ISSN:2181-2020
55
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 57.032:636.018
TAKALARDA KO‘PAYISH BILAN BO‘G‘LIQ JINSIY REFLEKSLARNING
NAMOYON BO‘LISHI
B.X.Djambilov
B.B.Ibragimov
F.E.Sherqulova
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti, Samarqand sh. O‘zbekiston
E-mail: djambilov.bekzod@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868263
Annotatsiya
. Mazkur maqola takalarda ko‘payish bilan bog‘liq jinsiy reflekslarning
namoyon bo‘lish belgilari yoritilgan bo‘lib, mazkur belgilar repoduktiv xususiyatlarni
baholashda muhim biologik ahamiyat kasb etadi. Takalardagi jinsiy reflekslar orqali kuyga
kelgan urg‘ochi echkilarni aniqlash, eng oddiy va samarali usul hisoblanadi. Shuning uchun
ham takalardagi jinsiy reflekslar zanjiridagi ketma-ketlikni bilish kelgusida ko‘payish
jarayonlari boshqarish imkoniyatini beradi.
Kalit so‘zlar
: taka, repoduksiya, shartsiz va shartli reflekslar, feramon
.
Аннотация.
В статье рассматриваются признаки половых рефлексов, связанных с
размножением у козлов, имеющие важное биологическое значение при оценке
репродуктивных признаков. Наиболее простым и эффективным методом в период
размножения является определение течки самки по половым рефлексам козлов. Таким
образом, знание последовательности половых рефлексов у коз позволит
контролировать будущие репродуктивные процессы.
Ключевые слова
: козел, размножение, безусловные и условные рефлексы,
феромон.
Abstract
. The article discusses the signs of sexual reflexes associated with reproduction
in he-goats, which have important biological significance in assessing reproductive traits. The
simplest and most effective method during the breeding season is to determine the female's
estrus by the sexual reflexes of he-goats. Thus, knowledge of the sequence of sexual reflexes in
goats will allow monitoring future reproductive processes
Key words:
he-goat, reproduction, unconditioned and conditioned reflexes, pheromone.
Organizmning muayyan biologik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maqsadli faollik
fe’l-atvor harakati hisoblanadi. Biologik ehtiyoj - bu tirik organizmlarning o‘zini saqlab qolishi
va rivojlantirishi uchun tashqi muhit bilan a’loqasini ta’minlaydigan o‘ziga xos kuch, tirik
tizimlar faolligining manbai hisoblanadi. Ehtiyojni boshqacha qilib turtki, motivatsiyali,
harakatlatiruvchi deb nomlasa bo‘ladi. Bu ehtiyoj biron bir yetishmovchilikda, noqulaylikni
his qilganda o‘zini namoyon qiladi va kuchayadi. Bu instink fe’lq-atvor reaktsiyalarining
dastlabki tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, ma’lum bir ixtisoslashgan xarakterdagi faollikni keltirib
chiqaradi. Hayvonlarning o‘ziga xos faollik turiga undaydi. Masalan, ko‘payishga tayyorgarlik
ko‘rish. Hayvonlarda har bir fe’l-atvor harakati asosida tabiiy instinklar yotib, ular shartsiz va
shartli reflekslar orqali o‘zini namoyon etadi.
Hayvonlarining fe’l-atvor harakatlarini bilish zootexnik, veterinar, biolog, biotexnolog
uchun juda muhim. Chunki hayvonlarni parvarish qilish uchun maqbul sharoitlarni yaratish,
ISSN:2181-2020
56
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
oziqlantirish, ekspluatatsiya qilish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lig‘ini baholash, organlar
va organizm faoliyatining buzilish tabiati va uning darajasi, ushbu faoliyatni to‘g‘rilash uchun
organizmga ta’sir qilish yo‘llari va usullarini aniqlash, ularni ko‘zlangan tomonga o‘zgartirish
imkoniyati ilmiy asoslash kabi chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarurdir.
Organizmning reproduktiv funktsiya juda murakkab biologik jarayon hisoblanadi.
Hayvonlarning ko‘payish fiziologiyasi xususiyatlarini bilishda genotipik va paratipik omillar
ta’siri katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Organizmning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi qonuniyatlarini kashf qilinishi, ularda kechadigan irsiylanish mohiyatini
chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ko‘payish jarayonlari mohiyatini to‘g‘ri tushunish
hayvon organizmlari tabiatini boshqarishga yo‘l ochadi va shu bilan yangi zotlarni yaratish va
mavjud zotlarni yaxshilash, yuqori mahsuldor yosh hayvonlarni saqlash va maqsadli ravishda
urchitish imkonini beradi. Naslchilik ishlarining eng muhim tadbirlaridan biri avlodlarining
sifati bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan naslli hayvonlardan jadal foydalanishdir. Naslli hayvonlar
nafaqat tegishli eksteryer, mahsuldorligi va salomtligi kabi ko‘rsatkichlari bilan ustunlik
qilishi, balki undan foydalanish o‘zining yuqori butun reproduktiv xususiyati bilan ham ajralib
turishi kerak.
Uning dastlabki bosqichida kuyga kelgan urg‘ochilarni izlash, erektsiya, irg‘ish,
kopulyatsiya va eyakulyatsiya reflekslari namoyon bo‘ladi.
Takalarning reproduktiv funktsiyasi shartsiz va shartli reflekslar majmuasidan tashkil
topgan. Bunda jinsiy reflekslar zanjiridagi ketma-ketligida dastlabki bosqichini kuyga kelgan
tuvchalarni izlash va ta’qib qilish refleksi egallaydi. Odatda takalarda bu refleks juda aniq,
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Takalar hattoki kerak bo‘lsa, juftlashish mavsumida tuvchani izlab
ko‘p kilometr yurishga qodir. Bunda takalarning tuvchalarni topishga undovchi fenomen hid
bilish hissi etakchi rolni o‘ynaydi. Tuvchalar jinsiy a’zosidan ajraladigan feramonlar takalarda
mazkur refleksni stimullaydi.
Takalarda jinsiy reflekslar zanjiridagi navbatdagi bosqishi erektsiya refleksida sodir
bo‘ladi. Natijada jinsiy a’zodagi arterial tomirlarining yuzasining kengayishi uni to‘q qizil
rangga kirishiga olib keladi. Bundan tashqari kavernoz tananing piyoscha-kavernoz va
o‘tirg‘ich-kavernoz muskullarining qisqarishi va uretra devorining qonga to‘yinishi jinsiy a’zo
o‘lchami va hajmining kattalashishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy manbaalarda qayd etilishicha
bulbouretral va kichik uretra bezlari tomonidan ajralgan sekret urogenital kanalni siydikdan
tozalash va sperma o‘tishi uchun sharoit yaratadi.
Takalarda jinsiy reflekslar zanjiridagi keying jinsiy refleks bu – tuvchalarga irg‘ish
refleksidir. Mazkur refleks han takalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda takalar tuvchalarga
irg‘ish oldidan old oyoqlari bilan tuvchani turtib, o‘ziga xos tovush chiqaradi. Ko‘pchilik
boshqa tur erkak hayvonlarida agar urg‘ochi hayvon irg‘ishga to‘sqinlik qilsa, jinsiy mayli
susayadi. Hattoki irg‘imaslik holatlari kuzatilishi mumkin. Takalarda esa aksincha, tuvchalar
irg‘ishga yo‘l qo‘ymay nari borishsa ham takalar ularning ortidan qolmaydi. Tuvchalarning
o‘zini chetga olishi takalarda irg‘ish refleksini stimullaydi.
Taka urg‘ochiga irg‘igandan so‘ng jinsiy reflekslar zanjiridagi keying jinsiy refleks –
kopulyatsiya
(qo‘shilish)
sodir bo‘ladi. Takalardan ajraradigan sperma hajmi yuqori emas.
Shunga mos holda kopulyatsion refleksning davomiyligi ham uzoq davon etmaydi. Shundan
kelib chiqqan holda uning davomiyligi bir necha soniyadan oshmaydi.
ISSN:2181-2020
57
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Takalarda jinsiy reflekslar zanjirida yakunlovchi jinsiy refleks bu – eyakulyatsiya
refleksidir. Tabiiy sharoitda eyakulyatsiya jarayoni erkak hayvonning reproduktiv funktsiya
bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy shartsiz reflekslar tizimining so‘ngi bosqichi hisoblanadi.
Mazkur refleks bir necha murakkab bosqishlar orqali yuzaga chiqadi.
Eyakulyatsiyadan oldin tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bu refleks takaning irg‘ishga
tayyorlanishi paytida boshlanadi. Bunda urug‘ yo‘llari devori faol va kuchli qisqarishi
natijasida urug‘don ortig‘idan urug‘ning so‘rilishiga imkon yaratadi. Bu jarayon bilan
birgalikda bulbouretral va uretral bezlar ishlay o‘z sekretsiyasini boshlaydi. Ularning
sekretsiya tomchilari siydik kanalidan chiqariladi. Ikkinchi bosqichda urug‘ urug‘ kanallaridan
prostata bezining sekretsiyasi bilan bir aralashib urogenital kanalga chiqariladi.
Qayd etilishicha prostata sekreti epididimal spermaning
pH
qiymatini neytrallaydi va
spermiylarni faollashtiradi. Bezning asosiy vazifasi eyakulyatsiya paytida sperma harakatini
rag‘batlantirib, transport vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari eyakulyatsiya paytida
siydik pufagining chiqish yo‘lini yopadigan klapan vazifasini ham bajaradi. Urug‘ suyuqligi
urug‘don tomonidan ishlab chiqarilgan spermani mexanik ravishda suyultiradi va
eyakulyatsiya hajmini oshiradi. Natijada tirik spermatozoidlarning erkak tanasidan
tashqarida harakatlanishini osonlashtiradi.
Eyakulyatsiyaning yakuniy bosqichida pufakchasimon bezlardan sekretsiyalarning
chiqishi bilan tavsiflanadi, ular eyakulyatni yana suyultiradi va uni bufer tuzlari bilan boyitadi.
Urogenital kanaldan sperma qoldiqlarini chiqaradi. Tos bo‘shlig‘idagi uretraning qisqarishi
orqali urg‘ochi hayvonning qiniga otilib kiritiladi. Takalar tuvchalardan alohida saqlanganda
ularda gomoseksual reflekslar rivojlanishiga olib keladi. Agar takalar bir xil yosh va jins
guruhida parvarishlansa tuvchalarga nisbatan mayl uyg‘onmay qolishiga olib keladi. Bunda
irg‘ish refleksi bir-biriga yoki guruhdagi eng zaif takaga nisbatan shakllanadi. Natifada takalar
tuvchalarga befarq bo‘lib qoladi. Ammo shunga qaramasdan shakllangan gomoseksual
reflekslarning foydali tomoni ham mavjud. Bunday shakllangan gomoseksual reflekslar orqali
takalardan yil davomida sperma olishda foydalanish imkonini beradi. Biroq ko‘p hollarda,
gomoseksual reflekslar suruvning ko‘payish jarayoniga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.
Shuning uchun ham tadqiqotlarda ularda takalarda bunday reflekslar shakllanmasligi uchun
ular alohida saqlanib, vaqti-vaqti bilan tuvchalarga yaqinlashishi ularni hidlab ko‘rishi uchun
tashqariga chiqarilib turildi. Qayd etish zarurki, xo‘jalikda hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish
texnologiyasini qo‘llashda eng avvalo yosh takalarni sun’iy qinga o‘rgatish lozim. Ana
shundagina ulardan sperma olish bo‘yicha shartli jinsiy reflekslar rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Аксёнова П.В., Ермаков А. М.А 42 Биология репродукции коз: Монография. —
СПб.:Издательство «Лань», 2015. — 272 с.
2.
Бaймишeв X.Б., и др. Прaктикум пo aкушeрcтву и гинeкoлoгии : учeб. пocoбиe. 2-e
изд. пeрeрaб. и дoп. - Caмaрa: РИЦCГCХA, 2012. – 300 c.
3.
Екимов А.Н., Козлов А.Ф., Пушкарев H.H. Генетическая детерминация
воспроизводительной функции коз оренбургской пуховой породы // Актуальные
вопросы сельскохозяйственного производства: Сб. науч. тр. - Оренбург, 1996. - Ч. П. - С.
34-39
ISSN:2181-2020
58
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
4.
Лопырин А.И. Биология размножения овец.-М.:Колос,1971.-С.240.
5.
https://studfile.net/preview/4180154/page:6/
6.
