ISSN:2181-2020
89
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 598.2
PARRANDACHILIK XO‘JALIKLARI MISOLIDA TUXUM YO‘NALISHIDAGI
TOVUQ KROSSLARINING MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI
dotsent.
Ermatov Yu.A.
assistent.
Ibragimov D. M.
magistr:
Samadov X.A.
talabalar:
Akramov D.X.
Isabekova N.Sh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868765
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon”
parrandachilik korxonasida olib borilgan tajriba natijalari asosida “Koral” va “Lohmann-Sandy”
krossi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan.
Tovuqlarning tuxumdorligi, tuxum og‘irligi, tirik vazni, saqlanuvchanligi, ozuqa sarfi va
umumiy iqtisodiy samaradorligi kabi omillar solishtirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Koral”
krossi tuxum soni va umumiy og‘irligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bo‘lsa,
“Lohmann-Sandy” krossi tuxum og‘irligi jihatidan ustunlik qilgan.
Annotation.
This article presents the results of a study conducted at the “Zarafshon”
poultry farm located in Oqdaryo district of Samarkand region, aimed at evaluating the
productivity indicators of egg-laying hens from the “Koral” and “Lohmann-Sandy” crossbreeds.
The study compared egg production, average egg weight, live weight, survival rate, feed
consumption, and overall economic efficiency of the two crossbreeds. Results showed that the
“Koral” crossbreed produced more eggs and had a higher total egg mass throughout the year,
while the “Lohmann-Sandy” crossbreed showed superiority in terms of individual egg weight.
Kalit so‘zlar:
Koral, tuxum, kross, Lohmann Tierzucht, Lohmann LSL, Lohmann Sandi.
Kirish.
Bozorlarimiz rastalarida qatorlashib turgan tovuq go‘shti va tuxum
mahsulotlarini xalqimiz iste’moli uchun ishlab chiqarish tizimi tobora rivojlanib bormoqda.
Parrandachilik chorvachilikning eng ustuvor tarmoqlaridan biri hisoblanadi, chunki parranda
tuxumi va go‘shtini ishlab chiqarish yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, ayniqsa tuxum
mahsulotini yetishtirishda kam xarajat sarflanishi alohida ta’kidlashga loyiqdir.
Hukumatimiz tomonidan tashabbus bilan tarmoqqa bir qator imtiyozlar berildi.
Mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, Prezidentimizning 2018 yil 13 noyabrda qabul
qilingan PQ–4015-sonli “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu sohaning kelajakda rivojlanishining ustuvor asosi bo‘lib
xizmat qiladi.
Mazkur qarorga muvofiq, respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish uchun har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohaga ilg‘or texnologiyalar hamda innovatsion ishlanmalarni
joriy etish, parranda mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ularning turlari va eksport ko‘lamini
kengaytirish maqsadida parrandachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar
belgilandi.
Parrandachilik – daromadli va samarali tarmoq
. Parrandalar biologik jihatdan yuqori
darajada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lib, bu soha daromadli
tarmoqlardan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini barqaror ta’minlashda parrandachilikni
rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.
ISSN:2181-2020
90
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Keyingi yillarda Respublikamizda dunyoga mashhur
“Lohmann Tierzucht”
firmasining
tuxumdor yangi krosslari keltirilib, mahalliy sharoitda urchitilmoqda. Jumladan, “Lohmann
Brown Classic”, “Lohmann LSL Extra”, “Lohmann Sandy” kabi krosslar asosida yuqori sifatli
tuxum mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Tuxum yo‘nalishidagi parrandalarning bugungi kunda eng zamonaviy va yuqori
mahsuldor krosslariga quyidagilar kiradi: Lohmann (Germaniya), Hy-Line, Dekalb, Bovans
(Gollandiya), Hy-Line (AQSH), Rodonit, Shaver (Rossiya).
Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari:
Oq patli tuxumdor tovuqlar:
Mahsuldorlik davrida (64 haftalik) tuxumdorlik 280–330
dona, o‘rtacha tuxumdorlik 75–80 %, tuxum og‘irligi 60–62 g, kunlik ozuqa sarfi 105–115 g,
mahsulot berish davrida bir boshga jami ozuqa sarfi 42 kg, almashinuv energiyasi 2800
kkal/kg, ozuqa konversiyasi (koeffitsienti): 1,9–2,5 dan oshmasligi lozim.
Jigarrang patli tuxumdor tovuqlar:
Mahsuldorlik davrida (64 haftalik) tuxumdorlik:
275–325 dona, o‘rtacha tuxumdorlik: 71–79 %, tuxum og‘irligi: 62–64 g.
Tuxum ishlab chiqarish dinamikasi:
Mahsuldorlikning cho‘qqisi tuxum berishning
boshlanishidan 5–7 haftadan keyin yuzaga kelib, bu davrda tuxumdorlik 92–95 % ga yetadi.
10
oydan keyin mahsuldorlik 70 % atrofida saqlanadi.
Bir mahsulot berish davrida umumiy tuxum
og‘irligi 18–19 kg ni tashkil etadi.
Tuxum berishning dastlabki haftalarida mahsulot miqdori 8
% dan 16 %
gacha, maksimal cho‘qqisigacha esa 32 % dan 64 % gacha oshadi.
Eng yuqori
mahsuldorlikdan keyingi davrlarda tuxumdorlik haftasiga 4 % ga kamayib boradi.
Keyingi
davrlarda berilgan tuxumlarning past toifadagi (2–5%) ulushi ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Materiallar va metodika. Hozirgi kunda parrandachilik korxonalarida tovuqlarning otalik
va onalik galasi sifatida SuperNik final
va
BraunNik final
liniyalari chatishtirilib
,
Koral final
krossi olinmoqda. Ushbu tadqiqotlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan
“Zarafshon” parrandachilik korxonasida olib borildi.
Tadqiqotning maqsadi
. Parrandachilik korxonasi sharoitida dunyoga mashhur
krosslarga
mansub
tovuqlarning
hayotchanligi,
mahsuldorligi
va
iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini o‘rganish
dan iborat. Xususan, tovuqlarni saqlash va parvarishlash, o‘sish va
rivojlanishi, fazalar bo‘yicha oziqlantirish, balog‘at yoshi, tuxum mahsuldorligi, tuxum
berishning yuqori yoshi, mahsulot birligiga ozuqa sarfi, saqlanuvchanligi, tuxum sifati va
iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi.
Tajriba uchun
“Lohmann-Sandy”
va
“Koral”
krosslariga mansub tovuqlar tanlab olindi.
Tovuqlar
140 kunlik yoshdan boshlab
ikki guruhga ajratilib, mahsuldorligi bo‘yicha
o‘rganildi. Har ikki guruh uchun bir xil
saqlash, parvarishlash, oziqlantirish va zoogigienik
shart-sharoitlar
yaratildi.
Tovuqlar
“Meller” rusumli katakli batareyalarda
saqlanib,
to‘laratsionli quruq
omixta yem bilan
oziqlantirildi. Har bir guruhda 100 bosh tovuq bo‘lib, alohida kataklar
belgilandi.
Tadqiqot doirasida istiqbolli tovuq krosslarining
nodavlat xo‘jaliklar misolida
mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan to‘la
qimmatli yem retseptlari
asosida oziqlantirish samaradorligi baholandi.
Erishilgan ilmiy natijalar: “Lohmann-Sandy”
va “Koral” krossi tovuqlarining tirik
vaznining o‘zgarish dinamikasi bo‘yicha keskin farqlanmaydi.
ISSN:2181-2020
91
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
1-jadval
Tovuqlarning tirik vazni g.
Yoshi, hafta
Koral
Lohmann-Sandy
30
1700 ± 11.5
1639± 10
40
1752 ± 16.85
1693.5±11
50
1787.5 ± 11.34
1728 ±10.3
80
1825.5 ± 14.03
1746±7.25
Tovuqlarning tirik vazni keyingi haftalar va oylarda asta-sekin ortib borgan. Jumladan,
“Koral” krossi tovuqlarida tirik vazn 125,5 g yoki 7,3 % ga, “Lohmann-Sandy” krossida
esa 107,0 g yoki 6,3 % ga
oshgani kuzatildi.
2- jadval
Tovuqlarning tuxum mahsuldorligi
Ko‘rsatkichlar
Tovuqlar
Koral
Lohmann-Sandy
Tuxum mahsuldorligi dona
299.5±1.68
297.4±1.42
Tuxumining og‘irligi, dona g.
62.9±1.81
62.6±1.28
Tuxum massasi, kg
18.83
18.61
“Koral” krossi tovuqlari yil davomida “Lohmann-Sandy” krossi tovuqlariga nisbatan
o‘rtacha 2,1 donaga ko‘p tuxum bergan. Tuxumlarning o‘rtacha og‘irligi esa, aksincha,
“Lohmann-Sandy” tovuqlarida “Koral” krossiga nisbatan mos ravishda 2,0–0,3 grammga
og‘irroq bo‘lgan. Biroq yil davomida umumiy olingan tuxum og‘irligi bo‘yicha “Koral” krossi
tovuqlari “Lohmann-Sandy” krossidan mos ravishda 1,63–0,22 kilogrammga ustunlik qilgan.
Xulosa:
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida “Koral” va “Lohmann-Sandy” krossi tovuqlari
o‘rtasida tuxum mahsuldorligi, tuxum og‘irligi, tirik vazn va ozuqa sarfi kabi asosiy zooto‘xojalik
ko‘rsatkichlari solishtirildi.
Tajriba davomida aniqlanishicha, “Koral” krossi tovuqlari yil davomida o‘rtacha 2,1
donaga ko‘p tuxum bergani, umumiy tuxum og‘irligi esa 1,63–0,22 kg ga yuqori bo‘lgani ushbu
krossning umumiy mahsuldorlik bo‘yicha ustunligini ko‘rsatdi. Biroq tuxumlarning o‘rtacha
og‘irligi bo‘yicha “Lohmann-Sandy” tovuqlari 2,0–0,3 grammga ustunlikka ega bo‘ldi.
Shuningdek, har ikki kross tovuqlarining tirik vazni keyingi haftalar davomida biroz ortib
bordi: "Koral" krossida 125,5 g (7,3 %), “Lohmann-Sandy” krossida esa 107,0 g (6,3 %) o‘sish
kuzatildi.
Yuqoridagi natijalar asosida aytish mumkinki, “Koral” krossi tovuqlari tuxum miqdori va
umumiy og‘irligi bo‘yicha, “Lohmann-Sandy” krossi esa tuxum og‘irligi bo‘yicha ijobiy
ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Har ikki krossni mahalliy sharoitda saqlash va oziqlantirish orqali
yuqori natijalarga erishish mumkinligi isbotlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
ISSN:2181-2020
92
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
1.
Islomxo‘jayev S.S., Boboyev K.X., G‘ulomov K. «Parrandachilikdan amaliy
mashg‘ulotlar».Darslik. Toshkent, O‘zbekiston nashriyoti, 1996 y.
2.
D.Scrivener “Popular Poultry breeds” Booshop 2014 England
3.
Cидоренко Л.И., Щербатов В.И. «Биология кур» Учебное пособие. Краснодар. Куб
ГАУ 2016 г.
4.
Рекецкий
П.П.,
Казаровец
Н.В.
«Птицеводство».
Учебное
пособие.Минск.ИВЦ.Минфина 2011. -432с.
