Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
211
EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNING
AMALIY SAMARADORLIGI: TADQIQOT VA NATIJALAR
PhD
Xojiyev Elshod Yoqub oʻgʻli
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0003-2428-4266
Annotatsiya.
2021-2024-yillarda davlat tomonidan eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash
uchun 330 mlrd. soʻmdan 560 mlrd. soʻmgacha moliyaviy mablagʻlar ajratilgan. Eksport salohiyatini
oshirish maqsadida moliyaviy yordam koʻrsatish natijasida 14 mlrd. AQSH dollariga teng mahalliy
mahsulotlar xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat
yuritayotgan korxonalarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning eksport
salohiyatiga taʼsiri baholangan va ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligi tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar
:
eksport, mahalliy mahsulotlar, xorijiy bozorlar, moliyaviy yordam, eksport va
moliyaviy yordamning oʻzaro bogʻliqligi.
ПРАКТИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ФИНАНСОВОЙ ПОДДЕРЖКИ В РАЗВИТИИ
ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА: ИССЛЕДОВАНИЯ И РЕЗУЛЬТАТЫ
PhD
Хожиев Элшод Ёкуб угли
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотaция.
В 2021-2024 годах со стороны государство на поддержку предприятий-
экспортеров выделены финансовые ресурсы от 330 миллиардов сумов до 560 миллиардов сумов.
В результате оказания финансовой поддержки в целях повышения экспортного потенциала на
рынки зарубежных стран была поставлена местная продукция на сумму 14 миллиардов долларов
США. В статье оценено влияние финансовой поддержки, оказываемой государством
предприятиям, работающим в Республике Узбекистан, на экспортный потенциал и
проанализирована эффективность выделяемых средств.
Ключевые слова:
экспорт, отечественная продукция, внешние рынки, финансовая
поддержка, взаимозависимость экспорта и финансовой поддержки.
PRACTICAL EFFECTIVENESS OF FINANCIAL SUPPORT IN ENHANCING EXPORT CAPACITY:
THE RESEARCH AND RESULTS
PhD
Khojiev Elshod Yoqub ugli
Tashkent State University of Economics
Abstract.
From 2021 to 2024, the government allocated financial resources ranging from 330 billion
to 560 billion UZS to support exporting enterprises. As a result of financial assistance aimed at increasing
export potential, local products worth 14 billion USD were delivered to foreign markets. The article
evaluates the impact of government-provided financial support on the export potential of enterprises
operating in the Republic of Uzbekistan and analyzes the efficiency of the allocated funds.
Keywords:
export, domestic products, foreign markets, financial support, correlation of export and
financial support.
UOʻK: 330.131.5
II SON - FEVRAL, 2025
211-218
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
212
Kirish.
Jahon bozorida raqobatning kuchayishi va iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekiston
eksport salohiyatini oshirish zarurati dolzarb muammolardan biri sifatida namoyon boʻlmoqda.
Eksport hajmini kengaytirish, yangi bozorlarni egallash va milliy mahsulotlarni xalqaro
miqyosda raqobatbardosh qilish uchun davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
mexanizmlarining samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Global iqtisodiy muhitda
oʻzgaruvchan sharoitlar, xalqaro bozordagi raqobat va iqtisodiy inqirozlar sharoitida
Oʻzbekistonning eksport salohiyatini mustahkamlash uchun moliyaviy yondashuvlarni
takomillashtirish va ularning samaradorligini doimiy monitoring qilib borish dolzarb masala
boʻlib qolmoqda. Oʻzbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirishning mavjud mexanizmlari
va ularning samaradorligini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish
yoʻllarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev raisligida “2024-yilda investitsiya,
eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar”
yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda eksportni kreditlashga 200 million dollar resurs berilganligi,
2024-yilda eksportchilarni qoʻllab-quvvatlashga 800 milliard soʻm yoʻnaltirilishi taʼkidlandi.
Shu bilan bir qatorda, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan
birgalikda eksportchi korxonalar uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlardan samarali foydalanishini
taʼminlay olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Hozirgi kunda eksport faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
dasturlariga ajratilgan xarajatlar va ularning eksport daromadlariga taʼsiri oʻrtasidagi
bogʻliqlikni oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar davlat tomonidan sarflangan xarajatlarning
eksportni qanchalik darajada oshirishga xizmat qilganligi haqidagi savolga aniq javob
bermayapti. Ushbu bogʻliqlikni oʻrganish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega, chunki u
davlat tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflangan
mablagʻlarning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beradi. Shu
sababli, davlat tomonidan eksportni ragʻbatlantirish uchun amalga oshirilgan xarajatlarning
samaradorligini baholash dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Oʻzbekistonda eksportchi korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy
yoʻnalishlariga koʻrsatiladigan moliyaviy yordam 2020 yil 31 dekabrda Vazirlar
Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy
yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 826-sonli qaroriga muvofiq
amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat Komissiyasining 2024-yil 11-may kunidagi “Tashqi
iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga moliyaviy yordam koʻrsatishning vaqtinchalik tartibi
toʻgʻrisida”gi Nizomi qabul qilinishi natijasida 2024-yilning 1-iyulidan boshlab “Savdoni
rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralari
tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi. Bunday choralar
tarkibida – moliyaviy yordam koʻrsatish tadbirlari ham mavjud.
Koʻpgina tadqiqotchilar korxona darajasida olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib,
eksportni qoʻllab-quvvatlash dasturlariga ajratilgan xarajatlar eksport savdolarini oshirishga
ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlaydilar. Masalan, Rosson (1985) tomonidan olib borilgan
tadqiqotlarga koʻra, eksportni qoʻllab-quvvatlash dasturlari AQShda olma va tamaki
mahsulotlari savdosining oshishiga yordam bergan. Uning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki,
eksport salohiyatini oshirish maqsadida sarflangan har bir dollar eksportdan 30-60 dollar
daromad keltirgan.
Coughlin va Cartwright kabi olimlar ham davlat tomonidan eksportni qoʻllab-quvvatlash
xarajatlarining samaradorligini baholagan ilk tadqiqotchilardan boʻlgan. Ular regressiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
213
tahlilidan foydalangan holda, eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan har bir 1 000 dollar
432 000 dollarlik eksport savdolarini oshirishga olib kelishini aniqlaganlar. Armah va Epperson
oʻz tadqiqotlarida AQShda kontsentratsiyalangan apelsin sharbatini qoʻllab-quvvatlash
samaradorligini baholagan va eksportni rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan har bir dollar
7 dollargacha eksport daromadini keltirishini koʻrsatgan. Soʻnggi yillarda olib borilgan
tadqiqotlar ham eksportni qoʻllab-quvvatlash dasturlariga ajratilgan xarajatlarni eksport
faoliyatining muvaffaqiyatlilik darajasini baholashning asosiy koʻrsatkichi sifatida koʻrib
chiqishga undaydi. Masalan, Jack Houston AQShda bugʻdoy eksportini rivojlantirish
dasturlarining Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq va Meksikaga eksport hajmlariga taʼsirini
baholagan. U oʻz tadqiqotida eksportni qoʻllab-quvvatlashga ajratilgan har bir dollar Tinch
okeani mintaqasida 1,49 dollar, Yaqin Sharqda 0,42 dollar va Meksikada 2,01 dollarlik eksport
daromadini oshirishini aniqlagan.
Shu bilan birga, Kaiser Kaliforniya uzum eksportini rivojlantirish dasturlarining oʻrtacha
samaradorligini baholagan va har bir dollar xarajat 3,49 dollarlik eksport daromadini
oshirishga olib kelganini koʻrsatgan. Xalqaro savdo markazi tadqiqotchilari esa savdoni
rivojlantirish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan eksportni qoʻllab-quvvatlash
xarajatlarining oʻrtacha samaradorligini baholagan. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, eksportni
qoʻllab-quvvatlashga sarflangan xarajatlarning 1 foizlik oʻsishi eksport savdolarining 0,074
foizga oʻsishiga olib kelishi asoslangan.
Xojiyev (2023) tomonidan “Oʻrik mahsulotlari eksportini oshirishda marketing
tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha
falsafa doktori ilmiy darajasi uchun yozilgan tadqiqot ishida 43 ta eksport qiluvchi
korxonalarga taqdimot va reklama kompaniyalarini oʻtkazish boʻyicha 2,4 mlrd. soʻmlik
moliyaviy yordam koʻrsatilganligi natijasida 27 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar tashqi
bozorlarga yetkazib berilganligi tahlil qilingan.
Urumov (2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, AQShda davlat
eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun 1 million dollar xarajat qilganida, eksport hajmi oʻrtacha
2 million dollarga oshadi. Hindistonda esa, davlat xarajatlarining har bir million dollari eksport
hajmini oʻrtacha 10 million dollarga oshiradi. Bu koʻrsatkichlar davlatning eksportni qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha saʼy-harakatlari va eksportning iqtisodiy oʻsishga taʼsirini yaqqol
tasdiqlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotimiz davomida Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarni davlat
tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash samaradorligini tahlil qilishga oʻtamiz. Modelni tahlil
qilishdan oldin, model uchun maʼlumotlarni yigʻish jarayoni haqida toʻxtalib oʻtamiz. Modelda
qoʻllaniladigan oʻzgaruvchan qiymatlar ikki toifani aks ettiruvchi ikki qismdan iborat. Birinchi
qism 2021 yildan — 2025 yilgacha Oʻzbekistonda eksportni ragʻbatlantirish xarajatlari
toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish bilan bogʻliq. Ikkinchi qism Oʻzbekistonning xuddi shu
davrdagi umumiy eksport hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash bilan bogʻliq. Vazifaning
birinchi qismi uchun zarur maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
huzuridagi “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim
etilgan maʼlumotlari, ikkinchi qism – eksportning umumiy hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tomonidan shakllantirilgan maʼlumotlar bazalari
asosida qurildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Soʻnggi toʻrt yil davomida Oʻzbekistonning turli hududlarida eksportni qoʻllab-quvvatlash
maqsadida davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam miqdori va uning natijasidagi
eksport hajmi oʻzgarib borgan (1-jadval). 2021-yildan 2024-yilgacha boʻlgan davrda moliyaviy
qoʻllab-quvvatlashning umumiy hajmi sezilarli darajada oshgan boʻlsa-da, bu eksport
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
214
koʻrsatkichlariga har doim ham proporsional taʼsir koʻrsatmagan. 2021-yilda jami ajratilgan
moliyaviy yordam 330,5 mlrd soʻm boʻlib, eksport hajmi 1,09 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan.
2022-yilda moliyaviy yordam 522,7 mlrd soʻmgacha oshgan va eksport hajmi 7,8 mlrd AQSh
dollariga yetgan. 2023-yilda ajratilgan mablagʻ yana oshgan boʻlsa-da, eksport hajmi 3,1 mlrd
AQSh dollariga pasaygan. 2024-yilda esa ajratilgan moliyaviy yordam kamaygan va eksport
hajmi 1,6 mlrd AQSh dollariga tushgan.
Tahlilni amalga oshirish uchun OLS - Ordinary Least Squares modeli qo‘llaniladi, u
quyidagi formulada ifodalanadi:
Y
i
= β
0
+ β
1
· X
1i
+ β
2
· X
2i
+…+ X
ki
+ ε
i
,
Bu yerda:
Y
i
- bog‘liq o‘zgaruvchining
i
-kuzatuvdagi qiymati.
X
1
i: 1-mustaqil o‘zgaruvchining i-kuzatuvdagi qiymati.
β
0
: kesish nuqtasi (intercept), ya’ni barcha mustaqil o‘zgaruvchilar nolga teng bo‘lganda
Y-ning qiymati.
β1,
β2,…,
βk:
mustaqil
o‘zgaruvchilarning
regressiya
koeffitsientlari
(ular Y-ga ta‘sirini ko‘rsatadi).
ε
i
: xato (error) termi, ya'ni model bilan izohlanmagan tasodifiy komponent.
Model parametrlarini baholash uchun eng kichik kvadratlar usuli qo‘llaniladi. Ko‘rib
chiqilayotgan mamlakat tomonidan eksportni rag‘batlantirishga ajratilayotgan moliyaviy
yordamlarining har biri uchta regressiya tenglamalari yordamida baholandi.
Birinchi
tenglamada 2021-yilda eksportni qo‘llab-quvvatlash yoki rag‘batlantirish xarajatlarining
miqdorini eksport savdosi yoki tushumiga ta’sir qilish holati ko‘rib chiqildi. Ikkinchi tenglama
orqali 2022-yilda eksportni qo‘llab-quvvatlash yoki rag‘batlantirish xarajatlari miqdorining
eksport tushumiga ta’sir qilish holati tahlil qilindi. Uchinchi tenglama yordamida 2023-yilda
amalga oshirilgan eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish
miqdorining mamlakat eksport tushumiga ta’sir qilish holati aniqlangan bo‘lsa, keying
tenglama orqali 2024-yildagi moliyaviy yordamning eksport salohiyati bilan bog‘liqlik holati
baholandi.
2-jadval
Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan xarajat va uning natijasida amalga
oshirilgan eksport hajmi tahlili
T/r Yillar
Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan
xarajat (mln. so‘m) – X
t,
Amalga oshirilgan eksport
hajmi - Y
1
(ming AQSh doll.)
1
2021
330 545,60
1 090 911,5
2
2022
522 799,59
7 857033,6
3
2023
556 096,2
3 157 745,2
4
2024*
376 770,2
1 668 662,7
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Savdo-
sanoat palatasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tahlil qilingan.
Izoh:
* – 2024-yil ma’lumotlari 2024-yilning 1-dekabr holatiga olingan.
Izoh:
X
t
– Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan (t yil davomida) xarajat;
±0,3 gacha – bog‘liqlik mavjud emas;
±0,3 – ±0,5 – kuchsiz bog‘liqlik mavjud;
±0,5 – ±0,7 – o‘rta bog‘liqlik mavjud;
±0,7 – ±1,0 – kuchli bog‘liqlik mavjud.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
215
1-jadval
Mahalliy mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga ko‘rsatilgan moliyaviy yordam va uning natijasida amalga oshirilgan eksport
hajmi tahlili
T/r
Hudud nomi
Moliyaviy
yordam
(mln.so‘m)
Eksport
hajmi (ming
AQSh doll.)
Moliyaviy
yordam
(mln.so‘m)
Eksport
hajmi (ming
AQSh doll.)
Moliyaviy
yordam
(mln.so‘m)
Eksport
hajmi (ming
AQSh doll.)
Moliyaviy
yordam
(mln.so‘m)
Eksport
hajmi (ming
AQSh doll.)
2021-yil
2022-yil
2023-yil
2024-yil
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
2 934,47
19 111,77
3 823,97
23 848,03
5 565,33
34 227,80
6 462,4
28 306,1
2
Andijon viloyati
6 904,73
48 717,91
24 771,33
227 865,88
21 100,52
192 596,60
9 371,1
130 205,8
3
Buxoro viloyati
3 774,14
21 216,28
6 061,75
91 062,45
7 677,07
61 044,16
2 745,0
19 364,6
4
Jizzax viloyati
5 391,86
22 335,32
11 637,11
81 731,58
13 159,35
82 019,78
3 649,5
13 996,8
5
Qashqadaryo
viloyati
3 836,28
9 479,03
11 975,39
67 455,82
10 952,43
93 113,62
4 679,4
21 009,3
6
Navoiy viloyati
2 897,15
41 299,02
6 327,41
40 326,17
9 132,92
75 737,53
5 588,8
50 071,7
7
Namangan viloyati
13 583,79
86 783,08
34 162,91
227 982,05
48 068,26
178 938,17
29 065,7
133 591,7
8
Samarqand viloyati
23 602,97
93 321,04
55 003,67
215 416,34
78 752,49
331 594,66
65 091,4
205 494,1
9
Sirdaryo viloyati
7 076,69
14 817,09
11 071,27
48 809,09
9 890,29
82 355,29
6 976,9
45 493,6
10
Surxondaryo
viloyati
4 906,54
9 096,62
9 072,84
46 805,08
15 834,24
58 316,07
15 307,3
65 032,3
11
Toshkent viloyati
46 313,25
170 982,34
75 211,09
485 457,46
88 246,00
428 283,26
67 527,8
267 439,1
12
Farg‘ona viloyati
50 379,98
238 973,29
107 330,62
615 820,94
98 119,12
336 030,38
69 161,0
253 080,6
13
Xorazm viloyati
8 419,56
21 240,73
16 196,29
51 017,28
22 375,49
212 027,12
11 752,1
23 121,9
14
Toshkent shahri
150 524,19
293 538,03
105 251,58
760 383,71
127 222,74
955 773,75
79 392,0
412 455,1
44 902,36
JAMI:
330 545,60 1 090 911,5 522 799,59
7 857033,6
556 096,2
3 157 745,2
376 770,2
1 668 662,7
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan tahlil qilingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
216
1-rasm. Eksportchi korxonalarga davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy yordamlarning eksport salohiyatiga ta’sirini baholash
tahlili
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
217
Moliyaviy yordamning eksport hajmiga ta’sirini o‘rganish uchun chiziqli regressiya
tahlilini o‘tkazdik. Regression tahlil natijalari ko‘rib chiqamiz:
3-jadval
Regressiya tenglamasi ko‘rsatkichlari
Yillar kesimida ma’lumotlar tahlil qilinib, har bir yil uchun davlat tomonidan eksportni
rag‘batlantirish uchun taqdim etilgan moliyaviy yordamning eksport hajmiga ta’sirini o‘rganish
uchun har bir yil bo‘yicha alohida regressiya tahlilini o‘tkazildi.
Yillar kesimida moliyaviy yordamning eksport hajmiga ta’sirini baholash natijalariga
ko‘ra, 2021-yilda korxonalarga ajratilgan har 1 million so‘mlik moliyaviy yordam eksport
hajmini o‘rtacha 2.08 ming AQSh dollariga oshirgan. R-kvadrat 0,812 (81,2 %) moliyaviy
yordam eksport hajmidagi o‘zgarishlarning 81,2 % ini tashkil etgan.
2022-yilda har 1 million so‘mlik moliyaviy yordam eksport hajmini o‘rtacha 6,28 ming
AQSh dollariga oshirganini va bu ko‘rsatkich tahlil qilinayotgan yillar ichidagi eng yuqori
bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Mazkur yildagi R-kvadrat 0,812 (81,2 %) moliyaviy yordam
eksport hajmidagi o‘zgarishlarning 81,2 % ini tashkil etgan.
2023-yilda ajratilgan har 1 million so‘mlik moliyaviy kompensatsiya eksport hajmini
o‘rtacha 5,37 ming AQSh dollariga oshirgan.
Har 1 million so‘mlik moliyaviy yordam natijasida 2024-yildagi eksport hajmi o‘rtacha
3,94 ming AQSh dollarga oshgan. Har yilgi tahlil uchun p-qiymatlar juda kichik bo‘lib, bu
regressiya modellari statistik jihatdan ahamiyatli ekanligini bildiradi. Koeffitsiyentning
ishonchli bahosi uchun standart xatoliklardagi past qiymatlar modelning aniqlik darajasini
ko‘rsatadi. Tahlil natijasida moliyaviy yordamning eksport hajmiga ijobiy ta’siri har yili sezilarli
bo‘lgan deb ayta olamiz.
Xulosа vа tаkliflаr.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eksportni rag‘batlantirish maqsadida davlat
tomonidan ajratilgan moliyaviy mablag‘lar umumiy eksport hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
2021–2024 yillar davomida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari eksport hajmini oshirishga
yordam bergan bo‘lsa-da, yillar davomida ajratilgan mablag‘larning samaradorligi turlicha
bo‘lgan. Ayrim yillarda ajratilgan moliyaviy resurslar eksport hajmining sezilarli oshishiga
xizmat qilgan bo‘lsa, ayrim hollarda ushbu mablag‘larning yetarlicha natija bermagani
kuzatilgan. Bu esa, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish va maqsadli
yo‘naltirish bo‘yicha tahlil va optimallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot natijalari eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining iqtisodiy
o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Ayniqsa, moliyaviy yordam miqdori va eksport
hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik regressiya tahlili orqali baholanganda, bu bog‘liqlikning yildan-yilga
o‘zgarishi aniqlangan. Shuningdek, xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar eksportni rag‘batlantirish
bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish muhimligini ko‘rsatmoqda.
Tahlillar natijasida davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam eksport hajmining
o‘sishiga yordam bergan bo‘lsa-da, bu o‘sish doimiy va barqaror bo‘lmaganligi aniqlandi. Ba’zi
hududlarda eksport hajmi moliyaviy yordam miqdorining oshishiga bevosita bog‘liq bo‘lsa,
ba’zi hollarda boshqa omillar (bozor sharoitlari, talab va taklif o‘zgarishlari, logistik to‘siqlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
218
hamda boshqalar) eksport hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Shu bois,
eksportni qo‘llab-quvvatlash dasturlari bilan bir qatorda, ishlab chiqarish va logistika
infratuzilmasini rivojlantirish, yangi bozorlarni topish va eksport diversifikatsiyasini oshirish
kabi chora-tadbirlarni ham amalga oshirish zarur hisoblanadi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Nizom (2024) O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Komissiyasining 2024-yil 11-maydagi
“Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatishning vaqtinchalik tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomi.
Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31-dekabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni
rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 826-son qarori.
Rosson III, S.P., Hammig, M.D., Jones, J.W. (1985). Foreign Market Promotion Programs: An
Analysis of Promotion Response for Apples, Poultry, and Tobacco. Agribusiness, 2(1), 33-42.
Yig‘ilish (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida “2024-yilda
investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor
vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish. 2024-yil 18-yanvar.
Урумов T.Р. (2017) Эффективность государственной финансовой поддержки
экспортной деятельности малых и средних предприятий. Актуальные проблемы
экономики и права. Т. 11, № 1.
Хожиев Э.Ё. (2023) “Ўрик маҳсулотлари экспортини оширишда маркетинг
тадқиқотларидан фойдаланишни такомиллаштириш” мавзусидаги иқтисодиёт
фанлари бўйича фалсафа доктори диссертaцияси. Тошкент. 70-б.
