ISSN:2181-2020
93
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK
TAJRIBADAGI SIGIRLARNING EKSTERYER KO‘RSATKICHLARI
Murotova Nilufar Faxriddin qizi
talaba, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Axtamova Munira Tuychiyevna
ilmiy rahbar, q.x.f.f.d.(PhD), assistent Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Dehqonov Bobur Baxodirovich
assistent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
Toshmurodova Sabina Hazratqul qizi
talaba, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868811
Annotatsiya:
maqolada “Imnamak” ozuqaviy qoʻshimchasini gunajinlar ratsioniga
qo‘shib ijobiy natijalar olingan. Tajriba Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan
“K-Eldor” fermer xo‘jaligidagi golshtin zotli g‘unajinlarda olib borilgan. Tajriba natijasida
qoramollarning tana o‘lchamlari hamda tana indekslariga bo‘yicha tajriba guruhidagi
g‘unajinlar nazorat guruhidagi g‘unajinlarga nisbatan ustunlik qilganligi to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan.
Аннотация.
В статье показано, что добавление в рацион телок пищевой добавки
«Имнамак» дало положительные результаты. Эксперимент проводился на коровах
голштинской породы в фермерском хозяйстве «К-Элдор», расположенном в
Пастдаргамском районе Самаркандской области. Эксперимент показал, что телки
опытной группы превзошли телок контрольной группы по промером тела и индексу
массы тела.
Annotation.
The article shows that adding the food supplement "Imnamak" to the diet of
heifers gave positive results. The experiment was conducted on Holstein cows at the K-Eldor
farm located in the Pastdargam district of the Samarkand region. The experiment showed that
the heifers of the experimental group surpassed the heifers of the control group in div
measurements and div mass index.
Kalit so‘zlar:
golshtin zoti, ozuqaviy qo‘shimcha, eksteryer, tana indeksilari.
Kirish.
Mamlakatimizda keyingi yillarda aholini chorvachilik mahsulotlari bilan uzluksiz
ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasida
chorvachilik sohasi va uning tarmoqlari rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan dastur”ga muvofiq Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlar bilan barqaror
ta’minlash hamda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini
oshirish, sut yetishtirish hajmini 11,5 mln. tonnadan 22 mln. tonnaga, aholi jon boshiga esa 336
kg dan 560 kg gacha oshirish; qoramol go‘shti yetishtirish (tirik vaznda) 1980 ming tonnadan
2864 ming tonnaga, aholi jon boshiga 47,5 kg dan 69,4 kg ga yetkazish mo‘ljallangan [1]. Ushbu
vazifalarni amalga oshirishda chorvachilik sohasida olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar, ta’lim va
maslahat xizmatlari va ularni ishlab chiqarish bilan integrasiya qilinishining roli dasturda
alohida qayd qilingan.
ISSN:2181-2020
94
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Respublikamizga hozirgi kunda ko‘plab xorijiy mamlakatlardan golshtin zotli qoramollar
keltirilmoqda. Ushbu zot mamlakatimizning iqlim sharoitiga moslashib, sut mahsuldorligi
takomillashtirish bo‘yicha yaxshilovchi zot bo‘lib, dunyo genofondiga xos bo‘lgan zot
hisoblanadi.
Qoramollarning mahsuldorligini oshirish, yuqori mahsuldor podalarni yaratish uchun
ularni barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha shu o‘rinda eksteryeriga ham baho berish muhim
hisoblanadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda eksteryerni 100 ballik shkala asosida
baholanadi. Sutdor qoramolchilikda qoramollarning eksteryer xususiyati sut yo‘nalishiga xos
bo‘lishi ularning mahsuldorligini ham belgilab beradi.
Tadqiqotning maqsadi
. Golshtin zotiga mansub qoramollarning Samarqand sharoitida
eksteryer ko‘rsatkichlariga “Imnamak” ozuqaviy qo‘shimchasining ta’sirini o‘rganish.
Materiallar va metodlar.
Tadqiqot Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “K-
Eldor” fermer xo‘jaligida o‘tkazildi. Golshtin zotli g‘unajinlar ratsioniga “Imnamak” ozuqaviy
qo‘shimchasi qo‘shib berilib olingan ma’lumotlar tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari va tahlili.
Sut yo‘nalishidagi qoramollarni parvarishlashda yaxshi
oziqlantirish va saqlash sharoiti yaratib berilishi ularning durkun o‘sishiga, ertaroq voyaga
yetishiga olib keladi, bu esa ulardan hayoti davomida ko‘proq mahsulot olish imkonini beradi.
Tananing rivojlanishi uning murtaklik davridan qarilik yoshigacha boʻlgan davrda
kechadigan hujayralar tarkibidagi sifat oʻzgarishlarini, organ va toʻqimalarning ixtisoslashishi
va murakkablashishini oʻz ichiga oladigan jarayondir. Qoramollar oʻlchamlarining oshishi yoki
ortishi ular fiziologik va xoʻjalik nuqtai nazaridan yetilishining asosiy koʻrsatkichlaridan biridir.
Koʻpgina mualliflarning yozishicha hayvonlarning eksteryeri, tana tuzilishining tipi, tana
ayrim qismlarining rivojlanishi kabilar uning oʻsish xususiyatlarini tavsiflovchi koʻrsatkichlari
hisoblanadi. Bu koʻrsatkichlar hayvonlar tana oʻlchamlarining oʻzgarishida ifodalanadi.
Qoramollarning tana oʻlchamlari ularning yoshi ortishi bilan, oziqlantirish sharoiti, asrash va
boshqa omillar ta’sirida oʻzgaradi [3,5].
Olib borilgan tadqiqotlarimizda qoramollarning 20-24 oylik yoshlarda tana
oʻlchamlarining oʻzgarishi boʻyicha olingan ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Dastlab tajriba boshida ajratilgan 20 oylik yoshdagi qoramollarda tana oʻlchamlari
boʻyicha guruhlararo farq sezilarli darajada kuzatilmagan. Tajriba davomida qoramollar
ratsioniga “Imnamak” preparatining kiritilishi natijasida tajriba guruhida nazorat guruhidagi
gʻunajinlarga nisbatan ularning tana oʻlchamlari boʻyicha tegishli farqlar kuzatildi. Jumladan,
24 oylikda tajriba guruhidagi qoramollarning yagʻrin balandligi nazorat guruhiga nisbatan 0,9
cm ga, dumgʻaza balandligi – 0,6 cm ga; gavdaning qiya uzunligi – 1,7 cm ga; koʻkrak aylanasi –
1,1 cmga, koʻkrak chuqurligi – 0,5 cm ga, koʻkrak kengligi – 0,5 cm ga, yonbosh doʻngliklari
kengligi – 1,7 cm ga, qoʻymich doʻngliklari kengligi – 1,1 cm ga, kaft aylanasi – 0,6 cm ga
yuqoriroq ekanligi kuzatildi.
1-jadval
Tajribadagi hayvonlar tana oʻlchamlarining yoshiga qarab oʻzgarishi, cm (X̅±Sx̅),
n= 12
Oʻlchamlar
Guruhlar
Nazorat
Tajriba
20 oylikda
ISSN:2181-2020
95
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Yagʻrin balandligi
115,9±0,78
116,7±0,74
Dumgʻaza balandligi
120,4±0,71
121,3±0,67
Gavdaning qiya uzunligi
129,4±0,56
130,9±0,60
Koʻkrak aylanasi
169,0±0,64
170,8±0,57
Koʻkrak chuqurligi
62,8±0,51
63,6±0,48
Koʻkrak kengligi
41,5±0,37
42,4±0,41
Yonbosh doʻngliklari kengligi
40,4±0,34
41,5±0,32
Qoʻymich doʻngliklari
kengligi
19,6±0,27
20,1±0,36
Kaft aylanasi
18,1±0,31
18,6±0,28
24 oylikda
Yagʻrin balandligi
133,0±0,52
134,4±0,51
*
Dumgʻaza balandligi
138,1±0,64
138,7±0,62
*
Gavdaning qiya uzunligi
158,3±0,93
161,0±0,86
Koʻkrak aylanasi
186,5±0,68
189,1±0,71
*
Koʻkrak chuqurligi
74,2±0,47
74,7±0,48
Koʻkrak kengligi
47,0±0,54
47,9±0,42
Yonbosh doʻngliklari kengligi
54,3±0,48
55,0±0,38
Qoʻymich doʻngliklari
kengligi
26,2±0,36
27,3±0,28
Kaft aylanasi
19,5±0,21
20,1±0,22
*P˂0,05
2- jadval
Tajribadagi qoramollarning tana tuzilishi indekslari, % (X̅±Sx̅)
Indekslar
Guruhlar
Nazorat
Tajriba
20 oylikda
Uzunoyoqlilik
45,8±0,30
45,5±0,29
Choʻziqlik
111,6±0,18
112,2±0,17
Tos- koʻkrak
102,7±0,22
102,2±0,23
Koʻkrakdorlik
66,1±0,80
66,7±0,79
Ixchamlik
130,6±0,15
130,5±0,16
Boʻydorlik
103,8±0,16
103,9±0,14
Suyakdorlik
15,6±0,19
15,9±0,18
24 oylikda
Uzunoyoqlilik
44,21±0,24
44,4±0,23
Choʻziqlik
119,0±0,23
119,8±0,25
Tos- koʻkrak
86,5±0,32
87,0±0,33
Koʻkrakdorlik
63,3±0,75
64,0±0,74
Ixchamlik
117,8±0,16
117,4±0,17
Boʻydorlik
103,8±0,07
103,2±0,09
Suyakdorlik
14,7 ±0,19
14,95±0,18
ISSN:2181-2020
96
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Hayvonlarning eksteryer koʻrsatkichlari ularga baho berishda tananing umumiy
rivojlanganligi toʻgʻrisida toʻliq xulosa qilishga imkon bermasligini inobatga olib, biz qoramollar
yoshining oshib borishi bilan ularning tana tuzilishi indekslarini aniqladik (2-jadval). Tana
indekslari boʻyicha guruhlararo sezilarli farq aniqlanmadi. Har ikkala guruhdagi 24 oylik
yoshidagi sigirlar sut tipiga xos boʻlgan tana tuzilishi indekslarini namoyon qilib, baland
boʻyliligi, tanasining choʻziqligi, boshining hamda boʻynining nisbatan uzun, quruq, yengil
boʻlishi bilan tavsiflanadilar.
Xulosa.
Qoramollarni oziqlantirishda “Imnamak” preparatidan foydalanish ularda hazm
jarayonlarining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatib, fermer xoʻjaligida kelgusida g‘unajinlarni
oʻstirishda ularning maqsadga muvofiq tana tuzilishiga ega, eksteryer-konstitutsiya
xususiyatlari boʻyicha sut tipiga xos boʻlgan sigirlar yetishtirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish
bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 08.02.2022 yildagi PQ-120-sonli qarori
2.
Кудрин М.Р. Развитие ремонтных телок чёрно-пестрой породы по периодам роста.
// Усехи времного естествознания. 2008. № 12, с. 30-32.
3.
Ахтамова, М. Т., Маматов, Х. А., & Гаппаров, Ш. Т. (2022). ГОЛШТИН ЗОТЛИ
ҚОРАМОЛЛАРДА ОЗУҚАЛАРНИ ТИРИК ВАЗН ЎСИШИ ВА СУТ БИЛАН ҚОПЛАШ
КЎРСАТКИЧЛАРИ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 513-
516.
4.
Ахтамова, М. (2023). ГОЛШТИН ЗОТЛИ ТАНАЛАРНИНГ ПОДАНИ ТАКРОР
ТЎЛДИРИШ КЎРСАТКИЧЛАРИ.
5.
Tuychievna, A. M., Kuzibaevich, A. S., Ergashevna, K. S., Tajievich, G. S., & Elmuratovna, S.
F. The Use of Feed Additives in the Diet of Cattle.
European Journal of Agricultural and Rural
Education
,
2
(6), 37-39.
