribalar ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, xarajatlarni optimallashtirish
va e
kologik muvozanatni saqlash yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlarni ko‘rsatadi.
Adabiyotlar sharhi.
Rossiyaning an’anaviy qazib olish hududlarida (G‘arbiy Sibir, S
himoliy Kavkaz, Ural-Volga
bo‘ylari) konlarning chuqurlashishi, zaxiralar hajmining kamayish
i, geologik tuzilishning
murakkablashuvi va qatlam bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Koshmanning (2018) fikricha,
mavjud va istiqbolli neft-gaz zaxiralarini samara
li o‘zlashtirish uchun ilg‘or texnologiyalar va
zamonaviy uskunalardan foydalanish zarur. Sl
anets neft konlarini o‘zlashtirish zaruriyati
AQShda gidravlik qatlam yorilish texnologiyasi orqali uning faol qazib olinishi bilan bog‘liq.
G‘arbiy Sibirning slane
ts qatlamlari (Bajenova svitasi) zamonaviy texnologiyalar bilan atigi 3-
5% darajasida foyda olish imkonini beradi. Shuning uchun qazib olish jarayonini
samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni qo‘llash lozim deydi olim
(
Кошман
,
Селентьева
, 2018).
Hozirgi vaqtda Yevropa va AQShda neft va gaz narxlarini nazorat qilish tizimi bekor
qilingan, shuningdek, neft eksporti va importiga oid savdo to‘siqlari ham bartaraf etilgan. Biroq,
davlat tomonidan tartibga solish siyosatining umumiy liberallashuvi fonida AQSh, Kanada,
Buyuk Britaniya va Norvegiyada davlat protektsionizmi keng qo‘llan
ilayotganini kuzatish
mumkin (Reuters, 2025)
. Ushbu aralashuv ko‘pincha subsidiya, soliq imtiyozlari yoki ichki
energiya sanoatlarini qo‘llab
-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy tizimlarni joriy qilish
orqali namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Buyuk Britani
ya Shimoliy dengiz neft va gaz ishlab
chiqaruvchilariga kutilmagan daromadlar ustidan soliq joriy qilgan bo‘lib, soliqdan olingan
mablag‘lar yangilanadigan
energiya loyihalariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Norvegiya neft
sanoatini samarali boshqarish maqsadida keng qamrovli qonunlar va tartibga solish tizimlarini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
60
ishlab chiqishda davom etmoqda, bu esa neft sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va
ahamiyatini aks ettiradi (IEA, 2025).
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan neft qazib oluvchi mamlakatlarda neft sanoatiga oid
iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda asosiy maqsad sifatida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, qabul
qilinadigan narxlarda yetarli neft ta’mino
tini yaratish va ekologik talablarni bajarish
belgilangan bo‘lsa, mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlarini r
ivojlantirishni neft eksportidan olingan
valyuta kirimlari hisobiga amalga oshirishni maqsad qilgan (International Monetary Fund,
2025).
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Neft sanoatini soliqqa tortish eng muhim iqtisodiy instrumentlardan biridir. Soliq
tizimlari anglosakson va fransuz konsessiyalariga asoslanadi (Jonston, 1994) (1-rasm) AQSH
va G‘arbiy Yevropa davlatlarining soliq tizimlari foydani to‘g‘ridan to‘g‘ri soliqqa tortish
tamoyili asosida qurilgan (
Мещерякова
, 1995).
1-rasm
.
Neft solig‘i tizim
i turlari
Ushbu tizim neft narxlarining jahon bozorlaridagi o‘zgarishlariga hamda alohida konlarga
xos texnik va iqtisodiy omillarga
nisbatan barqaror hisoblanadi. Shuningdek, so‘nggi yillarda
soliqqa tortish tizimida xarajatlar darajasi va foyda normasi bilan muvofiqlashtirilgan
tendensiyani kuzatish mumkin. Sotuv hajmiga faqat bitta soliq
—
royalti miqdori qo‘llaniladi,
bu tabiiy resu
rslarni qazib olishdan kelib chiqqan mulkdorning yo‘qotishlarini qoplash uchun
mo‘ljallangan rental to‘lovdir
(Taxing energy, 1994).
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlarning neft
-gaz sanoati
korxonalarida ishlab chiqarish samarador
ligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlili
1-
jadvalda ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda ekologik barqarorlik, iqlim o
‘zgarishlarini kamaytirish va toza energiya
manbalariga bo‘lgan talabning ortishi, neft
-gaz sektorining ishlab chiqarish metodlari, siyosati
va investitsiya strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Shu bilan birga, qayta
tiklanuvchi energiy
a manbalarining rivojlanishi va ularga o‘tish jarayoni, neft ishlab
chiqaruvchi hamda iste’mol qiluvchi mamlakatlarning e
nergiya bozorlaridagi muvozanatni
o‘zgartirmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
61
1-jadval
Neft-gaz sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish
bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlili
№
Mamlakat
Samaradorlikni oshirish
usullari
Ijobiy jihatlar
Kamchiliklar
yoki cheklovlar
Erishilgan
natijalar
1
AQSh
Innovatsion
texnologiyalarni joriy etish
Ishlab chiqarish
hajmini sezilarli
oshiradi
Dastlabki
sarmoyalar yuqori
Energiya
samaradorligi 30%
ga yaxshilandi
2 Germaniya
Avtomatlashtirilgan
tizimlardan foydalanish
Mehnat
samaradorligini
oshiradi
Kadrlarni qayta
tayyorlash
zarurati
Ishlab chiqarish
jarayonida
xatoliklar kamaydi
3 Yaponiya
Lean Production
(Samarador boshqaruv)
tamoyillarini joriy etish
Xomashyo isrofini
kamaytiradi
Texnik
infratuzilma talab
etiladi
Xomashyo
samaradorligi 20%
ga ortdi
4
Rossiya
Energiya tejamkor
texnologiyalarni qo‘llash
Sarf-xarajatlarni
qisqartiradi
Texnologiya ko‘p
kapital talab qiladi
Ishlab chiqarish
xarajatlari 15% ga
kamaydi
5 Norvegiya
Atrof-muhitni muhofaza
qilishga yo‘naltirilgan
strategiyalar
Barqarorlik va
ekologik xavfsizlik
Amalga oshirish
muddati uzoq
Ekologik zarar
25% ga qisqardi
Birinchidan, ekologik talablarga javob berish va karbon izini kamaytirish maqsadida neft
va gaz kompaniyalari o‘
z ishlab chiqarish usullarini takomillashtirishga va texnologiyalarni
yangilashga majbur.
Bu esa, o‘z navbatida, yashil texnologiyalarga yo‘naltirilgan
investitsiyalarni oshirishga, energiya samaradorligini kuchaytirishga hamda yangi energiya
manbalariga o‘tishga olib kelmoqda. Masalan, neft
-gaz kompaniyalari uchun barqaror
rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, bozordagi o‘zgarishlarga
moslashish uchun zaruriyatga aylanmoqda.
Ikkinchi
dan, davlatlar neft sanoatiga bo‘lgan siyosatini va bozorni tartibga solish
mexanizmlarini qayta shakllantirmoqda. O‘zgaruvchan energiya bozoridagi talablar va iqlim
o‘zgarishlariga qarshi kurashish maqsadida, hukumatlar qayta tiklanuvchi energiyag
a
o‘tish
ning iqtisodiy va ekologik afzalliklarini inobatga olib, yangi normativ huquqiy tizimlarni
joriy etishga intilimoqdalar. Jumladan, 2018-
yilda Yevropada qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi
energiya to‘g‘risida”gi direktiva (RED II) 2030
-yilgacha energiya iste
’molining kamida 32
foizini qayta tiklanuvchi manbalardan olishni maqsad qilgan. (European Union, 2018).
Bu, o‘z
navbatida, energiya resurslarining optimallashgan va barqaror ta’minotiga xizmat qiladi.
Demak, global energiyaga o‘tish nafaqat iqtisodiy o‘s
ish va barqaror rivojlanish uchun
yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki neft-gaz sanoatining global bozor va xalqaro siyosatdagi
o‘rnini qayta baholashga ham olib kelmoqda. Bu jarayon, o‘z navbatida, neft sanoatining
kelajagi va uning iqtisodiy tizimdagi roli haqida yangi nazariy yondoshuvlarni yuzaga keltiradi.
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali neft-gaz sanoati
korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
kuchaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda dolzarb ahamiyatga ega. Neft
-gaz sanoatini
davlat tomonidan tartibga solish, milliy manfaatlarni himoya qilishda qat’iy pozitsiya,
jahonning rivojlangan davlatlarida ushbu sohada qo‘llanilayotgan ilg‘or u
sullar, innovatsion
texnologiyalar, ekologik xavfsizlik talablariga javob beruvchi siyosatlar va samarali boshqaruv
tizimlari O‘zbekison neft va gaz kompleksining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, neft-gaz sanoati korxonalarida xorijiy tajribalarni milliy
sharoitlarga moslashtirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish; iqtisodiy
samaradorlikni oshirish maqsadida ekologik xavfsizlik talablari bilan uyg‘un hold
a energiya
ishlab chiqarishni rivojlantirish; davlat tomonidan milliy neft-gaz korxonalarini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
62
rag‘batlantiruvchi imtiyozli siyosatlar ishlab chiqilishi hamda xalqaro hamkorlik va tajriba
almashish orqali neft-gaz sohasida innovatsion yondashuvlarni kengroq tatbiq etish maqsadga
muvofiqdir.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
European Union (2018). Directive (EU) 2018/2001 of the European Parliament and of the
Council of 11 December 2018 on the Promotion of the Use of Energy from Renewable Sources
(Recast). Official Journal of the European Union,
https://eur-lex.europa.eu/eli/dir/2018/2001/oj
IEA (2025)
Xalqaro Energetika Agentligi. “Norvegiya neft xavfsizligi siyosati” IEA,
www.iea.org/articles/norway-oil-security-policy. 2025-yil 6-yanvarda murojaat qilindi.
International Monetary Fund (2025). Economic Diversification in Oil-Exporting Arab
Countries. IMF, 2016, www.imf.org/external/np/pp/eng/2016/042916.pdf. Accessed 6 Jan.
Jonston D. (1994) Petroleum Fiscal systems and Productions Sharing Contracts. Penn Well
Books, P. 103-124.
Reuters (2025)
. “The Fall of UK North Sea Oil and Rise of Offshore Wind.” Reuters, 3
Jan.
2025,
www.reuters.com/world/uk/fall-uk-north-sea-oil-rise-offshore-wind-2025-01-03. Accessed
Taxing energy (1994): Why and how. IEA/OECD Paris, P. 17-29.
Кошман, А.В., и Селентьева Т.Н. (2018) Зарубежный и отечественный
опыт
государственного стимулирования инновационного развития нефтегазового комплекса.
/Российский экономический интернет
-
журнал, № 4, с. 57.
Мещерякова О.В.
(1995)
Налоговые системы развитых
стран мира. Справочник. М
:
Фонд «Правовая культура», Стр.
5-1 1, 28-32.
