ISSN:2181-2020
71
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 636.32/38.082.11.
TURLI GENOTIPGA MANSUB BO‘LGAN AVLODLARNING JUN-TOLA
QOPLAMINING SIFAT VA MIQDORIY KO‘RSATKICHLARI
X.N.Imomov
tayanch doktorant
U.X.Aripov
professor Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi
ilmiy-tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868717
Annotatsiya:
Turli genotipli juftlashdan olingan ko‘k rangli avlodlarning jun-tola uzunligi
va jun qoplamining zichligi hamda ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligi bilan bog‘liqligi
o‘rganilgan va xulosalar qilingan.
Kalit so‘zlar:
ko‘k rangli qorako‘l qo‘zilar, seleksiya, juftlash, tola uzunligi, tola
qoplamining zichligi, zich, yetarsiz, siyrak hamda rang tekisligi, a’lo, tekis, notekis.
Abstract:
The relationship between the wool fiber length and the density of the wool
cover and the color plane of blue offspring obtained from mating with different genotypes was
studied and conclusions were made.
Keywords:
blue black lambs, selection, mating, fiber length, fiber cover density, dense,
insufficient, sparse and color flatness, excellent, even, uneven.
Kirish.
Mamlakatimizda bugungi kunda qorako‘lchilik rivojlangan hududlarda qo‘ylar
bosh sonini oshirish hamda ularning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishini
taminlash asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Shunga e’tiboran qorako‘lchilikda
qo‘zilar teri yuzasida muhim bo‘lgan bir qancha gul ko‘rsatkichlari hamda jun-tola qoplamining
sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Ushbu ko‘rsatkichlar talab darajasida bo‘lgan qo‘zilarni ko‘paytirish uchun naslchilik
ishlarida tanlash va juftlash ishlarini to‘g‘ri olib borish bilan yuqori natijalarga erishish
mumkin.
Qorako‘lchilikning soha mutaxassislari hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan
ilmiy-tadqiqotchilar yuqorida aytib o‘tilganlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning
natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan avlodlar olinishini taminlash imkonini beradi.
Tadqiqotning maqsadi.
Turli genotipga mansub bo‘lgan ko‘k rangli avlodlarning jun-tola
uzunligi va jun-tola qoplamining zichligi hamda ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligi bilan
bog‘liqligi o‘rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqotni bajarish joyi va usullari.
Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on
tumani “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ xo‘jaligi sharoitidagi mavjud janubiy O‘zbekiston
zavod tipi ko‘k qorako‘l qo‘zilarida bajarildi. Tajribada rang bo‘yicha geterogen
♂
ko‘k afg‘on X
♀
qora janubiy O‘zbekiston (tajriba) hamda
♂
ko‘k janubiy O‘zbekiston X
♀
qora janubiy
O‘zbekiston (nazorat) guruhlarni juftlash natijasida olingan ko‘k avlodlarining jun-tola sifati
hamda ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligi bilan bog‘liqligi o‘rganish ishlari amalga
oshirildi. Avlodlarni baholashda S.Yu.Yusupov va boshqalarning “Qorako‘lchilikda naslchilik
ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” (2015) hamda
ma’lumotlarga matematik ishlov berish variatsion statistika usullarida (N.A.Ploxinskiy, 1969)
amalga oshirildi.
ISSN:2181-2020
72
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Avlodlarda jun-tola uzunligi va jun-tola qoplamining zichligi hamda ushbu
ko‘rsatkichlarning rang tekisligi
bilan bog‘liqligi.
Qorako‘l qo‘zilar jun-tola uzunligi va
zichligi ularning sifatini baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida qaraladi. Jun
tolalarining uzunligi gullar mustahkamligi, tig‘izligiga va jingalakni tuzilish sturukturasiga va
boshqa ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir qiladi.
Bundan tashqari qorako‘l qo‘zilarining jun-tola uzunligi va tig‘izligi sovluqlarning yoshiga,
qo‘zilarning egiz va yakka tug‘ilishiga, tug‘ilish muddatiga, uning vazniga va qaysi barra teri
tipiga munosibligiga bog‘liq.
Yuqori sifatli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan avlodlarni ko‘paytirishda jun-tola uzunligi bilan
bir qatorda jun qoplamining zichligi ham katta ahamiyatga ega.
Jun-tola uzunligi muhim belgilar qatoriga kirib, uning normal uzunlikda bo‘lishi va undan
ham qisqa bo‘lishi avlodlarning terisi yuzasida qimmatli gullarning ko‘payishiga olib keladi,
uzunligining ortishi bilan yaltiroqligi, ipaksimonligi, gullarning aniqligi, mustahkamligi, naqshi
va boshqa talab darajasidagi xossalari kamaya boradi.
Jun-tola uzunligining ahamiyati shundaki, u ko‘plab seleksion belgilarning shakllanishiga
ta’sir etadi. Jun-tola uzunligiga qarab qo‘zilarning gul tiplari, gullar rasmi, mustahkamligi, jun-
tola sifati kabi ko‘rsatkichlarini baholash mumkin.
Jun tolalarining teri yuzasi bo‘ylab zichligi ham qorako‘l terilarining sifatini baholashda
muhim ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi. Jun tolalarining zich bo‘lishi bir qancha
ko‘rsatkichlarning jumladan gullarning mustahkamligini va rasmining aniq bo‘lishini
ta’minlaydi.
Jun qoplamining zichligi ham seleksiya jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan
belgilardan biri hisoblanib, uning yuqori ko‘rsatkichi ko‘pchilik muhim seleksion belgilarni
yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘zidagi teri sifatini aniqlashda jun tig‘izligini o‘rganish
muhim ahamiyatga ega.
Jun qoplamining tig‘zligi teri sathining 1 mm
2
maydoniga to‘g‘ri keladigan jun tolalarining
soni bilan baholanadi. Qorako‘l terilarida ushbu maydonga to‘g‘ri keladigan jun tolalarining
soni o‘zgaruvchan bo‘lib, 20 dan 70 donagacha bo‘lgan kattalikka ega. Yetmish dona
ko‘rsatkichida jun qoplamining zichlik darajasi yuqori bo‘lib, kamayib borishi zichlikning
pasayishiga olib keladi.
Jun tolalarining zichligi yuqori bo‘lganda gullari mustahkam, aniq va ko‘rkam bo‘lishini
ta’minlansa, tola qoplamining siyrak bo‘lishi aksincha holat kuzatiladi, bunda gullar
mustahkamligi yo‘qoladi, gullar rasmining aniqligi kamayadi.
Tadqiqotlarda turli genotipli juftlashdan olingan ko‘k rangli avlodlarning jun-tola uzunligi
va jun qoplamining zichligi o‘rganildi. Natijalar quyidagi 1-jadval hamda 1-diagrammada
umumlashtirildi.
1-jadval
Olingan avlodlarning jun tola uzunligi va jun qoplamining zichligi bo‘yicha
taqsimlanishi, % (X±S
x
)
Guruhlar
n
Jun tola ko‘rsatkichlari
Jun tola uzunligi
Jun qoplamining zichligi
11 mm
gacha
11-13 mm
gacha
13 mm va
yuqori
Zich
Yetarsiz
Siyrak
ISSN:2181-2020
73
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Tajriba
29
7
52,9±2,9
29,3±2,6
17,8±2,2
80,5±2,3
11,4±1,8
8,1±1,6
Nazorat
25
2
48,9±3,1
30,1±2,9
21,0±2,6
76,6±2,6
12,7±2,1 10,7±1,9
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, jun-tola uzunligi bo‘yicha olingan
natijalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 13 mm
gacha bo‘lgan jun-tola uzunligidagi avlodlar salmog‘i 3,2 foiz ko‘pligi qayd etildi.
Xuddi shunday jun-tola qoplamining zichligi bo‘yicha esamaqsadga muvofiq bo‘lgan zich
holatdagi ko‘rinishda tajriba guruhi nazorat guruhidan 3,9 foizga yuqorligi aniqlandi. Jun
qoplamining yetarsiz va siyrak joylashgan holatida tajriba guruhi 19,5 foizni nazorat guruhida
esa 23,4 foizni tashkil etdi. Bunda tegishlicha nazorat guruhining ustunligi aniqlandi.
Bonitirovka qilishda qorako‘l qo‘zilar terisi yuzasidagi jun-tola uzunligi va uning
zichligiga e’tibor qaratilishi lozim, chunki bu xossani talab darajasida bo‘lishi, naslchilik
ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga bog‘liq.
Rang tekisligi bilan jun-tola uzunligi va jun-tola qoplami zichligining qay darajada
bog‘liqligini o‘rganish maqsadida tadqiqotlar olib borilgan. Shu aytish kerakki, bu
ko‘rsatkichlarning bir-biri bilan bog‘liqligi juda muhim hisoblanadi. Agarda maqsadga muvofiq
hisoblangan a’lo va tekis darajadagi rang tekisligida ega bo‘lgan avlodlarning jun-tola
ko‘rsakichlari qay darajada bo‘lishi tadqiqotlarimizda o‘z aksini topdi.
Shunga e’tiboran yuqoridagilarni inobatga olgan holda olingan natijalar 2-jadvalda
keltirildi.
2-jadval
Olingan avlodlarning rang tekisligini jun tola uzunligi va jun qoplamining zichligi
bilan bog‘liqligi, % (X±S
x
)
Guruhlar
n
Jun tola ko‘rsatkichlari
Jun tola uzunligi
Jun qoplamining zichligi
297
52,9
29,3
17,8
80,5
11,4
8,1
252
48,9
30,1
21
76,6
12,7
10,7
0
50
100
150
200
250
300
350
11 mm
gacha
11-13 mm
gacha
13 mm va
yuqori
Zich
Yetarsiz
Siyrak
Jun tola uzunligi
Jun qoplamining zichligi
n
Jun tola ko‘rsatkichlari
Olingan avlodlarning jun-tola uzunligi va jun
qoplamining zichligi bo‘yicha taqsimlanishi, %
1-diagramma.
Tajriba
Nazorat
ISSN:2181-2020
74
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
11 mm
gacha
11-13
mm
gacha
13 mm
va
yuqori
Zich
Yetarsiz
Siyrak
Tajriba
a’lo
144 63,2±4,0 36,8±4,0
-
100
-
-
tekis
112 58,9±4,6 25,9±4,1 15,2±3,4 84,8±3,4 15,2±3,4
-
notekis 41
-
12,2±5,1 87,8±5,1
-
41,5±7,7 58,5±7,7
Nazorat
a’lo
108 57,4±4,7 42,6±4,7
-
100
-
-
tekis
93
65,6±4,9 25,8±4,5 8,6±2,9 91,4±2,9 8,6±2,9
-
notekis 51
-
11,8±4,5 88,2±4,5
-
47,1±6,9 52,9±6,9
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, rang tekisligi bilan jun-tola uzunligi hamda
jun qoplamining zichligining bir-biri bilan bog‘liqligida a’lo rang tekisligiga ega bo‘lgan
avlodlarda jun-tola uzunligi bo‘yicha 11 mm gacha bo‘lgan holatida tajriba guruhi nazorat
guruhiga nisbatan 5,8 foizga ustunligi kuzatildi. 11-13 mm gacha bo‘lgan holatda esa tajriba
guruhi (36,8±4,0) nazorat guruhiga (42,6±4,7) nisbatan kamligi aniqlandi. 13 mm va undan
yuqori bo‘lgan holatda esa ikkala guruhda ham avlod uchramadi.
Rang tekisligining tekis bo‘lgan holatida 13 mm gacha bo‘lgan jun-tola uzunligida tajriba
guruhi 84,8 foizni nazorat guruhi esa 91,4 foizni tashkil etdi. Bunda tegishlicha nazorat guruhi
6,6 foizga ustunligi aniqlandi. 13 mm va undan yuqori bo‘lgan jun-tola uzunligida ikkala
guruhda ham avlodlar borligi aniqlandi. Bunda tajriba guruhi ustunligi qayd etildi.
Rang tekisligining notekis ko‘rinishida esa asosan 13 mm va undan yuqori bo‘lgan jun-
tola uzunligidagi avlodlar olinishi aniqlandi. Ikkala guruhda ham kam miqdorda jun-tola
uzunligi 11-13 mm oraliqdagi avlodlar uchradi. 11 mm gacha bo‘lgan jun-tola uzunligidagi
avlodlar ikkala guruhda ham aniqlanmadi.
Xuddi shunday jun qoplamining zichligi ham rang tekisligi bilan bog‘liqligi o‘rganilganda
a’lo rang tekisligiga ega bo‘lgan avlodlarning jun qoplamining zichligi bo‘yicha asosan ikkala
guruhda ham zich holatda bo‘lishi aniqlandi. Jun qoplamining yetarsiz va siyrak bo‘lgan
ko‘rinishida ikkala guruhda ham avlodlar uchramadi.
Rang tekisligi tekis tarqalgan avlodlarda esa ushbu ko‘rinish zich holatda nazorat guruhi
6,6 foizga ustunligi qayd etiladi. Yetarsiz bo‘lgan holatda tajriba guruhida (15,2±3,4) nazorat
guruhida esa (8,6±2,9) foiz miqdorida bo‘lganligi aniqlandi. Jun qoplamining zichligi siyrak
bo‘lgan ko‘rinishida ikkala guruhda ham avlodlar uchramadi.
Rang tekisligining notekis ko‘rinishida esa jun qoplamining zichligi zich bo‘lgan avlodlar
ikkala guruhda ham olinmadi. Faqat yetarsiz va siyrak jun qoplamiga ega bo‘lgan avlodlar
olinishi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar rang tekisligiga sezilarli darajada bog‘liq ekanligidan
dalolat beradi.
Olingan ma’lumotlardan xulosa qilishimiz mumkinki, turli genotipli juftlashdan olingan
tajriba va nazorat guruhi ko‘k rangli avlodlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan jun-tola uzunligi
va jun qoplamining zichligi o‘rganilganda tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 3,2 va 3,9
foiz miqdorida yaxshi natijaga erishildi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligining maqsadga muvofiq bo‘lgan a’lo va tekis rang
tekisligidagi avlodlarida jun-tola uzunligi va jun qoplamining zichligi ikkala guruh orasida
ma’lum miqdorda farqlanishlar borligini kuzatildi.
ISSN:2181-2020
75
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Shunga monand ravishda tajriba xo‘jaligi sharoitida hamda ko‘k rangda ixtisoslashgan
boshqa xo‘jaliklarda ham afg‘on genotipiga mansub (tajriba guruh) qo‘chqorlardan foydalanish
samarali hisoblanib, olingan avlodlarni nasl uchun ko‘paytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
U.X.Aripov., X.N.Imomov Janubiy O‘zbekiston qorako‘l sovluqlarini seleksiyalashda ko‘k
afg‘on genotipi qo‘chqorlaridan foydalanishning samaradorligi maqola. Chorvachilik va
naslchilik ishi. 2023. №3 14-16-b.
2.
U.X.Aripov., X.N.Imomov Har xil genotipli juftlashdan olingan qorako‘l avlodlarining sifat
ko‘rsatkichlari “Yaylov chorvachiligi va ipakchilikni rivojlantirishni hozirgi holati, an’anasi va
yangi texnologiyalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 31-may 2023. 56-59-b.
3.
U.X.Aripov., X.N.Imomov Turli genotipga mansub qorako‘l qo‘ylar mahsuldorligini irsiy
baholash. Chorvachilik va naslchilik ishi. 2024. №5 18-19-b.
4.
Ya.N.Nurillayev Qorako‘lchilikda naslchilik ishlari va qo‘zilarni bonitirovka qilish.
Toshkent. 1986, 74-79-b.
5.
S.Yu.Yusupov., A.Gaziyev va boshqalar. “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va
qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma”. Toshkent 2015, 22-b.
6.
Н.А.Плохинский Руководство по биометрии для зоотехников. Москва 1969.
