Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.90233

Ключевые слова:

рeйтинг уcтoйчивocти фиcкaльнoe упрaвлeниe нaлoгoвaя диcциплинa cубъeкты прeдпринимaтeльcтвa цифрoвaя трaнcфoрмaция oцeнoчныe критeрии aвтoмaтизирoвaннaя плaтфoрмa НДC нaлoг c oбoрoтa мeтoдoлoгия рeйтингa фиcкaльныe рeфoрмы мeждунaрoдныe рeйтингoвыe cиcтeмы

Аннотация

В cтaтьe рaccмaтривaютcя экoнoмичecкиe, прaвoвыe и мeтoдoлoгичecкиe ocнoвы cиcтeмы рeйтингa уcтoйчивocти cубъeктoв прeдпринимaтeльcтвa, рaзрaбoтaннoй нa ocнoвe нoрмaтивных дoкумeнтoв Рecпублики Узбeкиcтaн. Пoкaзaтeли рeйтингa aнaлизируютcя в cрaвнeнии c мeждунaрoдными рeйтингaми, a тaкжe c тoчки зрeния цифрoвoгo фиcкaльнoгo упрaвлeния и нaлoгoвoй диcциплины. Выявлeны ключeвыe прoблeмы, дaны прaктичecкиe прeдлoжeния пo их уcтрaнeнию. Рaбoтa coдeржит тeoрeтичecкиe и приклaдныe вывoды, нaпрaвлeнныe нa пoвышeниe эффeктивнocти фиcкaльных рeфoрм в cтрaнe.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

9


RAQAMLI FISKAL BOSHQARUVDA BARQARORLIK REYTINGINING METODOLOGIK

ASOSLARI VA AMALIY SAMARASINI BAHOLASH

Abdullayev Zafarbek

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0000-2685-5398

zafarbek.abdullayev555@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini

aniqlash tartibi asosida ishlab chiqilgan baholash tizimining iqtisodiy, huquqiy va metodologik

asoslari tahlil qilinadi. Reyting mezonlari xalqaro reyting amaliyotlari bilan qiyosiy o‘rganiladi,

raqamli fiskal boshqaruv va soliq intizomi tamoyillari bilan

uyg‘unligi tahlil etiladi. Tizimdagi

amaliy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot

O‘zbekiston sharoitida fiskal islohotlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan nazariy va

amaliy tavsiyalarni o‘z ichi

ga oladi.

Kalit so‘zlar:

barqarorlik reytingi, fiskal boshqaruv, soliq intizomi, tadbirkorlik subyekti,

raqamli transformatsiya, baholash mezonlari, avtomatlashtirilgan platforma,

qo‘shilgan qiymat

solig‘i (QQS)

, aylanmadan olinadigan soliq (AOS), reyting metodologiyasi, fiskal islohot, xalqaro

reyting tizimlari.

М

E

Т

O

Д

O

Л

O

ГИЧ

EC

КИ

E OC

Н

O

ВЫ

И

ПР

A

КТИЧ

EC

К

A

Я

ЭФФ

E

КТИВН

OC

ТЬ

Р

E

ЙТИНГ

A

У

C

Т

O

ЙЧИВ

OC

ТИ

В

ЦИФР

O

В

O

М

ФИ

C

К

A

ЛЬН

O

М

УПР

A

ВЛ

E

НИИ

A

бдулл

ae

в

З

a

ф

a

рб

e

к

Ташкентский государственный экономический университет

A

нн

o

т

a

ция

.

В

c

т

a

ть

e

р

acc

м

a

трив

a

ют

c

я

эк

o

н

o

мич

ec

ки

e,

пр

a

в

o

вы

e

и

м

e

т

o

д

o

л

o

гич

ec

ки

e

oc

н

o

вы

c

и

c

т

e

мы

р

e

йтинг

a

у

c

т

o

йчив

oc

ти

c

убъ

e

кт

o

в

пр

e

дприним

a

т

e

ль

c

тв

a,

р

a

зр

a

б

o

т

a

нн

o

й

н

a oc

н

o

в

e

н

o

рм

a

тивных

д

o

кум

e

нт

o

в

Р

ec

публики

Узб

e

ки

c

т

a

н

.

П

o

к

a

з

a

т

e

ли

р

e

йтинг

a a

н

a

лизируют

c

я

в

c

р

a

вн

e

нии

c

м

e

ждун

a

р

o

дными

р

e

йтинг

a

ми

, a

т

a

кж

e c

т

o

чки

зр

e

ния

цифр

o

в

o

г

o

фи

c

к

a

льн

o

г

o

упр

a

вл

e

ния

и

н

a

л

o

г

o

в

o

й

ди

c

циплины

.

Выявл

e

ны

ключ

e

вы

e

пр

o

бл

e

мы

,

д

a

ны

пр

a

ктич

ec

ки

e

пр

e

дл

o

ж

e

ния

п

o

их

у

c

тр

a

н

e

нию

.

Р

a

б

o

т

a co

д

e

ржит

т

eo

р

e

тич

ec

ки

e

и

прикл

a

дны

e

выв

o

ды

,

н

a

пр

a

вл

e

нны

e

н

a

п

o

выш

e

ни

e

эфф

e

ктивн

oc

ти

фи

c

к

a

льных

р

e

ф

o

рм

в

c

тр

a

н

e.

Ключ

e

вы

e c

л

o

в

a:

р

e

йтинг

у

c

т

o

йчив

oc

ти

,

фи

c

к

a

льн

oe

упр

a

вл

e

ни

e,

н

a

л

o

г

o

в

a

я

ди

c

циплин

a, c

убъ

e

кты

пр

e

дприним

a

т

e

ль

c

тв

a,

цифр

o

в

a

я

тр

a

н

c

ф

o

рм

a

ция

, o

ц

e

н

o

чны

e

крит

e

рии

, a

вт

o

м

a

тизир

o

в

a

нн

a

я

пл

a

тф

o

рм

a,

НД

C,

н

a

л

o

г

c o

б

o

р

o

т

a,

м

e

т

o

д

o

л

o

гия

р

e

йтинг

a,

фи

c

к

a

льны

e

р

e

ф

o

рмы

,

м

e

ждун

a

р

o

дны

e

р

e

йтинг

o

вы

e c

и

c

т

e

мы

.

UO‘K:

336.225.673

IV SON - APREL, 2025

9-22


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

10

METHODOLOGICAL FOUNDATIONS AND PRACTICAL EFFECTIVENESS OF THE STABILITY

RATING IN DIGITAL FISCAL GOVERNANCE

Abdullayev Zafarbek

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the economic, legal, and methodological foundations of the

business entity stability rating system developed under Uzbekistan’s regulatory framework. The

rating indicators are reviewed in comparison with international practices and evaluated in the
context of digital fiscal governance and tax discipline. Practical challenges in the system are

identified, and improvement recommendations are proposed. The study provides theoretical

insights and policy suggestions aimed at enhancing the effectiveness of fiscal reforms in

Uzbekistan.

Keywords:

stability rating, fiscal governance, tax discipline, entrepreneurial entities, digital

transformation, assessment indicators, automated platform, VAT, turnover tax, rating

methodology, fiscal reforms, international rating systems.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tadbirkorlik subyektlarining fiskal intizomi, soliq

shaffofligi va

institutsional barqarorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan

biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, raqamli

transformatsiyani jadallashtirish va ishonchga asoslangan davlat

biznes munosabatlarini

shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar joriy etilmoqda. Ayniqsa, soliq intizomini

raqamli indikatorlar asosida baholovchi, real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tahlillarni

amalga oshiruvchi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” tizimi innovatsion fiskal

boshqaruv mexanizmi sifatida shakllantirildi (Mirziyoyev, 2024; Aripov, 2024). 2024-yil 23-
yanvardagi PQ-39-sonli Prezident qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi

55-son qaroriga asosan mazkur tizim normativ-huquqiy va metodologik asosda joriy etildi.

Mazkur reyting tizimi yuridik shaxslarning iqtisodiy samaradorligi, soliq intizomi,

moliyaviy shaffofligi, raqamli infratuzilmaga integratsiyalashuvi va ijtimoiy mas’uliyat
ko‘rsatkichlarini zamonaviy avtomatlashtirilgan elektron platforma orqali tizimli b

aholashni

amalga oshiradi. Ushbu baholash natijalari selektiv fiskal rag‘batlantirish, soliq va kredit

imtiyozlarini manzilli taqsimlash, budjet resurslarini samarali yo‘naltirishda strategik axborot

vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, reyting tizimi davlat

–xususiy sektor o‘rtasida

o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash, iqtisodiy xulq

-atvorni tartibga soluvchi normativ

mexanizmni shakllantirish hamda soliq siyosatini riskga asoslangan differensial yondashuv

asosida olib borish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu maqolada reyting tizimining shakllanishi, huquqiy, nazariy va metodologik

asoslari, baholash mezonlarining tasnifi, ularning raqamli tahlil mexanizmlari, shuningdek

reyting tizimining fiskal boshqaruvdagi amaliy o‘rni chuqur yoritiladi. Metodologik

yondashuvda xalqaro reyting tizimlari (S&P, ESG, Doing Business) bilan taqqoslama tahlillar,

shuningdek milliy reyting mezonlari bo‘yicha diagnostik baholash usullari keltiriladi. Muallif

tomonidan ishlab chiqilgan takomillashtirish takliflari, algoritmik baholash, axborot

texnologiyalariga asoslangan monitoring va reyting natijalarini iqtisodiy siyosatda qo‘llash

yo‘nalishlari orqali milliy tizim samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari bayon

qilinadi.

Adabiyotlar sharhi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimi bo‘yicha adabiyotlar sharhi

ushbu sohadagi ilmiy, metodologik va amaliy yondashuvlarni tizimli tahlil qilishga qaratilgan

bo‘lib, reyting tizimining

shakllanishi, baholash mezonlari, xalqaro tajribalar bilan qiyoslanishi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

11

hamda mavjud ilmiy qarashlar asosida takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat

qiladi. Sharhda asosiy e’tibor so‘nggi yillarda chop etilgan zamonaviy ilmiy maqolalar, rasmiy

hujjatlar va reyting tizimiga oid metodologik manbalarning tanqidiy tahliliga qaratiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimi O‘zbekiston Respublikasida

2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son Prezident qarori va 2024-yil 30-yanvardagi 55-son Vazirlar
Mahkamasi qarori asosida joriy etildi. Mazkur huquqiy hujjatlar ushbu tizimning institutsional

shakllanishini belgilab berib, reyting mezonlari, baholash indikatorlari, ularning tartibli e’lon

qilinishi, reyting natijalarining ochiqligi (Mirziyoyev, 2024; Aripov, 2024) va davlat soliq

siyosatiga integratsiyalashuvini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Tizimning huquqiy
bazasi raqamli fiskal boshqaruvga asoslangan yondashuvlar, real vaqtli monitoring,

avtomatlashtirilgan tahlil, soliq xavflarini baholash va selektiv rag‘batlantirish tamoyillarini

amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. Shu orqali reyting tizimi nafaqat tartibga soluvchi

vosita, balki fiskal intizomni kuchaytiruvchi strategik mexanizm sifatida qaralmoqda.

Nurmatov

tomonidan olib borilgan tadqiqotda (Nurmatov, 2024) reyting tizimining

xorijiy tajribalar bilan solishtirilgan tahlili berilgan bo‘lib, u mazkur tizimni baholashda

ishlatiladigan indikatorlar, vazn koeffitsientlari va avtomatlashtirilgan algoritmlar asosida

ishlash prinsiplariga to‘htalgan. Muallif soliq va moliyaviy ko‘rsatkichlarni integratsiyalash va

baholash mexanizmlarini nazariy jihatdan yondashgan.

Yakshiboeva

tomonidan olib borilgan tadqiqotda esa (Yakshiboeva, 2024) reyting

tizimini shakllantirishda foydalaniladigan zamonaviy yondashuvlar, xususan moliyaviy

turg‘unlik, iqtisodiy samaradorlik, raqamlashtirish darajasi va ijtimoiy mas’uliyat

ko‘rsatkichlarga to’htalgan. Muallif bu ko‘rsatkichlarning har biri uchun qo‘llaniladigan
metodik yondashuvlarni ko‘rib chiqqan. Ushbu yondashuvlar reyting tizimining ilmiy

-nazariy

bazasini mustahkamlash bilan birga, amaliy qo‘llanilishini yanada aniq va samarali

qilishga

xizmat qiladi.

Davranovning

tadqiqotida (Davranov, 2024) reyting tizimining real sektor va fiskal

boshqaruvdagi amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, tadbirkorlik subyektlari

faoliyatini baholash orqali soliq risklarini aniqlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va budjet

daromadlarining barqarorligini ta'minlash mexanizmlarini asoslab bergan. Muallifning

yondashuvi reyting tizimini nafaqat nazariy baholash vositasi, balki fiskal siyosatning operativ
boshqaruv instrumenti sifatida qarash imkonini beradi.

Reyting tizimi tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy va fiskal intizomini tizimli tahlil

qilish orqali ularning moliyaviy shaffofligini oshirish, soliqqa oid risklarni oldindan aniqlash va

yashirin iqtisodiy faoliyat hajmini qisqartirishga xizmat qiladi. Mazkur tizim selektiv nazorat
choralarini belgilash, soliq yukini adolatli taqsimlash va raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda

muhim metodologik vosita sifatida qaralmoqda. Reyting baholari asosida subyektlarga

differensial soliq yondashuvi, kredit imtiyo

zlari, grantlar va boshqa fiskal rag‘batlantirish

mexanizmlari taqdim etilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bu holat milliy iqtisodiy xavfsizlikni

ta'minlash va tadbirkorlik muhitini sog‘lomlashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy global iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlik, kreditga layoqatlilik va

institutsional ishonchlilik darajalarini baholashda xalqaro reyting tizimlari muhim vosita

sifatida e’tirof etiladi. Turli mamlakatlar va kompaniyalar reyting baholari orqali in

vestorlar,

moliyaviy tashkilotlar va xalqaro institutlar e’tiborini jalb qilish, kredit resurslariga kirish

imkoniyatlarini kengaytirish hamda iqtisodiy islohotlar samaradorligini namoyon etishga

intiladilar. Quyida eng muhim va keng qo‘llaniladigan reytin

g tizimlarining nazariy va

metodologik asoslari tahlil qilinadi.

S&P Global Ratings

xalqaro miqyosda eng nufuzli reyting agentliklaridan biri bo‘lib, u

davlatlar va korporatsiyalarning kreditga layoqatliligi, moliyaviy barqarorligi, byudjet intizomi

va qarzlarni boshqarish salohiyatini aniqlovchi kompleks tahlillarni amalga oshiradi. Uning

reyting metodologiyasi makroiqtisodiy barqarorlik, fiskal siyosat samaradorligi, tashqi balans,

suveren risklar, institutsional salohiyat va soliq-

huquqiy muhit kabi ko‘rsatkichlarga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

12

asoslanadi. Ayniqsa, soliq intizomi va fiskal barqarorlik indikatorlari reyting bahosini

shakllantirishda strategik ahamiyat kasb etadi. S&P reytinglari davlatning moliyaviy obro‘sini

aniqlash, investorlar ishonchini oshirish (S&P Global Ratings, 2023) va kredit resurslariga

bo‘lgan kirish imkoniyatini belgilashda hal qiluvchi o‘rin tutadi.

ESG reyting tizimi (Environmental, Social, Governance)

korxona yoki davlatlarning

ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruv tizimining sifat darajasini aniqlovchi

kompleks baholash tizimidir (Louche & Hebb, 2017). Ushbu model atrof-

muhitga salbiy ta’sirni

kamaytirish, energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, mehnat sharoitlari, inson

huquqlarini hurmat qilish, boshqaruvdagi shaffoflik va korrupsiyaga qarshi mexanizmlarning

mavjudligi kabi ko‘rsatkichlarga a

soslanadi. ESG reytinglari korporativ barqarorlik va uzoq

muddatli investitsiyaviy jozibadorlikni aniqlashda xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan

keng qo‘llaniladi.

Doing Business

Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan ushbu reyting

tizimi mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining qanchalik qulay va xavfsiz amalga oshirilishini
baholaydi

(World Bank, 2020; 2024).

Reyting biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash,

soliqqa tortish, mulk huquqlari, shartnomalarni tuzish va ijro etish, elektr tarmoqlariga ulanish,

kredit olish imkoniyati, investorlar huquqlarini himoya qilish va tashqi savdo tartiboti kabi 10

dan ortiq indikatorlar asosida shakllanadi. 2024-yildan boshlab, bu reyting tizimi yangilangan

“Business Ready” modeli bilan almashtirilib, tartibga solish muhitining zamonav

iy va kompleks

bahosini taqdim etishga qaratilgan. Ushbu yondashuv mamlakatlarning biznes yuritishdagi

institutsional qulayliklari va tartibga solish islohotlarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur adabiyotlar sharhi O‘zbekiston reyting tizimining

xalqaro standartlar bilan metodologik uyg‘unligi, ularning kontseptual asoslari bilan mosligi

hamda mahalliy iqtisodiy, huquqiy va institutsional sharoitlarga qanchalik darajada

moslashtirilganini har tomonlama ochib beradi. Tahlillar reyting indikatorlari, baholash

algoritmlari va raqamli platformalarning qo‘llanilish darajasi orqali nafaqat nazariy

konsepsiyalarni, balki amaliy natijalarni ham yoritadi. Shu bilan birga, adabiyotlar asosida

tizimni takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni integratsiya

qilish bo‘yicha muhim ilmiy

-amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimini tahlil qilish

va baholashda kompleks yondashuv asosida ilmiy-uslubiy asoslar ishlab chiqildi. Tadqiqot

metodologiyasi reyting tizimining shakllanishi, baholash mezonlari va ularning amaliy

qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy, huquqiy va statistik jihatlarni qamrab oladi.

Tadqiqot yondashuvi sifatida deskriptiv (tasviriy) va analitik usullar, shuningdek xalqaro

tajriba asosida qiyosiy tahlil usuli qo‘llanildi. Reyting indikatorlari tahlili uchun diagnostik

baholash, ularning algoritmik asosda ishlash mexanizmlari, shuningdek, avtomatlashtirilgan

platforma orqali shakllantirilgan ma’lumotlar asosida raqamli monitoring yondashuvi tatbiq

etildi. Tadqiqot jarayonida milliy normativ-

huquqiy hujjatlar, Davlat soliq qo‘mitasi axborot

platformasi, reyting mezonlari bo‘yicha amaliy slaydlar va statistik ma’lumotlar asosiy axborot

manbasi sifatida foydalanildi.

Tadqiqotda yuridik shaxslarning iqtisodiy samaradorligi, fiskal intizomi, raqamli hisobot

yuritish madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatini ifodalovchi 23 ta reyting mezoni tahlil qilindi.
Ushbu mezonlar umumiy, kamaytiruvchi va rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichl

arga ajratilgan holda

baholandi. Har bir indikatorning baholash algoritmi, ball berish mezoni va davriyligi alohida

ko‘rib chiqildi. Shuningdek, amaliy holatlar asosida ayrim subyektlar faoliyatidagi reyting

ballarining shakllanishi va unga ta’sir etuvchi

omillar misollar bilan tahlil qilindi.

Tanlanma sifatida 2023

2024-

yillar oralig‘ida reyting baholari aniqlangan yuridik

shaxslar ichidan turli reyting darajalariga (AAA

–D) ega bo‘lgan 30 dan ortiq subyektlar

maqsadli tanlab olindi. Baholashda faoliyat muddati, soliq intizomi, EHFlar bilan ishlash


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

13

ko‘lami, ish haqi fondi, xodimlar soni, moliyaviy barqarorlik kabi mezonlar asosida reytingga
ta’sir qiluvchi real omillar ko‘rib chiqildi.

Metodologik yondashuvning ishonchliligi va aniqligi reyting tizimidagi indikatorlar

orasidagi uzviy bog‘liqlik, ularning iqtisodiy va soliq

-huquqiy mazmuni bilan asoslandi. Reyting

tizimining avtomatlashtirilganligi, inson omilining cheklanishi va real vaqt rejimidagi baholash

imkoniyatlari natijalarning obyektivligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu orqali reyting

natijalari nafaqat fiskal boshqaruv, balki selektiv soliq siyosati, kredit siyosati va moliyaviy

monitoringda ishonchli axborot manbasi sifatida foydalanilmoqda.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Reyting tizimi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, xalqaro reytinglash tajribasi va raqamli

baholash vositalariga tayangan holda shakllantirilgan. Tizim 23 ta mezondan iborat bo‘lib, ular

uch toifaga

bo‘linadi:

umumiy ko‘rsatkichlar, ballarni kamaytiruvchi ko‘rsatkichlar, va

qo‘shimcha ball beruvchi rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlar

. Har bir ko‘rsatkichning

aniqlangan baholash algoritmi, vazn koeffitsienti va baholash davri mavjud.

Baholash jarayoni 100 ballik shkalaga asoslanib, avtomatlashtirilgan elektron platforma

orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Platforma yuridik shaxslar faoliyatiga oid soliq,

moliyaviy, mehnat va raqamli hujjat aylanishi bo‘yicha ma’lumotlarni inte

gratsiyalashgan tahlil

asosida baholab, subyekt reytingini avtomatik aniqlaydi. Bu esa inson omilini cheklab,

ob’ektivlik va shaffoflikni ta’minlaydi.

Shuningdek, reytingning muhim xususiyatlaridan biri u soliq ma’muriyatchiligini

differensiallashtirish, fiskal intizomni kuchaytirish, ijtimoiy mas’uliyatni rag‘batlantirish va

iqtisodiy faollikni soliq yuki asosida baholash imkonini beradi. Tizimning metodologiyasi

xalqaro mezonlar (S&P, Doing Business, ESG) bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, mahalliy iqtisodiy

sharoitlarga moslashtirilgan.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda eng muhim

komponentlardan biri bu

umumiy ko‘rsatkichlar

dir

. Mazkur ko‘rsatkichlar yuridik shaxsning

moliyaviy barqarorligi, fiskal intizomi, operatsion samaradorligi va infratuzilma asoslari kabi

holatlarni baholash imkonini beradi (1-rasm).

1-rasm.

Reytingdagi umumiy ko‘rsatkichlarning nisbiy og‘irligi.

Yuqoridagi diagrammada tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda

umumiy

ko‘rsatkichlarning

nisbiy og‘irligi tasvirlangan. Unda, s

oliq intizomi va EBITDA

rentabellik

mezonlari eng yuqori og‘irlikka ega bo‘lib, ular tadbirkorning fiskal tartib

-intizomi

va moliyaviy barqarorligini ifodalaydi. Faoliyat davomiyligi va

ish haqi jamg‘armasi

ko‘rsatkichlari operatsion tarix va ijtimoiy javobgarlikni o‘lchaydi.

Yer/mulk, EHFlar orqali

realizatsiya, kamchiliklarni bartaraf etishda ichki infratuzilma, raqamli tartib va huquqiy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

14

muomala madaniyatining indikatorlari sifatida baholanadi.

Quyida har bir mezon bo‘yicha tahlil

keltiriladi.

Faoliyat davomiyligi.

Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasidan boshlab

faoliyat yuritgan yillari soni uning biznes hayot sikli va moliyaviy barqarorligini aniqlashda

asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu mezon kompaniyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida vaqt

sinovidan o‘tganligini, faoliyatni davom ettirish salohiyatini hamda operatsion risklar

darajasini kamaytirish qobiliyatini ifodalaydi. Ilmiy adabiyotlarda bu omil Gibrat qonuni va

Hayot sikli nazariyasi

(OECD, 2021)

asosida qaraladi, ya'ni yirikroq va uzoq faoliyat yuritgan

firmalar odatda pastroq o‘sish sur’atiga ega bo‘lsada, ular barqarorlik nuqtai nazaridan
yuqoriroq baholanadi. Shu bois bu indikator reyting baholashda yuqori og‘irlikka ega

komponent sifatida ko‘riladi.

EBITDA rentabellik.

Bu ko‘rsatkich korxonaning asosiy faoliyati natijasida yaratilgan

iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda foydalaniladi.

EBITDA (Earnings Before Interest, Taxes,

Depreciation and Amortization ya’ni foiz, soliq, amortizatsiya va eskirishdan oldingi daromad)

kompaniyaning moliyaviy natijalarini xarajatlarning o‘zgaruvchan ta’sirisiz baholash imkonini

beradi.

Rentabellik darajasi EBITDA ning sof tushumga nisbati sifatida hisoblanadi

(EBITDA

margin = EBITDA / daromad × 100%).

Ushbu indikator kompaniya moliyaviy barqarorligining,

qarzlarni qoplash salohiyatining, investitsion jozibadorligining hamda ichki operatsion

samaradorlikning nisbiy o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Amaliy jihatdan, bu ko‘rsatkich bozor

sharoitlarida sohavi

y o‘rtacha qiymat bilan qiyoslab baholanadi, bu esa uni reyting baholashda

obyektiv indikatorga aylantiradi.

Yer va mulk.

Ushbu mezon tadbirkorlik subyektining ishlab chiqarish yoki xizmat

ko‘rsatish faoliyatini yuritish uchun asosiy infratuzilma resurslariga ega ekanligini ifodalaydi.

Yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlarining mavjudligi kompaniyaning doimiy

manzilgoh

da faoliyat olib borishini, investitsiyaviy asosga ega bo‘lgan mol

-mulk resurslarini

shakllantirganligini va kredit olishda garov salohiyatini oshirish imkoniyatlarini bildiradi. Ilmiy

nuqtai nazardan qaralganda, bu ko‘rsatkich kompaniyaning uz

oq muddatli operatsion sarmoya

modeliga ega ekanligini, ijaraga asoslangan modellardan farqli ravishda ko‘proq kapital asosli

faoliyat olib borishini bildiradi. Amaliyotda esa, ko‘chmas mulkka egalik qilish yoki uzoq
muddatli ijarasi mavjud bo‘lmagan kompaniyalarda soliqqa oid xavf ko‘rsatkichlari yuqoriroq

bo‘ladi, chunki ularning joylashuvi, barqarorlik va nazorat qilish darajasi past bo‘ladi. Shu bois,

reytingda ushbu mezon muhim ahamiyat kasb etadi va soliqqa oid shaffoflikka bevosita ta’sir

ko‘rsatadi.

Ish haqi jamg‘armasi.

Bu indikator korxona tomonidan xodimlarga to‘lanayotgan

umumiy mehnat haqi fondining miqdori orqali bandlikning rasmiy darajasini va yashirin

iqtisodiyotga qarshi kurash holatini ifodalaydi. Ilmiy nuqtai nazardan, ish haqi jamg‘armasining
o‘sishi xodimlar

soni va ularning mehnatiga adolatli kompensatsiya berilishini bildiradi, bu esa

ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy inklyuzivlikni ta’minlovchi omil sifatida ko‘riladi. Reyting
tizimida bu mezon O‘zbekiston bo‘yicha MHTEK (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori)

asosida mintaqaviy va sohaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan baholanadi. Shuningdek, bu

mezon korxonaning soliqqa tortish bazasidagi ochiqligini, ishchi kuchi bozoridagi qonuniy

ishtirokini va formallashtirilgan ish joylari

ni ko‘rsatadi. Amaliy jihatdan, sun’iy oshirilgan ish

haqi fondi orqali reyting ballarini olish ehtimolini kamaytirish maqsadida tizimga dinamik

kuzatuv va o‘sish barqarorligini baholovchi mexanizmlar joriy etilishi tavsiya etiladi.

Soliq intizomi

. Yuridik shaxsning davlat tomonidan belgilangan soliqqa oid

majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarayotganligini baholashga xizmat qiladi. Soliq intizomi

ikki asosiy tarkibiy elementdan iborat: birinchidan, soliq hisobotlarini qonunchilikda

belgilangan muddatlarda topshirish va ikkinchidan hisoblangan soliq summalarini belgilangan

muddatlarda to‘lash. Ilmiy adabiyotlarda soliq intizomi soliq to‘lovchilarning fiskal qonunlarga

bo‘ysunuvchanligi darajasini o‘lchovchi indikator sifatida qar

aladi va u fiskal siyosat


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

15

samaradorligini aniqlovchi asosiy omil hisoblanadi. Amaliy jihatdan, yuqori soliq intizomi

davlat budjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlaydi, soliq organlarining operativ

ma’lumotlar bazasini to‘liq va yangilangan holatda saqlash imkonini yaratadi.

Shu bois, reyting

tizimida ushbu ko‘rsatkich 10 ballik baholash mezoniga ega bo‘lib, u obyektiv baholashda

muhim ustuvorlikka ega komponent sanaladi.

EHFlar orqali xarid va realizatsiya

. Ushbu mezon tadbirkorlik subyektining xo‘jalik

operatsiyalarida elektron hujjat aylanishi (EHF) vositalaridan qanday darajada

foydalanayotganini va ushbu vositalar orqali hujjatlashtirilgan xaridlarning realizatsiya bilan

uyg‘unligini baholaydi. Ilmiy nazariyada bu ko‘rsatkich raqamli fiskal intizom, soliq shaffofligi
va kontragentlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarning qonuniyligini ta’minlovchi mexanizm

sifatida e’tirof etiladi. EHFlarning to‘liq va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi soliq organlariga

avtomatlashtirilgan monitoring olib borish imkonini beradi, bu esa noqonuniy savdo, tushumni

yashirish va soxta korxonalardan foydalanish holatlarini aniqlashda muhim vositadir. Amaliy

jihatdan, xarid qilingan tovarlarning keyinchalik realizatsiya qilinganligi bo‘yicha foizli nisbat

aniqlanadi. 70% va undan ortiq realizatsiya qilinmagan tovarlar bo‘yicha reyting ballari

kamaytiriladi, chunki bu holat ichki iste'molni sun’iy shishi

rish, zaxiralarni yashirish yoki soxta

operatsiyalarni amalga oshirish ehtimolini bildiradi. Shu boisdan, EHF mezoni reyting tizimida

yuqori og‘irlikka ega ko‘rsatkich sifatida baholanadi.

Kamchiliklarni bartaraf etish

. Bu ko‘rsatkich soliq organlari tomonidan aniqlangan

kamchiliklarga nisbatan tadbirkorlik subyekti tomonidan ko‘rsatilgan reaksiyaning sifati va

tezligini o‘lchaydi. Ilmiy nazariy jihatdan, bu indikator institutsional bo‘ysunuvchanlik va fiskal

javobgarlik darajasini ifodalaydi. Kamchiliklarning ixtiyoriy ravishda, belgilangan muddatlarda

va to‘liq bartaraf etilishi soliq

-

huquqiy muhitda subyektning ishonchliligini ko‘rsatadi. Amaliy

jihatdan, bu ko‘rsatkich soliq organlarining

axborot tizimlari orqali aniqlangan holatlarning

tahlili natijasida aniqlanadi va ballar quyidagi mezonlarga asoslanadi: kamchiliklar mavjud

emas yoki asosli rad etilgan bo‘lsa –

10 ball, ixtiyoriy bartaraf etilgan bo‘lsa –

7 ball, soliq auditi

tayinlanga

n holda bartaraf etilgan bo‘lsa –

5 ball. Bu mezon orqali reyting tizimi subyektlarning

o‘z

-

o‘zini nazorat qilish, soliq mas’uliyatini anglash va huquqiy ong darajasini baholaydi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda umumiy ko‘rsatkichlar

bloki strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning moliyaviy barqarorligi, fiskal intizomi,
ijtimoiy mas’uliyati va infratuzilma imkoniyatlarini kompleks baholash imkoni

ni beradi.

Ayniqsa,

EBITDA rentabellik

va

soliq intizomi

indikatorlari reyting tizimining asosiy

ustunlaridan biri bo‘lib, korxonaning iqtisodiy salohiyati va qonunlarga rioya etish darajasini

ifodalaydi. Ushbu umumiy mezonlarning har biri reytingning ob’e

ktiv va kompleks

shakllanishini ta’minlaydi. Ularni mukammal tarzda baholash orqali mamlakatda sog‘lom

biznes muhiti va fiskal intizomni ta’minlash imkoniyati ortadi. Shu sababli, reyting baholashda

bu mezonlarga asosiy e’tibor qaratilishi zarur.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda nafaqat ularning

ijobiy faoliyati, balki moliyaviy, institutsional va fiskal

intizomdagi salbiy holatlar ham e’tiborga

olinadi. Ayniqsa, muayyan xavf-

xatar belgilariga ega bo‘lgan korxonalarning reytingda past

baholanishi reyting tizimining penal (jazolovchi) komponenti sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu

indikatorlar orqali subyektlar faoliyatidagi beqarorlik, qonunbuzarlik xavfi yoki shaffoflik

yetishmovchiligi aniqlanadi va bu holatlar reyting ballarining kamayishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlar selektiv soliq nazoratini kuchaytirish, xavfga

asoslangan yondashuvni shakllantirish va tartibga rioya qiluvchi subyektlarni ajratib olishga

xizmat qiladi. Ilmiy va amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, salbiy indikatorlar o

rqali nafaqat

hozirgi risklar, balki kelajakdagi tavakkalchilik tendensiyalari ham aniqlanishi mumkin. Quyida
ushbu penal mezonlarning mazmuni, iqtisodiy mohiyati va amaliy natijalari har bir indikator

kesimida tahlil etiladi (1-jadval).

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, reytingni shakllantirishda salbiy indikatorlar penal

mexanizm sifatida xizmat qilib, korxonalarning moliyaviy va institutsional barqarorligiga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

16

salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Jadvalda keltirilgan omillar

reyting tizimida ballarni kamaytirish orqali subyektlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

1-jadval

Reytingga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillar

Salbiy indikator

Ball kamayishi

(foizda)

Tavakkalchilik

darajasi

Misollar

Yuridik manzil/rahbariyat

almashuvi

-5

Yuqori

Yashirin faoliyat,

manipulyatsiya

Takroriy tuzatmalar

(hisobotlarda)

-1 dan -5 gacha

O‘rta–

yuqori

Noto‘g‘ri rejalashtirish

Soliq qarzining mavjudligi,

mol-mulkka ijro

-

5 va ko‘proq

Yuqori

Qayta-qayta qarzdorlik

QQS guvohnomasining bekor

qilinishi

-10

Yuqori

QQS sxemalari

MHIKdan noto‘g‘ri foydalanish

-5

Yuqori

Soxta mahsulotlar,

“zanjir”

Yuridik manzil va rahbariyatning tez-

tez o‘zgarishi

kompaniya institutsional

barqarorligining asosiy indikatorlaridan biri bo‘lib, uning uzoq muddatli strategik

rejalashtirish va tashkiliy barqarorlik darajasini aks ettiradi. Yuridik manzilning 12 oy

davomida bir necha bor o‘zgarishi, shuningdek rahbar shaxslarning tez

-tez almashishi

tadbirkorlik subyektining faoliyati doimiylikdan yiroq ekanligiga, boshqaruv tizimida

sustkashlik yoki yashirin maqsadlar mavjudligiga ishora qiladi. Bu holat iqtisodiy nazariyada

“informatsion asimmetriya” va “shubhali subyekt” kontseptsiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, reyting

tizimida salbiy baholanadi va avtomatik ravishda ballarning kamayishiga olib keladi. Amaliy

tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuridik m

anzilni tez-

tez o‘zgartiradigan yoki rahbariyatda

doimiy o‘zgarishlar kuzatiladigan korxonalar orasida soliqdan bo‘yin tovlash, qalbaki hujjatlar

va boshqa noqonuniy faoliyatlar bilan shug‘ullanuvchi subyektlar soni yuqori bo‘ladi.

Soliq hisobotlariga takroriy va noto‘g‘ri tuzatmalar kiritilish

indikatori yuridik

shaxsning ichki moliyaviy nazorat tizimi qanchalik samarali tashkil etilganligini, buxgalteriya

hisobining aniqlik darajasini va soliq majburiyatlariga bo‘lgan yondashuvini baholashda

muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy nazariy jihatdan, bu mezon

axborot asimmetriyasi va agentlik

nazariyasi kontekstida qaraladi, ya’ni menejerlar tomonidan investorlarga yoki davlat

organlariga noto‘g‘ri yoki chala ma’lumotlar yetkazilishi ehtimoli mavjud bo‘lgan holatlar
sifatida talqin etiladi. Amaliy jihatdan, har bir tuzatmada bu kompaniya faoliyatida noto‘g‘ri

rejalashtirish, hisobot topshirishdagi mas'uliyat yetishmasligi yoki ma’lumotlar bilan

manipulyatsiya qilish ehtimolini bildiradi. Reyting tizimida takroriy tuzatmalar chastotasi,

ularning tahlilga ta’siri va o‘zgarishlar miqyosi hisobga olinib, ballar mos ravishda

kamaytiriladi. Shuningdek, tizimda ilk bor tuzatma kiritilishi uchun ogohlantiruvchi, takroriy

holatlar uchun esa penal baholash tizimi joriy etilgan.

Soliq qarzining mavjudligi va mol-mulkdan undirish choralari

indikatori esa

korxonaning moliyaviy holatini, xususan, likvidlik darajasi, to‘lovga layoqatlilik va fiskal

majburiyatlarni bajarish qobiliyatini baholashda muhim mezon hisoblanadi. Ilmiy

adabiyotlarda bunday holat moliyaviy intizomning izdan chiqishi, qarz portfeli boshqaruvining

sustligi va naqd oqimlaridagi uzilishlar bilan bog‘lanadi. Ayniqsa, soliq qarzdorligi mavjud

bo‘lib, unga nisbatan mol

-

mulkdan majburiy ijro harakatlari qo‘llanilsa, bu

holat subyekt

faoliyatining xavf ostida ekanligidan dalolat beradi. Reyting metodologiyasida bunday vaziyat

ballarning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, qarzning qayta-qayta

yuzaga kelishi tizim tomonidan yuqori tavakkalchilik signali sifatida qayd etiladi va ushbu

subyektlar soliq organlarining avtomatik monitoring tizimi tomonidan alohida e’tiborda

kuzatiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

17

QQS guvohnomasining bekor qilinishi yoki to‘xtatilishi, MHIKlar (mahsulot

identifikatsiya kodlari)dan noto‘g‘ri foydalanish

ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektining

raqamli fiskal infratuzilmaga integratsiyalashuv darajasi va qonunchilikka sodiqlik

ko‘rsatkichlarini baholaydi. QQS to‘lovchisi sifatidagi maxsus guvohnomaning bekor qilinishi

yoki to‘xtatilishi subyekt faoliyatida soliqdan bo‘yin tovlash, soxta shartnomalar tuzish yoki

noqonuniy xarajatlar orqali QQS summalarini noqonuniy tarzda qaytarib olish kabi

tavakkalchiliklarni anglatadi. MHIKlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi esa raqamli nazorat tizimlarini

aldash, mahsulotlarni sun’iy ko‘rsatish, kontragentlar o‘rtasida «zanjirli soliq aylanmalari»ni

shakllantirish kabi sxemalar bilan bog‘liq. Ilmiy va amaliy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday
holatlar fiskal intizomga nisbatan befarqlik emas, balki ongli tarzdagi qonunbuzarlik bo‘lish

ehtimolini oshiradi. Shu sababli reyting baholash metodologiyasida bu mezon ballarni keskin

kamaytiruvchi penal indikat

or sifatida belgilangan bo‘lib, shubhali subyektlar sifatida

monitoring ro‘yxatlariga kiritiladi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, barqarorlik reytingini shakllantirishda salbiy indikatorlar

penal mexanizm sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Yuridik manzil va rahbariyatning tez-tez

o‘zgarishi, hisobotlardagi takroriy tuzatmalar, soliq qarzining mavjudligi

, QQS

guvohnomasining bekor qilinishi va MHIKlardan noto‘g‘ri foydalanish kabi omillar tadbirkorlik

subyektining institutsional, moliyaviy va fiskal barqarorligini susaytiradi.

Ushbu ko‘rsatkichlar orqali nafaqat joriy faoliyatdagi beqarorlik, balki kelajakdagi

tavakkalchiliklar va qonunbuzarlik ehtimoli ham aniqlanadi. Shuning uchun ular reytingda

ballarni kamaytirish orqali selektiv nazoratni kuchaytirish, fiskal intizomni ta’m

inlash va

shaffof faoliyat yurituvchi subyektlarni ajratib olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu

jihatdan, salbiy indikatorlar reyting tizimining samaradorligini oshirish va xavfga asoslangan

boshqaruv yondashuvini shakllantirishda hal qiluvchi ro

l o‘ynaydi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda nafaqat salbiy xavf

omillari, balki ularning iqtisodiy, fiskal va ijtimoiy faolligi darajasi ham e’tiborga olinadi. Aynan
ijobiy ko‘rsatkichlar korxonaning moliyaviy intizomi, qonunchilik

ka sodiqligi, ijtimoiy

mas’uliyatni bajarayotganligi va iqtisodiy inklyuzivlikka qo‘shgan hissasini ifodalaydi (2

-rasm).

2-rasm.

Ijobiy indikatorlarning reytingga ta’siri

Ushbu indikatorlar orqali davlat soliq siyosati doirasida formallashtirishni

chuqurlashtirish, bandlikni rasmiylashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va

ijtimoiy himoyadagi qatlamlarni ish bilan ta’minlash kabi maqsadlarga erishadi. Ilmiy nuqtai

nazardan, ular “inklyuziv iqtisodiyot”, “fiskal ishonchlilik”, “samarali soliq yukining
taqsimlanishi” kabi konsepsiyalar bilan uzviy bog‘liq bo‘li

b, reyting tizimida ijobiy ballar bilan

baholanadi. Quyida mazkur indikatorlar iqtisodiy nazariy tamoyillar, davlat siyosatidagi

ustuvorliklar va amaliy baholash mezonlari asosida tahlil qilinadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

18

Ijtimoiy himoyadagi shaxslar bandligi.

Mazkur indikator “Temir daftar”, “Ayollar

daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrda qayd etilgan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni

ishga qabul qilgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ilmiy nuqtai nazardan, bu mezon

inklyuziv iqtisodiyot ko

nsepsiyasiga asoslanadi, ya’ni iqtisodiy o‘sishdan barcha ijtimoiy

qatlamlarning teng darajada manfaatdor bo‘lishi zarurligini ifodalaydi. Shu bois bu ko‘rsatkich

orqali tadbirkorlik subyekti nafaqat iqtisodiy, balki i

jtimoiy barqarorlikka hissa qo‘shgan aktor

sifatida baholanadi. Amaliy jihatdan esa, korxonada ishlovchi ijtimoiy zaif guruhlar sonining

umumiy ishchi kuchiga nisbatan ulushi 10

–20% bo‘lsa –

5 ball, 20% dan yuqori bo‘lsa –

10 ball

belgilanadi. Bu ko‘rsatki

ch ijtimoiy kapital, mehnat bozori inklyuzivligi va korxona imijiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat tomonidan ushbu subyektlar uchun soliq

imtiyozlari, grantlar va preferensiyalar ko‘rinishida qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari

qo‘llan

iladi.

MHTEKdan yuqori ish haqi to‘lanayotgan xodimlar sonining o‘sishi

.

Mazkur indikator

yuridik shaxsning mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishga bo‘lgan yondashuvi, yashirin

iqtisodiy faoliyatdan chiqish darajasi va soliq bazasining kengayishiga qo‘shgan hissasini

baholaydi. Mehnatga haq

to‘lashning eng kam miqdoridan yuqori bo‘lgan ish haqi korxonaning

moliyaviy salohiyati, ishchi kuchiga bo‘lgan munosabati va iqtisodiy shaffofligini ifodalaydi.
Ilmiy adabiyotlarda ushbu mezon “formallashtirish darajasi”, “fiskal ishonchlilik” va “bandlik

sifati” kontseptsiyalari bilan bevosita bog‘liq. Ayniqsa, o‘sib borayotgan yuqori ish haqi fondi

kompaniyaning inson kapitaliga investitsiya kiritayotganligini, xodimlar barqarorligini saqlab

qolish istagini bildiradi. Amaliy jihatdan esa, ushbu ko‘rsatki

ch asosida soliq organlari

bandlikni rasmiylashtirish hajmi, sug‘urta fondlariga to‘lovlar va iqtisodiy kontraktlashuv
darajasi bo‘yicha baholash mexanizmini shakllantiradi. Reyting tizimida bu indikator soliqqa

oid shaffoflik va ijtimoiy javobgarlik daraj

asini ko‘rsatuvchi asosiy vositalardan biridir.

QQS va AOS bo‘yicha hisoblangan soliq summasining sohaviy o‘rtachaga nisbati.

Bu

indikator yuridik shaxsning soliq salohiyati, iqtisodiy faoliyat hajmi va byudjetga qo‘shgan
fiskal hissasini baholashda markaziy o‘rin egallaydi. Ilmiy yondashuvda bu mezon “fiskal

intensivlik” va “tarmoq samaradorligi” konseptlari bilan uyg‘un bo‘lib,

subyektning umumiy

tushumga nisbatan to‘layotgan QQS yoki AOS summasi orqali soliqqa oid faollik darajasini

ko‘rsatadi. Amaliy jihatdan soliq organlari tomonidan qo‘llaniladigan

benchmarking usuli

asosida ushbu ko‘rsatkich tarmoq bo‘yicha o‘rtacha darajaga nisbatan solishtiriladi. Agar

subyektning QQS yoki AOS summasi soha o‘rtachasidan 1,1 barobar yuqori bo‘lsa yoki uning

eksport ulushi umumiy realizatsiyaning 50 foizidan ortiqni tashkil etsa, u fiskal jihatdan faol,

qonuniy va iqtisodiy jihatdan barqaror subyekt sifatida baholanib, qo‘shimcha ball bilan
rag‘batlantiriladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy nazariyadagi “mahsulotdan olinadigan soliq

rentasi”, “vertikal fiskal muvozanat” va “soliq to‘lovchilar bazasi raqobati” kabi tamoyillar bilan

bevosita uyg‘unlikda ishlaydi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan ijobiy indikatorlar tadbirkorlik subyektining iqtisodiy

samaradorligini, ijtimoiy mas’uliyatini va fiskal intizomini kompleks baholash imkonini beradi.

Ular orqali davlat reyting tizimi orqali formallashtirish, inklyuziv iqtisodiyotni rivojlantirish va

fiskal barqarorlikni ta’minlash kabi strategik maqsadlarga erishadi. Ushbu indikatorlarning

reyting tizimidagi mavjudligi nafaqat yuqori ball olish imkoniyatini, balki ijtimoiy-iqtisodiy

siyosatga faol integratsiyalashgan, qonuniy va

mas’uliyatli subyekt sifatida tan olinishni ham

ta’minlaydi.

Barqarorlik reytingi tizimini mukammallashtirish, baholashda aniqlik va ob’ektivlikni

ta’minlash, shuningdek, ilg‘or metodologik yondashuvlarni tatbiq etish uchun xalqaro reyting

amaliyotlari bilan qiyosiy tahlil muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo tajribasida reyting tizimlari

nafaqat iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni, balki ijtimoiy mas’uliyat, boshqaruv sifati, raqamli

intizom va korporativ ishonchlilikni ham baholash vositasi sifatida shakllangan. Shu nuqtai

nazardan, O‘zbekistonda joriy etilgan barqaro

rlik reytingi tizimini S&P Global Ratings, ESG

(Environmental, Social, Governance) va Doing Business kabi xalqaro reyting platformalari bilan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

19

taqqoslash, uning nazariy asoslarini boyitish, indikatorlar bazasini kengaytirish hamda amaliy
samaradorligini oshirish uchun muhim metodologik asos yaratadi. Quyida mazkur reytinglar

va O‘zbekiston modeli o‘rtasidagi asosiy farqlar va o‘ziga xosliklar tah

lil qilinadi (2-jadval).

2-jadval

O‘zbekiston barqarorlik reyting tizimi bilan qiyosiy tahlil

Xalqaro

reyting tizimi

O‘zbekiston reyting tizimi

bilan o‘xshash

jihatlar

Farqli jihatlar

S&P,

Moody’s,

Fitch

AAA

D

shkalasi o‘xshash

Xalqaro reytinglar investorlar uchun mo‘ljallangan,

O‘zbekistonda esa fiskal tartib va rag‘batlantirish

maqsadida

ESG reytingi

Ijtimoiy va boshqaruv

ko‘rsatkichlari o‘xshash

Ekologik ko‘rsatkichlar O‘zbekiston reytingida yo‘q

yoki zaif

Doing

Business

Soliqqa oid yondashuv,

tartiblar

DB tizimi islohotlar va tartib soddaligi bo‘yicha,

O‘zbekiston tizimi esa fiskal intizom va real faoliyat

asosida


Xalqaro reyting

amaliyotlari bilan qiyosiy tahlil O‘zbekistonda joriy etilgan barqarorlik

reytingi tizimining metodologik asoslarini mukammallashtirish, indikatorlar bazasini

kengaytirish va baholashdagi ob’ektivlik darajasini oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda

xalqaro miqyosda iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy va institutsional jihatlarni qamrab oluvchi turli

reyting platformalari mavjud bo‘lib, ularning metodikasi milliy reyting tizimi uchun muhim

taqqoslash nuqtalarini taqdim etadi. Quyida ba’zi ilg‘or amaliyotlar va O‘zbekiston modeli

o‘rtasidagi asosiy farqlar bayon etiladi.

S&P Global Ratings.

Ushbu reyting agentligi suveren va korporativ emitentlarning

kreditga layoqatliligini baholaydi hamda moliyaviy turg‘unlik, qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida

bajarish salohiyati, kredit risklari va davlat moliyaviy boshqaruvining ishonchliligini asosiy

me

zon sifatida ko‘radi. Metodologik jihatdan, S&P reytingi makroiqtisodiy barqarorlik, byudjet

taqchilligi, tashqi balans holati, institutsional salohiyat va siyosiy barqarorlik indikatorlari

orqali shakllantiriladi. Ushbu yondashuv davlat

ning moliyaviy obro‘si va investorlar uchun xavf

darajasini aniqlashga xizmat qiladi.

ESG reyting (Environmental, Social, Governance).

Ushbu reyting tizimi kompaniyalar

va davlatlarning ekologik barqarorlik (Environmental), ijtimoiy mas’uliyat (Social) va

boshqaruv sifati (Governance) mezonlariga asoslangan baholash modelini ifodalaydi. Ekologik
mezonlar doirasida atrof-muhitga salbiy ta

’sir, energiya samaradorligi, chiqindilarni

boshqarish kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy mezonlar mehnat sharoitlari, inson huquqlari,

tenglik va mahalliy jamoalar bilan ishlash darajalarini o‘z ichiga

oladi. Boshqaruv mezonlari esa

menejment strukturasining shaffofligi, audit jarayonlari, korrupsiyaga qarshi mexanizmlar va
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish holatlarini baholaydi. ESG reytinglari korporativ

barqarorlikni baholashda tobora muhim vosita sifatida tan olinmoqda.

Doing Business (World Bank).

Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan ushbu reyting

tizimi mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining qanchalik qulay va xavfsiz amalga oshirilishini
baholaydi. U biznesni boshlash osonligi, soliq yukining miqdori va tartiboti, shartnoma tuzish

va ijrosini

ta’minlash, litsenziyalash va qurilishga ruxsat olish, elektr tarmoqlariga ulanish,

mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit olish imkoniyati, investorlar huquqining himoyasi va tashqi

savdo tartiboti kabi 10 dan ortiq indikatorlar asosida tuziladi. Ushbu reyting institutsional
muhitning samaradorligi va huquqiy infratuzilmaning tadbirkorlik rivojiga qanchalik

ko‘maklashayotganini baholashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning Barqarorlik reytingi tizimi yuqorida ko‘rib chiqilgan xalqaro reyting

modellari bilan metodologik jihatdan taqqoslaganda quyidagi o‘ziga

xosliklarga ega:

Reyting mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan

shakllantirilgan soliq axborot tizimlariga integratsiyalashgan holda, avtomatlashtirilgan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

20

analitik platformalar orqali yig‘ilgan ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu yondashuv reyting

baholash jarayonida inson omilini minimallashtirish, real vaqt rejimida monitoring olib borish

va subyektlarning fiskal intizomi bo‘yicha obyektiv baho berishni ta’min

laydi.

Har bir reyting ko‘rsatkichi Davlat soliq qo‘mitasi va tegishli axborot tizimlaridan kelib

tushgan ma’lumotlar asosida real vaqt rejimida avtomatik tarzda monitoring qilinadi. Bu

jarayon raqamli izlar orqali amalga oshiriladi va inson aralashuvisiz ishlovchi algoritmlar orqali

baholanadi, bu esa reytingni shakllantirishda xolislik va aniqlikni ta’minlaydi.

Tizim yuridik shaxslarning soliq intizomi, raqamlashtirish darajasi, fiskal barqarorligi,

moliyaviy shaffofligi va ijtimoiy javobgarlik ko‘rsatkichlarini integratsiyalashgan tarzda

baholaydi. Ushbu yondashuv orqali nafaqat soliqqa oid majburiyatlarning bajarilishi, balki

subyektning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligi darajasi ham aniq ko‘rsatkichlar asosida

tahlil qilinadi.

Ilmiy-

metodologik nuqtai nazardan O‘zbekistonning barqarorlik reytingi tizimi

ESG va

Doing Business kabi global reyting tizimlaridan asosiy maqsadi, baholash mezonlari va

qo‘llaniladigan indikatorlar bazasi jihatidan sezilarli farq qiladi. Mazkur tizimning asosi fiskal

faoliyat, soliq majburiyatlarini bajarish sifati, raqamli hisobot yuritish madaniyati va iqtisodiy

xulq-atvorni avtomatlashtirilgan raqamli baholash orqali aniqlashga qaratilgan. S&P Global

Ratings kredit risklarini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston reytingi soliqqa oid real

vaqtli intizomni aniqlovchi vosita sifatida shakllangan. Shu bois, bu tizim davlatning fiskal

boshqaruv mexanizmlarini mustahkamlovchi, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini

oshiruvchi va davlat

biznes munosabatlarida ishonchni mustahkamlovchi ishonchli interfeys

vazifasini bajaradi.

Xulosa va takliflar.

Barqarorlik reytingi tizimi soliq va fiskal intizomni raqamli baholash orqali yuridik

shaxslarning iqtisodiy intizomini tahlil qilishda innovatsion vosita sifatida qaralayotgan bo‘lsa

-

da, uning amaliy qo‘llanishi davomida ayrim metodik kamchiliklar va suiste’mollik holatlari

aniqlanmoqda. Ilmiy-

nazariy yondashuv shuni ko‘rsatadiki, mezonlarning ba’zilari tadbirkorlik

subyektining real iqtisodiy samaradorligini to‘laqonli aks ettira olmaydi yoki statistik noto‘g‘ri

talqinlarga olib kelishi mumkin. Xususan, reyting tizimida mavjud ayrim indikatorlar tahliliy

aniqlikni ta’minlamay, baholash natijalarining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, ayrim mezonlarning formulalari yoki baholash algoritmlari ob'ektivlik tamoyiliga

to‘liq mos kelmaydi. Quyida aniqlangan asosiy amaliy kamchiliklar va ularni bartaraf etish

bo‘yicha tizimli, nazariy va texnologik asoslangan takliflar keltiriladi

.

Birinchidan, faoliyat davrini hisoblashda faqatgina davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanani

mezon sifatida qabul qilish, subyektning real xo‘jalik faoliyatini, ya’ni mahsulot (ish, xizmat)

ishlab chiqarish, realizatsiya qilish yoki xizmat ko‘rsatish kabi operatsi

on harakatlarini hisobga

olmaslikda, reytingda noto‘g‘ri baholash xavfini yuzaga keltiradi. Bu yondashuv faoliyat

boshlamagan, lekin tashkiliy-

huquqiy jihatdan ro‘yxatdan o‘tgan subyektlarga nisbatan asossiz

yuqori ball berilishiga olib keladi. Natijada iq

tisodiy faoliyatsiz, ammo “yosh” ko‘rinadigan

yuridik shaxslar soliq siyosatida imtiyozlarga ega bo‘lib qolishi mumkin. Ilmiy

-nazariy jihatdan,

bu holat reyting tizimining samaradorligi va adolatliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda

reytingni moliyaviy tahlil vositasi sifatida ishonchliligi pasaytiradi. Shu sababli, faoliyat davrini

baholashda faqat rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan vaqt emas, balki real xo‘jalik faoliyatining

boshlanish sanasi, masalan, birinchi tovar aylanmasi, ishchi yollash yoki bank operatsiyalari

boshlanishi asosida aniqlanishi lozim.

Ikkinchidan, ko‘chmas mulk mavjudligi bo‘yicha 12 oydan kam muddatda foydalanilgan

ob’yektlarga reyting tizimida to‘liq ball berilishida baholashda sun’iylik xavfini oshiradi. Ilmiy

nuqtai nazardan, ko‘chmas mulk mulkdorligi va undan foydalanuvchanlik mudd

ati

korxonaning operatsion barqarorligi va infratuzilma jihatidan mustahkamligini aks ettirishi

kerak. Agar ob’yekt faqat qisqa muddatli ijara asosida yoki texnik hujjatlarda mavjud bo‘lib, real


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

21

faoliyat yuritilmagan bo‘lsa, bu holat reytingni noto‘g‘ri shakllantirishga olib keladi.

Shuningdek, 12 oydan kam foydalanilgan, lekin QQS qaytarish yoki imtiyoz olish maqsadida

rasmiy hujjatlashtirilgan ko‘chmas mulklar orqali subyektlar reytingni sun’iy

oshirishga

urinmoqda. Shuning uchun reyting tizimida ushbu mezon faqat real foydalanish muddati

asosida, EHF, bank operatsiyalari yoki kommunal to‘lovlar kabi obyektiv manbalar orqali

tasdiqlangan holatlarga asoslanib baholanishi lozim.

Uchinchidan, ish haqi jamg‘armasining sun’iy ravishda yuqori ko‘rsatilishi orqali ball

to‘plashda korxonalar qisqa muddatli davrda ayrim xodimlarga haddan tashqari yuqori maosh

ko‘rsatib, reyting tizimidan ortiqcha ball olishga urinmoqda. Bu manipulyativ u

sullar

reytingning ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moliyaviy oqibatlar yuzaga keltirishi mumkin.

Ilmiy jihatdan bu holat bandlikning rasmiy ko‘rsatkichlarini noto‘g‘ri talqin qilishga olib keladi

va makroiqtisodiy statistikani buzadi. Amaliyotda esa bunday holatni aniqlash uchun ish haqi

dinamikasi, xodimlar o‘zgaruvchanligi, soliq va sug‘urta badallari bo‘yicha tahliliy indikatorlar,
shuningdek elektron to‘lov tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik monitoring

mexanizmlarini joriy etish tavsiya etiladi.

To‘rtinchidan, hisobotga ko‘p martalik tuzatmalar kiritishda indikator subyektning

(KPMG, 2022; Abdullayev, 2024) ichki nazorat tizimining zaifligini, buxgalteriya hisobining

aniqlik darajasini va soliq majburiyatlariga mas’uliyatli yondashuv yetishmasligini aks ettiradi.

Ilmiy-nazariy yondashuvda bu holat axborot asimmetriyasi va agentlik muammosi kontekstida

qarala

di, ya’ni davlat organlariga yetkazilayotgan ma’lumotlar sifati va ishonchliligi pasayadi.

Ayniqsa texnik yoki normativ o‘zgarishlar sababli ma

jburiy ravishda amalga oshirilgan

tuzatmalar holatida avtomatik tarzda penal ball belgilanishi reyting tizimining adolatliligiga

salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli, tuzatmalarni baholashda ularning sabablari, chastotasi va

miqyosi asosida differensial penalizatsiya yondashuvi joriy etilishi tavsiya etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimini takomillashtirish uchun

mezonlar kesimida avtomatlashtirilgan monitoring va anomaliya aniqlash algoritmlarini joriy
etish, ballarni differensiallashtirishni chuqurlashtirish, raqamli auditga asoslangan baholashni

kengaytirish hamda eksport salohiyati, ekologik javobgarlik va innovatsion faoliyat kabi yangi

indikatorlarni tizimga integratsiyalash zarur bo‘lib, bu yondashuv reyting tizimini statik

mexanizmdan real iqtisodiy samaradorlikni baholovchi dinamik va prediktiv platformaga
aylantiradi.

Shu orqali reyting tizimining ishonchliligi, metodologik aniqligi, va raqamli shaffofligi

ta'minlanadi. Baholash jarayonida inson omilining kamaytirilishi, subyektlar o‘rtasidagi

iqtisodiy tafovutlarning yanada aniq ifodalanishi hamda risklarga asoslangan selektiv

yondashuvning kuchaytirilishi mumkin bo‘ladi. Takomillashtirilgan tizim nafaqat soliq

organlari uchun monitoring va nazorat mexanizmi, balki moliyaviy institutlar uchun kredit

reytingi alternativasi, tadbirkorlik subyektlari uchun esa o‘z

-

o‘zini t

ahlil qilish va

raqobatbardoshlik darajasini baholash vositasi sifatida xizmat qiladi.

Barqarorlik reytingi O‘zbekistonda zamonaviy raqamli fiskal boshqaruvning strategik

institutsional asosi sifatida (Abdullayev, 2024) shakllanib bormoqda. U davlat va tadbirkorlik

subyektlari o‘rtasida ishonchga asoslangan fiskal muloqotni shakllantirish, ularning o‘zaro

munosabatlarini raqamli monitoring va tahlil orqali samarali boshqarishga xizmat qiladi.

Reyting tizimi doirasida yuridik shaxslarning soliq intizomi, moliyaviy barqarorligi,

raqamlashtirish darajasi va ijtimoiy mas’uliyati kabi asosiy indikatorlar real vaqt rejimida

avtomatik axborot tizimlari orqali baholanadi. Natijada, bir tomondan, soliq ma’muriyatchiligi

soddalashadi va subyektiv yondashuvlar kamayadi; ikkinchi tomondan, davlat resurslarini

differensial taqsimlash, rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritish va iqtisodiy xavflarni oldindan

bashorat qilish imkoniyati yuzaga keladi.

Ilmiy-nazariy jihatdan, reyting tizimi iqtisodiy samaradorlik, fiskal intizom, moliyaviy

shaffoflik va institutsional barqarorlikni o‘lchovchi kompleks indikatorlar orqali tadbirkorlik

subyektlarining faoliyatini tizimli baholash imkonini beradi. Bu yondashuv iqtisodiy xatti-


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

22

harakatlarning modellashuvi, tavakkalchilik darajasining aniqlanishi va davlat

xususiy sektor

o‘rtasida optimal tartibga solish munosabatlarini shakllantirishda nazariy asos vazifasini

bajaradi. Amaliy jihatdan esa, bu tizim yirik va o‘rta biznes subyektla

rining reyting asosida

rag‘batlantirilishini, kichik va rasmiylashmagan subyektlar esa soliq intizomi va iqtisodiy

faollik orqali reyting mezonlariga moslashib borishini ta'minlaydi. Shu tariqa reyting tizimi
iqtisodiy formalizatsiya jarayonining vositachisi sifatida samarali ishlaydi.

Mezonlar tizimi esa zamonaviy soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga, jumladan fiskal

barqarorlik, raqamli transformatsiya, inklyuziv iqtisodiyot va samarali moliyaviy boshqaruv

tamoyillariga mos ravishda doimiy ravishda takomillashtirib borilishi zarur. Bu

takomillashtirish mezonlar formulasining qayta ko‘rib chiqilishi, ularning statistik va iqtisodiy

asoslanganlik darajasini oshirish, shuningdek xalqaro reyting agentliklarining ilg‘or

metodologiyalariga integratsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv nafaqat soliq

boshqaruvining ishonchliligini oshiradi, balki u orqali soliq siyosati raqamli iqtisodiyot
sharoitida barqarorlik, adolat va samaradorlik prinsiplariga tayanadi.

Adabiyotlar /Литература/References:

Abdullayev, Z.S. (2024). Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi: zamonaviy

yondashuvlar va raqamli monitoring mexanizmlari. O‘zbekiston sug‘urta bozori, №2, 43–

58.

Aripov, A.N. (2024). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2024-yil 30-

yanvardagi

55-sonli

Qarori.

Toshkent:

www.lex.uz.

[Online]

Available

at:

https://lex.uz/docs/6823652

ESG Reporting Guide (2023). Environmental, Social, and Governance (ESG) Metrics: A

Practical

Guide.

Geneva:

UN

Global

Compact.

[Online]

Available

at:

https://www.unglobalcompact.org/library

Fitch Ratings (2023). Corporate Rating Criteria. New York: Fitch Group. [Online] Available

at: https://www.fitchratings.com

KPMG International (2022). Sustainability Reporting Survey 2022. Zurich: KPMG Insights.

Louche, C. and Hebb, T. (2017). Socially Responsible Investment in the 21st Century: Does it

Make a Difference for Society? Cheltenham: Edward Elgar Publishing.

Mirziyoyev, Sh.M. (2024). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ

-39-son qarori:

Barqarorlik reytingi tizimini joriy etish to‘g‘risida. Toshkent: Prezident. [Online] Available at:

https://lex.uz/docs/6782831

Nurmatov, Sh. (2024). Reyting tizimida indikatorlar va ularning vazn koeffitsientlari. TDIU

ilmiy axborotnomasi, №4, 18–

26.

OECD (2021). Digital Transformation in Government: Tackling Challenges for Inclusive and

Sustainable Growth. Paris: OECD Publishing.

S&P Global Ratings (2023). Methodology for Assessing Sovereign Creditworthiness. London:

S&P Global Inc. [Online] Available at: https://www.spglobal.com

World Bank (2020). Doing Business 2020: Comparing Business Regulation in 190

Economies. Washington D.C.: World Bank Group.

World Bank (2024). Business Ready 2024: Pilot Framework for Private Sector Development.

Washington D.C.: World Bank. [Online] Available at: https://www.worldbank.org/businessready

Yakshiboeva, M. (2024). Raqamli fiskal boshqaruvda barqarorlik indikatorlarining

baholash metodikasi. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №6, 35–

42.

Библиографические ссылки

Abdullayev, Z.S. (2024). Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi: zamonaviy yondashuvlar va raqamli monitoring mexanizmlari. O‘zbekiston sug‘urta bozori, №2, 43–58.

Aripov, A.N. (2024). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-sonli Qarori. Toshkent: www.lex.uz. [Online] Available at: https://lex.uz/docs/6823652

ESG Reporting Guide (2023). Environmental, Social, and Governance (ESG) Metrics: A Practical Guide. Geneva: UN Global Compact. [Online] Available at: https://www.unglobalcompact.org/library

Fitch Ratings (2023). Corporate Rating Criteria. New York: Fitch Group. [Online] Available at: https://www.fitchratings.com

KPMG International (2022). Sustainability Reporting Survey 2022. Zurich: KPMG Insights.

Louche, C. and Hebb, T. (2017). Socially Responsible Investment in the 21st Century: Does it Make a Difference for Society? Cheltenham: Edward Elgar Publishing.

Mirziyoyev, Sh.M. (2024). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-39-son qarori: Barqarorlik reytingi tizimini joriy etish to‘g‘risida. Toshkent: Prezident. [Online] Available at: https://lex.uz/docs/6782831

Nurmatov, Sh. (2024). Reyting tizimida indikatorlar va ularning vazn koeffitsientlari. TDIU ilmiy axborotnomasi, №4, 18–26.

OECD (2021). Digital Transformation in Government: Tackling Challenges for Inclusive and Sustainable Growth. Paris: OECD Publishing.

S&P Global Ratings (2023). Methodology for Assessing Sovereign Creditworthiness. London: S&P Global Inc. [Online] Available at: https://www.spglobal.com

World Bank (2020). Doing Business 2020: Comparing Business Regulation in 190 Economies. Washington D.C.: World Bank Group.

World Bank (2024). Business Ready 2024: Pilot Framework for Private Sector Development. Washington D.C.: World Bank. [Online] Available at: https://www.worldbank.org/businessready

Yakshiboeva, M. (2024). Raqamli fiskal boshqaruvda barqarorlik indikatorlarining baholash metodikasi. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №6, 35–42.