Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
225
O‘ZBEKISTONDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING MOLIYA
VIY
BAQARORLIGIDA
MOLIYAVIY KO‘RSATKICHLAR
Xusainov Shavkat Abdushukurovich
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0006-4442-0834
Annotatsiya.
Mazk
ur maqolada O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy
hisobotlarini tayyorlash va tahlil qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Moliyaviy hisobotlarning
shaffofligi va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari, jumladan, MHXS (IFRS)
tala
blarini qo‘llash orqali investitsion jozibadorlikni oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, milliy va xalqaro hisobot standartlarining o‘zaro qiyosi
y tahlili hamda zamonaviy
raqamli texnologiyalarni moliyaviy tahlilda qo‘llash afzalliklari yo
ritib berilgan. Korporativ
sektorda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va uning kelajakdagi rivojlanishi uchun tahlillar
asosida tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zla
r:
moliyaviy hisobotlar, shaffoflik, MHXS (IFRS), aksiyadorlik jamiyatlari,
moliyaviy barqarorlik, investitsion jozibadorlik, raqamli texnologiyalar, moliyaviy tahlil,
korporativ sektor.
ФИНАНСОВЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ
АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВ В УЗБЕКИСТАНЕ
Хусаинов Шавкат Абдушукурович
Университет цифровой экономики и агротехнологий
Аннотация.
В данной статье анализируются процессы подготовки и анализа
финансовой отчетности акционерных обществ в Узбекистане. Рассматриваются
вопросы прозрачности финансовой отчетности и её соответствия международным
стандартам,
в
частности
возможности
повышения
инвестиционной
привлекательности через применение требований МСФО (IFRS). Также освещены
сравнительный анализ национальных и международных стандартов отчётности и
преимущества использования современных цифровых технологий в финансовом
анализе.
На основе проведённых исследований предложены рекомендации по обеспечению
финансовой устойчивости корпоративного сектора и его будущему развитию.
Ключевые слова
:
финансовая отчётность, прозрачность, МСФО (IFRS),
акционерные
общества,
финансовая
устойчивость,
инвестиционная
привлекательность, цифровые технологии, финансовый анализ, корпоративный сектор.
UO‘K:
336.717.9
I SON - YANVAR, 2025
225-233
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
226
FINANCIAL INDICATORS IN ENSURING THE FINANCIAL STABILITY OF
JOINT-STOCK COMPANIES IN UZBEKISTAN
Khusanov Shavkat Abdushukurovich
University of Digital Economy and Agro
т
echnologies
Abstract.
This article analyzes the processes of preparing and analyzing the financial
statements of joint-stock companies in Uzbekistan. Issues related to the transparency of financial
statements and their alignment with international standards are discussed, including
opportunities to enhance investment attractiveness through the application of IFRS requirements.
A comparative analysis of national and international reporting standards is provided, along with
the advantages of using modern digital technologies in financial analysis. Based on the conducted
research, recommendations are proposed to ensure the financial stability of the corporate sector
and its future development.
Keywords:
financial statements, transparency, IFRS, joint-stock companies, financial
stability, investment attractiveness, digital technologies, financial analysis, corporate sector.
Kirish.
Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri
bo‘lib, ul
arning moliyaviy holati mamlakat iqtisodiy barqarorligiga va rivojlanishiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Ular moliyaviy samaradorlikni oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va mehnat
resurslaridan
foydalanishni
optimallashtirish
orqali
milliy
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, aksiyadorlik jamiyatlari shaffof mo
liyaviy
hisobotlarni yuritish va samarali boshqaruvni amalga oshirish orqali jamiyat manfaatlariga
xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023
-yil
oxirida O‘zbekistondagi AJlarning umumiy soni 680 dan oshiqni tas
hkil etgan, ularning umumiy
aktivlari 480 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan (www.stat.uz). AJlar, xususan, katta hajmdagi
investitsiyalarni jalb qilish qobiliyati
va yuqori darajadagi mas’uliyati tufayli iqtisodiyotning
turli sohalarida yetakchi rol o‘yn
aydi. Shu jihatdan olganda aksiyadorlik jamiyatlarining
moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ularga ta’sir etuvchi omillarga oid tadqiqotlar dolzarb
vazifalardan hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy tahlil kompaniyaning faoliyatini har tomonlama baholash va uning moliyaviy
holati haqida aniq ma’lumot olish maqsadida moliyaviy hisobotlar asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro tadqiqotchi Mayersning (2015) fi
kriga ko‘ra, moliyaviy tahlil kompaniya
ning
kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini aniqlashda strategik ahamiyatga ega. Fridman (1992)
ilmiy ishlarida moliyaviy tahlilni iqtisodiy risklarni kamaytirishning asosiy vositasi sifatida
ta’riflaydi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda moliyaviy tahlilni a
malga oshirishning huquqiy
asoslari ham muhimdir. Xususan, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining moliyaviy hisobot standartlarining tatbig‘iga
doir m
e’yoriy hujjatlari moliyaviy tahlil jar
ayonida asosiy mezonlarni belgilaydi. Ushbu
mezonlar Nurmatovning (2020) ta’kidlashicha, milliy standartlarning xalqaro standartlarga
moslashuvi jarayonida moliyaviy hisobotlarning sifatini oshirib, ishonchli tahlil uchun
imkoniyat yaratadi.
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy boshqaruvining tahliliy
xususiyatlari, jamiyatning moliyaviy holatini aniqlash va rivojlanish istiqbollarini belgilash,
shunga ko‘ra, moliyaviy xatarlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayonda moliyaviy
tahliln
ing keng qamrovli usullari va ko‘rsatkichlari qo‘llanilmoqda. Axmatovning (2021)
fikricha, moliyaviy holatini aniqlash orqali likvidlik va barqarorlik darajasi, shuningdek,
kelajakdagi ijobiy va salbiy xatarlar aniql
anadi. Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z mol
iyaviy holatini,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
227
shuningdek, majburiyatlar, likvidlik, daromad va xarajatlar dinamikasi kabi bir qator
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali, o‘z faoliyatini boshqarishda aniq va samarali qarorlar qabul
qilish imkonig
a ega bo‘ladi.
Tursunovning (2020) qayd
etishicha, moliyaviy ko‘rsatkichlar, moliyaviy holatni
baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan likvidlik darajasi, jamiyatning o‘ziga kerak
bo‘lgan moliyaviy vositalarga tez yetishi va ularni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatini ko‘rsatadi. Bu
ko‘rsatkich moliyaviy zudlik va jamiyatning umumiy barqarorlik holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Moliyaviy tahlilning strategik qismi kredit riski, likvidlik riski va boshqa moliyaviy xatarlarni
aniqlashda katta yordam beradi.
Sharifovning (2021) fikricha, qonunchilik
moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri va vaqtli
taqdim etilishini talab qilib, aksiyadorlar uchun ishonchli axborot manbai bo‘ladi. Hozirgi
kunda, O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlar va jamiyatlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash
uchun qonunchilik mexanizmlari alohida ahamiyatga ega. Mazkur normativ-huquqiy
mexanizmlar, moliyaviy hisobotlar, ularni tahlil qilish va axborotning shaffofligi kabi
masalalarda aniq qoidalarni belgilagan va aksiyadorlarga va jamiyatlar rahbariyatiga aniq va
ishonchli ma’lumotlar
ni taqdim etishni talab qiladi. Bu kabi holatlarni Rahmatov (2019) ilmiy
ishida moliyaviy tahlilning to‘g‘ri va shaffof shaklda taqdim etilishi jamiyatning strategik
qarorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etadi.
Hermann (2023) boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchilar moliyaviy barqarorlikning
kompaniyalar uchun strategik ahamiyatiga to‘xtalib, uning iqtisodiy o‘sishga ta’siri va tashqi
tahdidlarga bo‘lgan immunitetini tahlil qiladi. Ularning fikricha, moliyaviy
barqarorlik, nafaqat
iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashda, balki kompaniyaning strategik rejalari va qarzlarning
to‘lanishini to‘g‘ri belgilashda ham muhimdir. Buning natijasida, kompaniya o‘zining moliyaviy
holatini barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yangi moliy
aviy
strategiyalarni joriy qilishga qodir bo‘ladi.
Ta’kidlanganidek, AJlarning moliyaviy holatini baholash juda muhim ahamiyatga ega,
chunki bu jarayon orqali kompaniyaning moliyaviy barqarorligi, investitsiyaviy jozibadorligi va
kelajakdagi rivojlanish istiqbollari aniqlanadi. Nazariy jihatdan, moliyaviy holatni baholash
borasida Lipsis va Briks (1989) kabi tadqiqotchilar kompaniyaning likvidligi va moliyaviy
barqarorligini asosiy mezonlar sifatida belgilovchi mukammal modellarni ishlab chiqqan.
Shuningdek, Fosterning (1986) moliyaviy tahlil nazariyasi kompaniya aktivlari, majburiyatlari
va daromadlarini to‘liq tahlil qilish orqali ularning umumiy ishlab chiqarish samaradorligini
baholashni taklif etadi. Mazkur tadqiqotchilar baholash jarayonida asosiy moliyaviy
ko‘rsatkichlardan likvidlilik, rentabellik, majburiyatlar yuklamasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
guruhiga alohida e’tibor qaratishgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi kunda, O‘zbekistondagi aksiyadorl
ik jamiyatlari moliyaviy hisobotlarini va
tahlillarini samarali amalga oshirish uchun mukammal va qo‘llab
-quvvatlangan qonunchilik
asosi mavjud. Moliyaviy hisobotlarning yangilanishi va shaffofligini ta’minlashning muhimligi
moliyaviy bozorning rivojlanishi uchun zarurdir. 2014-yilda qabul qili
ngan “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi,
aksyaidorlik jamiyatlarining moliyaviy holatini baholash va rivojlanish istiqbollarini
aniqlashda muhim omil bo
‘lib xizmat qiladi.
Moliyaviy hisobotlarning shaffofligi nafaqat aksiyadorlar, balki davlat organlari, banklar
va boshqa moliyaviy muassasalar uchun ham muhimdir. Qonun talablari asosida aksiyadorlik
jamiyatlari moliyaviy hisobotlarning xolis va aniqligini
ta’minlaganda, bu moliyaviy bozorning
rivojlanishiga, sarmoyaviy muhitning yaxshilanishiga, shuningdek, xalqaro investorlarni jalb
qilishga olib keladi. Moliyaviy hisobotlarning shaffofligi investorlar uchun ko‘proq ishonchli va
xavfsiz muhit yaratadi, ularga aksiyadorlik jamiyatlariga sarmoya kiritish uchun aniq va
ishonchli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
228
Moliyaviy hisobotlarning shaffofligi aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishda muhim
ahamiyatga ega. Aksiyadorlar jamiyatning moliyaviy holatini tushunish, shuningdek, undagi
o‘zgarishlar va kamchiliklar haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishlari kerak. Bu qonunlar
aksiyadorlar uchun bir qator kafolatlarni yaratadi, ularga jamiyatning moliyaviy holatini aniq
bilish va qarorlar qabul qilishda ishonch hosil qilish imkonini beradi. Moliyaviy hisobotlarning
shaffofligi, aksiyadorlarning qarorlarini to‘g‘ri va asoslangan ravishda qabul qilishga yordam
beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan MHXS (IFRS)
talablariga muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar kompaniyalarning
hisobotlarni tayyorlash jarayonini xalqaro amaliyotga yaqinlashtirib, investitsion
jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Milliy va xalqaro hisobot standartlari o‘rtasida qiyosiy
tah
lil shuni ko‘rsatadiki, milliy standartlar ko‘proq buxgalteriya hisobini tartibga solishga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, xalqaro standartlar biznesning umumiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini global
miqyosda taqdim etishni maqsad qilgan. Masalan, IFRS foydalanuvchilar
ga to‘liq shaffoflik va
chuqur ma’lumot
taqdim etishni ta’minlaydi, milliy standartlar esa ko‘p hollarda mahalliy
regulyativ talablarga bog‘liq. Ushbu qiyosiy tahlil xalqaro amaliyotga o‘tish zarurligini yanada
ravshan qilib beradi. Ushbu jarayonda moliyaviy hisobotlardan tashqari bozor sharoiti, raqobat
muhiti va tashqi iqtisodiy omillar ham hisobga olinadi. Bu tahlil kompaniyaning moliyaviy
barqarorligini baholash, investitsiya salohiyatini aniqlash va xatarlarni kamaytirishga yordam
beradi.
Moliyaviy bar
qarorlik, o‘z navbatida, jamiyatning uz
oq muddatdagi faoliyatini davom
ettirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning tizimli ravishda yig‘ilishi va maqsadli
sarflanishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Barqarorlik tahlili, odatda, moliyaviy shiddat,
qo
‘shimcha sarf
-xarajatlarning kamaytiril
ishi va faoliyatning samaradorligini ta’minlashga
qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Moliyaviy tahlil, jamiyatlar faoliyatini baholashning muhim bosqichlaridan biri bo‘lib,
iqtisodiy xatarlarni kamaytirish, moliyaviy ahvolni yaxshilash va kelajakdagi strategik qarorlar
qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy holat tahlili, faqat aksiyadorlik jamiyatining
moliyaviy holatini baholashga qaratilgan emas, balki jamiyatning rivojlanish strategiyasini
ishlab chiqish, yangi loyih
alarga sarmoyalar jo‘natish va kompaniyaning bozordagi o‘rnini
mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar moliyaviy tahlilda yangi texnologiyalar va
avtomatlashtirishning ahamiyatini ko‘rsatib
, jamiyatlarga moliyaviy
ma’lumotlarni to‘g‘ri va
tez tahlil qilish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalarga asoslangan yangi innovatsion usullar
moliyaviy tahlildagi xatolarni kamaytirishga va ma’lumotlarni tezkor ishlashga yordam beradi.
Moliyaviy barqarorlik jamiyatning uzoq muddatdagi ish faoliyati uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy resurslarning samarali boshqarilishi va rivojlanishi bilan
bog‘liqdir. Bu, eng avvalo, jamiyatning moliyaviy resurslarining (qiymatlar, aksiyalar va boshqa
resurs
lar) kamayishini yoki o‘sishini oldini olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni to‘plashga
va ularni maqsadli sarflashga asoslangan.
Moliyaviy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda statistik tahlillar muhim ahamiyatga
ega. Masalan, 2023-yilda korporativ sektordagi moliyaviy holat yomonlashishi kuzatildi.
Tanlab olingan 70 ta korxonalarning leveraji o‘suvchi trendni namoyon etdi. Korxonalar uchun
xorijiy valyutadagi bank qarzlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari oshdi. Shuningdek, mazkur
korxonalarda foizli xarajatlarni qoplash ko
effitsienti hamda rentabellik ko‘rsatkichlarida
pasayish kuzatildi. Ushbu ko‘rsatkichlar tendensiyasining shu tarzda rivojlanishi korporativ
sektorda shoklar yuzaga kelgan davrda moliya tizimida yo‘qotishlar xatarlarini kuchaytiris
hi
mumkin (https://cbu.uz).
Shuningdek, bank tizimida moliyaviy barqarorlik holati xaritasi aktivlarning o‘sishi
hamda rentabelligi deyarli o‘zgarishsiz qolganligini ko‘rsatdi. 2023
-yilda aktivlarning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
229
rentabelligi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz 2,5 foiz atrofid
a shakllandi. 2023-yilda jami aktivlar
hajmining o‘sish sur’ati biroz sekinlashib, 2022
-
yilga nisbatan 8 foiz bandga pastroq bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash kerakki, moliyaviy barqarorlik va rivojlanishinida daromadlilik va
xarajatlar dinamikasi moliyaviy tahlilning muhim
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, jamiyatning
moliyaviy holatini, rivojlanish yo‘nalishlarini va kelgusidagi strategiyalarini aniqlashga yordam
beradi. Kompaniyalarning daromadlilik va xarajatlar dinamikasiga asoslangan tahlili ularning
rivojlanish strategiy
alarini to‘g‘ri tanlashda muhimdir (
Richard
2015). Bu ko‘rsatkichlar,
shubhasiz, jamiyatning moliyaviy faoliyatining barqarorligi va samaradorligini baholashda
muhim ahamiyatga ega. Daromadlilik ko‘rsatkichlari, eng avvalo, jamiyatning mahsulot
va
xizmatlari orqali olinadigan daromadlarini ifodalaydi, shu bilan birga xarajatlar dinamikasi
moliyaviy faoliyat uchun zarur bo‘lgan resurslarning ishlatilishi, ishlab chiqarishga
sarflanadigan mablag‘lar va ularning kelgusi davrdagi o‘sish sur’atini ko‘
rsatadi.
Moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqishda, daromadlilik va xarajatlar dinamikasini tahlil
qilish jamiyatlarga o‘z faoliyatlarini samarali va barqaror olib borish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlar taqdim etadi. Moliyaviy hisobotlarning yordamida kom
paniyalar o
‘z faoliyatlarini
tartibga solish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun aniq strategiyalar ishlab chiqish
imkoniyatiga ega (To‘raev 2020). Bu tahlillar asosida jamiyatning moliyaviy faoliyatini
yaxshilash, daromadlarini oshirish va xarajatlarini kama
ytirish yo‘nalishida ishlab chiqilgan
takliflar, qarzlarning to‘lanishini muvofiqlashtirish, operatsiya xarajatlarini samarali
boshqarish kabi strategiyalar muvaffaqiyatli joriy qilinishi mumkin.
Moliyaviy tahlilda statistik ma’lumotlarni qo‘lla
sh daromadlilik va xarajatlar
dinamikasiga olib kelgan o‘zgarishlarni yanada aniqroq baholash imkonini beradi. Masalan,
O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy ko‘rsatkichlariga olib borilgan statistik
tahlillar 2022-yilda daromadlarining 15% ga oshgani va xarajatlarning 8% ga kamaygani
ko‘rsatdi (https://stat.uz).
1-rasm.
Korxona va tashkilotlarning yakuniy moliyaviy natijalari bo‘yicha dinamikasi,
(2019-2023-yillar, yanvar-
noyabr, trln so‘m) (
https://stat.uz)
1-
rasmdan ko‘rinib turibdi
ki, 2019-2023-yillarda korxona va tashkilotlarning yakuniy
moliyaviy natijalari bo‘yicha dinamikada sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. 2019
-yilda ushbu
natija 27,7 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022
-
yilga kelib 74 trln. so‘mgacha yetdi, bu
umumiy miqdorning qariyb 2,7 barobarga oshganligini anglatadi. Biroq 2023-yilda moliyaviy
natijalar 70,3 trln. so‘mga tushdi, ya’ni 5 % miqdorida pasayish kuzatildi.
2019-2021-yillarda-
yillik o‘sishlar tezkor va barqaror bo‘lib, 2020
-yilda 46,2 %, 2021-yilda esa 55,1 %
o‘sish qayd
etildi. 2022-
yilga o‘tishda o‘sish sur’ati sekinlashib, 17,8 %ni tashkil qildi. 2023
-yildagi
pasayish iqtisodiy rivojlanishdagi salbiy ta’sirlarni ko‘rsatishi mumkin. 2023
-yildagi
qisqarishning sabablari quyidagicha bo‘lishi ehtimol: iqtisodi
y sharoitlarning yomonlashishi,
korxonalar samaradorligining pasayishi yoki tashqi bozorlardagi bosimlar
ta’sirida ko‘rishimiz
mumkin.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, 2019
-2022-
yillardagi uzluksiz o‘sish iqtisodiy
27,7
40,5
62,8
74
70,3
0
10
20
30
40
50
60
70
80
2019
2020
2021
2022
2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
230
rivojlanishning musbat tendensiyasini ko‘rsatad
i. Biroq 2023-yildagi qisqarish kelgusi
rivojlanish uchun tegishli choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaydi. Sabablarni chuqur tahlil qilish,
samaradorlikni oshirish, va iqtisodiy siyosatni takomillashtirish moliyaviy natijalarni
yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Tahlil natijalari jamiyatlar uchun samarali moliyaviy
strategiyalarni ishlab chiqishda muhim signal bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston statistika agentligining 2023
-
yil ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyadorlik
jamiyatlarining rivojlanishida asosiy omillardan biri, ayniqsa, daromadlar va xarajatlarning
dinamikasini baholashga qaratilgan statistik tahlillar muhim o‘rin tutdi. Agentlik tahlili
natijasida, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 2022-yilning shu davriga nisbatan
solishtirganda, foydaning asosiy o
‘sishi Tog‘
-kon sanoati va geologiya vazirligi (3 061,4 mlrd.
so‘m), “O‘zavtosanoat” AJ (2 061,8 mlrd. so‘m), “Uzbekistan Airports” AJ (343,7 mlrd. so‘m)ga
to‘g‘ri keldi. Shuningdek, 2023
-yilning yanvar-noyabr oylarida 2022-yilning shu davriga
nisbatan sol
ishtirganda, foydaning asosiy pasayishi “O‘zkimyosanoat” AJda –
2 788,3 mlrd.
so‘mga, O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv
-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasida
–
1 379,5
mlrd. so‘mga va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida –
811,2 mlrd. so‘m kuzat
ilgan. Yuqori
daromadlilikka ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida, xarajatlarning aniq nazorat qilinishi
ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlanishida asosiy o‘rin tutganini qayd etish mumkin.
Moliyaviy holat tahlilining likvidlik ko‘rsatkichlari gur
uh
i ko‘rsatkichlari AJning qisqa
muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplash qobiliyatini baholash imkonini beradi.
Likvidlikning nazariy jihatlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich shirkatning qisqa muddatli aktivlari
va majburiyatlari o‘rtasidagi muvozanatni
ta
’minlash qobiliyatini ko‘rsatadi. Foster (1986)
ta’kidlaganidek, likvidlik kompaniyaning moliyaviy barqarorligining asosiy indikatorlaridan
biri hisoblanadi. O‘zbekistonlik iqtisodchi Karimovning (2020) tadqiqotlarida ta’kidlanganidek,
likvidlik tahlilida
majburiyatlarni qoplash uchun barqaror naqd pul oqimlarini ta’minlash
muhimdir. Misol uchun, 2023-
yilda AJlarning umumiy likvidlik koeffitsienti o‘rtacha 1,6
darajasida qayd etilgan, bu esa ularning qisqa muddatli moliyaviy barqarorligini yanada
yaxshilaga
nligini ko‘rsatadi. Shuningdek, sanoat tarmoqlari bo‘yicha likvidlik darajalarida farq
mavjud: neft-gaz sohasida likvidlik koeffitsienti 1,8 ni tashkil qilgan, bank va moliya sohasida
esa bu ko‘rsatkich 1,4 darajasida qayd etilgan. Qurilish tarmog‘ida es
a likvidlik koeffitsienti 1,3
ni tashkil etgan, bu esa sektorning likvidlik muammolari borligini ko‘rsatadi. Mazkur
ko‘rsatkichlar tarmoqlar bo‘yicha moliyaviy resurslarni boshqarishda turli yondashuvlarni
talab qiladi. Masalan, neft-
gaz tarmog‘ida likvidl
ikning yuqori darajasi uning yuqori naqd
oqimlari bilan izohlanadi, bank sohasida esa likvidlikni qo‘llab
-
quvvatlash uchun o‘rta muddatli
strategiyalar qo‘llaniladi. Qurilish sektorining nisbatan past likvidlik darajasi esa u yerda
aylanma aktivlarning kapit
alga bog‘liqligi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Moliyaviy holat tahlilining rentabellik ko‘rsatkichlari guruhi
ko‘rsatkichlari aksiyadorlar
uchun eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Nazariy jihatdan, rentabellik kompaniya
aktivlarining, kapitalining yoki sotuv daromadlarining samaradorligini baholovchi muhim
moliyaviy indikator hisoblanadi. Merton (1998) ta’kidlaganidek, rentabellik koeffitsientlari
moliyaviy samaradorlikni baholashda asosiy vosita hisoblanadi. 2023-yil davomida
O‘zbekistonning y
ir
ik AJlari orasida sof foyda darajasi o‘rtacha 14% ni tashkil etdi. Tarmoqlar
kesimida esa neft-
gaz sohasida rentabellik darajasi o‘rtacha 18% bo‘lgan, bank va moliya
sohasida 16% ni, qurilish tarmog‘ida esa 12% ni tashkil etgan. Neft
-gaz sohasidagi yuqori
ko‘rsatkichlar eksport faoliyati va yuqori qo‘shilgan qiymatga bog‘liq. Bank va moliya
sohasidagi rentabellik kapitalning nisbatan yuqori aylanishi tufayli ta’minlangan. Qurilish
sohasida esa rentabellikning nisbatan pastligi sektordagi yuqori xarajatlar va moliyaviy
yuklamalar bilan izohlanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar AJlar faoliyatini tarmoqlar kesimida
samarali rejalashtirish zarurligini ta’kidlaydi.
Moliyaviy holat tahlilining majburiyatlar yuklamasi (qarz munosabatlari) ko‘rsatkichlari
guruhi AJning qarz
majburiyatlari va o‘z kapitali o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Nazariy
jihatdan, qarz yuklamasi kompaniyaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
231
omillardan biri bo‘lib, uning yuqori darajada bo‘lishi kompaniyaning likvidlik muammolar
ini
yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, Modilyani va Millerning (1958) moliyaviy nazariyasiga
ko‘ra, qarz va kapitalning to‘g‘ri muvozanati kompaniyaning umumiy qiymatini
maksimallashtirish uchun muhimdir. Statistik agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, 2023
-yilda
A
Jlarning qarz yuki koeffitsienti o‘rtacha 0,65 ni tashkil qilgan, bu esa moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash uchun qabul qilinadigan daraja hisoblanadi. Qarz yuklamasining sanoat tarmoqlari
bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, neft
-
gaz tarmog‘ida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 0,58 ni tashkil
etgan bo‘lsa, bank va moliya sohasida 0,75 ni, qurilish tarmog‘ida esa 0,70 ni tashkil etgan. Neft
-
gaz tarmog‘idagi past qarz yuki yuqori likvid aktivlarga bog‘liq bo‘lib, bank sohasidagi yuqori
ko‘rsatkich moliyalashtiri
sh xarajatlarining miqdori bilan izohlanadi. Qurilish sohasidagi
nisbatan yuqori qarz yuki esa loyihalarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan katta talabini aks
ettiradi.
1-jadval
Aksiyadorlik jamiyatlarining debitor va kreditor qarzdorligi, mlrd. so‘m
(2023-yil 1-dekabr holati)
№
Aksiyadorlik jamiyatlari
Debitorlik qarzi
Kreditorlik
qarzlari
1.
“O‘ztransgaz”
AJ
17757,4
24181
2.
“O‘zavtosanoat”
AJ
13222,0
22120,1
3.
“
Hududiy elektr tarmoqlari
”
AJ
10111,6
10692,9
4.
“O‘zbekiston Milliy elektr
tarmoqlari
”
AJ
7166,9
15237,9
5.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”
AJ
5011,4
4611,8
6.
“O‘zkimyosanoat”
AJ
3983,9
4913,5
7.
“O‘zbekneftegaz”
AJ
13831
8712,2
8.
“
Issiqlik elektr stansiyalari
”
AJ
12828,1
7553,5
9.
"O‘zbekiston havo yo‘llari”
AJ
4962,9
3157,8
Manba:
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/39033-2023-2#yanvar-dekabr
1-jadvalda 2023-yil 1-
dekabr holatiga ko‘ra, aksionerlik jamiyatlarining debitor va
kreditor qarzdorliklari tahl
ili oid ma’lumotlarga muvofiq, ayrim jamiyatlarda kreditor
qarzdorlik debitor qarzdorlikdan sezilarli darajada yuqori bo‘lib, bu ularning moliya
viy
majburiyatlarini kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, “O‘ztransgaz”
AJ va
“O‘zavtosanoat”
AJ eng katta salbiy farqqa ega (mos ravishda -
6423,6 mlrd so‘m va 8898,1 mlrd
so‘m), bu ularning qarz majburiyatlari yuqori darajada ekanligidan dalolat b
eradi. Shu bilan
birga,
“
Issiqlik elektr stansiyalari
”
AJ va
“O‘zbekiston havo yo‘llari”
AJ ijobiy farqqa ega bo
‘lib,
debitor qarzdorlik miqdori kreditor qarzdorlikdan yuqori ekanligi qayd etilgan. Xususan,
“
Issiqlik elektr stansiyalari
”
AJ 5274,6 mlrd so‘m farq bilan yetakchi o‘rinda turibdi. Eng
yuqori
kreditor qarzdorlik
“O‘ztransgaz”
AJ (24181 mlrd so‘m) va “O‘z
avtosanoat
”
AJ (22120,1 mlrd
so‘m) hisobiga to‘g‘ri kelsa, debitor qarzdorlik bo‘yicha ham “O‘ztransgaz”
AJ (17757,4 mlrd
so‘m) va "O‘zavtosanoat" AJ (13222,0 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda. Tendensiyalarga nazar
tashlasak, debitor qarzdorligi yuqori bo‘l
gan jamiyatlar aktivlarini yanada samarali
boshqarishlari zarur, kreditor qarzdorligi yuqori bo‘lganlar esa moliyaviy majburiyatlarni
kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqishlari kerak.
Xulosa sifatida mazkur aksiyadorlik jamitalarida qarzdorlik ko‘rsat
kichlarini
muvozanatlashtirish uchun moliyaviy majburiyatlarni optimallashtirish, debitor qarzlarni o‘z
vaqtida qoplash mexanizmlarini takomillashtirish lozimligi qayd etish mumkin. Fikrimizcha, bu
esa umumiy moliyaviy barqarorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining (AJ) moliyaviy holatini yaxshilash hozirgi kunda iqtisodiy
rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruv, shaffoflik va
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
232
investitsiya muhiti kabi yo‘nalishlardagi muammolar yechilishi l
ozim. Chunki, aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan zamonaviy moliyaviy boshqaruv tizimlarini tatbiq qilinishi kapitaldan
samarali foydalanishga va
strategik qarorlar qabul qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat
respublikamiz kompaniyalar uchun moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish va KPI tizimini
takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirish uchun muhim vazifa sanaladi.
Shuningdek, moliyaviy hisobotlarning shaffofligi aksiyadorlar ishonchini oshiradi va
investitsiya muhitini yaxshilaydi. Xalqaro mo
liyaviy hisobot standartlariga (IFRS) o‘tish
kompaniyalar hisobotlarining sifatini oshirishga hamda investorlarni jalb qilish uchun qulay
muhit
yaratish zarur. Jumladan, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati xorijiy investorlarni jalb
qilish borasida samar
ali misol bo‘lib, kompaniya soliq imtiyozlari va zamonaviy moliyaviy
strategiyalar hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish orqali 2023-yilda sof daromad
hajmini 333,76 ming AQSh dollariga qadar oshira oldi. Bu esa, infratuzilmani rivojlantirish va
reyting tizimlarini kuchaytirish orqali sarmoyadorlar uchun jozibador shart-sharoitlar yaratish
lozimligi ko‘rsatadi.
Fikrimizcha, AJlarning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zamonaviy boshqaruv
tizimlarini joriy qilish, hisobotlarning shaffofligini ta’
minlash va sarmoyadorlar uchun qulay
muhit yaratish muhim ahamiyatga ega hamda mazkur yo‘nalishlardagi islohotlar
respublikamiz iqtisodiy rivojl
anishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarining
moliyaviy holatini yaxshilash
uchun strategik yondashuv talab etiladi. Bu jarayonda moliyaviy boshqaruvni kuchaytirish,
HMHS
talablariga mos hisobot berish va investitsiyalarni jalb qilish asosiy yo‘nalishlar
hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy ko‘rsatkichl
arning doimiy monitoringi va ularning xalqaro
standartlarga muvofiq tahlili AJlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnologik innovatsiyalardan foydalanish va moliyaviy hisobotlarning raqamlashtirilishini
ta’minlash esa tizimning yanada shaffof va samarali bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ushbu chora
-
tadbirlar nafaqat AJlarning, balki butun mamlakat iqtisodiyotining yanada yuqori bosqichga
ko‘tarilishiga yordam beradi.
Moliyaviy barqarorlikning nazariy va amaliy jihatlari shundan iboratki,
uni ta’minlash
uchun har bir jamiyat o‘zining moliyaviy siyosati, strategik rejalari va boshqaruv qarorlarini
tizimli tarzda
belgilab, resurslarning samarali taqsimlanishiga e’tibor qaratmoqda.
Barqarorlikning ta’minlanishi moliyaviy resurslardan oqilona
foydalanish, ortiqcha sarf-
xarajatlarni kamaytirish va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishga qaratilgan strategiyalar
bilan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy ko‘rsatkichlarni asosida moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash strategiyalari quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olishi:
1.
Hisobotlar va monitoring tizimini yaratish:
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlas
h
uchun har bir jamiyat o‘zining moliyaviy hisobotlarini to‘liq va shaffof ravishda shakllantirishga
e’tibor qaratishi kerak. Bu, j
amiyatning moliyaviy samaradorligini monitoring qilish va tahlil
qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga yordam b
eradi.
2.
Tashqi omillarni tahlil qilish:
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash jarayonida tashqi
iqtisodiy faktorlar, bozordagi raqobat, aholining iqtisodiy sharoiti va shu kabi omillar ham
hisobga olinishi zarur. Moliyaviy barqarorlik strategiyalari ushbu omillarni hisobga olishga va
ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
3.
Moliyaviy samaradorlikni oshirish:
Jamiyatning moliya
viy barqarorligini ta’minlash
uchun sarf-xarajatlarni optimallashtirish va kirim-chiqimni samarali boshqarish muhimdir. Bu,
t
o‘lovlar, investitsiyalar, qarzlarning to‘lanishi va boshqa moliyaviy amaliyotlarning
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strate
giyalar bilan amalga oshiriladi.
Fikrimizcha, moliyaviy barqarorlik tahlili aksiyadorlik jamiyatining qiyinchiliklar va
tashqi iqtisodiy tahdidlarga qarshi immunitetini kuchaytirishga yordam beradi. Bu jarayonda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
233
qo‘shimcha sarf
-xarajatlarni kamaytirish, i
shlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini
oshirish, moliyaviy hisobotlar va faoliyatni yaxshilash maqsadida taklif qilingan strategiyalarni
ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Адабиётлар /Литература / Reference:
Axmatov I. (2021). Moliyaviy tahlil va jamiyatlar barqarorligi. Toshkent: O‘DJTU.
Foster, George (1986). Financial Statement Analysis. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.
Friedman, M. (1992). "Risk and Financial Stability," Journal of Economic Perspectives, 6(3),
pp.45-62
Karimov Sh. (2020) Moliyaviy tahlil: nazariya va amaliy jihatlar. Toshkent: Fan, 2020
Lipsey, Richard G. (1989) Positive Economics. New York: Oxford University Press.
Merton, Robert C. (1998) Applications of Option-Pricing Theory: Twenty-Five Years Later.
American Economic Review.
Modigliani, Franco, and Merton H. Miller. (1958) The Cost of Capital, Corporation Finance
and the Theory of Investment // American Economic Review.
Myers, J.R. (2015). "Financial Analysis Techniques," Cambridge University Press
Ndoya, Hermann & Bruno, & Nkoa, Emmanuel & Kemeze, Francis & Kemeze, Hypolite & Tii,
& Nchofoung, Tii. (2023). Financial development and economic complexity: The role of country
stability. // Welley. Economics of transition and institutional change. 1-33
Nurmatov, Sh.R. (2020)
"Moliyaviy hisobotlar sifatini oshirish yo‘nalishlari," Toshkent:
Moliya nashriyoti
Rahmatov A. (2019). Moliyaviy hisobotlar va shaffoflik: Jamiyatlarning strategik qarorlari
Toshkent: TDIU
Richard Brady (2015) Corporate Finance: Analysis and Strategies. Wiley Finance 2015
Sharifov Sh. (2021). Moliyaviy hisobotlar va qonunchilik: Aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish. Toshkent: Toshkent yuridik universiteti nashriyoti.
To‘raev A.
(2020)
O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy strategiyalari. T.:
Fan.
Tursunov B. (2020). Strategik tahlil va moliyaviy xatarlar.
Toshkent: O‘zbekiston moliya
instituti nashriyoti.
