Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.91120

Ключевые слова:

банковские кредиты кредитование инвестиционных проектов кредитные линии промышленные предприятия

Аннотация

Инвестиционные кредиты коммерческих банков являются важнейшим источником долгосрочных финансовых ресурсов для промышленных предприятий, которые считаются основной отраслью экономики, и являются необходимым условием прогрессивного и инновационного развития экономики. В данной статье предлагается внедрить в кредитную деятельность банков эффективное кредитование инвестиционных проектов. Также на основе изучения факторов, влияющих на инвестиционную политику банков, разработаны соответствующие научные выводы и предложения.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

210


TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION KREDITLAR BERISH AMALIYOTINI

RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

dots.

Sharipov Ixtiyor

Ma’mun universiteti

ORCID: 0000-0001-9736-1731

ihtiyorshb@gmail.com

prof.

Qurbonov Rufat

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-6841-9292

rufatjon86@gmail.com

Annotatsiya.

Tijorat banklarning investitsion kreditlari iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi

hisoblangan sanoat

korxonalarini uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan taʼminlashning eng

muhim manbai boʻlib, iqtisodiyotni progressiv va innovatsion rivojlantirishning zarur sharti

hisoblanadi. Ushbu maqolada banklarning kreditlash faoliyati davomida investitsiya loyihalarini

samarali kreditlashni amaliyotga joriy etish taklif etilgan. shuningdek, banklar investitsion

siyosatiga taʼsir etuvchi omillarni tadqiq etish asosida tegishli ilmiy xulosa va takliflar ishlab

chiqilgan.

Kalit soʻzlar

:

investitsiya loyihalarini kreditlash, bank kreditlari, kredit liniyalari, sanoat

korxonalari.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ПРАКТИКИ ИНВЕСТИЦИОННОГО КРЕДИТОВАНИЯ

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

доц.

Шарипов Ихтиёр

Университет Мамуна

проф.

Курбонов Руфат

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

Инвестиционные кредиты коммерческих банков являются

важнейшим источником долгосрочных финансовых ресурсов для промышленных
предприятий, которые считаются основной отраслью экономики, и являются

необходимым условием прогрессивного и инновационного развития экономики. В данной

статье предлагается внедрить в кредитную деятельность банков эффективное

кредитование инвестиционных проектов. Также на основе изучения факторов, влияющих
на инвестиционную политику банков, разработаны соответствующие научные

выводы

и предложения.

Ключевые слова:

кредитование инвестиционных проектов, банковские кредиты,

кредитные линии, промышленные предприятия.

UO‘K:

332.834.13

IV SON - APREL, 2025

210-216


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

211

PROSPECTS FOR DEVELOPING THE PRACTICE OF INVESTMENT CREDIT OF

COMMERCIAL BANKS

assoc. prof.

Sharipov Ikhtiyor

Mamun University

prof.

Kurbonov Rufat

Tashkent State University of Economics

Abstract.

Investment loans of commercial banks are the most important source of long-term

financial resources for industrial enterprises, which are considered the main branch of the

economy, and are a necessary condition for the progressive and innovative development of the

economy. This article proposes to introduce effective lending for investment projects into the
lending activities of banks. Also, based on the study of factors influencing the investment policy of

banks, relevant scientific conclusions and proposals have been developed.

Keywords

:

investment project lending, bank loans, credit lines, industrial enterprises.

Kirish.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa,

moliyaviy sektorning liberallashuvi va bank tizimining modernizatsiyasi jarayonlari

investitsion kreditlarga bo‘lgan talabni keskin oshirdi. Investitsion kreditlar iqtis

odiyotning

real sektorini rivojlantirishda, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, texnologik yangilanishni
ta’minlashda va sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat

qilmoqda.

Investitsion jarayonlar milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishni, hududlarning

tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Bu esa o’z navbatida mamlakatimizga yirik hajmda investitsiyalar kiritishn

i talab qiladi va

mazkur jarayonda tijorat banklarining o’rni alohida hisoblanadi. Chunki respublikamizda

tijorat banklari asosiy investitsiya institutlari hisoblanadi hamda iqtisodiy rivojlanishda muhim

rol o’ynaydi.

Bu borada, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Mirziyoev

(2024)

o’z ma’ruzasida:

Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti natijasida banklarning moliyaviy barqarorligi va

faolligi oshib bormoqda. Xususan, sohadagi islohotlar tufayli so’nggi 5 yilda banklarning

kapitali 2 barobarga, kredit portfeli 2,3 barobarga hamda yillik kredit ajratish hajmi 1,8

barobarga ko’paydi”

-

deb ta’kidlab o’tdilar.

Shuningdek, t

o’rtta bank ilk bor evrobond chiqarib, chetdan 1 milliard 300 million dollar

resurs jalb etdi. O’tgan yili banklar 3,8 milliard dollarlik, shuningdek, ularning mijozlari
hukumat kafolatisiz 6 milliard dollarlik xorijiy kreditlarni to’g’ridan

-

to’g’ri olib k

elgan.

Zamon talabidan kelib chiqib, bu ishlarni yanada kengaytirish va loyihalarni sifatli amalga

oshirish zarur.

Shuningdek, Milliy bank hamda O’zsanoatqurilishbankning shu boradagi asosiy

rivojlanish yo’nalishlari belgilab olingan.

Joriy yilda Milliy bank tomonidan 6 milliard dollarlik

loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zargarlik tarmog’ida 2,1 trillion

so’mlik 526 ta, xizmatlar sohasida 41,8 trillion so’mlik kreditlar hisobidan 40 mingdan ortiq

loyihalarni am

alga oshirish va 2,5 million nafar aholi bandligini ta’minlash ko’zda tutilgan.

O’zsanoatqurilishbank

2024 yil xalqaro moliya bozorlaridan 3 milliard 100 million dollarlik

mablag’ jalb etishni maqsad qilgan. Bank mijozlari bilan umumiy qiymati 4 milliard 800 million

dollarlik investitsiya loyihalariga kirishilgan. Mazkur bank tomonidan qurilish materiallari
sohasida 2024-2025 yillarda 529 ta loyiha doirasida 2 milliard 800 million dollarlik xorijiy

investitsiyalar jalb qilinib, bu orqali 25 mingdan ziyod ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Milliy bank 967 ta, Sanoatqurilishbank 727 ta mahallada ishsiz aholi

bandligini ta’minlashga ko’maklashmoqda. Yana bir muhim jihati, banklar quyi bo’g’inga tushib


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

212

ishlayotgani uchun ko’plab biznes tuzilmalar “soya”dan chiqmoqda.

Jahon amaliyotidan

ma’lumki, tijorat banklari investitsiya siyosati, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy

o’zgarishlarni hamda iqtisodiyot samaradorligini oshirishga qaratilgan yirik investitsiya

loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lish

i lozim.

Yuqoridagi fikrlar, tijorat banklarida samarali investitsiya siyosatini shakllantirish,

ularning resurs bazasini yanada ko’paytirish hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashning

noan’anaviy manbalarini izlab topish, natijada esa tijorat banklarining i

nvestitsion kreditlar

berish amaliyotini rivojlantirishga yordam beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Iqtisodiyotni rivojlanishida investitsiyalar ahamiyati bilan bog’liq jarayonlar xorijlik va

mamlakatimiz iqtisodchilarining asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblangan. Iqtisodchi olim

Samuelsonning (1999)

fikriga ko’ra, investitsiyalash daromadlarni joriy iste’mol uchun

ishlatmasdan, ularni kelajakda ko’proq foyda olib, faoliyatni kengaytirish uchun sarflashdir.

Rossiyalik olim Margolin (2006) «Investitsiyalar» darsligida «Investitsiyalar

pul

mablag’lari, maqsadli bank jamg’armalari, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashina, asosiy

vositalar va boshqa mulk ko’rinishidagi kapital qo’yilmalarni, shuningdek, pul qiymatiga ega
bo’lgan mulkiy va

nomulkiy huquqlarni investorning strategik maqsadlarini ko’zlab ishlab

chiqarish va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritishdir», –

deb ta’riflaydi.

O’zbekistonda investitsiya masalalariga bir qator olimlarimiz tadqiqotlar olib borishgan.

Xususan, iqtisodchi olimlardan professor G’ozibekov

(2003) investitsiyalarni quyidagicha

ta’riflaydi: «Investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimoli bor risklar ostida kapitalni muayyan
jarayonlarga, muayyan vaqtga bog’lash bo’lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish

va jamg’arish maqsadiga qaratil

adi».

“Investitsiyalar” nemischa “investition”, lotincha “investio” so’zidan olingan bo’lib,

asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qo’yilmalar sarfi, ya’ni, xarajatlar yig’indisi, deb talqin
etilgan. Iqtisodiy lug’atda

(2004) «investitsiyalar -

kapitalni uzoq muddatli qo’yilmalar

tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan

xarajatlar yig’indisini aks ettiradi», –

deb ta’riflangan

. Bir guruh iqtisodchi-olimlar

investitsiyalarni barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni uzoq muddatli qo’yilmalar
tariqasida ishlab chiqarish tarmoqlariga sarf etiladigan xarajatlar yig’indisi sifatida

ta’riflashadi.

Tijorat banklari investitsiyasi deganda, bir tomondan tijorat banklarining barcha foyda

olish maqsadida joylashtirilgan resurslari tushunilsa, ikkinchi tomondan bu joylashtirilgan

mablag’larning muddati bo’yicha ajratilgan bir qismi tushuniladi. Bu yo’nalishlar bir

-biri bilan

chambarchas bog’liqlikda bo’lib,banklar o’z kapitali,aholi jamg’armalari va boshqa bo’sh pul

mablag’larini jamlab o’z resurslarini yaratadilar va ularni foydali maqsadlarda joylashtiradilar.
Mablag’larni jamlash operatsiyalarining hajmi va tarkibi banklarning kredit va investitsiya

port

feli holatini belgilaydi hamda investitsiya faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.

Bizning fikrimizcha muallif ushub tushunchani bir tomonlama ta’rif berishga yondashgan.

Chunonchi, investitsiya nafaqat uzoq muddatli balkim qisqa muddatli ham bo’lishi

mumkinligiga etarli e’tibor berilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolani tayyorlashda tijorat banklarining investitsion kreditlar berish

amaliyotini rivojlantirish istiqbollari bo’yicha amaliy ma’lumotlar tahlil qilindi va barcha

foydalanilgan ma’lumotlar amaldagi qonun hujjatlari va Markaziy bankning statistik
ko’rsatkichlari asosida mualllif tomonidan tadqiq qilindi. Maqolada guruhlashtirish,

taqqoslash, tizimli yondashuv, miqdoriy va tarkibiy tahlil usullari qo’llanildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

213

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun investitsion kreditlar ishlab chiqarish

samaradorligini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yaratish va eksport salohiyatini

kengaytirish vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsion kreditlarning ajratilishini kengaytirishning

asosiy muammosi bu banklar kapitalining hali rivojlanib ulgurmaganligi, investitsion kreditlar

resurs ba’zasining

cheklanganligidir. Bu muammoni hal qilish maqsadida doimiy ravishda

tijorat banklari ustav sarmoyasining hajmini ortirib borishga katta e’tibor berilmoqda.

Shuningdek, axoli qo’lida oborotdan tashqarida saqlanib, to’xtab turib qolgan pul mablag’larini

bank

ka jalb qilish bilan va yuridik shaxslardan depozitlar jalb qilish yo’llari bilan qisman

bo’lsada hal qilish mumkinligi sababli bu boradi kuchli investitsion siyosat olib borilayotganligi

alohida ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi.

Tahlillarimiz shuni ko’rsatadiki, tijorat banklarida investitsion kreditlar hajmining ortib

borishi bilan uning samaradorlik ko’rsatkichi asosiy masalalardan biri bo’lib bormoqda.

Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, moliyaviy mablag’lar cheklangan xozirgi sharoitda

investitsiya loyihalarini moliyaviy samaradorligini oshirish bilan bog’liq muammolar dolzarb

masala bo’lib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit quyilmalarining

umumiy hajmida investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadida berilgan investitsion

kreditlar salmog’i yuqori o’rinni egallaydi (1 jadval).

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit quyilmalarining umumiy hajmida uzoq

muddatli investitsion kreditlar salmog’i juda yuqori. Bu esa, banklarning investitsion

loyihalarni moliyalashtirish jarayonlariga keng ko’lamda jalb qilinganligi bilan izo

hlanadi.

1-jadval

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit quyilmalari va unda uzoq

muddatli kreditlarning salmog’

I (Ulashov va Hakimova, 2024)

.

Ko’rsatkichlar

Yillar

2018 2019 2020 2021 2022 2023

Kredit quyilmalari, trln. so’m

167,3 211,5 276,9 326,3 391,1 469,6

Uzoq muddatli kreditlarning kredit quyilmalarining

umumiy hajmidagi salmog’i, %

72,7

75,8

79,5

80,0

86,7

87,4

Biroq, investitsion kreditlarning brutto

kreditlar hajmidagi salmog’ining yuqori ekanligi

tijorat banklari faoliyatiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi. Chunki, tijorat

banklarida uzoq muddatli resurslarning etishmasligi tufayli, investitsion kreditlarning brutto

kreditlar hajmidag

i salmog’ining oshib ketishi banklarda transformatsiya riskining

chuqurlashishiga olib keldi

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda tijorat banklarining investitsion faoliyatini yanada

kengaytirishga, eksport qiluvchi korxonalarni hamda kichik biznesni

qo’llab

-quvvatlash

borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirishga, iqtisodiyotning real sektor

korxonalari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida

tijorat banklarining ushbu loyihalarda o’z kredit re

surslari bilan faol ishtirok etishlarini

ta’minlashga va pirovard natijada ularni yirik investitsiya institutlariga aylantirishga sharoit

yaratadi.

Respublikamiz tijorat banklarining etarli darajada likvidli ekanligi hamda ularning resurs

bazasini tobora mustahkamlanib borayotganligi ularning investitsion faoliyatini rivojlantirish

imkonini bermoqda. Shu o’rinda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ti

jorat banklarining

investitsion faollik darajalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki davlatimiz

rahbarining respublikamizga investitsiya jalb etish borasida olib borayotgan say-harakatlari

bevosita tijorat banklarining samarali faoliyat

yuritishiga bog’liq hisoblanadi.

Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning

raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va energiyani


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

214

tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida

talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish va shu orqali

mamlakatimizning moliyaviy-

iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda ban

k tizimi tomonidan olib

borilayotgan investitsion siyosat o’z samarasini bermoqda.

2-jadval

Kreditlar turlari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig’

i

mlrd.so’m

(cbu.uz, n.d.)

Ko’rsatkich nomi

01.02.2024 y. 01.02.2025 y.

O’zgarishi,

(foizda)

Jami kredit qoldig’i

469 600

533 989

14%

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoldig’i

149 894

179 852

20%

Ipoteka kreditlari

58 737

68 750

17%

Mikroqarzlar

25 155

43 986

75%

Iste’mol kreditlari

45 039

40 284

-11%

Ta’lim kreditlari

4 763

5 882

23%

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan

kreditlar

15 985

19 457

22%

Boshqa kreditlar

216

1 492

590%

Yuridik shaxslarga ajratilgan kredit qoldig’i

319 706

354 137

11%

Kredit tashkilotlari bo’lmagan yuridik shaxslarga

ajratilgan kreditlar

305 781

328 803

8%

Lizing va faktoring

2 068

2 640

28%

Banklararo kreditlar

925

694

-25%

Mikrokreditlar

5 429

17 194

217%

Sinditsiyalashtirilgan kreditlar

5 502

4 806

-13%


Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash,

zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish

maqsadlariga tijorat banklari tomonidan investitsion kreditlar ajratildi. Xususan 2024 yilda

banklar tomonidan ajratilgan investitsion kreditlarning asosiy qismi qishloq xo’jaligi, engil

sanoat hamda to’qimachilik sohalariga ko’plab investitsiyalar a

jratilgan.

1-

rasm. O’zbekistonda investitsion kreditlar taqsimoti

(2024) (cbu.uz, n.d.)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

215

Yuqoridagi keltirilgan rasmdan ko’rishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan o’tgan 2024 yilda ko’p milliard so‘mlik

investitsion kreditlar ajratilgan. Xususan:

-

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bo‘yicha davlat dasturlari doirasida qishloq xo‘jaligi,

yengil sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish materiallari sanoatlariga kreditlar

berilmoqda.

-

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab

-

quvvatlash maqsadida “Yoshlar

-

kelajagimiz”, “Har

bir oila -

tadbirkor” dasturlari orqali investitsion loyihalarga moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.

- Xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda xalqaro investitsion kredit

liniyalari ochilgan bo‘lib, ular orqali ilg‘or texnologiyalar jalb qilinmoqda.

Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq

muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i

stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat
qilmoqda. Tijorat banklarining jami aktivlari, kapitali va depozitlari miqdorining yuqoriligi

investitsion loyihalarni moliyalashtirish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Banklarning

kapitallashuv darajasining o’sishida

tijorat banklari tomonidan jalb qilinayotgan xorijiy

kredit resurslarini

ng o’rni kattadir.

3-jadval

2024 yilda tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit resurslarini jalb qilishning

maqsadli ko’rsatkichlari

mln doll (Qaror, 2024)

.

T/r

Tijorat banklari nomi

Kredit

liniyalari

soni

Xorijiy

investitsiyalar

umumiy

qiymati

shundan, 2024 yil jalb qilish rejasi

Jami

shu jumladan:

I

chorak

II

chorak

III

chorak

IV

chorak

Jami

70

3 067,5

2

332,2

278,1

550,2

759,3

744,6

1.

«Agrobank» ATB

4

200,0

200,0

5,0

10,0

70,0

115,0

2.

«Aloqabank» ATB

4

70,4

70,4

5,0

17,0

25,4

23,0

3.

«Asakabank» AJ

7

467,0

365,0 50,0

100,0 150,0

65,0

4.

ATB «Biznesni

rivojlantirish banki»

9

85,0

85,0

8,5

12,8

25,5

38,3

5. «Invest finans bank» AJ

2

75,0

27,9

4,2

5,6

8,4

9,8

6.

«Ipoteka bank» ATIB

4

342,0

200,0 25,0

60,0

35,0

80,0

7. «Mikrokreditbank» ATB

5

112,0

99,8

2,0

8,0

38,0

51,8

8.

«O’zmilliybank» AJ

7

1 022,0

600,0 62,0

160,0 170,0 208,0

9.

«O’zsanoatqurilishbank»

ATB

16

540,0

540,0 81,5

157,3 176,0 125,3

10.

AT «Xalq banki»

3

44,1

44,1

2,1

22,0

20,0

11. ChEKI «Hamkorbank»

ATB

9

110,0

100,0 35,0

17,5

39,0

8,5

Bugungi kunda O’zbekistonda Investitsion kreditlar iqtisodiyotga quyidagi yo‘nalishlarda

ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda:

1. Ish

o‘rinlarining yaratilishi –

yangi zavod va korxonalar ochilishi orqali minglab

odamlar ish bilan ta’minlanmoqda.

2. Texnologik yangilanish

xorijiy uskunalar xaridi va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish

orqali mahsulot sifati oshmoqda.

3. Mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligi

import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab

chiqarilishi natijasida tashqi iqtisodiy mustaqillik kuchaymoqda.

4. Hududlar rivoji

chekka hududlarda kreditlar hisobidan kichik sanoat zonalari tashkil

etilmoqda.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

216

Shu bilan birga

O‘zbekistonda investitsion kreditlar samaradorligini oshirish uchun

quyidagi strategik yo‘nalishlar muhim hisoblanadi:

- Raqamli kreditlash tizimini joriy etish

kredit olish jarayonlarini soddalashtirish uchun

avtomatlashtirilgan va onlayn platformalar orqali kredit arizalarini ko‘rib chiqish tizimini

kengaytirish.

- Foiz stavkalarini maqbullashtirish

real sektorning imkoniyatlariga mos foiz

stavkalarini belgilash orqali kredit olishni rag‘batlantirish.

- Garov tizimini isloh qilish

intellektual mulk, kelajakdagi daromad yoki sug‘urta

kafolatlarini garov sifatida qabul qilish mexanizmlarini ishlab chiqish.

- Moliyaviy savodxonlikni oshirish

tadbirkorlar va kichik biznes subyektlari uchun

investitsion loyihalarni to‘g‘ri rejalashtirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

Xulosa va takliflar.

Investitsion kreditlar O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular

real sektorning o‘sishiga xizmat qiluvchi asosiy moliyaviy instrumentlardan biri sifatida

qaralishi lozim. Mamlakatda mavjud iqtisodiy islohotlar va ochiqlik siyosati fonida ushbu

kreditlar tizimi yanada takomillashib, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng miqyosda jalb
qilish imkonini beradi. Kelgusida samarali moliyaviy boshqaruv, zamonaviy texnologiyalar va

institutsional islohotlar orqali investitsion kreditlarning roli yanada ortadi.

Shunday qilib, bank amaliyotida investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash

amaliyotining joriy etilishi investitsion kreditlash risklarini minimallashtirish maqsadida

kreditlarni ko’rib chiqish va berishning biznes jarayonini takomillashtiradi.

Adabiyotlar/Литература/References:

cbu.uz (n.d.) Available at: www.cbu.uz

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining

rasmiy sayti.

G’ozibekov D. G’. (2003) Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. Toshkent: «Moliya»

nashriyoti, 9-bet.

Kurbanov, R. (2020). The practice of strengthening of resource base in private banks.

International Journal of Economics, Commerce and Management, 8(3), 23485-0386.

Kurbonov PhD, R. (2021). Analysis of efficiency indicators of private banks activity.

International Finance and Accounting, (1), 11.

Qaror (2024) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14

-fevral 2024-yildagi

“O’zbekiston Respublikasining 2024 yil I choragiga mo’ljallangan investitsiya dasturini amalga

oshirish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi 92

-sonli Qarori.

Ulashov A.R., Hakimova G.R. (2024) Investitsiya loyihalarini kreditlash: muammolar va

echimlar (tijorat banklari misolida). Maqola. O’zbekiston milliy axborot agentligi

https://cdn.uza.uz/2024/06/07/16.

Yig‘ilish (2024) Prezident Shavkat Mirziyoev 2024 yil 20 may kuni xorijiy investitsiyalarni

jalb qilishda banklarning ishtiroki mavzusidagi yig’ilishi.

https://president.uz/uz

/lists/view/7246.

Марголин А. М. (2006) Инвестиции. М.: РАГС,–С.464.

Самуэльсон Пол А. (1999) Экономика: Издание 15

-

е. Пер. с англ. –

Бином М. –

КноРус,

-

С. 800.

Словарь (2004) Финансово

-

кредитный словарь. Т. 1. –

М.: «Финансы и статистика»,

2004 г. –

С. 470.

Библиографические ссылки

cbu.uz (n.d.) Available at: www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti.

G’ozibekov D. G’. (2003) Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. Toshkent: «Moliya» nashriyoti, 9-bet.

Kurbanov, R. (2020). The practice of strengthening of resource base in private banks. International Journal of Economics, Commerce and Management, 8(3), 23485-0386.

Kurbonov PhD, R. (2021). Analysis of efficiency indicators of private banks activity. International Finance and Accounting, (1), 11.

Qaror (2024) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-fevral 2024-yildagi “O’zbekiston Respublikasining 2024 yil I choragiga mo’ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 92-sonli Qarori.

Ulashov A.R., Hakimova G.R. (2024) Investitsiya loyihalarini kreditlash: muammolar va echimlar (tijorat banklari misolida). Maqola. O’zbekiston milliy axborot agentligi https://cdn.uza.uz/2024/06/07/16.

Yig‘ilish (2024) Prezident Shavkat Mirziyoev 2024 yil 20 may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtiroki mavzusidagi yig’ilishi. https://president.uz/uz /lists/view/7246.

Марголин А. М. (2006) Инвестиции. М.: РАГС,–С.464.

Самуэльсон Пол А. (1999) Экономика: Издание 15-е. Пер. с англ. – Бином М. – КноРус,-С. 800.

Словарь (2004) Финансово-кредитный словарь. Т. 1. – М.: «Финансы и статистика», 2004 г. – С. 470.