AHOLINI UY-JOYGA BOʻLGAN TALABINI QONDIRISHDA QURILISH SOHASIDAGI TASHKILIY-IQTISODIY MASALALAR

Annotasiya

Mamlakatimizda qurilish korxonalari boshqaruvidagi tashkiliy-iqtisodiy holatlar, qurilish qiymatini hisoblashning usullari va ularning uy-joylar narx-navosiga ta’siri. Mazkur maqolada aholining birlamchi ehtiyojlaridan boʻlmish uy-joyga boʻlgan talabni qondirishning imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida fikr yuritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alijonov, J. (2025). AHOLINI UY-JOYGA BOʻLGAN TALABINI QONDIRISHDA QURILISH SOHASIDAGI TASHKILIY-IQTISODIY MASALALAR . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(2), 9–16. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80087
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mamlakatimizda qurilish korxonalari boshqaruvidagi tashkiliy-iqtisodiy holatlar, qurilish qiymatini hisoblashning usullari va ularning uy-joylar narx-navosiga ta’siri. Mazkur maqolada aholining birlamchi ehtiyojlaridan boʻlmish uy-joyga boʻlgan talabni qondirishning imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida fikr yuritilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

9


AHOLINI UY-JOYGA BOʻLGAN TALABINI QONDIRISHDA QURILISH

SOHASIDAGI TASHKILIY-IQTISODIY MASALALAR

Alijonov Jamshid Alijon oʻgʻli

Renessans ta’lim universiteti

ORCID: 0009-0009-4651-2064

alijonovjamshid69@gmail.com

Annotatsiya.

Mamlakatimizda qurilish korxonalari boshqaruvidagi tashkiliy-iqtisodiy holatlar,

qurilish qiymatini hisoblashning usullari va ularning uy-joylar narx-navosiga ta’siri. Mazkur maqolada
aholining birlamchi ehtiyojlaridan boʻlmish uy-joyga boʻlgan talabni qondirishning imkoniyatlarini

kengaytirish toʻgʻrisida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

aholining oʻrtacha oylik daromadi, uy-joylarning bir kvadrat metrdagi oʻrtacha narxi,

qurilish ishlab chiqarish xarajatlari, qurilish ishlab chiqarishdagi kamchiliklar, qurilish normalari va
qoidalari, qurilish qiymatini resurs usulida aniqlash, qurilish qiymatini hajm usulida aniqlash, qurilish

tashkilotining tashkiliy tuzilishi.

ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ В СФЕРЕ СТРОИТЕЛЬСТВА В

УДОВЛЕТВОРЕНИИ СПРОСА НАСЕЛЕНИЯ НА ЖИЛЬЕ

Алижанов Жамшид Алижанович

Образовательный университет «Ренессанс»

Аннотация.

Организационно-экономические ситуации под управлением строительных

компаний в нашей стране, методы расчета стоимости строительства, и их влияние на

стоимость жилья. В данной статье рассматривается расширение возможностей по
удовлетворению спроса на жилье, являющегося одной из первоочередных потребностей
населения.

Ключевые слова:

среднемесячные доходы населения, средняя цена квадратного метра

жилья, затраты на строительную продукцию, недостатки в строительном производстве,
строительные нормы и регламенты, определение себестоимости строительства в ресурсном
режиме, определение стоимости строительства в размерном режиме, организационная

структура строительной организации.

ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC ISSUES IN THE FIELD OF CONSTRUCTION IN

MEETING THE POPULATION’S DEMAND FOR HOUSING

Alijonov Jamshid Alijon ogli

Renaissance University of Education

Abstract.

Organizational and economic situations under the management of construction

companies in our country, methods of calculating the value of construction, and their impact on the cost of

housing. This article discusses expanding opportunities to meet the demand for housing, one of the primary
needs of the population.

Keywords:

the average monthly income of the population, the average price of a square meter of

housing, construction production costs, shortcomings in construction production,

construction standards

and regulations, determining the cost of construction in resource mode, determining the value of
construction in size mode, organizational structure of the construction organization.

UO‘K: 314.12

II SON - FEVRAL, 2025

9-16

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

10

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030”

strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoniga asosan qabul qilingan “O‘zbekiston-2030”
strategiyasida hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga
oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar

belgilangan. Bu vazifalarni bajarishda qurilish sohasida mavjud tashkiliy-iqtisodiy
muammolarni o‘rganish va hal qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Respublikamizda qurilish ishlari ko‘lami yildan – yilga oshib bormoqda, aholini uy – joy bilan

ta’minlash borasida ham bir qancha ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay aholi uchun hali – hanuz aholini uy-joy sotib olish masalasida qator

kamchiliklar mavjud. Nima sabab uy – joylar narxlari baland va yanada oshib bormoqda? Bu
albatta jamiyatimiz uchun muhim savol hisoblanadi. Bu savolga javob izlash, uning sabablarini
o‘rganish aholining uy – joyga bo‘lgan talabini qondirishda yengillik yaratishning birdan – bir

yo‘li hisoblanadi. Ushbu maqolamizning maqsadi uy-joy qiymatining balandligi sabablarini
o‘rganish va ularga yechim topishga qaratilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Qurilish mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada kuchaytirish, qurilish

texnologiyasidagi tub o‘zgarishlar, mutlaqo yangi qurilish materiallaridan foydalanish, yangi
tashkiliy tuzilmalar va boshqaruv usullarini rivojlantirish. Bu islohotlarning barchasi
mamlakatimizda qurilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan. (Буриев и Усманов, 2020).

Jamiyat va iqtisodiyotning zamonaviy innovatsion rivojlanishi sifat o‘sishining yangi,
noan’anaviy yo‘nalishlarini ochib beradi. Uy-joy kommunal xo‘jaligi samaradorligini

oshirishning dolzarb usullaridan biri bu "aqlli" shaharlar va "aqlli" uylarni yaratishdir. Ularni
amalga oshirish bosqichma-bosqich va iqtisodiy asoslar asosida amalga oshirilishi kerak.
(

Shavkatovna and Tulkinovich, 2023).

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizning

milliy iqtisodiyotida qurilish sohasining o‘rni va ahamiyati, Prezidentimiz tomonidan
ko‘zlangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarni saqlab qolish ham qurilish sohasidagi olib
borilayotgan islohotlar bilan chambarchasi bog‘liqligi, hamda statistika boshqarmasi

tomonidan O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari bajarilish bo‘yicha ma’lumotlar keltirib
o‘tilgan. (

Shavkatovna and Abdixalilovich, 2022).

Iqtisodiyotni shakllantirishda korxonalar

faoliyatida zamonaviy marketing tushunchalaridan foydalanish usullari. (

Musakulovna et al.,

2022).

Korxonalar boshqaruvining funksiyalari, menejment usullari, axborot va

kommunikatsiya, boshqaruv qonunlari va tamoyillari, nizo va stresslarni boshqarish,

marketing va tavakkalchilikni boshqarish, tashkilotda boshqaruv maqsadlarining mohiyati,
rejalashtirishning asosiy tamoyillari, boshqaruv nazoratining funksiyalari va tamoyillari,
tashkilotni boshqarishning tashkiliy tuzilishi (Buriyev va Komilov, 2022).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez, ilmiy va umumiy tahlil,

qiyoslash, oʻzaro solishtirma tahlil usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Toshkent shahri, viloyatlar va tuman markazlarida qurib bitkazilayotgan ko‘p xonadonli

uylarning qiymatini aniqlashda to‘g‘ri hisoblashlar olib borish aholining uy – joy sotib olish
imkoniyatini kengaytira oladigan yagona yechim hisoblanadi. Birinchi navbatda maxsulot
narxining oshishiga sabab bo‘luvchi omillar aniqlashimiz kerak.

Toshkentda 2024-yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi

2023-yilning yanvar oyiga nisbatan deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha sharhida.

Har bir maxsulotning narxini belgilashda inobatga olinadigan ishlab chiqarish va boshqa


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

11

bir qancha xarajatlari mavjud. Bularga: materiallar va maxsulotlar, mexnat xarajatlari, texnika
xarajatlari, transport xarajatlari, ishlab chiqaruvchining boshqa xarajatlari hamda tadbirkorlik

foydasi. Qurilish ishlab chiqarishda ham huddi shunday hisoblashlardan keyin xonadonlarning
narxi belgilanadi.

-

ishlab chiqarish uchun kerakli maxsulotlar va homashyolar;

-

mehnat xarajatlari;

-

texnika va transport xarajatlari;

-

saqlash xarajatlari;

-

quruvchining boshqa harajatlari;

-

tadbirkorlik foydasi;

Ushbu xarajatlar har bir ishlab chiqarish jaryonida mavjud bo‘lib, loyiha – smeta

hujjatlarini tayyorlash jarayonida faqatgina shu xarajatlarni optimal ravishda to‘g‘ri yo‘lga
qo‘ya olsak loyihaning taxminiy bahosini maksimal darajada aniqlik bilan ishlab chiqishimiz

mumkin. Bizda bu jarayonlarni olib borish uchun albatta yangi ish turlari, yangi mashina –
mexanizmlar narxlari, yangi turdagi materiallar keltirilgan qurilish me’yor va qoidalari hamda
uning elektron dasturi kerak bo‘ladi. Buning uchun keraklicha vaqt va yetarlicha

mutaxassislarning mehnati talab etiladi.

To‘g‘ridan –to‘g‘ri hisoblashlarga yuzlansak, aholimizning daromadi va uy – joylarning

narx – navosini taqqoslash anchagina mushkul masala hisoblanadi. Masalan, bugungi kunda
Respublikamizda 2024-yilning yanvar-mart oylari kesimidagi o‘rtacha ish haqi 4 919 000
so‘mni tashkil etadi. Yangi qurib bitkazilayotgan kop xonadonli uylarning narxi esa bir kvadrat

metri o‘rtacha 6-7 mln so‘m atrofida. Agar bir oilaga o‘rtacha 60 kvadrat metrli xonadon talabi
bo‘lsa uning bahosi taxminan 400 mln so‘mni tashkil etadi. Shundan kelib chiqib aytishimiz

mumkinki, aholimizda iste’mol hamda jamg‘arish ko‘rsatkichlari nisbati anchagina farqli
hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 29-yanvar kuni 2024 yilda uy-joy, qurilish,

kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor
vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qurilish sohasida davlat dasturlari
doirasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Yig‘ilishda 2024-yilda uy-joy,

qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilgan. Ta’kidlanishicha, bu kompleks xalq eng ko‘p norozi bo‘lib

murojaat qiladigan sohalardan biri ekani aytib o‘tilgan. Qayd etilganlar orasida qurilish
sohasida yangi zamonaviy qurilish standartlarini joriy qilib, qurilish normalarini yangilash ham
ko‘zda tutilgan.

Bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma obyektini qurish

belgilangan. Lekin soha yoki hudud rahbarlari budjet mablag‘larini samarali ishlatish,
qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha namuna bo‘ladigan tizim yaratmagani qayd etilgan.

Qurilishlarga ajratilgan budjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va o‘g‘rilik
holatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday

ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi ta’kidlandi. Masalan, bugungi kunda loyiha
tashkilotlari obyekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etilgan.
Sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi. Shu bois, aksariyat

loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda. O‘tgan yilda
loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olingan. Aksincha, iqtisod qilishga

kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past
narxlarda hisoblanmoqda.

Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga, sifatsiz

qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, "yashirin" qurilish materiallari bozori
vujudga kelgani qayd etildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

12

1-jadval

2023-yilning I yarmida ikkilamchi uy-joylar bozorining 1 kv.m. uchun o‘rtacha

narxlari(ming so‘m, o‘zgarishlar% oy/oy, yil/yil)

Hudud

2023

2023(%)

yanvar fevral mart aprel may iyun yanvar fevral mart aprel may iyun

Toshkent

shahri

10729

10858

10979

11174

11261

11315

27,2

23,5

18,7

21,0

21,9 22,7

Respublika

Qaraqalog‘iston

3667

3785

3891 3855 3885 3806

15,4

15,4

18,2

20,5

18,6 12,6

Toshkent

viloyati

5738

5878

6094 6326 6484 6646

30,0

32,1

30,9

34,5

36,0 29,7

Sirdaryo

viloyati

3960

4239

4248 3962 4303 4197

27,1

23,8

29,6

15,8

25,5 22,2

Jizzax viloyati

4095

4254

4189 4165 4015 4212

25,8

34,2

27,9

18,7

10,9 17,3

Samarqand

viloyati

7307

7405

7467 7544 7638 7840

21,0

24,2

19,0

20,7

23,2 26,4

Farg‘ona

viloyati

4284

4171

4252 4268 4447

4494

28,8

34,0

28,7

24,9

21,4 32,4

Namangan

viloyati

4892

4726

5041 5151 5449 5220

24,9

12,4

26,8

20,0

19,2 30,2

Andijon viloyati

4729

5496

5883 5852 5862 5866

16,5

23,5

31,1

38,7

34,6 37,5

Qashqadaryo

viloyati

4133

4415

4366 4555 4284 4667

34,5

35,5

28,5

36,5

23,6 39,7

Surxandaryo

viloyati

4587

4762

4710 4848 4880 4870

14,4

21,7

14,1

16,5

15,5 10,8

Buxoro viloyati

4663

4781

4813 4852 5142 5121

23,8

26,4

20,6

18,9

25,4 23,2

Navoiy viloyati

5970

6264

6422 6515 6965 7115

31,6

36,8

31,3

33,3

44,5 43,6

Xorazm viloyati

3851

3947

3927 3886 4223 4337

23,4

24,8

11,9

19,3

28,7 26,3

Respublika (%)

2,3

2,6

1,8

1,3

2,2

1,1

26,2

26,9

24,0

25,3

25,8 27,2


Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi

qat’iy javobgarligi belgilandi.

Ta’kidlanishicha, amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga

asoslangan. “Resurs” usulida 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va

nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar
kiritilgan.

“Hajm usuli”da esa pudratchidan yakuniy natija so‘raladi. Muhimi, quruvchi obyektni o‘z

vaqtida va sifatli topshirsa bo‘ldi. Bundan tashqari, loyiha, tender, qurilish va obyektni qabul
qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda korrupsiya holatlari uchrab turibdi. Endilikda loyiha

qilishdan boshlab, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar ham,
ularning nazorati ham yangicha tashkil etiladi.

Eng avvalo, kelgusi yil 1-yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni

amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm
usuli”ga o‘tiladi.

Bu tartib 1-iyuldan yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida joriy qilinishi

belgilandi.

Shu qatorda aytib o‘tish kerakki, videosellektorda eskirgan 105 ta qurilish normalari

ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ishlab chiqilishi aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytsak, o‘tgan 2023-yilda obyektlarni o‘rganilganda 3716 ta holatda 77

mlrd so‘mlik ishlar sifatsiz, 1639 ta holatda esa qo‘shib yozilgan 74 mlrd so‘mlik ishlar
aniqlanib, bartaraf etilgan.

Respublikamizda 2024-yilda 1724 ta obyekt qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 20 trillion

24 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

13

Buning natijasida 2023 va 2024 – yilgi dasturlardagi qurilish obyektlarining loyiha –

smeta hujjatlarini tayyorlashda 4 trillion so‘mlik ortiqcha harajatlarni oldi olinadi. Qo‘pol qoida

buzilishi holatlari yuzasidan 673 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 5,5 minga yaqin jismoniy
shaxslarning buzilgan huquqlar qayta tiklandi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida 53

282 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

2-jadval

Yillar

2020

2021

2022

2023

2024

Soni

39 322

44 320

46 433

50 324

53 282

2024-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so‘mdan yuqori) mavjud

bo‘lgan korxonalar soni 973 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 735,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shundan 284,6 mlrd so‘mi, ya’ni 38,7 foizi 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Bu qarzdorliklar albatta Davlatimiz iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Qurilish tashkilotlarida tashkiliy tuzilmaning to‘g‘ri tashkil etilishi ya’ni qurilishni

korxonalarini boshqarishni, ichki tuzilmasini shakllantirishni, hodimlar malakasini o‘z vaqtida
oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish masalasini.

O‘tgan 2023-yilning so‘ngi to‘rt oylarida Respublikamizda bajarilgan qurilish ishlarining

umumiy hisobdagi qiymati quyidagicha: (mlrd. So‘mda)

3-jadval

Sentabr

107 793,3

Oktabr

119 589,0

Noyabr

132 386,9

Dekabr

149 864,1


Qurilish korxonalarining Respublikamizda tashkil topishi yildan – yilga o‘sib bormoqda

bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga oshgan. Mamlakatimizda qurilish
korxonalarning tashkiliy tuzilmasini tashkil etish va normativ hujjatlari asosida tartibga solish.
Tashkiliy tuzilmaning korxona faoliyatiga ta’siri juda muhim bo‘lib, u korxonaning ish

faoliyatini qay darajada yurishi bilan bevosita bog‘liq. Qurilishni tashkil etishda hodimlar
faoliyatiga e’tibor berish va ularning malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga

oshirilayotgan ishlarni davlat tomonidan nazoratga olinishi qurilish montaj ishlarini sifat
ko‘rsatkichlarini yanada oshirishning asosi hisoblanadi.

Personal tuzilma –

Korxona personali murakkab, o‘zaro bog‘liq tuzilmaga ega, Tashkiliy

tuzilma — boshqaruv bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘liq, o‘zaro bo‘ysunuvchi tarkibidir.

Funksional tuzilma

— boshqaruv funksiyalarining rahbariyat va alohida bo‘linmalar

o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiradi. Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish
jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlaridir.

Ijtimoiy tuzilma

— mehnat jamoasining ijtimoiy xusu- siyatlari (jinsi, yoshi, millati,

kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifoda etadi. Shtatlar tuzilmasida bo‘linmalar tarkibi,
lavozim va xizmat vazifalari ro‘yxati, mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi. Personal
tuzilmasida, shuningdek, quyidagi tushunchalar ham mavjuddir: Boshqaruv bo‘g‘ini —

muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv
apparati va ishlab chiqarish bo‘linmalaridan iboratdir. Boshqaruv bosqichi (darajasi) —

korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo‘g‘inlari (bosqich, darajalari). Boshqaruv apparati —
boshqaruv tizimining tegishli bo‘linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini
muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir. Tarkibiy bo‘linma — tashkiliy bo‘linma

to‘g‘risidagi nizom asosida boshqaruv bo‘g‘inining mustaqil qismidir. U funksional va ishlab
chiqarish tarkibiy bo‘linmalariga bo‘linadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

14

Funksional tarkibiy bo‘linma — boshqaruvning muayyan funksiyalari (masalan, ishlab

chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy rejalashtirish), vazifalarini amalga

oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. Uning faoliyatida pirovard
natija — boshqaruv qarorlari tayyorlashdir.

Ishlab chiqarishning tarkibiy bo‘linmasi — ishlab chiqarishni tezkor boshqarish

vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, tayyor
mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning mustaqil bo‘g‘inidir.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatida ro‘y beradigan tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga

olishi lozim.

Personalni rivojlantirish inson salohiyatini shakllantirish va uni muttasil oshirib borishga

da’vat etadi. Bu jarayon shunday tashkil etilishi kerakki, inson butun mehnat faoliyati davomida
kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash orqali o‘z bilimlari va ko‘nikmalarini takomillashtirib borishga
intilishi kerak. Inson salohiyatining sifati uning mansab lavozimlari har bir bosqichida o‘qish,

o‘zini — o‘zi o‘qitish, kasbiy tajribani umumlashtirish bosqichlarida ushbu salohiyat tegishli
tarkibiy qismlari sifat jihatidan qanday shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Keyingi yillarda bozor
munosabatlari va axborot texnologiyalari o‘ta jadal sur’atda rivojlanayotganligi tufayli personal

rivojlanishini hamda uning raqobat kurashidagi rolini qabul qilish sezilarli darajada o‘zgardi.
Endilikda bu masalaga kompaniya intellektual kapitalini o‘stirishga qaratilgan boshqaruv

tarzida qaralmoqda. Bundan asosiy maqsad — faqatgina xodimlarda o‘zini rivojlantirishga
qiziqish uyg‘otibgina qolish emas, balki ushbu jarayonni korxona faoliyatining tarkibiy qismiga
aylantirish, lozim degan xulosaga kelinmoqda. Shuning natijasida personalni rivojlantirish

investitsiya bilan uzviy bog‘liq holatga aylanadi. Ya’ni, personalni rivojlantirish sarf-xarajatlar
moddasidan investitsiya obyekti darajasiga ko‘tarildi. Har qanday investitsiyalar kabi

personalni rivojlantirish investitsiyalari ham sarmoya samara- dorligini doimiy baholab borish
personalni rivojlantirish uchun investitsiyalar korxona samaradorligini bugungi kunda qanday
oshirilganligi va kelajakda qanday oshirilishini baholashni taqozo etadi. Personalni

rivojlantirishning mohiyati shundaki, insonlar kompaniya yoki firmaning asosiy raqobat
boyligi hisoblanadi. Ulardagi salohiyat korxona muvaffaqiyatining strategik ahamiyatga ega
omili bo‘lib, uning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini belgilab beradi. Xorijiy firmalarning

mutaxassislari personalni rivojlantirishning turli uslublari samaradorligini tadqiq etar ekanlar,
kutilmagan xulosaga keladilar: katta yoshdagi xodimlar ham xuddi bolalardek o‘qishar ekan.

Ya’ni, kompaniya va firma rahbarlari, menejerlar, mutaxassislar o‘zlari bilmaydigan narsani
egallashlari talab etilgandagina o‘qish xohishini bildirar ekanlar. Xodimlarga xizmat vazifalari
kengaytirilgan yangi lavozimlar taklif qilinishi personalni rivojlantirishning eng samarali usuli

ekan. Insondan yangi, ilgari unga noma’lum bo‘lgan ishni bajarish talab etilganda, u kasbiy
rivojlanishda sifat jihatidan sakrash qilar ekan

Kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish. Kadrlarni baholashning alohida turi - bu kadrlarni

attestatsiyadan utkazishdir. Attestatsiyani asosiy maqsadi - xizmatchining egallab turgan
lavozimiga loyiqligini aniqlashdan iboratdir. Agar u mazkur lavozimga loyiq deb topilsa, unda

uni yana yuqori lavozimga ko‘tarish imkonini qidirish kerak bo‘ladi. SHunday qilib,
attestatsiyani uning mehnat faoliyatiga berilgan ob’ektiv baho, deb bilish mumkin. Bir qator
holatlarda uning kasb mahoratini rag‘batlantirish vositasi sifatidan unga eng yuqori razryad

(malaka) berilishi, yuqori oylik maoshi tayinlanishi mumkin. Nima uchun xodimlarni
attestatsiyadan o‘tkazib turish kerak? Odatda attestatsiyani direktor tayinlagan maxsus

attestatsiya komissiyasi o‘tkazadi. Uning tarkibiga bo‘lim boshliqlari, jamoa tashkilotlarining
vakillari, mutaxassislar va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda attestatsiya ikki bosqichda
o‘tkaziladi. Birinchi bosqich - mehnat jamoasi attestatsiya qiladi. Ikkinchi bosqich - maxsus

komissiya attestatsiyani o‘tkazadi. Attestatsiyani 3-5 yilda bir marta o‘tkazilishi mo‘ljallanadi.
Attestatsiya faqat muhandis - texnik xodimlar, mutaxassislar, quyi bo‘g‘in rahbarlari bilimini
baholash maqsadida o‘tkaziladi. Attestatsiyaning aniq ma’nosi - uni o‘tkazish usuli va shakli

tarmoq, ishlab chiqarish, xususiyatiga, boshqaruv bo‘linmalarini xususiyatiga, ixtisoslik turiga,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

15

ishchilar kasbiga qarab turli bo‘ladi. 44 Har qanday attestatsiya o‘z ichiga quyidagi o‘lchash
usullarini oladi:

1. Attestatsiyadan o‘tuvchi qanday ish bajaradi.
2. O‘tgan davrdagi ishning sifati.
3. Ishga munosabati.

4. Mehnat intizomiga rioya qilishi.
5. Jamoa faoliyati natijasiga xizmatchining qo‘shgan ulushi. Kadrlar ishida kadrlarni

tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayyorlash markaziy vazifa hisoblanadi.

Kadrlar ishini takomillashtirish. Korxona faoliyatini tashkil etish kadrlarning salohiyatiga

bog‘liq. Shunday ekan ularning ishini tashkil etish va takomillashtirib borish zaruriyati yuzaga

keladiki, chunki bozor muhitida raqobat mavjud. Kadrlar korxona tarkibida faoliyat
ko‘rsatuvchi turli kasb guruhlariga kiruvchi ishchilardir. Korxona miqyosida ishlayotgan
kadrlarni mehnat resurslari deb ham yuritish mumkin. Ulardan qay darajada unumli va sifatli

foydalanishiga qarab korxonaning ishlab chiqarish natijalari va raqobatbardoshligi belgilanadi.
Rahbarlar odatda kadrlarni boshqarishda har tomonlama ko‘rsatkichlarni hisobga olishlari
kerak bo‘ladi. Chunki kadrlar masalasi doimo korxona miqyosida asosiy muammolardan biri

bo‘lib kelgan. Korxonaning kadrlar tarkibi va uning o‘zgarishi miqdor va sifat xarakteriga ega
bo‘ladi hamda quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:

- korxonada muayyan davr ichidagi xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni;
- korxonadagi umumiy xodimlarga nisbatan ayrim bo‘linmalarda ishlovchi kadrlarning

solishtirma miqdori;

- ma’lum davr ichida korxona xodimlari sonining o‘sish sur’ati;
- korxona ishchilarining o‘rtacha razryadi;

- korxonada ishlovchilarning umumiy soniga nisbatan oliy va o‘rta ma’lumotga ega

bo‘lganlarning solishtirma miqdori;

- korxona rahbarlari va mutaxassislarining o‘z ixtisosliklari bo‘yicha o‘rtacha ish staji;

- kadrlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish bo‘yicha qo‘nimsizligi va boshqalar.
Kadrlar sifati ularning kasb malakasi va toifasining o‘sib borishi bilan belgilanadi. Bunga

rahbarning o‘zi ham e’tibor berib borishi zarur. Korxona miqyosida kadrlarning sifatli mehnat

qilishi ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan ularning ishini nafaqat tashkil etishda, balki
takomillashtirib borishda ham zarur ishlarni aynan rahbarning o‘zi amalga oshirishi darkor.

Kadrlar ishini takomillashtirib borish uchun sizningcha nimalarga e’tibor berish kerak? Kadrlar
ishini taklmillashtirib borish birinchi navbatda quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

- rahbar tomonidan kadrlar ishini takomillashtirib borishga bo‘lgan e’tibori;

- korxona miqyosida ishga doir yangiliklarni kadrlar tomonidan o‘zlashtirib borilishi;
- korxonada yangi texnika-texnologiyalarni joriy etish darajasi;
- kadrlarning mavjud muhitdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan qiziqishi va ularni to‘g‘ri

o‘zlashtira olish qobiliyati. Agar rahbar shaxs kadrlar ishini takomillashtirib borishga
qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘lamay borsa, bunday korxonada ishlab chiqarish jarayonlari

susayib boradi, mehnat unumdorligi pasayadi. Bunday korxonalar bozor iqtisodiyotidagi
o‘zgarishlarga bardosh berolmay qoladi. Natijada inqirozga tomon yo‘l tutadi.

Xulosa va takliflar.

Qurilish tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmining milliy iqtisodiyot

yalpi daromadidagi ulushi doimiy ravishda ortib bormoqda. Bu tarmoqda olib borilayotgan
iqtisodiy islohotlar hamda mamlakat iqtisodiyotining jadal taraqqiyoti natijasidir. Shuni qayd
etish kerakki, qurilish tarmog‘i barcha tadbirkorlik tuzilmasining ko‘pchilik qismiga to‘g‘ri

keladigan xususiy korxonalar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash, me’yoriy
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda ish yuritish, eskirgan norma va qoidalarni zamon

talablariga moslagan holda ishlab chiqish, kadrlar bilim va malakalarini yanada oshirish kabi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

16

bir qancha islohotlar talab etiladi. Mutaxassislarning bilim va malakalarini oshirish orqali
qurilib bitkazilayotgan uy-joylarning sifatini yanada yaxshilash, narx-navosini

me’yorlashtirish, qurilish korxonalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni vujudga keltirish mumkin
deb ta’kidlasak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Buriyev Х.Т., Komilova M.Sh. (2022) Qurilishda menejment // Darslik. Toshkent.

Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-

son “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion
rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

farmoni [Elektron resurs]. URL: https://lex.uz/docs/- 5130468

Musakulovna, Rakhmonova F., Komilova M. Sh., and Shernazarov T. T. (2022) "USE OF

MARKETING CONCEPTS IN THE ACTIVITY OF ORGANIZATIONS IN THE CONDITIONS OF

FORMINGAN INNOVATIVE ECONOMY." World Economics and Finance Bulletin 17, 55-56.

Shavkatovna, K. M., & Abdixalilovich, A. J. (2022). The role of employees in ensuring the labor

potential of enterprises. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 2(12), 135-137.

Shavkatovna, K. M., & Tulkinovich, S. T. (2023). Improvement of activities of housing and

utilities in the republic of uzbekistan. World Bulletin of Management and Law, 22, 25-27.

Shavkatovna, Komilova M. and Olimova L. E. (2022) "WAYS OF EFFICIENT USE OF LABOR

RESOURCES IN THE COUNTRY." WorldEconomics and Finance Bulletin 7 85-90.

Буриев Х.Т., Усманов И.А. (2020) Пути совершенствования организационно-

экономического механизма повышения качества строительства: монография//
Ташкент. 210 с.

I SON - YANVAR, 2025

9-14

00

Bibliografik manbalar

Buriyev Х.Т., Komilova M.Sh. (2022) Qurilishda menejment // Darslik. Toshkent.

Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni [Elektron resurs]. URL: https://lex.uz/docs/- 5130468

Musakulovna, Rakhmonova F., Komilova M. Sh., and Shernazarov T. T. (2022) "USE OF MARKETING CONCEPTS IN THE ACTIVITY OF ORGANIZATIONS IN THE CONDITIONS OF FORMINGAN INNOVATIVE ECONOMY." World Economics and Finance Bulletin 17, 55-56.

Shavkatovna, K. M., & Abdixalilovich, A. J. (2022). The role of employees in ensuring the labor potential of enterprises. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 2(12), 135-137.

Shavkatovna, K. M., & Tulkinovich, S. T. (2023). Improvement of activities of housing and utilities in the republic of uzbekistan. World Bulletin of Management and Law, 22, 25-27.

Shavkatovna, Komilova M. and Olimova L. E. (2022) "WAYS OF EFFICIENT USE OF LABOR RESOURCES IN THE COUNTRY." WorldEconomics and Finance Bulletin 7 85-90.

Буриев Х.Т., Усманов И.А. (2020) Пути совершенствования организационно- экономического механизма повышения качества строительства: монография// Ташкент. 210 с.