Авторы

  • Муаззамхон Шайсламова
    Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада Аль-Хорезми https://orcid.org/0009-0002-5458-8068
  • Муниса Шайзокова
    Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада Аль-Хорезми https://orcid.org/0009-0007-7375-8989

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.91121

Ключевые слова:

инновационная деятелност инновационный проект финансовый показател интегралный показател сравнителная матритса инновационная стратегия внутренние ресурсы инновационная экономика сифровая экономика инновационное развитие конкурентоспособност глобалност эффективност

Аннотация

В данной стате рассмотрена методология отсенки эффективности инновационной деятелности на телекоммуникатсионных предприятиях Узбекистана. Основными показателями, учтенными в методологии, являются уровен инновационной активности, экономические и сотсиалные резултаты от внедрения инноваций. Методология позволит отсенит эффективност инновационной деятелности и определит направления далнейшего совершенствования.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

202


TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT

SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULI

dots.

Shaislamova Muazzamxon

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

ORCID: 0009-0002-5458-8068

muazzam1981@mail.ru

Shayzoqova Munisa

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

ORCID: 0009-0007-7375-8989

munisa_shayzoqova8112@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonalarida

innovatsion

faoliyat samaradorligini baholash metodologiyasi ko‘rib chiqilgan. Metodologiyada hisobga

olingan asosiy ko‘rsatkichlar innovatsion faollik darajasi, innovatsiyalarni joriy etishdan olingan

iqtisodiy va ijtimoiy natijalardir. Metodologiya innovatsion faoliyat samaradorligini baholash va

yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

innovatsion faoliyat, innovatsion loyiha, moliyaviy ko‘rsatkich, integral

ko‘rsatkich, solishtirma matritsa, innovatsion strategiya, ichki

resurslar,

innovatsion iqtisodiyot,

raqamli iqtisodiyot,

innovatsion rivojlanish,

raqobatbardoshlik,

global, samaradorlik.

МЕТОДИКА ОТСЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛНОСТИ НА

ТЕЛЕКОММУНИКАТСИОННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ УЗБЕКИСТАНА

доц

.

Шайсламова Муаззамхон

Ташкентский университет информационных технологий

имени Мухаммада Аль

-

Хорезми

Шайзокова Муниса

Ташкентский университет информационных технологий

имени Мухаммада Аль

-

Хорезми


Аннотация.

В данной стате рассмотрена методология отсенки эффективности

инновационной деятелности на телекоммуникатсионных предприятиях

Узбекистана.

Основными показателями, учтенными в методологии, являются уровен инновационной

активности, экономические и сотсиалные резултаты от внедрения инноваций.

Методология позволит отсенит эффективност инновационной деятелности и
определит направления далнейшего совершенствования.

Ключевые слова:

инновационная деятелност, инновационный проект, финансовый

показател, интегралный показател, сравнителная матритса, инновационная

стратегия, внутренние ресурсы, инновационная экономика, сифровая экономика,
инновационное развитие, конкурентоспособност, глобалност, эффективност

.

UO‘K:

331.107.262.004.051

IV SON - APREL, 2025

202-209

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

203

METHOD OF EVALUATING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE ACTIVITIES OF

TELECOMMUNICATIONS ENTERPRISES IN UZBEKISTAN

assoc. prof.

Shaislamova Muazzamxon

Tashkent University of Information Technologies

named after Muhammad Al-Khwarizmi

Shayzoqova Munisa

Tashkent University of Information Technologies

named after Muhammad Al-Khwarizmi

Abstract

.

This article considers the methodology for assessing the effectiveness of innovative

activities at telecommunications enterprises in Uzbekistan. The main indicators taken into

account in the methodology are the level of innovation activity, economic and social results from
innovation. The methodology will assess the effectiveness of innovation activities and determine

the directions for further improvement.

Keywords

:

i

nnovative activity, innovative project, financial indicator, integrated indicator,

comparative matrix, innovative strategy, internal resources, innovative economy, digital economy,
innovative development, competitiveness, global, efficiency.

Kirish.

O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichida to‘liq

innovatsion faoliyatni amalga oshirish iqtisodiyotni yanada samarali qayta qurishni oldindan

belgilab beradigan vaziyat yuzaga keldi. So‘nggi o‘n yil mobaynida iqtisodiy muhit va xo‘jalik

yurituvchi sub’ektlarning innovatsion faolligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonini

o‘zgartirgan voqealar ro‘y berdi, ular xatti

-

harakatlarning stereotiplarini ko‘p jihatdan

o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi. Bozorda ba’zi yangi x

izmatlar, tovarlar, texnologiyalarning

paydo bo‘lishi va boshqalarning asta

-

sekin so‘nib ketishining asosiy sababi aynan

innovatsiyalar va korxonalarning innovatsion faoliyatidir. Shu sababli innovatsion faoliyat

iqtisodiyotni rivojlanishning innovatsion t

uriga o‘tkazishning dolzarbligini belgilab beradigan

davlat siyosatining eng muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida,
boshqaruvning qayta tuzilishini, turli sohalardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar darajasida

innovatsion faoliyatni tashk

il etish va rejalashtirishni oldindan belgilab qo‘ydi.

Rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyat va innovatsiyalar taraqqiyot va

iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylanmoqda.

Dunyo raqamli iqtisodiyotida kuzatilayotgan global oʼzgarishlardan ortda qolmaslikni

taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020

yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deya nomladi.

Davlat dasturini

bajarilishini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28

apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora

-tadbirlari

toʼgʼrisida”gi PQ

-4699-son qarori hamda

Oʼzbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020 yil 5

oktabrdagi «Raqamli Oʼzbekiston

-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga

oshirish chora-

tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF

-6079-son Farmoni qabul qilindi.

Innovatsiyalar

xo‘jalik yuritish sub’ektlarini modernizatsiyalashga, ularning

raqobatbardoshligini oshirib, zamon talablariga javob beradigan maxsulot va xizmatlarni

ishlab chiqarishiga imkoniyat yaratadi. Jahon iqtisodiyotida o‘zining munosib o‘rnini

egalashga intilayotgan Respublikamizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, xalqaro tajribaga

tayangan xolda uning asosiy tamoillarini o‘rganib, korxonalarning kundalik faoliyatida keng va
asosli ravishda qo‘llash davr talabidir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

204

Adabiyotlar sharhi.

Ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyat samaradorligini baholashning xar xil usullari

keltirilgan. Bu borada Zavlin, Fatxutdinov, Safronovlarning ishlari axamiyatga molik.

Zavlinning (1998)

fikriga ko‘ra innovatsiyalarning ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy samarasini

hisobga olish kerak. Innovatsiyalarning ijtimoiy oqibatlarini baholash samaradorlikni

baholashning eng murakkab qismidir. Bu ijtimoiy samaraning paydo bo‘lishini miqdoriy

o‘lchovda ko‘rsatish juda murakkabligi bilan bog‘liq. Usulning afzaligi shundaki

innovatsiyalarni amalga oshirishni to‘liq baholash imkonini beradi.

Fatxutdinov (2013) esa innovatsion faoliyat samaradorligini iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy,

ijtimoiy va ekologik nuqtai nazardan tahlil qilishni taklif etadi

. Keltirilgan to‘rta omilning har biri

uchun muallif o‘z ishida alohida ko‘rsatkichlar to‘plamini taklif etadi. Bu uslub innovatsion

faoliyatning resurslar va erishilgan natijalar orqali baholash imkoniyatini beradi. Ijtimoiy va

ekologik samara ko‘rsatkichlarini esa real baholash qiyinchilik tug‘diradi shuning uchun
ko‘pincha sifat ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Biroq, ijtimoiy samaradorlikning ba’zi

ko‘rsatkichlarini baholash mumkin, misol uchun: korxona xodimlarining daromadini o‘sishi va

ish o‘rinlarining ko‘payishi. Ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarining ba’zilarini, ya’ni ishlab

chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan chiqqindilarni kamaytirish yoki ekologik qonunchilikni

buzganligi uchun shtraflar hajmini pasaytirish orqali baholash mumkin.

Aniskin (2007) samaradorlikni aniqlash uchun innovatsion faollik koeffitsientidan

foydalanish yetarli deb hisoblaydi.

Innovatsion rivojlanishning resur va natija komponentlarini baholash zaruratini o‘z

ishlarida Dubrovina va Xramovalar (2013) yoritib berganlar.

Safronov (2014)

innovatsion faoliyatni baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan

foydalanishni taklif etadi:

Innovatsion faolliyatni moliyalashtirish koeffitsienti;

Bitta yangilikni ishlab chiqishning o‘rtacha davomiyligi;

Innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasi;

Innovatsion ishlanmani qo‘llash davrining davomiyligi;

Ilmiy ishlanmalarning patentlanganlik koeffitsienti;

Ilmiy texnik xodimlarning nashr etilgan ilmiy ishlari koeffitsienti;

Innovatsion faoliyat “leveridja” darajasi ya’ni qarzga olgan kapital bilan korxonaning

barcha aktivlari nisbatini tavsiflovchi innovatsion jarayonda qo‘llaniladigan korxonaning

moliyaviy holati ko‘rsatkichi

.

Safronov taklif etgan uslub innovatsion faoliyat harajatlar samaradorligini, ishlab

chiqarishda ilmiy izlanish va

ishlanmalarni qo‘llash natijaviyligini baholash, ishchi

xodimlarning innovatsion faolligini baholash imkoniyatini beradi. Biroq uslubda keltirilgan

ba’zi bir ko‘rsatkichlar yordamida monitoringni amalga oshirish qiyin. Shuning uchun bu uslub

amaliy qo‘llas

h uchun murakkab hisoblanadi.

Somenkova (2017) Innovatsion rivojlanish samaradorligini baholash uslubi moliyaviy

iqtisodiy (daromad, yalpi daromad, rentabellik, mehnat unumdorligi) va faqat innovatsion

jarayonni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga olishi zarur deb hisoblaydi. Innovatsion

r

ivojlanish samaradorligini aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimida

n foydalanish taklif

etiladi:

Korxonaning ilmiy salohiyati;

Mahsulotning yangiligi koefitsienti;

Ilmiy texnik izlanishlarga harajatlarning natijalari;

Ishlab chiqarishni modernizatsiyasining samaradorlik koefitsienti;

Ilmiy ishlanmalarni intensivligi koeffitsienti.

Bu ko‘rsatkichlar statistik axborot va buxgalterlik hisobotlari asosida hisoblab chiqish

taklif etilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

205

Yuqorida keltirilgan turli fikr va xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki korxonalarni

innovatsion faoliyati samaradorligini baholash uchun bir guruh ko‘rsatkichlar mavjud va ularni

asosan 4 qismga bo‘lish mumkin.

1.

Ilmiy texnik izlanishlarga ajratilgan harajatlarni korxona budjetidagi salmog‘i,

patentlar, litsenziyalar nau-xau larni sotib olishga qilingan harajatlar, xodimlarning ilmiy

texnik faolliklarini rag‘batlantirish va x.k.

2.

Yangiliklarni amaliyotgan tadbiq etish dinamikasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar. Yangi

ishlanmani yaratilishiga va uni ishlab chiqarishga tadbiq etilgunicha sarflangan vaqt,

ishlanmaning “hayot” sikli va x.k.

3.

Yangilanish ko‘rsatkichlari. Yangi ishlanmalar soni, mahsulotlarni yangilanib borish

dinamikasi, yangi mahsulotlar hajmi, ularni eksporti va x.k.

4.

Korxona tizimidagi innovatsiyalar bilan shug‘ullanadigan bo‘linmalarni soni, ulardagi

xodimlarning soni va ilmiy texnikaviy salohiyati va x.k.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada ilmiy adabiyotda keltirilgan

uslublarni ko‘pchiligi asosan ishlab

chiqaruvchi korxonalarda yoki ilmiy texnik ishlanmalarni yaratishga qaratilgan korxonalarni

innovatsion faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, telekommunikatsiyalar soxasidagi

korxonalarni faoliyatiga alohida e’tibor berilmagan. Ular faoliyatining o‘ziga xos taraflari

deyarli tahlil qilinmagan va yetarli darajada o‘rganilmagan. Pallister

(2010) korxonalar

innovatsion faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari korxona faoliyat ko‘rsatayotgan sohasiga

qarab, bir biridan fa

rq qilishini ko‘rsatib o‘tgan

.

Shu holatni inobatga olib, maqolada telekommunikatsiya sohasidagi korxonalarda

innovatsion faoliyat va uning o‘ziga xos taraflarini yoritishga urinamiz.

Ushbu tadqiqot ma’lumotlari rasmiy manbalardan olinib, taniqli iqtisodchi olimlarning

iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning ro‘li bo‘yicha ilmiynazariy qarashlarini

qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va mamlakatimizda erishilayotgan

yutuqlar bo‘yicha olingan natijalarga tayangan holda innovatsion tadbirkorlikni o‘rganishga

erishildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Telekommunikatsion

kompaniyalarning

raqobatbardoshligi

ularning

o‘zgarib

borayotgan tashqi muxit istiqbollarini ko‘ra bilish saloxiyatiga va bu o‘zgarishlarga, yangi

texnologiyalarni tadbiq qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, ko‘rsa

tilayotgan

xizmatlar turlarini ko‘paytirib sifatini oshirish orqali moslashib borish layoqatlariga

chambarchas bog‘liqdir. Yangi texnologiyalarni, uslublarni izlash, yaratish va ishlab

chiqarishga tadbiq etish telekommunikatsion kompaniyalarning muvaffaqiyatli faoliyatining
asosiy shartlaridan biridir. Shuning uchun ham korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil

qilish va uni boshqarishni tizimli yondashuv asosida olib borilishi talab qilinadi.

Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish soxasida innova

tsion faoliyatni boshqarish tizimi

asosan uch bo‘limdan iborat bo‘lib, bular boshqaruv sub’ektlari, ya’ni boshqaruvchilar,

boshqaruv ob’ektlari, ya’ni boshqariluvchilar va boshqarish “jarayoni”, ya’ni barcha ishtirokchi

bo‘limlarni o‘zaro aloqalari, “kirish” va “chiqishlari”, tegishli normativ xujjatlar va
yo‘riqnomalar bilan ta’minlangan ish jarayoni.

Innovatsion faoliyatni boshqaruv sub’ektlari innovatsion faoliyatni bevosita

ishtirokchilari bo‘lib, ular boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda o‘zaro hamkorlik

qilishadi va qarorlarni bajarilishini uzuluksiz nazorat qilib borishadi. Boshqaruv tizimini

muvaffaqiyatli faoliyati “Feedback” tizimini, ya’ni oliy boshqaruv sub’ektiga boshqaruv

jarayonining va boshqaruv ob’ektlarining amaldagi xolati to‘g‘risidagi axborotlarni uzuluksiz

qayta yetkazib turilishiga bog‘liq. Qayta aloqa orqali yetkazib

beriladigan iinovatsion

jarayonnig turli indikator/ ko‘rsatkichlarini taxlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

206

boshqaruv sub’ektlarining asosiy va murakkab vazifalari xisoblanadi. Bizning tadqiqot turli
indikatorlarni, ularning ahamiyati va ta’sir darajasiga qarab saralab, umumlashtirilgan

ko‘rsatkichlarni shakllantirish orqali boshqaruv sub’ektlariga bu vazifani y

engillashtirib, asosli,

samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Telekommunikatsion

korxonalarni innovatsion faoliyatini baxolashda taklif qilinayotgan besh omildan har biri
faoliyat samaradorligini bir tarafini yoritadi va faqat

o‘sha tarafdan taxlil qilish imkoniyatini

beradi. Innovatsion faoliyatning samaradorligini baxolashda aloxida omillardan tashqari,

yakuniy Integral ko‘rsatkichni shakllantirish korxona boshqaruviga Innovatsion faoliyat

natijalariga kompleks baxo berib, uni

ng samaradorligini oshirish yo‘nalishda kerakli

xarakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Yakuniy integral ko‘rsatkichni shakllantirish avval aniqlangan besh omildan, ularni ta’sir

darajasi va ahamiyatiga qarab, vazn koeffitsientlarini hisobga olgan holda bajariladi.

1-jadval

Telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini integral

ko‘rsatkichi

Umumlashtirilgan

ko‘rsatkich qiymati

Vazn

koeffitsienti

S -

Integral

ko‘rsatkich

1.

Moliyaviy iqtisodiy

ko‘rsatkich

F

𝑘

𝐹

𝑆𝐹

=

𝐹

× 𝑘

𝐹

2.

Innovatsion faoliyat moliyaviy

ko‘rsatkichi

𝐼

𝐹

𝑘

𝐼

𝑆𝐼

𝐹

=

𝐼

𝐹

× 𝑘

𝐼

3.

Korxona ichki resurslari

R

𝑘

𝑃

𝑆𝑃

=

P

× 𝑘

𝑃

4.

Innovatsion faoliyatning

natijaviyligi

𝑁

𝐼

𝑘

𝑁

𝑆𝑁

𝐼

=

𝑁

𝐼

× 𝑘

𝑁

5.

Korxonada raqamlashtirish

darajasi

R

𝑘

𝑅

𝑆𝑅

=

𝑅

× 𝑘

𝑅

Innovatsion faoliyatning

samaradorligini integral

ko‘rsatkichi

S

𝑘

𝐹

+

𝑘

𝐼

+

𝑘

𝑃

+

𝑘

𝑁

+

𝑘

𝑅

= 1

S=

𝑆𝐹

+

𝑆𝐼

𝐹

+

𝑆𝑃 + 𝑆𝑁

𝐼

+

𝑆𝑅


Jadvalda telekommunikatsion korxonalarda innovatsion faoliyatning samaradorligini

yakuniy integral ko‘rsatkichini shakllantirish usuli keltirilgan. Bu usuldan foydalangan xolda,

O‘zbektelekom korxonasining innovatsion faoliyati misolida 2016

- 2021 yillardagi innovatsion

faoliyatining samaradorligi integral ko‘rsatkichi xisoblab chiqildi (ilovada keltirilgan). Natija
shuni ko‘rsatayaptiki 2016 –

2019 yillarda innovatsion faoliyatning samaradorligi belgilangan

me’yor, ya’ni 1 dan pastroq bo‘lgan va 2020

- 21

yillarda me’yordan bir oz yuqori bo‘lgan.

2-jadval

“O‘zbektelekom” AKning innovatsion faoliyat samaradorligining integral ko‘rsatkichi

Yillar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

S

0,96

0,81

0,93

0,74

1,08

1,01

Eng past natija 0,74 integral ko‘rsatkich 2019 yilda bo‘lib, buning sabablaridan biri shu

yildagi moliyaviy omilning juda past darajada (0,28) bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Tahlil
davomida integral ko‘rsatkich bilan aloxida omillarni birgalikda o‘rganib ch

iqish investitsion

faoliyatning samaradorligini o‘sishini yoki pasayishi sabablarini aniqlashga va tegishli

boshqaruv amaliyotlarini yo‘lga qo‘yishda yaxshi samara beradi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

207

1-rasm

"O‘zbektelekom" AK innovatsion faoliyat samaradorligining integral

ko‘rsatkichi

Telekommunikatsion korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish

o‘ziga xos kompleks vazifa bo‘lib, bir necha shart va bosqichlardan iborat. Dastlabki bosqichda

korxonaning innovatsion faoliyatini tashkil qilish uchun bir nechta bazaviy shartlarni
bajarilishi zarur, bularning asosiylari:

-

Korxona raxbariyatini innovatsiyalarga qiziqishi va qo‘llab

-quvvatlashi.

-

Korxonaning innovatsion faoliyatdan ko‘zalagan maqsadlari, bu yo‘ldagi strategiyasini

aniqlash.

-

Innovatsion faoliyatning tashkiliy tizimlarini yaratish

-

Malakali xodimlarni tayyorlash, ularni innovatsion faoliyatga jalb qilish, qiziqtirish.

-

Innovatsion jarayonning barcha bosqichlari uchun kerakli xujjatlar, yo‘riqnomalar,

reglamentlarni ishlab chiqish.

Bu shartlarning bajarilishi telekommunikatsion korxonaning innovatsion faoliyatni

muvaffaqiyatli olib borishi uchun “zaruriy, lekin yetarli emas” shart bo‘lib, u faqat korxonaning

innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini belgilab beradi. Taklif etilayotgan innovatsion

faoliyatni tashkil qilish va boshqarish tizimi tashkilotdagi barcha xodimlarni innovatsion

faoliyat jarayonlariga jalb qilishdan tashqari, barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlariga

e’tiborni qaratish va nafaqat taqdim etilayotgan xizma

tlarning xususiyatlarini, balki tashkilot

faoliyatidagi turli sohalarni ham yaxshilashni nazarda tutadi. Mazkur tizim xizmat ko‘rsatish

davrining barcha bosqichlarida turli xil innovatsiyalarni joriy etish, shu jumladan tadqiqot va

ishlanmalar, materiallar

va uskunalarni sotib olish, xizmatlar ko‘rsatish va sotishdan keyingi

xizmat ko‘rsatish orqali taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlarining uzluksiz

takomillashtirishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobidan boshlab va texnik xizmat

ko‘rsatishgacha bo‘lgan tashkilot faoliyatining mutlaqo barcha funksional yo‘nalishlari,

jumladan texnologiya, marketing, logistika, moliya, kadrlar, mijozlara xizmat ko‘rsatish

tizimlari va boshqalar innovatsiyalarni joriy etish asosida takomillashtirilib borilishi kerak, bu

esa innovatsion faoliyatni boshqarishda izchillikni taminlab beradi.

Dastlabki bosqich qoniqarli bajarilganidan so‘ng, innovatsion jarayon avval

rejalashtirishdan boshlanadi, yangi ishlanmalarni ishlab chiqish, texnologiyalar va uskunalarni
sotib olish, yangicha xizmat turlarini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish uzuluksiz

jarayonga aylanishi shart. Bu faoliyatni boshqarishda jarayonni doimiy nazorat qilish,

natijalarni taxlil qilish muxim rol o‘ynaydi. Innovatsion faoliyat samaradorligiga umumiy baxo

berishda integral ko‘rsatkichdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Integral ko‘rsatkich

S >1

bo‘lsa, innovatsion faoliyat samaradorligi qoniqarli bo‘lib jarayonga keskin o‘zgartirishlar

kiritishni xojati yo‘q. Lekin agar integral ko‘rsatkichimiz

S < 1

bo‘lsa, u holda muallif tomonidan

taklif etilayotgan innovatsion faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va uning

0.96

0.81

0.93

0.74

1.08

1.01

0

0.2

0.4

0.6

0.8

1

1.2

2016

2017

2018

2019

2020

2021


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

208

omillarini, ya’ni: moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlar

F

, innovatsion faoliyat moliyaviy

ko‘rsatkichlari

𝐼

𝐹

, korxonaning ichki resurslari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar

P

, innovatsion

faliyatning natijaviylik ko‘rsatkichi

𝑁

𝐼

, korxona moliyaviy sohasida raqamlashtirish

R

jarayonlarini qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilish maqsadga muvofiq. Zarur bo‘lgan hollarda

innovatsion jarayonlarga korreksiyalar kiritish talab etiladi. Bu xarakatlar, taklif etilayotgan

algoritmda, rahbar xodimlarni innovatsion faoliyat bo‘yicha malakas

ini oshirish, kadrlarni

qayta tayyorlash va ilmiy tadqiqod institutlarini hamkorlik qilishga jalb qilish, tashkiliy

tuzilmalarni optimallashtirish, innovatsion jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va boshqalarni

o‘z ichiga oladi.

2- rasm. Telekommunikatsion korxonalarda innovatsion tizimni joriy etish algoritmi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel

www.sci-p.uz

209

Bu bosqich amalga oshirilgandan so‘ng korxona innovatsion faoliyatga tayyorgarlik

darajasini qayta aniqlash kerak. Taklif qilinayotgan innovatsion tizimni joriy etish algoritmi (2-

rasm) telekommunikatsion korxonalarining o‘ziga xos jixatlarini xisobga olg

an xolda tuzilgan

bo‘lib, innovatsion jarayonni uzuliksiz ravishda davom ettirishni va nazorat qilishni ta’minlab

beradi.

Xulosa va takliflar.

Telekommunikatsion korxonalarning innovatsion faoliyatini baholashda muallif

tomonidan taklif qilinayotgan besh omildan har biri faoliyat samaradorligini bir yo‘nalishini
yoritadi va shu yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilish imkoniyatini beradi. Innovatsion fao

liyatning

samaradorligini baholashda alohida omillardan tashqari, yakuniy integral ko‘rsatkichni

shakllantirish korxona boshqaruviga innovatsion faoliyat natijalariga kompleks baho berib,

uning samaradorligini oshirish yo‘nalishda kerakli harakatlarni aniq

lash va amalga oshirish

imkoniyatini beradi. Innovatsion faoliyatning samaradorligini baholashda alohida omillardan

tashqari, yakuniy Integral ko‘rsatkichni shakllantirish korxona boshqaruviga Innovatsion

faoliyat natijalariga kompleks baho berish imkoniya

tini yaratishi ko‘rsatilgan va integral

ko‘rsatkichni hisoblash usuli keltirilgan. “O‘zbektelekom”

AKsi misolida umumlashtirilgan besh

indikator va integral ko‘rsatkichlar hisoblab chiqilgan. Korxonalarda innovatsion faoliyatni

tashkil qilish va uni boshqarishni tizimli yondashuv asosida olib borilish zaruriyati takidlangan

va bu tizimning asosiy tashki

liy qismlari ko‘rsatilgan. Muallif tomonidan taklif qilingan

innovatsion faoliyatning samaradorligini baholash usuli asosida telekommunikatsiya

korxonalarining o‘ziga xos taraflarini hisobga olgan holda, innovatsion jarayonni uzuliksiz

ravishda tashkil eti

sh va nazorat qilishni ta’minlab beradigan tizimni joriy etish algoritmi ishlab

chiqilgan.

Adabiyotlar/Литература/References:

O‘zbektelekom AK (2021) Pul oqimlari monitoringi tizimi muallif tarafidan dissertatsiya

ustida ishlash jarayonida ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etilgan. O‘zbektelekom AK sining

21.10.2021 yil №27

-01-10/4519 sonli Dalolatnomasi.

Pallister I.(2010) Innovation Update 08-10: Measuring Innovation.
Rakhimhodjaevna, S. M. (2021). Ways to increase enterprise efficiency. Conferencea, 17-20.

Raximxodjaevna, S. M. (2023). Telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat

samaradorligini baholash usuli. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (4), 32

-42.

Shaislamova, M. (2021). Organization of innovative activities in telecommunications

enterprises. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education, 12(9), 1434-1441.

Анискин Ю.П. (2007) Корпоративное управление инновационным развитием. /

Монография / Под ред. Ю.П. Анискина.

-

М.: «Омега

-

Л»,–

411 c.

Дубровина Н.А., Храмова Е.С. (2013) Метод оценки эффективности инновационной

деятельности промышленного предприятия // Вестник Самарского государственного
университета.–

№ 4. –

c. 137-146.

Завлин П.Н., Васильев А.В. (1998) Оценка эффективности инноваций.

-

СПб.: Изд

-

во

«Дом «Бизнес

-

пресса»,–

216 c.

Сафронов Д. М. (2014)

К вопросу об оценке эффективности инновационной

деятельности предприятия

// Сибирская финансовая школа.–

№ 2(103). –

c. 83-87.

Соменкова Н.С. (2017) Совершенствование методики оценки эффективности

инновационного развития предприятия/ Российское предпринимательство Том18,

Номер 5,март.

ISSN 1994-6937.

Фатхутдинов Р.А. (2013) Инновационный менеджмент. / Учебник для вузов.

-

СПб.:

Питер,–

448 c.

Библиографические ссылки

O‘zbektelekom AK (2021) Pul oqimlari monitoringi tizimi muallif tarafidan dissertatsiya ustida ishlash jarayonida ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etilgan. O‘zbektelekom AK sining 21.10.2021 yil №27-01-10/4519 sonli Dalolatnomasi.

Pallister I.(2010) Innovation Update 08-10: Measuring Innovation.

Rakhimhodjaevna, S. M. (2021). Ways to increase enterprise efficiency. Conferencea, 17-20.

Raximxodjaevna, S. M. (2023). Telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash usuli. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (4), 32-42.

Shaislamova, M. (2021). Organization of innovative activities in telecommunications enterprises. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education, 12(9), 1434-1441.

Анискин Ю.П. (2007) Корпоративное управление инновационным развитием. / Монография / Под ред. Ю.П. Анискина. - М.: «Омега-Л»,– 411 c.

Дубровина Н.А., Храмова Е.С. (2013) Метод оценки эффективности инновационной деятельности промышленного предприятия // Вестник Самарского государственного университета.– № 4. – c. 137-146.

Завлин П.Н., Васильев А.В. (1998) Оценка эффективности инноваций. - СПб.: Изд-во «Дом «Бизнес-пресса»,– 216 c.

Сафронов Д. М. (2014) К вопросу об оценке эффективности инновационной деятельности предприятия // Сибирская финансовая школа.– № 2(103). – c. 83-87.

Соменкова Н.С. (2017) Совершенствование методики оценки эффективности инновационного развития предприятия/ Российское предпринимательство Том18, Номер 5,март.ISSN 1994-6937.

Фатхутдинов Р.А. (2013) Инновационный менеджмент. / Учебник для вузов. - СПб.: Питер,– 448 c.