Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
117
RESTORAN XIZMATLARI SOHASINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUVINING
ASOSIY YO‘NALISHLARI
PhD, dots.
Ibodov
Kamoliddin
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0000-0001-6554-2087
Annotatsiya.
Maqolada restoran xizmatlari ko‘rsatishni raqamli transformatsiyalash,
xizmat ko‘rsatishning natijador shakllarini qo‘llash negizida samarali rivojlanishini ta’minlovchi
yangicha yondashuvlar va usullarni ishlab chiqish, ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi
mavjud
omillar
xususiyatlari
ko‘rib
chiqilgan.
Restoran
xizmatlari
sohasida
raqamli
transformatsiyalashuvning mijozlarning hissiy qoniqqanlik darajasini oshirishga, yangi
taomlarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida inson salomatligini
ta’minlashga, servis muhiti va restoranning ichki landshaftini yaxshilash bo‘yicha muhim qarorlar
qabul qilish qobiliyatini oshirishga imkon beradigan boshqaruv, servis, texnik-texnologik va taom
tayyorlash texnologiyasiga oid jihatlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
restoran xizmatlari, raqamli transformatsiya, innovatsiya, restoran
konsepsiyasi
, HoReCa, millenium, α
-avlod.
ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ ИНДУСТРИИ
РЕСТОРАННЫХ УСЛУГ
PhD
, доц
.
Ибадов
Камолиддин
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье рассматривается разработка новых подходов и методов,
применение современных форм предоставления услуг и особенности существующих
факторов, обеспечивающих эффективное развитие цифровой трансформации, а также
повышение уровня удовлетворенности клиентов в сфере ресторанных услуг.
Раскрыты
важные аспекты повышения удовлетворенности клиентов, улучшения ресторанного
сервиса и сервисного ландшафта на основе цифровой трансформации с использованием
продуктовых, технологических, маркетинговых и управленческих инноваций.
Ключевые слова:
ресторанные услуги, цифровая трансформация, инновация,
концепция ресторана, HoReCa, миллениум, α
-
поколения
.
UO‘K:
339.13
IV SON - APREL, 2025
117-122
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
118
THE MAIN DIRECTIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF THE RESTAURANT
SERVICES INDUSTRY
PhD, assoc. prof.
Ibadov
Kamoliddin
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
The article discusses the development of new approaches and methods, the use of
modern forms of service provision and the features of existing factors that ensure the effective
development of digital transformation, as well as increasing customer satisfaction in the field of
restaurant services. The important aspects of increasing customer satisfaction, improving
restaurant service and the service landscape based on digital transformation using product,
technological and managerial innovations are revealed.
Keywords:
restaurant services, digital transformation, innovation, restaurant concept,
HoReCa, millennium, a-generation.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasida restoran xizmatlari sohasining jadal rivojlanishi ko‘p jihatdan
aholining turmush
darajasining yuksalishi, “uydan tashqarida ovqatlanish”ning ijtimoiy
-
iqtisodiy jihatdan yuqori naflilikka ega ekanligi, ushbu xizmatlarga bo‘lgan talabining uzluksiz
o‘sib borishi bilan bog‘liq. Restoran xizmatlarining innovatsion rivojlanishi mohiyatan, u
shbu
faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning barqaror rivojlanishi va faoliyatini saqlab
qolishida namoyon bo‘ladi. Restoran xizmatlari sohasida innovatsiyalarning mohiyatini
insonlarning iste’mol jarayonida vujudga keladigan yangi ehtiyojlarni
qondirishning
zamonaviy usul va uslublari tashkil etadi. Bu esa aholining turizm va mehmonxona
xizmatlariga, ushbu xizmatlar tarkibida muhim hisoblangan restoran xizmatlariga bo‘lgan
talabining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, sohada amalga oshirilayo
tgan jarayonlar esa uni
rivojlantirish uchun yangicha yondashuvlar va usullarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bu
esa o‘z navbatida restoranlarda servis sifatini va raqobatbardoshligini oshirishni xizmat
ko‘rsatish jarayonini tashkiliy
-texnologik jihatdan raqamli muhitga transformatsiyalashuv
imkoniyatlarini ochib berish zaruratini keltirib chiqaradi.
Adabiyotlar sharhi.
Restoran xizmatlari ko‘rsatish sohasiga zamonaviy
innovatsion yechimlar va mijozlarni
jalb qilishni kengaytirishga
qaratilgan yanada ilg‘or xizmat ko‘rsatish va marketing
texnologiyalarini qo‘llash, taom tayyorlash va iste’molni tashkil etish bilan bog‘liq harajatlarni
pasaytirish; “...mahsulot sifatini yaxshilash va turli xil qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish
asosid
a iste’mol qiymatini yanada oshirish amalga oshirish”
(Sokolova va Skopova, 2019)
lozim. Chunki millenium (Hawkins, 2009)
va “...α
-avlod vakillarini potensial maqsadli
auditoriyaga aylantirish uchun ularning nafaqat kundalik hayotini, balki ovqatlanish jarayonini
ham innovatsion yondashuvlar, xizmat ko‘rsatish jarayoni texnologik modernizatsiyalash talab
etiladi”
(Ibodov, 2023).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan
foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va
rasmlardan foydalanilgan.
Tahlillar va natijalar muhokamasi.
Milliy restoran Assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, respondentlarning 63 %
restoran yoki kafe tanlashda, menyuni ko‘rib chiqish va idishlarni tanlashda, onlayn bron
qilishda va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda eng zamonaviy texnologiyala
rdan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
119
foydangan. Internet, Skype, chat, SMS-xabarlar, ijtimoiy tarmoqlar va barcha turdagi mobil
ilovalar oriali texnologik modernizatsiya va yangiliklardan foydalanuvchilarning deyarli
barchasi 18 yoshdan 34 yoshgachani tashkil etgan. Doimiy “vaqt tanqisligi”ni
boshdan
kechirayotgan ushbu avlod vakillari ovqatlanish xizmatlarining qulayligi, soddaligi va
hammabopligiga o‘ta muhtojdir. Aynan ushbu avlod vakillarining 70% restoranlar haqida
kerakli ma’lumotlarni mobil ilovalar yordamida, 56% i restoran bilan o‘zar
o aloqa va
murojaatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali; buyurtmalarning 74%ini mobil ilovalar orqali, kafe
yoki restoranning manzilini 100% internet orqali qidiradilar (Ibodov, 2024 ).
Bugungi kunda restoran xizmatlari xizmatlar sohasining muhim ahamiyatga molik
tarmog‘i hisoblanadi. Birgina turistik xizmatlar tarkibida ovqatlanish bilan bog‘liq xizmatlar
ko‘rsatish turistik xizmatlarning o‘rtacha 22% ini, umumiy turistik sarflarning dey
arli yarmini
tashkil etadi. Restoran xizmatlari insonlarning ovqatlanishga bo‘lgan utilitar ehtiyojlarini
qondirishdan tashqari qo‘shimcha xilma
-
xil tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi va yuqori naflilikka
ega bo‘lgan “mahsulot”ning o‘ziga xos turi hisoblanad
i (Ibodov, 2024). Shu jihatdan restoran
xizmatlari sohasida kechayotgan raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini quyidagi
jabhalarda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblaymiz:
Boshqaruv jarayonini raqamli transformatsiyalash.
Innovatsion menejmentning ilg‘or
usullaridan foydalangan holda restoranlarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, harid
qilishdan taom tayyorlash va iste’molini tashkil etishgacha bo‘lgan ichki va tashqi biznes
-
jarayonlarni yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda restoran biznesi mutaxassislariga
buyurtmalarni yetkazib berish jarayonini real vaqt mobaynida kuzatish, mijozlarga esa taom
va ichimliklarning oshxonadan-
iste’molchiga yetib kelguniga qadar ku
zatishga, idish-
tovoqlarni tanlashga imkon beradigan ilg‘or tizimlar qo‘llanilmoqda. Zamonaviy gadjetlar
mijozga planshet, kompyuter yoki smartfonlar orqali ushbu tizim imkoniyatlarini yaxshiroq
o‘zlashtirishga real vaqt rejimida buyurtmani tanlash, joylas
huvini aniqlash, marshrutlarni
optimallashtirish, buyurtmani bekor qilish yoki yetkazib beruvchini almashtirish
imkonini
beradi. Ilg‘or restoranlar “Deliveroo”, “Just Eat”, Tiller Delivery, Franck, “UberEats”, “Resto
-
In”,
“FoodMeUp” restoranlar, restoran agentlari va mijozlarning joylashuvini bog‘lash orqali
yetkazib berishni optimallashtirishga, yetkazib berish muddatini 26 daqiqagacha qisqartishga
erishilgan. shuningdek, umumiy ovqatlanish sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan Orderlord
yordamida restoratorga tovar-moddiy resurslarni boshqarish buyurtmalarni aniqlash,
marshrutni rejalashtirish va mijozga ma’lumot berishi mumkin.
Servis jarayonlaridagi raqamli transformatsiyalashuv.
Restoranlarda xizmat ko‘rsatish
texnologiyasi va mijozlargaa xizmat ko‘rsatish texnikasidagi innovatsiyalar bilan bog‘liq.
Restoran konsepsiyasini va uning faoliyatining barcha jabhalarini, shu jumladan mijozlarni jalb
qilish va saqlab qolishga qaratilgan marketing strategiyasini, yangi xizmat turlarining
mazmunini, xizmat ko‘rsatishning yanada samarador shakllari va usullarin
i taqdim etadi.
xizmatlar sohasida “...yangi mijozni jalb etish doimiy mijozni
qayta jalb etishdan 6 marta
qimmatga tushadi, agar mijoz ko‘rsatilgan xizmatdan qoniqmasdan ketsa uni jalb etish 25
marta qimmatga tushadi. Doimiy mijozlarning 5% ga ko‘payishi foyda hajmini taxminan 25%
oshirishi mumkin”
(Gulakov, 2011). Bugungi
kunda mobil telefon orqali to‘lovni amalga
oshirish restorator uchun ham, mijozlar uchun ham qulayligi, naqd pul yoki kredit kartalaridan
ma’lumotlarni o‘qish uchun terminalga murojaat qilish; operatsiyalar bo‘yicha komissiya
foizlarisiz to‘lash, mablag‘l
arni tez o
‘tkazish kabi juda ko‘p afzalliklarni beradi. Ilg‘or
restoranlar ish faoliyatida iKentoo, Skello kabi boshqaruv tizimlari, onlayn-buyurtmalar uchun
–
LivePepper; onlayn-bron qilishda
–
LaFourchette kabi platformalardan keng
foydalanilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida ham restoran yoki kafelarda internet yoki ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanish imkonini beradigan bepul
Wi-Fi
-xizmati taqdim etish mijozga
funksional qimmatdorlik yaratish nuqtai nazaridan juda zarurdir. Ayniqsa, mobil telefonlarni
zaryadlash,
planshet-menyular
beixtiyor
buyurtma
berishga,
buyurtmalarning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
120
geymifikatsiyasi va
P2P
-
to‘lov imkoniyatlari esa qo‘shimcha buyurtma berish asosida iste’mol
qiymatini yanada oshirishni rag‘batlantiradi.
Texnik-texnologik jarayonlardagi raqamli transformatsiyalashuv.
Eng so‘nggi texnik
taraqqiyot yutuqlari, zamonaviy qurilmalardan, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning zamonaviy
texnik va texnologik usullaridan foydalanishni ta’minlaydi. Neurokiff texnologiyalari bugungi
kunda restoranlarda stollar sirt yuzasining interaktiv planshet vazifasini bajarishi, pol, devorlar
va bar peshtaxtasining interaktiv yordamida restoran dizayni va hatto restoran muhitini
“buyurtma qilish” imkoniyatini beradi. Planshetdan foydalanib, restoran haqida ma’lumot
olish, ofitsiantni va taomlarni tanlash, buyurtma berish, oshpaz ishini tomosha qilish, xabar
yuborish, kutish vaqtida turli ko‘ngilochar mobil va kompyuter o‘yinlarini o‘ynash va hatto
restoran intererini o‘z xohishlariga ko‘ra bezashlari mumkin (1
-jadval).
1-jadval
Restoran xizmatlari sohasida texnik-texnologik
innovatsiya yo‘nalishlari va turlari
Smart uskunalar va
raqamli texnologiyalar
Sensorli ekranlar, avtomatlashtirilgan oshxona liniyalari va boshqaruv
tizimlariga ega aqlli kassa apparatlari ish samaradorligining oshishiga,
mijozga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirishga va xodimlarning xato
-
kamchiliklarini kamaytirishga yordam beradi
Yashil iqtisodiyot va
ekologik dizayn
Energiyatejamkor isitish va sovutish moslamalari, quyosh panellari va
akkumulyator tizimlari kommunal harajatlarni kamaytiradi va atrof-
muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi
Restoran intererlari tobora ko‘proq ekologik toza qayta ishlangan
materiallar, jonli o‘simliklardan foydalanishga o‘tishi va zamonaviy
minimalizmga qaratishi tufayli restoran konsepsiyasining o‘ziga xosligini
ta’minlaydigan servis muhiti yaratadi
Mijozlar bazasini
boshqarish tizimlari
Mijozlarning iste’mol afzalliklari va buyurtmalar tarixiga asoslangan
holda yuqori darajada individaullashgan va moslashtirilgan menyular,
taom buyurtma qilish tizimlari mijozlarning sodiqligi va sotuv hajmini
oshirishga yordam beradi
Xavfsizlik va gigiyena
talablari
Antibakterial materiallardan tayyorlangan sirtlardan foydalanish,
avtomatik dezinfeksiya tizimlaridan yuqori gigiyena va xavfsizlikni
saqlashga yordam beradi
Mahalliy oziq-ovqat
mahsulotlaridan
foydalanish
HORECA tizimida ishlaydigan restoranlar mijozlar uchun yuqori sifatli
mahsulotlarni taklif qilishi, o‘zaro ishonchni mustahkamlashi va uglerod
izini kamaytirishga imkon beradi
Restoran marketingidagi raqamli transformatsiyalashuv.
Bugungi kunda iste’molchilar
mahsulot haqida eshitganda, birinchi javob reaksiyasi “qani ko‘raylikchi Internetda nima
deyapti? hozir internetdan aniqlayman!” –
bo‘ladi. Shu tarzda iste’molchi sizning mahsulot
haqida, xizmat haqida, muammo haqida, imkoniyat haqidagi taklifingizni qayta kashf etishga
kirishadi. “...Bugungi ishlab chiqaruvchi raqobatchilardan, texnika va texnologiyani ortda
qoldirgan bo‘lishi mumkin, lekin iste’molchilardan ortda turibdi”
(Lesinski, 2011). Raqamli
marketing amaliyotida ZMOT
–
Zero Moment Of Truth, ya’ni harid to‘g‘risidagi qaror qabul
qilishning oniy lahzasi mavjud bo‘lib, zamonaviy mijozga restoran taom va ichimliklari
to‘g‘risida ma’lumotlar bilan restoranga tashrif buyurmasdan avvalroq t
anishib chiqqan
hisoblanadi. Restoran xizmatlari sohasida harid to‘g‘risida qaror qabul qilishning oniy lahzasi
uy bekalarining taom tayyorlash resepturasi haqida ma’lumot olishi, restorator yoki zal
menejerining tabiiy meva-sabzavotlar va meva sharbatlari
narxini taqqoslab ko‘rishida,
sayyohning eng arzon gastronomik turlar reytingi va joylashuvini aniqlashi, tadbirkorning
internet orqali hamkorlar haqida ular bilan uchrashuvgacha bo‘lgan davrda zaruriy
ma’lumotlarga ega bo‘lishi va shu kabilar orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishdagi raqamli
transformatsiyalashuv yoki marketing innovatsiyalari Google, Bing, Yahoo, YouTube kabi
qidiruv tizimlari orqali ro‘y bermoqda. Internet tarmoqlari orqali eng ko‘p qidirilayotgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
121
jumlalar “taom va ichimliklar resepti, yog‘siz ovqatlar, kleykovina yoki glyutensiz ovqatlar,
an’anaviy pishiriklarni uy sharoitida tayyorlash” kabilar hisoblanib, mijozlar uchun eng muhim
bo‘lgan jihati, tarmoq foydalanuvchilaridan qaysi biri ushbu mahsul
otlarni yoqtiradi, ularga
nimalar kiradi? ulardan qanday foydalanish mumkin? qaysi yo‘llar bilan foydalanish mumkin?
ushbu mahsulot orqasida yashiringan ma’lumotlar nimalardan iborat? ekanligidan shunchaki
xabardorlikdir.
KOVID-19 pandemiyasidan keyingi tiklanish davida milliy ovqatlanish va taom tayyorlash
tajribalarining xalqaro standartlarga moslashtirish tashabbuslari tufayli faol o‘sish va yuksalish
bosqichida turibdi. Ushbu an’analar restoran innovatsiyalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
noyob gastronomik madaniyatni yaratishga qaratilmoqda. Bugungi kunda taom tayyorlash va
uning iste’molini tashkil qilish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish jahonning turistik
mamlakatlarida turizmni tiklashda yetakchi tarmoqqa aylandi va yangi savdo nuqtalarini
ochishda sezilarli natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda. Birgina Tailandda “...2023 yilda
taom yetkazib berish xizmatlarining hajmi 86,5 mlrd bat(11,1 mlrd AQSH dollar)ni tashkil
etgan. Ayniqsa, Grab Food va Foodpanda kabi ilovalar restoranlarda tayyorlangan taomlarni
mijozlarga yetkazib berishda ustuvorlikka ega. Mobil ilovalar foydalanuvchilarining asosiy
toifasi 25-34 yoshdagi kishilar hisoblanib haftasiga kamida 3-6 marotaba keytering asosida
taom buyurtma qiladilar. Ush
bu yosh guruhidagi iste’molchilar ko‘proq uyda yoki ofislarda
ishlaganlari sababli uydan tashqarida ovqatlanish va keytering xizmatlarining yanada
ko‘payish tendensiyasini kuchaytirdi. Bu, albatta, mamlakatdagi oziq
-ovqat yetkazib berish
operatorlari uchun foydalidir. GrabFood, LINE MAN, Food Panda va Shopee Food kabi keytering
operatorlari Tailand restoran xizmatlari bozorining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
2-jadval
Restoran xizmatlari sohasida taom texnologisiga oid innovatsiya yo‘nalishlari va
turlari
Xizmat ko‘rsatish shakli
Taomlarni tayyor porsiyalar(izoboks)da taqdim etish, ochiq osmon
tipidagi oshxonalar, hovli-restoran, Fresh-bar, Keytering
Restoran konsepsiyasi
Iste’mol qilinadigan hayvonlar va parrandalarga monandlik
Xizmat ko‘rsatadigan ofitsiantlarga monandlik
Yashil restoran, sog‘lom ovqatlanish va shu kabilar
Maqsadli auditoriya yoki individual mijozlarga yo‘naltirilganlik
Taniqlik filmlar, asar qahramonlariga taqlid holda tashkil qilingan
restoranlar
Taom tayyorlash
texnologiyasi
Fudpeyring, Fyujin, Karving, Art-vizaj, Cook& Chill, Cook&Freeze,
Molekulyar oshxona
Oziq-ovqat
mahsulotlarini qayta
ishlash texnologiyasi
Sous Vide, mahsulotlarga mexanik, termik ishlov berish, Al-dente,
CapKold, Cook&Hold, Long Life, Fresh Food
Mijoz xohish-istagiga
ko‘ra qo‘shimcha servis
xizmati ko‘rsatish
Taom va xizmatlar buyurtmasi, tanlovi va to‘lovi uchun restoran sayt
yoki mobil ilovasi
Ochiq kodli Wi-Fi aloqasi
Avtomatlashtirilgan menyu
Web-monitoring
Vitrina orqali taom va ichimliklar namoyishini tashkil qilish
Maxsus taksi orqali mijozni restoran(uy)ga eltib qo‘yish
Mobil ilova, sayt yoki telefon orqali joy bron qilish
Iste’mol qilinadigan idish
-tovoqlar
Taom tayyorlash texnologiyasidagi raqamli transformatsiyalashuv.
Taom texnologiyasiga
oid raqamli innovatsiyalar
–
bu taom tayyorlashda avtomatlashtirilgan va raqamli
uskunalardan foydalanish, taom tayyorlash vaqtini qisqartirish, oziq-ovqat mahsulotlarini
qayta ishlashning yangi usullaridan foydalanish va xizmat ko‘rs
atish jarayonining
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
122
mahsuldorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish sikllaridir. Shuningdek, kafe-
bar, restoranlar uchun uskunalar, tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni yuqori darajada
pishirishning yangi texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq jarayonlarni
ham mahsulotga oid
innovatsiyalar qatoriga kiritishimiz mumkin. (2-jadval).
Xulosa va takliflar.
–
raqamli transformatsiyalashuv jarayonlari boshqaruv, servis va texnologik
innovatsiyalarning keng joriy etilishi tufayli restoran xizmatlari sohasida yangi xizmat turlarini
taklif qilish, nafaqat iste’mol jarayoniga, shu jumladan taom tayyorlash jarayoni
ga ham mijoz
ishtirokini kengaytirish asosida hissiy qoniqqanlik darajasini oshiradi;
–
yangi taomlarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida inson
salomatligini ta’minlashga qaratilgan taom tayyorlash va iste’mol qilishning noyob
madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi;
–
mijozning ijodiy salohiyatini namoyon etishiga imkoniyat yaratish orqali restoran
tajribasini boyitishga imkon beradi.
Shunday qilib, restoran biznesida qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar mijozning
individual ehtiyojlari va iste’mol xulq
-atvori haqida xabardorligi hamda restoratorlarning
bozor muhitining doimiy o‘zgarishlariga tezkor javob moslashish, servis muhiti v
a restoranning
ichki landshaftini yaxshilash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshirishga
imkon beradi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Delbert Hawkins. (2009) Consumer Behavior: building Marketing Strategy. Hawkins, D.
Irwin McGrew-Hill. 803 pages.
Ibodov K, (2024). Restoran xizmatlari sohasi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda
marketingning zamonaviy konsepsiyalarini qo'llash. Yashil Iqtisodiyot Va Taraqqiyot, 2(11), 10
–
15. https://doi.org/10.5281/zenodo.14241698.
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/
index.php/GED /article/view/3383
Jim Lecinski. (2011) Google, «ZMOT: Winning the Zero Moment of Truth».
Гулаков Н.В. (2011) Организация инновационного процесса на предприятиях сферы
услуг // Вестник Чувашского университета. № 1. С. 339–
342.
Ибодов К. (2024). Гастрономик туризм
–
ресторан хизматларини
ривожлантиришнинг истиқболли йўналиши сифатида. Economics and Innovative
Technologies, 12(5), 119
–
126.
https://iqtisodiyot.tsue.uz /journal/index.php/ iit/article/view/597
.
Ибодов, К. (2023). Истеъмол таомиллари ўзгариши муҳитида ресторан хизматлари
истеъмол қимматдорлигини тадқиқ этиш. Economics and Innovative Technologies,
11(4),
407
–
414. https://doi.org/10.55439/EIT/vol11_iss4/a42.
https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/
index.php/iit/article/view/366
Соколова О.Л., Скопова Л.В. (2019) Обзор зарубежного опыта внедрения инноваций в
сфере услуг индустрии питания // Индустрия питания|Food Industry. Т. 4. № 1. С. 72–
80.
DOI 10.29141/2500-1922-2019-4-1-8
