Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.91112

Ключевые слова:

корпоративное управление международные стандарты система управления эффективность организаций глобальный опыт прозрачность долгосрочная стабильность акционеры независимые директора современное корпоративное управление

Аннотация

В этой статье рассматривается значение и методы совершенствования системы корпоративного управления на основе международных стандартов, а также то, какие преимущества этот процесс может принести организациям. Дана информация о современных подходах к корпоративному управлению, стандартах, принятых во всем мире, а также о важности их применения при создании эффективной и прозрачной системы управления корпорациями. В статье рассмотрены пути совершенствования деятельности организаций и обеспечения их долгосрочной устойчивости с использованием системных и интеграционных подходов к управлению с учетом международного опыта и передовой практики. При этом в условиях меняющихся экономических условий широко освещается стратегическое значение внедрения ответственных и эффективных систем управления.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

133

KORPORATSIYALARDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI XALQARO

STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Kenjayeva Umriya

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-2047-0427

u.kenjayeva@tsue.uz

Annоtatsiya

.

Ushbu maqolada korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida

takomillashtirishning ahamiyati va usullari, shuningdek, bu jarayonning tashkilotlar uchun

qanday foydalar keltirishi mumkinligi haqida ko‘rib chiqilgan. Korporativ boshqaruvning

zamonaviy yondashuvlari, global miqyosda qabul qilingan standartlar, shuningdek, ularni

korporatsiyalarning samarali va shaffof boshqaruv tizimini yaratishda qo‘llashning ahamiyati

to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Maqolada xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlarni inobatga o

lib,

boshqaruvning tizimli va integratsion yondoshuvlaridan foydalangan holda tashkilotlar

faoliy

atini yaxshilash va ularning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash yo‘llari muhokama

qilingan. Shu bilan birga, o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarda, mas’uliyatli va samarali boshqaruv

tizimlarini joriy etishning strategik ahamiyati keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

korporativ boshqaruv, xalqaro standartlar, boshqaruv tizimi, tashkilotlar

samaradorligi, global tajriba, shaffoflik, uzoq muddatli barqarorlik, aksiyadorlar, mustaqil

direktorlar, zamonaviy korporativ boshqaruv.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В

КОРПОРАЦИЯХ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ

Кенжаева Умрия

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В этой статье рассматривается значение и методы

совершенствования системы корпоративного управления на основе международных

стандартов, а также то, какие преимущества этот процесс может принести

организациям. Дана информация о современных подходах к корпоративному управлению,
стандартах, принятых во всем мире, а также о важности их применения при создании

эффективной и прозрачной системы управления корпорациями. В статье рассмотрены
пути совершенствования деятельности организаций и обеспечения их долгосрочной

устойчивости с использованием системных и интеграционных подходов к управлению с

учетом международного опыта и передовой практики. При этом в условиях меняющихся

экономических условий широко освещается стратегическое значение внедрения
ответственных и эффективных систем управления.

Ключевые слова:

корпоративное управление, международные стандарты,

система управления, эффективность организаций, глобальный опыт, прозрачность,

долгосрочная стабильность, акционеры, независимые директора, современное
корпоративное управление.

UO‘K:

347.965.8

IV SON - APREL, 2025

133-142


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

134

IMPROVING THE SYSTEM OF CORPORATE GOVERNANCE IN CORPORATIONS ON THE

BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS

Kenjaeva Umriya

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article examines the importance and methods of improving the corporate

governance system based on international standards, as well as what benefits this process can

bring to organizations.

Information is provided on modern approaches to corporate governance,

globally accepted standards, as well as the importance of their application in the creation of an

effective and transparent management system of corporations. The article discusses ways to

improve the activities of organizations and ensure their long-term stability using systematic and

integrative approaches to management, taking into account international experience and
advanced practices. At the same time, in changing economic conditions, the strategic importance

of implementing responsible and effective management systems is widely covered.

Keywords:

corporate governance, international standards, management system,

organizational effectiveness, global experience, transparency, long-term sustainability,
shareholders, independent directors, modern corporate governance.

Kirish.

Bugungi global iqtisodiyotda tashkilotlar o‘rtasida raqobat kuchayib bormoqda va bu

raqobat ichki boshqaruv tizimlarining samaradorligini oshirishni talab qilmoqda. Global
iqtisodiy integratsiya jarayonlari tobora

jadallashib borayotgan bir davrda, korporatsiyalar o‘z

faoliyatlarining samaradorligini ta’minlash, investorlar ishonchini oshirish hamda uzoq

muddatli barqarorlikka erishish uchun zamonaviy boshqaruv mexanizmlariga tayanmoqda.

Ayniqsa, korporativ boshqaruv tizimi

tashkilotlarning ichki tartib-qoidalari, manfaatdor

tomonlar bilan munosabatlari va strategik qarorlar qabul qilish mexanizmlarining asosiy asosi

sifatida

korporatsiyalar muvaffaqiyatining ajralmas omiliga aylanmoqda.

Korporativ boshqaruv tizimi tashkilotlarning uzluksiz rivojlanishi, ularning shaffofligi,

samaradorligi va uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan

birga, korporativ boshqaruvning samaradorligi nafaqat kompaniyaning ichki tizimlariga, balki

uning tashqi muhitiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro miqyosda qabul qilingan boshqaruv

standartlari, o‘z navbatida, korporatsiyalarni modernizatsiya qilish, ularning faoliyatini

tartibga solish va global biznes muhitiga moslashtirishda katta ahamiyatga ega. Boshqaruv
tizimining samarali tashkil etilishi kompaniyalar uchun faqat iqtisodiy foyda keltirib qolmay,

balki jamiyat oldidagi mas’uliyatni ham oshiradi.

Korporativ boshqaruvni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, tashkilotlarga o‘z

faoliyatlarini yanada shaffof, adolatli va samarali qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga,

xalqaro tajriba va ilg‘or boshqaruv amaliyotlarini o‘rganish va ularni o‘z tizimlariga tatbiq etish
tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshiradi va global biznes maydonida mustahkam o‘rin

egallashga yordam beradi. Xususan, XXI asrda global iqtisodiyotning tarmoq va integratsiya

jarayonlari natijasida kompaniyalar o‘z boshqar

uv tizimlarini xalqaro darajada

raqobatbardosh qilish uchun zamonaviy, shaffof va barqaror boshqaruv tamoyillariga
moslashtirishga intilishmoqda. Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning

korporativ boshqaruv tamoyillari esa, aynan shu maqsadga erishish uchun yaratilgan va dunyo

bo‘ylab korporatsiyalarni boshqarishda asosiy yo‘l

-

yo‘riqni, kompaniyalarga adolatli, shaffof va

javobgar boshqaruv tizimlarini yaratishda asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatib beradi. Bu tamoyillar

aksiyadorlar huquqlarini hi

moya qilish, boshqaruv kengashining mustaqilligini ta’minlash,

manfaatlar to‘qnashuvini cheklash hamda moliyaviy hisobotlar ochiqligini kafolatlash kabi

elementlarni o‘z ichiga oladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

135

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, korporativ boshqaruv standartlariga rioya qiluvchi

kompaniyalar nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi, balki aksiyadorlar, mijozlar

va jamoatchilik oldida ham yuqori darajadagi ishonchni saqlab qoladi. Masalan, Xalqaro Moliya

Korporatsiyasi (XMK) ma’lumotlariga ko‘ra, samarali korporativ boshqaruv tizimiga ega

kompaniyalar investitsiya jalb qilishda 20-30% yuqori natijalarga erishadi. Shuningdek, 2023

yilda “IHTT Korporativ boshqaruv faktlar kitobi”da qayd etilishicha, “IHTT davlatlarida

korporativ boshqaruvni isloh qilgan kompaniyalar o‘rtacha 12% yuqori dividend siyosatiga,

18% ga yuqori aksiyadorlik faolligiga ega bo‘lgan”

(OECD, 2023).

Bugungi kunda korporatsiyalar xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish uchun nafaqat

o‘z ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini, balki boshqaruv mexanizmlarini ham

xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga intilmoqda. Ayniqsa, atrof-muhit, ijtimoi

y mas’uliyat

va boshqaruv (ESG) tamoyillarining ommalashuvi, korporativ boshqaruvning yanada kengroq

kontekstda baholanishiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan ham, korporativ boshqaruv tizimini

xalqaro standartlar asosida takomillashtirish

nafaqat kompaniyalar samaradorligi, balki

milliy iqtisodiyotlar barqarorligi uchun ham dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Korporativ boshqaruv kompaniya yoki korporatsiyaning faoliyatini boshqarish, nazorat

qilish va uning barcha manfaatdor tomonlari (aksiyadorlar, menejment, xodimlar, mijozlar,

jamiyat va davlat) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish tizimidir. Boshqaru

v tizimi

kompaniyaning maqsadlariga erishish, risklarni boshqarish, shaffoflikni ta’minlash, va axborot

almashish jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan. Korporativ boshqaruv nafaqat kompaniya
menejmentining operatsiyalarni samarali amalga oshirishi, balki aksiyadorlar va boshqa

manfaatdor tomonlarning huquqlarini himoya qilishi, jamiyat va ekologik mas’uliyatni hisobga

olishi, uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashi lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun

shaffoflik, hisobdorlik, adolatlilik va javobgarlik kabi asosiy tamoyillar komporatsiyalar

faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga yordam beradi.

Ross va Westerfield (2004)

korporativ boshqaruvning nazorat tizimlarini, mas’uliyatni va

shaffoflikni moliyaviy boshqaruv asosida tahlil qilgan xorijiy olimlardandir. Ular o‘zining

asarlarida

“kompaniyaning boshqaruv tizimlari aksiyadorlarning manfaatlarini himoya

qilishga qarat

ilgan bo‘lishi, aksiyadorlar va menejment o‘rtasidagi maqsadlar uyg‘unligini

ta’minlash uchun yaxshi boshqaruv mexanizmlariga ehtiyoj mavjudligi shuningdek,

axborotning ochiqligi va shaffofligi kompaniyaning moliyaviy samaradorligini oshirishga

yordam bera

di” deb ta’kidlaydilar. Ross va Westerfield o‘z asarida korporativ boshqaruvni

moliyaviy muvaffaqiyat bilan bog‘laydi va axborot almashish, risklarni boshqarish va

aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish lozimligini ta’kidlaydi.

Jensen va Meckling (1976)

“Firma nazariyasi: boshqaruv xulq

-atvori, agentlik xarajatlari

va mulkchilik tuzilishi” nomli asarida korporativ boshqaruvni agentlik nazariyasi nuqtai

nazaridan ko‘rib chiqib, kompaniyaning menejerlari (yoki boshqaruv organlari) va
aksiyadorlari o‘rtasida

gi agentlik xarajatlari (agency costs) va ularning boshqaruv tizimidagi

ahamiyatini tahlil qilishgan.

Shuningdek, ular quyidagi tavsiyalarni keltiradi:

“Aksiyadorlar va menejment o‘rtasidagi maqsadlar uyg‘unlashishi kerak, chunki

aksiyadorlar o‘z manfaatlarini himoya qilishda va menejment esa qarorlar qabul qilishda o‘z

manfaatlarini ko‘zlaydi.

Kompaniyalarda boshqaruvning shaffofligi va hisobdorligi agentlik xarajatlarini

kamaytiradi.

Menejmentning ishonchliligi va unga nisbatan qo‘yilgan talablar yuqori bo‘lishi kerak”.

Jensen va Meckling o‘zlarining agentlik nazariyasida korporativ boshqaruv tizimlarida

menejerlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvini qanday bartaraf etish kerakligi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

136

haqida ilmiy yondashuvlaridan so‘ng, korporativ boshqaruvning aksiyadorlar manfaatlarini
himoya qilishi o‘z isbotini topadi.

Shleifer va Vishny (1997) korporativ boshqaruvning xalqaro muvofiqligini, shaffofligini

va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni ko‘rib chiqishgan. Ularning tahlilida,

kompaniyaning boshqaruv strukturasining shaffofligi va samaradorligi qanday moliyaviy
rivojlanishga olib kelis

hi ko‘rsatib o‘tilgan. Shleifer va Vishny o‘zlarining asarida “Aksiyadorlar

huquqlarini himoya qilish va kompaniyaning boshqaruvini shaffof qilish zarur. Kompaniya

boshqaruvchilari va aksiyadorlar o‘rtasida yaxshi aloqalar va axbor

ot almashish tizimlari

muhim. Shuningdek, davlat va boshqa tashqi omillar boshqaruv sifatiga ta’sir qilmasligi kerak”
deb ta’kidlaydi.

Rajan va Zingalesning (1998)

ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruv tizimi aksiyadorlar

uchun foydali bo‘lishi kerak, ya’ni ularning foydalari kompaniya qarorlariga ta’sir qilishi zarur.

Boshqaruv tizimida mas’uliyat va hisobdorlikni ta’minlash orqali kompaniyaning moliyaviy

rivojlanishini oshirish mumkin. Korporativ boshqaruvda shaffoflik va axborot almashishni

kuchaytirish, iqtisodiy ishonchni oshiradi”. Rajani va Zingales kompaniyalar moliyaviy

boshqaruv tizimlarining shaffofligini va samaradorligini oshir

ishga alohida urg‘u beradilar, bu

esa xalqaro korporativ boshqaruv standartlarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi.

Clarke (2007)

o‘zining “International Corporate Governance” asarida xalqaro korporativ

boshqaruvni solishtiradi. U global miqyosda boshqaruv tizimlaridagi farqlarni va bu

tizimlarning turli madaniy va iqtisodiy sharoitlarda qanday ishlashini o‘rganadi.

Clarkening ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruv standartlarining xalqaro miqyosda

moslashishi zarur. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida boshqaruv tamoyillari
farqlari mavjud, bu farqlarni o‘rganish orqali global boshqaruv tizimlarini tako

millashtirish

mumkin. Boshqaruvning samaradorligini oshirish uchun xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy

qilish kerak”. Clarke xalqaro miqyosda boshqaruv tizimlaridagi farqlarni ko‘rsatadi va

korporativ boshqaruvning global standartlarini ishlab chiqish

zaruratini ta’kidlaydi.

Shuningdek, mamlakatimiz olimlari Ashurov, Jalilov, Urinovlarning (2021)

ta’kidlashicha

“Xalqaro standartlarga asoslangan va kompaniyaning maqsadlari va rivojlanish strategiyasini

amalga oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy korporativ boshqaruv kompaniyaning moliyaviy

mustahkamligini va uning daromadli tashkilot sifatidagi uzoq muddatda faoliyat yuritish

qobiliyatini ta’minlashga imkon beradi, shuningdek butun mamlakat raqobatbardoshligini

kuchaytirishga ko‘maklashadi”.

Xorijiy olimlarning asarlarida korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari va

tizimlarini o‘rganish ko‘plab yondashuvlar va tahlillarni keltirib chiqaradi. Jensen va Meckling,
Shleifer va Vishny, Rajan va Zingales kabi olimlar o‘z asarlarida kompaniyalar

boshqaruvining

moliyaviy aspektlari, axborot shaffofligi, menejment va aksiyadorlar o‘rtasidagi munosabatlar,

shuningdek, davlat va xalqaro tashkilotlarning roli haqida alohida fikrlarni muhokama
qiladilar. Shu bilan birga, Clarke va Rajan kabi tadqiqotchilar global miqyosda boshqaruv

tizimlarining turli sharoitlarga moslashishini va ular orasidagi farqlarni tahlil qilishni ta’kidlab
o‘tadilar.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada xorijiy

mamlakatlarning ilg‘or korporativ boshqaruv tajribalariga

asoslangan holda tizimli va solishtirma tahliliy yondashuv qo‘llaniladi. Tadqiqot davomida

so‘nggi yillar davomida nashr etilgan ko‘plab ilmiy maqola, hisobot va strategik hujjatlar

o‘rganib chiqild

i. Jumladan, IHTT Korporativ boshqaruv tamoyillari (2023), IHTT Korporativ

boshqaruv faktlar kitobi (2023), Jahon bankining korporativ boshqaruv asboblar to‘plami

(2021), hamda XMK korporativ boshqaruv taraqqiyot matritsasi (2020) kabi asosiy xalqaro

hujjatlar tahlil qilindi.

Ilmiy asos sifatida korporativ boshqaruv sohasida yetakchi bo‘lgan olimlar —

masalan,

Ross va Westerfield (2004), Shleifer va Vishny (1997), Rajan va Zingales (1998), Clarke (2007),


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

137

Ashurov, Djalilov, Urinov (2021) kabi tadqiqotchilarning nazariy yondashuvlari chuqur

o‘rganildi. Ularning asarlarida korporativ boshqaruvning huquqiy muhit, mulkchilik tuzilmasi,

aksiyadorlar huquqlari va manfaatdor tomonlar bilan munosabatlar kabi jihatlari asosiy

tadqiqot obyektlari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqola korporatsiyalar uchun xalqaro

korporativ boshqaruv standartlarini joriy etishning ahamiyatini hamda bu tizimlarni samarali

amalga oshirish usullarini o‘rganadi.

Tadqiqotda sifat tahlil uslubidan foydalanilib, mavjud nazariyalar va xalqaro amaliyot

solishtirma yondashuv asosida baholandi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya,

Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning korporativ boshqaruv tizimlari tahlil qilinib,
ularning kuchli va zaif jihatlari aniqlashtirildi. Misol uchun, AQShda korporativ boshqaruv 80%

hollarda erkin bozor tamoyillariga asoslangan bo‘lsa, Yaponiyada bu ko‘rsatkich 60% atrofida

bo‘lib, banklar va yirik guruhlar ishtiroki yuqori daraja

da.

Bundan tashqari, xalqaro standartlarning amaliyotga joriy etilishi samaradorligini

aniqlash maqsadida 15 ta davlatda o‘tkazilgan mustaqil reyting va baholash tizimlari (masalan,

Jahon banki biznes yuritish indikatorlari va XMK hisobotlari) natijalari tahlil qilindi. Natijalarga

ko‘ra, xalqaro standartlarni joriy etgan kompaniyalarda aktsiyadorlar daromadi o‘rtacha 15–

20% ga oshgan, hamda boshqaruv qarorlarining shaffofligi va hisobdorligi yuqori bo‘lgan.

Metodologik yondashuv sifatida normativ-huquqiy tahlil, kontent-tahlil va tizimli

yondashuvlar qo‘llanildi. Bu

yondashuvlar maqolada ilgari surilgan ilmiy muammolarni

kompleks ravishda yoritish va asosli xulosalarga kelish imkonini beradi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Korporativ boshqaruv deganda kompaniyani boshqaradigan qoidalar, amaliyotlar va

jarayonlar tizimi tushuniladi. Korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari tashkilotlarda

shaffoflik, hisobdorlik va mas’uliyatli boshqaruv amaliyotini ragʻbatlantirish uchun asos

yaratadi. Butun dunyoda bir necha standartlar va yoʻriqnomalar mavjud boʻl

sa-da, korporativ

boshqaruvning keng eʻtirof etilgan xalqaro standartlari mavjud. Xalqaro standartlar ilgʻor

tajribalar boʻyicha yoʻl

-

yoʻriq beradi va mas’uliyatli boshqaruvni ragʻbatlantiradi.

Korporativ boshqaruv standartlari siyosatchilarga iqtisodiy samaradorlik, barqaror

oʻsish va moliyaviy barqarorlikni qoʻllab

-quvvatlash maqsadida korporativ boshqaruvning

huquqiy, me’yoriy va institusional asoslarini baholash va takomillashtirishda yordam

berish

uchun moʻljallangan. Bunga, birinchi navbatda, aksiyadorlar, boshqaruv kengashi aʼzolari va

rahbarlari, ishchi kuchi va tegishli manfaatdor tomonlar, shuningdek, moliyaviy vositachilar va

xizmat koʻrsatuvchi provayderlarni oʻz vazifalarini bajarishlari uchun toʻgʻri axborot va
ragʻbatlar bilan taʼminlash hamda nazorat va muvozanat doirasidagi javobgarlikni taʼminlashga

yordam berish orqali erishiladi.

Korporativ boshqaruv kompaniya rahbariyati, boshqaruv kengashi, aksiyadorlar va

manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar majmuasini oʻz ichiga oladi. Korporativ

boshqaruv, shuningdek, kompaniyani yoʻnaltirish va uning maqsadlarini belgilash, shuningdek

,

ushbu maqsadlarga erishish vositalari va natijalarni monitoring qilish uchun tuzilma va

tizimlarni ifodalaydi.

Standartlar majburiy emas va milliy qonunchilik uchun batafsil koʻrsatmalar berishni

maqsad qilinmagan. Standartlar ichki qonunchilik va me’yoriy

-

huquqiy hujjatlarning oʻrnini

bosmaydi va ularni bekor qiladi deb hisoblanmasligi kerak. Aksincha, ular maqsadlarni

aniqlashga va ularga erishish uchun turli vositalarni taklif qilishadi, bunda odatda qonunchilik,

tartibga solish, roʻyxatga olish qoidalari, oʻz

-

oʻzini tartibga solish choralari, shartnoma

majburiyatlari, ixtiyoriy majburiyatlar va biznes amaliyoti elementlari kiradi. Tamoyillar

siyosatchilar va bozor ishtirokchilari uchun korporativ boshqaruvning oʻz asoslarini ishlab

chiqish uchun mustahkam, ammo moslashuvchan ma’lumotnomani taqdim etishga qaratilgan.

Oʻzgaruvchan dunyoda raqobatbardosh boʻlib qoli

sh uchun korporatsiyalar yangi talablarni

qondirish va yangi imkoniyatlarni oʻzlashtirish uchun oʻzlarining korporativ boshqaruv


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

138

amaliyotlarini yangilashlari va moslashtirishlari kerak. Tartibga solishning xarajatlari va
afzalliklarini hisobga olgan holda, hukumatlar bozorlarning samarali ishlashi va aksiyadorlar

va manfaatdor tomonlarning yangi umidlariga javob berish uchun yetarli darajada

moslashuvchanlikni ta’minlaydigan samarali me’yoriy

-huquqiy bazani shakllantirish uchun

muhim mas’uliyat yuklaydi.

Yaxshi ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv siyosati kengroq iqtisodiy maqsadlarga

erishish va davlat siyosatining uchta asosiy afzalliklariga hissa qoʻshishda muhim rol oʻynashi

mumkin. Birinchidan, ular kompaniyalarga, xususan, kapital bozorlaridan moliyalashtirishga

yordam beradi. Bu orqali ular innovasiyalar, mahsuldorlik va tadbirkorlikni ragʻbatlantiradilar
va iqtisodiy dinamizmni yanada kengroq rivojlantiradilar. Kapitalni toʻgʻridan

-

toʻgʻri yoki

bilvosita ta’minlovchilar uchun yaxshi korporativ bos

hqaruv ular adolatli shartlar asosida

kompaniya qiymatini yaratishda ishtirok etishi va baham koʻrishi mumkinligining kafolati

boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun u korporatsiyalar oʻsish uchun kapitalga kirishi mumkin
boʻlgan xarajatlarga ta’sir qiladi.

Bu bugungi globallashgan kapital bozorlarida muhim ahamiyatga ega. Kapitalning xalqaro

oqimlari kompaniyalarga koʻproq investorlar pulidan mablagʻ olish imkonini beradi. Agar

kompaniyalar va mamlakatlar global kapital bozorlaridan toʻliq foyda olishni va u

zoq muddatli

“sabrli” kapitalni jalb qilishni istasa, korporativ boshqaruv asoslari ishonchli boʻlishi, mamlakat

ichida ham, chegaradan tashqarida ham yaxshi tushunilishi va xalqaro miqyosda qabul qilingan

tamoyillarga mos kelishi kerak.

Ikkinchidan, yaxshi ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv siyosati sarmoyadorlarni

himoya qilish uchun asos yaratadi, shu jumladan investisiya qilingan jamgʻarmalari boʻlgan uy
xoʻjaliklari. Kengash aʼzolari va rahbarlarning aksiyadorlar oldidagi shaffofli

gi va hisobdorligini

taʼminlovchi rasmiy tartib

-qoidalar bozorlarga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi va

shu bilan korporatsiyalarning moliyalashtirish imkoniyatlarini qoʻllab

-quvvatlaydi. Aholining

katta qismi toʻgʻridan

-

toʻgʻri chakana investor sif

atida yoki bilvosita pensiya va investisiya

fondlari orqali davlat qimmatli qogʻozlar bozorlariga sarmoya kiritadi. Ularga korporativ

qiymat yaratishda ishtirok etishlari mumkin boʻlgan tizim bilan ta’minlash, ularning huquqlari

himoyalanganligini bilish,

uy xoʻjaliklariga oʻz jamgʻarmalari va pensiyalari uchun yuqori

daromad olishga yordam beradigan investisiya imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini

beradi. Institusional investorlar oʻz portfellarining katta qismini tashqi bozorlarga tobora

koʻproq ajra

tayotganini hisobga olsak, investorlarni himoya qilish siyosati transchegaraviy

investisiyalarni ham qamrab olishi kerak.

Uchinchidan, yaxshi ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv siyosati, shuningdek,

korporatsiyalarning barqarorligini qoʻllab

-

quvvatlaydi va oʻz navbatida, kengroq

iqtisodiyotning barqarorligiga hissa qoʻshishi mumkin. Investorlar kengroq iqtisodiy, ekologik

va ijtimoiy muammolardan kelib chiqadigan moliyaviy risklar va imkoniyatlarni hamda

kompaniyalarning ushbu xatarlarga chidamliligi va ularni boshqarish imkoniyatlarini oʻz ichiga

olish uchun kompaniyalarning moliyaviy koʻrsatkichlariga eʼtiborini tobora ke

ngaytirmoqda.

Ayrim yurisdiksiyalarda siyosatchilar kompaniyalarning faoliyati bunday muammolarni hal

qilishga qanday hissa qoʻshishiga ham e’tibor qaratadilar. Barqarorlik masalalari boʻyicha

korporativ boshqaruvning mustahkam asosi kompaniyalarga aksiyadorlar va turli manfaatdor

tomonlarning manfaatlarini tan olish va ularga javob berishga yordam beradi, shuningdek,

oʻzlarining uzoq muddatli muvaffaqiyatlariga hissa qoʻshishi mumkin. Bunday asos barqarorlik

bilan bogʻliq ishonchli, izchil va taqqoslanadigan, jumladan, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq

boʻlgan moddiy ma’lumotlarning oshkor etilishini oʻz ichiga olishi kerak. Ba’zi hollarda

yurisdiksiyalar barqarorlik bilan bogʻliq oshkoralik va muhimlik tushunchalarini oqilona

aksiyadorga investisiya yoki ovoz

berish qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan

ma’lumotlarni ifodalovchi amaldagi standartlar nuqtai nazaridan izohlashi mumkin.

Korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari kompaniyalarni boshqarish va nazorat

qilishda shaffoflik, hisobdorlik, adolat va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan koʻrsatmalar va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

139

tamoyillardir. Ushbu standartlar yaxshi korporativ boshqaruv amaliyotlari uchun asos
yaratadi, shuningdek aksiyadorlar, manfaatdor tomonlar va kengroq jamiyat manfaatlarini

himoya qilishga yordam beradi. Turli tashkilotlar va organlar tomonidan ishlab chiqilgan bir

nechta standartlar toʻplami mavjud boʻlsa

-

da, korporativ boshqaruvning eng keng eʻtirof

etilgan va asosiy xalqaro tamoyillariga quyidagilar kiradi:

1-rasm. Korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari

Korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari korporativ boshqaruv tizimlarini

yaxshilash, shaffoflikni ta’minlash, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor tomonlar huquqlarini

himoya qilishga qaratilgan asosiy tamoyillardan iborat.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) korporativ boshqaruv uchun xalqaro

etalon boʻlib xizmat qiluvchi va korporativ boshqaruvning keng qamrovli asosini ta’minlovchi

bir qator tamoyillarni ishlab chiqdi. Bu tamoyillar aksiyadorlarning huquqlari, aksiyadorlarga

nisbatan adolatli munosabat, manfaatdor tomonlarning roli, shaffoflik va oshkoralik hamda

direktorlar kengashining mas’uliyati va barqarorlik kabi sohalarni qamrab oladi.

G20/OECD korporativ boshqaruv tamoyillari

bu korporativ boshqaruv uchun yetakchi

xalqaro standartdir. G20/OECD tamoyillarining oxirgi nashri 2023 yil sentyabr oyida G20

Liderlari tomonidan qabul qilindi va quyidagi olti bobdan iborat:

1.

Samarali korporativ

boshqaruv tizimi uchun asosni ta’minlash:

Korporativ boshqaruv

tizimi shaffof va adolatli bozorlar hamda samarali resurslar taqsimotini rag‘batlantirishi lozim.

Bu qonun ustuvorligiga mos boʻlishi va samarali nazorat va ijroni qoʻllab

-quvvatlashi lozim.

2.

Aksiyadorlarning huquqlari va ular bilan adolatli munosabatda boʻlish, mulkchilikning

asosiy funksiyalari:

Korporativ boshqaruv tizimi aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishi va

amalga oshirishga yordam berishi hamda barcha aksiyadorlarga, shu jumladan minoritar va

xorijiy aksiyadorlarga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlashi lozim. Barcha aksiyadorlar oʻz
buzilgan huquqlari uchun samarali tarzda zararni qoplanish imkoniyatiga ega boʻlishlari lozim.

3.

Institusional investorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar:

Korporativ boshqaruv

tizimi investisiya zanjiri boʻylab ishonchli ragʻbatlarni ta’minlashi va fond bozorlarining yaxshi

korporativ boshqaruvga hissa qoʻshadigan tarzda ishlashini ta’minlashi lozim.

4.

Axborot oshkorligi va shaffoflik:

Korporativ boshqaruv tizimi korporatsiyaga taalluqli

barcha muhim masalalar, jumladan, kompaniyaning moliyaviy ahvoli, faoliyati, barqarorligi,

egalik huquqi va boshqaruvi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va aniq oshkor etilishini ta’minlashi lozim.

5.

Kengashning vazifalari:

Korporativ boshqaruv tizimi kompaniyaga strategik

boshqaruvni, rahbariyat ustidan samarali monitoringni olib borishni hamda kengashning

kompaniya va aksiyadorlar oldidagi hisobdorligini ta’minlashi lozim.

6.

Barqarorlik va mustahkamlik:

Korporativ boshqaruv tizimi kompaniyalar va ularning

investorlarini korporatsiya barqarorligi va mustahkamligiga hissa qoʻshadigan tarzda qarorlar

qabul qilish va risklarni boshqarish uchun ragʻbatlantirishi lozim.

Korporativ boshqaruv tizimining xalqaro standartlarini joriy etishning samarali

yo‘llaridan biri, kompaniyalar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdir.

Iqtisodiy hamkorlik va

taraqqiyot tashkiloti

(OECD) ning Korporativ

boshqaruv tamoyillari

Xalqaro korporativ

boshqaruv tarmog’i

(ICGN) ning Global

boshqaruv tamoyillari

Birlashgan Millatlar

Tashkilotining Global

shartnomasi

Xalqaro moliya

korporasiyasi (IFC) ning

Korporativ boshqaruv

metodologiyasi

B

ank nazorati bo’yicha

B

azel qo’mitasining

Korporativ boshqaruv

tamoyillari

Kedberi hisoboti

"CADBURY REPORT"


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

140

Birinchidan, kompaniyalar o‘z boshqaruv tizimlarida xalqaro standartlarga mos o‘zgarishlar
kiritishlari lozim. Bunga korporativ siyosatlarni qayta ko‘rib chiqish, huquqiy mexanizmlarni

mustahkamlash va rahbariyatning malakasini oshirish orqali erishish munkin. Ikkinchidan,

davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari ishlab chiqilishi lozim. Bu tizimlar, ayniqsa,

korrupsiyaning oldini olish va jamiyatning boshqa manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Tartibga solish va moliyaviy hisobotlar sohasida xalqaro amaliyotlarga e’tibor qaratish

kerak. Xususan, moliyaviy hisobotlar va auditlar shaffof va aniq bo‘lishi, shuningdek,

raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun maxsus tizimlar ishlab chiqilishi zarur. Mis

ol uchun,

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari tizimiga asoslanish korporatsiyalarga o‘z moliyaviy

holatini yaxshiroq kuzatib borishga va globallashuv jarayoniga moslashishga imkon beradi.

Agar kompaniyalar va davlatlar global kapital bozorlaridan to‘liq

foyda olishni istasalar,

korporativ boshqaruv asoslari ishonchli bo‘lishi, mamlakat ichida ham, chegaralar tashqarisida

ham yaxshi tushunilishi va xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga mos kelishi lozim.

1-jadval

Korporativ boshqaruv tizimlarining ilg‘or mamlakatlarda tahlili

Mamlakat

Kuchli tomonlari

Zaif tomonlari

AQSh

erkin bozor tamoyillariga asoslangan

tizim, kompaniyalar mustaqil va

samimiy boshqaruvga ega;

aksiyadorlarning huquqlari yuqori

darajada himoyalangan.

bozorni haddan tashqari

liberallashtirish ba’zan qisqa muddatli

manfaatlarni ustun qo‘yishiga olib

keladi;

ijtimoiy va ekologik javobgarlik kamroq

inobatga olinadi.

Buyuk

Britaniya

kodifikatsiyalangan korporativ

boshqaruv kodekslari mavjud;

kompaniyalar “tushuntir yoki amal

qil” (“comply or explain”) tamoyiliga

amal qiladi.

qonunchilik erkinligi sababli ba’zan

nazorat zaiflashadi;

kichik aksiyadorlar ba’zan e’tibordan

chetda qoladi.

Germaniya

ikki bosqichli boshqaruv tizimi amal

qiladi;

ishchi-xodimlardan vakillar

boshqaruvda ishtirok etishi

ta’minlangan.

qarorlar qabul qilish jarayoni nisbatan

sekin;

aksariyat kompaniyalar davlat va

banklar bilan yaqin aloqada bo‘ladi.

Yaponiya

korporativ guruhlar va banklarning

kuchli roli barqarorlikni ta’minlaydi;

uzoq muddatli strategiyalar ustuvor.

raqobat cheklanishi mumkin;

korporativ axborotlarni oshkor qilish

past.

Janubiy Koreya

hukumat tomonidan korporativ

boshqaruv islohoti faol qo‘llab

-

quvvatlanmoqda;

texnologik kompaniyalar o‘sishiga

turtki berilgan.

yirik guruhlar (chaebol) tomonidan

boshqaruv markazlashuvi;

manfaatlar to‘qnashuvi va shaffoflik

bilan bog‘liq muammolar mavjud.

2020-yillarda korporativ boshqaruvning rivojlanishi yanada komplekslashdi va yangi

tamoyillar paydo bo‘ldi. Barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat, va korporativ etika kabilar asosiy

yo‘nalishlarga aylandi. Bugungi kunda korporativ boshqaruvning rivojlanishida q

uyidagi

tamoyillar muhim o‘rin tutadi:

ESG ko‘rsatkichlari kompaniyaning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv natijalarini

baholashda asosiy rol o‘ynamoqda.

Investitsiyalarni jalb qilishda ESG omillari alohida ahamiyat

kasb etadi.

Korporativ boshqaruvda shaffoflikni ta’minlash va hisobdorlikni kuchaytirish hamon

muhim ahamiyatga ega. Aksiyadorlar va manfaatdor tomonlar uchun ochiqlik va axborotlarni
taqdim etish zarur.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

141

Texnologiyalarning rivojlanishi bilan kompaniyalar boshqaruvni avtomatlashtirish,

sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili yordamida samarali qilishni davom ettirmoqdalar.

Korporativ boshqaruvning rivojlanishi davomida uning asosiy tamoyillari va

yondashuvlari o‘zgarib, yangi yondashuvlar va standartlar ishlab chiqilmoqda. Korporativ

boshqaruv standartlari global miqyosda kompaniyalarning barqaror rivojlanishini ta’minlash,

aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va jamiyatga foyda keltirishga qaratilgan tavsiyalarni

qamrab oladi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy mas’uliyat va barqarorlik kabi

omillar zamonaviy korporativ boshqaruvda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Korporativ boshqaruv tizimlari turli mamlakatlarda iqtisodiy, institutsional va madaniy

omillarga qarab farq qiladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya

tajribalari asosida ularning kuchli va zaif jihatlari quyidagicha tahlil qilinadi.

Jahon banki biznes yuritish indikatorlari hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi

hisobotlariga tayangan holda, 15 ta davlatda xalqaro korporativ boshqaruv standartlarining
amaliyotga joriy etilishi tahlil qilingan. Natijada, xalqaro standartlarni qabul qilgan

kompaniyalarda aksiyadorlar daromadi o‘rtacha 15–

20% ga oshgan. Boshqaruvning shaffofligi

va hisobdorligi yuqori bo‘lgan, bu esa investor ishonchini oshirgan.

Tashqi audit va mustaqil

direktorlarning roli kuchaygan.

Xulosa va takliflar.

Korporatsiyalarda korporativ boshqaruv tizimlarini xalqaro standartlar asosida

takomillashtirish nafaqat o‘z ichki samaradorlikni oshirish, balki global bozor sharoitida

muvaffaqiyatli raqobatlashish uchun ham zarur. Xalqaro tajriba va ilmiy manbalar tahlili shuni

ko‘rsatadiki, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish

uchun rahbariyatning malakasini

oshirish, axborot shaffofligini ta’minlash va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish kabi amaliy

choralarni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga, korporatsiyalar xalqaro standartlarga mos

boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali raqobatbardoshligini oshirishi, jamiyat va ekologik

barqarorlikni ta’minlashi mumkin.

Xalqaro standartlar kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimiga bir qancha

islohotlarni amalga oshirishiga ko‘maklashadi. Asosan, kompaniyaning samarali va shaffof

ishlashini ta’minlash orqali quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

Xalqaro standartlar kompaniyaning moliyaviy va boshqaruv faoliyatlarini aniq va

tushunarli qilishni talab qiladi. Bu shaffoflik investorlar, xodimlar va boshqa manfaatdor
tomonlar uchun zarurdir;

kompaniyaga korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etadi.

Shuningdek, direktorlar kengashining va boshqaruv strukturasining samarali ishlashini

ta’minlaydi, hamda risklarni boshqarish va kompaniyaning uzoq muddatli barqarorligini

saqlaydi;

Kompaniya boshqaruvi xodimlari va direktorlarining javobgarligini kuchaytirish,

ularning qarorlari va faoliyatlarini doimiy nazorat qilish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni

to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim etish talab qiladi;

kompaniyaning xodimlar, mijozlar, hamkorlar va aksiyadorlar bilan ochiq va samarali

muloqot o‘rnatishiga undaydi. Bu kompaniya uchun ishonchni oshiradi va jamoaviy

muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi;

kompaniyaning faoliyatida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni, ichki siyosatlari va

amaliyotlari orqali bu muammo oldini olishga qaratilgan islohotlarni taqdim etadi;

kompaniyaning ijtimoiy va ekologik mas’uliyatlarini hisobga olishga undaydi. Bu

kompaniyaga nafaqat moliyaviy muvaffaqiyatni ta’minlash, balki jamiyat va atrof

-muhitga ham

foyda keltirish imkoniyatini yaratadi;

Kompaniyalar, xalqaro standartlarga mos ravishda, har qanday turdagi risklarni

oldindan aniqlash, baholash va ularni kamaytirishga yo‘naltirilgan tizimlarni joriy qilishadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

142

Shu tarzda, xalqaro standartlar kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimini yanada

samarali, shaffof va ishonchli qilishga yordam beradi. Bu nafaqat kompaniyaning ichki

faoliyatini yaxshilaydi, balki uning bozor o'rnini mustahkamlaydi va global

raqobatbardoshligini oshiradi.

Adabiyotlar/Литература/References:

Ashurov Z.A., Djalilov F.A., Urinov B.N. (2021) “Zamonaviy korporativ boshqaruv (xorijiy

tajriba)”. O‘quv qo‘llanma. –

“Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”

- nashriyoti, 245 bet.

Clarke, T. (2007)

“International Corporate Governance: A Comparative Approach”.

Michael C. Jensen va William H. Meckling (1976) “Theory of the Firm: Managerial Behavior,

Agency Costs and Ownership Structure”.

OECD (2023), G20/OECD Principles of Corporate Governance 2023, OECD Publishing, Paris,

https://doi.org/10.1787/ed750b30-en

.

OECD (2023), OECD Corporate Governance Factbook 2023, OECD Publishing, Paris,

https://doi.org/10.1787/6d912314-en

.

OECD (2025), Methodology for Assessing the Implementation of the G20/OECD Principles of

Corporate Governance 2025, OECD Publishing, Paris,

https://doi.org/10.1787/80996ea9-en

.

OECD. (2015). Corporate Governance: The Role of Boards in Monitoring and Protecting

Stakeholders.

Raghuram G. Rajan va Luigi Zingales (1998) “The Firm in the Theory of Finance”.

Shleifer, A. va Vishny, R.W. (1997) “A Survey of Corporate Governance”.

Stephen A. Ross va Randolph W. Westerfield (2004) “Corporate Finance”.

Urinov B.N., Kenjayeva U.F. (2024) Korporativ boshqaruv. Darslik

T.: OOO “DIADEMA NUR

SERVIS”, 405 b.

Библиографические ссылки

Ashurov Z.A., Djalilov F.A., Urinov B.N. (2021) “Zamonaviy korporativ boshqaruv (xorijiy tajriba)”. O‘quv qo‘llanma. – “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi” - nashriyoti, 245 bet.

Clarke, T. (2007) “International Corporate Governance: A Comparative Approach”.

Michael C. Jensen va William H. Meckling (1976) “Theory of the Firm: Managerial Behavior, Agency Costs and Ownership Structure”.

OECD (2023), G20/OECD Principles of Corporate Governance 2023, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/ed750b30-en.

OECD (2023), OECD Corporate Governance Factbook 2023, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/6d912314-en.

OECD (2025), Methodology for Assessing the Implementation of the G20/OECD Principles of Corporate Governance 2025, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/80996ea9-en.

OECD. (2015). Corporate Governance: The Role of Boards in Monitoring and Protecting Stakeholders.

Raghuram G. Rajan va Luigi Zingales (1998) “The Firm in the Theory of Finance”.

Shleifer, A. va Vishny, R.W. (1997) “A Survey of Corporate Governance”.

Stephen A. Ross va Randolph W. Westerfield (2004) “Corporate Finance”.

Urinov B.N., Kenjayeva U.F. (2024) Korporativ boshqaruv. Darslik – T.: OOO “DIADEMA NUR SERVIS”, 405 b.