EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 221
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
STRUCTURE AND FUNCTIONAL STATES OF EPITHELIAL
TISSUE
Amirqulov Navro'z To'rayevich
Scientific Advisor: Senior Lecturer
Salimova Shahina Farmon qizi
2nd Faculty of Medicine, 1st-Year Student: Tashkent Medical Academy,
Department of Histology and Medical Biology
https://doi.org/10.5281/zenodo.15341728
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 26
th
April 2025
Accepted: 29
th
April 2025
Online: 30
th
April 2025
,
Epithelial tissue is one of the four main tissues of the div. I
used literature sources with the understanding that epithelial
tissue covers all internal cavities and transitional areas of the
div, as well as all exposed surfaces, and that it is relevant in
medical procedures such as skin grafting. Relevance of the
Research: Epithelial tissue is one of the most important tissues
in the human div, as it protects the div from external
factors, ensures the exchange of substances, and participates in
secretion and absorption processes. In recent years, ecological
factors, lifestyle changes, viral infections (particularly COVID-
19), and the increase in oncological diseases have compelled
deeper study of the functional state of epithelial tissues.
KEYWORDS
Epithelium,
columnar
epithelium, apical and
basal
poles,
skin
transplantation, ichthyosis.
EPITELIY TO’QIMASINING TUZILISHI VA UNDAGI FUNKSIONAL HOLATLAR
Amirqulov Navro'z To'rayevich
Ilmiy rahbar katta o’qituvchi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Gistologiya va Tibbiy biologiya kafedrasi
Salimova Shahina Farmon qizi
2-son Davolash fakulteti 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15341728
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 26
th
April 2025
Accepted: 29
th
April 2025
Online: 30
th
April 2025
,
Epiteliy to’qimasi tananing to’rtta asosiy to’qimasidan biridir.
Men epiteliy to’qimasi tananing barcha ichki bo’shliqlari va
o’tish joylarini qamrab olishi va barcha ochiq yuzalarni
qoplashi hamda tibbiyotda teri ko’chirib o’tkazish haqida
ma’lumotga ega bo’lgan holda adabiyotlardan foydalandim.
Tadqiqot dolzarbligi:
Epiteliy to’qimasi inson organizmidagi
eng muhim to’qimalardan biri bo’lib,u
organizmni tashqi
muhitdan himoya qilish, moddalar almashinuvini ta’minlash,
sekretsiya va absorbsiya jarayonlarida ishtirok etadi.So’nggi
yillarda ekologik omillar, turmush tarzining o’zgarishi ,virusli
infeksiyalar(xususan, COVID-19) va onkologik kasalliklarning
ko’payishi epiteliy to’qimalarining funksional holatini
chuqurroq o’rganishga majbur qilmoqda.
KEYWORDS
Epiteliy,
silindrsimon
epiteliy, apikal va bazal
qutblar,
teri
transplantatsiyasi, ixtioz.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 222
Kirish
Epiteliy(epithelium) termini
ma’nosi “Epi”
-
ustidan qoplovchi,”tele”
-
so’rg’ich degan
ma’noni bildiradi.Epiteliy nomi birinchi marta terining mikroskopik tuzilishini o’rganilganda
tilga olingan va o’sha vaqt terining so’rg’ichsimon qavatini qoplab turgan to’qima sifatida
qaraladi.Epite
liy to’qimasi epiteiotsit hujayralarini o’z ichiga oladi.Odam tanasining tashqi va
ichki tomonida joylashgan bo’lib ham tashqi ham ichki muhitdan ajratib turadi.Epiteliy mana
shu ajratib turish vazifasidan kelib chiqib chegaralovchi to’qima deb ham atasak
bo’ladi.Tashqi va ichki muhitdan organizmni chegaralab turar ekan, muhit bilan bevosita
bog’lanib turadi.epiteliy to’qimasining hujayralari qatlam
-
qatlam bo’lib organlarni o’rab
oladi.To’qima hujayralari bir
-
biri bilan tutashib,o’z vazifasiga ko’ra tashqi
muhitdan ajralib
oladi.To’qimaning asosiy massasini hujayralar massasi tashkil etadi.Epiteliy to’qimasi ikkita
yirik qismga:qoplovchi va bez epiteliysiga ajratib o’rganiladi.Ovqat hazm qilish sistemasini
qoplab turuvchi epiteliy bevosita moddalar almashinu
vida ishtirok etadi,ya’ni parchalangan
ovqat moddalarini qon va limfaga so’rilishini ta’minlaydi. Tashqi muhit bilan bog’liq
bo’lmagan organlar yuzasini qoplab turadigan epiteliy seroz pardali epiteliy deyiladi.Bunga
misol qilib o’pkani tashqi tomondan qop
lab turuvchi parda-plevrani misol qilib olsak
bo’ladi.Bundan tashqari epiteliy organizmdagi ba’zi endokrin bezlarni ham qoplab
turadi.Masalan, qalqonsimon bez, ayrisimon,
gipofiz ya’ni odenogipofiz epiteliysi kiradi.
Bulardan tashqari, epiteliy to’qimasi
organizmni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Teri
epiteliysi o’ziga xos morfologik tuzilganligi tufayli organizmni har xil tashqi ta’sirdan ,ya’ni
mexanik,kimyoviy ta’sirdan va unga har xil infeksiya kirishidan saqlaydi.Epiteliy to’qimasi
kelib chiqi
shi va bajaradigan funksiyalari turlicha bo’lib, boshqa to’qimalardan o’zining
xususiyatlari bilan farq qiladi.
1.
Epiteliy to’qimasi har doim bazal membranada yotadi.
2.
Epiteliy to’qimasi nerv tomirlar bilan ta’minlangan.
3.
Epiteliy to’qimasi yuqori
darajada o’z
-
o’zini regeneratsiya(tiklash) qobiliyatga ega.
4.
Epiteliy to’qimasi bir
-
biriga zich joylashgan plast holdagi hujayralar to’plamidan
iborat bo’lib,hujayralararo moddasi bo’lmaydi.
5.
Epiteliy to’qimasi bazal membranada joylashganligi sababli
, uning tarkibidagi
hujayralar qutbli differensiallanish xususiyatga ega, ya’ni hujayralarning apikal va bazal
qismlari farqlanadi.
6.
Epiteliy to’qimasida qon tomirlar bo’lmaydi,uning hujayralari bazal membrana
ostidagi qo’shuvchi to’qimalardan ozuqa moddalarni diffuz yo’li bilan oladi.
Filogenetik klassifikatsiyasi bo’yicha 5 ga bo’linadi:
Teri epiteliysi, ichak epiteliysi,buyrak epiteliysi, selomik epiteliy,ependimoglial epiteliy .
Morfofunksional klassifikatsiyasi b
o’yicha epiteliy to’qimasining
hujayralarini bazal
membrana aloqasiga ko’ra:Bir va ko’p qavatli,ko’p qatorli epiteliy.
Epiteliy va uning ostida joylashgan biriktiruvchi to’qima orasida asosiy(bazal)
membrana bor.Bu membrana hosil bo’lishida har ikkala qo’shni joylashgan to’qima ishtirok
etadi.Bir qatlamli epiteliylarda barcha hujayralar o’zlarining bazal uchlari bilan ana shu
membranaga tegib tursa,ko’p qatlamli epiteliyda bazal membranaga tegib turuvchi hujayralar
qatlami ustiga bu membrana bilan aloqador bo’lmagan hujayralar bir necha qatlam bo’lib
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 223
joylashadi.Epiteliyning ayrim turlarida,ayniqsa,silindrsimon epiteliyning maxsus moslamalari
tukchalari bo’ladi.
Bir qavatli epiteliy.Bu epiteliyda barcha hujayralarning pastki bazal qismlari bazal
membrana bilan bevosita tutashgan bo’lib
, bir qator joylashgan bir qavat hujayralardan
iborat epiteliydan tashkil topgan.Organizmning ayrim joylarida misol uchun ichaklarda,nafas
olish sistemasi epiteliysida uchraydigan bunday epiteliy hujayralari orasida bo’yi
-
bo’yiga
teng bo’lgan bir hujayrali qadoqsimon bez hujayralari ham uchraydi.Bir qavatli epiteliy o’z
navbatida yana ikkiga: bir qatorli va ko’p qatorliga bo’linadi.Bir qavatli bir qatorli epiteliy
hujayrasi bazal membranaga tutashgan bo’lib,yuqoridan erkin, ya’ni apikal qismi tashqi
mu
hit bilan bog’liq bo’ladi.Shu bilan birga bu epiteliy hujayralari, odatda bir xil o’lchamda
bo’lib, qolganlariniki oraliqda qolib ketadi.Natijada ularning uchi to’qima yuzasigacha o’sib
chiqmaydi. Shuning uchun ularning yadrosi bir tekis joylashmagan bo’l
adi. Hujayralarining
shakliga qarab yassi, kubsimon va silindrsimon yoki prizmatik epiteliyga bo’linadi.Bir qavatli
yassi epiteliy-
mezoteliy deb nomlanib,tananing ikkilamchi bo’shlig’i yoki selom bo’shlig’ini
hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir.Mezoteliy seroz pardalar-plevra va qorin pardaning
parietal va visseral varaqlarini,yurak oldi xaltachasi devorini qoplab oladi. Mezoteliy
hujayralari 2 ta yoki 3 ta yassilashgan yadroga ega bo’lib, elektron mikroskop ostida
qaraganda qorin bo’shlig’iga q
aragan erkin yuzasida mikrovorsinkalar tutadi.Hujayralar bir-
biri bilan desmosomalar yordamida bog’lanadi. Mezoteliy yuzasi silliq bo’lganligi uchun
ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi, o’pkaning nafas ekskursiyasida, organlarning
sirpanma hara
katida muhim rol o’ynaydi hamda organlarning o’zaro yopishib qolmasligini
ta’minlaydi. Mezoteliy yuksak darajada regeneratsiya qobiliyatga ega bo’ladi. Ajralib turgan
hujayralar o’rnini qo’shni hujayralar surilib to’diradi. Patologik holatda ajra
lib tushgan
hujayralar o’rnida teshikchalar hosil bo’ladi.
Bir qavatli kubsimon epiteliy
–
buyrak kanalchalarida,bezlarning chiqaruv naylarida,
kichik bronxlarda uchraydi. Kubsimon hujaralarning yadrosi yumaloq shaklda bo’lib
hujayra markaz
ida joylashadi. Sekret hujayralar(bez)da sekretsiya bilan bog’liq
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 224
organellalar taraqqiy etib,sekretor kiritmalar uchraydi.Bir qavatli silindrsimon
–
epiteliyning
hujayralari balanad prizmatik shaklda bo’lib, bir
-
biriga zich joylashadi.Me’da s
hilliq
pardasini qoplagan prizmatik hujayralar sekretor xususiyatga ega bo’lib, shilliq ishlab
chiqaradi. Ichak tarkibidagi epiteliy hujayralarning orasida maxsus shilliq ishlovchi
qadahsimon, bakalsimon hujayralar bo’ladi. Bu shilliq ishlovchi hujayralar me’da va
ichaklarni shilliq qavatlarini mexanik va kimyoviy ta’sirdan himoya qiladi.Ichak
epiteliysining asosiy prizmatik hujayralalari ovqatni ichaklarda surilishini ta’minlab
beradi.
Bir qatorli silindrsimon epite
liyning yana bir turi tukchali ya’ni tebranuvchi
epiteliy tuxum yo’li va bachadon shilliq
pardasida uchraydi. Epiteliy hujayralari
tebranuvchi
tukchalarga ega bo’ladi. Bir qatlamli bir qatorli silindrsimon epiteliyning
ayrim turlarini o’t pufagi shilliq pardasi, bezlarning chiqaruv yo’llari , buyrakning
siydik naychalarida uchratamiz.
Ko’p qavatli epieliy.Bu epiteliy bir necha qavat hujayralardan tashkil topgan bo’lib,bazal
membrana bilan faqat eng birinchi qavat hujayralari orqali tutashib turadi,yuqori qavatlari
esa tutashmaydi.Bu epiteliy bir necha xil bo’lib, tarkibidagi qavatlarni tashkil etuvchi
hujayralar kubsimon,silindrsimon,o’simtali bo’lishiga qaramasdan, to’qima eng ustki qavatini
qoplab turu
vchi hujayralarning shakliga qarab nomlanadi.Masalan, to’qimaning ustki qavatini
yassi epiteliy qoplab tursa,uni ko’p qavatli yassi epiteliy deyiladi.Ko’p qavatli epiteliy o’z
navbatida muguzlanadigan va muguzlanmaydigan turlarga bo’linadi.Epiteliy hujayra
larini
muguz qavat,ya’ni tangacha hosil qilish xususiyatga ega bo’lsa, to’qimada shu qatlam hosil
bo’lsa unda bunday to’qima ko’p qavatli muguzlanadigan epiteliy deyiladi.Binobarin
hujayralarda muguzlanish xususiyati bo’lmasa,ya’ni muguz qavat bo’lmasa ,b
unday epiteliy
ko’p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi.Bulardan keyin uchinchi turi o’zgaruvchan
epiteliy ham kiradi.
Ko’p qavatli muguzlanadigan yassi epiteliy.Bu epiteliy hayvonlar terisi yuzasini qoplab
turadi.Teri ikki qavatdan tuzilgan:birinchi tashqi epiteliy hujayralaridan tashkil topgan-
epidermis va ikkinchisi uning ostida joylashgan xususiy derma qavatidan iborat.Teri ostida
yog’ kletchatkasi bo’lib,tanani turli qismlarida har xil qalinlikda bo’ladi.Morfofunksional
xususiyatiga qarab 5 ta qavat tafovut qilinadi: bazal,tikanaksimon,donador,yaltiroq va muguz
qavatlar.
Bazal membranada bir qator silindrsimon hujayralar joylashgani uchun uni bazal qavat
deb ataladi.Uning ustida bir necha qavat joylashgan o’siqlik ko’p qirrai hujayralar bo’lib,
tikanaksimon hujayralar qavatini hosil qiladilar.Bazal va tikanaksimon qavatdagi
hujayralarda maxsus organellalar-
tonofibrilla bo’lib tayanch vazifani bajaradi.
Donador qavat tarkibidagi yassilangan duksimon hujayralarning sitoplazmasida fibrilla
oqsilidan tashkil topgan-
keratogialin donachalari bo’lib,u keyinchalik shox modda
-keratinga
aylanadi.
Yaltiroq qavat asosan kaft va tovon terilarida uchrab,
hujayralarida yadro bo’lmaydi.
Sitoplazmasida oqsil modda-
eleidin bilan to’lgan 3
-4 qavat yassi hujaylaridir.
Muguz qavat-
muguz tangachalardan tashkil topgan o’lik hujayralar bo’lib tangachalar
doimo yangilanib turadi, ularni o’rnini ostki qavatdagi hujayralar siljib to’ldiradi.Bazal va
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 225
tikanaksimon qavatlar hujayralari bo’linib,ko’payib differensiallashadi,so’ng
ra muguzlanish
jarayoniga uchraydi va yuqori qavatlarga siljib tushib turadi.
Ko’p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy
-
og’iz bo’shlig’ining ichki yuzsini,
qizilo’ngachning shilliq qavatini va ko’zning muguz pardasini qoplab turadi.Unda quyidagi
qavatlar bor: bazal, tikanaksimon va yopqich.
Ko’p qavatli o’zgaruvchan epiteliy.Bu epiteliy buyrak kosachalari,jomi,siydik yo’llari va
siydik pufagining ichki yuzalarini qoplab turadi.A’zolarning siydik bilan to’lgan va
to’lmaganligiga qarab epiteliy hujayralarining shakllari o’zgarib turadi.O’zgaruvchan
epiteliyda ham 3 ta qavat farqlanadi.1) bazal qavat-
mitoz yo’li bilan ko’payadigan
differensiallashgan kubsimon hujayralar qavati; 2) oraliq qavati-bir yoki bir necha qavat
bo’lib joylashgan noto’g’ri yoki noksimon hu
jayralar qavati; 3) yopqich qavati-ustki qavat
bo’lib,ko’p yadroli yirik hujayralardan iborat.
Teri transplantatsiyasi.Yumshoq to’qimalarning nuqsonlarini tiklashda teri
transplantatsiyasidan foydalanilgan.Teri transplantatsiyasi hozirgacha jarrohlikda kuyish
terapiyasi uchun oltin standart sifatida qabul qilingan.Teri grefti -
tananing zarar ko’rmagan
joyidan sog’lom epiteliyni olib tashlash jarayoni.Keyinchalik bu sog’lom epiteliy yo’qolgan
yoki shikastlangan epiteliyni qoplash uchun ishlatiladi.Teri transplantatsiyasi katta
yaralar,terini buzadigan suyak sinishi yoki terining bir qismini jarrohlik yo’li bilan olib
tashlangan joylarda qo’llaniladi.Epiteliy to’qimasi zararlanganda ixtioz, gerpes,vitiligo psoriaz
kabi kasalliklar yuzaga chiqadi.
Ixtioz kasalligi
Ixtioz(diffuz keratom)-
bu irsiy teri kasalligi bo’lib,unda keratinizatsiya jarayoni
buziladi.Teri po’stlog’i quruqlashib,kasallikning og’ir holatlarida esa unda tarozilar paydo
bo’ladi.Ko’p hollarda ixtioz o’zini erta bolalikda namoyon qiladi.
Sabablari
Ushbu kasallikning bir necha turi mavjud.Vulgar(oddiy) kasallikning eng keng tarqalgan
turi hisoblanadi.Ko’p hollarda bola hayotining 3
-oyida belgilari yuzaga chiqa
boshlaydi.Shuningdek,lamellar ixtiozi, x-
bog’langan.Ixtioz irsiy kasallikdir.Qabu
l qilingan
ixtiozning sababi endokrin tizimning buzilishidir.
Alomatlari
Alomatlar kasallikning turi va darajasiga bog’liq.Ixtiozning asosiy belgilari:terining
qattiq quruqligi va tozalanishi; terining rangining o’zgarishi masalan, terining rangi sariqdan
qora ranggacha farq qiladi; plitalar terisida tarozi ko’rinishida oq yoki kulrang ko’rinish, og’ir
holatlarda qo’pol jigarrang plitalar hosil bo’ladi.Undan tashqari termoregulyatsiya buzilishi
bilan bog’liq muammolar, terlashning pasayishi,kaft va oyoq ostidagi aniq chiziqlar, mo’rt
sochlar va teridagi qichishishlar.
Diagnostikasi
Dermatologlar tomonidan kasallik tashxisi mavjud simptomlar asosida amalga
oshiriladi.Qoida tariqasida,
ixtioz aniq klinik ko’rinishga ega va
diagnostikada hech qanday
qiyinchiliklarga olib kelmaydi.Bemordan quyidagi tekshiruv usullari o’tkazilishi kerak:
terining gistologik tahlii, umumiy va biokimyoviy qon testlari, siydikning umumiy tahlili.
Davolash
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 226
Zamonaviy tibbiyotda ixtiozni to’laqonli
davolash choralari aniq emas.Tibbiyotdagi
davolash usullari kasallikning simptomlarini kamaytirishi mumkin.Buning uchun quyidagi
dori terapiyasi ko’rsatiladi:
A, B, C, E vitaminlari va niatsin komplekslari; qalqonsimon bez
faoliyatini yaxshilash uchun gormonal dorilar.Mahalliy dorilar va fizik davolanish zarur.
Terini namlash uchun malham va kremlar buyuriladi.
Salitsil kislotasi yallig’lanishni
yengillashtiradi va terini dezinfeksiyalaydi. Fizioterapiyada esa ishlatiladigan muolajalardan
terini davolaydigan va qichishishni yengillashtiradigan dorivor vannalar buyuriladi.
Kasallikning kechishiga iqlim ta’sir qiladi masalan, sovuq havoda kasallik belgilari yanada
kuchayadi.
Shuning uchun bemorlarga iliq iqlimga o’tish tavsiya etiladi.
Profilaktika
Ushbu kasal
lik noaniq harakterga ega bo’lganligi sababli, ixtiozning rivojlanishiga yo’l
qo’ymaslik uchun profilaktika choralari mavjud emas.
Xulosa
Barcha epiteliy to’qimalari quyidagi umumiy va
muhim xususiyatlarga ega.Barcha
epiteliy to’qimalari bir yoki bir necha qatlamli qalin hujayralar varag’idan iborat.
Regeneratsiyasi tananing ochiq ichki va tashqi yuzlarida shikastlanib o’zini qayta tiklaydi.
Bu
jarayon epiteliyda joylashgan ildiz hujayr
alarining mitoz bo’linishi orqali doimiy ravishda
almashinib turar ekan.
References:
1.
Shodiyev N.Sh., Dilmurodov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik,
Toshkent 2015.
2.
Ibrohimov Sh.l. va b. "Sitologiya, gistologiya va embriologiya", darslik, T. 2006.
3.
Shodiyev N.Sh va b. "Sitologiya, gistologiya va embriologiya", o‘quv
qo‘llanma,T.2006
4.
Козлов Н.А “Обшая гистология. Ткани домашних млекопитаюших животнх:” Учебн
пособие для вузов СПб: Лан 2004
5.
Jo Ann Eurell, Dvm, Phd., Brian L. Frappier, Dvm, Phd
“Dellmann’s Textbook of
Veterinary Histology” Australia ©2006 Blackwell
Publishing.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 227
6.
Allamurodov M.X. va Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi»
fanidan amaliy
mashg‘ulotlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Samarqand 2005
7.
Yunusov, H. B., Dilmurodov, N. B., Kuliev, B. A., & Akhmedov, S. M. (2021). The role of
coccal microflora in the etiology and pathogenesis of respiratory diseases in lambs of the
Karakul breed of Uzbekistan
