Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.90240

Ключевые слова:

«зеленая» экономика энергетика требования Парижского соглашения уголь отходы электростанции технологии добыча полезных ископаемых управление угольными предприятиями экономический рост Узбекуголь

Аннотация

В данной статье рассматриваются «зеленая» экономика и Парижское соглашение, а также процесс перехода угольных предприятий нашей страны на нее на основе требований соглашения, усилия, предпринимаемые в этом направлении, а также достижения Узбекистана в этой сфере и будущее сотрудничество. В статье анализируется взаимосвязь изменения климата и устойчивого развития, экономическое и экологическое значение «зеленой» экономики с точки зрения требований Парижского соглашения, а также рассматриваются способы внедрения «зеленой» экономики в управление угольными предприятиями в контексте Парижского соглашения. Изучая современный зарубежный опыт, вносятся предложения по формированию «зеленой» экономики с помощью АО «Узбекуголь» и внесению вклада в экономику нашей страны.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

78



YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHDA PARIJ BITIMINING KOʻMIR SANOATIGA TAʼSIRIDAN

CHIQISH YOʻLLARI

Begalov Sherzod

“Kolimskaya Rossip”

aksiyadorlik jamiyati

ORCID: 0009-0001-9689-7056

begalovserzod@gmail.com

Аnnotatsiya.

Mazkur maqolada “yashil” iqtisodiyot va Parij bitimi qolaversa yurtimiz

koʻmir korxonalarining, bitim talablari asosida unga oʻtish jarayoni, bu yoʻldagi saʼy

-harakatlar,

shu bilan birga Oʻzbekistonning ushbu sohadagi yutuqlari va kelgusidagi hamkorliklari yoritilgan.
Maqolada iqlim oʻzgarishlari va barqaror rivojlanishning oʻzaro bogʻliqligi, Parij bitimi talablari

jumlasidan “yashil”

iqtisodiyotning iqtisodiy va ekologik ahamiyati tahlil qilinadi, shuningdek,

koʻmir korxonalarini boshqarishda “yashil” iqtisodiyotni Parij bitimi amalida qoʻllash vositalariga

toʻ

x

talib oʻtiladi va zamonaviy xorijiy tajribani oʻrganish orqali “Oʻzbekkoʻmir”AJ yoʻrdamida

“yashil” iqtisodiyotni shakllantirib, yurtimiz iqtisodiyotiga oʻz hissasini qoʻshish boʻyicha takliflar

beriladi.

Kalit soʼzlar:

“yashil” iqtisodiyot, energiya, Parij bitimi talablari, koʻmir, chiqindilar, elektr

stansiyalari, texnologiyalar,

qazib olish, koʻmir korxonalarini boshqarish, iqtisodiy oʻsish,

“Oʻzbekkoʻmir”.

ПУТИ ПРЕОДОЛЕНИЯ ВЛИЯНИЯ ПАРИЖСКОГО СОГЛАШЕНИЯ НА УГОЛЬНУЮ

ПРОМЫШЛЕННОСТЬ ПРИ ПЕРЕХОДЕ К ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКЕ

Бегалов

Шерзод

Акционерное общество “Kolimskaya Rossip”

Аннотация.

В данной статье рассматриваются «зеленая» экономика и Парижское

соглашение, а также процесс перехода угольных предприятий нашей страны на нее на

основе требований соглашения, усилия, предпринимаемые в этом направлении, а также
достижения Узбекистана в этой сфере и будущее сотрудничество. В статье

анализируется взаимосвязь изменения климата и устойчивого развития, экономическое
и экологическое значение «зеленой» экономики с точки зрения требований Парижского

соглашения, а также рассматриваются способы внедрения «зеленой» экономики в

управление угольными предприятиями в контексте Парижского соглашения. Изучая

современный зарубежный опыт, вносятся предложения по формированию «зеленой»
экономики с помощью АО «Узбекуголь» и внесению вклада в экономику нашей страны.

Ключевые слова:

«зеленая» экономика, энергетика, требования Парижского

соглашения, уголь, отходы, электростанции, технологии, добыча полезных ископаемых,

управление угольными предприятиями, экономический рост, «Узбекуголь».

UO‘K:

351.82

IV SON - APREL, 2025

78-85

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

79

WAYS TO OVERCOME THE IMPACT OF THE PARIS AGREEMENT ON THE COAL INDUSTRY

IN THE TRANSITION TO A GREEN ECONOMY

Begalov Sherzod

“Kolimskaya Rossip”

Joint Stock Company

Abstract.

This article discusses the «green» economy and the Paris Agreement, as well as

the process of transition of coal enterprises of our country to it based on the requirements of the

agreement, the efforts taken in this direction, as well as the achievements of Uzbekistan in this
area and future cooperation. The article analyzes the relationship between climate change and

sustainable development, the economic and environmental significance of the

“green” economy

from the point of view of the requirements of the Paris Agreement, and also considers ways of

introducing the

“green” economy into the management of coal enterprises in the context of the

Paris Agreement. Studying modern foreign experience, proposals are made on the formation of a

«green» economy with the help of JSC "Uzbekkumir" and contributing to the economy of our

country.

Keywords:

“green” economy, energy, Paris Agreement requirements, coal, waste, power

plants, technology, mining, coal mine management, economic growth,

Uzbek

kumir”

.

Kirish.

So’ngi

-

yillarda dunyoning ko’plab mamlakatlarida tabiy resurslardan foydalanishda atrof

muhitga nojo’ya tasirini otkazmasdan farovonlikni yaratuvchi “yashil” iqtisodiyot tendensiyasi
va qolaversa “

y

ashil” iqtisodiyot kontseptsiyasi strategik vazifa tarzida vujudga kelmoqda.

“Yashil” iqtisodiyot

- barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, atrof-

muhitga salbiy ta'sirlarni minimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish bo’lib,

asosiy

g'oyasi jamiyatning hozirgi ehtiyojlarini qondirish, tabiiy resurslarning tugashiga va kelajak
avlodlar uchun ekologik barqarorlikning buzilishiga olib kelmaydigan muvozanatli

rivojlanishga intilishdir. “Yashil” iqtisodiyot tushunchasi sayyora resurslaridan samarali

foydalanish, tabiiy resurslarni ko'paytirish, ifloslanish darajasini pasaytirish, biologik xilma-

xillikni saqlash, aholi turmush sifatini yaxshilashni nazarda tutadi. Uning maqsadi - hozirgi va

kelajak avlodlar manfaatlarini hisobga oladigan, shuningdek, tabiat bilan uyg‘unlikka

intiladigan barq

aror va farovon iqtisodiyotni yaratishdan iborat. Iqlim o‘zgarishi global

muammo bo‘lib, butun dunyo davlatlaridan birgalikda harakat qilishni talab qiladi. 2015

-yil

dekabr oyida Fransiya poytaxti Parijda boʻlib oʻtgan BMTning iqlim o‘zgarishiga qarshi

kon

ferensiyasida koʻpchilik dunyoning yetakchi davlatlari iqlimni muhofaza qilish va kurashish

bo‘yicha ulkan yangi maqsadlarga etaklovchi global kelishuvni imzoladilar. Shartnoma 2016

-

yilning 4-noyabrida global issiqxona gazlarining kamida 55 foizini chiqaradigan 55 davlat
tomonidan ratifikatsiya (

Марьин, 2021

) qilinganidan keyin kuchga kirdi. Parij bitimiga batafsil

nazar solsak unda ishtirokchilar birinchi navbatda harorat ko‘tarilishini 2°C dan oshirmaslik,
ideal holatda esa 1,5°C darajada ushlab turish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha va o‘z

chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli harakat rejalari va har besh-yilda bir

marta ular haqida shaffoflik asosida ma’lumot, rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan

mamlakatlarga chiqindilarni ka

maytirish va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga chidamlilikni oshirish

chora-

tadbirlari uchun moliyaviy ko’mak berishadi.

Dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlari singari yurtimizda ham “yashil”

iqtisodiyotni rivoj topdirish uchun Parij bitimidan kelib chiqib ko’plab ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-son qarori

bilan 2019-2030-

yillarda O’zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o’tish

strategiyasi

(Qaror, 2019)

yaqqol misol bo’la oladi.

Shuningdek mamlakatimizda Parij bitimining asosiy talablaridan biri bo’lgan qayta

tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hisobiga energetika salohiyatini oshirishga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

80

katta e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayon 2023

-

yilning yanvar oyida g‘ayritabiiy sovuq ob

-havo

ta’sirida respublika iqtisodiyoti va aholisi boshdan kechirgan energetik zarbadan so‘ng

faollashdi. Kelajakda energiya inqirozining oldini olish maqsadida O‘zbekist

on Respublikasi

Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori bilan qayta tiklanadigan energiya

manbalarini keng joriy etish, ko‘mirdan foydalanishni vaqtincha kengaytirish to‘g‘risida qaror

qabul qilindi va reja (Qaror, 2023) tasdiqlandi. Qolaver

sa, O’zbekiston iCRAFT loyihasi

doirasida 500 ming tonna karbon chiqindilarini muvaffaqiyatli qisqartirib, buning evaziga

Jahon bankidan 7,5 million AQSh dollari miqdorda grant (Kamolov va boshq., 2024) ni butun

dunyo davlatlari orasida birinchi bo’lib olgan davlat ekanligini a’lohida ta’kidlash joiz.

Respublikamiz ham

“yashil” iqtisodiyot tendensiyasi sari ildamlik bilan yuqori suratlarda

bosqichma-

bosqich qadam tashlar ekan, yurtimiz aholisini ko’payishi hisobiga elektro

-

energiyaga bo’lgan ta’lab oshib borishi natijasida atrof muhitga turli chiqindilarni (CO2)

chiqaruvc

hi ko’mirga bo’lgan ehtiyoj hali hamon saqlanib qolmoqda. Mamlakatimiz ko’mir

sanoatida iqtisodiyotimizga ko’mir qazib olish, elekro

-energiya ishlab chiqarish va aholini

issiqlik bilan ta’minlashi orqali o’zining ulkan hissasini qo’shayotgan “O’zbekko’mir”

aksiyadorlik jamiyati muhim ahamiyat kasb etadi. . Worldpopulationreview.com ommaviy

axborot manbasi ma'lumotiga ko'ra, O‘zbekistonda 1,5 milliard tonna ko'mir zaxiralari

(Review, 2025) mavjud. Yana boshqa ma'lumotlarga ko'ra, respublikada qo'ng'ir ko'mirning

aniqlangan zaxiralari taxminan 1,8 milliard tonna, toshko'mir esa 46,3 million tonnani (Voronin

va boshq., 2024)

tashkil etadi. Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlardan shuni anglashimiz

mumkinki yurtimiz zahirasida mavjud bo’lgan miliard tonnallab (qo’ng’ir) ko’mirni qazib olish

va iste’moli jarayonida atrof muhitga CO2 chiqishini oldini olish uchun juda ko’plab ishlar

qilinishi kerak.

Аdabiyotlar shar

hi.

Bugungi kunda dunyo bo’ylab Parij bitimi talablari asosida “yashil” iqtisodiyotni

rivojlantirishning istiqbolli yoʼnalishlarida ko’mir qazib olish sanoatining muhim ro’l o’ynashi

ko’plab tadqiqotchi

-

olimlar tamonida koʼrib chiqilgan. Ushbu mavzu boʼyicha nashr qilingan

materiallar natijaga erishishda ko’mir qazib ol

ish sanoatining boshqarish tizimidagi va qilinishi

kerak bo’lgan vazifalarning kamchiliklarini taʼkidlaydi.

Jumladan; Voronin, Musabekov, Arzumanyan, Dergacheva va Azimovalarning

takidlashlaricha; k

o‘mirni qazib olish, yoqish jarayonida odamlar uchun zararli bo‘lgan ko‘plab

moddalar paydo bo‘lishini, undan xavfsiz foydalanish texnologiyalarini fan hali aniq taklif

qilmaganligini inobatga olib, uzoq muddatda uning xalq xo‘jaligida va kundalik hayotda

keng

qo‘llanilishini kuchaytirmaslik maqsadga muvofiqdir

(Voronin va boshq., 2024)

. Hozirgi

zamonaviy sharoitda ko'mirdan faqat respublikaning aholi kam istiqomat qiladigan, boshqa

energiya turlari mavjud bo'lmagan chekka hududlarida va faqat cheklangan miqdorda, atrof-
muhitga xavf tug'dirmaydigan joylarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Oleynikovaning Rossiya xalqaro ishlar kengashining “Ko'mir va yashil kun tartibi”

maqolasidagi malumotlari bo’yicha: ohirgi vaqtlarda jahon energetika sektorida katta

o‘zgarishlar ro‘y berdi: Buyuk Britaniya og‘ir sanoat va energetikaga soliqlarni oshirmoq

da,

Germaniya CO2 chiqindilari uchun milliy kvotalar o‘rnatmoqda, Fransiya va Shvetsiya ko‘mirda

ishlaydigan elektr stansiyalarining yaqin kunlarda yopilishini e’lon qilmoqda

(Oleynikova,

2020)

. Shu bilan birgalikda ko’plab rivojlangan davlatlar qayta tikl

anadigan energiya

texnologiyalari va faol yashil energiya loyihalari uchun davlat subsidiyalari va yirik xalqaro

banklardan yordam olmoqda.

Toza energiya texnologiyalarining rivojlanishi, jahon energiyaga bo‘lgan talabining o‘sish

sur’atiga yetarlicha moslasha olmadi. Shuning uchun, qazilma yoqilg‘isi barcha

prognoz(stsenariy)larida hali ham qo‘llaniladi va 2050

-yilgacha global energiya talabining 40-

60% ini qondirishda davom etadi deya fikr bildirmoqda Abduraimova (2024).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

81

Olimlarning fikricha, 2040-

yilga borib, iqlim o‘zgarishi natijasida mamlakatlarning

iqtisodiy rivojlanishi sezilarli darajada sekinlashib, oziq-ovqat xavfsizligi pasayadi, iqtisodiy va

ijtimoiy tengsizlik kuchayib iqtisodiy yo‘qotishlar faqat oshadi

(Lin, 2024). Agarda hech qanday

chora-

tadbirlar ko'rilmasa, insoniyat o'z bee’tiborsizligi tufayli kelajakda ulkan o’lpon to'lashi

mumkin. O’z

-

o’zidan mavzu borasida ko’plab ishlar qilingan bo’lsada tadqiqotlar yetarlicha

o‘rganilmagan deb hisoblaymiz.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda nazariy va empirik usullar qo‘llaniladi. Nazariy tahlil orqali ilmiy adabiyotlar,

xalqaro tajribalar va me’yoriy hujjatlar o‘rganiladi. Qiyosiy tahlil dunyo tajribasini

solishtirishga yordam beradi. Empirik tadqiqot doirasida statistik tahlil or

qali “O’zbekko’mir”

AJning ko’rsatgichlari va “yashil” iqtisodiyot sharoitida atrof

-muhitga tasiri baholanadi. Shu

sohaning mutaxassislari fikrlari chuqur o‘rganilib, tadqiqot natijalari “yashil” iqtisodiyot
sharoitida Parij bitimi talablari asosida ko’mir

qazib olish sanoati korxonalarining kelajagi va

samaradorligini oshirish orqali yurtimiz iqtisodiyotiga ta’siri bo‘yicha ilmiy

-amaliy tavsiyalar

ishlab chiqishga xizmat qiladi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Parij bitimiga qadar sayyoramizning ekologik xavfsizligi muammosi 1967-yilda

Shapperxolmda, 1974-yilda, 1977-yilda Nayrobida, 1979-yil Jenevada, 1988-yil, 1992-yili Rio-

de-Janeyroda, 1997-yili Kioto protokolida, 2007-yili Balida, 2010-yili Kankunda, 2011-yili

dekabr oyida Durban shaharlarida ko'rib chiqilgandi. Parij kelishuvi COP21 katta ish emas, na
g'alaba, na mag'lubiyat u sayyorani qutqarmaydi, lekin bu siyosiy signal va asosiy yo'nalishlar

majmuyi, shu bilan birga ko‘p tomonlama inqiroz yuz bergan bir

vaqtda oldinga qo‘yilgan

haqiqiy qadamdir.

Shu sababli so’nggi

-yillarda CO2 chiqindilarini atrofga tasirini kamaytirish uchun dunyo

bo‘ylab rivojlangan davlatlarda turli loyihalar asosida ko’plab texnologiyalar ishlab

chiqilmoqda, jumladan CCUS (Carbon Capture, Utilization and Storage) uglerodni ushlash va

saqlash, ko‘mir o‘rniga suyultirilgan gazdan foydalanish, chiqindilarni yanada samarali qayta

ishlash tizimlaridan foydalanish va issiqxona gazlari emissiyasini tartibga solish kabilar.
Ekohavfsiz CCUS loyihari soni kun sayin ortib borayotgan davlatlarni 1-rasmda guvohi

bo’lamiz.

1

-

rasm. CCUS loyihari o’sish surati

16

48

45

154

26

58

65

276

Norvegiya

Kanada

B/Britaniya

Aqsh

2024y

2023y


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

82

2024-yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, va qolaversa hatto Xitoyni ortda qoldirgan

Norvegiyani ko’rishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki; 2017

-yil Osaki CoolGen pilot loyihasini

amalga oshirib, uning doirasida ko'mir yoqilg'isi elektr stantsiyasida kislorodli muhitda

yondirilib, keyinchalik CO2 tutiladigan zavodi, rejalashtirilgan 90% quvvatdan foydalanish

samaradorligining 40% koeffitsientiga erishgan Yaponiya (

CCUS-Skolteh-2022)

ham ozining

samarali yurishini yana davom etmoqda.

Ba’zi rivoj topgan davlatlar singari O’zbekiston ham mavjud elektro stansiyalarda

ko’mirdan foydalanishni ko’plab sababli taqiqlab qo’yishinig imkoni yo’q. Mamlakatimizni

energiya mahsulotlari bilan ta’minlovchi yirikdan yirik bo’lgan “Yangi Angren IES” AJ va
“Angren IES” AJlarni va umumiy olganda respublika ko’mir sanoatining 85 foiz ulushi egasi

bo’lgan birgina “O’zbekko’mir” aksiyadorlik jamiyatining (qo’ng’ir) ko’mir qazib olish

ko’rsatgichlariga nazar solsak; so’ngi

-yillarda qazib olish ishlari(2-

rasm)da jadal o’sib borishini

ko’rishimiz mumkin.

2-

rasm “O’zbekko’mir” AJning ko’mir qazib olish ko’rsatkicnlari

(Hukumati portali, 2024)

(tonnada)

Albatta ko'mir sanoati energiya resurslarini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi, ayniqsa

yurtimizda, lekin uning faoliyati atrof-

muhitga salbiy ta'sir ko'rsatar ekan “O’zbekko’mir”

AJning ko’mir qazib olish ishlari ko’rsatgichlari qanchalik zalvorli bo’lgani sari atrof muhitga

ulkan miqdorda zarar etadi, hatto ko’mir qazib olish uchun kon usti ochish ishlari va

qtidayoq

er qatlamlarining degradatsiyasi yuz beradi.

Mana shu erda ko’mirni yoqish vaqtida atrof

-muhitga qancha miqdorda CO2 chiqishiga

IEA (International Energy Agency) va US EPA (United States Environmental Protection Agency)
kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotlari, metodologiyalari, hamda

IPCC (Intergovernmental

Panel on Climate Change)

tomonidan ishlab chiqilgan

“2006 IPCC Guidelines for National

Greenhouse Gas Inventories”

qo‘llanmasi V bob, 1

-jild, 2-

bo‘limi

ga (Guidelines, 2024)

asoslangan holda a’lohida to’htaladigan bo’lsak, qo‘ng‘ir ko‘mir boshqa yoqilg‘ilar bilan
taqqoslaganda eng ko‘p CO2 chiqaruvchi manbalardan biri ekanligini

1-jadvalda guvohi

bo’lishimiz mumkin:

1-jadval

CO2 chiqaruvchi yoqilg‘ilar tasnifi

Yoqilg‘i turi

Emissiya faktori (t CO2/TJ)

1 tonna yoqilg‘idan tCO2 chiqishi

Qo‘ng‘ir ko‘mir

~101,2 t CO₂/TJ

1.5

1.6 t CO₂

Toshko‘mir

~94,6 t CO₂/TJ

2.3

2.5 t CO₂

Neft

~73,3 t CO₂/TJ

3.1

3.3 t CO₂

Tabiiy gaz

~56,1 t CO₂/TJ

2.75 t CO₂ (1000 m³

uchun)

3869

4781

5073

5836

6700

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

8000

2020

2021

2022

2023

2024


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

83

Yuqorida ko’rsatilgan 1

-

jadvaldan ko’rinib turibdiki “O’zbekko’mir” AJ qazib oladigan

qo’ngir ko’mir 1tonnasidan 1,6 tonnagacha CO2 ajralib chiqar ekan. Demak ko’mir qazib olish

miqdori qancha yuqori bo’lgan sari atrof

-

muhitga CO2 tasiri oshib boradi. “O’zbekko’mir” AJ

yillar davomida ulkan marralarni zabt etishi natijasida tabiatga etkazgan zarari (CO2)ni 3-

rasmda ko’ramiz.

3-

rasm ko’mir qazib olish

va

CO2 tarqalishi ko’rsatgichlari (ming tonnada)

“O’zbekko’mir” AJ so’nggi 2024

-

yilning o’zida 6700 million tonna ko’mir qazib olishda

sezilarli yutuqga erishishi natijasida 10 million 720 ming tonna CO2 chiqishiga sabab

bo’lmoqda.

CEIC Data platformasi

maʼlumotlariga

(2023)

nazar solsak Oʻzbekistonda 2023

-

yilda CO2 ekvivalenti 137,900 million tonnani tashkil etdi. Bu 2022-yildagi 138,911 million

tonna koʻrsatkichga nisbatan kamaygan, lekin birgina qo’ng’ir ko’mirning o’zidan 2024

-yili

10720 million tonna, ohirgi 5-yillikda 42014,4 million tonna CO2ni chiqarib atmosferamizga va

iqtisodiyotimizga zarar keltirgani bu ko’p demakdir.

Xulosa va takliflar.

Xulosa

qilib aytganda Parij kelishuvi dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishiga qarshi bo’lgan eng

muhim xalqaro kelishuvlaridan biri. Shartnoma uqadar mukammal emas, ammo u albatta

tarixda qoladi. Mamlakatimizda ham ushbu kelishuv doirasida CO2 chiqindilarini kamaytirish
uchun juda faol tarzda ulkan ishlar olib borilmoqda. Bu kelishuv natijasida hamda

“O’zbekko’mir” AJ yordamida

Jahon bankining (TCAF)Transformatsion uglerod aktivlari

jamg‘armasi tomonidan energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘ll

ash"

(iCRAFT) loyihasi doirasida ajratilgan grant kabi

yanada ko’plab mustaqil uchinchi tomon

tomonidan tasdiqlan xalqaro moliyaviy grantlarni olishimiz, uglerod kreditlarini sotishimiz va

yashil iqtisodiyotga o‘tishni kengaytirishimiz mumkin.

Fikrimizcha birinchidan dunyo singari yurtimizda ham an'anaviy ishlab chiqarish

usullarini ekologik barqaror echimlar asosida qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Bu bir
vaqtning o'zida iqtisodiy o'sishga erishish bilan birga atrof-muhitga etkazilgan zararni

kamaytirishga qaratilgan turtki bo’ladi. Uning tamoyillarini ko‘mir sanoatiga tatbiq etish

barqaror rivojlanishga erishish yo‘lidagi dolzarb qadamga aylanadi. Ikkinchidan esa “yashil”

iqtisodiyotning ko’mir qazib olish sanoatida to’g’ri qo’llanishi va uning rivojlanishi ko’plab
imkoniyatlar eshigini ochadi va albatta nafaqat atrof muhitga balki ko’mir sanoati orqali

yurtimiz iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shadi. Uchinchidan, CCUS texnologiyasi energiya

xavfsizligini ta'minlashni va barqaror rivojlanishning muhim maqsadlariga erishishni

2020y

2021y

2022y

2023y

2024y

qazib olish

3869

4781

5073

5836

6700

CO2

6190.4

7649.6

8116.8

9337.6

10720

3869

4781

5073

5836

6700

6190.4

7649.6

8116.8

9337.6

10720


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

84

shakllantirgan shuningdek uglerod neytralligi majburiyatlarini bajara oladigan
mamlakatlarning kelajagi bo'lib hizmat qiladi.

Shunday ekan, taklif sifatida quyudagilarni taklif qilish mumkin:

-

qaysi hududlarda ko‘mirni qanday

hajmlarda inson va atrof-muhit uchun zararsiz

bo‘lishini belgilovchi ekologik xaritani ishlab chiqish va tasdiqlash (ko‘mir yoqish uchun issiqlik

elektr stansiyalariga kvotalar ishlab chiqish);

- CCUS (Carbon Capture, Utilization and Storage) loyiha va texnologiyasini mustaqil

ravishda va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda qo’llashni rivojlantirish, uni

rag'batlantirish mexanizmlarini yaratish;

-umuman olganda, (iCRAFT) loyihasi doirasida rejalashtirilgan 60 million tonna issiqxona

gazlari emissiyalarini kamaytirishda

“O’zbekko’mir” AJ, +“Yangi Angren IES” AJ va “Angren IES”

AJ

+ “Erostigaz”AJ = CO2 CCUS qo’shma loyihasini ishlab chiqish;

- Parij bitimi talablari asosida sinov tariqasida, ilk bosqichda

“Angren IES”

AJga yuborilgan

ko’mir mahsuloti chiqindisini

CCUS

texnologiyasi yordamida “Erostigaz” AJ sintetikgaz

quvurlari orqali “O’zbekko’mir” AJning ko’mirni er osti usulida qazib olish filiali tamonidan

foydalanib bo’lingan hudud yoki bo’sh er osti maydonlariga joylashtirish va saqlash orqali

ko’mir sanoati kelajagini belgilash, iqtisodiyotimizda ulkan natija ko’rsatish, qolaversa loyiha

amalga oshsa,-yildan-

yilga sermahsulligi yo’qolib borayotgan “Erostigaz”AJ faoliyatini

CCUS

texnologiyalari ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko'rsatishga o’zgartirish bilan hodimlarning

bandligini uzluksiz ta’minlash hamda yangi ish o’rinlarini yaratish;

-

ko’mir sanoati yordamida uglerod kreditlari bozoriga kirish va uglerod kreditlarini

sotish orqali daromad olib iqtisodiyotimizga ulkan hissa qo’shish va “yashil” iqtisodiyotni shu

tarzda rivoj toptirishni taklif etamiz.

Adabiyotlar /Литература/References:

CCUS (2022) Технологии по улавливанию, хранению и использованию углерода

технологическая основа декарбонизации тяжелой промышленности в РФ. –

[Elektron

resurs].

Skoltech, .

Fayl: CCUS-Skolteh-2022-11-10.pdf.

CEIC (2023)Data Uzbekistan Total CO2 Emissions: Tonnes of CO2 Equivalent per Year //

[Elektron resurs].

URL: https://www.ceicdata.com

Guidelines (2024) 2006 IPCC Guidelines for National Greenhouse Gas Inventories //

Intergovernmental Panel on Climate Change.

[Elektron resurs].

URL: https://www.ipcc-

nggip.iges.or.jp/public/2006gl/index.html

Kamolov A.,

и др.

(2024) Анализ технико

-

экономической целесообразности

улавливания углерода после сжигания на электростанции NGCC в Узбекистане // Clean

Technologies.

Т. 6. –

№ 4. –

С. 1357–

1388.

DOI: 10.3390/cleantechnol6040065.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali (2024)“O‘zbekko‘mir” AJ 2024

-

yilda ko‘mir

qazib chiqarish hajmi 6,7 million tonnadan ortib ketdi //.

[Elektron resurs].

URL:

https://gov.uz/mingeo/news/view/31710

Oleynikova N. (2020) Ko'mir va yashil kun tartibi // Rossiya xalqaro ishlar kengashi

[Elektron resurs].

URL: https://russiancouncil.ru/

Qaror

(2019) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4

-oktabrdagi PQ-4477-sonli

qarori.

Qaror

(2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023

-yil 16-fevraldagi "2023 yilda

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni

jadallashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ

-57-son qarori.

Review (2025) Coal Reserves by Country // World Population Review.

[Elektron resurs].

URL: https://worldpopulationreview.com.

Абдураимова Н. Р. (2024) Tendensiyalar energetiki budushchego: shagi v novuyu fazu //

Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. Sentabr, № 9.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

85

Воронин С. А., и др.

(2024) Развитие угольной отрасли Узбекистана в условиях

современных вызовов // Уголь. № 2. –

С. 89–

92.

DOI: http://dx.doi.org/10.18796/0041-5790-

2024-2-89-92.

Марьин Е. В. (2021) Парижское соглашение как механизм снижения вибросов на

международном уровне // International Journal of Humanities and Natural Sciences. –

.

Т. 5

-

4 (56).

С. 98–

100.

DOI: 10.24412/2500-1000-2021-5-4-98-100.

Чэн Жуй Линь. (2024) Проблема глобального изменения климата и пути ее решения

на

международном

уровне

//

Научная

статья.

DOI:

https://doi.org/10.23672/HSCP.2024.53.63.017

Библиографические ссылки

CCUS (2022) Технологии по улавливанию, хранению и использованию углерода – технологическая основа декарбонизации тяжелой промышленности в РФ. – [Elektron resurs]. – Skoltech, . – Fayl: CCUS-Skolteh-2022-11-10.pdf.

CEIC (2023)Data Uzbekistan Total CO2 Emissions: Tonnes of CO2 Equivalent per Year // – [Elektron resurs]. – URL: https://www.ceicdata.com

Guidelines (2024) 2006 IPCC Guidelines for National Greenhouse Gas Inventories // Intergovernmental Panel on Climate Change. – [Elektron resurs]. – URL: https://www.ipcc-nggip.iges.or.jp/public/2006gl/index.html

Kamolov A., и др. (2024) Анализ технико-экономической целесообразности улавливания углерода после сжигания на электростанции NGCC в Узбекистане // Clean Technologies. – Т. 6. – № 4. – С. 1357–1388. – DOI: 10.3390/cleantechnol6040065.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali (2024)“O‘zbekko‘mir” AJ 2024 -yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmi 6,7 million tonnadan ortib ketdi //. – [Elektron resurs]. – URL: https://gov.uz/mingeo/news/view/31710

Oleynikova N. (2020) Ko'mir va yashil kun tartibi // Rossiya xalqaro ishlar kengashi – [Elektron resurs]. – URL: https://russiancouncil.ru/

Qaror (2019) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4-oktabrdagi PQ-4477-sonli qarori.

Qaror (2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-57-son qarori.

Review (2025) Coal Reserves by Country // World Population Review. – [Elektron resurs]. – URL: https://worldpopulationreview.com.

Абдураимова Н. Р. (2024) Tendensiyalar energetiki budushchego: shagi v novuyu fazu // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. Sentabr, № 9.

Воронин С. А., и др. (2024) Развитие угольной отрасли Узбекистана в условиях современных вызовов // Уголь. № 2. – С. 89–92. – DOI: http://dx.doi.org/10.18796/0041-5790-2024-2-89-92.

Марьин Е. В. (2021) Парижское соглашение как механизм снижения вибросов на международном уровне // International Journal of Humanities and Natural Sciences. – . – Т. 5-4 (56). – С. 98–100. – DOI: 10.24412/2500-1000-2021-5-4-98-100.

Чэн Жуй Линь. (2024) Проблема глобального изменения климата и пути ее решения на международном уровне // Научная статья. DOI: https://doi.org/10.23672/HSCP.2024.53.63.017