Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
178
MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION-INVESTITSION SALOHIYATINI
TADQIQ QILISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
Qudratov Zafar G‘aybullayevich
Sirdaryo biznes va texnologiyalar universiteti
akash7509@rambler.ru
Annotatsiya.
Jahonda keyingi yillarda innovatsion salohiyatni, xususan, ilmiy-texnik,
investitsion, intellektual, infratuzilmaviy va malakali ishchi kuchi salohiyatini oshirish, ulardan
samarali foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor ber
ilmoqda. Shundan kelib
chiqqan holda, mazkur maqolada milliy iqtisodiyotning innovatsion-investitsion salohiyatidan
samarali foydalanish имкониятлари
ochib berilgan va bu borada mualliflik yonlashuvlari ilgari
surilgan.
Kalit so‘zlar:
milliy
iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish,
invеstitsion jozibadorliк, инновация,
innovatsion klaster, innovatsion salohiyat.
ТЕОРЕТИКО
-
МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ИННОВАЦИОННО
-
ИНВЕСТИЦИОННОГО ПОТЕНЦИАЛА НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ
Кудратов Зафар Гайбуллаевич
Сырдарьинский Университет бизнеса и технологий
Аннотация.
В последующие годы в мире уделяется особое внимание научным
исследованиям, направленным на повышение инновационного потенциала, в частности,
научно
-
технического, инвестиционного, интеллектуального, инфраструктурного и
квалифицированного потенциала рабочей силы, их эффективное использование. Исходя из
этого, в данной статье раскрыты возможности эффективного использования
инновационно
-
инвестиционного потенциала национальной экономики
и выдвинуты
авторские подходы в этом направлении.
Ключевые слова:
национальная экономика, экономический рост, инвестиционная
привлекательность, инновации, инновационный кластер, инновационный потенциал.
THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE STUDY OF THE
INNOVATION AND INVESTMENT POTENTIAL OF THE NATIONAL ECONOMY
Kudratov Zafar Gaibullaevich
Syrdarya University of Business and Technology
Abstract.
In the following years, the world pays special attention to scientific research aimed
at increasing the innovative potential, in particular, scientific and technical, investment, intellectual,
infrastructural and qualified potential of the workforce, and their effective use. Based on this, this
article reveals the possibilities of effective use of the innovation and investment potential of the
national economy and puts forward the author's approaches in this direction.
Keywords:
national economy, economic growth, investment attractiveness, innovation,
innovation cluster, innovation potential.
UO
‘
K: 331.5.024.54
IV SON - APREL, 2024
178-183
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
179
Kirish.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi bir qator o‘zaro bog‘liq jihatlar b
ilan tavsiflanadi.
Birinchidan,
innovatsion salohiyatning iqtisodiy mazmuni va innovatsion salohiyat
to‘g‘risidagi turli xil kontsep
tsiyalar evolyutsiyasi
ni o‘rgan
adi.
Ikkinchidan,
milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining shakllanishi va uning
o‘zgarishiga
ta’sir qiluv
chi omillari,
mаmlаkаtimiz invеstitsion jozibadorligini oshirishda investitsion fаоliyatini
tаrtibgа sоlishning mе`yoriy
-
huquqiy аsоslаrini
yoritish jarayonini bashorat qilishga imkon
beradi.
Uchinchidan,
mamlakatimiz innovatsion salohiyatidan foydalanishning holati tahlili va
undan foydalanish darajasini baholash uslubiyatini tahlil qiladi hamda
milliy iqtisоdiyotdа
invеstitsiyalаrning iqtisоdiy o‘sish sifаtigа tа`siri sаmаrаdоrligining qiyosiy tаhlilini amalga
oshirish yangicha yondashuvlardan foydalanish
ni ko‘zda tuta
di.
To‘rtinchidan
,
invеstitsiyalаrdаn sаmаrаli fоydаlаnishning хоrij tаjribаsi vа undаn milliy
iqtisodiyotdа fоydаlаnish imkоniyatlаrini tadqiq eti
sh.
Beshinchidan,
davlat iqtisodiy siyosatining aniq belgilangan maqsadlari doirasida amalga
oshirilayotgan investitsion salohiyatning
barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashни taqozo qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Turli xil mamlakatlar innovatsion salohiyatidan foydalanish darajasini oshirishning nazariy-
uslubiy jihatlari ko‘plab xorij olimlari tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan (
Schumpeter,
1912).
Innovatsion salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirishning ilmiy-amaliy jihatlarini
o‘rganish bilan bog‘liq
tadqiqot ishlari MDH mamlakatlaridagi qator olimlarning izlanishlarida ham
ma’lum dara
jada tadqiq etilgan (Petrovskaya, 2009).
Vaxabovning (2011) fikriga ko‘ra, ishlab chiqarish resurslarining moddiy
-
ashyoviy o‘lchamlari
yordamida iqtisodiy salohiyatning
miqdoriy ko‘rsatkichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Shuningdek, Nurimbetov va Madraximovlar (2017) tadqiqotlarida iqtisodiy salohiyat
tushunchasiga “...iqtisodiy tizimning mahsulot ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlanish masala
larini yecha olish qobiliyatlari majmuasidir”
o‘z
tadqiqotlarida
to‘xtalib
o‘tadi.
Bir qator xorijlik tadqiqotchilar
и
qtisodiy adabiyotlarda innovatsion salohiyat tushunchasi
asosan ilmiy, intellektual, ilmiy-texnik salohiyat bilan tenglashtiriladi (Santo, 2006).
Umuman olganda tadqiqotchilar tomonidan
инвестицион
salohiyat darajasini
o‘
rganish
borasida keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, iqtisodiy islohotlarning
yangi bosqichida mazkur tushunchani ilmiy bilishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda
tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolaning asosiy kontseptsiyasini investitsion jozibadorlikni
ta’minlashning
iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib berish tashkil qiladi. Tadqiqot kontseptsiyasidan kelib
chiqqan holda,
инвестицион
салоҳиятнинг
talqini borasida turli mahalliy va xorijiy
tadqiqotchilarning qarashlari
o‘
zaro solishtirildi, ularning farqlovchi va
o‘
xshash jihatlari alohida
guruhlarga ajratilgan holda, investitsion salohiyatning mintaqaviy hususiyatlari borasida
mualliflik yondashuvi ishlab chiqildi. Maqolada ilgari surilgan mualliflik yondashuvlari va
qarashlarini asoslash maqsadida ilmiy bilishning analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya,
tarixiylik, umumlashtirish,
o‘
zaro taqqoslash kabi usullaridan keng foydalanishga harakat qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi kunda ilmiy-
texnikaviy sohaning, ya’ni, fan, ta’lim, texnika taraqqiyo
ti, texnologiya
bozorining rivojlanishi iqtisodiy o‘sishning barqaror davom etishi uchun asos yaratib, ijtimoiy
-
iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim omillardan biri sanaladi. Innovatsion salohiyat
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida imkoniyatlarni kengaytiradi, kapital va tabiiy resurslarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
180
tejaydi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holatda fan texnika taraqqiyoti hamda ishchi kuchi
innovatsion faolligi qanchalik
yuqori bo‘lsa, jamiyatda ham shuncha katta innovatsion salohiyat
vujudga keladi.
“Innovatsion salohiyat” tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi. Iqtisodiy
salohiyatning ajralmas qismi sifatida innovatsion salohiyat ishlab chiqarish kuchlari va ishlab
chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi murakkab mexanizm bilan belgilanadi. Bundan ke
lib chiqqan
holda innovatsion salohiyat: bir tomondan, innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan turli xil resurslar to‘plami; ikkinchidan, turli xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy
munosabatlar tizimini takomillashtirish jarayonida innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun
umumiy innovatsion salohiyatni shakllantirishga qaratilgan majmua hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsion salohiyat tushunchasi asosan ilmiy, intellektual, ilmiy-
texnik salohiyat bilan tenglashtiriladi. Ilmiy izlanishlar aksariyat tadqiqotlarda mualliflar
innovatsion salohiyatning ayrim tomonlarini tadqiq qilishgan va masalaga bir tomonlama
yondashishganligini k
o‘rsatdi.
Shundan kelib chiqqan holda,
innovatsion salohiyat
deganda, birinchidan, innovatsion
faoliyatni amalga oshiruvchi turli xil resurslar majmui, ikkinchidan, takror ishlab chiqarish
jarayonida innovatsion salohiyatni shakllantirishga qaratilgan xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar tushuniladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, har bir ta’rif to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri innovatsion salohiyat va ресурслар
билан таъминланганлик darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtirish imkonini beradi.
Iqtisodiy salohiyat yagona iqtisodiy tizimini tashkil etuvchi ishlab chiqarish kuchlari va
ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zaro aloqalarini namoyon etadi. Ishlab chiqarish
munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy ko‘rinishidir. Ular birgalikda h
ar bir ishlab
chiqarish usulining ikki tomonini tashkil qiladi va ishlab chiqarish kuchlari hamda
munosabatlarining rivojlanish qonuniyatlari tavsifiga ko‘ra o‘zaro bog‘liqdir (1
-rasm).
1-rasm. Iqtisodiy salohiyat ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish
munosabatlarining o‘zaro harakati sifatida
(Samadqulov, 2023)
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda,
iqtisodiy salohiyat
deganda - bir tomondan,
jamiyat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun za
rur bo‘lgan moddiy va
nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan yalpi iqtisodiy resurslar,
boshqa tomondan esa, ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish sohalarida
IQTISODIY
SALOHIYAT
ISHLAB CHIQARISH KUCHLARI
SALOHIYATI
Iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish
imkoniyatini beruvchi iqtisodiy resurslar
Iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun
ijtimoiy munosabatlar tizimining shakllanishi
IQTISODIY MUNOSABATLAR
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
181
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun
qobiliyatlar yig‘indisini shakllantirish bo‘yicha xo‘jalik
faoliyatining turli sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy
-iqtisodiy tizimi tushuniladi.
Innovatsion rivojlanishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ichki va tashqiga ajratилаdi. U
ichk
i omillarga innovatsion faoliyat sub’yekti bevosita o‘zi ta’sir qila oladigan omillarni kiritadi.
Innovatsion rivojlanishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning soni sezilarli darajada ko‘proq (1
-
jadval).
Innovatsion salohiyatga ta’sir qiluvchi omillar tizim
i eng avvalo, tanlangan tasnifiy belgilarga
bog‘liqdir.
Shuning uchun ham innovatsion rivojlanishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tasniflanishi
muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Fikrimizcha, innovatsion salohiyat va uning oshishiga ta’sir qiluvchi om
illarni ajratish
bo‘yicha yuqorida tahlil qilingan turli xil yondashuvlardan kelib chiqib, ularni innovatsion
salohiyat rivojlanishiga ta’sir qilish tavsifiga, nazorat qilish darajasiga va paydo bo‘lish manbasiga
ko‘ra mezonlarga ajratgan holda tasniflash
maqsadga muvofiq.
B.Kamiljanov
milliy iqtisodiyotda innovatsion salohiyatning ko‘lami, o‘zgarish sur’atlari va
uning ichki tarkibini belgilab beruvchi bir qator omillarni ajratib ko‘rsatadi:
-
ichki va tashqi bozorda mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida uni
yangilash hamda texnik-eksplutatsion darajasini oshirish;
-
xalqaro ilmiy-
texnik hamkorlik sur’atlarini jadalllashtirish va shu orqali
jahon bozoriga
chiqish;
-
ilmiy tadqiqotlar va texnik ishlanmalar natijalarini tez o‘zlashtirish va ommaviy
tarqatish;
-
tarkibiga ilmiy va muxandis-texnik xodimlar kiruvchi kadrlar salohiyatini saqlab qolish
hamda innovatsion faoliyat bilan kam bog‘langan sohalarga yuqori malakali kadrlarning
o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik (Kamiljanov, 2007).
1-jadval
Innovatsion rivojlanish omillari
(Suyazov, 2011)
Ichki omillar
Tashqi omillar
1.
Ilmiy-texnik salohiyat.
2.
Subyektlarning
innovatsion
qobiliyati.
3.
Kadrlar salohiyati.
4.
Axborot resurslari.
5.
Marketing salohiyati.
6.
Boshqaruv salohiyati.
7.
Moliyaviy resurslar.
1.
Innovatsion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi.
2.
Iqtisodiyot turli sohalarining rivojlanish tendentsiyasi.
3.
Ma’lum bozorlarda raqobat tavsifi.
4.
Innovatsiyalarga bo‘lgan to‘lovga qobiliyatli talab.
5.
Mamlakat va mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy holat.
6.
Ta’lim sifati.
7.
FTT tendentsiyasi.
8.
Iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari.
9.
Davlatning innovatsion siyosati.
10.
Xalqaro raqobat va mehnat taqsimotining ta’siri.
Aksariyat olimlar innovatsion salohiyatga ta’sir qiluvchi omillar sifatida uning tarkibiy
qismlarini ajratib ko‘rsatad
ilar. Masalan, I.Tatarintseva innovatsion salohiyat elementlarini
ifodalovchi moliyaviy, ilmiy-texnik, tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik vositalarni omillar sifatida
ko‘rib chiqadi (Tatarintseva, 2007)
Hozirgi vaqtda ishchi kuchi resurslari innovatsion salohiyat rivojlanish omillari ichida
nisbatan tez ta’sir qiluvchi omil bo‘lib bormoqda, chunki, yuqori malakali kadrlar, ilmiy
tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni import qilish yoki axborot texnologiyalarini ko‘llagan
holda masofadan turib ulardan foydalanish imkoniyati mavjud. Texnologik-ishlab chiqarish omili
mavjud ishlab chiqarish bazasi hamda yangi korxonalarni, shu jumladan, venchur korxonalarini
yaratish hisobiga shakllanadi. Milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatini oshirishga ta’sir qiluvchi
asosiy omilla
r qatoriga innovatsion faoliyatni qo‘llab
-
quvvatlashga qaratilgan, ya’ni, ilm
-fan,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
182
ta’lim, ishlab chiqarish, soliq, ijtimoiy soha, moliya
-
kredit, tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor
yo‘nalishlarni belgilab beruvchi davlatning innovatsion siyosati
kiritiladi.
Xorijiy tadqiqotchilarning инновацион салоҳиятни белгилайдиган ko‘rsatkichlar tizimini
tahlil qilish ular ko‘pincha ko‘rsatkichlarning miqdoriy jihatlariga emas, aksincha sifat bilan
bog‘liq qirralariga katta e’tibor qaratishlarini ko‘rsatadi, bunda erki
nlik, baxtlilik, ekologik omillar,
sog‘liqni saqlash va innovatsiya kabi sifat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot jarayonida amalga oshirilgan o‘rganishlar innovatsion
salohiyat kabi murakkab va
ko‘p o‘lchovli kategoriyani tavsiflashda muayyan bir ko‘rsatkichlar majmui bilan cheklanib
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Investitsion muhitni shakllantirish borasida amalga oshiriluvchi
tadqiqotlarning tavsifi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy rivojlanishni tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar farqlanadi.
O‘rganish natijalari innovatsion salohiyatni ilmiy jihatdan tadqiq qilgan mutaxassis va
olimlar mutaxassislarning bilim saviyasi innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlang
anlik holati
kabilar ta’sir qilishi borasida yax
lit qarashlarni ilgari suradilar.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini oshirishda institutsional
omillarning ahamiyati juda katta ekanligi o‘z isbotini topdi. Shuning uchun ham insti
tutsional-
huquqiy shart-sharoitlarni takomillashtirmasdan turib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va
diversifikatsiya qilishning iloji yo‘qligi ko‘pchilikka ma’lum haqiqatdir. Mavjud institutlarni
rivojlantirish bilan birga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi institutlarni yaratish hozirgi
kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni
tez va sekin ta’sir qiluvchi omillarga ajratish mumkin. Chunki iqtisodiyotnin
g globalizatsiya
sharoitida ko‘pgina omillarni boshqa hududlardan ko‘chirib olib kelish mumkin. Masalan, ilmiy
-
texnik, ishlab chiqarish-texnologik va axborot resurslarini boshqa davlatdan yoki hududdan
import qilish imkoniyati mavjud. Moliyaviy resurslarni
ko‘paytirish maqsadida innovatsion
salohiyat omillarining tezligini oshirishga imkon yaratuvchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
mumkin.
Tahlillarimiz natijasida ayttish mumkinki,
investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisоdiy vа kichik sаnоаt zоnаlаri vа turizmni rivоjlаntirish
mаsаlаlаri bo‘yichа
imkoniyatlari va ko‘lamiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Jаlb etilаyotgаn хоrijiy vа ichki invеstitsiyalаr faoliyat yuritayotgan ustuvоr tаrmоqlаrdаgi
korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
nomenklaturasini ke
ngaytirish va raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha amal
ga oshirilayotgan
choralar mаmlаkаt iqtisоdiyotining yanada rivojlanishini ta`minlashi vа quyidаgi vаzifаlаr ijrоsigа
хizmаt qilishi zаrur:
1. Hududlаrning ishgа sоlinmаgаn imkоniyat vа zаxirаlаrini izlаb tоpish vа ishgа sоlish;
2. Hududlаrdа аhоli bаndligini tа`minlаsh mаqsаdidа yangi vа dоimiy tаvsifgа egа bo‘lgаn ish
o‘rinlаri yarаtish;
3. Hududlаrgа хоm аshyo vа mаtеriаllаrni sаnоаt usulidа qаytа ishlаsh imkоnini bеruvchi
sаnоаt tехnоlоgiyalаri vа yangi bоshqаruv usullаrini оlib kirish;
4. Хоrijiy vаlyutа tushumlаrini оshirish mаqsаdidа ekspоrtgа yo‘nаltirilgаn ishlаb
chiqаrishlаrni tаshkil etish;
5. Hududlаrdаgi ijtimоiy muаmmоlаrni hаl etish;
6. Hududlаrning nоyob ustunliklаrini ro‘yobgа chiqаrish;
7. Hududlаrning mаmlаkаt iqtisоdiyotidаgi o‘rnini mustаhkаmlаsh;
8. Аhоli dаrоmаdlаrini оshirish vа hududiy ijtimоiy infrаtuzilmаni yaхshilаsh vа b
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
183
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Kamiljanov B.I. (2007) Innovatsiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish. Monografiya. -
T.: Fan. - 162 b.
Matkuliyeva S., Begimqulov J. (2024) MARKETING ASOSIDA TURISTIK XIZMATLARNI
RIVOJLANTIRISHNING HUDUDIY JIHATLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 2. –
№. 2. –
С. 155
-
164.
Nurimbetov R.I. (2017) Innovatsion salohiyat
–
zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish
poydevori. BIZNES-
EKSPERT. №5. 46
-56 b.
Samadqulov M.I. (2023) Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish
y
o‘llari. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan
dissertatsiya. Toshkent.
Schumpeter J. (1912) Theorie der wirtschaftlichen Entwicklung
–
Berlin: Duncker & Humblot.
Абдувохидов А.А., Тошбоев Б.Б. (2021) Ҳудудда импорт ўрнини босиш сиёсатини амалга
ошириш механизми //Журнал Инновации в Экономике. –
.
–
Т.
4.
–
№.
10.
Вахабов А.В.
(2011)
Барқарор иқтисодий ўсиш омиллари. // Бозор, пул ва кредит.
-
Т.:
6/2011. 38-
42 б.
Маткулиева С., Ваисов Д. (2023) MINTAQA IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA KICHIK
BIZNESNING AHAMIYATI VA ROLI (Xorazm viloyati misolida)
//НАУЧНО
-
ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ
ЖУРНАЛ “MA'MUN SCIENCE”. –
Т. 1. –
№. 2.
Петровская Ж.А.
(2009)
Влияние инновационного потенциала на экономический рост.
//
Дисссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук.
-
Саратов. –
161 с.
Суязов В.Н.
(2011)
Комплексная оценка эффективности инновационного развития
научно
-
производственных организаций. // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05
-
Саратов,.
-
с.24.
Татаринцева И.В.
(2007)
Управление инновационным потенциалом региона на основе
эффективных методов его оценки и анализа. // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05
Орлове, гос. техн. ун
-
т.
-
Орел,
-
с.22.
