Авторы

  • S.X. Uralova
    Magistrant Toshkent davlat agrar universiteti
  • M.X. Dosmuxamedova
    Ilmiy rahbar Toshkent davlat agrar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.120608

Ключевые слова:

qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi qizil-оlа gоlshtin zot oziqlantirish sharoiti

Аннотация

Ushbu maqolada Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi “Abdumalik ota vorislar” naslchilik fermer xo‘jaligining qizil-оlа gоlshtin zotli sigirlarining oziqlantirish sharoiti haqida ma’lumotlar yoritilgan.


background image

ISSN:2181-2020

31

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

UDK 632.2.

TAJRIBADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR SUT MAHSULDORLIGINING TIRIK

VAZNIGA BOG‘LIQLIGI

S.X.Uralova

Magistrant

M.X.Dosmuxamedova

Ilmiy rahbar

(Toshkent davlat agrar universiteti)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15868121

Annotatsiya

. Ushbu maqolada Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi “Abdumalik ota

vorislar” naslchilik fermer xo‘jaligining qizil-оlа gоlshtin zotli sigirlarining oziqlantirish
sharoiti haqida ma’lumotlar yoritilgan.

Abstract.

This article provides information on the feeding conditions of red-and-white

Holstein cows at the "Abdumalik Ota Vorislar" breeding farm in the Bakhmal district of the
Jizzakh region.

Kalit so‘zlar:

qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi, qizil-оlа gоlshtin, zot,

oziqlantirish sharoiti

Key words

: cattle farm, red-and-white Holstein, breed, feeding conditions

Kirish.

Keyingi yillarida mamlakatda chorvachilikka oid bo‘lgan ko‘plab davlat

qonunlari, Prezident farmon va qarorlari vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan.
Shu davr mobaynida chorvachilikning barcha tarmog‘i barqaror rivojlanib, bu jarayon
ayniqsa, keyingi yillarda yanada jadallashgan. Respublikamiz chorvachiligida qoramolchilik
yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki ishlab chiqarilayotgan va aholi iste’molidagi sutni asosiy
qismini sigir suti tashkil qiladi.

Tadqiqot o‘tkazish joyi, material va metodlar.

Ilmiy tadqiqot ishining tajriba qismi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi “Abdumalik ota vorislar” naslchilik fermer xo‘jaligining
qizil-оlа gоlshtin zоtli yosh sigirlаrda o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalar va ularning tahlili:

Sigirlarni yuqori me’yorda va to‘yimli ozuqalar

bilan oziqlantirish sut miqdoriga va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sigirlarning ratsioni
barcha zaruriy to‘yimli moddalar bo‘yicha tenglashtirilgan va to‘la qiymatli bo‘lishi talab
etiladi. Sog‘in sigirlar ozuqa ratsionida ko‘p miqdorda yuqori sifatli dag‘al va shirali
ozuqalarni iste’mol qilish lozim. Chunki, bu ozuqalar oshqozon-ichak tizimining me’yordagi
faolligiga va sifatli sut hosil qilishiga imkon beradi. Yuqori me’yordagi to‘yimli oziqlantirishga
o‘tilganda, sut miqdori ko‘tariladi va uning sifati yaxshilanadi.

Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash

darajasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi va sigirlardan sutbop podalarda foydalanish
samaradorligini ko‘rsatadi. Xo‘jalikda yil davomida bir tipli oziqlantirish tashkil qilingan bo‘lib
ayrim shirali, konsentrat va dag‘al ozuqalar xo‘jalikning o‘zida yetishtiriladi.

1-jadval

Sigirlarni bir tipdagi oziqlantirishda foydalanilgan
ozuqalar salmog‘i, %

Ozuqalar

Guruhlar

I

II

III


background image

ISSN:2181-2020

32

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

1

Beda pichani

12

11,82

11,7

2

Bug‘doy somoni

4,45

4,38

4,33

3

Paxta shluxasi

7,1

7

6,93

4

Senaj

10

9,86

9,75

5

Makkajo‘xori silosi

26,48

27,56

28,33

6

Nimqand lavlagi

4,02

3,96

3,92

7

Makka yormasi

20,3

20

19,8

8

Bug‘doy yormasi

11,85

11,68

11,54

9

Paxta shroti

3,8

3,74

3,7

Jami

100

100

100


Tajriba guruhlaridagi sigirlarga bir tipdagi oziqlantirish tashkil etilgan ozuqalardan

foydalanildi. Laktatsiya davomida tajriba guruhlaridagi sigirlarning ozuqalarning to‘yimligi va
salmog‘i o‘rganilganda I tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,6 foiz shirali ozuqani
40,5 foiz konsentrat ozuqani 35,9 foiz II tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,2 foiz
shirali ozuqani 41,4 foiz konsentrat ozuqani 35,4 foiz, III tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al
ozuqani 23,0 foiz shirali ozuqani 42 foiz konsentrat ozuqani 35,0 foiz iste’mol qilingan. Bu
ozuqalarning to‘yimligi va salmog‘i bo‘yicha guruhlararo keskin farq kuzatilmaganligi qayd
qilindi.

Boshqacha qilib aytganda oziqlantirish va asrash sharoitini yanada yaxshilagan holda

golshtin sigirlardan ko‘proq mahsulot olish mumkin. Sut mahsuldorligini o‘rganish borasidagi
izlanishlar ko‘p o‘n yilliklar davomida o‘tkazilib kelinmoqda. Olib borilgan seleksion ishlar
natijasida sigirlarning sut mahsuldorligi bir necha martaga oshdi. Shu narsa aniqki, chetdan
keltirilgan golshtin zotning xo‘jalik foydali belgilari, ayniqsa ularning tirik vazni, sut
mahsuldorligi yaxshi takomillashgan.

Xulosa.

Shunday qilib, tadqiqotlar natijalariridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki golshtin

zotli sigirlar laktasiya davomida bir turdagi ozuqani yuqori ishtaha bilan iste’mol qildilar, bu
o‘z navbatida ularning yuqori darajadagi sut mahsuldorligini yuzaga chiqarishga imkoniyat
yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M.X. Dosmuxamedova Qoramolchilik. O‘quv qo‘llanma. Innovatsion rivojlanish

nashriyot-matbaa uyi. Toshkent. 2024. 204 b
2.

M.X.Dosmuxamedova, U.N.Nosirov. Toshkent atrofida chorvachilik fermer xo‘jaliklar

podasini golshtinlashtirish va sersut qilish texnologiya usullarida sut maxsuldorligini oshirish.
//Zooveterinariya. 2012 № 7. 30 -31 b.
3.

Nosirov U.N. Dosmuxamedova M.X Import qilingan Germaniya golshtin mollar genotipli

nasldorlik va mahsuldorlik sifati. Zooveterinariya jurnali. №7-8. 2012. 35-36 b.
4.

Nosirov.U.N. va boshqalar. Chorvachilikda klassik va zamonaviy seleksiya usullari.

Toshkent. 2008. 472 b
5.

A.K.Kaxarov, M.K.Narbayeva, Sh.E.Qurbonova, O.A.Maxmadiyorov. Qoramolchilikda

golshtinlashtirishning zootexnikaviy va iqtisodiy samaradorligi. // Zooveterinariya. 2013.№
9. 26-27 b.

Библиографические ссылки

M.X. Dosmuxamedova Qoramolchilik. O‘quv qo‘llanma. Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi. Toshkent. 2024. 204 b

M.X.Dosmuxamedova, U.N.Nosirov. Toshkent atrofida chorvachilik fermer xo‘jaliklar podasini golshtinlashtirish va sersut qilish texnologiya usullarida sut maxsuldorligini oshirish. //Zooveterinariya. 2012 № 7. 30 -31 b.

Nosirov U.N. Dosmuxamedova M.X Import qilingan Germaniya golshtin mollar genotipli nasldorlik va mahsuldorlik sifati. Zooveterinariya jurnali. №7-8. 2012. 35-36 b.

Nosirov.U.N. va boshqalar. Chorvachilikda klassik va zamonaviy seleksiya usullari. Toshkent. 2008. 472 b

A.K.Kaxarov, M.K.Narbayeva, Sh.E.Qurbonova, O.A.Maxmadiyorov. Qoramolchilikda golshtinlashtirishning zootexnikaviy va iqtisodiy samaradorligi. // Zooveterinariya. 2013.№ 9. 26-27 b.