Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
78
DIVERSIFIKATSIYA TUSHUNCHASI, UNING MILLIY VA XALQARO DARAJADA
TASHKIL ETISH SHAKLLARINI TALQIN ETISH HUSUSIYATLARI
Bultakova Sadoqat Qudratovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0002-2141-3552
Annotatsiya.
Maqolada diversifikatsiya atamasi uning tarixi va yevropa, rus, o`zbek
olimlarning bu borada bergan ta`riflari keltirilgan va muallif tomonidan ham ta`rif berilgan.
Diversifikatsiyaning globallashuv jarayonida xizmatlar sohasidagi o`rni, ahamiyati va uning
turlari tahlil qilingan. Raqobatli bozor sharoitida diversifikatsiya qanday yordam bera olishi
yoritib berilgan bo`lib, u orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkinligi, u bozorda o`z
o`rniga ega bo`lishi, xatarlarni baholay olish qobiliyatiga ega bo`lishi, resurslarni to`g`ri taqsimlay
olishi, iqtisodiy tanazzulga chidamlilik, sohaga oid qiyinchiliklarga yechim kabilarga bardosh
bera olishi mumkinligi haqida batafsil keltirib o`tilgan. Xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali
mijozlarni ko`paytirish, ularning sodiqliligiga erishish mumkinligi to`g`risida maqolada
ma`lumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar:
gorizontal diversifikatsiya, vertikal diversifikatsiya, lateral diversifikatsiya,
konsentrik diversifikatsiya, markazlashtirilgan diversifikatsiya, xizmatlarni diversifikatsiya
qilish, kompaniya brend imiji, bozorni diversifikatsiya qilish, raqobatbardoshlik.
ПОНЯТИЕ ДИВЕРСИФИКАЦИИ, ОСОБЕННОСТИ ИНТЕРПРЕТАЦИИ ЕГО
ФОРМЫ НА НАЦИОНАЛЬНОМ И МЕЖДУНАРОДНОМ УРОВНЕ
Бултакова Садокат Кудратовна
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье представлены термин диверсификация, его история и
определения, данные на этот счет европейскими, российскими, узбекскими учеными, а
также автор дает определение. Анализируются роль, значение и виды диверсификации в
сфере услуг в процессе глобализации. Объясняется, как диверсификация может помочь в
условиях конкурентного рынка, благодаря чему можно достичь финансовой
стабильности, иметь собственное место на рынке, иметь возможность оценивать
риски, уметь правильно распределять ресурсы, подробно упоминается, что он может
противостоять экономическому спаду, решению проблем, связанных с сектором. В
статье представлена информация о возможности увеличения клиентов и достижения
их лояльности за счет диверсификации услуг.
Ключевые слова:
горизонтальная диверсификация, вертикальная диверсификация,
латеральная диверсификация, концентрическая диверсификация, централизованная
диверсификация, диверсификация услуг, имидж бренда компании, диверсификация рынка,
конкурентоспособность.
UO
‘
K: 330.135
IX SON - SENTYABR, 2024
78-86
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
79
THE CONCEPT OF DIVERSIFICATION, FEATURES OF INTERPRETING ITS FORM OF
ORGANIZATION AT THE NATIONAL AND INTERNATIONAL LEVEL
Bultakova Sadokat Kudratovna
Samarkand Institute of Economics and Service
Annotation.
The article presents the term diversification, its history and definitions given
on this subject by european, russian, uzbek scientists, and the author also gives a definition. The
role, significance and types of diversification in the service sector in the process of globalization
are analyzed. It explains how diversification can help in a competitive market, thanks to which
you can achieve financial stability, have your own place in the market, be able to assess risks, and
be able to correctly allocate resources. , it is mentioned in detail that it can withstand the economic
downturn, addressing the problems associated with the sector. The article provides information
on the possibility of increasing customers and achieving their loyalty through diversification of
services.
Keywords:
horizontal diversification, vertical diversification, lateral diversification,
concentric diversification, centralized diversification, service diversification, company brand
image, market diversification, competitiveness.
Kirish.
Xizmatlarni diversifikatsiya qilish bu muhim strategiyalardan biri bo`lib u mijozlarni
sodiq bo`lib qolish ehtimolini oshiradi. Hozirgi globallashuv sharoitida mijozlarning sodiqligi
xizmat ko`rsatuvchi korxonalar uchun katta ahamiyatga ega va ular mijozlarni jalb etish, saqlab
qolish uchun innovatsion usullarni izlashadi. Bir qancha xizmatlarni taklif etish orqali
korxonalar mijozlarning turli xildagi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Mijoz
bitta korxona xizmatidan foydalanganda turli xildagi xizmatlarining hammasini bitta joyda hal
bo`lishini istaydi ham vaqt va qulayligi jihatidan. Mijozlar bir qancha xizmatlarni taqdim eta
oladigan korxonani afzal ko`rishadi va bu korxona uchun sodiqlikni shakllantirishda ham
muhim omil hisoblanadi. Xizmatlarni diversifikatsiya qilish daromadning oshishi va bozorda
o`z o`rniga ega bo`lishiga yordam beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Diversifikatsiya atamasi lotinchadan olingan bo`lib, (diversify catio
–
diversus har xil
facere bajarmoq, qilmoq) kengaytirish, ko`paytirish degan ma`noni anglatadi. Diversifikatsiya
atamasining tarixi, kelib chiqishi, ta`rifi o`zining tarixiy jarayoniga ega bo`lib, har bir muallif o`z
ta`rifini bergan:
Diversifikatsiya atamasi odatda tashkilot mahsulotining o`zgarishi bilan bog`liq jarayon
hisoblanadi. U oxirgi chora hisoblanib, ayni vaqtdagi mahsulot va bozordan voz kechishni talab
etadi (
Ansoff, 1957).
Kotlerning (1996)
diversifikatsiyaga bergan tarifida “korxonananing yangi bozorlar
uchun yangi
mahsulotlarni ishlab chiqish va chiqarish qobiliyati” deya belgilaydi.
Vixanskiy (1998) diversifikatsiyani tashkilotning o`sish, rivojlanish strategiyasi deb
bilgan va diversifikatsiyani qo`llash faqatgina aniq bir mahsulot ma`lum bozorda o`z o`rniga ega
bo`lmagan sharoitda qo`llaniladi degan. U diversifikatsiya strategiyalarini 3 turga bo`ladi:
1. Markazlashtirilgan
2. Gorizontal
3. Konglomerat
Pits va Xopkins (1982) diversifikatsiyani bir vaqtda bir qancha faoliyat turlari bilan
shug`ullanish deb qaraydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
80
Buz, Alen va Gamilton (1985) o`z qarashlarida diversifikatsiyani bir necha sifatlarini
hisobga olib, uni o`sish va xavfni pasaytirish uchun va biznesni kattalashtirish omili sifatida
belgilaydi:
1. Hamma investitsiyalarni o`z ichiga oladi faqatgina mavjud biznesning
raqobatbardoshlilikni saqlashga qaratilganlari emas.
2. Investitsiyalar yangi mahsulotlar, xizmatlar, geografik bozor va segment shaklida
bo`lishi mumkin.
3. Tashkilotni ichki rivojlanishi, litzsenziya shartnomalari, qo`shma korxona sifatida
faoliyat olib borish, biror mahsulot yoki xizmatni sotib olib egalik qilish huquqiga ega bo`lish
orqali diversifikatsiyaga erishishish mumkin.
Ramanyam va Vadarajan (1989) o`z ishlarida diversifikatsiyani tashkilotning yangi
faoliyat sohasiga ichki o`sishi, sotib olish orqali kirishi sifatida qaraydi va bu tashkilot
boshqaruv tuzilmasi va boshqarish jarayonlarining o`zgarishiga olib kelishini ta`kidlaydi.
Tompson, va Striklend (1998) diversifikatsiyani tashkilot yoki ishlab chiqarish
korxonasining boshqa tarmoqlarga kirib borish jarayoni sifatida ta`riflaydi. Shu bilan
birgalikda, diversifikatsiya strategiyasi faqatgina o`zining tarmog`iga qarab qolish xavfini
kamaytirishi va asosiy tarmoq yetarli darajada foyda olib kelmaganda qo'shimcha foyda olish
mexanizmi sifatida ta`kidlashadi. Ular diversifikatsiya strategiyalarining quyidagi turlarini
ko`rsatishadi:
1. Markazlashtirilgan (konsentrik). Asosiy o`rinda mavjud biznes bo`lib, yangi
mahsulotlar ishlab chiqarish, mavjud va qo`shimcha imkoniyatlardan foydalanish, bozorni
rivojlantirish, texnologiyalardan foydalanish, biznesni rivojlantirish uchun tashkilot aktivligini
oshirishga qaratilgan bo`ladi.
2. An`anaviy. Iste`molga qaratilgan diversifikatsiya turi bo`lib, yangi texnologiyalar
asosida talabgor mahsulot yaratish va asosiy maqsadi iste`molga yo`naltirish hisoblanadi.
3. Vertikal. Bor biznesga qo`shimcha masalan: butlovchi, xom-ashyo, yarim tayyor
mahsulotlarni qo`shish orqali sohani kengaytirish.
4. Konglomerat yoki lateral. An`anaviy mahsulotga umuman aloqasi bo`lmagan mahsulot
ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish.
So`nggi tadqiqotlarni ko`rib chiqilganda unda diversifikatsiyaning yangi ta`rif va
yo`nalishlari kelib chiqadi:
“Operatsiyalar xavfini qisqartirish va shu
operatsiyalardan keladigan pul tushumini
barqorarlashtirish maqsadida korxonaning, yangi soha, tarmoqlarga, bozorning yangi
segmentiga kirish jarayoni” deya diversifikatsiyaga ta`rif beradi Rudik
(2005).
Novitskiy (2001) diversifikatsiyani tashkilotlarning asosiy ishlab chiqarish yoki
faoliyatiga bogʻliqligi boʻlmagan tarmoqlarga kirib borishi ya`ni
- iqtisodiy faoliyatning yangi
sohalarga kirishi deb ta`rif bergan.
Soina Kutisheva (2006) o`z ishida diversifikatsiya turlarini uchta mezon bo`yicha
tasniflashni taklif etgan:
1. Yo`nalish bo`yicha (Gorizontal, vertical, o`zaro kesishuvchi, konglomerat, aralash)
2. Sohaga aloqador (birtarmoqli, o`zaro bog`langan ko`ptarmoqli, o`zaro bog`lanmagan
ko`ptarmoqli
3. Mamlakatga aloqadorlik (bir davlat miqyosida, bir nechta davlat miqyosida)
Ko`rinib turibdiki, mualliflarning diversifikatsiya to`g`risidagi ta`riflari bogan sari
murakkab va to`liq bo`lib borgan. Hozirgi zamonaviy sharoitda diversifikatsiya tashkilotning
muvaffaqiyat kaliti sifatida qaraladi. Mualliflar ta`riflarida turlicha farqlarni sezish mumkin,
ular diversifikatsiyani xavfni kamaytirish, daromad, kapitalni yo`qotishdan saqlash sifatida
ko`rsa, ba`zilari maqsadga erishishda tashkilot tashkil etish, boshqa sohalarda faoliyat sohasini
kengaytirish, bozorda yangi tovarlar assortimentini ko`paytirish, yangi tarmoqlarga kirib
borish deya tushunishadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
81
Bundan tashqari, diversifikatsiya ishlab chiqarishning ajralmas qismi sifatida
xarakterlanmagan, shuningdek, tashqi muhi
tga qarshi “omon qolish” mexanizmi sifatida
qaralmagan.
Umumlashtirib olganda tahlil shuni ko`rsatadiki; diversifikatsiya strategiyasi borasida
ilmiy adabiyot va mualliflar ta`riflarida umumlashtirilgan yaxlit va keng qamrovli yondoshuv
va ta`rif mavjud emas. Diversifikatsiyaning mahalliy va jahon amaliyotidagi rus va jahon
olimlarining fikrlarini umumlashtirgan holda quyidagi ta`rifni taklif qilamiz:
“Korxonaning
uzoq muddatli strategiyasini ko`zlagan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish,
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qo`llaniladigan strategiya turidir. Ba`zi bir
tashkilot (ishlab chiqarish korxonasi, xizmat ko`rsatish sohasi) uchun esa o`zining
faoliyatidan boshqa soha, yo`nalishlarga kiririshidir.
Shundan kelib chiqqan holda quyidagi ta`rifni berish mumkin. Bizning fikrimizcha ushbu
ta`rifni berishni lozim topdik.
Diversifikatsiya - ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlarni
sotishda samaradorlikka erishish, yangi bozorlarga kirib borish, ishlab chiqarish va
tashkilotlar faoliyatini kengaytirish, xizmatlar va mahsulotlar assortimentini
ko`paytirish, yangilab turish va shu orqali iqtisodiy foyda olishga qaratilgan strategiya
turidir.
Ushbu ta`rifni asoslaydigan bo`lsak; birinchidan har qanday sohada ya`ni ishlab
chiqarish, tashkilot faoliyati, xizmatlarni mijozga taqdim etishda va mahsulot ishlab
chiqarishda samaradorlikka erishish nazarda tutilgan bo`lib har bir tashkilot uchun muhim
hisoblanadi. Ikkinchidan yangi mijozlar topish, yangi bozorlarga kirib borish ishlab chiqarishda
va xizmatlar taqdim etadigan tashkilotlar uchun ahamiyatlidir chunki mijoz talabiga javob bera
oladigan mahsulot va xizmatlar bozorda o`z o`rniga ega bo`la oladi. Uchinchidan faoliyatni
kengaytirishga ahamiyat qaratish lozimligi keltirilgan. To`rtinchidan xizmatlar va mahsulot
hajmini, assortimentini ko`paytirish, yangi mahsulotlarni, xizmatlarni mijozlarga taqdim etish
mijoz uchun ham xizmat taqdim etuvchilar uchun ham birday manfaatlidir.
Beshinchidan
iqtisodiy foyda olish nazarda tutilgan bo`lib faoliyatdan asosiy maqsad ham foyda hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ishni to`liq o`rganib chiqish, uning uslubiy asosini yangilash, to`liq ta`rif berish, tizimli
tahlil, tasniflash, statistik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mijozlar sodiqligini oshirishda xizmatlarni
diversifikatsiya qilishning ahamiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak;
1.
Mijozlarning qoniqish darajasini oshirish
. Kompaniyaning bir nechta xizmatlarni
taklif etishi, mijozlarni qoniqish ehtimolini oshiradi. Mijozlar uchun turli variantlar taqdim
etilishi, ulardan birini tanlanishi va yana sodiqlikning saqlanishiga ham olib keladi.
2
.
Raqobatda ustunligi
. Mijozlar tarafidan bir qancha xizmatlari taklif eta oladigan
xizmatlar ko`rsatish korxonasi mijozlar tomonidan tanlanishi ustunroq, cheklangan xizmat
taklif qiladigan korxonaga nisbatan, bu esa o`z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi va
korxonalarning o`z ustida ishlashi va raqobatbardoshligini oshiradi.
3. Savdo imkoniyatlarining kengayishi.
Daromad va mijozlarni ushlab turish uchun
yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Masalan: mijoz avtosalondan mashina harid qilganda, shu
salonning o`zida unga sug`urta, texnik xizmat ko`rsatish xizmati, notarius xizmatlarining
ko`rsatilishi xizmat ko`rsatuvchilar uchun savdoning kengayishi uchun vositadir.
4.
Kompaniyaning brend imidji mashhurligi.
Xizmatlar turining ko`pligi, sifatliligi
mijoz ishonchiga sazovor bo`ladi va mijozlar orqali og`zaki reklama qilish orqali xizmat
ko`rsatish korxonasi mavqei ko`tariladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
82
Daromadni oshirishning eng yaxshi va sinalgan usullaridan biri bu xizmatlarni
diversifikatsiya qilishdir. Taqdim etayotgan xizmatlar assortimentining ko`pligi yo`nalishini
kengaytirish va yangi mijozlarni ko`payishi natijasida daromad ham ko`payadi. Masalan: IT
xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniya o`z xizmatlari qatoriga dasturiy ta`minotni ishlab
chiqish, qo`shimcha akssesuarlar sotish, kiberxavfsizlik xizmatlarini taqdim etish orqali bitta
mahsulot yoki xizmatga tayanib qolish xavfini pasaytiradi va korxonaning daromad
manbaiming oshishiga olib keladi.
Diversifikatsiya atamasi lotinchadan olingan bo`lib, (diversify catio
–
diversus har xil
facere bajarmoq, qilmoq) kengaytirish, ko`paytirish degan ma`noni anglatadi. Shundan kelib
chiqqan holda quyidagi ta`rifni berish mumkin. Diversifikatsiya - ishlab chiqarish, mahsulot va
xizmatlarni sotishda samaradorlikka erishish, yangi bozorlarga kirib borish, ishlab chiqarish va
tashkilotlar faoliyatini kengaytirish, xizmatlar va mahsulotlar assortimentini ko`paytirish,
yangilab turish va shu orqali iqtisodiy foyda olishga qaratilgan strategiya turidir. Ushbu ta`rifni
asoslaydigan bo`lsak; birinchidan har qanday sohada ya`ni ishlab chiqarish, tashkilot faoliyati,
xizmatlarni mijozga taqdim etishda va mahsulot ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish
nazarda tutilgan bo`lib har bir tashkilot uchun muhim hisoblanadi. Ikkinchidan yangi mijozlar
topish, yangi bozorlarga kirib borish ishlab chiqarishda va xizmatlar taqdim etadigan
tashkilotlar uchun ahamiyatlidir chunki mijoz talabiga javob bera oladigan mahsulot va
xizmatlar bozorda o`z o`rniga ega bo`la oladi. Uchinchidan faoliyatni kengaytirishga ahamiyat
qaratish lozimligi keltirilgan. To`rtinchidan xizmatlar va mahsulot hajmini, assortimentini
ko`paytirish, yangi mahsulotlarni, xizmatlarni mijozlarga taqdim etish mijoz uchun ham xizmat
taqdim etuvchilar uchun ham birday manfaatlidir. Beshinchidan iqtisodiy foyda olish nazarda
tutilgan bo`lib faoliyatdan asosiy maqsad ham foyda hisoblanadi.
Biznesni diversifikatsiya qilish turlarini sanab o`tadigan bo`lsak;
1. Xizmatlarni diversifikatsiya qilish:
xizmat ko`rsatish korxonalarining o`quv
kurslarini taklif qilishi
Mijozning
sodiqligini
oshirishda
xizmatlarni
diversifikatsiya
qilishning ahamiyati
Mijoz qoniqish
darajasining
oshishi
Raqobatda
ustunlik
Savdo
imkoniyatlarining
oshishi
Brendning
mashhurlashuvi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
83
2. Mahsulotlarni diversifikatsiya qilish:
kiyimlar, uy tovarlari, aksessuarlar sotuvini
kengaytirish
3. Bozorni diversifikatsiya qilish:
Ichki bozordan xalqaro bozorlarlar chiqish yo`li.
4. Sanoat diversifikatsiyasi:
boshqa yo`nalishda faoliyat ko`rsatadigan tashkilot o`ziga
yot bo`lgan sohaga diversifikatsiya qilishi, masalan: texnika ishlab chiqarish kompaniyasi
sog`liqni saqlash sohasiga diversifikatsiyasi.
5. Birlashtirish va sotib olish:
Mahsulot ishlab chiqaradigan, xizmat ko`rsatadigan
korxona boshqa tashkilotni sotib olib o`sha yo`nalishda ham faoliyat olib borishi yoki faoliyatini
qo`shib davom ettirishidir.
6. Yangi geografik hududlarga kirish:
O`z faoliyatini boshqa yangi hududlarga
kengaytirishdir.
7. Qo`shma korxonalar:
Korxonalar yangi mahsulotini yoki xizmatini boshqa korxonalar
bilan birgalikda ishlab chiqarishi va realizatsiya qilishidir.
Qachon va qanday diversifikatsiya qilish uchun:
•
Qanday yangi mahsulot yoki xizmat ishlab chiqarish uchun bozorni tadqiq etish
•
Mijozlar ehtiyojini o`rganish
•
Bozorda o`z o`rnini topuvchi aniq mahsulot ishlab chiqarish strategiyasini ishlab chiqish
va bozor sinovidan o`tqazish
•
Qo`shimcha talablar bo`lgan: sotish, marketing, ta`minoti kabilarni yo`lga qo`yish.
Xizmatlarni diversifikatsiya qilish
–
bu xizmat ko`rsatuvchi korxonalarning o`z
takliflarini kengaytirishi va yangi mijozlarni topish, olib qolish uchun qo`llaniladigan strategiya
turidir. O`zining mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiyalash orqali tavakkalchiligini bir
nechta mahsulot va xizmatga tarqatadi. Bu strategiya bozorda raqobatbardoshligini oshirishda,
yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Korxonalar xizmatlarini diversifikatsiya
qilishning bir qancha turi mavjud: Bu strategiya turi ishlab chiqaruvchilar va mijozlar
tomonidan ma`qul ko`riladi, chunki u har ikki tomonni ham imkoniyatlarini oshiradi.
1. Gorizontal diversifikatsiya.
Asosiy xizmat yoki mahsulotga to`ldiruvchi xizmat yoki
mahsulot ishlab chiqarilishini anglatadi. Taklif etayotgan xizmatlariga o`xshash bo`lgan
xizmatlarni qo`shish orqali o`z yo`nalishini kengaytirish tushuniladi. Bu strategiya turi ishlab
chiqaruvchilar va mijozlar tomonidan ma`qul ko`riladi, chunki u har ikki tomonni ham
imkoniyatlarini oshiradi.
Masalan: kiyim savdosi bilan shug`ullanuvchi magazin poyabzal, akssesuarlar, qo`shishi
orqali o`z liniyasini kengaytiradi.
2. Vertikal diversifikatsiya.
O`zida mavjud bo`lgan xizmatlar bilan bog`iq bo`lgan yangi
xizmatlarni qo`shib yuqoridan pastga qarab o`z zanjirini yaratadi. Masalan: kafe o`z qahvasini
qovuradi, avtomobil ishlab chiqarish zavodlar shinalar ham ishlab chiqarishi, ovqatlanish
korxonalari, o`z ovqatlari uchun go`shtga mol, qo`y, baliq boqishi kabilardir.
3. Lateral yoki konglomerat diversifikatsiya.
Korxonada mavjud bo`lgan xizmatlarga
umuman bog`liqligi bo`lmagan xizmatni qo`shishdir. Bu bozorda omon qolish uchun ko`pgina
korxonalar murojjat qilishadi. Hozirgi vaqtda
ortiqcha daromadi bo`lgan korxonalar bu
strategiya turiga murojaat qilishadi
Masalan: Dasturiy ta`minot kompaniyasi konsalting
xizmatini taklif etishi, restoranlarni brendli mahsulotlarni mijozlarga taklif qilishi kabi;ardir.
Bu diversifikatsiya turning
o`z kamchiliklari va afzal tomonlari bor. Bu turni korxonalar
tanlaganda diqqat bilan ko`rib chiqishlari va maqbulini tanlashlari kerak. Tanlab olingan
mahsulot o`zining xaridorini topa olishi, kuchli taraflari, imkoniyatlari, xizmatlar bozoridagi
o`rni, hajmi, raqobat darajasi muhim hisoblanadi va bu kabi ta`sir omillarni ko`rib chiqishni
talab etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
84
Konglomerat diversifikatsiyaning asosiy maqsadi
–
talabgor mahsulotni tanlab olish,
aylanma mablag`ga bo`lgan ehtiyojni kamaytirish, xom-ashyo, texnologiya, materiallarning
maqbulini tanlash kerakligini Amerikalik olim Artur A. Tomson o`z kitobida keltirib o`tgan.
18
4. Markazlashtirilgan diversifikatsiya.
Asosiy biznes texnika texnologiyalaridan
foydalangan holda yangi mahsulot ishlab chiqarilishidir. Bunda yangi mahsulot uchun yangi
imkoniyatlar va xom-ashyodan foydalanishni o`z ichiga oladi.
5
.
Konsentrik diversifikatsiya.
Ushbu diversifikatsiya turi mavjud yo`nalishda ishlab
chiqariladigan mahsulotga yangi mahsulotlarni qo`shish orqali amalga oshiriladi. Masalan:
kompyuter ishlab chiqaradigan kompaniya noutbuk ishlab chiqarishni boshlashi mumkin, ya`ni
yangi texnologiya va marketingdan foydalanish usulidir.
Ushbu diversifikatsiya turlarining har birini afzallklari va kamchiliklari mavjud.
Korxonalar biror bir turini tanlashda qaysi yondoshuv ularga to`g`ri kelishini aniqlashi, eng
maqbulini diqqat bilan ko`rib chiqishi kerak bo`ladi. Hisobga olinishi kerak bo`lgan omillardan
yana biri korxonaning kuchli tomonlari va imkoniyatlaridir, shunga ko`ra yangi mahsulot yoki
xizmatning hajmi va raqobat darajasi ko`rib chiqiladi.
O`z xizmatlarini muvaffaqiyatli diversifikatsiya qila oladigan tashkilotlar quyidagi
imtiyozlarga
ega bo`ladilar:
1. Daromadning oshishi.
Bu takliflarni kengaytirish va yangi mijozlar topilishi orqali yuz
beradi.
2. Xavfning kamayishi.
Bir nechta xizmatlarni taklif etish orqali tavakkalchilik
xizmatlarga va mahsulotlarga bo`linadi.
3. Raqobatbardoshlik.
Xizmatlarning keng assortimentini taklif etish orqali boshqa
korxonalar bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Kamchilik tomonlarini ham ko`rib chiqish marsadga muvofiqdir.Korxona yangi
xizmatlarni ishlab chiqish, realizatsiya qilishda infratuzilma, asbob-anjom, texnika talab qilishi,
vaqt ko`p talab etishi, xodimlarni malakasi uchun ularni o`qitish kabilarda muammolar bo`lishi
mumkin. Yana shuni ham hisobga olish zarurki, xizmat yangi bo`lsa u bozorda o`z o`rnini topa
olmasa, oqibatda korxona minusga ketishi mumkin, sarflangan resusrlar hisobiga. Xizmatlarni
diversifikatsiya qilish qilmaslikni xizmat ishlab chiqaruvchilar o`z sharoitlaridan kelib chiqqan
holda qarorni qabul qilishi lozim. Ko`pchilik tashkilotlar uchun diversifikatsiyani daromadni
oshiruvchi va xavfni kamaytiruvchi kerakli strategiya bo`lishi mumkin. Diversifikatsiya
turlarini o`rganib uning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olib, takliflarini kengaytirib, tez
o`zgaruvchan raqobatli bozorda qolishlari haqida ongli qaror qabul qilishlari muhim
hisoblanadi.
Diversifikatsiya asosan xizmat ishlab chiqaruvchilar ishida mavjud xizmatlaridan
tashqari strategik kengayishni anglatadi. Ushbu strategiya tavakkalni boshqarish vositasi
hisoblanib, o`z ishini boshqa xizmatlarga yoyish orqali bitta xizmatga bo`lgan bog`liqlikni
kamaytiradi. Diversifikatsiya yangi bozorlarga kirish imkoniyatini kengaytirib kengroq
mijozlar bazasini yaratadi. Modaga ixtisoslashgan elektron sotuv platformalari go`zallik
mahsulotlarini qo`shishi, yoki uy dekoratsiya mahsulotlarini faoliyatiga kiritishlari, fitness,
sog`lomlashtirish platformasi yoki offlayn ishlovchilar shaxsiy sog`lom ovqatlanish rejasi va
virtual mashqlar to`plami kabilarni taklif etishlari orqali faoliyatini diversifikatsiya qilishlari
mumkin.
O`zaro savdoning yaratilishi: masalan; avtomobil ijarasi bilan shug`ullanuvchilar sayohat,
tur, ekskursiyani ham o`z
faoliyatiga qo`shishlari mumkin. Xizmatlar va mahsulotlarni
muvaffaqiyatli diversifikatsiya qilgan kompaniyalarga Appleni misol qilsak; u o`z ishini
kompyuter kompaniyasi sifatida boshlab, keyinchalik smartfon, noutbuk, har xil aksessuarlar,
18
Crafting and Executing Strategy Concepts and Readings | TWENTIETH EDITION Arthur A. Thompson The University of
Alabama Margaret A. Peteraf Dartmouth College John E. Gamble Texas A&M University
–
Corpus Christi A. J. Strickland III The
University of Alabama
–
page 215
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
85
planshet, ish stollari, naushniklar ishlab chiqardi va savdosini yo`lga qo`ydi, shu bilan birga
dasturiy ta`minot xizmatlari va kontentni o`z faoliyatiga qo`shdi. Apple uzluksiz innovatsion,
yuqori sifatli xizmatlar va mahsulotlarni yaratib, sodiq mijozlar bazasini yaratdi. Apple
kompaniyasi bu bilan to`xtab qolgani yo`q, u musiqa, o`yin, video, sog`likni saqlash, ta`lim va
moliya kabi sohalarga ham kirdi va yangi daromad manbasi va mijozlar bazasiga ega bo`ldi va
uni dunyodagi eng mashhur, qimmat va daromadli kompaniyadan biri bo`lishiga imkon berdi.
Tashkilotda diversifikatsiya jarayonini baholash, bu jarayonlarni ifoda etuvchi
ko`rsatkichlar ishlab chiqishni taqazo etadi. Shu bilan birgalikda ularni tahlil qilish, yo`llarini
ham aniqlash lozim. Bularni amalga oshirish uchun korxonada quyidagi ko`rsatkichlardan
foydalanish kerak bo`ladi:
-
Korxonada umumiy diversifikatsiya qililinganligini aniqlash;
-
Xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish jarayonida diversifikatsiyaning darajasi;
-
Vertikal diversifikatsiya darajasi;
-
Gorizontal diversifikatsiya qilinganligi darajasi;
-
Lateral yoki konglomerat diversifikatsiya holatini aniqlash;
-
Markazlashtirilgan diversifikatsiya jarayonini aniqlash;
-
Konsentrik diversifikatsiya holatini aniqlash.
Ushbu ko`rsatkichlar aniq ma`lumotlar asosida tahlil qilinishni taqazo etadi va bu
ko`rsatkichlardan xizmat ko`rsatish sohasida foydalanish mumkin.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonida ichki diversifikatsiya qilinganlik
darajasi:
𝐼𝑑 =
𝑇𝑜`𝑚𝑡
𝐵𝑠𝑚
Id
–
ichki diversifikatsiya darajasi;
To`mt
–
texnologiya o`zgartirilmasdan yangidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Bsm
–
sotilgan mahsulot.
2. Vertikal diversifikatsiya qilinganlik darajasi:
𝑉𝑑 =
𝑌𝑎𝑠ℎ𝑠𝑚 + 𝑌𝑎𝑏𝑠𝑚
𝐵𝑠𝑚
Vd
–
vertikal diversifikatsiya;
Yashsm
–
yangi ochilgan sho`balarda sotilgan mahsulot;
Yabsm
–
yangi bozorlarda sotilgan mahsulot;
Bsm
–
barcha sotilgan mahsulot.
3. Gorizontal diversifikatsiya qilish darajasi:
𝐺𝑑 =
𝑌𝑎𝑡𝑖𝑚
𝐵𝑠𝑚
Gd
–
gorizontal diversifikatsiya darajasi;
Yatim
–
yangi texnologiya bilan ishlab chiqarilgan mahsulot;
Bsm
–
barcha sotilgan mahsulot.
4. Korxonada umumiy diversifikatsiya qilinganlik darajasi:
𝑈𝑑 =
𝐼𝑑 + 𝑉𝑑 + 𝐺𝑑
𝑛
Ud
–
umumiy diversifikatsiya;
N
–
diversifikatsiyani ifodalovchi ko`rsatkichlar soni (n=3)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
86
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda diversifikatsiya orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin
bo`lib, u bozorda o`z o`rniga ega bo`lishi, xatarlarni baholay olish qobiliyatiga ega bo`lishi,
resurslarni to`g`ri taqsimlay olishi, iqtisodiy tanazzulga chidamlilik, sohaga oid qiyinchiliklarga
yechim kabilarga bardosh bera olishi mumkin. Korxona yuqori sur`atda o`sayotgan bo`lsa unga
chegara qo`yish emas, balki yanada rivojlantirish uchun yangiliklar joriy etish, innovatsiyalarni
qo`llash uni yanada kelajakda rivojlanishini ta`minlaydi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Ansoff, H. I. (1957). Strategies for diversification. Harvard business review, 35(5), 113-124.
Booz, Allen, Hamilton. (1985) Diversification // A Survey of European Chief Executives. N. Y.
Booz, Allen, Hamilton.
Pitts R.A., Hopkins H.D. (1982) Firm diversity: conceptualization and measurement //
Academy of Management Review. No. 7.
Ramanujam V., Varadarajan P. (1989) Research on corporate diversification: a synthesis
//Strategic Management Journal. Vol. 10. No. 6. Nov.-Dec.
Виханский О.С.
(1998)
Стратегическое управление : учебник. 2
-
е изд., перераб. и доп. –
М.: Гардарика.
Котлер Ф.
(1996)
Основы маркетинга : пер. с англ. –М.: Ростинтэр.
Новицкий
Е.Г.
(2001)
Проблемы
стратегического
управления
диверсифицированными корпорациями. –М.: Буквица.
Рудык Н. Б.
(2005)
Конгломеративные слияния и поглощения: книга о пользе и вреде
непрофильных активов : учеб.
-
практ. пособие. –М.: Дело.
Соина
-
Кутищева, Ю.Н.
(2006)
Диверсификация металлургических компаний:
основные тенденции и оценка эффективности: дис. … канд. Экон. наук:08.00.05 / Соина
-
Кутищева Юлия Николаевна. –
Кемерова,
-
185 ст
.
Томпсон А. А., мл., Стрикленд А.Дж.
(1998)
Стратегический менеджмент. Искусство
разработки и реализации стратегий : учеб. для вузов / пер. с англ. под ред.
Л. Г. Зайцева,
М. И. Соколовой.
М. : Банки и биржи; ЮНИТИ.
