XALQARO STANDARTLAR VA REYTINGLAR ASOSIDA AKTIVLARNI BAHOLASH USULLARI

Annotasiya

Maqolada xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholashning asosiy usullari ko‘rib chiqilgan. Adolatli qiymat, sof hozirgi qiymat va multiplikatorlar usullari hamda reyting agentliklari metodologiyalari tahlil qilingan. Aktivlarni baholashda xalqaro tajribaning ahamiyati va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ro‘ziev , B. (2025). XALQARO STANDARTLAR VA REYTINGLAR ASOSIDA AKTIVLARNI BAHOLASH USULLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(1), 125–129. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/65479
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholashning asosiy usullari ko‘rib chiqilgan. Adolatli qiymat, sof hozirgi qiymat va multiplikatorlar usullari hamda reyting agentliklari metodologiyalari tahlil qilingan. Aktivlarni baholashda xalqaro tajribaning ahamiyati va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari yoritilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

125


XALQARO STANDARTLAR VA REYTINGLAR ASOSIDA

AKTIVLARNI BAHOLASH USULLARI

Ro‘ziev Baxtiyor

Salimboevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0002-4431-6659

bakhtishka5199990@yandex.com

Annotatsiya.

Maqolada xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholashning

asosiy usullari ko‘rib chiqilgan. Adolatli qiymat, sof ho

zirgi qiymat va multiplikatorlar usullari

hamda reyting agentliklari metodologiyalari tahlil qilingan. Aktivlarni baholashda xalqaro

tajribaning ahamiyati va zamonaviy texnologiyalarni q

o‘llashning afzalliklari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

aktivlarni baholash, xalqaro standartlar, reytinglar, adolatli qiymat, sof

hozirgi qiymat, texnologiyalar.

МЕТОДЫ ОЦЕНКИ АКТИВОВ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ

СТАНДАРТОВ И РЕЙТИНГОВ

Рузиев Бахтиёр Салимбоевич

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В

статье рассматриваются основные методы оценки активов на

основе международных стандартов и рейтингов. Анализируются методы справедливой

стоимости, чистой текущей стоимости и мультипликаторов, а также методологии

рейтинговых агентств. Освещается значение международного опыта и преимущества

применения современных технологий в оценке активов.

Ключевые слова:

оценка активов, международные стандарты, рейтинги,

справедливая стоимость,

чистая текущая стоимость, технологии.

ASSET VALUATION METHODS BASED ON INTERNATIONAL

STANDARDS AND RATINGS

Ruziev Bakhtiyor Salimboevich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article examines key methods for asset valuation based on international

standards and ratings. Methods such as fair value, net present value, and multipliers are analyzed,

along with rating agency methodologies. The importance of international experience and the
benefits of using modern technologies in asset valuation are highlighted.

Keywords:

asset valuation, international standards, ratings, fair value, net present value,

technologies.

UO‘K:

303.094.5

I SON - YANVAR, 2025

125-129

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

126

Kirish.

Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida korxona va tashkilotlarning aktivlarini baholash

dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Aktivlarning real qiymatini aniqlash nafaqat ichki

boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, balki investitsiyalar jalb qilishda va bozor

ishtirokchilarining ishonchini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Xalqaro standartlar va
reytinglar asosida aktivlarni baholash usullarini ishlab chiqish ushbu jarayonning shaffofligi va

ishonchliligini ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, bu korxonalar uchun moliyaviy

natijalarni optimallashtirish va global iqtisodiy muhitga moslashish imkoniyatlarini yaratadi.

O‘zbekistonda ham bu yo‘nalish davlat siyosati darajasida qo‘llab

-quvvatlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy islohotlar dasturi doirasida moliyaviy va iqtisodiy

boshqaruvn

i xalqaro standartlarga moslashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan,

korxona aktivlarini baholash jarayonlarida xalqaro tajribani o‘rgan

ish va uni milliy sharoitlarga

moslashtirish orqali investitsiya muhitini yaxshilashga alohida urg‘u berilmoqda.

Bu esa

xalqaro moliya bozorlariga chiqish, xorijiy investorlarni jalb qilish va mahalliy biznes

subyektlarini raqobatbardosh qilish uchun zamin yaratadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda aktivlarni baholashda xalqaro moliyaviy hisobot

standartlarini (IFRS) joriy qilish, reyting agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va

zamonaviy baholash usullarini qo‘llash iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda

asosiy vositalardan

biri sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada shu jarayonlarning metodologiyasi, afzalliklari va

muammolari batafsil tahlil qilinadi.

Adabiyotlar sharhi.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) va xalqaro baholash standartlari (IVS)

aktivlarni baholash jarayonida muhim yo‘riqnomalar hisoblanadi. IFRS aktivlarni baholashda

adolatli

qiymat (fair value) tushunchasini asos sifatida ko‘rsatadi, bu esa aktivlarning bozordagi

real qiymatini aniqlashga yordam beradi. IVS esa baholash jarayonida shaffoflik va

ishonchlilikni ta’minlash uchun standart qoidalarni belgilaydi. Reyting agentliklar

i, masalan,

Moody’s, S&P va Fitch (2023), aktivlarning kredit sifati va xavf darajasini aniqlashda muhim

ahamiyatga ega.

Damodaran (2021) tomonidan taqdim etilgan aktivlarni baholash usullari korxona

qiymatini aniqlashda sof hozirgi qiymat (NPV), multiplik

atorlar va o‘xshash aktivlarni

solishtirish kabi yondashuvlarni tavsiya etadi. Ushbu usullar turli vaziyatlarda samarali

qo‘llanilishi mumkin.

Grath va kol

egalar (2018) aktivlarni baholashda xalqaro tajribalarni o‘rganib, baholashda

texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklarini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, raqamli yechimlar

baholash jarayonini tezlashtiradi va aniqlikni oshiradi.

Bainbridge (2020) xalqaro

standartlar va mahalliy reglamentlar o‘rtasidagi farqlarni

tahlil qilib, ularni uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar

uchun xalqaro tajribalarni moslashtirish muhim ahamiyatga ega.

Deloitte (2023) tomonidan taqdim etilgan hisobotda korxonalarning aktivlarini

baholashda ichki va tashqi omillarning ta’siri o‘rganilgan.

Hisobotda aytilishicha, global

iqtisodiy o‘zgarishlar aktivlarning bozordagi qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

PwC (2022) aktivlarni baholash usullarining shaffofligini oshirish uchun zamonaviy

texnologiyalardan foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. U

larning fikricha, blockchain

texnologiyalari aktivlarni kuzatishda va baholashda inqilobiy o‘zgarishlar kiritishi mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda aktivlarni baholash jarayonlarini tahlil qilishda quyidagi metodologik

yondashuvlar qo‘llan

ildi:

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS), xalqaro baholash standartlari (IVS) va

reyting agentliklarining (Moody's, S&P, Fitch) hujjatlari tahlil qilindi. Ushbu standartlar va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

127

metodologiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning O‘zbekistonda qo‘l

lanish imkoniyatlari

o‘rganildi.

Aktivlarni baholashda qo‘llaniladigan adolatli qiymat, sof hozirgi qiymat va

multiplikatorlar kabi usullarning afzalliklari va kamchiliklari baholandi. Ushbu usullarning

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanchalik mos kelishi o‘rganildi.

Xalqaro va mahalliy tajribalarning farqlari aniqlanib, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga

moslashtirish yo‘nalishidagi muammolar va imkoniyatl

ar tahlil qilindi.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. Blockchain, sun’iy intellekt va

avtomatla

shtirilgan tahlil vositalarining aktivlarni baholash jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Ushbu

texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

.

Mazkur metodologiya asosida O‘zbekistonda aktivlarni baholash jarayonlarini xalqaro

standartlarga moslashtirishning samarali yondashuvlari va istiqbollari aniqlangan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Adolatli qiymat aktivlarning bozordagi o‘rta qiymatini

aniqlashga yordam beradi. Ushbu

usul bozor ma’lumotlariga tayanib, aktivlarni real baholashni ta’minlaydi. Bozordagi narxlar

asosida baholash orqali investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun yuqori darajada
shaffoflik yaratiladi.

Ushbu usulning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Bozorning real sharoitlarini aks ettiradi.

Investorlar va kreditorlar uchun ma’lumotlarning ishonchliligini oshiradi.

Ammo ushbu usuldan foydalanishning quyidagi kamchiliklari ham mavjud:

Bozor ma’lumotlari

yetarli bo‘lmagan holatlarda qo‘llash murakkablashadi.

Bozor narxlari tez-tez

o‘zgarib turishi sababli barqaror natija bermaydi.

Reyting agentliklari tomonidan taqdim etilgan metodologiyalar aktivlarning xavf

darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu yond

ashuv kredit reytinglari, obligatsiyalar va

boshqa moliyaviy instrumentlar bo‘yicha xavflarni aniqlashda keng qo‘llaniladi.

Ushbu usulning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Moliyaviy xavflarni aniq baholash imkonini beradi.

Bozor ishtirokchilari uchun qaror qabul qilish jarayonini osonlashtiradi.
Shuningdek, reyti

ng agentliklarining subyektiv baholari ishonchlilikka ta’sir qilishi

mumkin.

Xavf darajasi ko‘pincha bozorning qisqa muddatli tendensiyalariga bog‘liq bo‘ladi.

Multiplikatorlar

usuli korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ushbu usul

turli multiplikatorlar, masalan, daromad, EBITDA va sof foyda asosida hisoblanadi.

Ushbu usulning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Tez va oddiy usul hisoblanadi.

Moli

yaviy ko‘rsatkichlar asosida solishtirma baholash imkonini beradi.

Shu bilan bi

rga, multiplikatorlar ma’lumotlarning aniqligiga bog‘liq.

Bozor sharoitlari va tarmoqqa moslashuv darajasi inobatga olinmasligi mumkin.

Bu usul aktivlarning kelajakda keltirishi

mumkin bo‘lgan daromadlarini hozirgi qiymatga

diskontlash orqali baholashga asoslanadi. Diskont darajasi bozor sharoitlariga va xavf

darajasiga qarab belgilanadi.

Bu usulning afzalliklari:

Uzoq muddatli aktivlarni baholashda samarali.

Kelajakdagi daromadlarni hisobga olish imkonini beradi.

Kamchiliklari:
Diskont darajasini aniqlash

murakkab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarning noto‘g‘riligida natija ishonchsiz bo‘lishi mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

128

1-jadval

Xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholash

usullarining qiyosiy tahlili

Usul nomi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Qo‘llaniladigan

holatlar

Adolatli qiymat

Bozorning real
sharoitlarini aks
ettiradi, yuqori

shaffoflik ta’minlaydi.

Bozor ma’lumotlari

yetishmasligi muammosini
keltirib chiqarishi mumkin.

Yangi investitsiyalarni
jalb qilishda.

Sof hozirgi qiymat

Kelajakdagi
daromadlarni hisobga
oladi, uzoq muddatli

baholashga mos.

Diskont stavkasini noto‘g‘ri

aniqlash natijani ishonchsiz
qiladi.

Investitsiya
loyihalarini
baholashda.

Multiplikatorlar

Tez va oddiy
hisoblash
imkoniyatini beradi.

Faqat moliyaviy

ko‘rsatkichlarga bog‘liq,

moslashuvchan emas.

Bozordagi o‘xshash

aktivlar solishtiruvda.

Reyting

metodologiyalari

Xavf va ishonchlilik
darajasini baholaydi.

Reyting agentliklarining

subyektiv baholari ta’sir qili

shi

mumkin.

Kreditlar va

obligatsiyalar
bahosida.

Manba:

jadval muallif ishlanmasi

Xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholash bo‘yicha xorij tajribasi keng

qamrovli va samarali hisoblanadi.

Quyida ba’zi yetakchi davlatlarning tajribasi

keltirilgan:

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va GAAP (Generally Accepted Accounting

Principles) asosida aktivlarni baholash keng qo‘llaniladi. AQSh kompaniyalari asosan adolatli

qiymat yondashuviga tayanib, bozordagi real narxlarni baholashni amalga oshiradi. Reyting

agentliklari (Moody's, S&P) aktivlarning xavf darajasini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. IFRS

standartlari asosida baholash Yevropa kompaniyalarida keng joriy qilingan. Yevropada

ekologik omillar va ijtimoiy mas’uliyat ham aktivlar bahos

ini aniqlashda muhim hisoblanadi.

Xitoyda esa aktivlarni baholashda davlat tomonidan nazorat kuchli. Mahalliy

kompaniyalar xalqaro standartlarni tatbiq etishda milliy qonunchilik talablariga moslashishiga

to‘g‘ri keladi.

Singapur xalqaro standartlarni qabul qilish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish

bo‘yicha ilg‘or mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda adolatli qiymat yondashuvi va

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali baholash jarayoni tezkor va samarali amalga

oshiriladi.

Germaniyada aktivlarni baholashda texnik innovatsiyalar va yuqori aniqlikdagi

hisobotlar asosida ish olib boriladi. Reyting agentliklari bilan yaqindan hamkorlik qilish orqali

moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi [8].

Xalqaro va mahalliy tajribalar

tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalqaro standartlarni mahalliy

sharoitlarga moslashtirishda qator muammolar mavjud, jumladan, yetarli huquqiy asoslarning

yo‘qligi va kadrlar malakasi yetishmasligi. Shu bilan birga, xalqaro tajribalarni tatbiq etish

iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Mahalliy va xalqaro

yondashuvlarni uyg‘unlashtirishda malakali mutaxassislarni tayyorlash va qonunchilikni

takomillashtirish talab etiladi.

Blockchain texnologiyalari, sun’iy intellekt va

avtomatlashtirilgan tahlil vositalarining

joriy qilinishi orqali aktivlarni baholash jarayonining aniqligi va shaffofligi oshdi. Ushbu

texnologiyalarni qo‘llash nafaqat vaqtni tejaydi, balki natijalar ishonchliligini ham ta’minlaydi.

Tavsiyalar sifatida texnologiyala

rni joriy qilish bo‘yicha aniq chora

-tadbirlar ishlab chiqildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

129

Xulosa va takliflar.

Xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholash samarali boshqaruv

qarorlarini qabul qilish uchun muhim vositadir. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar

va tavsiyalar berildi:

Xalqaro standartlar va reytinglar asosida aktivlarni baholashda adolatli qiymat, sof

hozirgi qiymat va multiplikatorlar kabi usullarni kompleks qo‘llash zarur.

Reyting agentliklari tomonidan berilgan ma‘lumotlard

an foydalanish aktivlarning xavf

darajasini aniqlashda qo‘shimcha ishonch beradi.

Bozor sharoitlariga moslashish uchun baholash jarayonlarida zamonaviy

texnologiyalarni keng joriy qilish lozim

Mahalliy korxonalar xalqaro standartlar asosida faoliyat olib borish uchun kadrlar

malakasini oshirishga e'tibor qaratishlari kerak

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Bainbridge, J. (2020). Harmonizing International and Local Standards in Asset Valuation.

Oxford University Press.

Damodaran, A. (2021). Investment Valuation: Tools and Techniques for Determining the

Value of Any Asset. Wiley.

Deloitte. (2023). Global Trends in Asset Valuation. Deloitte Insights.

Fitch Ratings. (2023). Corporate Bond Valuation Guidelines.

Grath, R. et al. (2018). Global Practices in Asset Valuation. Springer.

IFRS Foundation. (2023). International Financial Reporting Standards.
International Valuation Standards Council. (2023). International Valuation Standards.

Moody’s Investors Service. (2022). Credit Rating Methodology

.

PwC. (2022). Leveraging Technology for Transparent Asset Valuation. PwC Publications.

Bibliografik manbalar

Bainbridge, J. (2020). Harmonizing International and Local Standards in Asset Valuation. Oxford University Press.

Damodaran, A. (2021). Investment Valuation: Tools and Techniques for Determining the Value of Any Asset. Wiley.

Deloitte. (2023). Global Trends in Asset Valuation. Deloitte Insights.

Fitch Ratings. (2023). Corporate Bond Valuation Guidelines.

Grath, R. et al. (2018). Global Practices in Asset Valuation. Springer.

IFRS Foundation. (2023). International Financial Reporting Standards.

International Valuation Standards Council. (2023). International Valuation Standards.

Moody’s Investors Service. (2022). Credit Rating Methodology.

PwC. (2022). Leveraging Technology for Transparent Asset Valuation. PwC Publications.