Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
17
OʻZBEKISTONNING DEMOGRAFIK HOLATINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Almuradov Abdulla
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-9278-832Х
Asrorova Aziza Oybekovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-0654-4282
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining demografik holati R Studio dasturidan
foydalangan holda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida mamlakatning tugʻilish, o‘lim, migratsiya va
urbanizatsiya kabi asosiy demografik koʻrsatkichlari oʻrganildi. Natijalar mamlakatning ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim tavsiyalarni shakllantirishga asos yaratadi.
Kalit soʻzlar:
demografik holat, aholi soni, yosh tarkibi, urbanizatsiya, migratsiya, demografiya,
prognoz.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ДЕМОГРАФИЧЕСКОЙ СИТУАЦИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ
Алмурадов Абдулла
Ташкентский государственный экономический университет
Асророва Азиза Ойбековна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье проанализирована демографическая ситуация в Республике
Узбекистан с использованием программы R Studio. В ходе исследования были изучены основные
демографические показатели страны, такие как рождаемость, смертность, миграция и
урбанизация. Результаты дают основу для формирования важных рекомендаций для
экономического и социального развития страны.
Ключевые слова:
демографическая ситуация, численность населения, возрастная
структура, урбанизация, миграция, демография, прогноз.
ECONOMETRIC MODELING OF THE DEMOGRAPHIC SITUATION OF UZBEKISTAN
Almuradov Abdulla
Tashkent State University of Economics
Asrorova Aziza Oybekovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In this article, the demographic status of the Republic of Uzbekistan was analyzed using
the R Studio program. During the study, the main demographic indicators of the country, such as birth,
death, migration and urbanization, were studied. The results provide the basis for the formation of
important recommendations for the economic and social development of the country.
Keywords
:
demographic status, population, age structure, urbanization, migration, demography,
forecast.
UOʻK: 314.18:519.86
II SON - FEVRAL, 2025
17-23
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
18
Kirish.
Bugungi kunda aholi sonining ortishi, urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi va
migratsiya masalalari Oʻzbekistonning demografik rivojlanishida asosiy oʻrin tutmoqda.
Shuningdek, tug ‘ilish va o ‘lim ko ‘rsatkichlaridagi dinamik oʻzgarishlar, mehnat resurslari
tarkibi va aholi tarkibining yosh hamda jins boʻyicha taqsimlanishi mamlakatning uzoq
muddatli iqtisodiy va ijtimoiy strategiyasini belgilashda muhim rol oʻynaydi.
Ushbu mavzu Oʻzbekistonning demografik holatini tahlil qilish, uning asosiy
xususiyatlarini aniqlash va kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini prognoz qilishni oʻz ichiga
oladi. Shu bilan birga, aholi sonining oʻsishi bilan bogʻliq imkoniyatlar va muammolarni
aniqlash, shuningdek, ularga nisbatan samarali choralar koʻrish boʻyicha takliflarni ishlab
chiqish ushbu tadqiqotning asosiy maqsadidir.
Demografiya
davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
belgilovchi
muhim
omillardandir. O ‘zbekiston Markaziy Osiyoda aholi soni bo ‘yicha yetakchi oʻrinda turib, uning
demografik koʻrsatkichlari mintaqaning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligiga taʼsir koʻrsatadi.
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Oʻzbekistonning demografik holatini tahlil qilish va
kelgusidagi tendensiyalarni ilmiy asosda prognozlashdan iborat. Tadqiqotda R Studio dasturi
yordamida statistika va prognozlash usullari qoʻllanildi.
Adabiyotlar sharhi.
Oʻzbekistonning demografik rivojlanishi boʻyicha avvalgi tadqiqotlar tugʻilish va oʻlim
darajasi, migratsiya jarayonlari va urbanizatsiya surʼatlari boʻyicha turli maʼlumotlarni taqdim
etgan. Jumladan, Ushbu tadqiqot doirasida Oʻzbekistonning demografik holati va uning
rivojlanish istiqbollarini yoritishda foydalanilgan adabiyotlar qator dolzarb masalalarni oʻz
ichiga oladi. Quyida ushbu adabiyotlarning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi:
1. Abdullaev (2017) Ushbu monografiyada Oʻzbekistonning demografik rivojlanish
tendensiyalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsiri chuqur tahlil qilingan. Muallif mamlakatdagi
aholi oʻsishi, urbanizatsiya jarayoni va hududiy demografik farqlarni statistik maʼlumotlar
asosida yoritgan. Bu asar demografik jarayonlarni oʻrganishda bazaviy manba hisoblanadi.
2. Xojiyev (2022) Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridagi demografik
jarayonlarning mintaqaviy farqlari muhokama qilinadi. Muallif 1991–2018 yillar uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida tahlil olib boradi.
3. United Nations Population Division. (2022) Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu
hisoboti Oʻzbekistonning demografik koʻrsatkichlari va kelajakdagi prognozlarini taqdim etadi.
Xalqaro darajadagi tahlillar mamlakatning mintaqaviy va global kontekstdagi demografik
holatini baholashga imkon beradi.
4. Xolmatov (2021) Ushbu maqolada Oʻzbekistonda migratsiya jarayonlarining
iqtisodiy taʼsiri oʻrganilgan. Muallif mehnat migratsiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan
muammolar va imkoniyatlarni tahlil qiladi. Bu mavzu milliy iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatuvchi
demografik jarayonlarni oʻrganish uchun muhimdir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi(statistik
maʼlumotlar toʻplami). Ushbu rasmiy statistik manba Oʻzbekiston aholisi soni, uning oʻsish
surʼati va tarkibi haqida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etadi. Raqamli maʼlumotlar tahlil va
prognozlar uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
6. Ismoilov (2020) Tadqiqot tugʻilish va oʻlim koʻrsatkichlari dinamikasiga
bagʻishlangan boʻlib, aholi sonining tabiiy oʻsishini tahlil qilishda muhimdir. Bu ish demografik
rivojlanishning asosiy omillaridan biri boʻlgan tabiiy harakat jarayonlarini chuqur yoritadi.
7. Asian Development Bank (2020) Osiyo Taraqqiyot Bankining tadqiqotida
Oʻzbekistondagi urbanizatsiya va migratsiya jarayonlari xalqaro va mintaqaviy kontekstdagi
oʻzgarishlar bilan taqqoslangan. Ushbu material Oʻzbekistonning demografik rivojlanishidagi
oʻziga xos xususiyatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
19
Ushbu adabiyotlar birgalikda Oʻzbekistonning demografik holatini kompleks tarzda
oʻrganishga, mavjud tendensiyalarni tahlil qilishga va kelajak uchun asosli prognozlar ishlab
chiqishga imkon beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va BMTning Aholi
boʻyicha boʻlimi maʼlumotlari asosida olib borilgan tadqiqotlar aholining tabiiy oʻsish surʼatlari
yuqoriligini koʻrsatadi. Shu bilan birga, ichki va tashqi migratsiya oqimlari Oʻzbekiston iqtisodiy
rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Ammo, ushbu tadqiqotlarda raqamli tahlil va
ekonometrik modellashtirishga kam e ‘tibor berilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasining demografik holatini ekonometrik modellashtirishni tadqiq
qilishda deskriptiv statistik, korrelatsion-regression tahlil, vaqtli qatorlar tahlili, eksponensial,
logistik, ARIMA va Holt-Winters modellashtirish usullaridan foydalanildi.
Mahalliy va xorijiy olimlarning demografik holatlarni ekonometrik modellashtirish
boʻyicha qarashlari, sohadagi muammolar va ularning yechimlari boʻyicha izlanishlari hamda
sohaga doir qonunlar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar oʻrganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Tadqiqotda demografik maʼlumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va vizuallashtirishda “R
Studio” dasturidan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari sifatida Oʻzbekiston aholisining joriy demografik
holatini tahlil qilish, aholining tabiiy oʻsish darajasi, tugʻilish va oʻlim koʻrsatkichlarini baholash,
hududiy demografik farqlarni aniqlash, aholining oʻsishi yoki kamayishiga oid modellarni
tuzishlar olindi.
Ishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan
taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlar, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) kabi
xalqaro tashkilotlarning statistik bazalari maʼlumotlari, soʻrovnomalar, roʻyxatga olish
natijalari va ilmiy maqolalar maʼlumotlar manbalari sifatida foydalanildi.
R Studio ochiq kodli dasturiy taʼminoti qoʻllanilib, mavzu boʻyicha tahlilning quyidagi
bosqichlari va natijalari keltirilgan (1-jadval).
R Studio dasturiy taʼminoti yordami masala echilib, quyidagi koʻrinishdagi ekonometrik
model tuzildi:
𝑦(𝑝𝑜𝑝𝑢𝑙𝑎𝑡𝑖𝑜𝑛) = 𝑥
1
(𝑏𝑖𝑟𝑡ℎ) + 𝑥
2
(𝑑𝑒𝑎𝑡ℎ)
Bunda:
-
𝑦(𝑝𝑜𝑝𝑢𝑙𝑎𝑡𝑖𝑜𝑛) −
aholi soni;
-
𝑥
1
(𝑏𝑖𝑟𝑡ℎ)
— tugʻilish;
-
𝑥
2
(𝑑𝑒𝑎𝑡ℎ)
— oʻlim.
Qoldiqlar (Residuals) taqsimoti:
• Minimum: -950.38;
• 1-kvartil: -343.84;
• Median: -8.32;
• 3-kvartil: 274.37;
• Maksimum: 722.81.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
20
1-jadval
"Oʻzbekistonning demografik tahlili: tugʻilish va vafot etish koʻrsatkichlari
(2010–2023)"
Manba:
stat.uz.
Bu qoldiqlar model asosida hisoblangan va haqiqiy qiymatlar oʻrtasidagi farqni koʻrsatadi.
Quyida 1-rasmda R studio dasturida regression tahlil natijalari keltirilgan.
1-rasm. R studio dasturi regression tahlil natijalari
Bu yerda:
• intercept: Asosiy qiymat (oʻzgarmas) ahamiyatli (p < 0,01);
• birth-tugʻilish koeffitsienti ahamiyatli (p < 0,01), yaʼni tugʻilish aholi soniga sezilarli
taʼsir koʻrsatadi;
• death: oʻlim koeffitsienti p-qiymati =0,05 ga teng, yaʼni taʼsiri chegara darajada
ahamiyatli;
yillar
aholi
soni,ming
kishi
tug`ilganlar
soni, kishi
Vafot
etganlar
soni,kishi
2010
28001,4
634810
138411
2011
29123,4
622835
143253
2012
29555,4
625106
145988
2013
29993,5
679519
145672
2014
30492,8
718036
149761
2015
31022,5
734141
152035
2016
31575,3
726170
154791
2017
32120,5
715519
160723
2018
32656,7
768520
154913
2019
33255,5
814960
154570
2020
33905,2
841817
175625
2021
34558,9
905211
174541
2022
35271,3
932217
172068
2023
36024,9
961962
172757
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
21
Modelning sifat koʻrsatkichlari:
• qoldiq standart xatosi (Residual standard error): 532,8;
• multiple R-squared: 0,9593 — model aholi sonini 95,93% aniqlikda tushuntiradi;
• adjusted R-squared: 0,9519 (aniqlikda tuzatilgan baho);
• F-statistika: 129,7 — model umumiy ahamiyatga ega;
• F-statistika p-qiymati: 2,248e-08 — modelning ahamiyati juda yuqori.
2-rasmda esa R-studio dasturi yordamida korrelyatsion maydon tahlili berilgan.
2-rasm. R studio dasturida korrelyatsion tahlilning grafik natijasi
Ushbu regressiya modeli aholi sonini tugʻilish va oʻlim oʻzgaruvchilari yordamida yaxshi
ifodalaydi. Tugʻilish omili sezilarli taʼsirga ega, oʻlim esa chegara darajada ahamiyatli.
Modelning umumiy aniqligi juda yuqori (R² = 95,93%).
Population (ahili soni) va Birth (tugʻilish) oʻrtasidagi bogʻliqlik:
• grafikda population (aholi soni) va birth (tugʻilish) oʻrtasida ijobiy bogʻliqlik mavjudligi
yaqqol koʻrinadi. Tugʻilishning oshishi aholi sonining oshishi bilan bogʻliq.
Population va Death oʻrtasidagi bogʻliqlik:
• Population va death (oʻlim) oʻrtasidagi bogʻliqlik nisbatan zaifroq koʻrinadi. Bu
oʻlimning aholi soniga taʼsiri tugʻilishga qaraganda kamroq ekanini tasdiqlaydi.
Birth va Death oʻrtasidagi bogʻliqlik:
• Birth va death oʻrtasida kuchli bogʻliqlik mavjud emas. Bu oʻzgaruvchilar mustaqil
ravishda aholi soniga taʼsir qiladi.
Umumiy kuzatuv:
• Grafikda birth va population oʻrtasida kuchli ijobiy bogʻliqlik, death va boshqa
oʻzgaruvchilar oʻrtasida esa zaifroq bogʻliqlik mavjud. Bu regressiya tahlili natijalarini (birth
koeffitsientining ahamiyatli ekanligini, death koeffitsientining esa chegaraviy ahamiyatga ega
ekanligini) tasdiqlaydi.
Oʻzbekistonning demografik holatini tahlil qilishda R-Studio dasturi orqali maʼlumotlarni
chuqur oʻrganish imkoniyatidan foydalanildi. Tahlilda quyidagi quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
- soʻnggi yillarda Oʻzbekiston aholisi soni barqaror oʻshib kelmoqda, demografik jihatdan
yosh aholi ulushi yuqori;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
22
- yosh tarkibi va gender nisbati: aholining yoshga koʻra taqsimlanish koʻrsatkichlari
boʻyicha yosh bolalar va ishga yaroqli yoshdagi aholi ulushi yuqori boʻlib, bu ijtimoiy va
iqtisodiy siyosat uchun muhim ahamiyatga ega. Gender nisbati esa tabiiy koʻrsatkichlarga
yaqin;
- hududiy tahlillar aholining zichligi va tarkibidagi farqlarni koʻrsatadi. Toshkent shahri
va Fargʻona vodiysi hududlarida aholining zichligi yuqori boʻlsa, choʻl zonalarida bu koʻrsatkich
pastroq.
R-Studio dasturi yordamida tuzilgan regressiya modelidan foydalanib, keyingi yillarga
aholi sonining prognoz qiymatlarini hisoblash mumkin.
Tadqiqot natijalaridan quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda foydalanish mumkin:
• tuzilgan ekonometrik model tugʻilish va oʻlim koʻrsatkichlariga asoslanib, aholi sonining
oʻzgarishini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Masalan, agar tugʻilish darajasi oshsa yoki oʻlim
darajasi pasaysa, aholi sonining qanday oʻzgarishini oldindan aniqlashga yordam beradi;
• hukumat va rejalashtiruvchi tashkilotlar uchun tugʻilish va oʻlim darajasini boshqarish
boʻyicha strategiyalar ishlab chiqishga yordam beradi;
• tugʻilishni ragʻbatlantirish yoki oʻlim darajasini kamaytirishga qaratilgan siyosat
aholining oʻsish surʼatlariga taʼsir koʻrsatadi;
• tuzilgan ekonometrik model sogʻliqni saqlash tizimida oʻlim koʻrsatkichlariga taʼsir
qiluvchi omillarni chuqurroq oʻrganishga yordam beradi.
• oʻlim darajasini pasaytirish maqsadida zarur boʻlgan chora-tadbirlarni belgilashga
yordam beradi;
• aholi sonini prognozlash orqali infratuzilma (masalan, maktablar, shifoxonalar) va
resurslarni taqsimlashni rejalashtirishda qoʻllaniladi;
• tugʻilish va oʻlim darajasidagi oʻzgarishlar qayerda qanday resurslarga ehtiyoj borligini
koʻrsatadi;
• tuzilgan model demografik omillar bilan aholi oʻrtasidagi bogʻliqlikni chuqur oʻrganishga
qaratilgan ilmiy ishlarda qoʻllanishi mumkin.
Tugʻilish aholining oʻsishidagi asosiy omil sifatida eʼtiborga olinishi kerak, oʻlim taʼsiri
mavjud boʻlsa-da, uning ahamiyati tugʻilish bilan taqqoslaganda kamroq.
Xulosa va takliflar.
Oʻzbekiston aholisi soni tez oʻsib borayotganligi kuzatilmoqda, bu mamlakatning ijtimoiy
va iqtisodiy resurslariga katta talabni keltirib chiqaradi. Demografik oʻsishning davom etishi
iqtisodiy faol aholi sonining koʻpayishiga olib keladi, bu esa iqtisodiy rivojlanish uchun
salohiyatni oshiradi.
Oʻzbekiston yosh aholisi ulushi yuqori boʻlib, bu aholi uchun taʼlim, kasb-hunarga oʻqitish
va bandlikni oshirishni taqozo etadi. Yosh aholi iqtisodiy rivojlanish uchun muhimdir, chunki
aholining bu qismida katta malaka va tajriba toʻplash imkoniyati mavjud. Gender tenglik
masalasi ham eʼtiborga olinishi kerak, chunki ayollarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish davlatning
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun muhimdir.
Oʻzbekistonning geografik jihatdan keng tarqalganligi sababli hududlar orasidagi farqlar
aholi zichligi, yashash sharoiti va rivojlanish darajasida oʻz aksini topmoqda. Bu tengsizlikni
kamaytirish uchun mahalliy darajada samarali infratuzilma va xizmatlarni takomillashtirish
zarur.
R-Studio yordamida amalga oshirilgan tahlilga koʻra, kelgusi yillarda Oʻzbekiston aholisi
soni koʻproq oʻsishi kutilmoqda. Biroq, bu oʻsish migratsiya va tabiiy oʻsish koʻrsatkichlariga
bogʻliq boʻlib, davlat siyosati va strategiyalari bu koʻrsatkichlarni optimallashtirishga yordam
beradi.
Yosh avlodning kasb-hunar oʻrganishi uchun imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Bu,
ayniqsa, yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun
zarur.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
23
Aholining iqtisodiy faol qismi bandligini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun
tashkiliy choralar koʻrilishi kerak. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va oʻrta
biznesni qoʻllab-quvvatlash lozim.
Ayollarni iqtisodiy faoliyatga faol jalb qilish uchun imkoniyatlarni rivojlantirish, shu
jumladan, ayollar uchun maqsadli oʻquv kurslari, markazlar va iqtisodiy dasturlarni
takomillashtirish zarur.
Hududlararo tengsizlikni kamaytirish uchun past rivojlanish darajasiga ega boʻlgan
hududlarga infratuzilma investitsiyalarini yoʻnaltirish lozim. Bu hududlardagi hayot darajasi va
iqtisodiy salohiyatni oshirishga yordam beradi.
Tahlillarni davlatning uzoq muddatli siyosatiga va resurslarni sarflash hamda
investitsiyalash strategiyalariga asos qilib olish tavsiya qilinadi. Buning natijasida kelgusidagi
demografik oʻzgarishlarga tayyorgarlik koʻrish va tegishli choralar koʻrish imkoniyati mavjud
boʻladi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Abdullayev I.S. (2017) Mintaqaviy iqtisodiyot tizimini optimal tartibga solishning
mexanizmlarini takomillashtirish. – T.: y. 67 b. (
publication
/381397880_Oʻzbekiston_mintaqalaridagi_demografik_vaziyat_va_uning_mehnat_bozoriga_taʼsi
ri
)
.
Xojiyev M.S. (2022) "Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali", 1-jild, 6-son,
39-48 betlar.
https://sciencebox.uz/index.php/siyosatshunoslik/ article/download/4199/
UN (2022): "World Population Prospects Summary of Results", United Nations Department
of Economic and Social Affairs, Population Division (
https://www.un.org/development/
desa/pd/sites/www.un.org.development.desa.pd/files/wpp2022_summary_of_results.pdf
).
Toʻxliev N. va boshq. (2016) Oʻzbekiston iqtisodiyoti asoslari.-T.:”Oʻzbekiston milliy
entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 280 b.
UN (2023). United Nations Department of Economic and Social Affairs. World Population
Prospects 2023.
Ismoilov R. (2020), "Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilish va oʻlim koʻrsatkichlari dinamikasi"
https://www.researchgate.net/publication/381437554_Oʻzbekistonda_aholini_takror_barpo_et
ishning_tabiiy_harakati_koʻrsatkichlarini_statistik_baholash
Asian Development Bank (2020) Osiyo Taraqqiyot Bankining tadqiqotida Oʻzbekistondagi
urbanizatsiya va migratsiya jarayonlari xalqaro va mintaqaviy kontekst.
(
https://dx.doi.org/10.22617/TCS210334-2
)
.
