Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.90232

Ключевые слова:

торговые услуги экономическая эффективность инновации электронная коммерция стратегическое развитие бизнес-модель логистика цифровые технологии предпринимательство глобализация

Аннотация

В данной статье анализируются стратегические направления развития торговых услуг. В современных экономических условиях торговые услуги играют важную роль не только в обеспечении экономического роста, но и в формировании инновационных бизнес-моделей. В исследовании рассматриваются ключевые направления торговых услуг, их экономическая эффективность и перспективы дальнейшего развития. Также предложены рекомендации по модернизации торговых услуг в Узбекистане.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

23


SAVDO XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI

PhD, dots.

Artikov Zokir

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID:

0000-0002-5333-4376

zokirartikov86@gmail.com

Annotatsiya

.

Mazkur maqolada savdo xizmatlarini rivojlantirishning strategik

yo‘nalishlari tahlil qilingan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda savdo xizmatlari nafaqat iqtisodiy

o‘sishning muhim omili, balki innovatsion biznes modellarini shakllantirishda ham muhim rol

o‘ynaydi. Tadqiqotda savdo xizmatlarining asosiy yo‘nalishlari, ularning iqtisodiy samaradorligi

va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda savdo
xizmatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab

chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

savdo xizmatlari, iqtisodiy samaradorlik, innovatsiya, elektron tijorat,

strategik rivojlanish, biznes modeli, logistika, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik, globalizatsiya.

СТРАТЕГИЧЕСКИЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ ТОРГОВЫХ УСЛУГ

PhD

, доц.

Артиков Закир

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В данной статье анализируются стратегические направления

развития торговых услуг. В современных экономических условиях торговые услуги

играют важную роль не только в обеспечении экономического роста, но и в

формировании инновационных бизнес

-

моделей. В исследовании рассматриваются

ключевые направления торговых услуг, их экономическая эффективность и перспективы

дальнейшего развития. Также предложены рекомендации по модернизации торговых

услуг в Узбекистане.

Ключевые слова:

торговые услуги, экономическая эффективность, инновации,

электронная коммерция, стратегическое развитие, бизнес

-

модель, логистика, цифровые

технологии, предпринимательство, глобализация.

STRATEGIC DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF TRADE SERVICES

PhD, assoc. prof.

Artikov Zokir

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article analyzes the strategic directions for the development of trade services.

In the modern economic environment, trade services play a crucial role not only in ensuring

economic growth but also in shaping innovative business models. The research examines the key

aspects of trade services, their economic efficiency, and future development prospects.

Additionally, recommendations for modernizing trade services in Uzbekistan are proposed.

Keywords:

trade services, economic efficiency, innovation, e-commerce, strategic

development, business model, logistics, digital technologies, entrepreneurship, globalization.

UO‘K:

339.132.4

IV SON - APREL, 2025

23-29


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

24

Kirish.

Bugungi kunda xizmatlar sohasi, xususan, savdo xizmatlari jahon iqtisodiyotining eng

muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylangan. Globalizatsiya jarayonlari, raqamli

texnologiyalarning jadal rivojlanishi va iste’molchilar talabining o‘zgarishi savdo xizmatlarini

takomillashtirish va ularn

i zamonaviy strategik yo‘nalishlar asosida rivojlantirish zaruratini

yuzaga keltirmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyotida savdo xizmatlari muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda

mamlakatimizda xizmatlar sohasini modernizatsiya qilish, elektron tijoratni rivojlantirish va

biznes uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan
birga, savdo xizmatlarini strategik rivojlantirish jarayonida infratuzilmani yaxshilash, logistika

tizimini takomillashtirish, iste’molchilar talabini chuqur o‘rganish va innovatsion

texnologiyalarni joriy etish kabi muhim masalalar dolzarb b

o‘lib qolmoqda.

Mazkur maqolada savdo xizmatlarini rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlari

tahlil qilinib, xalqaro tajribalar va milliy iqtisodiy sharoitlar asosida samarali rivojlanish

strategiyalari taklif etiladi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularni hal qilish

bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Savdo xizmatlarining iqtisodiy tabiati va tasniflanishi bo‘yicha ko‘plab mahalliy va xorijiy

tadqiqotchilar tomonidan turli ilmiy ishlar olib borilgan. Ushbu bo‘limda mavzuga oid ilmiy

adabiyotlarni tahlil qilish orqali savdo xizmatlarining iqtisodiy mohiyati, ularning jamiyat va

biznesdagi o‘rni, shuningdek, tasniflash mezonlari haqida umumiy tasavvur hosil qilishga

harakat qilinadi.

Savdo xizmatlari iqtisodiy faoliyatning ajralmas qismi bo‘lib, u tovarlar va xizmatlarning

iste’molchiga yetib borish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Smit (1776) va Rikardo (1817) kabi klassik iqtisodchilar bozor iqtisodiyotining

samaradorligi savdo jarayonlarini rivojlantirish orqali oshishini ta’kidlaganlar.

Shumpeter

(1934)

innovatsiyalar va tadbirkorlik faoliyati savdo xizmatlarining rivojlanishiga qanday ta’sir

qilishini o‘rgangan.

Zamonaviy tadqiqotlarda (Kotler, 2016; Porter, 1985) savdo xizmatlarining

marketing va logistika bilan bog‘liq jihatlari chuqur tahlil qilingan

.

Mahalliy iqtisodiyotshunoslar, jumladan Karimov (1993), Abdukarimov (2010),

Tursunov

kabi olimlar O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish va uni iqtisodiyotning

asosiy drayveriga aylantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Chakana va ulgurji savdo tasnifi

(Kotler va Keller, 2016). Ularning ta’kidlashicha, chakana

savdo iste’molchilar uchun to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ulgurji

savdo ishlab chiqaruvchilar va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi tranzaksiyalarni anglatadi.

An’anaviy va raqamli savdo xizmatlari

(Laudon va Traver, 2020). Ularning fikricha, elektron

tijoratning rivojlanishi an’anaviy savdo modellarini o‘zgartirib, yangi xizmat turlarining paydo

bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Moliyaviy v

a notijorat xizmatlar bilan bog‘liq savdo xizmatlari

(Stiglitz va Krugman, 2002

). Ularning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, savdo xizmatlari nafaqat

tovar aylanmasini, balki moliyaviy vositalar va iqtisodiy resurslarning taqsimotini ham

ta’minlaydi.

Mahalliy tadqiqotchilardan

Qo‘chqorov

(2018), Salimov va Xodjayev (2017) kabi olimlar

O‘zbekistonda savdo xizmatlarining tasniflanishi va ularning iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha

izlanishlar olib borishgan.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan savdo xizmatlarining zamonaviy shakllari

shakllanib bormoqda. Brynjolfsson va McAfee (2014)

"The Second Machine Age" asarida

raqamli texnologiyalar xizmatlar bozoriga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilgan.

OECD (2022)

hisobotlari

Raqamli savdo xizmatlarining rivojlanishi va global iqtisodiyotga ta’siri haqida

ma’lumot beradi.

Mahalliy manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yilgi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

25

qarorlari va davlat dasturlari savdo xizmatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni joriy

etishga katta e’tibor qaratmoqda.

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, savdo xizmatlari zamonaviy iqtisodiyotning muhim

tarkibiy qismi bo‘lib, ularning iqtisodiy mohiyati, tasniflanishi va rivojlanishi bo‘yicha turli

yondashuvlar mavjud. Ilmiy manbalarda savdo xizmatlarining an’anaviy s

hakllari bilan birga,

raqamli texnologiyalar yordamida yangi xizmat turlarining paydo bo‘layotgani alohida

ta’kidlangan. Ushbu jihatlar maqolaning keyingi bo‘limlarida batafsil tahlil qilinadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda savdo xizmatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash

va baholash maqsad qilingan. Tadqiqot jarayonida ilmiy asoslangan yondashuvlar va statistik

tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot metodologiyasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Savdo xizmatlarining iqtisodiy ahamiyati, ularning turlari va rivojlanish

tendensiyalari bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar va nazariyalar tahlil qilindi;

Xalqaro va mahalliy tadqiqotlarga asoslangan holda xizmatlar sohasining zamonaviy

rivojlanish modellari ko‘rib chiqildi;

Savdo xizmatlari sohasining O‘zbekistondagi holatini o‘rganish uchun statistik

ma’lumotlar tahlili olib borildi;

Davlat statistika qo‘mitasi, Jahon Banki, BMT, va boshqa tashkilotlarning iqtisodiy

ko‘rsatkichlari asosida xizmatlar sektorining o‘sish dinamikasi va samaradorligi baholandi;

Xalqaro tajribalar bilan solishtirish orqali O‘zbekistondagi savdo xizmatlarini

rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar shakllantirildi;

Yetakchi mamlakatlarning savdo xizmatlari bo‘yicha amaliyotlari o‘rganilib, ularning

milliy iqtisodiyotga mos keladigan jihatlari tahlil qilindi;

O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirishdagi kuchli va zaif tomonlar,

imkoniyatlar va tahdidlar aniqlandi;

SWOT tahlil natijalari asosida strategik yo‘nalishlar ishlab chiqildi;

Tadqiqot natijalariga tayangan holda, O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirish

uchun optimal strategiyalar tavsiya etildi;

Raqamli transformatsiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va xizmatlar sohasida

innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadqiqot metodologiyasi kompleks tahliliy yondashuvga asoslangan bo‘lib, savdo

xizmatlarini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy asos yaratishga qaratilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bugungi kunda savdo xizmatlari jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib,

mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi va aholi farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
O‘zbekiston ham bu sohaga alohida e’tibor qaratib, uni strategik yo‘nalishda rivojlantirish

choralarini ko‘rmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda savdo xizmatlarining hozirgi holati,
rivojlanish dinamikasi va asosiy muammolari chuqur o‘rganildi.

Savdo xizmatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YAIM) sezilarli qismini

tashkil etadi va yildan-yilga uning ulushi oshib bormoqda;

So‘nggi yillarda elektron tijoratning o‘sishi kuzatilmoqda. Onlayn savdo

platformalari, elektron to‘lov tizimlari va raqamli xizmatlar bu sohaga yangi imkoniyatlar

yaratmoqda;

Xalqaro tashkilotlar va qo‘shni davlatlar bilan savdo hamkorligi mustahkamlanib,

xizmatlar eksporti hajmi oshmoqda;

Transport va yetkazib berish tizimlarining takomillashtirilmaganligi savdo

xizmatlarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda;

Raqamli xizmatlar va onlayn savdoni tartibga solish mexanizmlari hali to‘liq

rivojlanmagan;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

26

Mahalliy

kompaniyalar xalqaro bozorda raqobatbardosh bo‘lishi uchun

innovatsiyalar va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha rivojlanishga ehtiyoj sezilmoqda;

Onlayn savdo platformalarining rivojlanishini qo‘llab

-quvvatlash va raqamli

infratuzilmani mustahkamlash orqali savdo xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish mumkin;

Transport va logistika tizimlarini rivojlantirish orqali mahsulot va xizmatlar

yetkazib berish jarayonini tezlashtirish;

Kichik va o‘rta biznes vakillarini savdo xizmatlariga jalb qilish hamda ularning

raqobatbardoshligini oshirish;

Yetakchi davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va O‘zbekiston sharoitiga

moslashtirish.

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish,

mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport

vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari,

maishiy

texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar

maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1

foiz etib belgilandi. Bunda: mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar

ularning yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa,

qo‘llaniladi

(Abdukarimov, 2016).

Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar

mehmonxona (joylashtirish vositalari) va-

maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan

savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha yuridik

sha

xslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol

-mulkiga solinadigan soliq

stavkalarini 90 foizga kamaytiriladi (Soliyev va Buzrukxonov, 2010).

Bunda, 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular

egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan

boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llaniladi. Qaror bilan foyda solig‘ini hisoblash

da binolarning

qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqi berildi.

1-jadval

Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va

turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq

rejimi joriy etiladigan tuman va shaharlar tahlili (Farmon, 2022; Hisobot, 2022)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

27

1-

jadvaldan shuni ko‘rish mumkinki, respublikaning 13 ta hududlaridagi 31 ta

tumanlarida mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar,

turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus

soliq rejimi (aylanmadan olinadigan soliq stavkasini

1 foiz) joriy etildi.

(Xojiyev, 2023) Ushbu

hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol

-

mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miq

dorlarini

mazkur

soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.

2-jadval

Maxsus xizmat

ko‘rsatish ko‘chalariga aylantiriladigan markaziy ko‘chalar va tashkil

etiladigan servis obyektlari soni (Farmon, 2022; Hisobot, 2022; Qaror, 2022)

Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizning bugungi rivojlanish bosqichida xizmatlar

sohasini rivojlantirish, uni iqtisodiyotimizning “lokomotiv”iga aylantirish YaIMni 100 milliard

dollardan oshirish va pirovardida mamlakatimiz daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lg

an davlatlar

qatoriga qo‘shilishiga zamin yaratadi. Mamlakatimizda xizmatlar rivoji faqat shu sohani

rivojlantiribgina qolmay, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham multiplikativ ta’sir

ko‘rsatadi. Masalan, moliya, sug‘urtalash xizmatlariga talabning 1 million so‘mga o‘sishi

iqtisodiyotda qo‘shimcha 3,2 million so‘m qiymat yaratadi. Xuddi shunday katta multiplikativ

ta’sirga ega bo‘lgan sohalar qatoriga konsalting xizmatlari, yashash va umumiy ovqatlanish,
turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlarni kiritsa bo‘ladi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirish uchun

keng imkoniyatlar mavjud. Biroq, bu jarayonda infratuzilmani takomillashtirish, huquqiy

bazani mustahkamlash va biznes muhitini yanada yaxshilash kabi muhim masalalar hal
qilinishi lozim. Innovatsion yondashuvlar va strategik rejalashtirish orqali mamlakat savdo

xizmatlarini jadal rivojlantirish hamda global bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash imkoniyatiga

ega.

Xulosa va takliflar.

Savdo xizmatlari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy

barqarorligi, bandlik darajasi va aholining farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston

so‘nggi yillarda ushbu sohani rivojlantirish yo‘lida jiddiy qadamlar tashlamoqda. Elektron

tijoratning rivojlanishi, xizmatlar sohasi infratuzilmasining kengayishi va xalqaro

hamkorlikning mustahkamlanishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirish uchun keng

imkoniyatlar mavjud. Biroq, sohaga to‘sqinlik qilayotgan muammolar –

logistika tizimidagi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

28

kamchiliklar, raqamli infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani, tartibga solish
masalalari va xalqaro raqobatga tayyorgarlikning sustligi

hal etilishi lozim. Strategik

rejalashtirish va ilg‘or tajribalarni joriy qilish orqali ushbu sektorni jadal

rivojlantirish mumkin.

3-jadval

Savdo xizmatlarini samarali rivojlantirish va uning strategik yo‘nalishlarini belgilash

borasida takliflar

1.

Elektron tijoratni rivojlantirish

Raqamli to‘lov tizimlarini takomillashtirish va internet

-savdo platformalarini

kengaytirish;

Mahalliy tadbirkorlarni raqamli xizmatlardan faol foydalanishga jalb qilish;

Kichik va o‘rta biznes subyektlariga elektron tijorat bo‘yicha maxsus subsidiyalar yoki

imtiyozlar berish.

2.

Savdo infratuzilmasini modernizatsiya qilish

Logistika markazlarini qurish va transport tarmoqlarini kengaytirish;

Savdo markazlari va chakana savdo tarmoqlarini zamonaviy talablar asosida

rivojlantirish;

Onlayn va oflayn savdo kanallarining integratsiyasini

ta’minlash.

3.

Raqobatbardoshlikni oshirish va innovatsiyalarni joriy etish

Savdo xizmatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish;

Sun’iy intellekt, Big Data va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanishni kengaytirish;

Mahalliy

tadbirkorlarning savdo sohasida innovatsion mahsulotlar yaratishiga ko‘mak

berish.

4.

Huquqiy va tartibga solish tizimini takomillashtirish

Elektron tijorat va raqamli savdo bo‘yicha aniq qonunchilik bazasini yaratish;

Xizmatlar sektorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish;

Xalqaro savdo shartnomalarini soddalashtirish va bojxona jarayonlarini tezlashtirish.

5.

Xalqaro tajribadan foydalanish

AQSh, Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlarining ilg‘or savdo modellarini o‘rganish;

O‘zbekiston brendini jahon bozorida ilgari surish va eksport hajmini oshirish;

Xizmatlar eksportini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Manba:

muallif ishlanmasi.

Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish

orqali O‘zbekistonda savdo xizmatlarini jahon

standartlariga mos ravishda rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh qilish va global

bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash mumkin.

Adabiyotlar/Литература/References:

Abdukarimov B. A. va boshq. (2016)

Savdo iqtisodiyoti muammolari. O‘quv qo‘llanma. –

T. :

Iqtisod-moliya, 504 b.

Abdukarimov I. (2010) Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. Toshkent: Iqtisodiyot.

Adam Smith. (1776) The Wealth of Nations. London: W. Strahan and T. Cadell.

Brynjolfsson, Erik & Andrew McAfee. (2014) The Second Machine Age: Work, Progress, and

Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W.W. Norton & Company.

David Ricardo. (1817) Principles of Political Economy and Taxation. London: John Murray.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi “2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–

60-

sonli Farmoni. -

T. : “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 202

2-yil, 28-yanvar

https://lex.uz/uz/docs/

5841063


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

29

Hisobot (2022) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining O‘zbekiston

Respublikasida chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi (2022-yil yanvar-dekabr) hisoboti.

Joseph Schumpeter. (1934) The Theory of Economic Development. Harvard University Press.

Joseph Stiglitz, Paul Krugman. (2002) International Trade and Economic Policy. Mit press.

Karimov I.A. (1993) O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish strategiyasi. Tashkent:

O‘zbekiston.

Kenneth C. Laudon, Carol Guercio Traver. (2020)E-commerce: Business, Technology, Society.

Pearson.

Michael E. Porter. (1985) Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior

Performance. The Free Press.

OECD (2022) (Organization for Economic Co-operation and Development). Digital Trade

and E-commerce Report. OECD Publishing.

Philip Kotler, Kevin Lane Keller. (2016) Marketing Management. Pearson Education

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 27-yanvardagi PQ

104-sonli

“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” Qarori.

Qo‘chqorov U. (2018) O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirishning dolzarb

masalalari. Toshkent: Fan.

Salimov I., Xodjayev A. (2017) Tijorat faoliyati va xizmatlar bozori. Toshkent: Iqtisodiyot.

Soliyev A., Buzrukxonov S. (2010) Marketing. Bozorshunoslik. Darslik.

T. : “Iqtisod

-

moliya”,

294 b.

Xojiyev Elshod Yoqub o

g

li (2023) O

zbekistonda savdo xizmatlari sohasining rivojlanish

tendensiyasi va istiqbollari.

Iyul. № 7

-son. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot.

Библиографические ссылки

Abdukarimov B. A. va boshq. (2016) Savdo iqtisodiyoti muammolari. O‘quv qo‘llanma. – T. : Iqtisod-moliya, 504 b.

Abdukarimov I. (2010) Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. Toshkent: Iqtisodiyot.

Adam Smith. (1776) The Wealth of Nations. London: W. Strahan and T. Cadell.

Brynjolfsson, Erik & Andrew McAfee. (2014) The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W.W. Norton & Company.

David Ricardo. (1817) Principles of Political Economy and Taxation. London: John Murray.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-sonli Farmoni. -T. : “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2022-yil, 28-yanvar – https://lex.uz/uz/docs/–5841063

Hisobot (2022) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasida chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi (2022-yil yanvar-dekabr) hisoboti.

Joseph Schumpeter. (1934) The Theory of Economic Development. Harvard University Press.

Joseph Stiglitz, Paul Krugman. (2002) International Trade and Economic Policy. Mit press.

Karimov I.A. (1993) O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish strategiyasi. Tashkent: O‘zbekiston.

Kenneth C. Laudon, Carol Guercio Traver. (2020)E-commerce: Business, Technology, Society. Pearson.

Michael E. Porter. (1985) Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. The Free Press.

OECD (2022) (Organization for Economic Co-operation and Development). Digital Trade and E-commerce Report. OECD Publishing.

Philip Kotler, Kevin Lane Keller. (2016) Marketing Management. Pearson Education

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ–104-sonli “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori.

Qo‘chqorov U. (2018) O‘zbekistonda savdo xizmatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari. Toshkent: Fan.

Salimov I., Xodjayev A. (2017) Tijorat faoliyati va xizmatlar bozori. Toshkent: Iqtisodiyot.

Soliyev A., Buzrukxonov S. (2010) Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. – T. : “Iqtisod-moliya”, 294 b.

Xojiyev Elshod Yoqub o‘g‘li (2023) O‘zbekistonda savdo xizmatlari sohasining rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari. Iyul. № 7-son. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot.