Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.79635

Ключевые слова:

коммерческие банки сбережения депозиты кредиты активные и пассивные операции банка процентные ставки

Аннотация

Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit va kreditlari YIM ga nisbatan tendensiyasi va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha amaldagi holati tahlil qilingan. Tijorat banklari balansidagi depozit va kredit ko‘rsatkichlari statistik va qiyosiy tahlil qilinib, ularning mutanosibligini ta’minlash orqali bank riskini minimallashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

138


TIJORAT BANKLARIDA DEPOZIT BAZANING BARQARORLIGI ORQALI

KREDITLARNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI

PhD

Melikov Otabek Maxmadaminovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ORCID:0009-0006-1518-4107

o.melikov@dtpi.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit va kreditlari YIM ga nisbatan

tendensiyasi va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha amaldagi holati

tahlil qilingan. Tijorat banklari

balansidagi depozit va kredit ko‘rsatkichlari statistik va qiyosiy tahlil qilinib, ularning

mutanosibligini ta’minlash orqali bank riskini minimallashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar hamda

amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

Kalit soʻzlar:

tijorat banklari, omonat, depozit, kredit, bank aktiv va passiv operatsiyalari,

foiz stavkalari.

ПУТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ КРЕДИТОВАНИЯ ЗА СЧЕТ

УСТОЙЧИВОСТИ ДЕПОЗИТНОЙ БАЗЫ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ

PhD

Меликов Отабек Махмадаминович

Денауский институт предпринимательства и педагогики

Аннотация.

В данной статье проанализированы тенденции и текущее состояние

депозитов и кредитов коммерческих банков по отношению к ВВП на основе целевых

показателей. Проведен статистический и сравнительный анализ показателей
депозитов и кредитов в балансе коммерческих банков, а также сформулированы научные

предложения и практические рекомендации по минимизации банковских рисков за счет

обеспечения их сбалансированности.

Ключевые слова:

коммерческие банки, сбережения, депозиты, кредиты, активные

и пассивные операции банка, процентные ставки.

WAYS TO ENSURING THE EFFICIENCY OF LOANS THROUGH

THE STABILITY OF THE DEPOSIT BASE IN COMMERCIAL BANKS

PhD

Melikov Otabek Maxmadaminovich

Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Abstract.

This article analyzes the trends and current status of commercial banks' deposits

and loans relative to GDP, based on targeted indicators. The statistical and comparative analysis

of deposit and loan indicators in the commercial banks' balance sheets is conducted, and scientific

proposals along with practical recommendations are formulated to minimize bank risks by

ensuring their proportionality.

Keywords:

commercial banks, savings, deposits, loans, bank asset and liability operations,

interest rates.

UO‘K:

336.276.23

III SON - MART, 2025

138-144


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

139

Kirish.

Tijorat banklarining faoliyati birinchi navbatda depozitlarni jalb qilish va kreditlar

berishga qaratilgan. Depozitlarni jalb qilish bankning passiv faoliyati, kreditlash esa aktiv

operatsiya sifatida qaraladi. Kreditlash o‘z navbatida, jalb qilingan depozitlar hajmiga bevosita

bog‘liq bo‘lib bankning foydasi shakllanadi va banklarning samarali faoli

yat yuritishini

ta’minlaydi. Shu bilan birga bank kreditlari yangi loyixalarni moliyalashtirishning asosiy

manbai b

o‘

lib, YaIM ning

o‘

sishiga va

yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Adabiyotlar sharhi.

Prof. Abdullaevaning (2017)

fikricha bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul

mablag‘larini mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni foyda keltiruvchi aktivlarga

joylashtirishdan iborat. Bankning passiv va aktiv operatsiyalari o‘zaro chambarchas bog‘liq

bo‘lganligi sababli passivlarning tarkibi va xarakteri ko‘p jihatdan banklarning aktiv
operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga, resurslar xarakteriga

banklarning kreditlash siyosati ham ta’sir qiladi

.

Berdiyarovning (2017) fikricha tijorat banklari depozitlari va kreditlari miqdorining

o‘sishi tijorat banklari foiz siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. Bank tomonidan depozitlar
bo‘yicha o‘rnatiladigan foiz stavkalari, shuningdek, kreditlar bo‘yicha undirish uchun

belgilanga

n foiz stavkalari bankning depozit va kredit operatsiyalari hajmining o‘sishiga

bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Tagirbekovaning (2004)

xulosasiga ko‘ra, tijorat banki faoliyatining moliyaviy natijasi

foiz marjasining miqdori bilan belgilanadi. Foiz marjasining miqdori esa, bankning kredit-
depozit operatsiyalarining natijasida shakllanadi.

Azlarova va Abduraxmanovalarning (2019) fikricha, Aktivlar va passivlarni samarali

boshqarish quyidagilarga erishishni ta’minlaydi:

berilgan tavakkalchilik darajasida aktivlarning maksimal daromadlilik darajasini

ta’minlaydigan optimal tuzilmasini;

passivlarning moliyaviy ta’minot manbalarini jalb etish bo‘yicha xarajatlarni

minimallashtirishni ta’minlaydigan optimal tuzilmasini;

marjaning, ya’ni aktivlar daromadliligi va passivlar xarajatliligi o‘rtasidagi ijobiy

farqning, maksimal qiymatini ta’minlaydigan aktivlar va passivlar tuzilmasini.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot metodologiyasida keng

qo‘llaniladigan usullardan foydalanildi. Ilmiy tahlil jarayonida ana shu ilmiy tadqiqot

usullaridan, xususan, kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilishda esa sintez

va tahlil usullaridan keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Tijorat banklarining depozit operatsiyalari ularning resurs bazasida muhim o‘rin tutadi.

Depozit bazasi qancha katta va barqaror bo‘lsa, banklar shunchalik keng ko‘lamda aktiv

operatsiyalarni amalga oshira oladi. Depozitlar tijorat banklari resurslari tarkibida asosiy o‘rin

egallagani bois, ular kredit operatsiyalarini moliyalashtirishdagi eng asosiy manbalardan biri
hisoblanad (Melikov, 2025).

Depozit bazaning barqarorligi orqali tijorat banklari kreditlarining samaradorligini

ta’minlashdagi roli quyidagi namoyon bo‘ladi:

kreditlarning muddatlari muddatli depozitlarning muddatlariga mos kelishi;

depozitlar miqdori kreditlarga bo‘lgan talabni qondirish darajasida bo‘lishi;

kreditlarning foiz stavkalari bilan depozitlarning foiz stavkalari o‘rtasida

mutanosiblikning mavjudligi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

140

Kreditlarning muddatlarini depozitlarning muddatlaridan katta bo‘lishi bankda

transformatsiya riskini chuqurlashishiga olib keladi. Bu esa, bank kredit operatsiyalarining

samaradorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.

Kreditlarga bo‘lgan talabni qondirish birinchi navbatda tijorat banklari depozitlarining

еtarli darajada bo‘lishini taqozo etadi. Agar bankning depozit bazasi

еtarli bo‘lmasa, u holda,

kreditlarga bo‘lgan talabni qondirishning amalda iloji bo‘lmaydi. Shu sababli, tijorat banklari

depozit bazaning

еtarliligini ta’minlash masalasiga kreditlarga bo‘lgan talabni qondirishning

birlamchi sharti sifatida qarashlari lozim.

Tijorat banklari kreditlash amaliyotining samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan

biri

bu kreditlardan olinadigan daromadlarning barqarorligi hisoblanadi. O‘z navbatida,

kreditlardan olinadigan daromadlarning barqarorligi kreditlarning foiz stavkalari bilan

depozitlarning foiz stavkalari o‘rtasidagi mutanosiblikka bog‘liq.

2020

2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh

qilish

strategiyasida “Moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, faqatgina bozor

talablari asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga bo‘lgan qaramligini kamaytirish,

bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini

avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan

funksiyalarini bosqichma-

bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish”

bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarida

belgilab berilgan (Farmon, 2020).

Mazkur strategiyaning uchinchi ilovasida maqsadli ko‘rsatkichlarida banklarning

depozitlar va kreditlar hajmini mutanosib o‘sib borishi bo‘yicha rejalashtirilgan. Bunga ko‘ra

2025 yil yakunlariga ko‘ra bank depozitlari YaIM ga nisbati 25

-27 foizga

е

tkazilishi va bank

aktivlarining YaIMga nisbati 55 foizdan oshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari

depozitlarning bank majburiyalariga nisbati 50-60 foiz, hususiy (davlat ulushi ishtirok

etmagan) bank aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy hajmidagi ulushi 60 foizga

е

tkazilishi rejalashtirilgan.

1-rasm. Banklarning aktivlari, majburiyatlari, kreditlari va depozitlarining YaIM ga

nisbati (foizda)

Manba:

Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.


1-

rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki bank depozitlari YaIM ga nisbati o‘sish

tendensiyasiga ega bo‘lib 2020

-

2024 yillar davomida 4.04 foizga ortgan bo‘lsada 25

-27 foizlik

ko‘rsatkichlarga erishishda muammolar mavjud. Bank aktivlarining YaIMga nisbati maqsadli

ko‘rsatkichlar bo‘yicha 55 foizdan ishirilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa

da pasayish tendensiyasiga ega

bo‘lib 2024 yilda 42.9 foizni tashkil etgan. Bank depozitlarini va kreditlarini besh yillik davr

mobaynidagi tendsiyalarida nomutanosiblik mavjud.

17.18

19.04

21.77

20.07

21.22

41.5

39.8

39.2

39.1

36.7

54.8

54.2

55.9

54.1

52.9

46.1

45.6

47.9

46.1

45.0

0.00

10.00

20.00

30.00

40.00

50.00

60.00

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

Bank depozitlarining YaIMga nisbati

Bank kreditlarining YaIMga nisbati

Bank aktivlarining YaIMga nisbati

Bank majburiyatlarining YaIMga nisbati


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

141

2-

rasm. Banklarning kredit va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni jami aktivlarga

nisbati hamda bank depozitlarining jami majburiyatlarga nisbati (foizda)

Manba:

Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

2-

rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki bank kreditlarining jami aktivlardagi ulushi

pasayish

tendensiyasiga ega bulib 2020 yilda 75.7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 69.3 foizni

tashkil etgan. Bu holat jami aktivlar qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni ulushi ortib

borayotganligi bilan izohlanadi. Bank depozitlarining jami majburiyatlarga nisbati 2020-2024
yillar davomida 9.9 foizga ortib 47.2 foizni tashkil etgan.

3-rasm. Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) bank aktivlarining bank sektori

aktivlari umumiy hajmidagi ulushi (foizda)

Manba:

Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) bank aktivlarining bank sektori aktivlari

umumiy hajmidagi ulushi (3-rasm) 2020-

2024 yillar davomida 19.46 foizga ortgan bo‘lsada 60

foizlik maqsadli

ko‘rsatkichlarga erishishda muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.

Bank depozit va kreditlari foizlarining mutanosibligini tahlil qilishda kreditlardan olingan

foizli daromadlarni jami kreditlarga nisbati hamda muddatli depozitlar uchun qilingan

harajatlarni jami muddatli depozitlarga nisbatida olamiz.

75.7

73.4

70.1

72.3

69.3

2.6

4.4

5.7

5.0

7.7

37.3

41.8

45.4

43.5

47.2

0.0

10.0

20.0

30.0

40.0

50.0

60.0

70.0

80.0

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

Bank kreditlarining bank aktivlariga nisbati

Investitsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jami aktivlarga nisbati

Bank depozitlarining bank majburiyatlariga nisbati

15.13

18.54

21.84

32.26

34.59

-

5.00

10.00

15.00

20.00

25.00

30.00

35.00

40.00

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

142

4-

rasm. «O‘zmilliybank» AJ ning o‘rtacha kredit va depozitlari foiz stavkasi hamda

muddatli depozitlarining jami kredit va lizinlarga nisbati

Manba:

«O‘zmilliybank» AJ ning hisobotlari asosida muallif

tomonidan tayyorlangan.

Kredit va lizinglar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 2020 yilda 6.8 foiz bo‘lib, 2024 yilda 9.5

foizni tashkil etgan. Kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi muddatli depozitlarning o‘rtacha foiz

stavkasidan kam bo‘lgan. Muddatli depozitlarning o‘rtacha foiz stavkasi 2020 yilda 8.9 foiz
bo‘lib 2024 yilda 10.9 foizni tashkil etgan. Muddatli depozitlarning o‘rtacha foiz stavkasi bu

davrda nobarqaror tendensiyaga ega. Jami kredit va lizinglar hajmida muddatli depzitlarning

u

lushi o‘sish tendensiyasida bo‘lsada, ammo 2024 yilda 20.7 foizni tashkil etib salmog‘i

kamligicha qolmoqda.

5-rasm. «Hamkorbank» ATB

o‘rtacha kredit va muddatli depozitlari foiz stavkasi

hamda muddatli depozitlarining jami kredit va lizinlarga nisbati

Manba:

Hamkorbank ATB ning hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

«Hamkorbank» ATB ning Kredit va depozitlarlarning foiz stavkalari mutanosib

tendensiyada ekanligini ko‘rsatadi (5

-

rasm). Shunday bo‘lsada depozitlar bilan taminlanganlik

darajasini nobarqaror tendensiyada ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

6.8

6.4

8.0

8.7

9.5

8.9

6.8

9.8

8.0

10.9

10.3

13.8

13.1

18.4

20.7

0.0

5.0

10.0

15.0

20.0

25.0

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

Kredit va lizinglar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi

Muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi

Muddatli depozitlarni jami kredit va lizinglarga nisbati

17.3

17.1

15.9

17.5

17.6

14.6

13.3

12.1

12.2

14.3

32.5

26.1

27.1

34.4

27.6

0.0

5.0

10.0

15.0

20.0

25.0

30.0

35.0

40.0

2019 yil

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

Kredit va lizinglar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi

Muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi

Muddatli depozitlarni jami kredit va lizinglarga nisbati


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

143

Tijorat banklarining daromad bazasiga baho berishda sof foizli marja ko‘rsatkichi muhim

o‘rin tutadi. Sof foizli marja bank aktivlari miqdoriga teskari proporsional bo‘lib, kreditlar va

depozitlar bozoridagi yuqori darajadagi raqobat uning darajasiga kuchl

i ta’sir ko‘rsatadi.

%

100

*

A

C

D

M

p

p

fact

=

bu

е

rda:

fact

M

- amaldagi foiz marja;

p

D

- foizli daromad;

p

C

- foizli xarajat.

1-jadval

«O‘zmilliybank» AJ va Hamkorbank ATB larning

sof foizli marja ko‘rsatkichi (foizda)

Bank nomi

2019 yil

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

«O‘zmilliybank» AJ

2,3

3,3

3,2

4,5

4,2

Hamkorbank ATB

6,1

6,4

6,3

6,7

7,8

Manba:

«O‘zmilliybank» AJ va

Hamkorbank ATB larning hisobotlari asosida muallif tomonidan

tayyorlandi.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan yuqoridagi sof foizli marja

ko‘rsatkichi uchun 4.5 foiz me’yoriy darajalar tavsiya etilgan. Tahlil qilgan davr

mobaynida

ikkala bankda ham sof foizli marja ko‘rsatkichi tendentsiyasi ijobiy bo‘lsada, biroq

«O‘zmilliybank» AJ da Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan tavsiya

etilgan me’yoriy darajadan past ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Tahlil natijalari bo‘yicha quyidagi mammolar aniqlandi:

2020

2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh

qilish strategiyasi maqsadli korsatkichlari bo‘yicha:

Bank aktivlarining YAIMga nisbati 55 foiz

еtkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, 2022

-2024

yillar mobaynida pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib 2024 yilda 52.9 foizni tashkil etgan

Bank depozitlari YaIM ga nisbati 25-27 foizga

еtkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsada 2024

yilda 21.22 foizni tashkil etgan;

Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar aktivlarining bank sektori aktivlari

umumiy hajmidagi ulushi 60 foiz rejalashtirilgan bo‘lsada 2024 yilda 34.59 foizni tashkil etgan:

Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati 50-60 foizga

е

tkazilishi rejalashtirilgan

bo‘lsada, 2024 yilda 47.2 foizni tashkil etgan

Bundan tashqari

«O‘zmilliybank» AJ da kreditlat va muddatli depozitlar foizlarining

mutanosibligi ta’minlanmagan, muddatli depozitlarning o‘rtacha foizidan kredit va
lizinglarning o‘rtacha fozi past;

«O‘zmilliybank» AJ

va Hamkorbank ATB larda kreditlarning barqaror resurs hisoblangan

muddatli depozitlari bilan ta’minlanish darajasi past va nobarqaror tendensiyaga ega;

«O‘zmilliybank» AJ

da

sof foizli marja ko‘rsatkichi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

ekspertlari tomonidan

tavsiya etilgan 4.5 foiz me’yoriy darajadan kam ekanligini ko‘rishimiz

mumkin.

Kreditlashda asosan mikroqarzlar berilishida mijoz va bank o‘rtasida 40

-50 atrofida

shartnomalar imzolansada mijoz tomonida kechiktirilgan kunlar hisobiga shartnomalarda

peniya va ortiqcha foizlar evaziga kredit foizi va peniyasi bilan qo‘shib hisoblaganda

200-300

foizlik kreditlash kreditlash amaliyotlari kuzatilmoqda. Natijada o‘z vaqtida to‘lashga imkoni

е

tmagan jismoniy shaxslar tomonidan umuman kredit qaytara olmaslik riski yuzaga kelmoqda.

Markaziy bankning “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish

to‘g‘risidagi” Nizomning 11

-

bandida bu holatlar bo‘yicha cheklovlar qo‘yilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

144

Xulosa va takliflar.

Muddatli depozitlarning majburiyatlar hajmidagi ulushini oshirish. Bunda aholining

omonatlari jozibadorligini yanada oshirish, aksiya va bonusli tizimlar tashkil etish, sun’iy

intelektdan samarali foydalangan holda shaxsiylashtirilgan (mijozlar tomonidan omonat

sha

rtlarni ma’lum chegaralar asosida o‘z ehtiyoji uchun moslash) omonatlar taklif etish;

Bank risklarini kamaytirish maqsadida bank muddatli depozitlarning foizi bilan

kreditlarning foizi

o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash, shu jumladan banklarning deposit

siyosati va kredit siyosatini ishlab chiqishda muvofiqlikni ta’minlash ;

2020

2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh

qilish strategiyasida

gi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha har bir bank bo‘yicha zarur

chora-

tadbirlarni qo‘llash.

Tijorat banklarning asosiy xizmatlari hisoblangan depozit va kredit xizmatlari

mutanosibligi ya’ni,

miqdori, foizi va muddatlari b

o‘yicha muvofiqligi risk darajasining

pasayishiga,

rentabillik ko‘rsatkichlarining oshishiga va natijada bank tizimining samarali

faoliyat yuritilishiga olib keladi.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Abdullayeva Sh.Z. (2017) Bank ishi. Darslik/

–T.: “Iqtisod

-

Moliya” , 103

-b.

Berdiyarov B. (2017) Tijorat banklari foiz siyosatining

likvidlilikka ta’siri. “Iqtisodiyot va

innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentabr

-oktabr.

Тагирбекова

К

.

Р

. (2004).

Организация деятельности коммерческого банка. –

Москва:

Весь Мир,–

848 с.

Azlarova A.A., Abduraxmanova M.M. (2019). Tijorat banklarining resurslarini boshqarish.

O‘quv qo‘llanma. –

T.: Iqtisodiyot, -311 b.

Melikov O. (2025). Tijorat banklari depozit xizmatlari amaliyotini takomillashtirish. Yashil

Iqtisodiyot Va Taraqqiyot, 3(2), 7

12.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14872169

Farmon (2020)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF

-5992-sonli

“2020

-

2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish

strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni//QHMMB:06/205992/0581

-son. 13.05.2020 y.

Библиографические ссылки

Abdullayeva Sh.Z. (2017) Bank ishi. Darslik/–T.: “Iqtisod-Moliya” , 103-b.

Berdiyarov B. (2017) Tijorat banklari foiz siyosatining likvidlilikka ta’siri. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentabr-oktabr.

Тагирбекова К.Р. (2004). Организация деятельности коммерческого банка. – Москва: Весь Мир,– 848 с.

Azlarova A.A., Abduraxmanova M.M. (2019). Tijorat banklarining resurslarini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot, -311 b.

Melikov O. (2025). Tijorat banklari depozit xizmatlari amaliyotini takomillashtirish. Yashil Iqtisodiyot Va Taraqqiyot, 3(2), 7–12. https://doi.org/10.5281/zenodo.14872169

Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni//QHMMB:06/205992/0581-son. 13.05.2020 y.