Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
196
KICHIK BIZNESNI YURITISHDA RAQAMLI PLATFORMALARDAN
FOYDALANISHDA VUJUDGA KELADIGAN XATARLAR
PhD, prof.
Primov Muxiddin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-7256-9090
Rizayeva Nilufar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0005-5690-1945
Annotatsiya.
Maqolada raqamli platformalardan foydalanishda yuzaga keladigan xatarlar
va ularning iqtisodiyot, xavfsizlik hamda ijtimoiy hayotga ta’siri yoritilgan. Raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qanday farq qilishi,
uning statistik jihatdan baholanishidagi muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli
platformalarda yuzaga keladigan xavflar
–
ijtimoiy muhit xatarlaridan tortib, moliyaviy
firibgarliklar, kiberjinoyatlar, psixologik salbiy ta’sirlar va algoritmik manipu
lyatsiyalargacha
batafsil ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur
chora-
tadbirlar, mavjud to‘siqlar va xalqaro tajriba asosida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
vazifalar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Internetdagi ke
ng tarqalgan firibgarlik turlari va ularning real
hayotdagi misollari orqali foydalanuvchilarni ogohlikka chaqirish asosiy e’tiborda turadi.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes,
raqamli iqtisodiyot, raqamli platformalar, elektron tijorat,
internet firibgarligi, kiber jinoyatlar, fishing, ransomware, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellect,
maxfiy ma’lumotlar, xavfsizlik xatarlari, deepfake, onlayn to‘lovlar, platforma manipulyatsiyas
i,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
РИСКИ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ЦИФРОВЫХ ПЛАТФОРМ
ДЛЯ ВЕДЕНИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА
PhD
, проф.
Примов Му
x
иддин
Ташкентский государственный экономический университет
Ризаева Нилуфар
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В статье рассматриваются риски, возникающие при использовании
цифровых платформ, и их влияние на экономику, безопасность и общественную жизнь.
Анализируются различия в развитии цифровой экономики между развитыми и
развивающимися странами, а также сложности, связанные с её статистической
оценкой. Кроме того, подробно рассматриваются риски, возникающие в цифровом
пространстве –
от угроз в социальной среде до финансовых махинаций,
киберпреступности, психологических последствий и манипуляций алгоритмами. Также
рассматриваются задачи по развитию электронной коммерции в Узбекистане,
существующие препятствия и международный опыт. Приводятся реальные примеры
распространённых
видов
интернет
-
мошенничества
с
целью
повышения
осведомлённости и цифровой
грамотности пользователей.
UO‘K:
33.338
IV SON - APREL, 2025
196-201
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
197
Ключевые слова:
малый бизнес, цифровая экономика, цифровые платформы,
электронная коммерция, интернет
-
мошенничество, киберпреступность, фишинг,
вымогательские
программы,
социальные
сети,
искусственный
интеллект,
персональные данные, риски безопасности, дипфейк, онлайн
-
платежи, манипуляции
платформ, информационно
-
коммуникационные технологии.
RISKS ARISING FROM THE USE OF DIGITAL PLATFORMS FOR SMALL
BUSINESS
PhD, prof.
Primov Muxiddin
Tashkent State University of Economics
Rizayeva Nilufar
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article explores the risks associated with the use of digital platforms and their
impact on the economy, security, and social life. It analyzes the differences in the development of
the digital economy between developed and developing countries, as well as the challenges of
measuring it statistically. Furthermore, the article provides a detailed overview of risks related to
digital platforms
–
from social environment threats to financial fraud, cybercrimes, psychological
impacts, and algorithmic manipulations. Specific measures for developing e-commerce in
Uzbekistan, existing obstacles, and international experience are also discussed. Real-life examples
of common types of internet fraud are presented to raise public awareness and digital literacy.
Keywords:
small business, digital economy, digital platforms, e-commerce, internet fraud,
cybercrimes, phishing, ransomware, social networks, artificial intelligence, personal data, security
risks, deepfake, online payments, platform manipulation, information and communication
technologies.
Kirish.
Jahon global axborot iqtisodiyoti sharoitida faqatgina rivojlangan sof bozor iqtisodiyotiga
o‘tgan mamlakatlardagina raqamli iqtisodiyoti tez o‘sadi, aksincha an’anaviy shartnomalar
asosida faoliyat yuritayotgan sof bozor iqtisodiyotiga o‘tmagan mamlakatla
rda raqamli
iqtisodiyotning o‘sib borishi sekin kechadi. Milliy iqtisodiyotlar va kompaniyalar oldida raqamli
iqtisodiyot qiymatini o‘lchash birmuncha qiyinchilik tug‘dirmoqda, buning asosiy sabablaridan
biri sifatida quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin. Birinchidan, raqamli iqtisodiyotning
keng tarqalgan ta’rifi va aniq o‘lchov mexanizmi mavjud emas. Ikkinchidan, uning ildizi (kaliti)
bo‘yicha ishonchli statistika tarkibiy qismlar va o‘lchamlar, ayniqsa rivojlanayotgan
mamlakatlarda, ma’lumotlar yetis
hmayapdi. Bir qator mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni
boshqarish tezkorlik jarayonlarini o‘lchash va uning statistik hisobotlarini yuritish
mexanizmlarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Bu dastur juda katta bilim va malaka talab
qilmoqda.
Bugungi kunda ayrim milliy iqtisodiyotlarning YaIM tarkibida raqamli iqtisodiyotning
ulushi o‘rtacha 4,5 dan 15,5 foizgacha baholanmoqda. Qo‘shilgan qiymatga nisbatan axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy birgalikd
a dunyoning
deyarli 40 foizini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotning ulushi sifatida ushbu sohada eng katta
hisoblanadi Xitoy, Irlandiya va Malayziyaning qator viloyatlarida. AKT sohasida global ish bilan
bandlik keyingi yillarda oshib bormoqda masalan, 2010 yilda 34 milliondan 2019 yilga kelib 43
milliongacha yetdi.
Adabiyotlar sharhi.
Raqamli platformalar va ularning iqtisodiyot, ijtimoiy muhit hamda xavfsizlikka ta’siri
so‘nggi yillarda global miqyosda keng o‘rganilmoqda. Dastlabki tadqiqotlar, jumladan, OECD
(2020), World Bank (2021) hamda McKinsey Global Institute (2019) hisobotlarida raqamli
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
198
iqtisodiyotning o‘sish tendensiyalari va bu yo‘ldagi muammolar atroflicha yoritilgan. Ayniqsa,
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
raqamli
transformatsiya
va
statistik
baholash
mexanizmlarining yetarlicha shak
llanmagani alohida ta’kidlanadi
(Ilyosov va Kurpayanidi,
2021). Raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va yechimlar va Ayupov va
Boltaboevaning “Raqamli iqtisodiyot asoslari”. Ushbu darslikda raqamli iqtisodiyotning nazariy
va amaliy jihatlari, shuningdek, kichik biznesda raqamli texnologiyalardan foydalanish
masalalari yoritilgan. Sh. Ergashevaning “Raqamli xizmatlar va platformalar kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish asosi” nomli maqolasida raqamli xizmatlar va platformalarning
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan (Eliboyev va Rustamov,
2024)
. Iqtisodiyotda raqamli platformalarni oʻrni va ahamiyati togrisida ma’lumotlar
berishgan. Albatta ushbu mavzuda juda ko’plab boshqa olimlarimiz va yosh tadqiqotchilar ilmiy
izlanishlarni olib borishgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda quyidagi metodologik yondashuvlardan foydalanildi:
1.
Tahliliy-uslubiy yondashuv (analitik metod): Raqamli platformalarning iqtisodiyot,
xavfsizlik va ijtimoiy hayotga ta’siri, statistik ma’lumotlar va xalqaro
hisobotlar asosida tahlil
qilindi. YaIMdagi raqamli iqtisodiyot ulushi, AKT sektorining rivojlanishi, ish bilan bandlik
statistikasi va xalqaro solishtirma tahlillar asos qilib olindi.
2.
Taqqoslash (komparativ) usuli: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
o‘rtasidagi raqamli transformatsiya sur’atlari va uslublari o‘zaro solishtirildi.
Xalqaro tajribalar
asosida O‘zbekiston uchun mos chora
-tadbirlar belgilandi.
3.
Empirik
yondashuv:Internet
firibgarligi,
kiberjinoyatlar
va
algoritmik
manipulyatsiyalar borasidagi real hayotdan olingan misollar empirik faktlar sifatida tadqiqotga
kiritildi. “WannaCry”, “Podesta email hack”, “Deepfake” kabi voqealar asosida tahlillar o
lib
borildi.
4.
Kontent-
tahlil: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlar, soxta
akkauntlar va firibgarlik sxemalarining kontentiga asoslangan holda ulardan kelib chiqadigan
tahdidlar tahlil qilindi.
5.
Ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish: Tadqiqot davomida aniqlangan xavf turlari
asosida O‘zbekiston sharoitida elektron tijorat va raqamli platformalarni xavfsiz rivojlantirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamli platformalardan foydalanishda vujudga keladigan xatarlarning turli xil
ko’rinishlari mavjud.
Ijtimoiy muhit xatarlar bu f
iribgarlik (scam), ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on
ma’lumotlarning tarqalishi, onlayn bezorilik (cyberbullying).
Platformalardagi kontentni
moderatsiya qilishning samaradorligini baholash.Yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash uchun sun’iy
intellekt texnologiyalaridan foydalanish. Platformalardan noxolis foydalanish. Soxta
akkauntlar, manipulyatsion algoritmlar (foydalanuvchini ma’lum maqsadlar uchun
yo‘naltirish). Onlayn to‘lovlar vaqtida firibgarlik, moliyaviy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi.
To‘lov tizimlarining himo
ya darajasini baholash va xavfsizlik sertifikatlarini tekshirish.
Platformaning shaffofligini ta’minlash, foydalanuvchilarni ma’lumotdan oqilona foydalanishga
o‘rgatish.
Algoritmlar tahlilini o‘tkazish va ularning ishlash mexanizmlarini ommaga oshkor
qilish.
Psixologik va ijtimoiy salbiy ta’sirlar.
Platformalarga qaramlik, ruhiy bosim.
Foydalanuvchilarning platformalardan foydalanuvchanlik statistikasi asosida salbiy
oqibatlarni tahlil qilish.
Salbiy oqibatlarni kamaytirish bo‘yicha ma’rifiy dasturlarni tas
hkil
etish. Shubhali operatsiyalarni avtomatik ravishda aniqlovchi tizimlarni joriy etish.
Xalqaro tajribani o‘rganish natijasida, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish
uchun amalga oshiriladigan vazifalarni ikki qismga ajratib olish maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
199
1. Bugungi kunda O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan vazifalar.
Bularga logistika va tezkor yetkazib berish tizimlarini rivojlantirish, aloqa xizmatlari sifatini
yaxshilash va qamrab olish darajasini kengaytirish, to‘lov tizimilarini kengaytirish. PayPal kabi
xalqaro to‘lov tizimlariga qo‘shilish onlayn do‘konlarda ovozli qidi
ruv funksiyasini joriy etish
kiradi.
2. Elektron tijoratni rivojlanishi natijasida O‘zbekistonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni oldini olish maqsadida hozirdan shakllantirib borishi zarur bo‘lgan vazifalarga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: aholining real daromadlarini barcha mintaqalarda bir xil
o‘sishini ta’minlash, logistika bo‘yicha katta hamda kichik korxonalarni ko‘proq ochilishini
ta’minlash, barcha mintaqalarni to‘liq aloqa xizmatlari bilan qamrab olish; tizim ustidan
qonuniy nazorat muammosi, elektron tijorat rivojlangan mamlakatlarda bu muammo
allaqachon vujudga kelgan. Mahsulot sifati muammolari, Internet tarmog‘ida sotuvchi ham,
xaridor ham anonim bo‘lganligi va mahsulotni bevosita ko‘rmasligi tufayli mahsulotlarning real
sifati Internet tarmog‘ida ko‘rsatilganidan far
q qilishi mumkin.
Internet firibgarlikning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz.
1. Fishing (inglizcha fishing “baliq ovlash”)
-
bu internetdagi firibgarlikning bir turi bo‘lib,
uning maqsadi foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini, ya’ni login va parollarni qo’
lda
kiritish. Hozirgi kunda fishingning asosiy maqsadi
–
plastik kartadagi ma’lumotlarni qulga
kiritish va unday o‘z maqsadida foydalanish hisoblanadi.
2. Internet-
tilamchilik. Internetda kasal bolalarga moliyaviy yordam so‘rovchi xayriya
tashkilot, bolalar uyi yoki boshqa shu kabi tashkilotlarning e’loni chiqishi mumkin. Internet
firibgarlar haqiqiy xayriya saytlarning dublyor-saytini yaratadilar va pul
o‘tkazmalarning
rekvizitlarini o‘zgartirib quyadilar.Aldanib qolmaslik va pulingizni firibgarlar qo‘liga bermaslik
uchun, ko‘rsatilgan tashkilotga qayta qo‘ng‘iroq qilish, hisob raqamini tekshirish yoki shaxsan
tashrif buyurish uchun dangasalik qilmaslik k
erak , ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligiga ishonch
hosil qilib, ishning barcha tafsilotlarini bilgan holda, pulni o‘tkazish o‘tkazmaslikka qaror qilish
lozim.
3. Chet el fuqarolariga nisbatan firibgarlik (nikoh firibgarlik).
Haqiqiy hayotda o‘z umr yuldoshlarini topmaganligi sababli ko‘p erkaklar ularni internet
saytlarida qidirishni davom etadilar. Qidiruvlar turli tanishuvlar tanishuv saytlarida
boshlanadi, bu yerda qizlar o‘zlarining fotosuratlarini joylashtiradilar.
4.
Raqamli platformalardan foydalanish bilan bog‘liq kiberjinoyatlar zamonaviy davrda
keng tarqalgan.
Quyida turli yo‘nalishlardagi kiberjinoyatlarga real hayotdan misollar keltiriladi:
1. Fishing (aldov
orqali ma’lumot olish)
Misol: 2016 yilda "Podesta email hack" voqeasi yuz berdi. Xakerlar Google’dan kelgan
soxta e-mail yordamida Jon Podesta (AQSh siyosatchisi)ning Gmail hisobiga kirishdi va minglab
shaxsiy e-
maillarni o‘g‘irlab, ularni ommaga tarqatdi. Xavfi: Bu usul orqali
foydalanuvchilarning
login, parol yoki kredit karta ma’lumotlari qo‘lga kiritiladi.
2. Ransomware (fidyaga olinuvchi dasturlar) Misol: 2017 yilda "WannaCry" dasturi orqali
xakerlar minglab kompyuterni bloklab, ma’lumotlarni ochish uchun foydalanuvchilardan pul
talab qilishdi. Ushbu hujum dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlariga zarar yetkazdi. Xavfi:
Tizimlar ishlashdan to‘xtaydi va moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.
3. Soxta onlayn do‘konlar va moliyaviy firibgarliklar
.
Misol: COVID-19 pandemiyasi davrida odamlarni aldash uchun soxta onlayn dorixonalar
yaratildi. Ular foydalanuvchilardan to‘lovlarni oldindan qabul qilib, mahsulotlarni yetkazib
bermaslikni odat qildi. Xavfi: Foydalanuvchilarning nafaqat pullari, balki moliyaviy
m
a’lumotlari ham o‘g‘irlanishi mumkin.
4. Shaxsiy ma’lumotlarning ommaviy tarqalishi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
200
Misol: 2019 yilda Facebook ma’lumotlar bazasi xakerlar hujumiga uchradi va 533
milliondan ortiq foydalanuvchining telefon raqamlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlari tarqaldi.
Xavfi: Shaxsiy ma’lumotlar noqonuniy ishlatilishi yoki sotilishi mumkin.
5. Soxta akkauntlar orqali ijtimoiy manipulyatsiya.
Misol:2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlari paytida "Internet Research Agency"
(Rossiyadagi tashkilot) tomonidan minglab soxta ijtimoiy media akkauntlari ochilib,
fuqarolarning qarorlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida yolg‘on ma’lumotlar tarqatildi. Xavfi
: Bu
demokratik jarayonlarga va jamoatchilik fikriga salbiy ta’sir qiladi.
6. Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlik firibgarligi
Misol: Bir necha yil oldin LinkedIn orqali professional aloqalarni soxtalashtirish hollari
kuzatildi. Xakerlar nufuzli kompaniyalar vakillari nomidan foydalanuvchilar bilan aloqaga
kirishib, ularning moliyaviy ma’lumotlarini o‘g‘irlashgan. Xavfi: Ishbilarmonlik tarmog‘ida
ishonchga putur yetadi va moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.
7. Kriptovalyuta bilan bog‘liq firibgarliklar
Misol: 2021 yilda Twitter’da yirik firibgarlik amalga oshirildi.
Ilon Mask va boshqa taniqli
shaxslarning akkauntlari
buzilib, kriptovalyutaga investitsiya qilish uchun yolg‘on takliflar
tarqatildi. Foydalanuvchilarning 100 000 AQSh dollari atrofida mablag‘i o‘g‘irlab ketildi. Xavfi:
Foydalanuvchilarning ishonchi suiiste’mol qilinadi va katta moliyaviy zarar yetkaziladi .
8. IoT (Internet of Things) qurilmalariga hujumlar
Misol: 2016 yilda "Mirai botnet" xakerlik dasturi yuzlab ming IoT qurilmalarni
(kameralar, routerni) buzib, ularni DDoS hujumlariga ishlatdi. Natijada yirik veb-saytlar va
platformalar ishdan chiqdi. Xavfi: Qurilmalar noqonuniy maqsadlarda ishlatilishi yoki
foydalanuvchi maxfiyligiga putur yetishi mumkin.
9. Sun’iy intellekt va yuzni tanish tizimlaridan foydalanish
.
Misol: Deepfake texnologiyasi orqali mashhur shaxslarning soxta videolari yaratilib, ular
noqonuniy yoki noxolis maqsadlarda tarqatilgan. Bu, jumladan, siyosiy manipulyatsiya uchun
ishlatilgan. Xavfi: Ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonch kamayadi v
a odamlarning
obro‘siga zarar yetadi.
10. O‘yin platformalaridagi firibgarliklar. Misol: Ko‘plab onlayn o‘yinlar, masalan,
"Fortnite", o‘yin ichidagi xaridlar orqali foydalanuvchilarning kredit karta ma’lumotlarini
o‘g‘irlaydigan xakerlar uchun nishonga aylanganXavfi: Yosh foydalanuvchilar mol
iyaviy
yo‘qotishlarga uchraydi va onlayn o‘yinlarga bo‘lgan ishonch pasayadi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda onlayn tijorat hamda raqamli
platformalardan foydalanish chog’ida turli
-xil xatarlarga duch kelinmoqda. Ushbu salbiy
illatlarni oldini olish
maqsadida quyida taklif va tavsiyalarni berib o’tamiz:
➢
Ma’lumotni shifrlash, platformalar shaxsiy ma’lumotlar uchun kuchli shifrlash
algoritmlarini joriy etishi kerak.
➢
Xavfsizlik bo‘yicha treninglar, poydalanuvchilar kiberxavfsizlik qoidalariga rioya
qilishni o‘rganishi zarur.
➢
Kiberpolitsiya faoliyati, xalqaro hamkorlikda kiberjinoyatlarni aniqlash va oldini
olishni kuchaytirish.
➢
Xavfsizlik tizimlarini muntazam tekshirish, barcha platformalar uchun xavfsizlik
siyosatini yangilash.
➢
Raqamli savodxonlikni oshirish, jamiyatda raqamli texnologiyalardan xavfsiz
foydalanish bo‘yicha keng qamrovli treninglar o‘tkazish.
➢
Kiberhujumlarni oldindan aniqlash, innovatsion texnologiyalarga asoslangan
monitoring tizimlarini yo‘lga qo‘yish.
➢
Huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish, firibgarlik va noqonuniy xatti-harakatlar uchun
jazo choralarini belgilash.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
201
Adabiyotlar/Литература/References:
Eliboyev A., Rustamov B. (2024)
Iqtisodiyotda raqamli platformalarni oʻrni va ahamiyati.
“Innovations in Science and Technologies” scientific electronic journal №8
.
Ilyosov A., Kurpayanidi K. (2021) Raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va
yechimlar. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar
-fevral.
Texnoman. (2018). Internetdagi firibgarlik va qalobliklar - Texnoman.uz. [online] Available
at: https://www.texnoman.uz/post/internetdagi-firibgarlik-va-qalobliklar.html
Murodova M. Rahmonov N.. Mingboyev H.. (2021) Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda
xorijiy tajriba va innovatsiya. «Scientific progress» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 //Volume:
1, ISSUE: 6. B.730.
TAdviser.ru. (n.d.). TAdviser -
портал выбора технологий и поставщиков. [online]
Available at: https://www.tadviser.ru.
