Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
165
UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR AUDITINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA
TAKOMILLASHTIRISH
Shermamatov Sirojiddin Xaydarovich
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0006-8528-9924
s.shermamatov@udea.uz
Annotatsiya.
Ushbu maqolada uzoq muddatli aktivlar auditi xalqaro standartlar asosida
takomillashtirilishi moliyaviy hisobotlarning aniqligi va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu
mavzu doirasida uzoq muddatli aktivlarni baholash usullari, ularning eskirishini hisobga olish tamoyillari
hamda xalqaro audit standartlariga muvofiq tekshirish jarayonlari tahlil qilinadi. Standartlashtirilgan
yondashuv audit jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, investorlar va manfaatdor tomonlar
uchun ishonchli maʼlumot taqdim etishga yordam beradi.
Kalit soʻzlar:
uzoq muddatli aktivlar, audit, xalqaro audit standartlari, IFRS, moliyaviy hisobot,
baholash usullari, aktivlarning eskirishi, auditorlik tekshiruvi, shaffoflik, investitsion qarorlar.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АУДИТА ДОЛГОСРОЧНЫХ АКТИВОВ НА ОСНОВЕ
МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ
Шермаматов Сироджиддин Хайдарович
Университет цифровой экономики и агротехнологий
Аннотация.
В данной статье освещается, что совершенствование аудита долгосрочных
активов на основе международных стандартов служит повышению точности и прозрачности
финансовой отчетности. В рамках данной темы анализируются методы долгосрочной оценки
активов, принципы учета их износа и процессы проверки в соответствии с международными
стандартами аудита. Стандартизированный подход помогает предоставлять достоверную
информацию инвесторам и заинтересованным сторонам, одновременно повышая
эффективность процесса аудита.
Ключевые слова:
внеоборотные активы, аудит, международные стандарты аудита,
МСФО, финансовая отчетность, методы оценки, амортизация активов, прозрачность,
инвестиционные решения.
IMPROVING THE AUDIT OF LONG-TERM ASSETS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL
STANDARDS
Shermamatov Sirojiddin Xaydarovich
University of Digital Economics and Agrotechnologies
Abstract.
In this article, the improvement of the audit of long-term assets based on international
standards serves to increase the accuracy and transparency of financial statements. Within this topic, long-
term asset valuation methods, principles of accounting for their depreciation, and verification processes in
accordance with international auditing standards are analyzed. A standardized approach helps provide
reliable information for investors and stakeholders while increasing the efficiency of the audit process.
Keywords:
non-current assets, auditing, international auditing standards, IFRS, financial reporting,
valuation methods, depreciation of assets, transparency, investment decisions.
UOʻK: 657.6
II SON - FEVRAL, 2025
165-170
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
166
Kirish.
Uzoq muddatli aktivlar auditi moliyaviy hisobotlarning aniqligi va ishonchliligini
taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Dunyo boʻylab koʻplab davlatlar moliyaviy hisobotlarning
xalqaro standartlarga mos kelishini taʼminlash maqsadida xalqaro audit standartlarini tatbiq
etmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlari 2005-yildan boshlab Xalqaro Moliyaviy Hisobot
Standartlari (IFRS) asosida audit tizimini yoʻlga qoʻygan boʻlsa, AQSh Sarbanes-Oxley qonuni
(2002) orqali auditorlik jarayonlarini kuchaytirgan. Soʻnggi yillarda Rossiya, Xitoy va Hindiston
ham xalqaro standartlarga moslashish jarayonini tezlashtirdi. Rossiyada 2017-yilda MHXS
boʻyicha auditi majburiylashtirish boshlangan boʻlsa, Xitoyda 2019-yilga kelib, yirik
kompaniyalarning 80% dan ortigʻi xalqaro standartlarga mos audit tizimiga oʻtgan. Hindiston
2016-yildan boshlab Ind AS (IFRS ga moslashgan) standartlarini joriy etdi, natijada auditning
samaradorligi 30% ga oshgani kuzatildi.
Oʻzbekistonda esa audit tizimini isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2021-yilda
mamlakatda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, xalqaro
standartlarga moslashtirish ishlari jadallashdi (Qonun, 2021). 2022-yil holatiga koʻra,
Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalarning 65% i auditda xalqaro standartlardan
foydalanayotganini koʻrsatmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida Oʻzbekiston
auditorlik xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha yetakchi oʻrinlarni egallab bormoqda. Xalqaro
tajriba shuni koʻrsatadiki, uzoq muddatli aktivlar auditining samaradorligi yuksak
standartlarga rioya qilish orqali taʼminlanadi. Masalan, Germaniyada xalqaro standartlarga
asoslangan audit natijasida moliyaviy hisobdorlik darajasi 90% ga yetgan. Fransiyada esa bu
koʻrsatkich 87% ni tashkil qiladi. Shuningdek, Janubiy Koreyada xalqaro audit tizimiga oʻtish
natijasida investorlar ishonchi 40% ga oshgani kuzatilgan. Oʻzbekistonda uzoq muddatli
aktivlar auditini takomillashtirish jarayoni davom etmoqda. 2023-yilda moliyaviy audit
sohasida xalqaro standartlarga muvofiq yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ularning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida auditorlik xatoliklari 25% ga kamaygan. Bu esa,
oʻz navbatida, investorlar uchun mamlakatning moliyaviy bozoriga boʻlgan ishonchini
oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning audit jarayonida
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh va Buyuk
Britaniyada 2022-yilda sunʼiy intellekt va avtomatlashtirilgan audit tizimlari joriy etilishi
natijasida tekshirish tezligi 50% ga oshgan va aniqlik darajasi sezilarli darajada yaxshilangan.
Oʻzbekistonda ham 2024-yilgacha bu yoʻnalishda sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirilishi
rejalashtirilgan. Yuqoridagi tahlillar shuni koʻrsatadiki, uzoq muddatli aktivlarning auditini
takomillashtirish xalqaro standartlarga moslashish orqali samaradorlikni oshiradi. Xalqaro
tajriba va zamonaviy yondashuvlarni qoʻllash Oʻzbekistonda ham audit sifatini oshirishga
xizmat qiladi. Shu bois, mamlakatda auditorlik xizmatlarini xalqaro talablarga moslashtirish va
ilgʻor texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Uzoq muddatli aktivlar auditi xalqaro
standartlar asosida rivojlantirilishi moliyaviy hisobdorlikni oshirib, xalqaro investitsiyalar jalb
qilinishiga yordam beradi. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turtki boʻlib xizmat
qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Nobes (2015) xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining (IFRS) afzalliklarini tadqiq qilib,
ularning global bozorlarda investorlar uchun shaffoflikni taʼminlashini taʼkidlaydi. Unga koʻra,
uzoq muddatli aktivlarning auditida IFRS qoidalariga rioya qilish kompaniyalarning xalqaro
investitsiyalar jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Whittington (2018) moliyaviy audit
jarayonlarida xalqaro standartlarga asoslangan auditorlik usullarining samaradorligini
oʻrgangan. U uzoq muddatli aktivlar auditi boʻyicha aniq baholash mezonlarini ishlab chiqish
korxonalarning moliyaviy hisobotlarini yanada aniqroq qilishga yordam berishini taʼkidlagan.
Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi (IASB) sobiq rahbari sifatida Hoogervorst (2019)
uzoq muddatli aktivlarni baholash va audit qilishda hisobdorlik va shaffoflik muhimligini qayd
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
167
etadi. Unga koʻra, aktivlarning bozor qiymati boʻyicha qayta baholanishi kompaniyaning
moliyaviy barqarorligini yaxshiroq aks ettiradi. Barth (2020) xalqaro buxgalteriya standartlari
va audit tizimi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U uzoq muddatli aktivlar hisobotida
shaffoflik va ehtiyotkorlik tamoyillariga rioya qilish auditorlik jarayonining aniqligi va
ishonchliligini oshirishini taʼkidlaydi. Enevoldsen (2017) xalqaro buxgalteriya va audit
standartlarining joriy etilishi boʻyicha tadqiqot olib borgan. Unga koʻra, uzoq muddatli
aktivlarni xalqaro standartlarga muvofiq audit qilish kompaniyalar uchun moliyaviy xavflarni
kamaytirishga hamda investorlarning ishonchini oshirishga yordam beradi. Xolmirzayev
(2020) uzoq muddatli aktivlar auditi boʻyicha xalqaro standartlarning joriy etilishi audit
jarayonlarining shaffofligini oshiradi va bu investorlar uchun ishonch muhitini shakllantiradi
deb taʼkidlaydi. Ismoilov (2019) uzoq muddatli aktivlarni baholashda innovatsion
yondashuvlar qoʻllanilishi kerakligi va xalqaro standartlarga mos metodologiyalar ishlab
chiqilishi lozimligini taʼkidlaydi. Yuldasheva (2021) auditorlik xizmatlari milliy iqtisodiyotning
barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishini va audit sifati oshgani sari
investitsiya muhitining yaxshilanishi kuzatilishini bildiradi. Norqulov (2022) xalqaro audit
standartlarining milliy tizimga tatbiq etilishi orqali Oʻzbekistonda moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligi oshishini taʼkidlaydi. Sobirov (2023) uzoq muddatli aktivlar auditi nazariyasi va
amaliyoti boʻyicha chuqur tadqiqotlar olib borish zarurligini va zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish muhimligini taʼkidlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda uzoq muddatli aktivlar auditini xalqaro standartlar asosida
takomillashtirish masalasi kompleks yondashuv orqali oʻrganildi. Tadqiqot davomida iqtisodiy
tahlil, taqqoslash usuli, empirik maʼlumotlarni qayta ishlash va statistik usullar qoʻllanildi.
Xalqaro va milliy tajribalar oʻrganilib, Oʻzbekistondagi amaliyot xalqaro standartlar bilan
solishtirildi. Shuningdek, audit samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish uchun
ekspertlar fikrlari va normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda uzoq muddatli aktivlar auditi sohasida muayyan islohotlar
amalga oshirilayotgan boʻlsa-da, hali ham xalqaro standartlarga toʻliq moslashish jarayoni
yakunlanmagan. Auditorlik xizmatlarini tartibga soluvchi yangi qonunlar qabul qilingan boʻlsa-
da, amaliyotda hali ham muammolar mavjud. Auditorlik kompaniyalarining xalqaro
standartlarga muvofiq faoliyat yuritishi 2023-yilda 65% ni tashkil qilgan, bu esa rivojlangan
davlatlardagi 85-95% koʻrsatkichlardan pastdir. Bundan tashqari, malakali auditorlar
yetishmovchiligi va texnologik infratuzilmaning toʻliq joriy etilmaganligi dolzarb
muammolardan biri boʻlib qolmoqda.
Xalqaro tajribaga koʻra, rivojlangan davlatlarda uzoq muddatli aktivlar auditi yanada
mukammal shakllangan. Masalan, AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyada xalqaro audit
standartlari joriy etilgan boʻlib, audit jarayonlarida avtomatlashtirilgan tizimlar va sunʼiy
intellekt texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Bu esa moliyaviy hisobotlarning aniq va shaffof
boʻlishini taʼminlaydi. Janubiy Koreya va Singapur kabi Osiyo mamlakatlarida ham audit
jarayoni yuqori samaradorlikka ega boʻlib, kompaniyalarning xalqaro investorlarga boʻlgan
ishonchini oshirishda muhim rol oʻynamoqda.
1-jadval O‘zbekistonda uzoq muddatli aktivlar auditi sohasidagi xalqaro standartlarga
moslik darajasi 65% ni tashkil etgani va bu ko‘rsatkich Germaniya (90%), AQSh (95%) va
Buyuk Britaniya (92%) kabi rivojlangan mamlakatlardagi yuqori darajadagi moslik bilan
solishtirganda sezilarli past ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, malakali auditorlar ulushi (60%
Oʻzbekistonda nisbatan 85–90% rivojlangan mamlakatlarda) va IT texnologiyalarining
qoʻllanilishi (45% ga teng) ham farqni aniq aks ettirgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
168
1-jadval
Uzoq muddatli aktivlar auditi boʻyicha xalqaro va milliy koʻrsatkichlar (2023)
Koʻrsatkichlar
Oʻzbekiston
Germaniya
AQSh
Buyuk
Britaniya
Janubiy
Koreya
Xitoy
Xalqaro standartlarga
moslik (%)
65%
90%
95%
92%
88%
85%
Malakali auditorlar ulushi
(%)
60%
85%
90%
87%
82%
80%
Audit jarayonlarida IT
texnologiyalar ulushi (%)
45%
80%
85%
83%
78%
75%
Investorlarning ishonch
darajasi (%)
55%
92%
95%
90%
85%
82%
Auditorlik xizmatlarining
hajmi (mlrd $)
0.5
8.2
15.3
10.5
6.1
7.5
Ushbu jadval shuni isbotlaydiki, Oʻzbekistonda audit jarayonlarini xalqaro standartlarga
moslashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar
zarur. Investorlarning ishonch darajasi va auditorlik xizmatlarining hajmi (mos ravishda 55%
va 0.5 mlrd $) rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligi, auditorlik tizimini yanada
mustahkamlash va investitsiyalarni jalb etish uchun tizimli islohotlar oʻtkazish lozimligini
koʻrsatadi.
Oʻzbekiston auditorlik tizimida uzoq muddatli aktivlar auditi boʻyicha xalqaro
standartlarga moslashishda bir qator dolzarb muammolar mavjud. Birinchidan, malakali
auditorlar sonining yetishmasligi va zamonaviy IT texnologiyalaridan toʻliq foydalanish
darajasi pastligi audit jarayonlarining sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ikkinchidan,
normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablar darajasida tez va samarali yangilanishi,
shuningdek, audit metodologiyalarining zamonaviylashtirilishi boʻyicha tizimli chora-tadbirlar
yetarlicha amalga oshirilmaganligi investorlar ishonchini pasaytirib, moliyaviy hisobotlarning
shaffofligini kamaytiradi. Bundan tashqari auditorlik xizmatlarining hajmi va investitsiya
muhiti rivojlangan mamlakatlarga qaraganda sezilarli past ekanligi aniqlanadi. Shu sababli,
moliyaviy hisobotlarning aniqligi va shaffofligini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga
moslashtirish boʻyicha islohotlar davom ettirilishi zarur. Bu muammolarni bartaraf etush
uchun quidagi takliflar beramiz.
Auditorlik sohasida yuqori malakali auditorlar yetishmovchiligi muammosini bartaraf
etish uchun universitetlar, kasb-hunar markazlari va professional tashkilotlar hamkorligida
maxsus oʻquv kurslari va sertifikatlash dasturlarini joriy etish zarur. Shuningdek, xalqaro
tajribaga asoslangan treninglar va seminarlar tashkil etish auditorlarning zamonaviy audit
metodologiyalarini oʻzlashtirishiga yordam beradi.
Auditorlik jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda qonunchilik va
normativ hujjatlarni muntazam qayta koʻrib chiqish lozim. Yangi normativ-huquqiy talablar
auditorlik amaliyotini qoʻllab-quvvatlaydigan, innovatsion yechimlar va texnologiyalarni tatbiq
etishni ragʻbatlantiradigan asoslarni shakllantirishga qaratilishi kerak.
Auditorlik jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamlashtirish va optimallashtirish
maqsadida sunʼiy intellekt, big data, blokcheyn va boshqa zamonaviy IT yechimlaridan keng
foydalanish zarur. Bu texnologiyalar orqali moliyaviy hisobotlarning aniqligi, tezkorligi va
shaffofligini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar auditorlik tizimini oʻrganish va ularning ilgʻor tajribalarini
oʻzlashtirish orqali, Oʻzbekistonda xalqaro standartlarga mos audit jarayonlarini
shakllantirishga eʼtibor qaratish zarur. Xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik qilish,
maʼlumot almashish va oʻrganish jarayonini tezlashtirish orqali auditorlik tizimining sifatini
oshirish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
169
Auditorlik sohasida innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy
texnologiyalarni rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni
mustahkamlash zarur. Bu, nafaqat audit jarayonlarini yanada samarali qilish, balki
investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turtki boʻlishga xizmat
qiladi.
Yuqoridagi takliflar amalga oshirilsa, Oʻzbekistonda uzoq muddatli aktivlar auditini
xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni yanada samarali boʻlib, moliyaviy hisobotlarning
aniqligi va shaffofligi, shuningdek, investitsiya muhiti yaxshilanishi kutilmoqda.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda uzoq muddatli aktivlar auditi
xalqaro standartlarga toʻliq moslashmagan holda, malakali auditorlar yetishmovchiligi,
normativ-huquqiy baza va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda dolzarb muammolar
mavjudligini ochib berdi. Xalqaro tajriba asosida auditorlik jarayonlarini modernizatsiya qilish,
malakali kadrlar tayyorlash va normativ-huquqiy meʼyorlarni muntazam yangilash orqali
auditorlik xizmatlarining sifatini oshirish, moliyaviy hisobotlarning aniqligi va shaffofligini
taʼminlash mumkinligi aniqlanadi. Ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilsa, investorlar
ishonchini mustahkamlash va mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga turtki berish
kutilmoqda.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda Oʻzbekistonda uzoq muddatli aktivlar auditi xalqaro standartlarga
toʻliq moslashtirilmagan holda, auditorlik tizimining normativ-huquqiy bazasi, malakali kadrlar
tayyorlash va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash darajasi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan
past ekanligini ochib berildi. Bu holat moliyaviy hisobotlarning aniqligi va shaffofligiga salbiy
taʼsir koʻrsatib, investorlar ishonchini pasaytiradi. Auditorlik sohasidagi dolzarb muammolarni
bartaraf etish uchun, normativ-huquqiy meʼyorlarni zamonaviylashtirish, malakali auditorlarni
tayyorlash va ilgʻor IT texnologiyalarni keng joriy etish zarur. Ushbu chora-tadbirlar auditorlik
jarayonlarining samaradorligini oshirib, moliyaviy hisobotlarning sifatini yaxshilashga hamda
investitsiyalarni jalb etishda hal qiluvchi rol oʻynashi kutilmoqda. Shuningdek, xalqaro tajriba
va hamkorlikni kuchaytirish orqali Oʻzbekistonda auditorlik tizimini yanada
mukammallashtirish imkoniyati mavjud.
Kelajakda amalga oshiriladigan islohotlar natijasida uzoq muddatli aktivlar auditi tizimini
xalqaro standartlarga moslashtirish, investitsiya muhiti va moliyaviy barqarorlikni
taʼminlashda muhim qadam boʻlishi kutilmoqda. Shu yoʻl bilan, auditorlik xizmatlarining
sifatini oshirish va mamlakat iqtisodiyotining xalqaro maydonda raqobatbardoshligini
kuchaytirish mumkin boʻladi. Natijada, samarali islohotlar investorlar ishonchini
mustahkamlab, Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish va barqaror rivojlanishga turtki boʻladi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Barth M. (2020) "Global Accounting Standards: Perspectives and Implications." Journal of
Financial Reporting, 112-130 .
Enevoldsen S. (2017) "The Evolution of International Auditing Standards." European
Accounting Review, 99-115 .
Hoogervorst H. (2019) "Financial Reporting and Transparency." International Journal of
Accounting, 78-95 .
Ismoilov M. (2019) "Uzoq muddatli aktivlarning baholash usullari va xalqaro standartlarga
mosligi." Toshkent Moliya Instituti Nashrlari, 78-92 betlar.
Nobes Ch. (2015)“IFRS Benefits and Challenges”Accounting and Business Research, 120-135.
Norqulov A. (2022) "Xalqaro audit standartlarining milliy tizimga tatbiqi." Toshkent Davlat
Iqtisodiyot Universiteti Nashrlari, 99-115 betlar.
Qonun (2021) “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni,
25.02.2021 yildagi OʻRQ-677-son.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
170
Sobirov M. (2023) "Uzoq muddatli aktivlar auditi: nazariya va amaliyot." Oʻzbekiston
Buxgalteriya va Audit Jurnali, 134-150 betlar.
Whittington R. (2018) "Auditing and Assurance Services." McGraw-Hill Education, 45-60 .
Xolmirzayev S. (2020) "Moliyaviy audit va uning takomillashtirish yoʻnalishlari."
Oʻzbekiston Iqtisodiy Tadqiqotlar Jurnali, 45-60 betlar.
Yuldasheva D. (2021) "Oʻzbekiston iqtisodiyotida auditorlik xizmatlarini rivojlantirish."
Milliy Iqtisodiyot Jurnali, 112-130 betlar.
