Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.79628

Ключевые слова:

ESG (экология социальные вопросы управление) устойчивое развитие финансирование инвестиции зеленые облигации социальные облигации облигации устойчивого развития рейтинги ESG воздействие на окружающую среду социальная ответственность финансовые риски инвестиционная привлекательность цели устойчивого развития (SDGs)

Аннотация

В статье анализируется важность принципов ESG в проектном финансировании, их влияние на деловые и инвестиционные решения, а также преимущества механизмов устойчивого финансирования. Предоставляется информация о важности рейтинговых агентств и рейтингов, которые они предоставляют посредством эффективной реализации принципов ESG.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

13


ESG TAMOYILLARINING LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH

JARAYONIGA INTEGRATSIYASI

Abdulazizov Shuhratjon Botirjon o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0003-5945-3442

abdulazizovshuhrat4@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada loyihalarni moliyalashtirishda ESG tamoyillarining

ahamiyati, ularning biznes va investitsiya qarorlariga ta’siri, shuningdek, barqaror

moliyalashtirish mexanizmlarining afzalliklari tahlil qilinadi. ESG tamoyillarini samarali joriy

etish orqali reyting agentliklarining ahamiyati hamda ular tomonidan taqdim etiladigan

reytinglar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

ESG (Environmental, Social, Governance), barqaror rivojlanish,

moliyalashtirish, investitsiyalar, yashil obligatsiyalar, ijtimoiy obligatsiyalar, barqarorlik

obligatsiyalari, ESG reytinglari, ekologik ta’sir, ijtimoiy mas’uliyat, moliyaviy xavflar, investi

tsion

jozibadorlik, barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG).

ИНТЕГРАЦИЯ ПРИНЦИПОВ ESG В ПРОЦЕСС ФИНАНСИРОВАНИЯ ПРОЕКТОВ

Абдулазизов Шуҳратжон Ботиржон ўғли

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В статье анализируется важность принципов ESG в проектном

финансировании, их влияние на деловые и инвестиционные решения, а также

преимущества механизмов устойчивого финансирования. Предоставляется информация

о важности рейтинговых агентств и рейтингов, которые они

предоставляют

посредством эффективной реализации принципов ESG.

Ключевые слова:

ESG (экология, социальные вопросы, управление), устойчивое

развитие, финансирование, инвестиции, зеленые облигации, социальные облигации,

облигации устойчивого развития, рейтинги ESG, воздействие на окружающую среду,

социальная ответственность, финансовые риски, инвестиционная привлекательность,
цели устойчивого развития (

SDGs).

INTEGRATION OF ESG PRINCIPLES IN THE PROJECT FINANCING PROCESS

Abdulazizov Shuhratjon

Botirjon o‘g‘li

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the importance of ESG principles in project financing, their

impact on business and investment decisions, as well as the benefits of sustainable financing
mechanisms. The article provides information on the importance of rating agencies and the

ratings they provide through the effective implementation of ESG principles.

Keywords:

ESG (Environmental, Social, Governance), sustainable development, financing,

investments, green bonds, social bonds, sustainability bonds, ESG ratings, environmental impact,
social responsibility, financial risks, investment attractiveness, Sustainable Development Goals

(SDGs).

UO‘K:

658.14.011.1

III SON - MART, 2025

13-19

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

14

Kirish.

Bugungi kunda xalqaro miqyosda investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda ESG

tamoyillarini muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli yirik kompaniyalar o‘z faoliyatida ESG

tamoyillari joriy etishmoqda va uni kunsayin rivojlantirishga harakat qilishmoqda. Bu borada

ko‘plab izlanishlar olib borilib, yangiliklar amalga tatbiq qilinmoqda.

Barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, ijtimoiy tengsizlik va korporativ boshqaruvdagi

shaffoflik masalalari investorlar, davlat tashkilotlari va biznes subyektlarini

ESG

(Environmental, Social, Governance)

tamoyillarini faol joriy etishga undamoqda. Ayniqsa,

loyihalarni moliyalashtirish jarayonida ESG tamoyillariga rioya qilish kompaniyalarga uzoq

muddatli barqarorlikni ta’minlash, investorlarning ishonchini oshirish va moliyaviy xavf

-

xatarlarni kamaytirish

da muhim rol o‘ynaydi.

ESG tamoyillarining moliyalashtirish jarayoniga integratsiyasi loyihalarning nafaqat

iqtisodiy samaradorligini, balki atrof-

muhitga ta’siri, jamiyatga foydasi va boshqaruv tizimining

shaffofligini ham baholash imkonini beradi. Shu sababli, yashil obligatsiyalar, ijtimoiy kreditlar

va barqarorlik bilan bog‘liq investitsiya vositalari bugungi kunda global moliya bozorida katta

e’tibor qozonmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

ESG tamoyillarining moliyaviy natijalarga ta’siri bo‘yicha

Friede, Busch va Bassen (2015)

tomonidan olib borilgan metaanalitik tadqiqotda ESG tamoyillariga asoslangan

investitsiyalarning uzoq muddatli rentabelligi yuqori bo‘lishi aniqlangan.

Clark, Feiner va Viehs

(2015) esa ESG tamoyillariga rioya qiladigan kompaniyalar kamroq moliyaviy risklarga duch

kelishini hamda investorlarga ko‘proq foyda taqdim etishi ko’rsatib o‘tilgan.

Loyihalarni moliyalashtirishda ESG tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha

Schoenmaker va

Schramade (2019)

o‘z tadqiqotlarida moliyaviy institutlarning barqaror investitsiyalarni

amalga oshirish mexanizmlarini ko‘rib chiqishgan. Ularning fikricha, yashil obligatsiyalar va

barqaror moliyalashtirish mexanizmlari orqali loyihalarning ijtimoiy va ekologik ta’siri

oshirilishi mumkin.

Barqaror rivojlanish tamoyillari bo‘yicha

United Nations Sustainable Development Goals

17 ta global maqsadni ilgari surgan bo‘lib, ESG tamoyillarini joriy etish ushbu maqsadlarga

erishishda muhim rol o‘ynaydi (UN, 2025).

Sustainable Accounting Standards Board (SASB,

2018)

esa hisobotlarini tayyorlash bo‘yicha sanoatga xos (industry

-specific) standartlarni

ishlab chiqadigan tashkilot. SASB standartlari investorlar va manfaatdor tomonlar uchun
korxonalarning ESG (Environmental, Social, Governance

ekologik, ijtimoiy va korporativ

boshqaruv) ko‘rsatkichlari bo‘yicha shaffof va aniq ma’lumot olish mumkin.

Thomson and McLaren (2020)

o‘z tadqiqotlarida ESG tamoyillari asosida

moliyalashtirilgan loyihalarning ekologik barqarorlik va jamiyat farovonligiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatishini ko‘rsatib o‘tgan. Shu bilan birga,

CDP (Carbon Disclosure Project, 2019)

tomonidan olib borilgan tadqiqotlar korxonalar tomonidan karbon chiqindilarini kamaytirish

ESG reytinglarini oshirishga va investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam

berishini tasdiqlaydi

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda loyihalarni moliyalashtirishda

ESG (Environmental, Social, Governance)

tamoyillarini joriy etish mexanizmlari

va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda

ESG

bo‘yicha

Global Reporting Initiative (GRI). Shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish

maqsadlari va ESG tamoyillarining o’zaro muvofiqligi ham tahlil etilgan. Shuningdek, ESG

ko’rsatkichlarini baholashda reyting agentliklarinig baholash metadologiyalari tahlil etilg

an.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

15

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Jahon iqtisodiyotini rivojlantirish va barqaror iqtisodiy siyosat yuritish jarayonida

ko‘plab muammolar yuzaga keladi va bu muammolar turli mamlakatlarda o‘xshash yoki bir xil

shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Xususan, global miqyosda xavf tug‘diruvchi

muammolarning aksariyati bevosita tabiiy hodisalar bilan bog‘liq. Dunyo aholisining doimiy
o‘sishi natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Shu kabi

muammo

larni oldini olish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda Birlashgan Millatlar

Tashkilotining Barqaror ivojlanish maqsadlari belgilangan bo’lib, ushbu maqsadlar ESG

tamoyillari bilan qisman o‘xshash hisoblanadi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)

bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)

tomonidan 2015-yilda qabul qilingan global maqsadlar to'plamidir. Ularning asosiy maqsadi

2030-yilga qadar dunyo bo'ylab qashshoqlikni tugatish,

е

r yuzini asrash va hamma uchun

tinchlik hamda farovonlikni ta’minlash hisoblanadi.

1-rasm.

BMT O‘zbekistonda amalga oshirish uchu

n harakat qilayotgan maqsadlar

(Aldowaish, 2024)

Bаrqаrоr Rivоjlаnish Mаqsаdlаri qаshshоqlikkа bаrhаm berish, аtrоf

-

muhit vа iqlimini

himоyа qilish hаmdа оdаmlаr hаmmа jоydа tinchlik vа fаrоvоnlikdаn bаhrаmаnd bо‘lishlаrini

tа’minlаshga asoslangan xalqaro harakat hisoblanadi. Bаrqаrоr rivоjlаnish mаqsаdlаri yоki
Glоbаl mаqsаdlаr deb nоmlаnuvchi qаshshоqlikni yоʻq qilish, sаyyоrаni himоyа qilish vа

bаrchа insоnlаrgа tinchlik vа

fаrоvоnlik оlib kelishigа qаrаtilgаn universаl chоrаlаr bevоsitа

yаshil iqtisоdiyоtni tоʻgʻri tаshkil etishdа eng sаmаrаli vа dаstlаbki yоʻl xаritаsi hisоblаnuvchi

17 tа mаqsаd belgilаb оlingаn

(Aldowaish, 2024). Ushbu maqsadlar nafaqat davlat uchun balki

kompaniyalrning ham barqaror rivojlanishi uchun ahamiyatlidir. ESG tamoyillari va Barqaror

rivojlanish maqsadlari (BRM) kesishishini quyidagi rasmda ham ko’rishimiz mumkin.

ESG va SDG o'rtasidagi hamohanglikni quyidagi jihatlarida ko’rishimiz mumkin.

1.

ESGning atrof-muhit (E) komponenti SDGning 13-raqamli maqsadi

iqlim

o‘zgarishiga qarshi kurashish bo’lsa, 7

-maqsad esa azon va toza energiya hisoblanadi.

2.

ESGning ijtimoiy (S) komponenti SDGning 9,4,3-maqsadlariga mos keladi, bu

maqsadlar kambag‘allikni kamaytirish, oziq

-

ovqat xavfsizligini ta'minlash, sog‘liqni saqlashni

yaxshilash, gender tengligini ta'minlash, sifatli ta’lim va ijtimoiy tenglikni oshirishni ko‘zda

tutadi.

3.

ESGning boshqaruv (G) komponenti SDGning 16-raqamli maqsadi bilan hamohangdir,

bu maqsad yaxshi boshqaruv, huquqiy davlat va tinchlikni ta'minlashni nazarda tutadi. Bu

uchta komponentning birlashuv qismida BRMning 17-

maqsadiini ya’ni Barqaror rivojlanish

y

o’lidagi hamkorlik turganini ko’rishimiz mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

16

2-rasm. ESG va BMT barqaror rivojlan

ish maqsadlari o’zaro aloqasi

(Cini and Ferrari, 2025)

Albatta loyihalarni moliyalashtirish jarayoni

ESG tamoyillariga mos kelishini

baholashdan

boshlanadi deyishimiz mumkin. Birinchi navbatda

Ekologik

jihatini baholash

ya’ni loyiha atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak (masalan, uglerod chiqindilari, suv

va energiya iste’moli, chiqindilarni kamaytirish). Keyingi bosqich esa

ijtimoiy ta’sir baholash

zarur hisoblanadi. Bunda loyiha jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, fuqarorlar va komponiyalar

xodimlar huquqlarini himoya qilishi kerak. Oxirgisi k

orporativ boshqaruv talablari bo’lib,

loyiha shaffof, hisobdor va korrupsiyadan xoli bo‘lishi lozimligi bilan baholanadi. Shuningdek,

loyihalarni baholashda reyting tizimlarning o’rni alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda ESG reytinglari barqarorlik ma‘lumotlarini strategik investitsiya qarorlariga qo‘shishga

intilayotgan investorlar uchun yagona ko‘rsatkich bo'lib turibdi [9]. Biz quyida ESG

reytinglarini berib boruvchi reytinglarini ko’rib chiqamiz va ularni baholash metadologiyasiga

ham to’xtalib otamiz.

ESG tamoyillari biznes sektori va investorlarni barqaror rivojlanish maqsadlariga mos

keladigan faoliyat yuritishga undaydi. BRM esa global miqyosda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik

barqarorlikni ta’minlash uchun yo‘nalish beradi. Shu sababli, ESG tamoyilla

rini kompaniyalar

faoliyatiga tatbiq etish BRMning amalga oshirilishiga yordam beradi. Shuningdek,
kompaniyalar uchun ESG va BRMning amaliy ahamiyati shundaki, ESG tamoyillarini joriy qilgan

kompaniyalar uzoq muddatli daromadlilik va barqaror o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Birinchidan,

risklarni kamaytiradi

atrof-

muhitga bog‘liq risklar (masalan, iqlim

o‘zgarishi yoki tabiiy resurslarning kamayishi) va ijtimoiy muammolar (masalan, mehnat

huquqlarining buzilishi natijasida kelib chiqadigan huquqiy javobgarlik) minimallashtiriladi.

Ikkinchidan,

kapital jalb qilishni osonlashtiradi

moliyaviy bozorlarda ESG mezonlariga

mos keladigan kompaniyalar ko‘proq investorlarni jalb qiladi, chunki institutsional investorlar

va suveren jamg‘armalar ko‘proq yashil investitsiyalarni qo‘llab

-quvvatlashadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

17

Uchinchidan,

raqobatbardoshlikni oshiradi

iste’molchilar va investorlar barqaror va

mas’uliyatli kompaniyalarga e’tibor qaratmoqda. ESG strategiyalarini tatbiq qilgan firmalar

bozorda ustunlikka ega bo‘ladi.

1-jadval

MSCI ESG Ratings va Sustainalytics agentliklarining ESG reytinglaridagi asosiy farqlar

va ularning tahlil qilish usullari

Xususiyat

MSCI ESG Ratings

Sustainalytics

Asosiy faoliyat

ESG reytinglarini taqdim etish va

kompaniyalarni tahlil qilish

ESG reytinglarini taqdim etish,

kompaniyalar va fondlarni baholash

ESG reyting tizimi

ESG reytinglari 'AAA' dan 'CCC' gacha

bo‘lgan to‘rtta asosiy darajaga ega

ESG reytinglari '1' dan '5' gacha bo‘lgan

darajalarda baholanadi

Reyting ko‘rsatkichi

Ekologik, ijtimoiy va boshqaruvning uchta

o‘zaro

aloqasini hisobga oladi

ESG tamoyillariga mos keladigan va har

bir sohada kompaniyalarni baholaydi

Baholash

metodologiyasi

Qiyosiy tahlil va muayyan kompaniyaning

ESG holatini baholash

Sifatli va miqdoriy ko‘rsatkichlarga

asoslangan baholash tizimi

Tahlil qamrovi

Global kompaniyalar va investitsiya

portfellari

Global kompaniyalar va investitsiya

portfellari

Qo‘llaniladigan

sanoatlar

11 ta sanoat sektori bo‘yicha ESG

reytinglari

11 ta sanoat sektori bo‘yicha ESG

reytinglari

Taqdim etiladigan

ma'lumotlar

ESG risklarining rivojlanishi, barqarorlik

strategiyalari, kompaniyaning ESG

muvaffaqiyatlari

ESG risklari, barqarorlik strategiyalari,

ESG muammolari va imkoniyatlar

ESG xavfi

Kompaniyaning ESG holatini o‘zgarishlar

va xavflarga asoslangan tahlil qiladi

ESG xavfini va kompaniyaning barqaror

rivojlanish uchun tayyorgarligini

baholaydi

Tegishli tashkilot

MSCI (Morgan Stanley Capital

International)

Sustainalytics (Morningstar)

Keng tarqalgan

ishlatilishi

Investitsiya portfellari va kapitalni

boshqarishda keng qo‘llaniladi

Investorlar tomonidan ESG

strategiyalarini qabul qilishda keng

qo‘llaniladi

Manba:

MSCI va Sustainalyticsning rasmiy saytlari yoki ularning ESG reytinglariga nashrlaridan

olingan umumiy tahlillarga tayangan holda tayyorlangan.

MSCI ESG Ratings

va

Sustainalytics

agentliklari ESG (Environmental, Social,

Governance) reytinglarini baholashda muhim o‘rin tutadi. Ularning asosiy farqlari va ishlash

metodologiyalari ESG tamoyillariga asoslangan qarorlar qabul qilishda, shuningdek, barqaror

investitsiyalarni yo‘naltiris

hda investorlar va tashkilotlarga yordam beradi. ESG reytinglari

kompaniyalar faoliyatini ekologik, ijtimoiy va boshqaruv tamoyillari bo‘yicha baholashda

ko’maklashadi.

Ushbu reytinglar investorlar uchun risklarni baholash, barqaror rivojlanish maqsadlariga

erishish va jamiyatga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan investitsiyalarni aniqlashda muhim vosita

hisoblanadi. ESG reytinglari kompaniyalarni ijtimoiy mas'uliyatni amalga oshirishga va atrof-

muhitni muhofaza qilishga undaydi.

Shuningdek, bu reytinglar kompaniyaning biznes strategiyasi va uzoq muddatli

muvaffaqiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyihalarni moliyalashtrishda ESG tamoyillarini joriy etishning keyin qismi sifatida

moliyalashtirish uchun maxsus moliyaviy vositalarga etibor qaratmog’imiz lozim (3

-rasm).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

18

ESG tamoyillariga mos loyihalar uchun investitsiyalarni jalb qilish va resurslarni samarali

boshqarish maqsadida turli moliyaviy instrumentlar ishlab chiqilgan. Jumladan:

Yashil obligatsiyalar (Green Bonds).

Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqarorlik

loyihalarini moliyalashtirish uchun chiqariladi.Masalan, qayta tiklanuvchi energiya,

chiqindilarni boshqarish, suv ta’minoti va ekologik transport loyihalariga yo‘naltiriladi.

Ijtimoiy obligatsiyalar (Social Bonds).

Ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan

loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. Masalan, arzon uy

-

joy dasturlari, sog‘liqni

saqlash infratuzilmasi, ta’lim, bandlikni qo‘llab

-quvvatlash loyihalari.

Barqarorlik obligatsiyalari (Sustainability Bonds)

. Yashil va ijtimoiy obligatsiyalarni

birlashtiruvchi moliyaviy vosita. Ham ekologik, ham ijtimoiy ta’sirga ega loyihalarni

moliyalashtirishga mo‘ljallangan. Masalan, uglerod emissiyasini kamaytirish bilan birga,

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar.

Yashil obligatsiyalar

Ijtimoiy obligatsiyalar

Barqarorlik obligatsiyalar

O’tkazish obligatsiyalar

Barqarorlik bilan bog’liq obligatsiyalar

Prognoz

3-rasm.

S&P Global Ratings agentligining obligatsiyalar bo’yicha ma’lumoti

(mlrd. dollar)

Barqarorlikga bog‘langan obligatsiyalar (Sustainability

-Linked Bonds, SLBs)

.

Emitentning ESG ko‘rsatkichlariga bog‘langan obligatsiyalar. Agar kompaniya

belgilangan ESG

maqsadlariga erisha olmasa, obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi oshishi mumkin. Masalan,

energiya samaradorligini oshirish yoki issiqxona gazlarini kamaytirish shartlari bilan
chiqariladi.

Barqarorlikka bog‘langan kreditlar (Sustainability

-Linked Loans, SLLs)

.

Kompaniyaning ESG ko‘rsatkichlariga bog‘langan kredit shartlari bilan beriladi. Agar

kompaniya belgilangan barqarorlik maqsadlariga erishsa, kredit stavkalari pasayishi mumkin.

ESG tamoyillarini joriy etishda maxsus moliyaviy vositalar loyihalarga barqaror

investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro bozorda ushbu vositalarga talab

ortib bormoqda, chunki ular uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni

ta’minlashga xizmat qiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

19

Xulosa va takliflar.

Loyihalarni moliyalashtirishda ESG tamoyillarining integratsiyasi uzoq muddatli

barqaror rivojlanish va investitsion jozibadorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. ESG

tamoyillariga asoslangan investitsiyalar nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, bal

ki

ekologik va ijtimoiy jihatdan ham ijobiy natijalarga olib keladi.

ESG tamoyillarining kompaniyalarning moliyaviy natijalariga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan

tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tamoyillarga rioya qiluvchi tashkilotlar kamroq moliyaviy

xavflarga duch keladi va investorlarning ishonchini oshiradi. Shu bilan birga, ESG tamoyillariga

muvofiq loyihalar uchun maxsus moliyaviy vositalar, xususan, yashil obligatsiyalar, ijtimoiy

obligatsiyalar va barqarorlik obligatsiyalari jahon moliya bozorida tobora muhim o‘rin

egallamoqda.

Shuningdek, ESG reytinglari kompaniyalarning moliyaviy strategiyalarini shakllantirish

va investitsiya jalb qilish jarayonida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. MSCI ESG Ratings va

Sustainalytics kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan taqdim etiladigan reyting tizimlari

investorlarga ESG tamoyillariga mos keladigan kompaniyalarni tanlashda yordam beradi. ESG

reytinglari korporativ boshqaruvning shaffofligi, ekologik ta’sirni kamaytirish va ijtimoiy

mas’uliyatni oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni rag‘batlantiradi

Shunday qilib, ESG tamoyillarining loyihalarni moliyalashtirishga integratsiyasi

kompaniyalarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va

investorlar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Kelgusida ESG tamoyillariga

asoslangan moliyaviy vositalarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish

bo‘yicha tadqiqotlar olib borish dolzarb masala hisoblanadi.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Alaa Aldowaish et al. (2024) How to Manage Conflicts in the Process of ESG Integration? A

Case of a Japanese Firm.

Cini F., Ferrari A, (2025)

Towards the estimation of ESG ratings: A machine learning approach

using balance sheet ratios, Research in International Business and Finance Volume 73, Part B

, 102653.

Clark, G. L., Feiner, A., & Viehs, M. (2015). From the Stockholder to the Stakeholder: How

Sustainability Can Drive Financial Outperformance. Rochester, NY: Social Science Research
Network.https://doi.org/10.2139/ssrn.2508281

Friede, G., Busch, T., & Bassen, A. (2015). ESG and Financial Performance: Aggregated

Evidence from More than 2000 Empirical Studies. Journal of Sustainable Finance & Investment, 5,

210-233.https://doi.org/10.1080/20430795.2015.1118917

SASB (2018) SASB. [online] Available at: https://sasb.ifrs.org/.https://www.cdp.net/en

Schoenmaker, D. and Schramade, W. (2019) Principles of Sustainable Finance. Principles of

Sustainable Finance, Oxford University Press, Available at SSRN:

https://ssrn.com/

abstract=3282699

.

United Nations (2025). The 17 Sustainable Development Goals. [online] United Nations.

Available at: https://sdgs.un.org/goals.

uzbekistan.un.org. (n.d.).

Barqaror rivojlanish maqsadlari | O’zbekistonda Birlashgan

Millatlar Tashkiloti jamoasi. [online] Available at: https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs.

Washington, B. and Paris, E. (2024). Credit Ratings. [online] Available at:

https://www.spglobal.com/_assets/documents/ratings/research/101593071.pdf.

Библиографические ссылки

Alaa Aldowaish et al. (2024) How to Manage Conflicts in the Process of ESG Integration? A Case of a Japanese Firm.

Cini F., Ferrari A, (2025) Towards the estimation of ESG ratings: A machine learning approach using balance sheet ratios, Research in International Business and Finance Volume 73, Part B, 102653.

Clark, G. L., Feiner, A., & Viehs, M. (2015). From the Stockholder to the Stakeholder: How Sustainability Can Drive Financial Outperformance. Rochester, NY: Social Science Research Network.https://doi.org/10.2139/ssrn.2508281

Friede, G., Busch, T., & Bassen, A. (2015). ESG and Financial Performance: Aggregated Evidence from More than 2000 Empirical Studies. Journal of Sustainable Finance & Investment, 5, 210-233.https://doi.org/10.1080/20430795.2015.1118917

SASB (2018) SASB. [online] Available at: https://sasb.ifrs.org/.https://www.cdp.net/en

Schoenmaker, D. and Schramade, W. (2019) Principles of Sustainable Finance. Principles of Sustainable Finance, Oxford University Press, Available at SSRN: https://ssrn.com/ abstract=3282699.

United Nations (2025). The 17 Sustainable Development Goals. [online] United Nations. Available at: https://sdgs.un.org/goals.

uzbekistan.un.org. (n.d.). Barqaror rivojlanish maqsadlari | O’zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti jamoasi. [online] Available at: https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs.

Washington, B. and Paris, E. (2024). Credit Ratings. [online] Available at: https://www.spglobal.com/_assets/documents/ratings/research/101593071.pdf.