Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
66
XO‘JALIK YURITUVCHI KORXONALARNING INNOVATSION
FAOLIYATINI MOLIYAVIY
RAGʻBATLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINING OʻRNI
PhD, dots.
Baxriddinov Nodirbek
Namangan davlat texnika universiteti
ORCID: 0000-0002-3765-5778
Annotatsiya.
Maqolada moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasi yordamida sanoat
korxonalarining innovatsion faoliyati koʻrib chiqilgan. Mazkur masala boʻyicha turli xil xorij
davlatlari tajribasi
oʻrganilgan va ularni sanoat korxonalarida foydalanish imkoniyatlari aniqlangan
va baholangan. Innovatsion faoliyatni moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasidan foydalanish
boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
innovatsion faoliyat, ragʻbatlantirish, sanoat korxonalari, moliyaviy ragʻbat,
samaradorlik, xorijiy tajriba, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish, globallashuv, iqtisodiy oʻsish, ijtimoiy
infratuzilma.
РОЛЬ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА В ФИНАНСОВОМ СТИМУЛИРОВАНИИ
ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ
PhD,
доц.
Бахриддинов Нодирбек
Наманганский
государственный технический университет
Аннотация.
В
статье
рассматривается
инновационная
деятельность
промышленных предприятий с использованием зарубежного опыта финансового
стимулирования. Изучен опыт различных зарубежных стран по данному вопросу, выявлены
и оценены возможности его использования на промышленных предприятиях. Разработаны
предложения по использованию зарубежного опыта финансового стимулирования
инновационной деятельности.
Ключевые слова:
инновационная активность, стимулирование, промышленные
предприятия, финансовое стимулирование, эффективность, зарубежный опыт, социально
-
экономическое развитие, глобализация, экономический рост, социальная инфраструктура.
THE ROLE OF FOREIGN EXPERIENCE IN FINANCIAL PROMOTION OF INNOVATIVE
ACTIVITIES OF ENTERPRISES
PhD, assoc. prof.
Bahriddinov Nodirbek
Namangan State Technical University
Abstract.
The article examines the innovative activity of industrial enterprises using foreign
experience in financial incentives. The experience of various foreign countries on this issue is studied
and the possibilities of their use in industrial enterprises are identified and assessed. Proposals are
developed on the use of foreign experience in financial incentives for innovative activity.
Keywords:
innovative activity, incentives, industrial enterprises, financial incentives, efficiency,
foreign experience, socio-economic development, globalization, economic growth, social
infrastructure.
UO‘K:
316.422
IV SON - APREL, 2025
66-72
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
67
Kirish.
Ilmiy-
texnologik va innovatsion rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat innovatsiya siyosatini shakllantirishning muhim
elementi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
-
globallashuv va raqobat kurashining kuchayayotganligi;
-
texnologiyalarning takrorlanishini oldini olish maqsadida milliy innovatsion tizimlarni
integratsiyalashuvini ta’minlashning zarurligi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti tufayli bir qator xorijiy davlatlarda innovatsion faoliyatni
qo‘llab
-quvvatlashning samarali iqtisodiy mexanizmlari yaratildi. Masalan, AQSh va Yaponiya
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda innovatsion faoliyatning o‘s
ishi bosqichma bosqich
amalga oshirildi.
Yevropa Ittifoqi va Kanada davlatida barcha ilmiy muammolar davlat idoralarining faol
ishtirokida hal etiladi. Ular yangi turdagi ishlab chiqarish texnalogiyalarini rivojlantirish orqali,
soliq stavkalarini pasaytirishga, sug‘urta kompaniyalarini jalb etishga, imtiyozli kreditlar
olishga, ji
smoniy shaxslar tomonidan investitsiyalarni yo‘naltirishga erishdilar.
Adabiyotlar sharhi.
Ilmiy izlanishlar davomida yuqorida ta’kidlangan innovasion faoliyatga oid dastlab keng
ma’noda «Innovatsiya» atamasi birinchi marta avstriyalik iqtisodchi Shumpeter
(1982)
tomonidan 1912 yilda «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» asarida taklif etilgan. Innovasion
nazariyaning eng asosiy qoidalari ham ushbu asarda to‘la asoslab berilgan.
Amerikalik boshqaruv bo‘yicha mutaxassis Druker
(1993) innovatsiyaga nisbatan
yanada kengroq yondashuvni chiqdi, ya’ni «Yangilik kiritish –
bu murakkab tizim bo‘lib, uning
yordamida g‘oyalar va ixtirolar birinchi marta tijorat voqeligiga aylanadi. Bu–
mahsulot
yoki xizmat turlarini bozorga chiqarish, iqtisodiyotga muvaffaqiyatli joriy etish, demakdir»
ishlab chiqdi.
Rus iqtisodchilaridan Anchishkinning (1986)
fikriga ko‘ra «innovatsiya», «yangilik
kiritish» atamalari faqat texnik-
texnologik o‘zgarishlar bilan chegaralanishi mumkin emas. U
ushbu atamaga keng ijtimoiy ma’no berib, yangiliklarni jamiyatni rivojlantirishning muhim
vositasi sifatida ko‘rib chiqqan
va texnik-texnologik yangiliklar muayyan iqtisodiy oqibatlarni
keltirib chiqargan holda sotish bozori uchun kurashishga ko‘maklashib, raqobat muhitini
o‘zgartiradi va bu bilan ijtimoiy rivojlanishga yordam berad
i, deydi.
Yana bir ta’rif quyidagicha: «innovatsiya –
bu jamiyat taraqqiyotining ta’siri ostida inson
o‘zgaruvchan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun yangilik kiritish, yangiliklarni (yangi
amaliy vositani) yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish jarayoni» deb ifodalanadi. Utkin
(1996) esa innovatsiya (yangilik kiritish)ni amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot yoki kashfiyot
natijasida ishlab chiqarishga joriy etilgan, avvalgisidan sifat jihatdan farq qiluvchi ob’yekt
sifatida ta’riflaydi.
Umuman olganda, keltirib o‘tilgan mutaxassis olimlar tomonidan innovatsiya va
innovasion faoliyati ustida ish olib borilgan bo‘lib, iqtisodiyot real tarmoqlarini innovasion
rivojlanishida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini samarali boshqarish yo‘ll
ari mavzusi
doirasida tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida tanlangan
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda mavzu doirasidan kelib chiqqan holda ilmiy va nazariy yondashuvlar
o‘rganilib, mushohada qilingan. Tadqiqotda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘nalish
tanlab olingan. Birlamchi hamda ikkilamchi ma’lumot manbalarini chuqur o‘rg
anshi va
asoslash uchun tadqiqot strategiyasi belgilab olingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
68
Tahlil va natijalar muhokamasi.
AQSh va Angliya davlatlari ilmiy innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmidan
faol foydalanish natijasida, dunyo miqiyosida yetakchi xisoblanadi.
Jahon rivojlangan davlatlari faoliyatida “Spin off” transferi mexanizmlari:
−
texnik va
boshqaruv tajribasini uzatish (transfer of technology and management skill), ilmiy va
muhandislik tajribalarini sanoatda foydalanish imkoniyati (transferability of scientific and
engineering skills) uchun, ilmiy-texnik transfer, yoki ilmiy-texnik yutuqlar transferi, texnologik
transfer, yoki texnologiyalar, innovatsiyala transferi kabi tushunchalar amaliyotda qo‘llab
kelinadi.
Xorijlik i
qtisodchi olimlarning tahlillariga ko‘ra “Spin off” transfer mexanizmlari
jahonning AQSh va Buyuk Britaniya davlatlarida eng ko‘p rivoj topgan texnologiyalar sifatida
tanilgan degan xulosaga kelingan (R Blog - RoboForex, 2018).
Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib kelgusida, ushbu “Spin off” loyihasini
respublikamiz iqtisodiga yo‘naltirilsa foydadan holi bo‘lmaydi.
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat va korxonalarning hissali ishtirok
etishini ta’minlash, olinadigan dividentlarga nisbatan past darajadagi soliq stavkalarini qo‘llash
innovatsion loyihani investitsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Taraqqiy etgan boshqa mamlakatlarda ham innovatsion investitsiyalashni
rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi.
Davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, mazkur soliq imtiyozlari quyidagi
shakllarda amaliyotga joriy qilingan:
−
yaponiyada yangi texnika va texnologiyani tadqiq qilish va ishlab chiqish maqsadida
ishlatiladigan uskunaga investitsiya qilayotgan sanoat kompaniyalariga mazkur
investitsiyalarning 7 foizi miqdorida foyda solig‘idan chegirma beriladi;
−
angliya kompaniyalarga, yangi mashina va uskunalarni ishlab chiqarishga joriy
etganda, birinchi yilda soliq imtiyozlari beriladi;
−
irlandiyada yangi uskunalarni ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida soliq imtiyozi
100 foizni tashkil etadi (Pavlov, 2009).
−
fransiya va Germaniyada innovatsion investitsiyalashni moliyaviy rahbatlantirishda
soliq imtiyozlari emas, balki amortizatsiya siyosati muhim tutadi. Mazkur mamlakatlarda
kompaniyalarga yangi texnika va uskunalarga birinchi yilda hisoblangan amortizatsiyalarni
to‘liq balansdan chiqarish huquqi berilgan.
Yevropa Ittifoqida innovatsiyalarni investitsiyalash jarayoniga salbiy ta’sir etayotgan
omillardan biri integratsiyaga qarshi jarayonlarning chuqurlashayot-ganligi hisoblanadi. Bu
esa, ko‘pchilik mutaxassislar va siyosatchilarning fikriga ko‘ra, Yevropa It
tifoqi chegarasining
sharqqa qarab kengayganligi bilan izohlanadi.
Innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish va rag‘batlantirishda asosiy ishtirokchi sifatida
davlat byudjetini roli, yaratilayotgan har bir g‘oya, taklif va loyixalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri mablag‘
bilan ta’minlash vazifasi turadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ularning har birida innovatsiyalarni
moliyalashtirish va rag‘batlantirib borishda davlatning roli uning rivojlanishi darajasiga va eng
muhimi innovatsion siyosatning motivatsiyasiga bog‘liq bo‘lib, o‘ziga hos turda nam
oyon
bo‘ladi. Bunga misol tariqasida dunyo miqiyosida rivojlangan va yuqori rivojlanayotgan
mamlakatlarni keltirib o‘tish mumkin. Masalan, AQSh uchun asosiy xarakat dunyo miqiyosidagi
global harbiy siyosat va iqtisodiy gegamonlikni saqlab qolish. Yevropa mamlakatlari uchun
ijtimoiy barqarorlik va turmush sifatini yaxshilash. Xitoy uchun barqaror o‘sish va iqtisodiy
yetakchilikka erishish. Hindiston, Malaziya uchun esa, qashshoqlik va ichki muammolarni
engish, barqarorlikka erishish. Koreya respublikasi (Janubiy Koreya) va Singapur uchun
makrodarajada mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish turadi (Seleznyov, 2013).
Shunisi xarakterliki, taraqqiy etgan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot xarajatlarining asosiy
qismini davlat qoplaydi. Masalan, Fransiyada 2019-yilning 1 yanvaridan boshlab, summasi 100
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
69
mln. evrogacha bo‘lgan ilmiy
-tadqiqot ishlarining 30 foizi, 100 mln. yevrodan ortiq
bo‘lganlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplangan
(Zaxarova, 2019).
AQShda ilm-fan xarajatlarining qariyb yarmi, Buyuk Britaniyada 50 foizdan ortiq qismi,
Germaniyada 40 foizdan ortig‘i davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
1-jadval.
Ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish tashkilotiga a’zo
mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot va
ishlanmalarga qilinadigan xarajatlari (OECD, 2021)
(YAIMga nisbatan %da)
Davlatlar
Xarajatlarning
rejalashtirilgan
darajasi
Erishiladigan yil
Xarajatlarning
haqiqatdagi darajasi
1.
Avstriya
3,0
2020
2,45
2.
Belgiya
3,0
2020
1,83
3.
Chexiya
2,1
2020
1,54
4.
Daniya
3,0
2020
2,43
5.
Finlyandiya
4,0
2021
3,45
6.
Fransiya
3,0
2022
2,11
7.
Germaniya
3,0
2021
2,53
8.
Gretsiya
1,5
2019
0,57
9.
Vengriya
1,4
2020
1,00
10.
Irlandiya
2,5
2022
1,32
11.
Yaponiya
4,0
2020
3,39
12.
Janubiy Koreya
5,0
2022
3,23
13.
Niderlandiya
3,0
2020
1,67
14.
Norvegiya
3,0
2020
1,52
15.
Polsha
2,2
2020
0,56
16.
Portugaliya
1,8
2020
0,83
17.
Ispaniya
2,2
2021
1,20
18.
Shvetsiya
4,0
2020
3,73
19.
Buyuk Britaniya
2,5
2019
1,78
20.
Yevropa Ittifoqi
3,0
2020
1,76
1-
jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga qilingan
xarajatlarning yuqori darajasi Shvetsiya, Finlyandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstriya va
Daniyada kuzatilmoqda.
Mazkur mamlakatlar 2019-2022-yillarda ushbu xarajatlar darajasini yanada oshirish
maqsadini ko‘zlashgan. Xususan, Shvetsiyada 2021
-yilning oxiriga kelib, mazkur
ko‘rsatkichning amaldagi darajasi 4 foizga yetkazish kutilgan. Avstriyada esa, 2020
-yilda ushbu
ko‘rsatkich 3 foizga yetgani ma’lum bo‘ldi. Polsha, Gretsiya va Portugaliyada ilmiy tadqiqotlar
va ishlanmalarga qilingan xarajatlar darajasi past. Bu esa, ushbu mamlakatlar
iqtisodiyotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashga nojo’ya ta’sir etadi.
O‘tish iqtisodiyoti jarayonlari mavjud davlatlarda
iqtisodiyotni innovatsiyalashish
darajasi taraqqiy etgan mamlakatlarnikiga nisbatan ancha past. Masalan, Rossiyada ilmiy
tadqiqot va ishlanmalarga qilingan xarajatlarning YAIMga nisbatan salmog‘i 1,12 foizni tashkil
etadi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha duny
oda 30-
o‘rinni egallaydi. Bitta olimga to‘g‘ri keladigan
ilm-
fan xarajatlari 19 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Holbuki, ushbu ko‘rsatkich
Germaniyada 131 ming dollarni, Janubiy Koreyada esa, 147 ming dollarni tashkil qiladi
(Zaxarova, 2020).
Asosiy kapitalni yangilash innovatsion rivojlanishning muhim masalalaridan biri
hisoblanadi. Rossiyada asosiy fondlarning 50 foizdan ortiq qismi jismonan eskirgan. Ayniqsa,
qishloq xo‘jalik mashinasozligi va qurilish materiallari sanoatida innovatsion faol
lik darajasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
70
past. Rossiya korxonalari tomonidan jo‘natilgan mahsulotlarning umumiy hajmida yangi
mahsulotlarning salmog‘i atigi 12 foizni tashkil qilmoqda
(Pavlov, 2021).
Xorijiy innovatsion investitsiyalarni jalb etish respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida, uning
subyektlarida ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish, yangi ishlab chiqarish
texnologiyalarini qo‘llashni jahon xo‘jaliklariga bo‘lgan talab asosida amalg
a oshirishni
ta’minlaydi. Xorijiy mamlakatlarda korxona amortizatsiya mablag‘lari innovatsion
investitsiyalashtirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Uning investitsiyalashtirishdagi
hissasi doimiy ravishda o‘sib borishining asosiy sababi ishlab chiq
arish fondlari va
texnologiyalari qisqa muddatlar ichida yangilanib turishidir. Bu yangilanish davri 4-7 yillarni
tashkil etadi. Natijada, amortizatsiyaning yillik darajasi oshib borishi hisobiga ishlab chiqarish
fondlarining amortizatsiya orqali qoplanish muddati qisqarib bormoqda.
Jumladan, AQShda 60-
yillarda amortizatsiya mablag‘larini umumiy kapital qo‘yilmalar
hissasidagi hajmi 50-
58 foizga ko‘paygan bo‘lsa, keyingi 15
-20-yillar ichida 70-75 foizga,
Germaniyada esa 30-37 foizdan 55-
60 foizga, Yaponiyada 32 foizdan 35 foizga ko‘paygan bo‘lsa,
keyingi davrlarda bu ko‘rsatkich 45
-50 foizni tashkil etgan.
Xorijiy
mamlakatlarda
umumiy
moliyalashtirishda
shakllanayotgan
kapital
mablag‘larning 60
-
70 foizi amortizatsiya mablag‘iga va 30
-
40 foizi korxona foydasiga to‘g‘ri
keladi.
Amortizatsiya fondlarini shakllantirish jarayonida Rossiya Federatsiyasi tajribalaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Unga asosan tezlashtirilgan shaklda amortizatsiya
mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab
chiqarish
jarayonini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rossiyada amortizatsiyaga tortiluvchi mulklardan foydalanish muddatlariga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi (2
-jadval).
2-jadval.
Foydalanish muddatlariga qarab amortizatsiyaga tortiluvchi mulklar
(Slepneva va Yarkin, 2020)
Guruh Foydalanish muddatlari
belgilangan asosiy mablag‘lar
(yil hisobida)
1
1
–
2
2
2
–
3
3
3
–
5
4
5
–
7
5
7
–
10
6
10
–
15
7
15
–
20
8
20
–
25
9
25
–
30
10
30 yildan ortiq
Mamlakatda davlat tomonidan yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlovchi
investitsiya va innovatsiya loyihalari tan olinsa, unga sarflangan xarajatlarning 50 foizigacha
davlat tomonidan qoplanadi. Ishlab chiqarish xomashyo resurslari bilan bog‘lanmagan tashqi
savdo uchun mahsulot ishlab chiqarishning tashkil topishiga 40 foizgacha, yoki xorijiy
mahsulotlarni o‘rnini qoplaydigan va tashqi bozorda unga talab bo‘lgan investitsion loyihalarni
joriy etish maqsadida 30 foizgacha va ichki iste’mol bozorida talabgor mahsulotlarni ishlab
chiqarishni ta’minlovchi loyihalarni amalga oshiri
sh uchun 20 foizgacha davlat investitsion
mablag‘ hisobidan yordam beradi. Davlat tomonidan ikki yilga belgilangan investitsion
loyihalar, agar loyiha egalarining investitsion loyihaning umumiy qiymatini 20 foizgacha
xususiy mablag‘lari mavjud bo‘lsa, davl
atning bu loyihalarni amalga oshirish uchun 20-50
foizgacha moliyaviy yordam berishi belgilangan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
71
Jahon tajribasini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda innovatsion faoliyatini moliyaviy
rag‘batlantirishni samarali amalga oshirish uchun quyidagi muammolarni hal etishga e’tibor
berish zarur:
-
respublika milliy iqtisodiyotining istiqbolli rivojlanishini takomillashtirish iqtisodiy
siyosatga asosan uning strategiyasini ishlab chiqish;
-
milliy iqtisodiyot tarmoqlarini samarali taraqqiy etish uchun kerak bo‘lgan innovatsion
investitsiya mablag‘larini jalb etish bo‘yicha innovatsion investitsiya siyosatini ishlab chiqish;
-
xorijiy innovatsiya mablag‘larini jalb etishni respublika iqtisodiy mintaqalari
xususiyatlari va tabiiy resurslaridan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatini rivojlantirish,
uning jozibadorlik darajasini oshirish;
-
innovatsion ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ishlab chiqarishda texnologik yo‘nalishda
raqobatbardosh yangiliklarni yaratish uchun innovatsion tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi
subyektlarni zarur bo‘lgan ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;
-
innovatsion faoliyatni investitsiyalashtirishda aholi jamg‘armalaridan foydalanishni
rivojlantirish lozim. Buning uchun esa qo‘yilmalarning davlat banklarida to‘planishini
rag‘batlantirib borish yuzasidan, birinchidan, bank qo‘yilmalari uchun to‘lanadigan
foiz
darajalarini boshqatdan ko‘rib chiqish lozim bo‘lsa; ikkinchidan, maxsus innovatsion
investitsiyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar zayomlarni chiqarish zarur;
uchinchidan, innovatsion yangiliklar asosida ishlab chiqarish subyektlarining oladigan
foydalari darajasining o‘sishidan innovatsion investorlar manfaatdorligini oshirish zarur.
Xorijiy davlatlar va xususiy investorlarning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi
innovatsion faoliyat yo‘nalishlarida qatnashishlari maqsadga muvofiqdir:
-
ishlab chiqarish jarayonini bozor talablari asosida rivojlantirishni tashkil etishda;
-
birgalikda qo‘shma korxonalar, ilmiy markazlar tashkil etishda;
-
innovatsion faoliyatni rivojlantirishni kreditlashtirishda;
-
lizing xizmatlarini tashkil etishda;
-
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida kerak bo‘lgan milliy mutaxassislarni va
kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlarni tayyorlashda;
-
ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va unumdorligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish
texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘llashda.
Ishlab chiqarish subyektlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda xorijiy davlatlar
bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish strategiyasiga asoslangan holda iqtisodiyot
taraqqiyotini ta’minlovchi tarmoqlar yo‘nalishlarida amalga oshirish, mahalli
y resurslar
zaxiralari asosida ishlab chiqarish tarmoqlarining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish
maqsadga muvofiqdir. Amerikalik iqtisodchi Druker (2000)
o‘z vaqtida shunday degan edi,
-
«Har qanday biznes ikki funksiyaga, investitsiya va innovatsiyag
a bog‘liqdir».
Xulosa va takliflar.
Demak, yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
-
innovatsiyalarni investitsiyalash mamlakat iqtisodiyotining xalqaro miqyosda
raqobatbardoshligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi;
-
ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga sarflangan xarajatlar darajasi iqtisodiyotning
innovatsiyalashish darajasini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi va uning YAIMga
nisbatan darajasining 3 foizdan kam bo‘lmasligi ijobiy holat hisoblanadi;
-
innovatsiyalarni investitsiyalashning davlat orqali nazorat qilish va qo‘llab
-quvvatlash,
innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat va korxonalarning hissali ishtirok etishini
ta’minlash hamda davlat tomonidan uning aniq kafolatlash tizimini ishla
b chiqish, olinadigan
dividentlarga nisbatan past darajadagi soliq stavkalarini qo‘llash, yangi uskunalar va
texnologiyalarga qilingan investitsiyalarga nisbatan soliq chegirmalarini qo‘llash, innovatsion
loyihalarni investitsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
72
-
respublika milliy iqtisodiyoti tarmoqlari o‘rtasida zarur bo‘lgan nisbatlarni o‘rnatish va
uning barqaror rivojlanishini ta’minlash xorijiy investitsiya mablag‘larini milliy iqtisodiyotga
jalb etish darajasiga va undan innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun ajratilgan innovatsion
investitsiya mablag‘lari miqdoriga bog‘liq;
-
milliy iqtisodiyotda innovatsion investitsiyalashtirish jarayonining rivojlanishi zarur
bo‘lgan ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq;
-
iqtisodiyotida o‘tish jarayonlari mavjud mamlakatlarda innovatsiyalarni investitsiyalash
darajasi nisbatan past bo‘lib, iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshirishga to‘sqinlik
qilmoqda.
Adabiyotlar/ Литература/References:
OECD (2021) Science, Technology And Industry Outlook 2021. OECD.-p.64.
R Blog - RoboForex. (2018). Blog RoboForex for Traders: Trading News, Analysis, Forecasts
-forex
and
stocks.
R-Blog.
[online]
Available
at:
https://blog.roboforex.com/ru/blog/2021/10/22/kompaniya-provodit-spin-off-chto-.
Statistik byulleten (n.d.) “O‘zbekiston respublikasi ilmiy texnikaviy salohiyati va
innovatsiyalar asosiy ko‘rsatkichlari” statistik byulleteni.
Statistika qo’mitasi (2020) O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qomitasi
“O‘zbekistonda ilm
-
fan va innovatsion faoliyat”. Toshkent. b.82
.
Utkin E.A., Morozova G.I. (1996) Innovatsionniy menendjment.
–
M.: AKALIS,
–
208 s.
Анчишкин А. И. (1986) Наука
-
техника
-
экономика.
-
М.: Экономика,
-
35 с.
Дpукеp П.Ф. (2000) Пpактика менеджмента.
-
Санкт
-
Петеpбуpг. Москва,
-
263 с.
Друкер П. (1993) Новый бизнесс.
-
М.: Экономика.
Захаpова Н. (2019) Кооpдинация инновационных пpоцессов в Евpопейском
Союзе//Экономист.
-
Москва, №7.
-
65с.
Захаpова Н. (2020) Кооpдинация инновационных пpоцессов в Евpопейском
Союзе//Экономист.
-
Москва,
-
№7.
-
58с.
Павлов К. (2009) Инновации интенсивного и экстенсивного типа//Экономист.
-
Москва,
-
№7.
-
47с.
Павлов К. (2021) Инновации интенсивного и экстенсивного типа//Экономист.
-
Москва, №7.
-
45с.
Селезнёв П.С. (2013) Инновационная политика “незападных” стран в начале ххi
столетия: поиск приоритетов модернизации,
-
М,: «Финансовый университет», с. 11.
Слепнева Т.А., Яpкин Е.В. (2020) Инвестиции: Учебное пособие.
-
М.: ИНФPА
-
М, 61 с.
Шумпетер Й. (1982) «Теория экономического развития». –
М., Прогресс, –455с.
