Авторы

  • Шерзод Азизов
    Таможенный институт государственного таможенного комитета Республики Узбекистан https://orcid.org/0009-0000-4539-7820
  • Абдисамад Мамаражабов
    Таможенный институт государственного таможенного комитета Республики Узбекистан https://orcid.org/0009-0004-4509-0334

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.90230

Ключевые слова:

цепочка поставок хозяйствующие субъекты экономические механизмы рейтинговая система рейтинг устойчивости рейтинг страховых организаций открытость

Аннотация

В статье анализирую тся рейтинговые системы, внешние в различных сферах деятельности нашей республики. Также были выявлены особенности рейтинговых систем и отражения иx особенностей при определении таможенного рейтинга внешнеторговой деятельности субъектов хозяйства. Также обсуждаются принципы, которые следует учитывать при внедрении рейтинговой системы, и пересчитываются важные принципы. Кроме того, было уделено внимание важности использования цифровых технологий и интеграции с другими профильными организациями при расчете рейтинговых оценок, разработке соответствующих предложений и рекомендаций


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

40


REYTING TIZIMLAR TAHLILI VA OʻZIGA XOS JIHATLARI HAMDA

SOHA ISTIQBOLIDA QOʻLLASH IMKONIYATLARI

i.f.d., prof.

Azizov Sherzod

O

zbekiston Respublikasi Bojxona

qo

mitasining Bojxona instituti

ORCID: 0009-0000-5218-9093

sherzodazizov77.77@gmail.com

Mamarajabov Abdisamad

O

zbekiston Respublikasi Bojxona

qo

mitasining Bojxona instituti

ORCID: 0009-0004-4509-0334

abdusamad3918@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada Respublikamizda turli yoʻnalishlarda joriy etilgan reyting tizimlari

tahlil qilingan. Shuningdek, reyting tizimlarining oʻziga xos xususiyatlari aniqlanib, tadbirkorlik

subyektlarining tashqi savdo faoliyati bojxona reytingini aniqlashda xususiyatlarni aks ettirish

keltirilgan

. Reyting tizimini joriy etishda inobatga olinishi lozim boʻlgan tamoyillarga ham toʻxtalib

oʻtilgan boʻlib, muhim tamoyillar sanab oʻtilgan. Bundan tashqari, reyting ballarini hisoblashda

raqamli texnologiyalarni

qoʻllash va boshqa tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish muhimligiga

eʼtibor qaratilgan hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

yetkazib berish zanjiri, tadbirkorlik subyektlari, iqtisodiy mexanizmlar, reyting

tizimi, barqarorlik reytingi, sugʻurta tashkilotlari reytingi, ochiqlik.

АНАЛИЗ СИСТЕМ ОЦЕНКИ, ИХ ХАРАКТЕРИСТИК И

ВОЗМОЖНОСТЕЙ ПРИМЕНЕНИЯ В ОТРАСЛИ

д

.

э

.

н

.,

проф

.

Азизов Шерзод

Таможенный институт

Таможенного комитета Республики Узбекистан

Мамаражабов Абдисамад

Таможенный институт

Таможенного комитета Республики Узбекистан

Аннотация

.

В статье анализирую

тся рейтинговые системы, внешние в различных

сферах деятельности нашей республики. Также были выявлены особенности рейтинговых
систем и отражения иx особенностей при определении таможенного рейтинга

внешнеторговой деятельности субъектов хозяйства. Также обсуждаются принципы,

которые следует учитывать при внедрении рейтинговой системы, и пересчитываются
важные принципы. Кроме того, было уделено внимание важности использования цифровых

технологий и интеграции с другими профильными организациями при

расчете рейтинговых

оценок, разработке соответствующих предложений и рекомендаций.

Ключевые слова:

цепочка поставок, хозяйствующие субъекты, экономические

механизмы, рейтинговая система, рейтинг устойчивости, рейтинг страховых организаций,

открытость.

UO‘K:

316.334.52

IV SON - APREL, 2025

40-48


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

41

ANALYSIS OF RATING SYSTEMS, THEIR CHARACTERISTICS AND

POSSIBILITIES FOR APPLICATION IN THE INDUSTRY

DSc, prof.

Azizov Sherzod

Customs Institute of the Customs

Committee of the Republic of Uzbekistan

Mamarajabov Abdisamad

Customs Institute of the Customs

Committee of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

The article analyzes the rating systems introduced in our Republic in various

areas. It also identifies the specific features of rating systems and reflects their features in

determining the customs rating of foreign trade activities of business entities. It also touches upon
the principles that should be taken into account when implementing the rating system, and lists

important principles. In addition, attention is paid to the importance of using digital technologies

and integrating them with other relevant organizations in calculating rating points, and relevant

proposals and recommendations are developed.

Keywords:

supply chain, business entities, economic mechanisms, rating system,

sustainability rating, insurance organization rating, openness.

Kirish.

Jahon bozorida oʻz oʻrni, obroʻsi va mavqeini saqlab qolish niyatidagi har tomonlama kuch

va qudratga ega, moliyaviy barqaror yirik gegemon davlatlar oʻrtasida oʻzaro bir

-biriga

nisbatan qoʻllanilayotgan iqtisodiy sanksiyalar (boj, soliq va boshqa tarif va

notarif cheklovlar),

koʻrilayotgan chora

-

tadbirlar, ishlab chiqilayotgan yoʻl xaritalari, misli koʻrilmagan turli

taʼqiqlar, shubhasiz dunyo miqiyosida tovar yetkazib berish zanjirining uzilishiga va/yoki
jahon bozorida qaysidir maʼnoda global xausni yuza

ga keltirmoqda, davlatlarning bir-biriga

boʻlgan oʻzaro ishonchini soʻndirmoqda. Shu bois, jahon bozoriga sifatli tovar yetkazib berishda

yetakchi oʻrinlardan birini egallashga boʻlgan harakat barcha rivojlanayotgan mamlakatlarning

tub orzusiga aylanmoqda.

Oʻz oʻrnida, bunday sharoitda Oʻzbekistonda ham byudjet

xarajatlarini qisqartirish, yashirish iqtisodiyot ulushini keskin kamaytirish, ishsizlikning

minimal darajaga tushirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, yashil iqtisodiyot tarmoqlariga keng

urgʻu berish va moliyaviy barqaror halol tadbirkorlik subyektlari sonini koʻpaytirishga keng

eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun, mamlakatda yetarlicha shart

-sharoitlar yaratilgan, tegishli

tartibda ular qoʻllab

-

quvvatlanmoqda. Biroq, shunday boʻlsa

-da, ularning faoliyati qanchalik

halolligi biroz shubha ostida qolmoqda. Chunki, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va

sohalarida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining halolligi, qonunga itoatkorligi,

moliyaviy barqarorligini yaqqol ifodalovchi turlicha nomda ataladigan reyting tizimlari mavjud

boʻlishiga qaramasdan va/yoki mavjud boʻlmagan taqdirda ham ularni yaratish hamda
qoʻllashga oid qator nazariyalar, normativ

-huquqiy hujjatlar, amaliyotlar allaqachonlar ishlab

chiqilgan boʻlsa

-da, hamon yangidan-yang

i, zamonaviy va eng ilgʻor shaffof reyting tizimlarni

yaratish ustida tinimsiz ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Chunki, ularning mavjudligi

iqtisodiyotning har bir jabhasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining shaffoflik,
barqarorlik, qonu

niylik, xavfsizlik kabi tamoyillarga soʻzsiz amal qilishini taqozo etadi va ular

bilan iqtisodiy munosabatga kirishuvchi har qanday manfaatdor tomonlarda oʻzaro bir

-biriga

boʻlgan yuqori ishonch, hamkorlik, strategik sheriklik tuygʻusini vujudga keltiradi.

Bu esa,

barcha davlat va jamiyatning

iqtisodiy oʻsish

ga erishishiga zamin yaratadi.

Yuqoridagi vazifalarni iqtisodiy mexanizmlarda raqamli texnologiyalarni samarali

foydalanish koʻlamini kengaytirmasdan erishib boʻlmaydi. Chunki, qisqa fursatda katta

marralarga erishish, iqtisodiy jarayonlarni shaffof tarzda tezlashtirish, soddalashtirish va

aniqlashtirishda raqamlashtirishning ahamiyati yuqori hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

42

Mamlakatimizda soʻngi yillarda bir nechta yoʻnalishlarda, jumladan soliq, qurilish,

sugʻurta, sogʻliqni saqlash va transport tizimlarida faoliyatidan kelib chiqib, subyektlarni

reyting tizimi orqali balli tizim asosida baholanmoqda va natijalardan unumli foydalanilmoqda.

Quyida ularning bir nechtasiga batafsil toʻxtalib oʻtamiz.

Adabiyotlar sharhi.

Reyting yoʻnalishida umumiy maʼlumotlar, xususiyatlar va boshqa jihatlari yoritilgan

koʻplab adabiyotlar mavjud boʻlib, ular xorijlik Andrich

(2018), Cronbach (2017), Koczkodaj

(2017) kabi olimlar tomonidan reyting tushunchasi, uning shkalalari va foydalanish

xususiyatlari toʻgʻrisida tadqiqot yuritgan boʻlsa, Grechuxin

(2008), Koshelyuk (2008),

Kartashov (2005) kabi MDH davlatlari olimlari tomonidan reyting tizimini korxonalarga

nisbatan qoʻllash masalalari boʻyicha oʻrganishlar olib borgan.

Respublikamiz olimlarining fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Professor Xasanovning

(2023)

tahriri ostida chop qilingan “Moliya va soliqlar” darsligida korxonaning moliyaviy

salohiyati moliyaviy siyosatning natijaviy ko‘rsatkichi, iqtisodiy o‘sishning manbai sifatida

talqin qilinadi.

Tadqiqotchi Yo‘ldoshevning

(2023)

fikricha,“korxonaning rivojlanish salohiyati

-bu

o‘ziga xos tarkibiy qismlar (unsur va tashkil etuvchilar)ga ega bo‘lgan murakkab tizim bo‘lib,

uni samarali boshqarish mazkur tizimning qanchalik o‘rganilganligiga ko‘p jihatdan bog‘liq”.

Muallifla

rning salohiyatning tizimli tavsifga egaligi borasidagi qarashlariga qo‘shilgan holda,

salohiyat resurs, imkoniyat va qobiliyatlarning mavjudligi bilan tavsiflanuvchi murakkab

tuzilmaga ega bo‘lgan tizim ekanligini ta’kidlaymiz.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini mahalliy va xorijiy olimlarning reyting

tushunchasi mohiyati, uni aniqlash, baholash va shakllantirish muammolarini oʻrganishga
bagʻishlangan ilmiy izlanishlari natijalari, ilmiy yondashuvlari, st

atistik, davriy axborot

nashrlarida mavzuga oid chop qilingan ilmiy materiallar, Internet resurslari tashkil qiladi

(rasmiy sayt ma’lumotlari). Ushbu maqolada quyidagi usullardan foydalanilgan: tahlil va

sintez, tizimli yondashuv, induksiya va deduksiya, taqqoslash, guruhlash, tanlanma kuzatish,
iqtisodiy va statistik usullar, moliyaviy koeffitsiyentlar usullari (korxonalarning moliyaviy

salohiyatini hisoblash), mantiqiy umumlashtirish (xulosalar yasash).

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Hozirgi kunda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan (Qaror,

2024a)

. Unga koʻra, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik

subyektlarini ragʻbatlantirish hamda ularga yanada qulay shart

-sharoit yaratish maqsadida

joriy etilgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi Soliq qoʻmi

tasi tomonidan

shakllantirilmoqda, buning uchun alohida “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi”

elektron platformasi yaratilgan. Mazkur reyting avtomatik tarzda idoralararo axborot

almashinuvi orqali aniqlanmoqda.

Shuningdek, reyting Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-

saytida eʼlon qilib borilmoqda.

Bu esa oʻz navbatida reyting natijalarining haqqoniyligi hamda unga boʻlgan jamoatchilik
ishonchini yanada oshirmoqda. Bundan tashqari, natijalarni “Soliq” mobil ilova

sidan ham

koʻrish imkoniyati yaratilgan hamda qoʻshimcha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida

ham tekshirish imkoniyati mavjud.

Barqarorlik reytingi shkala turlarining bir nechtasidan foydalanib, balli tizim asosida

aniqlanmoqda va belgilangan mezonlar asosida yigʻilgan ball miqdori maksimum 100 ballni

tashkil etmoqda.

Ushbu shkalani tashki etuvchi alohida barqarorlik reytingi koʻrsatkichlari ham ishlab

chiqilgan boʻlib, qoida tariqasida 3 turga boʻlingan:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

43

1. Umumiy koʻrsatkichlar;

2. Ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar;

3. Qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar.

1-jadval

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi

Barqarorlik darajasi

Reyting

koʻrsatkichi

Baho

Yuqori

AAA

96-100 balllar

AA

91-95 ballar

A

86-90 ballar

Oʻrta

BBB

76-85 ballar

BB

66-75 ballar

B

56-65 ballar

Qoniqarli

CCC

51-55 ballar

CC

36-50 ballar

C

26-35 ballar

Quyi

D

25 ballgacha

Barqarorlik reytingi bir qator davlat idoralarini jumladan, Ijtimoiy himoya milliy

agentligi, Qurilish va uy-

joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila

va xotin-

qizlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari a

gentligini

hamkorligini qamrab olgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda yuritilayotgan “Shaffof
qurilish”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi axborot tizimlar “Tadbirkorlarning

barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilingan.

2-jadval

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi toifalari

Ishonchlilik

toifasi

Reyting bahosi

Ishonchlilik darajasi

Umumiy ballar

(foizda)

A

AAA

Birinchi yuqori daraja

>/= 85%

AA

Ikkinchi yuqori daraja

>/= 75%

A

Uchinchi yuqori daraja

>/= 65%

B

BBB

Birinchi oʻrta daraja

>/= 55%

BB

Ikkinchi oʻrta daraja

>/= 40%

B

Uchinchi oʻrta daraja

>/= 35%

C

CCC

Birinchi qoniqarli daraja

>/= 30%

CC

Ikkinchi qoniqarli daraja

>/= 25%

C

Uchinchi qoniqarli daraja

>/= 20%

D

DDD

Birinchi quyi daraja

>/= 7%

DD

Ikkinchi quyi daraja

>/= 5%

D

Uchinchi quyi daraja

<5%

Bir qator davlat idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mazkur reytingni shaffof

tarzda aniqlanayotganligining bir belgisi hisoblanadi. Chunki, koʻrsatkich maʼlumotlarini aynan

shu yoʻnalish bilan shugʻullanayotgan vakillar tomonidan taqdim etish maʼlumotlarning

haqqoniyligiga shubha qoldirmaydi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda foydalaniladigan

koʻrsatkichlar tahlil qilib koʻrilganda, mazkur tadbirkorlarning tashqi savdo faoliyatining

birorta

koʻrsatkichlari hisobga olinmagan, aynan mana shu faoliyati ham reyting koʻrsatkichini

oʻzgarishiga olib keladi. Tashqi savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning asosiy

faoliyati eksport-import hisoblanib, mamlakat

iqtisodiyotiga ishlab chiqaruvchi qanchalik oʻz


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

44

hissasini qoʻshsa, eksportyor va importyorlar ham oʻz hissasini sezilarli ravishda qoʻshadilar.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda reyting tizimida keng qoʻllanilayotgan namunalaridan

yana biri bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Qaror asosida Loyiha-qidiruv va

qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular

oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish

-montaj ishlari sifatini yaxshilash

maqsadida joriy etilgan Sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi

hisoblanadi (Qaror, 2020).

Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtganligi, asosiy faoliyat turi qurilish

-

montaj ishlaridan (xizmatlar) iboratligi yuridik shaxslarni qurilish-pudrat tashkilotlari
reytingiga kiritish uchun asosiy mezon hisoblanadi.

Reytinglar ballari quyidagilardan shakllantiriladi:

-

tegishli reytinglar koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari aniqlanadi;

-

har bir mezon boʻyicha koʻrsatkich ballar yigʻindisidan iborat boʻladi;

-

har bir mezon boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi loyiha

-qidiruv va qurilish-pudrat

tashkilotlari reytingini ifodalaydi.

Quyidagi hollarda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
-

qurilish-

pudrat tashkilotining asosiy faoliyat turi boshqa faoliyat turiga oʻzgarganda;

-

qurilish-pudrat tashkiloti tugatilganda.

Mazkur tashkilotlar quyidagi turlariga qarab alohida reytingi yuritiladi:

-

umumqurilish-ijtimoiy;

-

melioratsiya va irrigatsiya;

-

avtomobil yoʻllari, koʻpriklar;

-

loyiha tashkilotlari.

Ushbu reyting tizimining oʻziga xos jihatlaridan yana biri shuki, tizim avtomatik tarzda

ballni hisoblaydi va reytingining xronologik tarixini saqlab qoladi va biror tashkilotning qaysi

oʻtgan davr mobaynida reyting darajasi qanday ekanligini bilish imkoni

yati yaratilgan.

Bundan tashqari, Sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi bir qator

davlat tashkilotlari bilan integratsiya qilinib, ularning maʼlumotlari ham reyting balini

hisoblashda asos boʻlib xizmat qiladi. Jumladan, hozirda quyidagi tashkilotlar maʼlumotlari

olinmoqda:

-

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl

harakati xavfsizligi xizmati;

-

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;

-

Soliq qoʻmitasi;

-

Togʻ

-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi;

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui

ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;

-

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi;

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

Sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini aniqlashda

foydlalaniladigan koʻrsatkichlarning foizda ifodalanishi ham oʻziga xos xususiyatga ega
hisoblanadi. Bu kabi ifodalanishi yigʻilgan maʼlumotlar tahlilidan olingan natijalarni

guruhlashda va ularni toifalashda muhim rol kasb etadi.

Shuningdek, yuqori, oʻrta, qoniqarli va quyi darajalarni ham yana birinchi, ikkinchi va

uchinchi darajalarga ajratilishi reytingni yanada aniq boʻlishiga yordam beradi. Demak, bundan

bojxona reytingini ham aniqlashda shu kabi darajalarga ajratish mumkin.

Bundan tashqari, sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini

aniqlashda bir qator tashkilotlardan maʼlumot olgan holda aniqlanadi, bu esa oʻz navbatida

reyting uchun asos boʻlgan maʼlumotlarning yanada ishonchliligi hamda aniqligiga

sabab


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

45

boʻladi. Bojxona reytingini aniqlashda ham faqatgina bojxona organlarida mavjud
maʼlumotlardan emas, balki boshqa davlat va nodavlat tashkilotlardan olinadigan

maʼlumotlardan keng foydalanish lozim.

Shuningdek, mamlakatimizda Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga

koʻra sugʻurta bozorini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy
etish orqali sugʻurta xizmatlarining ommabopligini va sifatini oshirish, shuningdek

, sohani

tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Sugʻurtalovchilar reytingi joriy etilgan

(Qaror, 2024b).

Sugʻurtalovchilarning reytingi 8 ta umumiy koʻrsatkichlar, 5 ta qoʻshimcha ball beruvchi

hamda 6 ta ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar asosida baholanadi.

3-jadval

Sugʻurtalovchilar reytingi

shkalasi

Sifat darajasi

Reyting koʻrsatkichi

Baho

Yuqori

AAA

96-100+ balllar

AA

91-95 ballar

A

86-90 ballar

Oʻrta

BBB

76-85 ballar

BB

66-75 ballar

B

56-65 ballar

Qoniqarli

CCC

51-55 ballar

CC

36-50 ballar

C

26-35 ballar

Quyi

D

25 ballgacha

Bu koʻrsatkichlarning davriyligi turli xil boʻlib, yillik, choraklik va oylik muddatlarda

koʻrsatkichlar foydalaniladi. Reyting Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy

agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida yuritiladi va uning rasmiy veb-

saytida har oyning 10 sanasida eʼlon qilib boriladi. Natijada, sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari
doimiy ravishda sugʻurta tashkilotlarining reyting koʻrsatkichlariga asoslanib, sugʻurta

tashkilotlari xizmatlarini tanlashlari mumkin.

Sugʻurta tashkilotlari reytingi boshqa reyting tizimlaridan farqli oʻlaroq, balli tizimga

asosan aniqlanadi, biroq bu tizimdan

foydalanishda ham ballar intervali qoʻllangan. Bu esa

guruhlash uchun juda qoʻl keladi. Ballarni hisoblashda umumiy koʻrsatkichlar, qoʻshimcha ball

beruvchi va ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlardan foydalanilishi sugʻurta tashkilotlari

oʻzlarining faoliyatini tartibga solishi, qoʻshimcha ball olish uchun harakat qilishi hamda ballni

kamaytirishdan qochishi uchun turtki vazifasini bajaradi.

Yuqorida koʻrib chiqilgan Oʻzbekistonda mavjud rasmiy reyting tizimlarining 5 ta eng

ilgʻor tashkil etilganlarining maʼlumotlari solishtirma jadval shakllantirilib tahlil qilindi

(4-

jadval).

Tahlil natijalariga koʻra, barcha reyting tizimlari rasmiy saytda eʼlon qilinadi va 4 tasi

avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Faqatgina 1 tasida yaʼni Sohaviy qurilish pudrat va loyiha

-

qidiruv tashkilotlari reytingi tizimi uchun sohada alohida tuzilma (boʻlim) tashkil etilgan boʻlib,

qolganlarida mavjud tuzilmalarga qoʻshimcha vazifa sifatida yuklangan.

Shuningdek, reytingda baholashda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar soni Avtomobil

transportida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashuvchilar reytingini mustasno

qilgan holda, 20-

30 ta koʻrsatkichlardan faol foydalanilmoqda.

Bundan tashqari, boshqa tashkilotlar bilan integratsiya qilinishi ham tahlil qilinganda, 3

ta tizimda integratsiya samarali yoʻlga qoʻyilgan. Biroq, qolgan 2 ta yaʼni Sugʻurtalovchilar

reytingi va Ilmiy tashkilotlar reytingi tizimida koʻrsatkichlar integra

tsiyani talab qilmaydi.

Faqatgina oʻzlarida mavjud maʼlumotlarga asoslanadi.

Tahlil qilinganlar orasida 3 ta tizimda subyektlar 4 toifaga boʻlinsa, qolgan 2 tasida 3


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

46

toifaga ajratiladi. Tizimning qamrovi darajalarida ham koʻrsatkichlar turlicha boʻlib, barchasida
ham shu sohadagi xamma subyektlarida qamrab olmasligi maʼlum boʻldi.

4-jadval

Oʻzbekistonda mavjud rasmiy reyting tizimlarining solishtirma tahlil jadvali

Reyt

ing

t

u

ri

Ba

ll

qo

ʻsh

u

vch

i

mez

on

la

r

K

ama

yt

ir

u

vch

i

mez

on

la

r

Ra

smi

y

sa

yt

d

a

lon

qil

ini

sh

i

Al

ohid

a

tu

zil

ma

ta

sh

k

il

et

il

ga

nl

igi

Su

byek

tl

ar

toi

fa

la

ri

Imti

yozl

ar

ma

vju

d

ligi

Avt

oma

tik

ko

ʻr

sa

til

ad

i

Bo

sh

q

a

ta

sh

k

il

ot

la

r

b

il

an

int

egr

at

si

ya

Me

zonl

ar

i so

ni

Q

amr

ov

i

Barqarorlik reytingi

+

+

+

-

Yuqori

Oʻrta

Qoniqarli

Quyi

+

+

+

23

Barcha

Sohaviy qurilish

pudrat va loyiha-

qidiruv tashkilotlari

reytingi

-

-

+

+

Yuqori

Oʻrta

Qoniqarli

Quyi

+

+

+

25
39

Qisman

Sugʻurtalovchilar

reytingi

+

+

+

-

Yuqori

Oʻrta

Qoniqarli

Quyi

-

+

-

19

Qisman

Avtomobil

transportida yoʻlovchi

tashish faoliyati bilan

shugʻullanuvchi

tashuvchilar reytingi

-

-

+

-

Yuqori

Oʻrta

Quyi

+

+

+

8

Barcha

Ilmiy tashkilotlar

reytingi

-

-

+

-

Lider

Qoniqarli

Qoniqarsiz

+

-

-

27

Qisman

Ballarni kamaytiruvchi va qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar mavjudligi boʻyicha

oʻrganilganda, faqatgina barqarorlik reytingi va sugʻurtalovchilar reytingida bu kabi xususiyat

mavjudligi aniqlandi.

Yuqorida tahlil qilingan reyting tizimlarining asosiy tamoyillaridan biri bu ochiqlik va

shaffoflikdir. Reytingdan olinadigan foyda aslida bu isteʼmolchilarning qarorini yuqori reyting

egalari tomonga oʻzgartirish hisoblanib, bu ham marketingning bir yoʻna

lishidir. Shuni qayd

etish joizki, norasmiy reyting tizimlaridan, tasdiqlanmagan reyting shkalalaridan foydalanish

shaffoflikni yoʻqotadi. Biroq, tegishli hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan va turli tadqiqotlar

yordamida isbotlangan shkalalardan foydalanish sezilarli yordam berishi extimoli yuqori.

Ochiqlik va shaffoflikdan tashqari reytingga qoʻyiladigan boshqa tamoyillarni koʻrib

chiqadigan boʻlsak, subyektlarning tengligi prinsipini qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.

Bunga sabab shuki, reyting tizimi joriy etilganda, barcha tashqi savdo faoliyati bilan

shugʻullanuvchi tadbirkorlarning birini biridan ustun qoʻymaslik, qoʻllanilgan mezonlar
barchasi uchun teng amal qilishi lozim boʻladi. Bu oʻz navbatida sogʻlom raqobatning

rivojlanishini asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, qonuniylik prinsipiga ham amal qilish kerak boʻladi, chunki baholash

tartibi, mezonlar, koʻrsatkichlarning tavsifi va shu kabi barcha qismlari hukumat xujjati bilan
tasdiqlangan boʻlishi va qonuniy tarzda boʻlishi lozim. Qonunchilik xujjat

larida aks etishi, bu

tizimni rasmiylashtiradi va barcha subyektlar tomonidan birdek qabul qilinishini taʼminlaydi.

Shuningdek, reyting tizimi natijalaridan boshqa yoʻnalishlarda foydalanish uchun ham qonuniy

shaklda boʻlishi lozim. Reyting mezonlari va koʻrsatkichlari qonuniy xujjat asosida
tasdiqlangan boʻlsa, uning natijalarini ham eʼlon qilish zarur hisoblanadi. Eʼlon qilish maʼlum


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

47

bir tashkilot yoki davlat organiga yuklatilishi kerak. Masalan, barqarorlik reytingini eʼlon qilish
va u toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish Savdo

-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida amalga

oshiriladi.

Reyting tizimining yana bir boʻlishi lozim boʻlgan tamoyillaridan biri bu subyektlarining

huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi tamoyili hisoblanadi.

Mezonlarni yaratishda va qoʻllashda, shuningdek ularni eʼlon qilishda, imtiyo

zlar berishda va

turli shunga oid iqtisodiy munosabatlarda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va

manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi ushbu tizim ishonchli boʻlishi va noroziliklarsiz

qabul qilinishiga olib keladi.

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagi tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo

faoliyati bojxona reytingi bir qator tashkilotlar bilan integratsiya qilgan holda avtomatik
aniqlanishi lozim.

5-jadval

“Moliyaviy barqarorlik” guruhiga kiruvchi mezonlar jadvali

1

Tashqi savdo aylanmasining oʻzgarishi

2

Tashqi savdo faoliyati davri

3

Tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakli

4

Korxonaning barqarorlik reytingi

5

Tadbirkorlik subyektining bojxona organlari oldidagi qarzining oxirgi yillik TSA

hajmidagi ulushi

6

Tadbirkorlik subyektining debitor qarzdorligining oxirgi yillik TSA hajmidagi ulushi

7

Tadbirkorlik subyektining kreditor qarzdorligi

8

Tadbirkorlik subyektining rentabellik darajasi

9

Tadbirkorlik subyektining banklardagi hisob raqamlari soni

10

Tadbirkorlik subyektlarining hisob raqamlariga qoʻyilgan taqiqlar mavjudligi

11

Tadbirkorlik subyektlarining omborlari mavjudligi

12

Tadbirkorlik subyektlarining filiallari soni

13

Tadbirkorlik subyektining asosiy shtatida hisobchi mavjudligi va ish staji

Bu integratsiya jarayoni bojxona organlarining funksiyalaridan kelib chiqib, Soliq

organlari, Markaziy bank, Majburiy ijro byurosi, Kadastr agentligi, Investitsiyalar, sanoat va

savdo vazirligi va boshqa idoralar bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

6-jadval

“Qonunga itoatkorlik” guruhiga kiruvchi mezonlar jadvali

1

Mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijasi

2

Boshqa nazorat organlarining tekshiruvi natijasi

3

Tashqi auditdan oʻtganligi

4

MJtKning 171, 171

1

, 174, 175, 176, 177 va 227

227

21

, 227

22

-moddaning birinchi

qismi, 227

23

227

27

-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik

shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu

lavozimlarni oxirgi bir yil davomida

egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka

tortilganlik holatlari

5

Jinoyat Kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda

tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud emasligi

6

Moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganligi

7

Bojxona toʻlovlaridan qarzdorlik subyektning mol mukidan undirilganlik holati


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

48

Tadqiqot olib borilayotgan reyting tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra

korsatkichlarni Moliyaviy barqarorlik, Qonunga itoatkorlik va Import bojxona rejimiga

rasmiylashtirish holati guruhlariga bo‘linmoqda. Quyida tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan

ko‘rsatkichlar uchun mezonlar bayon etilgan:

7-jadval

“Import bojxona rejimiga rasmiylashtirish holati” guruhiga kiruvchi mezonlar

jadvali

1

BYUD taqdim qilish intensivligi

2

Taqdim etilgan bitta BYUDga toʻgʻri keladigan qiymat

3

BYUDlaridagi xatoliklar sonining jami BYUDlar soniga nisbati

4

BYUDlaridagi xatoliklarning qiymati BYUDlarning umumiy qiymati

5

BYUDlaridagi ixtiyoriy tuzatishlar sonining jami BYUDlar soniga nisbati

6

Oxirgi oʻtkazilgan bojxona auditi natijasi

7

Qizil yoʻlakka yoʻnaltirilgan BYUDlarning sonini jami BYUDlar soniga nisbati

8

Koʻk yoʻlakka yoʻnaltirilgan BYUDlarning sonini jami BYUDlar

soniga nisbati

9

Tadbirkorlik subyektining importida tovar guruhlarining soni, soʻnggi bir yil uchun

Shuningdek, tashqi savdo faoliyat bojxona reytingi tizimi tamoyillari quyidagilardan

iborat boʻlishi lozim:

- ochiqlik;

- shaffoflik;

- subyektlarning tengligi;

- qonuniylik;
- subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

Adabiyotlar/Литература/References:

Andrich, David. (2018) "A rating formulation for ordered response categories".

Psychometrika. 43 (4).

Cronbach, Lee J. (2017) "Coefficient alpha and the internal structure of tests".

Psychometrika. 16 (3).

Grechuxin, Dmitriy Mixaylovich. (2008) Modelirovaniye investitsionnogo reytinga

predpriyatiy : avtoreferat dis. Sankt-Peterburg, 19 s.

Hasanov B.A. (2023) Moliya va soliqlar. T.: "Economic World", -564 b.

Kartashov, Oleg Yuryevich. (2005) Obosnovaniye metodov postroyeniya investitsionnogo

reytinga predpriyatiy promыshlennosti: dis. Moskva, 147 s.

Koczkodaj, Waldemar W et al. (2017) "How to reduce the number of rating scale items

without predictability loss?". Scientometrics. 111 (2).

Koshelyuk, Yuriy Miroslavovich. (2008) Modelirovaniye investitsionnogo reytinga

predpriyatiy : dis. Moskva, 204 s.

Qaror (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.11.2020

-yildagi

“Loyiha

-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy

etish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 699

-son qarori.

Qaror (2024a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.01.2024

-

yildagi “Tadbirkorlik

subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ

-39-son Qarori.

Qaror (2024b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2024

-yildagi

“Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi

108-son qarori.

Yuldashev F. T. (2023) " Iqtisodiyotni o'zgartirish jarayonida sanoat korxonalarining

moliyaviy barqarorligini ta'minlash yo'llari" 08.00.07

PhD dissertatsiya avtoreferati // T.

Библиографические ссылки

Andrich, David. (2018) "A rating formulation for ordered response categories". Psychometrika. 43 (4).

Cronbach, Lee J. (2017) "Coefficient alpha and the internal structure of tests". Psychometrika. 16 (3).

Grechuxin, Dmitriy Mixaylovich. (2008) Modelirovaniye investitsionnogo reytinga predpriyatiy : avtoreferat dis. Sankt-Peterburg, 19 s.

Hasanov B.A. (2023) Moliya va soliqlar. T.: "Economic World", -564 b.

Kartashov, Oleg Yuryevich. (2005) Obosnovaniye metodov postroyeniya investitsionnogo reytinga predpriyatiy promыshlennosti: dis. Moskva, 147 s.

Koczkodaj, Waldemar W et al. (2017) "How to reduce the number of rating scale items without predictability loss?". Scientometrics. 111 (2).

Koshelyuk, Yuriy Miroslavovich. (2008) Modelirovaniye investitsionnogo reytinga predpriyatiy : dis. Moskva, 204 s.

Qaror (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.11.2020-yildagi “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 699-son qarori.

Qaror (2024a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.01.2024-yildagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-39-son Qarori.

Qaror (2024b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2024-yildagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 108-son qarori.

Yuldashev F. T. (2023) " Iqtisodiyotni o'zgartirish jarayonida sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash yo'llari" 08.00.07 –PhD dissertatsiya avtoreferati // T.