Авторы

  • Барно Акбарова
    Ташкентский государственный экономический университет
  • Камолa Акбарова
    Ташкентская международная школа имени Улугбека https://orcid.org/0009-0009-2707-2577

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.79623

Ключевые слова:

креативная экономика инклюзия инклюзивная экономика инклюзивное образование инклюзивный подход инклюзивное общество инклюзивная культура люди с ограниченными возможностями

Аннотация

В статье раскрыта сущность таких понятий, как креативная экономика, инклюзивная экономика, инклюзивное образование и лица с ограниченными возможностями, а также направления повышения участия студентов с ограниченными возможностями в сферах креативной экономики.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

47


IMKONIYАTI CHEKLANGAN TALABALARNING KREATIV IQTISODIYOTDAGI O‘RNI

PhD

Akbarova Barno Shuxratovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-3354-5395

b.akbarova@tsue.uz

Akbarova Kamola Abdujabbor qizi

Ulug‘bek nom

idagi Toshkent xalqaro maktabi

ORCID: 0009-0009-2707-2577

komolaakbarova05@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada kreativ iqtisodiyot, inklyuziv iqtisodiyot, inklyuziv taʼlim va

imkoniyati cheklangan shaxslar kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati yoritib berilgan,

hamda imkoniyati cheklangan talabalarning kreativ iqtisodiyot sohalarida ishtirokini oshirishga

oid yoʻnalishlar koʻrsatilgan.

Kalit soʻzlar:

kreativ iqtisodiyot, inklyuziya,

inklyuziv iqtisodiyot, inklyuziv taʼlim, inklyuziv

yondashuv, inklyuziv jamiyat, inklyuziv madaniyat, imkoniyati cheklangan shaxslar.

РОЛЬ СТУДЕНТОВ

-

ИНВАЛИДОВ В КРЕАТИВНОЙ ЭКОНОМИКЕ

PhD

Акбарова Барно Шухратовна

Ташкентский государственный экономический университет

Акбарова Камолa Абдуджаббаровна

Ташкентская международная школа имени Улугбека

Аннотaция

.

В

статье раскрыта сущность таких понятий, как креативная

экономика, инклюзивная экономика, инклюзивное образование и лица с ограниченными
возможностями, а также направления повышения участия студентов с ограниченными

возможностями в сферах креативной экономики.

Ключевые слова

:

креативная экономика, инклюзия, инклюзивная экономика,

инклюзивное образование, инклюзивный подход, инклюзивное общество, инклюзивная
культура, люди с ограниченными возможностями.

THE ROLE OF DISABLED STUDENTS IN THE CREATIVE ECONOMY

PhD

Akbarova Barno Shukhratovna

Tashkent State University of Economics

Akbarova Kamola Abdujabbarovna

Tashkent international school named after Ulugbek

Abstract.

The article explains the essence of such concepts as creative economy, inclusive

economy, inclusive education and persons with disabilities, as well as directions for increasing the
participation of students with disabilities in the fields of creative economy.

Keywords:

creative economy, inclusion, inclusive economy, inclusive education, inclusive

approach, inclusive society, inclusive culture, persons with disabilities.

UO‘K:

33.369.216.378.37

III SON - MART, 2025

47-54

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

48

Kirish.

Bugungi kunda butun jahonda bo‘lgani kabi, mamlakatimiz iqtisodiyoti sohalariga ijodiy

yondashuv va g‘oyalarga, innovatsion yangilanishlar va intellektual salohiyatlarga asoslangan

iqtisodiy o‘zgarishlar, ya’ni kreativ iqtisodiyot deb atalgan yangi yo‘nali

sh kirib kelmoqda.

Ushbu yo‘nalish mamlakatimizda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, aholi farovonligini

oshirish, mehnat bozorini rivojlantirish, ayniqsa, ijodiy qobiliyatga ega iste'dodli yoshlarni

qo‘llab

-quvvatlash hamda ularning kreativ tadbirkorl

ik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bir

qator imkoniyatlar yaratadi.

Yurtimizda kreativ iqtisodiyotni qo‘llab

-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi

munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun qabul

qilindi (Qonun, 2024). Ushbu Qonun mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga, bu

boradagi yangi imkoniyatlarni ishga solishga hizmat qiladi.

Qonun qabul qilinishi bilan bir vaqtda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon

konferentsiyasi o‘tkazildi. “Inklyuziv kreativlik –

o‘zgaruvchan reallik” mavzusidagi ushbu

konferentsiyada kreativ iqtisodiyotning kelajagi, ya’ni eng yangi texnologiyalarn

ing jadal

rivojlanishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, hamda barqaror kelajakni

shakllantirishda kreativ industriyalarning o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston mezbonlik qilgan ushbu konferentsiya

inklyuziv

va

barqaror

iqtisodiy

rivojlanishga hissa qo‘shishi, shuningdek, sun'iy intellekt kabi texnologiyalar bu sohadagi

tartib-

qoidalarni o‘zgartirishi uchun maxsus munozara platformasi bo‘lib hizmat qildi.

Munozaralar davomida dunyodagi madaniy va kreativ sanoatlar har yili tahminan 2,3 trillion

dollar daromad keltirishi, global YaIMning 3,1 foizi aynan kreativ iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri

kelishi, hamda dunyodagi ish bilan band aholining 6,2 foizi ushb

u sohaga to‘g‘ri kelayotganligi

va shu sababli

kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish naqadar dolzarb

ekanligi ko‘rsatildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida kreativ iqtisodiyotning ulushi katta miqdorni tashkil

qilmasada, lekin tez sur'atlar bilan o‘sib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda kreativ
industriya sohasiga oid 9600 ta korxona mavjud bo‘lib, ularda 84 ming nafar xodim faol

iyat

ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etishini inobatga olsak,

kreativ iqtisodiyot yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish va ularning ijodiy salohiyatini

ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beradi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyatini, iqtidori va ijodiy

g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda

sharoit yaratishga alohida ahamiyat berilmoqda. Shu tufayli zamon talablariga javob bera

oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni nihoyatda
muhimdir, chunki ta’lim muassasalari nafaqat bilim beruvchi, balki intellektual salohiyatni,

innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini 18 dan 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etgani

uchun kreativ industriya sohasidagi kadrlarni tayyorlash va kasbiy-iqtisodiy bilimlarni

beruvchi ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash kabi davlat siyosatining asosiy

yo‘nalishlari e'tiborga loyiqdir. Bilim olishda barcha yoshlar teng huquqga ega bo‘lgan, hamda

aholisining bir millionga yaqini imkoniyati cheklangan yoshlarni (nogironlar) tashkil etgan

yurtimizda ularning oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini

yaratish va kreativ iqtisodiyotdagi

faolligini ta’minlash hozirgi davr ijtimoiy

-iqtisodiy dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ushbu

davlat siyosatining yanada e’tiborli joyi shundaki, bugungi kunda respublikamizda imkoniyati

cheklangan yoshlarni oliy ma’lumot bilan qamrab olish muammosi, ularning o‘qishi uchun

tegishli sharoitlarni yaratish borasida bajariladigan ishlar “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj

qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov

darajasini oshirish

, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash” O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasida (Farmon, 2019)

ko‘rsatib berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

49

Kontseptsiyada oliy ta’lim muassalarida imkoniyati cheklangan talabalarning kasbiy,

kreativ va iqtisodiy kompetentsiyalarini rivojlantirish hamda ularni jamiyatdagi ijtimoiy-

iqtisodiy muhitga

uyg‘unlashtirish (

inklyuziya)

borasida keng qamrovli chora-tadbirlar aniq

ifodalab berilgan.

Imkoniyati cheklangan yoshlarning ijodkorlik va innovatsion g‘oyalarini aniq iqtisodiy

sohalarga tadbiq qilishda jahon yoshlarining ilg‘or tajribalarini, zamonaviy, ijodiy va

innovatsion yutuqlarini hayotga tadbiq etish hamda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha x

alqaro

hamkorlik qilish maqsadida “Inklyuziv kreativlik –

o‘zgaruvchan reallik” mavzusidagi kreativ

iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferentsiyaning ahamiyati kattadir. Imkoniyati

cheklangan yoshlarning ushbu maqsadlarga erishishi uchun ularga inklyuzi

v ta’lim

hizmatlarini, ayniqsa, intellektual qobiliyatini va kasbiy kompetentligini oshiruvchi oliy ta’lim

bilan qamrovni hamda ular uchun qulay sharoitlarda faoliyat yuritishni ta’minlovchi kreativ

industriyada ishtirokini, umuman aytganda

inklyuziv ta’lim

va

inklyuziv iqtisodiyot

ga e'tibor

kuchaytirish lozimdir.

Adabiyotlar sharhi.

Kreativ iqtisodiyot ushbu sohada faoliyat yurituvchi yoshlardan ijodiy fikrlash, yangi

g‘oyalar va original yechimlar yaratish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirishn

i

talab etadi. Iqtisodchi olim Ataniyazov (2024) fikricha, kreativ iqtisodiyotning afzalligi

shundaki, u insonlarga, ayniqsa, yoshlarga o‘z ijodkorlik va innovatsiyon salohiyatini namoyon

etish, g‘oyalarni aniq iqtisodiy qiymatga aylantirish uchun platforma sifatida xizmat qiladi.

Ataniyazov kreativ iqtisodiyot dunyodagi mamlakatlarning i

qtisodiy o‘sishida muhim ro‘l

o‘nayotganligini tahlili natijasida shunday deydi:

“Bu sohada 300 milliondan ortiq kishi band bo‘lib, milliy iqtisodiyotlarda kreativ

industriyaning ulushi yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 3

-

5 foizini tashkil qiladi. Joriy o‘sish

sur’atlari va ushbu sektorning dunyo iqtisodiyotidagi ahamiyatini hisobga ol

gan holda kelgusi

10-15 yil ichida ushbu sektor jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foizini tashkil etish prognoz

qilinmoqda”

(Ataniyazov, 2024).

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham kreativ va innovatsion sohalarda, ayniqsa, madaniyat

va san’at sohasida kreativ tadbirkorlikni rivojlantirishga, ya’ni ularni har tomonlama qo‘llab

-

quvvatlash va rag‘batlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish,

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini hamda aholining turmush darajasi va farovonligini

oshirishga qaratilgan bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Iqtisodchi-pedagog Dusmuhammedov (2023) nima uchun iqtisodiyotda kreativlikni

rivojlantirish kerakligi va ushbu jarayonda

kreativ tadbirkorlik

ning ro‘li haqida shunday deydi:

“Kengroq mazmunda kreativ tadbirkorlik madaniyat va san’at sohalarining boshqa ishlab

chiqarish hamda hizmat ko‘rsatish tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘langan holda foyda keltiradi.

Masalan, madaniy turizm har doim ham sayyohlarning qaysidir mamlakatga tashrif

buyurishiga sabab bo‘libgina qolmay, balki boshqa bir qator tutash tarmoqlar (savdo, logistika,
mehmonxona biznesi, umumiy ovqatlanish va hokazo)ga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kreativ tadbirkorlik odatiy tadbirkorlik faoliyatidan nimasi bilan farq qiladi? Nima uchun

yangi tushunchalarni kiritish kerak edi? Gap shundaki, kreativ tadbirkorlik odatiy ishlash

me’yorlaridan tubdan farq qilib, u katta mahorat, harakatchanlik va doimiy

izlanish, o‘rganis

h

qobiliyatini talab qiladi”

(Dusmuhammedov, 2023).

Kreativ iqtisodiyotning O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni haqida pedagog

-tadqiqotchilar

Abdullayeva va Eshqobilova (2024)

o‘z maqolasida kreativ iqtisodiyot tushunchasi, uni

rivojlantirish bosqichlari va jahon tajribasi asosida O‘zbekiston iqtisodiyotida joriy etilishi
haqida so‘z yuritadi.

Kreativ iqtisodiyotda imkoniyati cheklangan talabalar muhim rol o‘ynashi mumkin.

Ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash orqali

iqtisodiyotning ushbu sohasiga sezilarli hissa qo‘shishlarini tashkillashtirish

mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

50

O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida

yoshlar yetakchisi Xabibullayeva (2024)

o‘z maqolasida bunday yoshlarning hayotdagi o‘rnini

oshirish, ijtimoiy integratsiyasini ta’minlash va rivojlanishiga ko‘maklashish muhim

ahamiyatga egaligini ko‘rsatib beril

gan.

Kreativ iqtisodiyot imkoniyati cheklangan talabalar uchun nafaqat ish bilan

ta’minlash,

balki ularning ijtimoiy-

huquqiy integratsiyasini rag‘batlantirish vositasi hisoblanadi.

Tadqiqotchi Rashidova (2023)

o‘z maqolasida davlat tomonidan ushbu yoshlar uchun

yaratilayotgan shart-sharoitlar, islohotlar va ularning natijalari haqida tahliliy fikrlar bildiradi.

Tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlar sharhi shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda

respublikamizdagi imkoniyati cheklangan shaxslarni tarbiyalash, o‘qitish, kasb

-hunarga

yo‘naltirish, jamiyatga uyg‘unlshtirish kabi masalalar davlat siyosatining dolzarb

yo‘nalishlaridan hisoblanadi, chunki ushbu yo‘nalish ularning moddiy ehtiyojlarini qondirish

hamda farovon hayot kechirish uchun eng maqbul yo‘nalishlardan biridir. Imkoniyati

cheklangan shaxslarni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faolligini oshirishga hizmat

qiladigan maqbul yo‘nalishlaridan yana biri ularning ijodiy qobiliyatlarini yuksaltiruvchi

kreativ iqtisodiyot sohalarida faol ishtirok etishidir.

Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida tadqiqotimiz maqsadini quyidagicha ta’riflash

mumkin:

-

kreativ iqtisodiyot bo‘yicha normativ

-huquqiy hujjatlar va tushunchalarning mazmun-

mohiyatiga, O‘zbekiston umumiy iqtisodiyotida kreativ iqtisodiyotning ulushiga, inklyuziv

iqtisodiyotni xususiyatlari va ahamiyatiga hamda inklyuziv ta’lim vazifalari va u

ni tashkil

etishga oid adabiyotlarni tahlili natijasida imkoniyati cheklangan talabalarning kreativ

iqtisodiyotda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berishdir.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Tadqiqotni amalga oshirishda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga va imkoniyati

cheklangan talabalarning kreativ industriya sohalarida ishtirokini oshirishga oid huquqiy-

normativ hujjatlarda belgilangan vazifalarni hamda ushbu yo‘nalishda iqtisodchi –

pedagog

olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlari qiyosiy tahlili natijalarini umumlashtirish

usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

“Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risidagi” qonunda kreativ iqtisodiyot sohasidagi

asosiy

tushunchalar

(1-bob, 3-modda) aniq izohlab berilgan:

kreativ iqtisodiyot

ijodiyot, intellektual qobiliyat, shuningdek innovatsiyalarga hamda

texnologiyalarga asoslangan inson salohiyati natijasida iqtisodiy qimmatga ega bo‘lgan

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaratishga qaratilgan iqtisodiyot tarmog‘i;

kreativ industriya

ijodiyot, intellektual qobiliyat, shuningdek intellektual mulk

ustuvorligiga asoslangan va iqtisodiy qimmatga ega bo‘lgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ilgari surish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy

faoliyat turlarining majmui;

kreativ industriya parki

O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik

printsiplari asosida kreativ industriya sohalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish maqsadida faoliyat olib boradigan tashkiliy-huquqiy tuzilma;

kreativ industriya sub'ektlari

kreativ mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash,

tarqatish va ilgari surish bilan shug‘ullanadigan jismoniy va yuridik shaxslar;

kreativ mahsulot

kreativ iqtisodiyot sohasida iqtisodiy qimmatga ega bo‘lgan tovarlar

(ishlar, xizmatlar), shuningdek boshqa fuqaroviy-huquqiy bitimlar obyektlari.

Kreativ industriya sohalaridagi

faoliyat yo‘nalishlari

15 ta bo‘lib, yo‘nalishning

(1-bob, 10-

modda)

har biri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

adabiy ijodni;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

51

amaliy san’at va hunarmandchilikni;

arxitektura, loyihalashtirish va urbanistikani;

audiovizual san’atni;

ijrochilik san’atini;

kontsert-tomosha faoliyatini va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishni;

moda va dizayn san’atini;

muzeylar, badiiy galereyalar (ko‘rgazmalar), axborot

-kutubxona faoliyatini;

nashriyot va matbaa sohasidagi ijodiy faoliyatni;

ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan ijodiy faoliyatni;

prodyuserlik faoliyatini;

raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyatni;

reklama sohasidagi ijodiy faoliyatni;

san’at ashyolari va madaniy meros obyektlarini asrashga doir faoliyatni;

tasviriy san’atni.

Qonunda kreativ iqtisodiyot sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

(2-bob, 11-

modda) belgilab qo‘yilgan. Binobarin, qonunda kreativ iqtisodiyot uchun zarur infratuzilma

yaratish va uni tizimli rivojlantirish, kreativ industriya sohalarida qulay investitsiyaviy va

ishbilarmonlik muhitini yaratish, ilm-fan va ilmiy faoliya

tni qo‘llab

-quvvatlash hamda kreativ

g‘oyalarni va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish, kreativ mahsulotlar yaratishda

texnologiya

yutuqlaridan

va

innovatsion

yondashuvlardan

foydalanish,

soha

ishtirokchilarining ijodiy salohiyati va imkoniyatlarni rivojlantirish maqsadida ta’lim tizimini

takomillashtirish kabi davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari belgilab qo‘yilgan.

Qonunda kreativ iqtisodiyot sohasidagi

ta’limni qo‘llab

-quvvatlashning

amalga oshirish

shakllari

(4-bob, 20-

modda) ham ko‘rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:

kreativ industriya sohalaridagi kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning

malakasini oshirishga doir davlat ta’lim standartlarini hamda ta’lim dasturlarini

takomillashtirish;

kreativ industriya sohalaridagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash;

kreativ industriya sohalarida dual ta’limni qo‘llab

-quvvatlash, shu jumladan nazariy

bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

etakchi xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda sohaga oid ixtisoslashtirilgan

qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yaratish;

o‘quv

-uslubiy, ilmiy va amaliy adabiyotlarni yaratish.

Mazkur Qonunda kreativ industriya sohalari uchun kadrlarni tayyorlashda kreativ

industriya parklari va klasterlari, raqamli dasturlar va platformalar, art-rezidentsiyalar

shakllaridagi yagona ekotizim yaratilishi nazarda tutilgan. Demak, kreativ iqtisodiyotni

rivojlantirish insonning iqtisodiy bilim va kompetentsiyalarini yuksaltiruvchi ma’lum
darajadagi iqtisodiy bilimlarga ega ijodkor kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir, chunki iqtisodiy

bilimlar va malakalar asosida yangi g‘oyalar va rejalar generatsiya bo‘ladi.

Ma’lumki, insonlarning hayoti tabiatdagi moddiy resurslarning mavjudligiga va ularni

qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotlar hamda turli jihozlar ishlab chiqarishga bog‘liqdir.

Vaqt o‘tgan sari resurslar kamayishi oqibatida ishlab chiqarish darajasi pa

sayadi, iqtisodiyotda

cheklovlar paydo bo‘ladi. Kelajak iqtisodiyotida kutilayotgan bunday kamchiliklarni oldini olish

kreativ g‘oyalar hisobiga, o‘z navbatida yoshlarda kreativ kompetentsiyalarni rivojlantirish

hisobiga bo‘lishi mumkin. Ushbu mulohaza bo‘

yicha professor Ataniyazov (2024)

“Yangi

O‘zbekiston” gazetasidagi maqolasida quyidagi fikrni bildiradi:

“Kreativlik rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi eng muhim

omilga aylanib bormoqda. Chunki kreativlik nomoddiy hususiyatga ega bo‘lsa

-da, yangi original

g‘oyalar tufayli qo‘shimcha mehnat va kapital sarflanmay, ishlab chiqarish dara

jasini oshirishga

imkon beradi. Kreativ iqtisodiyotda inson qobiliyati va malakasiga qo‘yiladigan talablar ishlab
chiqarish jarayonida ularga qo‘yiladigan talablardan farq qiladi. Ya’ni ishlab chiqarish jarayoni


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

52

odamlardan maxsus ijodiy qobiliyatni talab qilmaydi. Kreativ sektor esa, aksincha, aqlli g‘oyalar
bilan ishlaydi. Sohada faoliyat yurituvchi hodimlardan ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalar, original

yechimlar yaratish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish tala

b etiladi. Shuning uchun kreativ

iqtisodiyotni shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan kasbiy tayyorgarlikning yuqori darajasi

asosiy talablardan biridir”.

Demak, kreativ iqtisodiyotni kengaytirish va rivojlantirish yangi g‘oyalarni

shakllantirishga, bu esa o‘z navbatida insonning kreativ

-iqtisodiy qobiliyatiga asoslanadi

(Akbarova, 2024).

Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili natijasida quyidagi

tushunchalarni qisqacha ifodaladik:

kreativlik

shaxsning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi hamda

mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi

ijodiy qobiliyati

ma’nosini ifodalaydi;

kreativ kompetentlik

shaxsning ijodiy yaratishga imkon beradigan intellektual, hissiy,

ahloqiy, irodaviy va shu kabi ko‘p omilli sifatlarini belgilaydi hamda turli xil original,

nostandart, foydali g‘oyalar va mahsulotlarni tubdan yangi darajada ishlab chiqarishga imkon

beradi

gan bilim va ko‘nikmalarga egaligini, shuningdek, ularning moslashuvchanligi, insonning

turli hayotiy va kasbiy vaziyatlarda ijodiy harakat qilishga loyiqligini ko‘rsatadi.

Kreativ iqtisodiyotga oid tushunchalarning mazmun-mohiyatini tahlili asosida shuni

aytish mumkinki, kreativ industriya sohalari imkoniyati cheklangan yoshlarning faoliyat

yuritishi maqbul bo‘lgan sohalardir, chunki kreativ iqtisodiyot asosan adabiyot va sa

n'at,

hamda hizmat ko‘rsatish va servis kabi og‘ir jismoniy mehnatni emas, balki ko‘proq aqliy

mehnatni talab qiladigan sohalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiyot hisoblanadi. Ushbu sohani

rivojlantirish imkoniyati cheklangan yoshlarning ishga bandligi va oliy

ta’lim bilan qamrov

darajasini oshirish, qisqacha aytganda, inklyuziya muammosini hal qilishga hizmat qiladi.

Inklyuziya

tushunchasi haq-

huquqlari bir xil, ammo imkoniyatlari bir xil bo‘lmagan

shaxslarga tegishli bo‘lib, hamma uchun teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishiga
qaratilganligini anglatadi. Ushbu tushuncha faqat sog‘lig‘ida nuqsonlari bor shaxslarga xos

bo‘lmay, balki boshqa millat vakillariga nisbatan bag‘rikenglik (tolerantlik), xalqaro hamkorlik

munosabatlarini teng huquqlarda olib borish kabi sharoitlar yaratilishiga qaratilgandir.

Imkoniyati cheklangan yoshlarning qobiliyatlarni rivojlantirish uchun avvalo inklyuziv

ta’limni sifatli tashkil etish zarur.

Inklyuziv ta’lim

bu alohida ta’lim ehtiyojlari va individual

imkoniyatlarning xilma-

xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun barcha

ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan

innovatsion ta’lim tizimidi

r.

Inklyuziv ta’limning

ahamiyati

qo‘yidagilardan iborat:

-

barcha ta’lim oluvchilarning teng huquqli ta’lim olishiga imkon yaratadi;

-

barcha ta’lim oluvchilarga o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi;

- jamiyatda ijtimoiy tenglik va hamjihatlikni mustahkamlaydi;

-

bag‘rikenglik munosabatlarini ta’minlaydigan muhitni shakllantiradi;

-

iqtisodiyot va jamiyat uchun ko‘proq malakali mutaxassislar tayyorlashga yordam

beradi.

Imkoniyati cheklangan yoshlarning moddiy ehtiyojlarini qondirish va farovon hayotini

ta’minlash uchun ular faoliyat yuritadigan sohalarda ham

inklyuziya

bo‘lishi, ya’ni inklyuziv

iqtisodiyot bo‘lishi lozim.

Inklyuziv iqtisodiyot

bu barcha insonlar uchun teng imkoniyatlar va foyda yaratishga

qaratilgan iqtisodiyot turi. Unda jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, kam ta’minlanganlar,

nogironlar, teng sharoitdagi ayollar va yoshlar iqtisodiy jarayonlarda (ishlab chiqarish yoki

xizmat ko‘rsatish korxonalarida) faol ishtirok eta olishadi.

Inklyuziv iqtisodiyotning asosiy

xususiyatlari

quyidagilardan iboratdir: boylik va

resurslarni jamiyatda adolatli taqsimlash, barqaror rivojlanish, barcha uchun qulay


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

53

imkoniyatlar yaratish, ish o‘rinlarini va tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya va

inklyuziv siyosat.

Inklyuziv iqtisodiyotning

ahamiyati

quyidagilardan iboratdir:

-

iqtisodiy o‘sishni barcha qatlamlar uchun foydali qiladi;

-

kambag‘allik va tengsizlikni kamaytiradi;

-

barqaror va adolatli jamiyat yaratishga hissa qo‘shadi.

Inklyuziv iqtisodiyotni rivojlantirish uchun davlat siyosati, jamiyat, biznes va har bir

inson birgalikda harakat qilishi kerak.

Tadqiqot natijalari va tahlili shuni ko‘rsatadiki, insonlarning intellektual va kreativ

imkoniyatlari cheklanmagan manbaa bo‘lib, jamiyatdagi ijtiomiy

-

iqtisodiy jarayonlarga ta’siri

tobora kuchayib bormoqda. Agar ushbu jarayonlar inklyuziv bo‘lsa, imkoniya

ti cheklangan

yoshlarning kasbiy bilim olish va intellektual salohiyatini oshirishga bo‘lgan intilishi kuchayadi

hamda inklyuziv-kreativ iqtisodiyotdagi ishtiroki kengayadi. Natijada imkoniyati cheklangan

yoshlarning jamiyatga qo‘shilishi, uyg‘unlashishi

va tenglashishi tezlashadi.

Xulosa va takliflar.

Kreativ iqtisodiyot sohalari va ularda imkoniyati cheklangan talabalarning ishtirokini

oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagilarni keltirish mumkin:

-

dunyodagi moddiy resurslarni chegarasi bor, ammo insonlardagi ijodiy g‘oya va

rejalarning chegarasi yo‘q. Kreativ iqtisodiyot –

bu ijodiy g‘oyalarga asoslangan iqtisodiyotdir;

-

kreativ iqtisodiyot umumiy iqtisodiyotni moddiy resurslarga bog‘liq iqtisodiyotdan

bilim va ijodiy g‘oyalarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishini, hamda uning xalqaro hamkorlikda
barqaror o‘sishini ta’minlaydi;

-

kreativ iqtisodiyot yoshlarga o‘z intellektual salohiyatini va ijodkorlik qobiliyatini

namoyon qilish imkoniyatini beruvchi sohadir. Ommaviy axborot vositalarning rasmiy

xabarlariga ko‘ra, yurtimizda ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi y

oshlardir;

- mamlakatimizda yoshlarning, ayniqsa imkoniyati cheklangan yoshlarning yangi va

zamonaviy biznes yuritish, elektron tijorat kabi xizmatlar ko‘rsatishning innovatsion usullarini

o‘rgatish hamda ularning kasbiy

-kreativ kompetentsiyalarini rivojlantirish maqsadida oliy

ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy etishga keng e'tibor berilmoqda;

- imkoniyati cheklangan talabalarning ehtiyojlarini kasbiy-kreativ va iqtisodiy-madaniy

kompetentsiyalarini rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda kreativ industriya sohalarida

samarali ishtirok etish loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir;

- imkoniyati cheklangan talabalarning kreativ-iqtisodiy kompetentsiyalarini

rivojlantirish, sog‘lom raqobatni ta’minlash va mehnatga bandlik darajasini oshirish maqsadida

ularning mustaqil ishlash natijalaridan (ishlanmalardan) amaliyotda foydalanish, ya’n

i ijodiy

mustaqil ishni talabaning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi kreativ tadbirkorlik bilan birga olib
borish zarur;

- imkoniyati cheklangan talabalarda kreativ-iqtisodiy kompetensiyalarni shakllantirish va

rivojlantirish uchun talabalarning o‘quv jarayonini iqtisodiyot sohalaridagi islohotlarning

(ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, investitsiyalardan foydalanish, mahalliy ishlab

chiqarilgan maqsulotlarni monetizatsiya va eksport qilish, mehnat samaradorligini oshirish va

hokazo) mohiyati va ahamiyatini tushuntirgan holda sifatli tashkil etish metodikasini yaratish
maqsadga muvofiqdir;

- imkoniyati cheklangan talabalarning iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish maqsadida

ularning kelajakdagi faoliyat yuritish sohasi bo‘yicha iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish hamda

muammolarni hal etishga oid seminar-treninglar, vebinarlar va konferentsiyalar tashkil etib
turish lozim.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

54

Adabiyotlar /Литература/References:

Abdullayeva M.X., Eshqobilova M.B. (2024) Kreativ iqtisodiyotning O‘zbekiston

taraqqiyotidagi o‘rni //

scientific-jl.org.

Akbarova S.Sh. (2024) Talabalarda iqtisodiy kompetensiyalarni shakllantirishning

ahamiyati // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. XI son - Noyabr,

73-78 b.

Ataniyazov J. (2024)

Kreativ iqtisodiyot. U nimasi bilan afzal? //“Yangi O‘zbekiston”

,

№186.

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 8-

oktyabr “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi PF

-5847-sonli Farmoni.

Qonun (2024)

O‘zbekiston Respublikasining 2024

-yil 3-

oktyabrda qabul qilingan “Kreativ

iqtisodiyot to‘g‘risida”gi O‘RQ

-970-sonli Qonuni.

Rashidova M. Q. (2023)

Yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan talaba

-yoshlar faoligini

oshirishda yaratilgan imkoniyatlar //Ilmiy tadqiqot va innovatsiya.

Т. 2. –

№. 4. –

С. 22

-24.

Xabibullayeva D.A. (2024)Imkoniyati cheklangan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar //

vol. 32 no. 1: ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi| 32

-son | 1-

to‘plam

.

Дусмухамедов О.C.

(2023)

. Креатив иқтисодиёт мамлакат иқтисодиёти

ривожланишининг муҳим омили сифатида //Iqtisodiyot va taʼlim.–

Т. 24. –

№. 4. –

С. 15

-21.

Библиографические ссылки

Abdullayeva M.X., Eshqobilova M.B. (2024) Kreativ iqtisodiyotning O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni //scientific-jl.org.

Akbarova S.Sh. (2024) Talabalarda iqtisodiy kompetensiyalarni shakllantirishning ahamiyati // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. XI son - Noyabr, – 73-78 b.

Ataniyazov J. (2024) Kreativ iqtisodiyot. U nimasi bilan afzal? //“Yangi O‘zbekiston”, №186.

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.

Qonun (2024) O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 3-oktyabrda qabul qilingan “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi O‘RQ-970-sonli Qonuni.

Rashidova M. Q. (2023) Yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar faoligini oshirishda yaratilgan imkoniyatlar //Ilmiy tadqiqot va innovatsiya.– Т. 2. – №. 4. – С. 22-24.

Xabibullayeva D.A. (2024)Imkoniyati cheklangan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar // vol. 32 no. 1: ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi| 32-son | 1-to‘plam.

Дусмухамедов О.C. (2023). Креатив иқтисодиёт мамлакат иқтисодиёти ривожланишининг муҳим омили сифатида //Iqtisodiyot va taʼlim.– Т. 24. – №. 4. – С. 15-21.