Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.91118

Ключевые слова:

цифровые технологии цифровизация информационно коммуникационные технологии автоматизированные информационные технологии электроэнергетика технологические процессы предприятий электроэнергетики

Аннотация

В научной статье научно обоснованы некоторые проблемы, возникающие в процессе внедрения информационной системы, технология внедрения учета и контроля электроэнергии в ГАК «Узбекэнерго», традиционная структура ИКТ, формирование цифровой экономики, структура будущих подразделений ИКТ и внедрение и эксплуатация корпоративных информационных систем, ряд недостатков в организации этих систем, а также принципы всего мирового сообщества в этой сфере для успешной реализации программы цифровизации.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

222



RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ELEKTR ENERGIYA KOMPANIYASI BOSHQARUV

JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

i.f.d., dots.

To

ychiboyev Nozimjon

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

ORCID: 0009-0000-5868-7843

nozimjon_49@mail.ru

Annotatsiya.

Ilmiy maqolada axborot tizimini joriy etish jarayonlarida yuzaga keladigan

ba’zi muammolar, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning ”O‘zbekenergo” DAKga

qo‘

llash texnologiyasi, AKTning an

’anaviy tuzilishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi,

istiqboldagi AKT bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi hamda korporativ axborot tizimlarining joriy

etilishi va ishlashi, ushbu tizimlarni tashkil etishdagi bir qator kamchiliklar, raqamlashtirish

dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon hamjamiyati
tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiya, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, elektr energiya, elektr energiya

kompaniyalari texnologik jarayonlari.

ПЕРСПЕКТИВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОЦЕССОВ УПРАВЛЕНИЯ

ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИЧЕСКОЙ КОМПАНИЕЙ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

д

.

э

.

н., доц.

Туйчибоев Нозимжон

Андижанский институт экономики и строительства

Аннотация.

В научной статье научно обоснованы некоторые проблемы,

возникающие в процессе внедрения информационной системы, технология внедрения
учета и контроля электроэнергии в ГАК «Узбекэнерго», традиционная структура ИКТ,

формирование цифровой экономики, структура

будущих подразделений ИКТ и внедрение

и эксплуатация корпоративных информационных систем, ряд недостатков в

организации этих систем, а также принципы всего мирового сообщества в этой сфере

для успешной реализации программы цифровизации.

Ключевые слова:

цифровые технологии, цифровизация, информационно

-

коммуникационные технологии, автоматизированные информационные технологии,

электроэнергетика, технологические процессы предприятий электроэнергетики.

UO‘K:

331.545

IV SON - APREL, 2025

222-229


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

223

PROSPECTS FOR IMPROVING MANAGEMENT PROCESSES IN AN ELECTRIC POWER

COMPANY BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES

DSc, assoc. prof.

Tuychiboyev Nozimjon

Andijan Institute of Economics and Construction

Abstract.

The scientific article scientifically substantiates some of the problems that arise in

the process of implementing the information system, the technology for implementing electricity

metering and control in Uzbekenergo, the traditional structure of ICT, the formation of a digital
economy, the structural structure of future ICT units and the implementation and operation of

corporate information systems, a number of shortcomings in the organization of these systems, as

well as the principles of the entire world community in this area for the successful implementation

of the digitalization program.

Keywords:

digital technologies, digitalization, information and communication

technologies, automated information technologies, electric power industry, technological

processes of electric power enterprises.

Kirish.

So‘ngi yillarda kompaniyalarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda

korporativ axborot tizimlarini yaratish tobora omma-lashib bormoqda. Bunday tendensiyalar

nafaqat kompaniyaning biznes-

jarayonlariga, balki uning tuzilishiga ham ta’sir qilmoqda. Agar

oldinlari, AKTlari bo‘limi asosan “hisoblash” funksiyasini bajargan bo‘lsa, hozirgi vaziyatda bu
funksiya kompaniyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun yetarli ema

sligi

ma’lum bo‘lib qoldi.

Har qanday mamlakatda, uning iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar mamlakat

rivoji uchun jamiyatni raqamlashtirish muqarrar va zarurligi e’tirof etilmoqda. Ko‘pgina
mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy xususiyatlari va sharoitlaridan kelib chiqib, mi

lliy

raqamlashtirish dasturlarini yaratishgan. Bu dasturlarni ishlab chiqishda ular rivojlangan

davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan jamiyatni raqamlashtirish dasturlarini yaxshi va yomon

tomonlariga jiddiy e’tibor qaratishlari va raqamlashtirish yo‘nalishlarida ularni e’tiborga
olishlari zarur bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, AKTdan milliy iqtiso

diyotimizning turli

sohalarida foydalanish muammolari etakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislar, iqtisodiy

informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlari sohasida bir qator iqtisodchi

olimlarning fikrlari keltirib oʻtilgan. Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv

tizimlari sohasidagi taniqli olimlar, xususan,

Gʻulomov

(2010) tadqiqotlari milliy

iqtisodiyotning turli sohalarida AKTdan foydalanish va joriy etish samaradorligini oshirish

masalalariga bagʻishlangan

. Aripov (2003) axborot-kommunikasiya texnologiyalari bozorini

butun tizim sifatida koʻrib chiqadi

va ular asosida makrodarajada boshqaruv konsepsiyasini

taklif qiladi. Sultonovaning (2009)

ilmiy ishlarida temir yoʻl transporti korxonalarida

buxgalteriya hisobi ma'lumot tizimlarining ishlash usullari boʻyicha yon

doshuvlar va takliflar

berilgan. Shuningdek, Trofimova (2006) kompaniyalar va korxonalarni boshqarishda axborot

tizimlari va texnologiyalarini joriy etish

bo‘yicha hamda

Trubilina (2000) iqtisodiyotda

avtomatlashtirilgan axborot texnologiya darsligida kompaniyalarga avtomatlashtirilgan

axborot t

izimlarini joriy etish bo‘yicha bir qator ilmiy takliflar berishgan. Dresher

(2005) ham

ishlab chiqarish korxona va kompaniyalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish

yo‘nalashida bir qator ilmiy va naza

riy takliflarini asoslab bergan. Provalov (2008) esa

kompaniya va korxonalarni axborot texnologiyalarini boshqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘z

ilmiy taklif va tavsiyalarini bergan. Shu bilan birga mamlakatimiz olimlaridan Umarov (2018)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

224

kommunal to‘lovlari hisob

-kitob jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texno-logiyalarini

joriy etish bo‘yicha ham o‘z taklif tavsiyalarini asoslab bergan bo‘lib, hozida kommunal

to‘lovlari hisob

-

kitob bilan shig‘llanadigan korxonalarda ushbu berilgan ilmi

y takliflaridan

foydalanilmoqda.


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot olib borish davomida monografik tahlil hamda ekspert va tizimli tahlil

usullaridan foydalangan holda elektroenergiyani iste'mol qilish boʻyicha ma'lumotlarni yigʻish

va qayta ishlashning axborot jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar t

ayyorlandi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Axborot tizimini joriy etish jarayonlarida yuzaga keladigan ba’zi muammolar, oldindan

o‘rganish va tayyorlash, ushbu tizimni amalga oshirishni sezilarli darajada osonlashtiradigan

va tizimdan keng

foydalanish samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha quyidagi omillar mavjud:

1. Kompaniyada boshqaruv muammosining mavjud emasligi. Bu eng muhim va

murakkab muammolardan biridir. Ko‘pincha rahbarlar kompaniyani faqat o‘z tajribasi,

sezgilari, u haqidagi tasavvurlari va uning holati va dinamikasi to‘g‘risida yetarlicha bo‘lmagan
ma’lumotlar asosida boshqaradilar. Shu sababli, avtomatl

ashtirish loyihasining

muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lib, boshqaruv vazifalarini to‘g‘ri

va aniq qo‘yilishidir.

2.

Kompaniya tarkibini qisman yoki to‘liq qayta tashkil etish zarurati.

Avtomatlashtirish

samaradorligini oshirish uchun KATni keng joriy qilishdan oldin avtomatlashtiriladigan
kompaniya va uning biznes jarayonlarini qisman qayta tashkil etish kerak. Shu maqsadda

kompaniya faoliyatining barcha jabhalarida to‘liq va ishonchli o‘rganish o‘tkaziladi. Tadqiqot

natijasida olingan xulosalarga asoslanib, korporativ axborot tizimining joriy etishning butun

shemasi tuziladi. Kompaniyaning ichidagi faoliyat va tij

orat faoliyatini to‘liq qayta qurish shart

emas. Qayta tashkil etish joriy tijorat faoliyati sezilarli darajada olib borilmayotgan joy uchun

ob’yektiv ravishda amalga oshiriladi.

3.

Turli yo‘nalishlar bo‘yicha biznes jarayonlarini o‘zgartirish zaruriyati.

Samarali qurilgan

axborot tizimi har doim mavjud byudjetlashtirish va boshqaruvni rejalashtirish, shuningdek,

biznes jarayonlarni boshqarish texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritadi.

Korpora-tiv axborot

tizimining

afzalliklaridan biri boshqaruv hisobi va moliyaviy nazorat modullari bo‘lib, bu

kompaniya rahbariga vaqtni kechiktirmasdan va kerakli zvenolar orqali kompaniyaning barcha

faoliyati to‘g‘risidagi raqamli va ishonchli ma’lumotlarni olishga imkoniyat beradi.

Avtomatlashtirish tizimining keng joriy etilishi biznes jarayonlarni boshqarishda ham muhim

o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Integratsiyalashgan tizimdagi axborot maydonida ma’lum bir

biznes jarayonlarning tug‘ilishi yoki tugashini ko‘rsatadigan har bir huj

jat avtomatik ravishda

ushbu jarayonlarni ochgan birlamchi hujjat sifatida yaratiladi. Ushbu ish jarayonlari uchun

javobgar bo‘lgan xodimlar faqat nazorat qiladi va kerak bo‘lganda tizim tomonidan qurilgan
hujjatlarning pozisiyalariga o‘zgartirishlar kirit

adi.

4.

Kompaniya xodimlarining qarshiligi. Avtomatlashtirish paytida, ko‘pincha

xodimlarning faol qarshilik ko‘rsatishi kuzatiladi, bu esa loyihani buzish yoki sezilarli darajada

kechiktirishga olib keladi. Bunga bir nechta inson omillari sabab bo‘lishi mumkin, ya’ni odatiy
innovatsiya qo‘rquvi, konservatizm, ishdan bo‘shash yoki zaruriy narsadan mahrum bo‘lish

qo‘rquvi, shuningdek o‘z harakatlariga javobgarlikni oshirish qo‘rquvidir. Bunday holatlarda,

rahbarlar vaziyatning murakkabligiga qarab, xodimlar bilan tushuntirish ishlarini olib

borishadi, barcha darajadagi xodimlar avtomatlashtirishning muqarrarligini xis qilishadi,

shuningdek tegishli buyruqlar va yozma ko‘rsatmalar berish orqali amalga oshirish bilan

bog‘liq barcha tashkiliy qarorlarni kuchaytirish

adi.

5.

Axborot tizimini amalga oshirish jarayonlarida ishchilarga qo‘shimcha topshiriqlarning

ko‘payishi. Loyihani amalga oshirishning ba’zi bosqichlarida vaqtincha kompaniya ishchilariga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

225

topshiriqlar ko‘payadi. Buning sababi, xodimlar odatdagi ish majburiyatlarini bajarishdan
tashqari, yangi bilim va texnologiyalarni o‘rganishlari kerak bo‘ladi. Shu munosabat bilan

axborot tizimini amalga oshirish loyihasining ma’lum bosqichlari kechiktiri

lishi mumkin.

Bunday hollarda, yordam berishdan tashqari, turli xil tashkiliy choralar, shuningdek

rag‘batlantirish va minnatdorchilik, shu jumladan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
qo‘shimcha to‘lov ham qo‘llaniladi, bu o‘z navbatida qo‘shimcha xarajatla

rga olib keladi.

Korporativ axborot tizimlarining joriy etilishi AKTlari bo‘limiga biznesni tashkil etish uchun

mutlaqo boshqa ma’no beradi. An’anaviy model bo‘yicha bu xizmatni to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

kompaniyaning moliyaviy tuzilmasi vakiliga yoki moliyaviy direktoriga topshirishdir.

Kompaniya vakolatlari va ma’lumotlar almashish samaradorligini oshirish

-ning umumiy

tendensiyasi energiya bozorining ushbu segmentida mustaqil tuzilmalarni shakllantirishga olib

keladi. Avtomatlashtirishsiz ta’minlashning iloji bo‘lmagan keng qo‘lamli xizm

atlarga ega

energiya ta’minoti kompaniyalari g‘olib bo‘lishmoqda. Shunga o‘xshash vaziyat bugungi kunda
elektroenergetika va xususan energiya chakana savdosida tarkibiy o‘zgarish

larni amalga

oshirish jarayonlarida amalda rivojlanmoqda. elektr energiyasini hisobga olish va nazorat

qilish yuqoridagi muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning universal vositasi sifatida tobora

ommalashib bormoqda va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, 1-rasmda
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilis

hning ”O‘zbekenergo” DAK qo‘l

lash

texnologiyasi ishlab chiqdik.

1-rasm. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning

”O‘zbekenergo” DAK

ga

qo‘llash texnologiyasi

Manba:

muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Qayta ishlash markazi

`

Iste’molchi

Uylar

Elektron

hisoblagich

Elektroenergiya

Iste’mol to‘g‘risidagi
ma’lumotlar

Elektr energiya

ta’minoti


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

226

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni yuqoridagi konsepsiyasiga asoslanib,

zamonaviy va markazlashtirilgan hisob-

kitoblar mavjud bo‘lganda quyidagilarni amalga oshi

-

rish mumkin bo‘ladi:

elektr energiyasidan qarz mavjud bo‘lganda tizimdan o‘chirish;

to‘lovlarni qabul qilish tizimlari, to‘lov terminallari yoki elek

tron tizimlar bilan

integratsiyani kuchaytirish;

qarzni to‘lashi bilan kommunal tarmoqqa tezkor ulanish

;

kommunal xizmatlar iste’molchilarini qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’

lumotlarni real vaqt

rejimida ko‘rish imkoniyati.

Texnologik sikllarni va ularni avtomatlashtirishni loyihalashda optimal natijalarga

erishish uchun bir qator parametrlar hisobga olinadi. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida

jarayonlarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish, uning holatini kuzatish va mablag‘lardan

samarali foyda

lanishni ta’minlash kerak. Turli parametrlarni o‘lchash va nazorat qilish uchun

raqamli texnologiyalar energiya va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan birga

maxsulot sifatini yo‘naltirilgan to‘g‘ri, tex

nologik va eng muhimi, xavfsiz ishlab chiqarishini

tashkil etish imkonini beradi.

Shunday qilib, biz AKT bo‘limi tarkibini shakllantirish masalasiga kelamiz. Yetakchi

kompaniyalar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot tizimini keng joriy qilish boshlanishidan

oldin mavjud tuzilma tubdan o‘zgarishi kerak. Agar siz hozirda ishlayotgan ko‘plab

kompaniyalarning AKT bo‘limi uchun jadvalni ko‘rsangiz, bu holat yangi axborot tizimiga mos

kelmasligini ko‘rasiz

(2-rasm).

2-

rasm. AKTning ana’naviy tuzilishi

Manba:

muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Korporativ axborot tizimlarini keng joriy qilish bilan kadrlar tanlashda mutlaqo yangi

vazifalar paydo

bo‘ladi. Agar biz kompaniya ichidagi AKTlari xizmatlarining yangi joylashuvi

haqida gapiradigan bo‘lsak, demak birinchi savol

-

qanday odam AKTlari bo‘yicha direktor

lavozimini egallashi mumkin va u nima qilishi kerak bo‘ladi degan paydo bo‘ladi.

AKT bo‘limi boshlig‘i

Ishlanmalar bo‘limi

Joriy etish va foydalanish bo‘limi

Kompaniya ehtiyoji uchun dasturiy

ta’minotlar ishlab chiqish bo‘limi

Tizim va ofis dasturlarini kuzatish

bo‘limi

Texnologik bo‘lim

AKTga xizmat ko‘rsatish va ularni

ta’mirlash bo‘limi

IKT

Tizim va ofis dasturlarini kuzatish

bo‘limi

Kompyuter tarmoqlari

Telefon va aloqa vositalari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

227

Ushbu xodimga qo‘yiladigan talablar AKTlari sohasidagi bilim va tajribadan boshqaruv

sohasiga o‘tkaziladi. AKT bo‘limi barkamol xodimiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar tajriba va

bilimlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin:

-

kompaniyaning umumiy rivojlanishiga mos ravishda AKTlarini rivojlantirish

strategiyalari va taktikalarini shakllantirishda;

-

korporativ axborot tizimining qurilishini loyihalashtirishda (shu jumladan kompyuter

tarmoqlarini o‘rnatish, tegishli sinf ERP tizimlarini joriy etish, axborot xavfsizligi);

-

xodimlarni boshqarish va AKTlari bo‘limini tashkil etish;

-

AKT bo‘limining kompaniyada ishlayotgan oxirgi foydalanuvchilar bilan o‘zaro

munosabatini tashkil qilish;

-

kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va biznes jarayonlarni tushunish.

Korporativ axborot tizimlarini amaliyotga keng joriy qilishda tayyorgarlik va amalga

oshirish paytida kompaniyada yuzaga keladigan yana bir pozisiya - bu biznes tahlilchi

pozisiyasidir. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday xodimlar kuchsiz xodimlar bo‘lib

, ular

kompaniyada nima qilishlari aniq emas. Bu xodimning vazifalari oddiy, ya’ni dasturlarni

samarali ishlashi uchun oxirgi foydalanuvchi talablarini bajaradi.

Olib borilgan tadqiqotlarimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanib

borish tendensiyalari quyidagilar ekanligini ko‘rsatmoqda:

1. Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi. Eng yangi texnologiyalarni yaratish, global, milliy

va mintaqaviy axborot tarmoqlari va tizimlarini qurish, sivilizasiyaning axborot resurslarini
birlashtirish va ularga foydalanuvchilar uchun kirish imkoniyatlarini ochilishi inson

faoliyatining barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

2. Zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga, davlat boshqaruvi va

jamiyatning siyosiy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi yangi ommaviy axborot vositasi

sifatida internetning ahamiyati yanada oshib boradi.

3. Axborot mahsulotlari xizmatlari va bozorining globallashuvi.

4. Axborotlar rolining o‘zgarishi. Axborot jamiyatning strategik manbaiga aylanmoqda,

shuning uchun ham mamlakatda kompyuter savodxonligi, axborotlardan keng foydalanish

bo‘yicha boshqaruv madaniyati, AKTlari menejerlarining malakasini oshirish dasturlarin

i

shakllantirish va amalga oshirish har bir davlatning eng muhim vazifasiga aylanmoqda.

5. Fanning tubdan yangi ta’lim muhitini va axborot muhitini shakllantirish. Bu ilg‘or

AKTlaridan an’anaviy ta’limda ham, shakllanish va rivojlanishda, yangi masofaviy ta’lim
shakllarida, umr bo‘yi ta’lim olish uchun global muhitni yaratishni va undan keng

foydalanishni

nazarda tutadi.

6. Raqobat shakllarining o‘zgarishi. Taklif etilayotgan mahsulotlar va xizmatlarning narxi

va sifati raqobatidan asta-

sekinlik bilan biznes modellari va mahsulotlar sifatining o‘zgarishlar

tezligi nuqtayi-

nazaridan raqobatga o‘tish rejalashtirilmoqda.

7. Yangi biznes-modellarini ishlab chiqish va rivojlanishi. Avvalo, bu virtual iqtisodiyotni

yaratishdir, bunga elektron tijorat va uning vositalarining jadal rivojlanishi misol bo‘la oladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, virtual sanoat jahon iqtisodiyotini r

ivojlanishining asosiy

manbalaridan biriga aylanadi.

8. Kompaniyada axborot tizimining tobora ortib borayotgan ta’siri. Axborot tizimini joriy

etilishi kompaniya ichki tuzilishini o‘zgartirishiga, undagi xokimiyat taqsimlanishiga, yangi

siyosat va madaniyatni shakllantirilishiga, bandlik masalasiga va mehnat

tabiatini o‘zgarishi

hamda o‘qishga bo‘lgan ehtiyojlarni paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shaxs hal qiluvchi rol o‘ynaydigan ilg‘or AKTlari shaxsning shakllaniishi va rivojlanishiga

tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatib, ushbu tenden

-

siyalar ko‘p o‘rganilmagan va ularni bashorat

qilish qiyindir.

Biz bu shema yangi qo‘yilgan vazifalarga mos kelmasligini ko‘ramiz. Bo‘lishi mumkin

bo‘lgan yangi tuzilma quyida keltirilgan( 3

-rasm).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

228

3-rasm.

Istiqboldagi AKT bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi

Manba:

muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Bizning tadqiqotlarimizga ko‘ra, qayta tashkil etish jarayonida AKT xizmatlaridagi

xodimlar sonining qisqarishi 35-40% ga yetishi mumkin. Bundan tashqari, barcha AKTlarini

qo‘llash jarayonlarida bo‘lim sifat tarkibi bo‘yicha o‘zgarib turadi. Agar vazifani

belgilash va

amalga oshirishning dastlabki bosqichida qo‘llab

-quvvatlash xizmatlariga ega analitiklar va

ishlab chiqaruvchilarning nisbati taxminan 70-30 % ni tashkil etsa, tizimni ishga tushirish bos-

qichida bu nisbat aksincha ko‘rinadi.

Xulosa va takliflar.

Kompaniyalarda har bir ish joyida boshqaruv uchun korxonaning butun tarkibiy

iyerarxiyasi bo‘yicha energiya manbalarini iste’mol

qilishni boshqarish imkonini beradigan

avtomatlashtirilgan hisobga olish axborot tizimini yaratish kerak. Korporativ axborot

tizimlarining tarkibiy qismlarini tanlashni baholashda qarorlarni qabul qilishda ta’sir etuvchi

omillarni batafsil tahlil qilish za

rur bo‘ladi. Bunday holatda, boshqaruv tizimining maqsadlari

va funksiyalari axborot yondashuvidan foydalanilgan holda “natijalar/ xarajatlar” nisbatini

olish uchun kompleks ekspertizani tashkil etish usuli maqsadga muvofiqdir.

Korporativ axborot tizimlarining joriy etilishi va ishlashi, birinchi navbatda,

kompaniyaning boshqaruv tizimini tashkiliy va texnologik qayta qurish loyihalarini amalga

oshirish sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Elektr energiyasini hisobga olish va nazora

t qilishni

keng joriy qilish iste’mol qilingan elektroenergiya hajmi haqida tezkor va haqqoniy

axborotlarni olish imkonini berib, u o‘z o‘rnida elektroenergiya hisobini yuritish asboblarning

holatini nazorat qilishni ta’minlaydi. Elektrenergiya hisobini yu

ritishdagi qoidalarni buzishni

aniqlash va ularni bartaraf qilish elektrenergiyani iste’mol qilishni samarali nazoratini amalga

oshiradi.

Korporativ axborot tizimlarini tanlashga kirishdan oldin, barcha manfaatdor idoralar

tomonidan kelajakdagi axborot tizimi uchun batafsil talablarni shakllantirish kerak. Korporativ

axborot tizimlarini sotib olish natijasida kompaniyada yuzaga keladigan barcha xarajatlar va
imtiyozlarni sinchkovlik bilan tahlil qilish asosida uni joriy etishdagi xarajatlar oshib ketishini

oldini oladi. Kompaniyada axborot tizimining tobora ortib borayotgan ta’siri. Axborot tizimini

joriy etilishi kompaniya ichki tuzilishini

o‘zgartirishiga, undagi xokimiyat taqsimlanishiga,

yangi siyosat va madaniyatni shakllantirilishiga olib keladi.

AKT bo‘yicha direktor

Ma’lumotlar tarmog‘i

bo‘limi

Ishlab chiqarish va joriy

etish bo‘limi

Ekspluatatsiya va

kuzatish bo‘limi

Maxalliy

Korporativ

Telefon va aloqa

Masalaning qo‘yilishi

KATni joriy qilish va

sozlash

Kompaniya ehtiyoji

uchun dastur ishlab

chiqish

Loyihalarning texnik

ta’minoti

Xizmat ko‘rsatish va

ta’mirlash

KAT ni kuzatish

Tizim va ofis dasturlarini

kuzatish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

229

Adabiyotlar/Литература/References:

Aripov M. va boshqalar (2003) «Informatika, Informasion texnologiyalar». Toshkent, TDTU,

1-qism.

320 b.

Gʻulomov S.S., Begalov B.A. (2010) Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. –

T.: Fan,

- 704 b.

Umarov O. S. (2018) Kommunal

to‘lovlari jarayonlarini axborot tizimlari asosida samarali

tashkil etishning tadqiqoti («Toshkentshahargaz» korxonasi misolida) Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha

falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Toshkent, 162.

Дрешер Ю.Н. (2005) Организация информационного производства: учебное пособие. –

М.: ФАИР

-

ПРЕСС,

248 с.

Провалов В.С. (2008) Информационные технологии управления: учеб. пособие / М.:

Филинта: МПСИ –

376 с.

Султонова С.М. (2009) Информационные системы бухгалтерского учета: проблемы,

поиски, решения. Монография. –

Т.: Фан, 116 с.

Трофимова В.В. (2006) Информационные системы и технологии в экономике и

управлении: Учебник/ М.Высшее образование,–

480 с.

Трубилина И.Т. (2000) Автоматизированные информационные технологии в

экономике: учебник / М.Финансы и статистика.

Библиографические ссылки

Aripov M. va boshqalar (2003) «Informatika, Informasion texnologiyalar». Toshkent, TDTU, 1-qism.–320 b.

Gʻulomov S.S., Begalov B.A. (2010) Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.: Fan, - 704 b.

Umarov O. S. (2018) Kommunal to‘lovlari jarayonlarini axborot tizimlari asosida samarali tashkil etishning tadqiqoti («Toshkentshahargaz» korxonasi misolida) Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Toshkent, 162.

Дрешер Ю.Н. (2005) Организация информационного производства: учебное пособие. – М.: ФАИР-ПРЕСС, – 248 с.

Провалов В.С. (2008) Информационные технологии управления: учеб. пособие / М.: Филинта: МПСИ – 376 с.

Султонова С.М. (2009) Информационные системы бухгалтерского учета: проблемы, поиски, решения. Монография. – Т.: Фан, 116 с.

Трофимова В.В. (2006) Информационные системы и технологии в экономике и управлении: Учебник/ М.Высшее образование,– 480 с.

Трубилина И.Т. (2000) Автоматизированные информационные технологии в экономике: учебник / М.Финансы и статистика.