Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
27
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA KADRLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI
OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Abduvoxidova Mohinur Akmalovna
Samarqand davlat universiteti
ORCID: 0009-0004-1137-8460
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini
oshirish mexanizmini takomillashtirishga, soha xodimlarining malaka darajasini, innovatsion
yondashuvlarini va professional rivojlanishini tahlil qilib, ularni raqobatbardosh qilish uchun
samarali strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda soha mutaxassislarining
intervyulari, so‘rovnomalar va mavjud adabiyotlar tahlili orqali kadrlar salohiyatini oshirish
omillari
–
ta’lim, trening, motivatsiya va innovatsion boshqaruv tizimlari o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
xizmatlar sohasi, malaka, bilim, ko‘nikma, mahorat, mexanizm, innovatsiya,
o‘qitish, mehnat, resurs.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМА ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ
ПЕРСОНАЛА В СФЕРЕ УСЛУГ
Абдувохидова Мохинур Акмаловна
Самаркандский государственный университет
Аннотация.
Исследование направлено на совершенствование механизма
повышения конкурентоспособности персонала в сфере услуг, анализ уровня
квалификации, инновационных подходов и профессионального развития работников
отрасли и выявление эффективных стратегий повышения их конкурентоспособности. В
исследовании изучались факторы наращивания кадрового потенциала –
образование,
обучение, мотивация и инновационные системы управления
-
посредством интервью с
профессионалами отрасли, анкетирования и анализа доступной литературы.
Ключевые слова:
сфера услуг, квалификация, знания, умения, навыки, механизм,
инновации, обучение, труд, ресурс.
IMPROVING THE MECHANISM FOR ENHANCING THE COMPETITIVENESS OF PERSONNEL
IN THE FIELD OF SERVICE PROVISION
Abduvoxidova Mohinur Akmalovna
Samarkand State University
Abstract.
This research is aimed at improving the mechanism for improving the
competitiveness of personnel in the service sector, analyzing the skill level, innovative approaches
and professional development of employees of the industry and identifying effective strategies for
making them competitive. The study explores factors of human resources capacity building
–
education, training, motivation and innovative management systems through interviews of
industry professionals, surveys and analysis of available literature.
Keywords:
service area, qualification, knowledge, skill, mastership, mechanism, innovation,
training, labor, resource.
UO‘K:
338.46
III SON - MART, 2025
27-34
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
28
Kirish.
O‘zbekistonda kadrlar muammosi va salohiyati iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini
tashkil qiladi. Ular iqtisodiyotning barcha sohalarida asosiy omil sifatida ishtirok etadi, ya’ni
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi texnika va texnol
ogiyalar kiritilgan
bo‘lsa
-
yu, uni amalga oshiradigan malakali mutaxassislar bo‘lmasa, iqtisodiy samaradorlikni
oshirib bo‘lmaydi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida aylanma mablag‘larning tez aylanishi, ushbu sohada
tadbirkorlikni rivojlanishi ishlab chiqarish sohasiga qaraganda oson kechishi, doimo
xizmatlarga extiyojning paydo bo‘lishi kabi xususiyatlari sohani milliy iqtisodiyotda jadal
r
ivojlanishiga imkon beradi. Modomiki, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotda
moslashuvchanligi yuqori va mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o‘ynar
ekan, ushbu sohada band xodimlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024
-yil 29-yanvarda Oliy
Majlisga Murojaatnomasida 2025-yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish
zarur bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalar belgilab berildi. Murojaatnomadagi
birinchi qayd
etilgan vazifalardan biri, “2030
-
yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani
jilovlash
–
iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir”, deb ko‘rsatgani bo‘ldi. Ushbu
vazifani bajarish uchun xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Mamlakat yalpi
ichki mahsulot tarkibida xizmatlarning ulushi salmoqli darajaga ega.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib O‘zbekistonda ilm
-fanni yanada ravnaq toptirish, voyaga
yetayotgan mehnat resurslarini chuqur bilimga, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib
tarbiyalash raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishda o‘ta muhim ahamiyatn
i kasb etadi.
Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish sohasida bu borada kadrlarni tayyorlash bo‘yicha quyidagi
muammolar mavjudligini keltirib o‘tish lozim:
-
birinchisi, oliy ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlashda o‘qitishning innovatsion
ta’lim shakllaridan (amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol darslar, blended learning
(aralash o‘qitish), mahorat darslari, evristik metodlar) foydalanilayotgani yo‘q. Vaholanki, xorij
mamlakatlarida bitiruvchilar butun o‘quv yili davomida jami bo‘lib 1200
-1500 dan ortiq
murakkab vaziyatli masalalarni (“
Case -
study”) mustaqil ravishda bajaradilar;
-
ikkinchisi, xizmat ko‘rsatish sohasida jumladan sog‘liqni saqlash, turizm, moliya va bank,
shuningdek, maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatadigan professional mutaxassislarni
tayyorlashda hududlardagi mehnat bozori holati o‘rganilmayapti. Shu sababli
resp
ublikamizning ba’zi hududlarida, jumladan Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm
viloyatlarining chekka tumanlarida xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar tanqisligi uchrab
turibdi;
-
uchinchisi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodimlarni ishga joylashtirish, lavozimlarga
tayinlashda malakasining pastligi holatlar mavjud. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida
ushbu muammolar bartaraf etilmas ekan, xizmat ko‘rsatish sohasida ijobiy siljishlar ro‘y
bermaydi
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish
asosida aholi bandligini oshirish, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida bandlikdan
olinadigan daromadlarni aholi daromadlarining asosiy manbaiga hamda uning turmush
darajasini shakllantirishning muhim omiliga aylantirish imkoniyatlarini ishlab chiqishni talab
etadi.
Ushbu muammoning dolzarbligi va o‘ta muhimligi mamlakat taraqqiyotining hozirgi
bosqichida ishga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash zaruriyati, mehnat bozorida talab va
taklif o‘rtasida nomutanosiblikning saqlanib turganligi bilan belgilanadi. Mehnatga
layoqatli
har bir kishining ijtimoiy ishlab chiqarishda, turlituman noz-
ne’matlar yaratishda faol ishtirok
etishini to‘la ta’minlay olgan, aholi faolligini oshirishning samarali mexanizmlarini yaratib,
ulardan iqtisodiy yuksalishning amaliy vazifalarini hal etishda unumli foydalana olgan
jamiyatgina taraqqiyotga yuz tutadi, o‘z xalqining farovon hayot kechirishiga erishadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
29
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodchi olimlar Rindermann, Seylar va Tompsonlar (2009) o‘zlarining tadqiqotlarida
ijtimoiy taraqqiyotning omillariga e’tibor qaratib, unda aql va bilimga asoslangan omilni
alohida tadqiq etishgan. Ularning xulosalariga ko‘ra xalqning (IQ
-intelligence quotient -
intellekt darajasi) intellekt darajasi koeffitsienti bir punktga oshishi YaIMning kishi boshiga
229 AQSh dollarga oshishini asoslab bergan.
Frey (2017) ning fikricha “mehnat bozorining zamonaviy sharoitlari shuni ko‘rsatadiki,
xizmatlar sohasidagi raqobatbardoshlik kadrlarning moslashuvchanligi va ularning texnologik
yangiliklarga tezkor javob bera olish qobiliyatiga bog‘liqdir.
Filippin va Singapur kabi davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xizmatlar
eksportining jadal rivojlanishi uchun kadrlarning xalqaro standartlarga mos tayyorlanishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, texnologiya va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
jarayonlarining raqamlashtirilishi xizmatlar eksportining o‘sishiga olib kelmoqda. Singapur va
Filippin k
abi davlatlar xizmatlar eksporti hisobiga mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lib,
bu davlatlarning raqobatbardoshligini oshirmoqda (Gereffi, Fernandez-Stark, 2016).
Vasilenko (2020) “xizmat ko‘rsatish sohasining nazariy asoslarini, uni rivojlantirishning
amaliy muammolari va tendensiyalarini tadqiq etgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sohasini resurslar bilan ta’minlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqqan”.
Romanov (2006) xizmat ko‘rsatish faoliyatini xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan insonlarning
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat deb ta’rif beradi. Ammo shuni ta’kidlashimiz
kerakki, xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish jarayonida nafa
qat aniq bir insonning
ehtiyojlari qondiriladi, balki tashkilotlar hamda jamiyat ehtiyojlari ham qondiriladi.
Abdukarimovning fikricha, «xizmat ko‘rsatish faoliyati deganda yakka tartibdagi
xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini
tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanis
hadilar. Ular
jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatish
korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi (Vaxabov, 2014).
Karimov (2022) zamonaviy xizmatlar sohasi kadrlarining raqobatbardoshligini oshirish
uchun ta’lim tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirilishi lozim. Ayniqsa,
mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalar va kas
biy malakani
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xojiyev (2021) hozirgi kunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning
muhim tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu bois xizmat ko‘rsatish sifati va kadrlarning
malakasini oshirish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash dolzarb masaladi
r deb keltirgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish
mexanizmlarini o‘rganish uchun turli metodlardan foydalanildi. Birinchi navbatda, ilmiy
manbalar va xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va
rivojlanish tendensiyalari tahlil qilindi. Bu jarayonda dunyoning yetakchi mamlakatlari,
xususan, Singapur va Filippinning xizmatlar eksportini rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatli
tajribalari o‘rganildi va ular O‘zbekiston sharoiti bilan
solishtirildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi globallashgan dunyoda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiy o‘sishning muhim
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu sohaning rivojlanishi bevosita malakali va raqobatbardosh
kadrlarga bog‘liq. Agar xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lsa, mijozlar soni ortadi, bu esa
sohaning iqtisodiyotdagi ulushini oshirishga xizmat qiladi. Ammo, xizmat ko‘rsatish sohasi
mutaxassisl
aridan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Shu sababli,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
30
kadrlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi dolzarb bo‘lib
qolmoqda.
Dunyo miqyosida xizmat ko‘rsatish sohasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Masalan, AQShda iqtisodiyotning asosiy qismi aynan xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi.
Yevropada ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi, bu esa sohaning jahon bozoridagi o‘rnini
yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Osiyo davlatlarida, jumladan, Singapur va
Filippinda ham xizmatlar sohasi jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistonda esa so‘nggi yillarda xizmat
ko‘rsatish sohasining ulushi sezilarli darajada oshdi, ammo hali ham oldinda katta
ishlar
turibdi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning 70% dan
ortig‘i xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, AQSh va Yevropa Ittifoqida bu ko‘rsatkich
yuqoriligini ko‘rish mumkin. Osiyo mamlakatlarida esa xizmatlar sektorining ulushi tez o‘sib
bormoqda. O‘zbekistonda ham xizmat ko‘rsatish sohasi so‘nggi yillarda tez sur’atlar bilan
rivojlanmoqda, va bugungi kunda iqtisodiyotning qariyb 35% ini tashkil etmoqda.
Xizmat ko‘rsatish tizimiga qarashli bo‘lgan sub’ektlar jumlasiga tadbirkorlar yoki xizmat
ko‘rsatish tashkilotlarining jamoalari kiradi. Yuqorida qayt qilingan tashkilotlar quyidagi
shakllarda bo‘lishi mumkin:
- ixtisoslashtirilgan firmalar - masalan sayyohlik, mehmonxona, davolash;
-
ixtisoslashtirilgan korxonalar, savdo, transport, ta’mirlash va boshqalar;
- byuro, idoralar - yuridik, axborot, reklama, turar joy.
- muassasalar -
qonunni qo‘riqlash va madaniyat muassasalari bo‘lib hisoblanadigan
militsiya bo‘limlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar;
- tashkilotlar -
bank, sug‘urta, qo‘riqlash va hokazolar.
-
xizmat ko‘rsatish sohasidagi biznes to‘liq tijorat prinsplari asosida amalga oshiriladi.
Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, ko‘pchilik davlat muassasalari aholiga xizmat ko‘rsatishni
aralash asosida amalga oshiradi, ya’ni qisman tijorat asosida, qisman ijtimoiy ne’matlarni
beg‘araz qayta taqsimlash mexanizmi bazasida. Umumiy holatda xizmat ko‘r
satish faoliyati
aholining keng ma’nodagi ijtimoiy va yakka tartibdagi ehtiyojlarini qodirish imkoniyatini
beradi, va shu bilan bir qatorda hozirgi turdagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni samarali
rivojlantiradi. O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasida
kadrlar raqobatbardoshligini oshirishda
quyidagi mexanizm asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
1-
rasm. O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish
mexanizmni
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
X
izmat ko‘rsatish sohasida
raqobatbardoshli oshirish
mexanizmi
Ta’lim va malaka oshirish
tizimini rivojlantirish
Innovatsiyalar va
raqamlashtirishni joriy etish
Mehnat bozori va kadrlar
boshqaruvini
takomillashtirish
Ijtimoiy va iqtisodiy
rag‘batlantirish
mexanizmlarini kuchaytirish
Xalqaro tajribani o‘rganish
va moslashtirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
31
Malakali kadrlarni yetishtirishning eng muhim jihati ularning doimiy o‘qitilishi va
rivojlanishidir. Masalan, Singapurda xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchilar muntazam
ravishda
o‘qitiladi, bu ularning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashiga imkon yaratadi.
Singapur esa malaka oshirish tizimiga 2023-yilda $500 million AQSh dollari miqdorida
investitsiya kiritgan.
Filippinda esa xizmat eksportini rivojlantirish uchun malaka oshirish dasturlariga katta
e’tibor qaratiladi. Filippinda xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus
trening markazlari tashkil etilgan, bu ularning xalqaro mehnat bozorida talabgir bo‘lishini
ta’minlaydi.O‘zbekistonda ham xizmat ko‘rsatish sohasidagi mutaxassislar uchun turli o‘quv
dasturlari yo‘lga qo‘yilgan, biroq bu jarayonni yanada takomillashtirish lozim.
Zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohasi innovatsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. So‘nggi
yillarda AQSh va Yevropada sun’iy intellekt texnologiyalari xizmatlar sifatini oshirishga yordam
bermoqda. O‘zbekistonda ham raqamli xizmatlar ko‘lami kengayib, onlayn xi
zmatlardan
foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. 2023-yilda mamlakatda onlayn xizmatlardan
foydalanish 40% ga oshgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohasi yuqori malakali kadrlarni talab qiladi. Mamlakatlar
bu borada turli dasturlar ishlab chiqmoqda. O‘zbekistonda ham xizmat ko‘rsatish sohasida
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora
-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2023-
yilda mamlakat bo‘ylab xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari uchun 15 mingdan ortiq o‘quv
kurslari tashkil etilgan, ammo xalqaro talablar darajasiga yetkazish uchun yana qo‘shimcha
dasturlar ishlab chiqish zarur.
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab xizmatlar eksporti ortib borayotgan bo‘lsa, kadrlarning
global mehnat bozoriga moslashuvi ham shunchalik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislariga talab yuqori bo‘lib,
ularn
ing ko‘nikmalari xalqaro standartlarga mos kelishi kerak. Masalan, hozirda mijozlarga
yo‘naltirilgan xizmatlar rivojlanmoqda, bu esa xodimlardan kommunikatsiya va mijozlarga
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malaka talab qiladi.
Zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohasi innovatsiyalarsiz rivojlana olmaydi. Masalan, AQSh
va Yevropada xizmat ko‘rsatish jarayonlarining 60% dan ortig‘i raqamlashtirilgan. Bu esa
mijozlar bilan ishlash samaradorligini oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi.
O‘zbekistonda ham raqamli xizmatlarning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. 2023
-yilda
onlayn xizmatlardan foydalanuvchilar soni 40% ga oshgan. Bank xizmatlari, transport va
turizm sohalarida raqamlashtirish jarayonlari ancha rivojlangan bo‘lsa
-da, hali ham xizmat
ko‘rsatishning ko‘plab segmentlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish talab etiladi.
Dunyoda xizmatlar eksporti jadal o‘sib borayotgan bir paytda, mehnat bozori ham shunga
moslashishi lozim. Masalan, Filippinda xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari xorijiy
bozorlarda yuqori talabga ega bo‘lib, har yili 1 milliondan ortiq kadrlar chet eld
a ishga
joylashmoqda. Singapur esa o‘z mutaxassislarini xalqaro bozorga yo‘naltirish orqali
raqobatbardoshligini oshirib kelmoqda.
O‘zbekistonda esa xizmat ko‘rsatish sohasi kadrlarining xalqaro bozorga chiqishi hali
yetarli darajada rivojlanmagan. Biroq, oxirgi yillarda IT va turizm sohasida xalqaro sertifikat
olish uchun talabgorlar soni 30% ga oshgani bu boradagi ijobiy o‘zgarishla
rdan dalolat beradi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sish sur’atlari rivojlangan davlatlarda yuqori
ko‘rsatkichlarni aks ettiradi va YaIM tarkibida ham salmoqli o‘rinlarni egallaydi. Shuning uchun
mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida xizmat ko‘rsatish sohasin
takomillashtirish va sohada malakali kadrlar yetishmovchiligini oldini olish lozim. Masalan,
AQSH iqtisodiyotning 77% ini tashkil etuvchi xizmatlar sohasi mehnat bozorining asosiy
qismini band qilgan, Yevropa Ittifoqida xizmatlar sohasi YAIMning 73% ini tashkil qiladi,
Singapur
xizmatlar eksportiga katta e’tibor berib, mamlakat iqtisodiyotining 71% ini shu soha
egallaydi, Filippin
xizmatlar sohasi bandlikning 65% ini ta’minlaydi, O‘zbekistonda
xizmatlar
sohasi iqtisodiyotning 35% ini tashkil etsa, sohadagi bandlik 40% ga yaqinlashmoqda. Jahon
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
32
statistik natijalaridan mamlakatimizning ko‘rsatkichlari biroz farq qilsada ammo sohani
rivojlantirish uchun mamlakatimizda yetarlicha shart-sharoitlar mujassam.
Rivojlangan mamlakatlarda xizmatlar sohasida band bo‘lgan aholining oliy ma’lumotlilar
ulushi mamlakat va sohalarga qarab farqlanadi. Umuman olganda, xizmatlar sohasi yuqori
malakali kadrlarni talab qiladi, bu esa oliy ma’lumotli xodimlarning ushbu sektord
a yuqori
ulushiga olib keladi. Masalan, AQShda xizmatlar sohasida band bo‘lganlarning taxminan 60%
oliy ma’lumotga ega. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 55% atrofida.
Ayrim sohalarda, masalan, moliya va texnologiya xizmatlarida, oliy ma’lumotlilar ulushi
yanada yuqori bo‘lib, 70
-
80% ni tashkil etadi. Bu raqamlar xizmatlar sohasida oliy ma’lumotli
kadrlarning muhimligini ko‘rsatadi (Mo‘minov, 2018).
O‘zbekistonda sohala
r kesimida oliy
ma’lumotlilar ulushini tahlil qiladigan bo‘lsak, 2023
-yilda 2017-yilga nisbatan q
ishloq, o‘rmon
va baliq xo‘jaligi, tog‘
-
kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya
tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohalarida oliy ma’lumotlilar ulushi
kamayganini kuzatish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha oliy ma’lumotli xodimlar soni
(kishi)
Klassifikator
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
51867
48699
44024
44779
64950
51428
49636
Qurilish
32656
36962
45987
55509
71796
75321
75186
Tog‘
-kon sanoati va ochiq
konlarni ishlash
17790
18004
18934
21439
17860
15933
16218
Ishlab chiqarish sanoati
91451
97966
106053 110246 118636 123783 126872
Professional, ilmiy va texnik
faoliyat
56007
58838
60734
61200
71413
72393
76392
Boshqarish bo‘yicha faoliyat va
yordamchi xizmatlar ko‘rsatish
8771
9579
12755
12396
14965
16246
16442
Davlat boshqaruvi va mudofaa;
majburiy ijtimoiy ta’minot
86294
94928
99786
98807
104501 116582 121043
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish
11993
13156
14435
14470
15507
16596
17488
Boshqa turdagi xizmatlar
ko‘rsatish
16821
18175
18342
16503
16184
17046
19484
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash
va havoni konditsiyalash
18392
16987
18341
20129
21496
20635
19065
Suv bilan ta’minlash;
kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni
yig‘ish va utilizatsiya qilish
6044
6480
6078
6167
6141
6042
5936
Axborot va aloqa
20341
21539
23150
24325
28283
32506
37793
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati
42859
43276
44794
44340
47909
47438
52257
Tashish va saqlash
32808
32983
35257
35031
35424
38287
41064
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha
xizmatlar
9527
10925
14518
13446
14561
15475
17564
Ulgurji va chakana savdo; motorli
transport vositalari va
mototsikllarni ta’mirlash
56055
59868
71114
77528
91288
101090 111309
Ko‘chmas mulk bilan
operatsiyalar
10312
9892
10677
10749
11326
12097
12461
Ta’lim
574207 595425 604012 626797 683349 715940 753780
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish
93668
98676
100125 102589 121346 130736 138724
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari
.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi eng yirik oliy ma’lumotlilar bandlik
ko‘rsatkichiga ega soha bo‘lib turibti, 2017
-yilda 93 668, 2023-yilda esa 138 724 kishi ushbu
sohada band bo‘lgan. O‘sish 48% ni tashkil qilgan, bu aholining sog‘liqni saqlash xizmatlariga
talabining ortganini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
33
Ta’lim sektori doimiy o‘sishni tashkil etmoqda, 2017
-yilda 574 207 nafar kishi band
bo‘lgan bo‘lsa, 2023
-
yilda bu raqam 753 780 ga yetdi. 6 yil ichida o‘sish 31% ni tashkil etdi. Bu
ta’lim tizimidagi kengayishlar va yangi o‘quv muassasalarining ochilishi bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Xizmat ko‘rsatish sohasida
mahsulotlar belgilanishi birligi nuqtai nazaridan xizmat sohasi
mahsuloti - qiyin va qarama-
qarshi tushinchadir. Iste’mol fondini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan
xizmatlar ijtimoiy soha mahsuloti sifatida ko‘rilishi mumkin.
Iste’mol qilinadigan resurslar xilma
-
xilligi nuqtai nazaridan ushbu o‘xshashlik «nomoddiy
mahsulotlar» iste’mol qilinadigan resurslardagi o‘xshashlik xarajatlarning o‘z strukturasida
ham namoyon bo‘ladi, ular bir biridan keskin farq qiladi.
Kadrlar tarkibining o‘ziga xos belgisiga ko‘ra xizmat ko‘rsatish sohasida bu birinchi
navbatda shunda namoyon bo‘ladiki, undagi asosiy ishlovchilar o‘rta va oliy ma’lumotli
mutaxassislar hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish faoliyati iqtisodiy aktiv faoliyatning bir turi bo‘lib, bozor munosabatlari
sharoitida turli xil xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ushbu faoliyat xizmat ko‘rsatishning
ixtisoslashtirilgan strukturalari orqali amalga oshiriladi, ul
ar o‘z navbatida ushbu tizimning
sub’ektlari hisoblanadi. Mavjud sub’ektlar ijtimoiy ehtiyojlarning miqyosi va mazmunini
baholash orqali barcha xoxlovchilarga o‘z xizmatlarini taklif etadi va ularni qondirishga harakat
qiladi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash borasida
raqobatni ta’minlash. Bunda oliy ta’lim muassasalar sonini
yanada oshirish maqsadga muvofiq
deb bilamiz (Mardonov, 2020).
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar orasida namunali xulqi va a’lo o‘qishi bilan ajralib
turgan, iqtidorli talabalarga oliy o‘quv yurtining maxsus tavsiyanomasini ishlab chiqish va shu
orqali ishga joylashtirilsa, bitiruvchilarni ishga qabul qilish jarayo
nida shaffoflik ta’minlanadi.
Tavsiyanomalar oliy o‘quv yurtining maxsus kafedralarning professor
-
o‘qituvchilari
tomonidan tayyorlanishi lozim.
Malakali mutaxxasislarni nafaqat oliy ma’lumotli balki o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar
malakasini oshirish va qayta tayyorlash imkoniyatlaridan ham foydalanish lozim. Hozirgi
kunda oliy ma’lumotli kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari
talab
darajasida tashkil etilgan. Biroq, o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlash borasida ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari chegaralangan.
Ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlaydigan biron-
bir bilim yurtlari yo‘q.
Vaholanki, ular oliy ma’lumotli kadrlar bilan tengmateng faoliyat yuritib kelmoqda. Bizning
nazarimizda, bu muammoni hal etish yo‘llaridan biri o‘qitishning innovatsion ta’
lim
usullaridan, rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalaridan foydalanish lozim.
Xizmat ko‘rsatish sohasi mamlakat taraqqiyotini ta’minlaydigan asosiy sohalardan
biridir. Uni oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislar, o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar malakasini
oshirish va qayta tayyorlashga ega bo‘lgan kadrlarni ish faoliyatidagi monitoringi
ni yuritish
sohani rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat resurslari ishlab chiqarish omillari
ichida noyob resurs hisoblanadi. Mehnat resursini o‘qimishli, madaniyatli qilish uchun kamida
20 yil umr sarflanadi. Shunday ekan ularni mehnatini muno
sib rag‘batlantirish va sohalarda
mehnat natijalariga qarab lavozimlarini oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, xizmat ko‘rsatish sohasidagi kadrlar raqobatbardoshligini oshirish
mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga va global mehnat bozoriga
integratsiyalashuviga yordam beradi. Bu esa xizmatlar sohasining yanada rivojlanishiga va
xalqaro darajada tan olinishi uchun mustahkam asos yaratadi. Olib borilgan tahlillar natijasida
quyidagicha xulosa va takliflarni keltirib o‘tish mumkin:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
34
-
Malaka oshirish dasturlarini kengaytirish oqrali
xizmat ko‘rsatish sohasidagi
mutaxassislar uchun doimiy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish.
-
Innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
avtomatlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.
-
Xalqaro tajribani tatbiq etish yordamida Singapur va Filippin kabi mamlakatlar
tajribasidan kelib chiqib, xizmatlar eksportiga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqish.
-
Kasbiy ta’limni kuchaytirish yo‘li orqali yosh mutaxassislarni o‘qitish va ularning
xizmatlar sohasidagi malakasini oshirish uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Abdurkarimov F. (2023) Xizmat ko‘rsatish korxonalarining samaradorlik ko‘rsatkichlari va
ularni hisoblash yo‘llari //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. –
T. 1.
–
№. 6. –
S. 121-126.
Frey, C. B., & Osborne, M. A. (2017). The Future of Employment: How Susceptible Are Jobs to
Computerisation? Technological Forecasting & Social Change.
Gereffi, G., & Fernandez-Stark, K. (2016). Global Value Chain Analysis: A Primer. Duke
University Center on Globalization, Governance & Competitiveness.
Karimov A. Sh., (2022).
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini modernizatsiyalash
tamoyillari.
Toshkent: Iqtisodiyot va ta’lim nashriyoti.
Mardonov B. B., Erdonov M. E. (2020).
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlanishida kadrlar
masalasi
//
Ekonomika
i
finansы
(Uzbekistan).
№1
(133).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/hizmat-k-rsatish-so-asini-rivozhlanishida-kadrlar-masalasi
Mo‘minov X.I. (2018) “Mehnat iqtisodiyoti» o‘quv qo‘llanma Buxoro, 274
-b.
Murojaatnoma (2024)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yil 29-yanvarda Oliy
Majlisga Murojaatnomasi “Parlament va hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqqa sadoqat
bilan xizmat qilish davri” Qonunchilik palatasi
majlisidagi nutqi.
Rinderman H., Sailer M., Thompson J. (2009). The impact of smart fractions, cognitive ability
of politicians and average competence of peoples on social development// Talent Development &
Excellence. Vol.1.No.1.pp.3-25.
Stat.uz. (2025). siis. [online] Available at: https://siat.stat.uz/reports-filed/3827/meta-data.
Vaxabov A.V. (2014) O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash
strategiyasi //Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasi va uni o‘rta muddatlarda
amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari.
-T.: B. 35.
Xojiyev D. T. (2021).
Iqtisodiyot tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari.
Toshkent: Fan va texnologiya.
Василенко, Наталья Валерьевна (2020). "Экономика сферы услуг." 439
-439.
Романов Ж.А. (2006) Сервисная деятельность М: Дашкови К. С –
911.
