Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
227
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV
SIFATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
PhD
Yo‘ldashova Gavhar Xusnitdinovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-3761-5248
Annotatsiya.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sharoitida kompaniyalarning faoliyat
ko‘rsatishi va innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lib samarali boshqaruv
tizimi hisoblanadi. Fаоliyаt yuritаyоtgаn kоmpаniyаlаr bаrqаrоrligi vа rаqоbаtbаrdоshligi
ulаrning bоshqаruvigа bevоsitа bоg‘liqdir. Tаshkil etilgаn kоrpоrаtiv bоshqаruv о‘z nаvbаtidа
kоmpаniyаning bоzоrdаgi mаvqeyigа, uni mоdernizаtsiyа qilish, rаqаmlаshtirish dаrаjаsigа vа
tо‘g‘ridаn-tо‘g‘ri kоmpаniyа xоdimlаrining turmush dаrаjаsigа tа’sir qilаdi. Bugungi kundа
kоmpаniyаlаrning bоshqаruv sifаtini bаhоlаshning iqtisоdiy jihаtdаn sаmаrаli vа ilmiy
аsоslаngаn usulini, shuningdek, bоshqаruv tizimini tаkоmillаshtirish bо‘yichа tizimli ishlаrni
qаndаy tаshkil qilish muhim hisоblаnаdi.
Kalit so‘zlar:
korporativ boshqaruv, samaradorlik, korxona maqsadlari, ishlab chiqarish,
innovatsion faoliyat, kompaniyalar, kuzatuv kengashi, raqobatbardoshlik, boshqaruv sifati.
ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ
В АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ
PhD
Йўлдашова Гавxар Хуснитдиновна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В современных условиях развития экономики одним из важных условий
функционирования и инновационного развития компаний является эффективная
система управления. Стабильность и конкурентоспособность действующих компаний
напрямую зависит от их менеджмента. Налаженное корпоративное управление, в свою
очередь, влияет на положение компании на рынке, уровень ее модернизации,
цифровизации и непосредственно на уровень жизни сотрудников компании. Сегодня
считается важным, как организовать экономически эффективный и научно
обоснованный способ оценки качества управления компаниями, а также
систематическую работу по совершенствованию системы управления.
Ключевые слова
:
корпоративное управление, эффективность, цели предприятия,
производство, инновационная деятельность, компании, наблюдательный совет,
конкурентоспособность, качество управления.
UO‘K: 347.961.8
II SON - FEVRAL, 2025
227-232
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
228
PROSPECTS FOR IMPROVING THE QUALITY OF CORPORATE GOVERNANCE
IN JOINT-STOCK COMPANIES
PhD
Yuldashova Gavhar Khusnitdinovna
Tashkent State University of Economics
Abstract
.
In the current conditions of economic development, one of the important
conditions for the functioning and innovative development of companies is an effective
management system. The stability and competitiveness of operating companies directly depends
on their management. The established corporate management in turn affects the position of the
company in the market, the level of its modernization, digitization and directly the standard of
living of the company's employees. Today, it is considered important how to organize a cost-
effective and scientifically based way of assessing the quality of management of companies, as well
as systematic work on improving the management system.
Keywords:
corporate governance, efficiency, enterprise objectives, production, innovative
activities, companies, Supervisory Board, competitiveness, quality of management.
Kirish.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda strategik islohotlar sharoitida xususiy mulkchilikni yanada
rivojlantirishga urg`u berilmoqda. Korporativ tuzilmalarda kuzatuv kengashlari, umumiy
yig‘ilishlari, taftish komissiyalarining rolini oshirish, minoritar aksiyadorlarning boshqaruv
jarayonidagi ishtirokini ta’minlash orqali korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Korxonalarni boshqaruv tizimini
takomillashtirishga oid: “Korxonalar o‘z vazifalarini to‘liq bajarishi va mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy va texnologik rivojlantirishga ko‘maklashish imkonini bermaydigan qator
muammolar mavjudligi, xususan, korporativ boshqaruvning shaffof emasligi” va korporativ
boshqaruvga oid aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyotiga doir
tajribalarni ilmiy-amaliy tahlil qilish asosida eng ilg‘or yutuqlarni keng tatbiq qilish, boshqaruv
organlari faoliyatini qayta tashkil etish bilan birga, ilg‘or xorijiy va milliy tajribani
umumlashtirish asosida korporativ boshqaruv tizimi diagnostikasini sifatli tashkil etish,
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida qo‘llanmalar va ichki korporativ
hujjatlar ishlab chiqish ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan.
Korporativ boshqaruvda aksiyadorlik jamiyatlaridagi korporativ munosabat
ishtirokchilari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik muhitini shakllantirish maqsadida korporativ
boshqaruvda xulq tamoyilllariga rioya qilish va shaffoflikka asoslangan tizimli boshqarishga
o‘tish yo‘llari ishlab chiqilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi kunda korporativ boshqaruvning samarali rivojlanishiga erishish uning
mohiyatini chuqur anglash va tushunishni, uning ilmiy soha sifatida shakllanishiga imkon
beradigan ilmiy-nazariy yondashuvlarini talqin etishni taqozo etmoqda
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida, umuman, boshqarish tizimini rivojlantirish
hozirda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun kompaniyalar boshqaruvining asosiy
turlaridan biri korporativ boshqaruvdir. Chunki mamlakat korporativ sektorini joriy etish va
rivojlantirish standartlariga o‘tishni taqozo etmoqda (Veasey, 1993). Korporativ boshqaruv
sifatini oshirish tushunchasi va uning faoliyati bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar qilingan, kitoblar
yozilgan va ta’riflar berilgan.O‘tgan asrning 1920-25 yillarida esa mahalliy kompaniyalarni
rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy ishlar nashr etildi. Yevropada Roland,
Berglof, Aoki, Xyung, Begg, Portes kabi mualliflarning asarlari Sharqiy Yevropa mamlakatlarida
korporativ munosabatlarni rivojlantirish muammolariga qaratilgan. (Быков, 2006).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
229
Korporativ boshqaruv tamoyillari” hujjati korporativ boshqaruv bo‘yicha yagona jahon
standarti sifatida e’tirof etilib, unda korporativ boshqaruv quyidagicha tavsiflangan:
“Korporativ boshqaruv – iqtisodiy samaradorlik va o‘sishning hamda investorlar ishonchini
kuchaytirishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. (OECD, 1999). Faoliyati daromad
olishga va o‘z ishtirokchilari uchun boshqa foyda keltirishga qaratilgan tashkilotlar ichida
korporatsiyalar, haqiqatda, davlatni iqtisodiy hayotining koordinatorlari rolini bajarishga va
mulkni boshqarishga kirishganlar. Korporatsiyaning nafaqat tashqi muhiti, balki ularning ichki
aksiyadorlik mohiyati ham o‘zgarib qoldi. Korporatsiyani boshqarishga ta’sir etolmaydigan
aksiyadorlar oddiy omonatchilarga aylanib qolishdi, boshqarish funksiyalari esa
korporatsiyaning yollanma ijrochi organlariga o‘tdi (Berle va Means, 1932). Korporativ
boshqaruv tuzilmasida farqlar bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatlar milliy korporativ
boshqaruv tizimini shakllantirishda korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillariga rioya
qilish, xususan, milliy korporativ boshqaruv kodekslarini ishlab chiqishda aynan shu xalqaro
tamoyillarni hisobga olishga harakat qilishadi. (Suyunov va Xoshimov, 2017)
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada turli usullardan foydalanildi. Kompaniyalarda korporativ boshqaruv
sifatini oshirishda qo‘llaniladigan tizimli yondashuvlar, monografik kuzatish, abstrakt-
mantiqiy fikrlash, taqqoslama tahlil, ekspert baholash, konstruktiv baholash, bashoratlash
usullaridan keng foydalanilgan
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Korporativ boshqaruv bu kompaniyalar faoliyatida jamoa bo‘lib boshqarilishi va shu
asosda tartibga solinadigan qonun va qoidalar to‘plamidir. Shuningdek u o‘z aksiyadorlari
huquqlari, mijozlar, yetkazib beruvchilar, boshqaruv organlari manfaatlariga ta’sir qiluvchi
ichki va tashqi omillarni qamrab oladi. Korporativ boshqaruvda kompaniyalar o‘zini nazorat
qiladi, kompaniyada faoliyat yuritayotgan har ishchi xodim uchun qadriyatlar, kompaniyaning
korporativ madaniyatini, an’analarini, siyosati va qonunlarini eng yuqori darajadan eng quyi
darajagacha o‘rnatadi. Adolatlilik va shaffoflikka qaratilgan korporativ boshqaruv barcha
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishlarini ta’minlashga
harakat qiladi. Bunday boshqaruvda barcha aksiyadorlar kompaniya kelajagi to‘g‘risida ijobiy
tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Kompaniyada korporativ boshqaruv sifatini oshirish masalalari quyidagilar:
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish tartibi;
- asosiy qarorlar ustidan nazoratni kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi orqali amalga oshirishni davomili yo‘lga qo‘yish;
- ijro etuvchi organ faoliyati shaffofligini ta’minlash va shu orqali axborotning
oshkoraligini ta’minlash.
Xususan, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning sifatini yaxshilashning
eng yaxshi jahon standartlarini aks ettirish, hisobot standartlari, dividend siyosati, axborotni
oshkor qilish va boshqaruvning yuqori darajaga erishishni ta’minlaydi. O‘zbekistonda
muntazam iqtisodiy o‘sishni rejalashtirish chora-tadbirlari va uni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan korporativ boshqaruvga ustuvorlik beriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida samarali korporativ boshqaruv tizimi sifatini rivojlantirish
talab etiladi. Korxonalarning samarali boshqaruv tizimini shakillantirishda korxonalarda
tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining funksiya hamda vazifalarini belgilash, ularni
jamiyatni rivojlantirish yo‘nalishlarini tuzish lozim. Korporativ boshqaruvda modernizatsiya
jarayonlarining samaradorligi korporativ kompaniyalarning muvaffaqiyati bilan bevosita
bog‘liqdir. Innovatsion boshqaruv amaliyoti va jarayonlarini faol ravishda amalga oshiradigan
korporatsiyalar odatda yuqori samaradorlik va raqobatbardoshlikka erishadilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
230
Kоrpоrаtiv bоshqаruvdаgi jаrаyоnini mоdernizаtsiyа qilish biznes jаrаyоnlаrini
оptimаllаshtirish, xаrаjаtlаrni kаmаytirish vа mаhsulоt yоki xizmаtlаr sifаtini yаxshilаshgа
imkоn berаdi. Bu kоmpаniyаning sаmаrаdоrligini оshirishgа yоrdаm berаdi, о‘z nаvbаtidа,
dаrоmаdning оshishigа vа bоzоr ulushining оshishigа оlib kelishi mumkin. Boshqaruv sifatini
oshirishga bo‘lgan qiziqish nafaqat yuqori menejmentga, balki oddiy xodimlarga ham tegishli
bo‘ladi. Agar ular strategik boshqaruvda o‘z malakalarini oshirsalar va fikrlashning izchilligini
oshirsalar, bu ularga martabada (karyera) ko‘tarilish imkoniyatini beradi.
Kоrpоrаtiv bоshqаruv tizimining sifаti huquqiy vа siyоsiy mаdаniyаtgа, kоmpаniyаning
fаоliyаti hаmdа fоnd bоzоrini tаrtibgа sоlish mexаnizmlаrigа qо‘yilаdigаn mаjburiy
tаlаblаrning mаvjudligigа, kоmpаniyаning bоshqаruv tuzilmаlаrigа (аksiyаdоrlаr umumiy
yig‘ilishi, Kuzаtuv kengаshi vа bоshqаruvgа), shuningdek kоmpаniyа tоmоnidаn
qо‘llаnilаdigаn kоrpоrаtiv xаtti-hаrаkаtlаr kоrpоrptiv tаmоyillаrgа bоg‘liqdir. Ushbu
mexanizm quyidagi rasmda keltirilgan.
1-rasm. Kimyo sanoati kompleksida boshqaruv sifatiga ta’sir etuvchi omillar
Manba:
muallif ishlanmasi.
Ma‘lumki, yirik korporativ tuzilma hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlarini
O‘zbekistonda rivojlanib borayotganligi mazkur tuzilmalarda zamonaviy va yuqori samarali
boshqaruv usullarini joriy etshni taqozo etmoqda. Kompanyalarda korporativ boshqaruv
sifatini oshirish ishlab chiqarish samaradorligini ta`minlash, ishlab chiqarish jarayonlariga
investitsiyani jalb etish, manfaatdor tomonlar oldidagi majburiyatlarni izchil amalga oshirishni
talab etadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mamlakatimizda kimyo sanoati mahsulotlarini
ishlab chiqarish tendensiyasi, korporativ boshqaruvni joriy etish hamda iqtisodiy sikllar
ta’sirini o‘rganish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatini o‘rganib chiqish lozim. Korporativ
boshqaruv sifatini oshirishni keng joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar natijalarini aniq raqamlar
asosida qarab chiqish maqsadida respublikamizda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning
rivojlanish ko‘rsatkichlarini statistik tahlillar asosida tahlil qilish lozim.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
231
1-jadval
Respublikamizda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning rivojlanish ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2023-yilda
2019-yilga
nisbatan
o‘zgarishi
2019
2020
2021
2022
2023
Sanoat mahsuloti
hajmi, mlrd. so‘m
322535,8 368740,2 451633,9
553265,0
658991,7
336455,9
mlrd.so`m
Sanoat mahsuloti
ishlab chiqarish
hajmi o‘sishi, %
105
100,9
108,7
105,7
106
1
foiz
Kimyo mahsulotlari
ishlab chiqarish, mlrd.
so‘m
18974,3
21213,5
27577,9
33639,5
33838
14863,7
mlrd. so‘m
Kimyo mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi
o‘sishi, %
102,3
107,6
105,7
98,1
98
1,1
foiz
Kimyo mahsulotlarining
sanoat mahsulotlaridagi
ulushi, %
7,4
6,9
7,4
7,7
7,9
0,5 foiz
Manba:
ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda shuni ta’kidlash mumkinki, korporativ boshqaruv
tizimi sifatini oshirishni keng joriy qilinishi sanoatda mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish
sur’atlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish
tarmog‘ida asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarish miqdori hamda ularning barqarorligini
ta’minlash bilan korporativ boshqaruvni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar orasida bog‘liqlik mavjud ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa va takliflar.
Korporativ boshqaruv tizimining sifati, asosan, tizim elementlari tomonidan bajariladigan
funksiyalar bilan belgilanadi. Korporativ boshqaruv jarayonlarining sifati kompaniyaning
asosiy maqsadiga yaqinlashish o‘lchovi bilan tavsiflanadi.
“O‘zkimyosanoat” AJ hamda aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi
kimyo sanoati kompaniyalarining korporativ boshqaruv tizimi sifatiga ta’sir etuvchi omillar bu
ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish va tannarxini pasaytirish hamda energiya va
resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish hisoblanadi
Korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirish mexanizmining keng joriy qilinishi kimyo
sanoatida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘ida asosiy mahsulotlarni ishlab
chiqarish miqdori hamda ularning barqarorligini ta’minlash bilan korporativ boshqaruvni joriy
qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orasida bog‘liqlik mavjud ekanligini
ko‘rish mumkin.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Ashurov Z.A (2019) Aksiyadorlik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish.08.00.13-Menejment ixtisosligi bo‘yicha PhD (PhD)
diss.avtorefer. – TDIU, 25 b.
Berle A., Means G. (1932) The modern Corporation and Private Property – New York:
Macmillan, – 478 p.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
232
Kurbaniyazov Sh.K. (2018) Qurilish materiallari sanoatida korporativ boshqaruvning
tashkiliy iqtisodiy mexanizmini joriy etish samaradorligi. 08.00.13-Menejment ixtisosligi bo‘yicha
PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi/TDIU.
OECD, (1999) Organization of Economic Cooperation and Development. OECD Principles of
Corporate Governance. – Paris. (revised in 2004).
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13 - fevraldagi “Kimyo
sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan
qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
PQ-4992 sonli Qarori.
Suyunov D.X (2008) Biznes muhitining rivojlanishiga korporativ boshqaruv mexanizmini
joriy etishni takomillashtirish. i.f.d ... diss. –T., O‘z.Res.Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat
qurilish akademiyasi.
Uzkimyosanoat.uz.
(2024).
‘Ўзкимёсаноат’
АЖ.
[online]
Available
at:
https://uzkimyosanoat.uz/uz/company/department
Yuldashova G. (2024) Assessment of the quality of corporate governance - a criterion of
efficiency Economic Sciences, Norwegian Journal of development of the International Science
No
140.
Yuldashova G. (2024) Korporativ boshqaruv sifatini baholash samaradorlik mezonodir.
Iqtisodiyot va ta'lim / 2024-yil 2-son.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol25_iss2/a11
Быков А. А. (2017) Концентрация собственности как механизм корпоративного
управления в российских публичных компаниях: влияние на финансовые результаты
деятельности / А.А. Быков. - М.: Синергия, - 413 c.
