ISSN:2181-2020
76
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 636.
O‘ZBEKISTONDA QO‘YCHILIK VA ECHKIChILIKNING HOLATI VA
RIVOJLANISh ISTIQBOLLARI
Dumanov A.
Magistr,
Qurbonova Sh.E.
Rizayeva D.T.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868728
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Respublikamizda qo‘ychilik-echkichilik sub’ektlarining
umumiy holati, qo‘y-echkining bosh sonini o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan va tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar.
Chorvachilik, qo‘ychilik-echkichilik, jun, qorako‘l teri.
Kirish.
Mamlakatimizda chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va
innovasion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini
kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva
mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Chorvachilikda
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi tashkiliy-iqtisodiy,
axborot-uslubiy, ijtimoiy-psixologik va iqtisodiy ko‘plab omillarga bog‘liq. Chorvachilikda
amaliy faoliyat natijalari zootexniya fanining yutuqlari bilan belgilanadi. Seleksiya ishlari
yuqori mahsuldor, raqobatbardosh hayvonlarni yaratishni ta’minlashi va bugungi kunda ishlab
chiqarishning amaliy masalalarini hal qilishi kerak. Sut va go‘sht mahsulotlari-inson
organizmini deyarli barcha zarur moddalar bilan ta’minlaydigan eng foydali oziq-ovqat
komponentidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi PQ-121-sonli
“Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi bilan birgalikda 2022-2023 yillarda har bir tumanda kamida 1 tadan go‘sht va sut
mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlariga
kooperasiya usulida chorva mollari yetkazib berishni va yetishtirilgan mahsulotlarni qayta
ishlash va sotishni tashkil etish; ozuqa bazasini yetishtirish uchun sug‘oriladigan yer
maydonlari yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan tumanlarda go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan
iste’mol talabini to‘liq qondirish maqsadida kooperasiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini
yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlar yaratilmoqda.
2025 yil 1 yanvar holati bo‘yicha
O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi
ma’lumotlari zootexnikaviy va tahliliy usullar yordamida barcha toifadagi xo‘jaliklardagi
chorva hayvonlar bosh sonini, ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari
hamda ushbu mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha yetakchilik qilgan viloyatlar tahlil qilindi.
2025 yil 1 yanvar holati bo‘yicha
O‘zbekiston respublikasida quyidagi qo‘ychilik-
echkichilik sub’ektlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasida jami 3407 ta qo‘ychilik-echkichilik
xo‘jaligi mavjud bo‘lib, viloyatlar kesimida tahlil qilindi.
ISSN:2181-2020
77
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2025 yil 1 yanvar holati bo‘yicha mavjud
qo‘ychilik-echkichilik subektlari to‘g‘risida ma’lumot, son
Viloyatlar
Subektlar soni
Jami
%
Qoraqalpog‘iston respublikasi
182
4,9
Andijon
73
2,0
Buxoro
143
3,9
Jizzax
410
11,11
Qashqadaryo
573
15,52
Navoiy
1054
28,56
Namangan
23
0,6
Samarqand
155
4,2
Surxondaryo
619
16,8
Sirdaryo
4
0,11
Toshkent
291
7,9
Farg‘ona
44
1,2
Xorazm
120
3,2
Jami
3691
100
Qo‘ychilik-echkichilik xo‘jaliklari bo‘yicha viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak,
birinchi o‘rinda Navoiy viloyati bo‘lib Respublikadagi jami xo‘jalikning 1034 tasi yoki 28,56
foizini tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rinda Surxondaryo viloyati bo‘lib, jami xo‘jalikning 619 tasi
yoki 16,8 foizi, uchinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati bo‘lib, Respublikadagi jami xo‘jalikning
573 tasi yoki 15,52 foizini tashkil etmoqda. Demak shu 3 ta viloyatlarda Respublikadagi jami
qo‘ychilik-echkichilik xo‘jaligini 2246 tasi yoki 60,8 foizini tashkil etar ekan. Qo‘ychilik-
echkichilik xo‘jaligi bo‘yicha Respublikadagi viloyatlar orasida mutanosib ravishda: keyingi
o‘rinlarda Jizzax, Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm,
Andijon, Farg‘ona, Namangan va Sirdaryo viloyatlari turadi va jami qo‘ychilik-echkichilik
xo‘jaligini tegishli tarzda: 410 tasi yoki 11,11 foiz; 291 tasi yoki 7,9 foiz; 182 tasi yoki 4,9 foiz;
155 tasi yoki 4,2 foiz; 143 tasi yoki 3,9 foiz; 120 tasi yoki 3,2 foiz; 73 tasi yoki 2,0 foiz; 44 tasi
yoki 1,2 foiz; 23 tasi yoki 0,6 foiz va 4 tasi yoki 0,11 foizga to‘g‘ri keladi.
Respublika davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarini tahlili shundan dalolat beradiki,
Respublikamizning barcha toifa xo‘jaliklarida jami qo‘y-echkilar bosh soni 2025 yil 1 yanvar
holati bo‘yicha 24589,1 ming boshga teng bo‘lgan (2-jadval).
2025 yil 1 yanvar holatidagi 24589,1 ming bosh qo‘y va echkilarning 3902,8 ming boshi
yoki 15,9 foizi fermer xo‘jaliklarida, 18848,2 ming boshi yoki 76,6 foizi dehqon va aholining
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda 1838,1 ming boshi yoki 7,5 foizi qishloq xo‘jalik
korxonalarida urchitilmoqda.
2-jadval
ISSN:2181-2020
78
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2025 yil 1 yanvar holati bo‘yicha mavjud qo‘y va
echkilarni bosh soni to‘g‘risida ma’lumot, ming bosh
Viloyatlar
Qo‘y va echkilar
Barcha toifa xo‘jaliklari
Jami
%
Fermer
xo‘jaliklari
Dehqon va
tomorqa
xo‘jaliklari
Qishloq xo‘jaligi
faoliyatini amalga
oshiruvchi
tashkilotlar
Qoraqalpog‘iston
respublikasi
1251,9
100,9
188,0
1031,9
32,0
Andijon
1583,8
101,9
107,0
1454,0
12,8
Buxoro
2554,3
102,1
482,5
1865,5
206,3
Jizzax
2393,8
102,0
463,7
1483,7
446,4
Qashqadaryo
5109,7
101,6
524,4
4219,5
365,8
Navoiy
2494,5
102,8
714,0
1395,9
384,6
Namangan
857,6
100,7
68,4
782,8
6,4
Samarqand
2724,2
102,4
250,2
2323,9
150,1
Surxondaryo
2648,4
102,6
528,3
2042,0
78,1
Sirdaryo
405,5
102,9
68,2
310,3
27,0
Toshkent
1096,5
100,7
320,0
703,3
85,3
Farg‘ona
952,3
102,1
97,1
845,7
9,5
Xorazm
504,5
101,5
91,0
379,7
33,8
Toshkent sh.
12,1
101,7
-
12,0
0,1
Jami
24589,1 102,0
3902,8
18848,2
1838,1
Jami urchitilayotgan qo‘y va echkilarni viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak,
birinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati bo‘lib, jami qo‘y-echkilarni 5109,7 ming boshi yoki 20,8
foizi shu viloyat xo‘jaliklarida urchitiladi. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib, respublika
bo‘yicha jami qo‘y-echkilarning 2724,2 ming boshi yoki 11,1 foizi, uchinchi o‘rinda
Surxondaryo viloyati bo‘lib, jami qo‘y-echkilarning 2648,4 ming boshi yoki 10,8 foizi urchitiladi.
Ushbu uchta viloyatlarda Respublikada urchitilayotgan jami qo‘y-echkilarning 42,7 foizi
urchitiladi.
Qo‘y va echkilarning bosh soni bo‘yicha Respublikadagi viloyatlar orasida mutanosib
ravishda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo,
Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turadi hamda jami qo‘y va echkilarni
tegishli tarzda: 1251,9 ming boshi yoki 5,1 foiz, 1583,8 ming boshi yoki 6,4 foiz, 2554,3 ming
boshi yoki 10,4 foiz, 2393,8 ming boshi yoki 9,7 foiz, 2494,5 ming boshi yoki 10,1 foiz, 857,6
ming boshi yoki 3,5 foiz, 405,5 ming boshi yoki 1,65 foiz, 1096,5 ming boshi yoki 4,45 foiz, 952,3
ming boshi yoki 3,9 foiz, 504,5 ming boshi yoki 2,05 foiz; 12,1 ming boshi yoki 0,05 foiz qo‘y-
echki urchitilmoqda.
2025 yil 1 yanvar holatiga respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida yetishtirilgan
qo‘y va echkilarning mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumot 3-jadvalda keltirilgan.
ISSN:2181-2020
79
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasida jun va teri mahsulotlarini ishlab chiqarish
(2025 yil 1 yanvar)
№
Ko‘rsatkichlar
Mahsulot ishlab chiqarish, tonna
Qirqib olingan
jun
Olingan qorako‘l
terilar
1
O‘zbekiston Respublikasida, jami
39 860
1 358 714
2
Shu jumladan:
Fermer xo‘jaliklari
4 833
148 799
3
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari
32 654
1 077 086
4 Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi
tashkilotlar
2 373
132 829
Respublika bo‘yicha 2025 yil 1 yanvar holati bo‘yicha jami qirqib olingan jun 39860
tonnani tashkil qilgan. Ushbu qirqib olingan junning 4833 tonnasi, yoki 12,1 foizi fermer
xo‘jaliklarida, 32654 tonnasi, yoki 81,9 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklarida va 2373 tonnasi, yoki 6,0 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi
tashkilotlardan olingan.
2025 yil 1 yanvar holatiga 1358714 dona qorako‘l teri olingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan
3,1 foizga ko‘p demakdir. Shundan, 148799 donasi, yoki 10,9 foizi fermer xo‘jaliklarida,
1077086 ming donasi, yoki 79,3 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida
hamda 132829 ming donasi, yoki 9,8 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi
tashkilotlarda yetishtirilgan.
Xulosa.
Respublikamizda o‘tgan yilga nisbatan qo‘y-echkilar 2,0 foiz o‘sish kuzatilgan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda qishloq
xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar kesimida qo‘y-echkilar 3,2; 1,6; 2,9 foiz o‘sish
kuzatilgan.
Respublikamizda ishlab chiqarilgan qo‘ychilik va echkichilik tarmog‘idan olingan
mahsulotlarni yetishtirishda o‘tgan yilga nisbatan qirqib olingan jun 3,3 foiz, olingan qorako‘l
terilar 3,1 foiz o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklarida hamda qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar kesimida
qoramolchilikda qirqib olingan jun 4,9; 2,9; 6,8; olingan qorako‘l terilar 6,4; 3,0; 0,4 foiz o‘sish
kuzatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5017-sonli “Chorvachilik tarmoqlarini
davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori. 3 mart 2021 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4576-sonli “Chorvachilik tarmog‘ini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 29 yanvar
2020 y.
3.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 2025 y.
