Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
70
SUV TANQISLIGINING IQTISODIYOTGA TAʼSIRINI MIQDORIY TAHLIL QILISH
Mamasoliyev Sarvar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0003-1905-5108
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda Oʻrta Osiyo davlatlari suv tanqisligining iqtisodiy oʻsishga
taʼsiri ekonometrik panel modellari orqali tahlil qilindi. Uzoq muddatli panel maʼlumotlarini tahlil
qilish uchun biz Pooled regression model, fixed effect model va random effect modellari orqali
1990-2023 yillar va 5 ta davlat yillik
maʼlumotlarini modellashtirdik. Model qurib boʻlgach ularni
turli statistik testlar orqali diagnostik testlar bilan tekshirdik. Yuqoridagi modellarni solishtirish
natijasida panel maʼlu
motlarimizga eng mos keladigan model bu Pooled regression model
ekanligini aniqladik. Ushbu model koʻrsatkichlari asosida Oʻrta Osiyo mamlakatlarida suv
tanqisligining oshib borishi iqtisodiy oʻsishga salbiy taʼsir etayotganligi aniqlandi. Suv
tanqisligining har bir birlikka oshishi yalpi ichki mahsulotni 0.0166 birlikka kamayishiga olib
keladi. Natijalar yuqori suv tanqisligiga uchrayotgan davlatlar suv resurslarini boshqarishni
ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, tanqislikni kamayti
rish infratuzilmalarini yaratib, suvni tejash
siyosatini amalga oshirishi kerak
ligini ko‘rsatdi.
Kalit soʻzlar:
suv tanqisligi, iqtisodiy oʻsish, Pooled
regressiya modeli.
КОЛИЧЕСТВЕННЫЙ АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ДЕФИЦИТА ВОДЫ НА ЭКОНОМИКУ
Мамасолиев Сарвар
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В данном исследовании влияние дефицита воды на экономический рост
в странах Центральной Азии было проанализировано с использованием
эконометрических панельных моделей. Чтобы проанализировать долгосрочные
панельные данные, мы смоделировали годовые данные за 1990–2023 годы и 5 стран,
используя модель объединенной регрессии, модель с фиксированным эффектом и модель
со случайным эффектом. После построения моделей мы
проверили их с помощью
диагностических тестов с помощью различных статистических тестов. В результате
сравнения приведенных выше моделей мы обнаружили, что наиболее подходящей
моделью для наших панельных данных является модель объединенной регрессии. На
основе показателей данной модели установлено, что увеличение дефицита воды в
странах Центральной Азии оказывает негативное влияние на экономический рост.
Увеличение дефицита воды на каждую единицу приводит к снижению ВВП на 0,0166
единицы. Результаты показывают, что страны с высоким дефицитом воды должны
сделать управление водными ресурсами приоритетом и реализовать политику
сохранения воды путем создания инфраструктуры для сокращения дефицита.
Ключевые слова:
дефицит воды, экономический рост, модель “
Pooled
” регрессии.
UOʻK:
303.035.2
II SON - FEVRAL, 2025
70-82
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
71
QUANTITATIVE ANALYSIS OF THE IMPACT OF WATER SCARCITY ON THE ECONOMY
Mamasoliyev Sarvar
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This study used econometric panel models to examine the influence of water
shortage on economic growth in Central Asian countries. To evaluate long-term panel data, we
used a pooled regression model, a fixed effect model, and a random effect model on annual data
from 1990 to 2023 across five nations. After creating the models, we ran diagnostic tests using
several statistical techniques. After analyzing the models listed above, we determined that the
Pooled regression model is best suited to our panel data. Based on the indicators of this model, it
was discovered that increased water shortage in Central Asian countries had a negative impact
on economic growth. Each unit increase in water scarcity causes a 0.0166 unit loss in GDP. The
findings suggest that countries experiencing severe water scarcity should prioritize water
resource management and establish a water conservation program that includes the construction
of infrastructure to alleviate the shortage.
Keywords:
water scarcity, economic growth, Pooled Regression model.
Kirish.
Suv insoniyat hayoti uchun muhim omildir. Har bir zamonda suv tanqisligi yoki suv
inqirozi insonlar hayotiga salbiy tasir etib kelgan. Soʻngi yillarda chuchuk suv resurslari hajmi
kamayib unga nisbatan chuchuk suvdan foydalanish ortib bormoqda. Suvni notoʻgʻri
boshqarish va undan foydalanish har davlatning suv tanqisligiga duch kelishining asosiy omili
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda suvni tejash boʻyicha BMT, Jahon Banki, OIIB tomonidan qator
dasturlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, tanqislik va inqirozlar k
amaymayotgan bir necha
mamlakatlar mavjud. Ushbu maqolada ushbu mamlakatlar va ular hozirgi paytda nima uchun
bunday vaziyatga duch kelayotganligi sabablari haqida tasavvurga ega boʻlishini tahlil qildik.
Quyida ohirgi 1960 yildan buyon suv bilan muammo ku
zatilayotgan Osiyo qitaʼsida suv
tanqisligi eng koʻp boʻlgan 5 ta davlat tanlab olindi. Aholi sonining oʻsishi va iqtisodiy rivojlanish
suv resurslariga boʻlgan ehtiyojni oshiradi. Suv resurslari cheklangan sharoitda, ularga boʻlgan
talabni yuqorilab bormo
qda. Suvdan foydalanishning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri haqida
gapirganda, tabiiy resurslarning yomonlashuvi va ifloslanishini eʼtibordan chetda qoldirib
boʻlmaydi. Shaharlashtirish va sanoatlashuv kabi inson faoliyatlari cheklangan suv resurslariga
qoʻshimcha zaruriyatni oshiradi, bu esa suv ifloslanishi tufayli yanada ogʻirlashadi.
Atrof-muhitni zararsizlantirmasdan uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni qanday
taʼminlash mumkin? Olimlarning tadqiqotlarida iqtisodiy oʻsishning foydalari koʻp hollarda
atrof muhitni zararlashga olib keladi. Turli empirik natijalarda olimlar suv resursini iqtisodiy
oʻsishga tasirini oʻrganishda ikki xil yondashuvni ilgari surdilar. Birinchi yondashuv suv hajmini
boshqa omillardan tashqi omil sifatida qabul qildilar, ikkinchi yondashuvda suv
texnalogiyalaridan foydalanishni asosiy omil sifatida tahlil qild
ilar. Shu sababli, koʻplab ilmiy
adabiyotlarda suv resurslari kamayib borishi va zahiradagi suvlarni iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi
bogʻliqlikka eʼtibor qaratadi
. Vang (2024) tadqiqotida tabiiy resurslar va yerning tanqisligi
iqtisodiy oʻsishni har yili 0.15 foizga cheklashini aniqlagan.
Taʼkidlash lozimki, butun dunyoda suv tanqisligi kuzatilmoqda va ushbu global muammo
Markaziy Osiyo davlatlarini ham chetlab oʻtgani yoʻq. Statistik maʼlumotlarni natijasiga koʻra,
2030 yilgacha suv resurslari ikki tarixiy daryo Sirdaryo suvlari 4 foizgacha, Amudaryo suv
hajmi 12 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Aholining oʻsishi hisobiga, Oʻzbekistonda 2030 yilga
borib, suvga boʻlgan talab 7 mlrd. kub metr ziyodroq boʻlishi kutilmoqda, 2050 yilga borib esa,
bu koʻrsatkich bir necha barobarga ortishi prognoz
qilinmoqda. 1- va 2-rasmlar suv tanqisligi
va CO₂ tarqalishi oʻrtasidagi asosiy bogʻliqlik omillaridan biri sanoat suvidan foydalanish va
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
72
energiya ishlab chiqarishini koʻrsatadi. Suv tanqisligi yuqori boʻlgan davlatlarda CO₂ gazi
chiqishi ham yuqori boʻladi.
1-
rasm. Oʻrta Osiyo mamlakatlari suv tanqisligi solishtirma koʻrsatkichlari(2010
-2021)
Oʻzbekiston va Turkmaniston jiddiy suv tanqisligiga duch kelayotgan davlatlar boʻlib, shu
bilan birga mintaqadagi eng yuqori CO₂ koʻrsatkichiga ega mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu
ularning iqtisodiy faoliyati ayniqsa, energetika va qishloq xoʻjaligi suvga kuchli bogʻliqligini
koʻrsatadi. Oʻzbekiston gidroelektr energiyasiga va qazilma yoqilgʻiga asoslangan sanoatga
tayanadi, bu esa ham suv tanqisligiga, ham yuqori CO₂ ishlab chiqishiga sabab boʻladi.
Qozogʻistonning CO₂ darajasi, oʻrtacha hamda suv tanqisligi darajasi ham past koʻrsatkichga
ega. Buning sababi Qozogʻistonning energiya manbalarining xilma
-
xilligidir, yaʼni koʻmir, neft
va gazdan foydalanish uning gidroelektr energiyasiga qaramligini kamaytiradi. Biroq, sanoat
faoliyati hali ham katta miqdorda
suv isteʼmol qiladi va bu uning suv tanqisligini sezilarli
darajada ushlab turadi. Tojikiston va Qirgʻiziston eng past CO2 gaz chiqishi koʻrsatkichiga ega
boʻlib, bu ularning kam sanoatlashtirilgan iqtisodiyotlarini aks ettiradi. Ammo ularda ortib
borayotg
an suv tanqisligi iqlim oʻzgarishi, gidroelektr energiyasiga qaramlik va qishloq
xoʻjaligining kengayishi natijasida suv resurslariga talab oshirib bormoqda. Statistik jihatdan
qaralganda, Markaziy Osiyoda suv tanqisligi va CO₂ darajasi oʻrtasida ijobiy ko
rrelyatsiya bor.
Iqtisodiy oʻsish energiya talabini oshiradi, bu esa CO₂ gazi chiqishi, qayta ishlash hamda qishloq
xoʻjaligi sugʻorish uchun suv isteʼmolini koʻpaytiradi.
2-rasm. Korbonat angidrit gazi ishlab chiqishi
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
Suv tanqisligi
Kyrgyzstan
Kazakhstan
Tajikistan
Turkmenistan
Uzbekistan
0
50
100
150
200
250
300
350
19
70
19
72
19
74
19
76
19
78
19
80
19
82
19
84
19
86
19
88
19
90
19
92
19
94
19
96
19
98
20
00
20
02
20
04
20
06
20
08
20
10
20
12
20
14
20
16
20
18
20
20
20
22
Korbonat angidrit gazi
Kyrgyz Republic
Kazakhstan
Tajikistan
Turkmenistan
Uzbekistan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
73
Yer usti va yer osti suv zahiralarining keskin kamayib va
ifloslanishi Oʻzbekiston aholisi
uchun ham katta xavf tugʻdirmoqda. Respublika suv va qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning
joylardagi tashkilotlari suv resurslarini boshqaruvini yoʻlga qoʻyish vazifasini oʻziga yuklaydi.
Ana shunday dolzarb muammolardan yana biri ichimlik suvi zahirasidir. Agar jahondagi barcha
suv zahiralari 1.500 million kub km boʻlsa, uning 94 foizi okean, dengiz suvlaridir. Suv
zahiralarining faqat 6 foizi esa yer osti suvlari va muzliklaridir. Jahondagi ichishga yaroqli
suvlar esa barc
ha suv zahiralarining faqat 0,0221 foizini tashkil etadi, koʻrinib turganidek,
ichimlik suv masalasi dunyodagi eng ogʻir muammolardan biri sifatida kun tartibida turibdi
.
Adabiyotlar sharhi.
Suv tanqisligi taʼsiridan tashqari, suv bilan bogʻliq xavflar,
masalan, toshqinlar,
qurgʻoqchilik va kasalliklar ham iqtisodiyotga zarar yetkazadi
. Bunday ofatlar gidrologik
oʻzgaruvchanlikning rivojlanishga taʼsirini oʻrgangan mulk va infratuzilma kabi rusurslarni
kamayishiga, inson kapitali yoʻqotilishi va savdo hamda taʼlim kabi iqtisodiy faoliyatning
uzilishiga sabab boʻlishini empirik tadqiqotlar
ning natijalari izchil xulosalarga olib kelgan.
Bundan tashqari, AQShda iqlim oʻzgarishining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga taʼsirini
oʻrgangan ekonometrik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, oʻrtacha harorat va yogʻingarchilik
miqdorining oshishi qishloq xoʻjaligi foydasining 5 milliard AQSh dollarigacha kamayishiga olib
keladi. Bundan tashqari, turli nuqtai nazardan muhokama qiluvchi tadqiqotlar ham mavjud.
Vang
(2024) Xitoy shaharlarida barqaror rivojlanish darajasini baholash uchun maʼlumotlar
envelopment tahlili EFR (QQE) yordamida shahar barqarorligini baholash tizimini yaratdi.
Ushbu tizim tabiiy resursl
ar cheklovlari va inson farovonligi ehtiyojlari kabi ikki yoʻnalishda
tahlil olib boradi. Suv nisbatan moʻl boʻlganda, uning ortib borayotgan talabni qondirish uchun
yetarli ekanligi va qoʻshimcha iqtisodiy xarajat yoki atrof
-muhitga zarar keltirmasdan
foy
dalanish mumkinligi haqida notoʻgʻri tushuncha shakllanishi mumkin. Talabni arzon narxda
qondirish uchun yangi suv infratuzilma loyihalari, yetkazib berish tarmoqlari va tozalash
tizimlari koʻpincha subsidiyalanadi. Natijada, suv ekotizimlaridan suvni yoʻn
altirish va
kamaytirishning atrof-
muhitga taʼsiri eʼtiborga olinmaydi. Qurgʻoqchilik iqtisodiy oʻsish va
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniqlangan (Falkenmark, 1989). Bir
nechta tadqiqotlarda yogʻingarchilik oʻzgaruvchanligi va iqtisodiy oʻsish oʻrtasida statistik
jihatdan ahamiyatli bogʻliqlik mavjudligi tasdiqlangan
. Buning natijasi esa suvning bozor
bahosining doimiy ravishda past baholanishi boʻlib, bu suv tanqisligining ortib borayotgan
toʻliq iqtisodiy xarajatlarini aks ettira olmaydi (Joshi, 2024). Soʻnggi tadqiqotlar esa suv sifati,
yashil suv mavjudligi va ekologik oqim talablariga asoslangan koʻrsatkichlarni taklif qilmoqda.
Emran va boshqalar (2024) esa suv isteʼmolining moslashuvchanligini hisobga olib, tanqislikk
a
moslashish qiyin boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarni aniqlashga harakat qilgan. Shuningdek,
yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar iqtisodiy faoliyatning suv izini oʻrganishga eʼtibor qaratib,
virtual suv savdosi orqali suv tanqisligining iqtisodiy omillarini aniqlash imkonini bermoqda.
Shunga qaramay, hali ham tadqiqotchilar oldida ochiq savollar mavjud. Jumladan, kelajakda suv
tanqisligining iqtisodiy xarajatlari turli tarmoqlar va mintaqalar oʻrtasida qanday tarqalishi,
jamiyatning tanqislikka moslashishi natijasida qanday iqtisodiy oqibatlar yuzaga kelishi, va
ushbu moslashish xarajatlari kelajakdagi
noaniq prognozlarga qanday bogʻliqligi kabi
masalalar hali ham toʻliq oʻrganilmagan. Suv tanqisligini miqdoriy baholash va uning taʼsirlarini
oʻrganish faol rivojlanayotgan tadqiqot yoʻnalishlaridan biridir. Ushbu sohadagi dastlabki va
taʼsirchan ishlar asosan suv tanqisligini taʼminotga yoʻnaltirilgan koʻrsatkichlar orqali
baholashga qaratilgan boʻlib, ularga aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan suv miqdori, mavjud
suv
resurslaridan foydalanish ulushi, va mintaqaning mavjud infratuzilma va institutsional
cheklovlar asosida suv resurslaridan foydalanish qobiliyati kabi mezonlar kiradi. Falkenmark
indikatori (Falkenmark va boshq., 1989)
suv tanqisligini oʻlchash uchu
n oddiy, ammo keng
qoʻllaniladigan usul boʻlib, u quyidagilarni talab qiladi: Muayyan hududda yashovchi aholi soni,
Ushbu hududda mavjud suv hajmi. Mavjud suv hajmi har bir kishi uchun m³/odamlar soni/yil
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
74
hisobida aniqlanadi. Ushbu indikator aholi soniga bogʻliq boʻlgani uchun Suv zichligi indeksi
(Water Crowding Index
–
WCI) ham qoʻllaniladi, bu esa mavjud suv birligiga toʻgʻri keladigan
odamlar sonini oʻlchaydi. Agar mavjud suv hajmi 1,000 m³/odam/yil dan
past boʻlsa, hudud
yuqori suv tanqisligi holatini boshdan kechiradi. Agar suv 500 m³/odam/yil dan past boʻlsa, bu
hudud mutlaq suv tanqisligi (absolute scarcity) darajasiga yetgan hisoblanadi. Suv tanqisligini
baholash boʻyicha ishlab chiqilgan indikatorlar asosan suv miqdoriga eʼtibor qaratgan. Zeng va
boshq. (2013) esa integratsiyalangan indikatorni ishlab chiqib, suv tanqisligini miqdoriy va
sifatli omillar asosida baholashga harakat qilgan. Ushbu indikator ikkita asosiy komponentdan
iborat: 1. Miqdoriy suv tanqisligi indikatori tanqislik nisbati (criticality ratio) yondashuviga
asoslanadi va maʼlum hududda maʼlum vaqt ichida olingan suv hajmining yangilanadigan
chuchuk suv resurslariga nisbati sifatida aniqlanadi. 2. Sifatga bogʻliq suv tanqisligi indik
atori
kulrang suv izi (grey water footprint)ning chuchuk suv resurslariga boʻlgan nisbati orqali
oʻlchanadi. Bu yerda kulrang suv izi tabiiy fon konsentratsiyasi va mavjud suv sifati standartlari
asosida ifloslantiruvchi moddalarni parchalash uchun zarur b
oʻlgan chuchuk suv hajmi sifatida
taʼriflanadi
(Tianbo Fu va boshq., 2022)
. Shu sababli, yer osti suvlari sugʻorish taʼminoti uchun
muhim manba sifatida tobora ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Bunga ekstremal ob-havo
hodisalarining tez-
tez va kuchli sodir boʻlishi natijasida yogʻingarchilik, tuproq namligi va yer
usti suvlari oʻzgaruvchanligining ortishi sabab boʻladi (Prieto
-Curiel va boshq., 2024).
Falkenmark (1989) 1,700 m³/odam/yil yangilanadigan toza suv miqdorini suv tanqisligi
chegarasi sifatida taklif qilishgan. Bu darajadan past boʻlsa, ijtimoiy
bosim va suv uchun yuqori
raqobat yuzaga keladi. Yer osti suvlari haddan tashqari koʻp ishlatilishi atrof
-muhitga jiddiy
salbiy taʼsirlar koʻrsatishi mumkin. Ular orasida tuzli suvning ichki quruqlik tomon siljishi
(saline intrusion) va yerning choʻkishi
(land subsidence) kabi muammolar mavjud (OECD,
2015a). Liu (2024)
tadqiqotlariga koʻra, sayoz va foydalanishga yaroqli yer osti suvlari oʻrtacha
bir yildan toʻrt yilgacha mavjud boʻlishi mumkin. Shu sababli, ikki yoki undan ortiq yillik doimiy
qurgʻoqchilik sugʻorish uchun faqat yer osti suvlariga tayanadigan fermerlar uchun jiddiy
muammo tugʻdirishi mumkin. Biroq, yer osti suvlarining tabiiy muvozanat holatiga sekin
tiklanishi ularning tez isteʼmol qilinishi yangilanish jarayonidan oshib ketishiga olib ke
lishi
mumkin, natijada yer osti suvlarining kamayishi yuzaga keladi. Ayniqsa, yer osti suvlariga
haddan tashqari tayanib qolgan hududlarda bu manbadan ortiqcha foydalanish yerning
unumdorlik taʼsirini susaytiradi va qishloq xoʻjaligini uzoq muddatli qurgʻo
qchilik sharoitida
yanada zaif holatga keltirishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada ishlatilgan maʼlumotlar toʻplami quyidagi besh Qozogʻiston, Oʻzbekiston,
Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari iqtisodiy oʻzgaruvchilarini oʻz ichiga oladi.
Ushbu davlatlari bir mintaqada joylashganligi uchun deyarli bir xil iqlimga ega. Tahlilda
ishlatilgan oʻzgaruvchilar quyidagilar: Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy
investitsiyalar (FDI), Aholi soni (POP), Korbonat angidrit gazi (CO2) tanlab olindi. Vaqt oraligʻi
esa 1969
–
2023-yillarni qamrab oladi.
1-jadval
Tanlab olingan oʻzgaruvchilar manbalari
Oʻzgaruvchi
Tasnif
Oʻlchov birligi
Manbaʼ
GDP
Yalpi ichki mahsulot
joriy US$
Jahon banki
POP
Jami aholi soni
1/ming
Jahon banki
Wts
Water Stress
10^9 m3/yil
AQUASTAT
CO2
Korbonat Dioksid
Mt CO2e
Jahon banki
FDI
Jami Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar
joriy US$
Jahon banki
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
75
Suv tanqisligi koʻrsatkichi quyidagicha hisoblanadi:
𝐒𝐮𝐯 𝐭𝐚𝐧𝐪𝐢𝐬𝐥𝐢𝐠𝐢 =
𝐔𝐦𝐮𝐦𝐢𝐲 𝐜𝐡𝐮𝐜𝐡𝐮𝐤 𝐬𝐮𝐯 𝐨𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐡𝐚𝐣𝐦𝐢
𝐔𝐦𝐮𝐦𝐢𝐲 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢𝐥𝐚𝐧𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐜𝐡𝐮𝐜𝐡𝐮𝐤 𝐬𝐮𝐯 𝐫𝐞𝐬𝐮𝐫𝐬𝐥𝐚𝐫𝐢 − 𝐀𝐭𝐫𝐨𝐟 − 𝐦𝐮𝐡𝐢𝐭 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐳𝐚𝐫𝐮𝐫 𝐬𝐮𝐯 𝐡𝐚𝐣𝐦𝐢
∗ 𝟏𝟎𝟎,
Pooled regressiya modeli
Chiziqli regressiya modeli quyidagicha ifodalanishi mumkin:
𝑦
𝑖,𝑡
= 𝛽
1
+ 𝛽
2
𝑥
𝑖,𝑡,2
+ ⋯ + 𝛽
𝑘
𝑥
𝑖,𝑡,𝑘
+ 𝜀
𝑖,𝑡
Bu yerda:
𝑌
𝑖𝑡
—
bogʻliq oʻzgaruvchi
i =
davlatlar,
t =
vaqt.
𝑋
𝑖𝑡
-
mustaqil oʻzgaruvchi
𝛽
0
—
intersept (doimiy).
𝛽
1
—
koeffitsiyent (taʼsir kuchi.
𝜀
𝑖𝑡
—
xatolik
Agar tushuntiruvchi oʻzgaruvchilar ekzogen boʻlsa, unda OLS baholovchi xatosiz va
doimiy boʻladi. Agar xatolik gomoskedastik va autokorrelyatsiyaga ega boʻlmasa, unda OLS
samarali boʻladi. Bunday holda OLS baʼzan pooled OLS deb ham ataladi.
fixed effect modeli
ln (𝐺𝐷𝑃)
𝑖𝑡
= 𝛽
0
+ 𝛽
1
ln (𝑃𝑂𝑃)
𝑖𝑡
+ 𝛽
2
ln (𝐹𝐷𝐼)
𝑖𝑡
+ 𝛽
3
𝐶𝑂2
𝑖𝑡
+ 𝛽
4
𝑊𝑆𝑡
𝑖𝑡
+ 𝛼
𝑖
+ 𝜀
𝑖𝑡
bu yerda:
𝑖
-Subyekt (entity) (masalan, davlat, mintaqa, firma)..
𝑡
- Vaqt (time) (yil, chorak va hokazo).
ln (𝐺𝐷𝑃)
𝑖𝑡
Tabiiy logarifmda ifodalangan yalpi ichki mahsulot (YAIM) subyekt i uchun
vaqt
𝑡
da.
ln (𝑃𝑂𝑃)
it
i uchun vaqt t da tabiiy logarifmda ifodalangan aholi soni subyekt.
ln (𝐹𝐷𝐼)
𝑖𝑡
i uchun vaqt t da tabiiy logarifmda ifodalangan toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy
investitsiyalar (FDI) subyekt.
CO2
it
i uchun vaqt
𝑡
da karbonat angidrid (CO₂)li subyekt.
WSt
𝑡
𝑖𝑡
i uchun vaqt t da suv tanqisligi darajasi (Water Stress) subyekt.
𝛼
𝑖
i ga xos vaqt boʻyicha kuzatilmaydigan doimiy effektlar (unobserved fixed effects),
subyekt oʻzgarmas omillar
𝜀
𝑖𝑡
Xatolik.
Random effect modeli
ln (𝐺𝐷𝑃)
𝑖𝑡
= 𝛽
0
+ 𝛽
1
ln (𝑃𝑂𝑃)
𝑖𝑡
+ 𝛽
2
ln (𝐹𝐷𝐼)
𝑖𝑡
+ 𝛽
3
𝐶𝑂2
𝑖𝑡
+ 𝛽
4
𝑊𝑆𝑡
𝑖𝑡
+ 𝛼
𝑖
+ 𝑢
𝑖𝑡
bu yerda:
𝑖
Subyekt (entity) (masalan, davlat, mintaqa, firma).
𝑡
Vaqt (time) (masalan, yillar).
ln (𝐺𝐷𝑃)
𝑖𝑡
=
Tabiiy logarifmda ifodalangan yalpi ichki mahsulot (YAIM) (bogʻliq
oʻzgaruvchi).
ln (𝑃𝑂𝑃)
𝑖𝑡
=
Tabiiy logarifmda ifodalangan aholi soni.
ln (𝐹𝐷𝐼)
𝑖𝑡
=
Tabiiy logarifmda ifodalangan toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (FDI).
𝐶𝑂2
𝑖𝑡
=
Karbonat angidrid (CO₂) chiqindilari.
𝑊𝑆𝑡
𝑖𝑡
=
Suv tanqisligi darajasi (Water Stress).
𝛼
𝑖
=
Har bir subyekt uchun tasodifiy effekt (random effect), tushuntiruvchi oʻzgaruvchilar
bilan bogʻliq emas deb qaraladi.
𝑢
𝑖𝑡
=
Xatolik
Hausman Testi
Agar
regressiya tushuntiruvchi oʻzgaruvchilar bilan bogʻliq boʻlsa (endogenlik mavjud
boʻlsa), FE modeli toʻgʻri boʻladi. Agar bogʻliqlik yoʻq boʻlsa, RE modeli samarali ishlaydi.
Hausman testi quyidagi gipotezalarni qoʻyadi:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
76
H₀ (Nol gipoteza): RE modeli samarali va tushuntiruvchi oʻzgaruvchilar tasodifiy effektlar
bilan bogʻliq emas.
H₁ (Muqobil gipoteza): FE modeli yaxshiroq, chunki tushuntiruvchi oʻzgaruvchilar
tasodifiy effektlar bilan bogʻliq.
Hausman testining statistikasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
𝐻 = (𝛽ˆ
𝐹𝐸
− 𝛽ˆ
𝑅𝐸
)
′
[Var (𝛽ˆ
𝐹𝐸
) − Var (𝛽ˆ
𝑅𝐸
)]
−1
(𝛽ˆ
𝐹𝐸
− 𝛽ˆ
𝑅𝐸
)
Bu yerda:
𝛽ˆ
𝐹𝐸
—
Fixed Effects (FE) modeli baholangan koeffitsiyentlari
𝛽ˆ
𝑅𝐸
—
Random Effects (RE) modeli baholangan koeffitsiyentlari
Var (𝛽ˆ
𝐹𝐸
)
—
FE modelining dispersiya-kovariatsiya matritsasi
Var (𝛽ˆ
𝑅𝐸
)
—
RE modelining dispersiya-kovariatsiya matritsasi
𝐻
—
Test statistikasi, u Chi-kvadrat (
𝜒
2
) taqsimotga ega.
Agar H statistikasi katta qiymatga ega boʻlsa va p
-value
< 0.05
boʻIsa, FE modeli afzal
boʻladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari iqtisodiyotining katta qismi qishloq xoʻjaligiga
bogʻliq boʻlganligi sababli suv oziq
-
ovqat taʼminoti, elektr energiyasi ishlab chiqarish va
ekologiyaga toʻgʻridan
-
toʻgʻri taʼsir koʻrsatadi. Ushbu davlat, asosan, Amudary
o va Sirdaryo
suvlaridan toʻyinadi. Besh davlat orasida suv taqsimoti boʻyicha oʻzaro kelishuv amal qiladi.
Lekin mintaqaning oltinchi davlati Afgʻonistonning Amudaryodan suv olish uchun qilayotgan
harakatlari oqimning quyi davlatlari Oʻzbekiston va Turkm
aniston uchun tashvish
uygʻotmoqda. Mintaqa daryolari shakllanadigan Tojikiston va Qirgʻiziston togʻlarida
muzliklarning odatdagidan tezroq erib borishi kelajakda mintaqada suv muammosi borgan sari
kuchayishidan darak beradi. Maʼlumki, Tojikistonda mintaqa
dagi eng yirik muzliklar mavjud.
3-rasm. Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv tanqisligi darajalari
Mamlakat hududining 6 foizini muzliklar tashkil etgan va ular yuz yillar davomida
mintaqa daryolarini suv bilan taʼminlab kelgan. Ammo joriy yilning mart oyi Tojikiston
Prezidenti Emomali Rahmon BMT televideniyesi muxbiri bilan suhbati paytida aytishicha,
mamlakatdagi 14 ming muzlikdan mingdan ortigʻi yoki oʻn foizga yaqini oxirgi 20 yil davomida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
77
butunlay erib bitgan va bu jarayon muntazam davom etmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, oxirgi 30
-
40 yil davomida Fedchenko muzligi 6-7 foizga qisqargan. Oxirgi 20-25 yil davomida Tojikiston
hukumati mintaqa va jahonda suv, jumladan, chuchuk suv muammosini muntaza
m koʻtarib
keladi. Tojikiston tashabbusi bilan suv zaxiralarini asrash maqsadida BMT 2025-yilni
"Muzliklarni asrash xalqaro yili", deb eʼlon qilgan.
3-rasm
da rangli kodlash tizimi qoʻllanilgan boʻlib, turli darajadagi suv tanqisligini
ifodalaydi. Qizil bu ekstremal suv tanqisligi (100% va undan yuqori),Tо‘q toʻq sariq, yuqori suv
tanqisligi (taxminan 80
–
100%),Sariq-
yashil oʻrtacha suv tanqisligi (60–
80%), Yashil esa past
suv tanqisligi (40% va undan past) bildiradi. Ushbu xaritadagi hududiy taqsimot shuni
koʻrsatadiki, Oʻzbekiston va Turkmanistonning ayrim hududlari jiddiy suv tanqisligiga duch
kelmoqda, bu esa suv resurslarini boshqarish va barqarorlik
bilan bogʻliq muhim muammolarni
yuzaga keltiradi. Boshqa tomondan, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda suv tanqisligi darajasi
nisbatan past boʻlib, bu hududlarda suv mavjudligi nisbatan yaxshiroq ekanligini koʻrsatadi.
Ushbu geografik tafovut Markaziy Osiyoda
suv xavfsizligi boʻyicha kelajakdagi xatarlarni
kamaytirish uchun mintaqaviy yondashuv asosida maxsus suv boshqaruv strategiyalarini
ishlab chiqish zarurligini taʼkidlaydi.
Maʼlumotlar toʻplash va ular ustida ishlash
.
Tadqiqot maʼlumotlari World bank va AQUASTAT plotformalaridan olindi.
Tavsifiy statistika koʻrsatkichlari(2
-
jadval) shuni koʻrsatadiki oʻrtacha logarifmik YAIM
(ln_GDP) 23.25 ga teng, uning standart
ogʻishi 1.51 ni tashkil etadi, bu esa kuzatilgan davr
mobaynida iqtisodiy ishlab chiqarishning oʻrtacha darajada oʻzgaruvchanligini koʻrsatadi.
Boshqa tomondan, chet el investitsiyalari (ln_FDI) sezilarli darajada oʻzgaruvchan boʻlib,
standart ogʻishi 2.45
ni tashkil qiladi. Bu investitsiya oqimlarining yillar davomida katta
tebranishlarga duch kelganini anglatadi. Oʻzbekistonda (FDI) hajmi 2021
-yilda 2,53 milliard
AQSh dollaridan 2022-yilda 2,27 milliard AQSh dollariga kamaydi, asosan qayta investitsiya
qilingan daromadlarning ikki baravarga oshib, 1,2 milliard AQSh dollariga yetgani sababli.
Atrof-
muhit va resurs cheklovlari ham FDI qarorlariga taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkin. Buni
karbonat angidrit(CO₂) va suv tanqisligi (WSt) boʻyicha farqlar ham tasdi
qlaydi. Suv tanqisligi
(WSt) koʻrsatkichlari 28.39 dan 168.91 gacha keng diapazonda oʻzgarib, oʻrtacha qiymati 89.45
ni tashkil qiladi. Bu mintaqalar oʻrtasida suv resurslari mavjudligida katta farqlar mavjudligini
koʻrsatadi.
Bu ekologik omillar, ayniqsa suv va energiyaga bogʻliq sanoat tarmoqlarida uzoq muddatli
investitsiya strategiyalarini shakllantirishda muhim rol oʻynagan boʻlishi mumkin.
2-jadval
Tavsifiy statistika
Variable
ln
_
GDP
ln
_POP
ln
_
FDI
CO2
WSt
overall
overall
overall
overall
overall
Mean
23.248
16.116
17.256
79.734
89.453
Std
. dev.
1.5069
0.680
2.449
80.914
46.632
Min
20.573
15.165
6.907
20.05
28.391
Max
26.294
17.389
22.367
286.199
168.913
Observations
165
165
165
165
165
4-
grafikda koʻrsatilganidek, Qozogʻiston 1990
-yildan 1998-yilgacha davom etgan YaIM
barqarorligi oʻn yildan ortiq davom etgan oʻsish jarayonini boshdan kechirdi. Ushbu davrda
oʻsish darajasi 70 foizdan oshib ketdi va hanuzgacha yuqori darajada saqlanib kelmoqda.
YaIMning ortishiga meh
nat bozoridagi koʻnikmalar rivojlanishi, ishsizlik va mehnat bozorining
oʻziga xos xususiyatlari sabab boʻlishi mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
78
4-rasm. Tanlangan 5 davlat YaIM 1990-
2030 yillar oraligʻidagi hajmi
Boshqa tomondan qolgan davlatlar uchun, iqtisodiy oʻsish zaif boʻlib kelgan. 4
-gafikga
koʻra, 1990
-2000-
yillarda iqtisodiy oʻsish keskin pasayib,
-
4,1 foizga tushgan, shundan soʻng
2008-
yilgi moliyaviy inqirozgacha tebranuvchi oʻsish tendensiya kuzatilgan.
2008-2023-
yillarda esa iqtisodiy oʻsish past va turgʻun boʻlib qolgan. Bunga tarmoqlarning oʻsish
surʼatlarining bir
-biridan farq qilishi, ichki va tashqi iqtisodiy zarbalar iqtisodiy barqarorlikni
izdan chiqargani sabab boʻlgan (Jahon banki, 2023). Oʻtgan 2017 yildan buyon Oʻzbekiston
iqtisodiy faoliyatining tarkibiy oʻzgarishlar kuzatildi. 2005
-
yillarda qishloq xoʻjaligi yetakchi
soha boʻlgan boʻlsa, 2015
-
yillarga kelib iqtisodiyotning rivojlanishida xizmat koʻrsatish sohasi
ustunlik qila boshladi. Hozi
rgi kunda esa markaziy Osiyo lideri toʻrtinchi sanoat inqilobi davriga
mos ravishda texnologik taraqqiyot, elektron tijorat va moliyaviy sektor iqtisodiyotning asosiy
yoʻnalishlariga aylanmoqda.
Panel maʼlumoti ekonometrik modelni aniqlash
Tadqiqot
natijalari shuni tasdiqlaydiki, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, aholi soni oshishi
markaziy Osiyodagi besh mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biroq,
natijalar shuni koʻrsatadiki, suv tanqisligi (WSt) mintaqadagi iqtisodiy natija
larni
shakllantirishda salbiy tasirga ega.
Regressiya natijalari suv tanqisligi va YAIM oʻsishi oʻrtasida sezilarli salbiy bogʻliqlik
mavjudligini koʻrsatadi. Suv tanqisligi koeffitsienti
-
0.0166 boʻlib, t
-statistikasi -6.86 ni tashkil
etadi, bu esa yuqori statistik ahamiyatga ega. Ushbu natijalar shuni anglatadiki, suv
taqchilligining ortishi iqtisodiy faoliyatga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bundan tashqari, aholi sonining oʻsishi (lnPOP) YAIMga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning
koeffitsienti 2.6351 ga teng. Xuddi shunday, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalari (lnFDI) ham
statistik jihatdan ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning koeffitsienti 0.1087 ni tas
hkil etadi. Karbonat
angidrit gazlari(CO₂) regressiya natijalarida ahamiyatsiz parametr baholarini koʻrsatmoqda, bu
esa ushbu mamlakatlarda atrof-muhit zararlanishi suv resurslari boshqaruvi bilan
multikolleniyarlikni koʻrsatmoqda. Agar samarali siyosiy choralar koʻrilmasa Uzluksiz suv
tanqisligi uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishni yanada kamayishiga olib kelishi mumkin. Kuchsiz
institutsional tizimlar, suv boshqaruvining yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagani, barqaror suv
resurslarini taʼminlash choralari yetishmovchiligi va qishloq xoʻjaligidagi samarasiz
resusrlardan foydalanish muammoni yanada chigallashtirmoqda. Ushbu muammolarni hal
qilish uchun integratsiyalangan suv resurslari boshqaruvi siyosatini ishlab chiqish, suvni tejash
texnologiyalariga investits
iyalarni koʻpaytirish va chegaraviy davlatlar suv boshqaruvi boʻyicha
mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday chora-tadbirlar
suv tanqisligining iqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsirini kamaytirishga yordam berishi
mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
79
3-jadval
Pooled regression model, fixed effect model, and random effect model
Pooled
Regression
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob
Obs
lnGDP
lnPOP
2.64
.2443005
2.7
9
0.000
165
lnFDI
0.11
.0276744
1.93
0.000
165
CO2
-0.0011482
.0015991
-0.72
0.474
165
WSt
-.0165554
.0024127
-6.86
0.000
165
_
cons
-20.11945
3.807267
-5.28
0.000
165
Fixed
Effect
model
Robusted
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob
Obs
ln
_
GDP
ln
_POP
4.277213
.5005739
8,54
0.003
165
ln
_
FDI
.0935322
.0296888
3,15
0.051
165
CO2
.0057172
.0026932
2,12
0.124
165
WSt
-.0134271
.0150108
-0,89
0.437
165
_
cons
-47.41966
9.419167
-5.03
0.015
165
Random
Effect
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob
Obs
ln
_
GDP
ln
_POP
2.635115
.2443005
10,79
0.000
165
ln
_
FDI
.1086747
.0276744
3,93
0.000
165
CO2
-.0011482
.0015991
-0.72
0.473
165
WSt
-.0165554
.0024127
-6.86
0.000
165
_
cons
-20.11945
3.807267
-5.28
0.000
165
Panel Modelini tanlash uchun Test natijalari
Hausman testining muhim jihatlaridan biri shundaki, farqlangan dispersiya
matritsasining rangi test qilinayotgan koeffitsiyentlar soniga mos kelishini taʼminlash zarur.
Agar farqlangan dispersiya matritsasining rangi (masalan, 3) test qilinayotgan koeffitsiyentlar
soni (masalan, 4) bilan mos kelmasa, bu test hisob-
kitoblarida muammolar boʻlishi
mumkinligini koʻrsatadi. Bunday tafovut tadqiqotchilarni oʻz baholash natijalarini ehtiyotkorlik
bilan tahlil qilishga undaydi. Bundan tashqari, oʻzgaruvchilarni bir
xil masshtabda boʻlishi
uchun normallashtirish ularning baholanish jarayonida raqamli beqarorlikni kamaytirishga
yordam berishi mumkin.
4-jadval
The Hausman test natijalari
Test
Summary
Chi-Sq
.
Statistic
Chi-Sq
.
d
.
f
.
Prob
.
Cross
Section
Random
62.12
3
0.0000
Fixed Effect
Random Effect
Var. (Diff.)
Prob.
Obs.
ln
_POP
4.2772
2.6411
1.6421
0.2904
165
ln
_
FDI
0.0935
0.1087
-0.0151
.01570
165
CO2
0.0057
-0.0015
0.0069
.0010
165
WSt
-0.0134
-0.0166
0.0031
.0086
165
Hausman testi quyidagi gipotezalarni qoʻyadi: nol gipoteza(H₀): koeffitsiyentlar orasidagi
farq tizimli emas, bu random effects modelining mos ekanini ekanligini bildiradi; muqobil
gipoteza (Hₐ): koeffitsiyentlar orasidagi farq tizimli boʻlib, bu fixed eff
ects modeliga afzallik
berish kerakligini anglatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
80
Test natijalarining p-
qiymatiga asosan p < 0.05 boʻlsa (bu holatda p = 0.0000), nol
gipoteza rad etiladi, yaʼni fixed effects modeli ishonchliroq hisoblanadi. Agar p > 0.05 boʻlsa, nol
gipoteza rad etilmaydi, bu esa random effects modelini afzal koʻrsatadi
. Bu tadqiqotda p-
qiymati 0.0000 boʻlgani sababli, nol gipoteza rad etiladi va fixed effects modeli ustun variant
sifatida tanlanadi. Ushbu natijalar maʼlumotlardagi individual xususiyatlarning tushuntiruvchi
oʻzgaruvchilar bilan bogʻliqligini koʻrsatib, f
ixed effects modelining maqbul yondashuv
ekanligini tasdiqlaydi.
Modelni diagnostik testdan oʻtkazish
Panel maʼlumotlarini tahlil qilish
-
tadqiqotchilarga vaqt boʻyicha kuzatilgan obyektlarni
oʻrganish imkonini beradigan kuchli ekonometrik vositadir. Ushbu tahlil individual va vaqtga
bogʻliq oʻzgarishlarni hisobga olish imkonini beradi. Biroq, toʻgʻri model
ni tanlash va potensial
ekonometrik muammolarni aniqlash ishonchli natijalarni olish uchun muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada vaqt boʻyicha fiksatsiyalangan effektlarning zarurati, geteroskedastiklik va
kesimlararo bogʻliqlik muammolari koʻrib chiqiladi.
Panel maʼlumotlarini tahlil qilishda
modelga vaqt boʻyicha fiksatsiyalangan effektlarni kiritish zarurligini aniqlash muhimdir. Vaqt
fiksatsiyalangan effektlari vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadigan, ammo barcha obyektlar uchun
bir xil boʻlgan kuzatilmaga
n omillarni nazorat qilishga yordam beradi va natijada, chiqarib
qoldirilgan oʻzgaruvchilarga bogʻliq ogʻishlarni kamaytiradi. Vaqt boʻyicha fiksatsiyalangan
effektlarning mavjudligini tekshirish uchun maxsus statistik test qoʻllaniladi. Agar ushbu test
natijasi p-
qiymati 0.05 dan past boʻlsa, demak, vaqt fiksatsiyalangan effektlarini modelga
kiritish shart. Ushbu effektlarni hisobga olmaslik baholash natijalarining notoʻgʻri boʻlishiga
olib kelishi mumkin.
5-jadval
Wald Test, Breusch-Pagan LM, Pesaran testlari
Test
Statistic
df
p
-value
Decision
Testparm
for
Year
Dummies
F-statistic
16.66
(3, 3)
0.0225
Reject Null
Hypothesis
Modified
Wald
Test
Chi-squared
(
χ
²)
Statistic
157.76
4
0.0000
Reject
𝐻
0
Breusch-Pagan
LM Test
Chi-bar
²
Statistic
0.00
1.0000
Fail to reject
𝐻
0
Breusch-Pagan
LM Test
of
Independence
Chi-
squared
(χ²)
Statistic
37.368
6
0.0000
Reject
𝐻
0
Pesaranʼs
Test
for
Cross-Sectional
Dependence
Test
Statistic
4.016
0.0001
Reject
𝐻
0
Modified
Wald
Test
Chi-squared
(χ²)
Statistic
157.76
4
0.0000
Reject
𝐻
0
Geteroskedastiklik
–
xatoliklarning dispersiyasi turli obyektlar
boʻyicha farqlanganda
yuzaga keladigan muammo boʻlib, bu baholashlarning samarasizligiga va notoʻgʻri standart
xatolarga olib kelishi mumkin. Fiksatsiyalangan effektlar modelida guruhlar boʻyicha
geteroskedastiklik testi oʻtkaziladi, bu test har xil obyekt
larda dispersiya bir xilda emasligini
tekshiradi. Agar test natijalari nol farazni rad etsa, demak, geteroskedastiklik mavjud va
modelni mustahkam standart xatolar bilan baholash kerak. Ushbu muammoni eʼtibordan
chetda qoldirish statistik ahamiyatlilikni n
otoʻgʻri baholashga va iqtisodiy qaror qabul qilish
boʻyicha xato xulosalar chiqarishga sabab boʻlishi mumkin. Panel maʼlumotlarni tahlil qilishda
asosiy qaror fiksatsiyalangan effektlar (FE) yoki tasodifiy effektlar (RE) modelidan foydalanish
masalasidir. Ushbu tanlov odatda tasodifiy effektlar dispersiyasi nolga teng emasligini
tekshiradigan test orqali aniqlanadi. Agar ushbu test natijalari tasodifiy effektlar
dispersiyasining nolga teng emasligini tasdiqlamasa, demak, tasodifiy effektlar modeli notoʻgʻr
i
va fiksatsiyalangan effektlar modeli afzalroq boʻladi. Bunday holatda individual obyektlarning
xususiyatlari mustaqil oʻzgaruvchilar bilan bogʻliq boʻlib, bu fiksatsiyalangan effektlar
modelidan foydalanishni asoslaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
81
Makroiqtisodiy panel maʼlumotlarida, ayniqsa uzoq vaqtli dinamik tahlillarda,
kesimlararo bogʻliqlik jiddiy muammo boʻlishi mumkin. Bu muammo turli obyektlarning qoldiq
xatolari oʻzaro bogʻliq boʻlganda yuzaga keladi, natijada standart xatolar notoʻgʻri hisoblanishi
va baholash natijalari ishonchsiz boʻlishi mumkin. Kesimlararo bogʻliqlikni aniqlash uchun
ikki
xil statistik test ishlatiladi. Birinchi test panel obyektlar orasida qoldiq xatolarning
mustaqilligini tekshiradi. Agar test natijalari nol farazni
rad etsa, bu kesimlararo bogʻliqlik
mavjudligini bildiradi va maxsus tuzatish choralarini koʻrish kerak. Ikkinchi test qoldiq xatolar
orasidagi bogʻliqlikni yanada chuqurroq oʻrganadi. Agar bu test ham turli obyektlar oʻrtasidagi
bogʻliqlikni tasdiqlasa, ekonometrik tuzatishlar talab qilinadi. Kesimlararo bogʻliqlik mavjud
boʻlsa, baholash koeffitsiyentlarining notoʻgʻri baholanishi va shishirilgan standart xatolar
kuzatilishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun Driscoll-Kraay standart xatolari
yoki
fazoviy ekonometrik usullar qoʻllaniladi.
5-jadvalda
keltirilgan natijalar diagnostika testlari ekonometrik modelning toʻgʻri
shakllantirilishi boʻyicha muhim xulosalarni beradi.Unga koʻra vaqt boʻyicha fiksatsiyalangan
effektlar kiritilishi kerak yil boʻyicha effektlarni
tekshiruvchi test buni tasdiqlaydi. Obyektlar
boʻyicha xatolik dispersiyasining farqli ekanligi va Geteroskedastiklik mavjud ekanligini
koʻrsatadi. Shuning uchun mustahkam standart xatolarni qoʻllash zarurligini koʻrsatadi.
Fiksatsiyalangan effektlar modeli tasodifiy effektlar modelidan afzalroq tasodifiy effektlar
dispersiyasining nolga yaqinligi fiksatsiyalangan effektlar modelidan foydalanishni asoslaydi.
Kesimlararo bogʻliqlik mavjud panel birliklar orasidagi qoldiq xatolar korrelyatsiyalangan
boʻlib, standart xatolarni toʻgʻri hisoblash uchun maxsus tuzatishlar talab qilinadi. Shu sababli,
vaqt boʻyicha fiksatsiyalangan effektlar modeli, mustahkam standart xatolar va kesimlararo
bogʻliqlikni hisobga oluvchi tuzatishlar bilan ishlovchi model ushbu maʼlumotlar toʻplami
uchun eng maqbul yondashuv hisoblanadi. Panel maʼlumotlarini toʻgʻri diagnostika qilish va
ekonometrik muammolarni bartaraf etish natijalarning aniqligi, ishonchliligi va siyosiy
tavsiyalarni shakllantirishga bevosita taʼsir qiladi.
Xulosa va takliflar.
Toʻgʻri model tanlash va ekonometrik muammolarni bartaraf etish natijalarning
ishonchliligini oshiradi. Ushbu tahlilda Pooled Regression, Fiksatsiyalangan Effektlar (FE)
modeli, va Tasodifiy Effektlar (RE) modeli natijalari solishtirildi. Pooled Regression natijalariga
koʻra, aholining oʻsishi (ln_POP) va chet el investitsiyalari (ln_FDI) iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir
qiladi (statistik ahamiyatli, p < 0.05). CO₂ va suv tanqisligi (WSt) esa iqtisodiy oʻsishga olib
kelmaydi aksincha tushishiga olib keladi.
Hausman testi panel maʼlumotlar tahlilida qaysi
model Fiksatsiyalangan effects yoki tasodifiy effects eng toʻgʻri yondashuv ekanligini aniqlash
uchun qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchilarni toʻgʻri keltirish va test natijalarini toʻgʻri talqin qilish orqali
tadqiqotchilar yanada barqaror va ishonchli ekonometrik xulosalar chiqarishlari mumkin. Test
natijalariga koʻra, fiksatsiyalangan effektlar modeli eng yaxshi variant boʻlib, u vaqt boʻyicha
oʻzgarishlarni inobatga oladi va individual xususiyatlar bilan bogʻliq
muammolarni
kamaytiradi. Biroq, CO₂ va ishsizlikning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri sezilarli emasligi sababli,
qoʻshimcha testlar va model tuzatishlari talab qilinishi mumkin. Geteroskedastiklik mavjud
boʻlsa, baholash natijalarining ishonchliligini taʼminlas
h uchun mustahkam standart xatolar
ishlatilishi kerak. Shuningdek, kesimlararo bogʻliqlik mavjudligi tahlil qilinishi lozim, chunki u
natijalarning notoʻgʻri talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Bu muammoni bartaraf etish
uchun Driscoll-Kraay standart x
atolari yoki fazoviy ekonometrik usullar qoʻllanildi. Model
natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlarining oʻrtasidagi kesimlararo bogʻliqliklar orqali
mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishi oʻrtasida suv resurslarining oʻzaro integratsion rivojlanishga
ega ekanini
koʻrish mumkin. Shuning uchun ushbu davlatlar oʻrtasida suv tanqisligini oldini
olish boʻyicha turli hamkorliklar amalga oshirilishi ularni iqtisodiy rivojlanishiga olib kelishi
mumkin. Mintaqa suv resurslaridan oqilona foydalanish texnalogiyasiga birgalikda kelishgan
xohla bir siyosatga kelishish zarurligini ham eʼtiborga olish zarur.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
82
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Emran, M. G. I., et al. (2024). Reasons behind the water crisis and its potential health
outcomes. arXiv preprint. Retrieved from
https://arxiv.org/abs/2403.07019
Falkenmark, M.
(1989).The massive water scarcity now threatening Africa: Why isnʼt it
being addressed? Ambio, 18(2), 112-118.
Hausman, J. A. (1978). Specification tests in econometrics. Econometrica, 46(6), 1251-1271.
Joshi, S., Ilievski, F., & Pujara, J. (2024). Knowledge-powered recommendation for an
improved diet water footprint. arXiv preprint. Retrieved from
https://arxiv.org/abs/2403.17426
Junguo Liu. (2024). Timing the first emergence and disappearance of global water scarcity.
Nature Communications. Retrieved from
https://www.nature.com/articles/s41467-024-51302-z
Mengru Wang. (2024). A triple increase in global river basins with water scarcity due to
climate change. Nature Communications. Retrieved from
https://www.nature.com/articles/
Prieto-Curiel, R., & Borja-Vega, C. (2024). The influence of urban morphology on water
scarcity. arXiv preprint. Retrieved from
https://arxiv.org/abs/2402.06676
Tianbo Fu (2022) Measurement and driving factors of grey water footprint efficiency in
Yangtze River Basin.
