Авторы

  • L.X. Narbaeva
    Magistr, Samarqand davlat universiteti Agrobiotex-nologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.120603

Ключевые слова:

kombayn donni o‘rib-yanchib olish donning namligi o‘rib-yanchib olish muddati agrotexnik talablar donning etilganlik darajasi o‘rim – yig‘im vaqti.

Аннотация

Maqolada respublikamizda don etishtirishning, o‘rim-yig‘im davrida qo`yiladigan agrotexnik talablar,  bug‘doyning rivojlanish fazalari, o‘rim-yig‘im ishlarini boshlash masalalari yoritilgan.


background image

ISSN:2181-2020

59

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

UDK 633.11;631.51

G‘ALLANING RIVOJLANISH FAZALARI VA O‘RIM-YIG‘IMNI BOSHLASHNING

MAQBUL MUDDATINI ANIQLASH

Narbaeva L.X.

Magistr, Samarqand davlat universiteti

Agrobiotex-nologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15868309

Annotatsiya

. Maqolada respublikamizda don etishtirishning, o‘rim-yig‘im davrida

qo`yiladigan agrotexnik talablar, bug‘doyning rivojlanish fazalari, o‘rim-yig‘im ishlarini
boshlash masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

kombayn,

donni o‘rib-yanchib olish,

donning namligi, o‘rib-yanchib olish

muddati, agrotexnik talablar, donning etilganlik darajasi, o‘rim – yig‘im vaqti.

Kirish.

Don - davlat boyligi, farovonligi va qudrati manbaidir. Boshoqli don ekinlarini

etishtirish texnologik jarayonida ularni o‘rib-yanchib olish ishlari g‘alla etishtirishda
yakunlovchi davr hisoblanadi va bizda boshoqli don ekinlarini o‘rib-yanchib olish juda qisqa
vaqtda amalga oshiriladi, natijada bu jarayonga katta miqdorda o‘rim-transport kompleksi
jalb etiladi.

Dalada etishtirilgan hosilni o‘rib-yanchib olish – qishloq xo‘jaligidagi ishlarning eng

muhim bosqichlaridan biridir. O‘rim-yig‘im ishlarini o‘z vaqtida va yuqori sifatda o‘tkazish
yig‘ishtirib ollinadigan donning miqdoriga va sifatiga bog‘liq. Donli ekinlarning hosildorligini
oshirish bilan birgalikda uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishning katta rezervlaridan yana biri
bo‘lib, o‘rim-yig‘im davrida nobudgarchilikni kamaytirish ham hisoblanadi. Nafaqat yaxshi
hosilni etishtirish muhim, balki uni to‘lig‘icha saqlash, o‘z vaqtida o‘rib-yanchib olish va o‘rim-
yig‘im davrida nobudgarchilikka yo‘l quymaslik zarur.

Materiallar va metodlar.

Samarqand viloyatining sug‘orilayotgan maydonlarida

etishtirilayotgan boshoqli don ekinlarini maqbul agrotexnik muddatlarda va
nobudgarchiliksiz o‘rib-yanchib olish uchun qator yillardan buyon, jumladan, 2025 yilda
ham KEYS, Nyu-Xolland, KLAAS, Vektor va boshqa rusumli g‘alla kombaynlaridan foydalanishi
ko‘zda tutilgan.

Import kombaynlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning

natijalari ko‘rsatadiki, boshoqli donlarni o‘rib-yanchib olish davrida kombaynlarning
samarali ishlashi ko‘p jihatdan ularning mavsumga qanday tayyorlanganligiga bog‘likligi
aniqlandi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda oldimizda turgan vazifalardan biri yuqorida
keltirilgan kombaynlarni mavsum davomida beto‘xtov ishlashini ta’minlashdir.

Bizning sharoitda boshoqli don ekinlarini o‘rib-yanchib olish boshlanadi qachonki,

dalada etishtirilayotgan donning namligi 16-18 % bo‘lganda, ya’ni kombaynlar yordamida
o‘rim-yig‘im ishlarini dalada maksimal biologik hosil etilgan paytda.

Professor M.Toshboltaev tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, pishib etilgan

g‘alla 5 kun kechiktirib o‘rilsa 4%, 10 kun kechiktirilsa12%, 20 kun kechiktirilsa 28% don
erga to‘kilib ketadi [1].

O‘rim-yig‘im davrining qisqa vaqtda amalga oshirilishini hisobga olgan holda uning

boshlanishidan oldin quyidagilarga e’tiborni qaratishimiz zarur.


background image

ISSN:2181-2020

60

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

Agrotexnik talablar kombayn operatorining ishlash sifatini baholashda boshlang‘ich

nuqta bo‘lib hisoblanadi.

O‘rim-yig‘im davrida quyidagi agrotexnik talablar qo‘yiladi:
G‘allani o‘rib-yanchib oladigan kombaynlarga qo‘yilgan agrotexnik talablarga muvofiq

texnologik jarayonning kombayn normal yuklanishda ishlagandagi sifat ko‘rsatkichlari
quyidagilardan kam bo‘lishi kerak:

-poyasi to‘g‘ri o‘sgan g‘allani o‘rib-yanchib olishda jatka orqasidagi nobudgarchilik

donda 0,5 %, yotib o‘sgan g‘allani o‘rishda 1,5 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak;

-rotor orqasida umumiy nobudgarchilik, donning namligi 18 % gacha bo‘lgan g‘allani

o‘rishda ko‘pi bilan 1,5 %;

-iste’mol qilinadigan va embop donlar 2 %, urug‘lik donlar 1 % dan ortiq

maydalanmasligi va uvalanmasligi lozim;

-kombayn bunkeriga tushayotgan don samon aralashmalaridan tozalangan bo‘lishi va

ifloslanish darajasi 5 % dan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Bizning sharoitda asosan bir fazali o‘rish usuli qo‘llaniladi. Shuning uchun yuqorida

keltirilgan agrotexnik qoidalarga rioya qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Professor D.Yormatova va boshqalar tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda,

don ekinlarining doni yanchib olingandan keyin somoni va to‘poni hamda poyalari chorva
mollariga ozuqa sifatida beriladi. Ammo ularning donlari ham chorva mollariga ozuqa sifatida
etishtiriladi, tarkibida oqsil miqdori 10-11 foiz bo‘lgan bug‘doy navlari chorva mollariga
ozuqa sifatida beriladi.Bug‘doyning 100 kg donida 117, arpada 126, sulida 100,
makkajo‘xorining donida 130, quruq poyasida 35, ko‘k poyasida 20 ozuqa birligi borligi
keltirilgan. Shuningdek, insonlar don ekinlaridan o‘zlariga kerakli bo‘lgan uglevodlarning
yarimini, oqsilning ychdan birini, B guruh vitaminining 50-60 foizini, C vitaminining 80 foizini
oladi. 1 kg bug‘doy nonida 2000-2500 kaloriy bo‘lgani uchun ham unga alohida e’tibor
berilishi ko‘rsatilgan [2].

Donli ekinlar vegetatsiya davrida bir necha ketma-ket rivojlanish fazalarini (fenofazalar)

bosib o‘tadi, ya’ni o‘simlikda morfologik o‘zgarish va yangi organlarning paydo bo‘lishini
ifodalaydi.

Dala sharoitida donli ekinlar, xususan bug‘doy quyidagi rivojlanish fazalariga farqlanadi:

unib chiqish, tublash, naychalash, boshoqlash, gullash va pishish. Bu fazalarning kechishi, bir-
biridan farqlanishi va boshqalar maxsus adabiyotlarda keltirilgan [3].

Ammo biz uchun eng muhimi boshoqli ekinlarda donning paydo bo‘lish jarayoni va

o‘rim-yig‘imni boshlashdan oldingi holat hisoblanadi. CHunki o‘rim-yig‘imni boshlash donning
etilish davriga bog‘liq.

O‘rib-yanchib olish davridan oldin dalada yetshtirilayotgan donning etilish davrlari

aniqlandi. Donli ekinlarning umumiy biologik xususiyati – donning ma’lum darajada
shakllanishi, to‘lishi vap etilish bosqichlaridan o‘tishidir. Etilish fazasini davrlarga bo‘lish

donni o‘rib-yanchib olish bir fazali, ya’ni bir yo‘la to‘g‘ridan – to‘g‘ri kombaynlar yordamida
o‘rib - yanchib olish yoki ikki fazali, olishni rejalashtirishda o‘ta muhim amaliy ahamiyatga
egadir.


background image

ISSN:2181-2020

61

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

1-rasm. Donning etilganligini aniqlash


To‘la etilish davri boshlanish va etilish davrlariga bo‘linadi. Boshlanishida donning

namligi 18-20 % ni tashkil etadi. Bunday holatda don shunchalik qattiqki, uni faqat pichoq
bilan qirqish mumkin. Don boshoqqa xarakterli bo‘lgan o‘lchamga, shaklga va rangga ega
bo‘ladi. Lekin bu namlikda g‘allani o‘rib bo‘lmaydi, agar o‘rilgan taqdirda ham tezda uni
quritish talab etiladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha mehnat va znergiya sarfini talab etadi.

To‘la etilishda donning namligi 15-17 % ni tashkil etadi. Don boshoqdan osongina

ajraladi. Bir fazali o‘rib-yanchib olish aynan shu davrda boshlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, daladagi donni o‘rib-yanchib

olish vaqti: don to‘liq etildimi (donning namligi 18-15 %) – o‘rim – yig‘im vaqti keldi.
YUqorida qayd etilganidek, bu erda eng muhim masala bo‘lib, o‘rim-yig‘imni donning o‘ta
pishib etilgan vaqtiga etmasdan tugallashdir.

Shunday qilib, dalada etishtirilgan boshoqli don ekinlarini o‘rib-yanchib olishdan oldin

donning namligini bilish va o‘rib-yanchib olish ishlarini boshlash muhim ahamiyat kasb etadi
natijada donning nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

М.Тошболтаев, К Астанақулов, О.Очилдиев. Ғалла ўримида дон нобудгарчилиги /

Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. - 2014. - №4. – 11-12 Б.
2.

Д.Ёрматова. Н.Шамуратов. Донли экинларни етиштириш технологияси. T.:”АЛ-

ФАБА-СЕРВИС” босмахонаси, 2008.-262 б.
3.

Коренев Г.В. и Тарасенко А.П. Прогрессивные способы уборки и борьба с

потерьями урожая. М.: “Колос”, 1977. – 176 с.

Библиографические ссылки

М.Тошболтаев, К Астанақулов, О.Очилдиев. Ғалла ўримида дон нобудгарчилиги / Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. - 2014. - №4. – 11-12 Б.

Д.Ёрматова. Н.Шамуратов. Донли экинларни етиштириш технологияси. T.:”АЛ-ФАБА-СЕРВИС” босмахонаси, 2008.-262 б.

Коренев Г.В. и Тарасенко А.П. Прогрессивные способы уборки и борьба с потерьями урожая. М.: “Колос”, 1977. – 176 с.