EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 112
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
TEORETOCAL BACICS OF FORMING ECOLOGICAL
THINKING AND CULTURE AMONG YOUTH
Nazarov Makhsud Abduqodirovich
Researcher at the National University of Uzbekistan
https://doi.org/10.5281/zenodo.15262170
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18
th
April 2025
Accepted: 21
st
April 2025
Online: 22
nd
April 2025
,
The article analyzes the pedagogical aspects of forming
ecological thinking and culture among youth. It covers issues of
developing ecological culture at various stages of education:
preschool, primary, secondary, and higher education. The role of
family, school, and society in developing an individual's ecological
consciousness and moral views is demonstrated. Proposals for
improving ecological education and upbringing, the importance
of local studies, and ways to integrate theory and practice in
forming ecological consciousness are presented.
KEYWORDS
Ecological
thinking,
ecological
culture,
ecological education and
upbringing,
continuous
ecological
education,
ecological consciousness,
ecological ethics, person's
«internal ecology», local
studies, attitude towards
nature,
different
age
periods, ecologization.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО
МЫШЛЕНИЯ И КУЛЬТУРЫ У МОЛОДЕЖИ
Назаров Махсуд Абдукадирович
Соискатель Нaционального университета Узбекистана
https://doi.org/10.5281/zenodo.15262170
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18
th
April 2025
Accepted: 21
st
April 2025
Online: 22
nd
April 2025
,
В статье анализируются педагогические аспекты
формирования экологического мышления и культуры у
молодежи. Освещены вопросы формирования экологической
культуры на различных этапах образования: дошкольное
образование, начальное образование, среднее образование и
высшее образование. Показана роль семьи, школы и
общества в развитии экологического сознания и
нравственных
взглядов
личности.
Представлены
предложения по совершенствованию экологического
образования и воспитания, значению краеведения, путям
интегратсии теории и практики в формировании
экологического сознания.
KEYWORDS
Экологическое
мышление,
экологическая
культура,
экологическое
образование
и
воспитание,
непрерывное
экологическое
образование,
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 113
экологическое сознание,
экологическая
этика,
«внутренняя экология»
личности, краеведение,
отношение к природе,
различные возрастные
периоды, экологизatsiя.
YOSHLARDA EKOLOGIK TAFAKKUR VA MADANIYATNI
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Nazarov Maxsud Abduqodirovich
O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15262170
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18
th
April 2025
Accepted: 21
st
April 2025
Online: 22
nd
April 2025
,
Maqolada yoshlarda ekologik tafakkur va madaniyatni
shakllantirishning pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Ta’limning
turli bosqichlarida, ya’ni maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich
ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida ekologik
madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shaxsning
ekologik ongi va axloqiy qarashlarini rivojlantirishda oila,
maktab va jamiyatning o‘rni ko‘rsatilgan. Ekologik ta’lim va
t
arbiyani takomillashtirish, o‘lkashunoslikning ahamiyati,
ekologik ongni shakllantirishda nazariya va amaliyotni
uyg‘unlashtirish yo‘llari bo‘yicha takliflar berilgan.
KEYWORDS
Ekologik
tafakkur,
ekologik
madaniyat,
ekologik ta’lim
-tarbiya,
uzluksiz
ekologik ta’lim,
ekologik ong, ekologik
axloq, shaxsning «ichki
ekologiyasi»,
o‘lkashunoslik, tabiatga
munosabat, turli yosh
davrlari,
ekologiyalashtirish.
KIRISH
Hozirgi davrda yuzaga kelgan ekologik vaziyat ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini
qamrab olgan ekan, uning ta’siridan endigina tug‘ilgan, o‘sib kelayotgan murg‘ak bolalar ham,
maktab yoshidagi o‘smirlar ham tashqarida bo‘la olmaydi. Shuning uchun oilada, maktabgacha
muassasalarda, umumta’lim maktablarida ekologik axloq va madaniyatni ta
rbiyalash dolzarb
vazifalardandir. Masalani O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoev ta’biri bilan
aytganda, «Buning uchun jamiyatda axloqiy–ekologik ongni shakllantirish va «zamonaviy
bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy
ehtiyojga aylanishi kerak» (1).
So‘nggi yillarda jamiyat ekologik axloqini shakllantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar,
turli taklif-tashabbuslar milliy qonunchilikda hamda hukumat darajasida qabul qilinayotgan
huquqiy hu
jjatlarda o‘z aksini topmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023 yil 31 maydagi PQ-174-
sonli «Markaziy Osiyo atrof
-
muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish
universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori (2)
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 114
mamlakatimizda ekologik ta’lim va madaniyatni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab
berdi.
Jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida bir qator vazifalarni bajarish talab etiladi. Xusu
san, ta’lim tizimining barcha
bo‘g‘inlarida ekologik ta’lim va tarbiyani samarali tashkil etish, ekologik tafakkurni
rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb vazifalardan h
isoblanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
E
kologik ta’lim
-
tarbiya va madaniyatni shakllantirish masalalari ko‘plab olimlar
tomonidan o‘rganilgan. Ekologik madaniyatning pedagogik asoslari va uni shakllantirish
metodikasi Y.B. Aydarov, Z. Abdullaev, Y.Sh. Shodimetov, K. Yunusov, T. Djarlepesov kabi
olimlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
Z. Abdullaev «
Ekologik munosabatlar va ekologik ong
» asarida ekologik ong va
dunyoqarashning shakllanish jarayonini tahlil qilib, «agar dunyoqarash insonning du
nyoga,
o‘ziga va o‘zining atrof muhit bilan munosabatlariga qarashli bo‘lsa, endigi dunyoqarash
insonning, atrof dunyoning, bir so‘z bilan aytganda «olam
-
inson» tizimining yaxlitligini
tushunish yo‘nalishida qayta ko‘rib chiqishni shartlab qo‘yadi» deb ta’
kidlaydi (10). Muallif
ekologik dunyoqarashning bugungi zamon ma’naviy taraqqiyotidagi o‘rnini belgilab, ta’lim
tizimini ekologiyalashtirish orqali shaxsning ma’naviy dunyosini boyitish mumkinligini
ko‘rsatib o‘tadi.
Ye.B. Aydarov o‘zining «O‘quvchi yoshlarga ma’naviy
-axloqiy tarbiya berish orqali
ekologik madaniyatni shakllantirish» maqolasida yoshlar ma’naviy
-ahloqiy qiyofasining
ekologik madaniyat bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi: «Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarning
ma’naviy
-axloqiy qiyofasi asosan ularning ekologik bilim darajasi, tabiatni asrash va muhofaza
qilishga bag‘ishlangan dunyoqarashi va tafakkur doirasining kengligi asosida ekologik
madaniyati shakllanadi. O‘quvchi yoshlarning ma’naviy
-axloqiy sifatlari asosan inson
shaxsining ruhiy-
ma’nav
iy-
axloqiy va ekologik tarbiya jihatlarini ham o‘z ichiga oladi» (6).
Yu.Sh. Shodimetov «Ijtimoiy ekologiyaga kirish» kitobida shaxsning ekologik madaniyati,
ya’ni atrof tabiiy muhitga amaliy ongli munosabatini shakllantirish masalalarini o‘rgangan.
Mualli
f turli yosh davrlarida ekologik ongni rivojlantirish xususiyatlarini tahlil qilib, «o‘rta
maktab yoshida shaxs sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va saqlab borish, inson bioijtimoiy
tabiatining yaxlitligini, uning atrof olam bilan o‘zaro bog‘liqligini
, tabiatning tizimliliga va
biosferaning yashash uchun yaroqli sifatlardan mahrum bo‘lishining xavfligini tushunish
negizida ekologik jihatdan maqsadga muvofiq faoliyat olib borish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
mahorat, asos hamda ijtimoiy yo‘l
-
yo‘riq kasb etadi» deb yozadi (19).
K. Yunusov «Sotsiologiya» darsligida o‘rta maktabning yuqori sinflari o‘quvchilarini
ekologik tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Uning fikricha, «o‘rta maktabning
yuqori sinflari yoshlarning maktab ta’limi va tarbiyasi siklini yakunlaydi, o‘rta maktabni
bitiruvchilarning ko‘pchiligi mehnat faoliyatini boshlab yuboradi, ular o‘quv sinflariga
qaytishsa, bu vaqtinchalik bo‘lib, o‘quv faoliyati ular uchun asosiy kuch sarflaydigan soha
bo‘lmay qoladi. Shuning uchun yoshlarn
i faol mehnat faoliyatiga tayyorlash, shu jumladan
ularning ekologik ta’lim
-
tarbiyasi uchun alohida mas’uliyat o‘rta maktablarining yuqori sinflari
zimmasidadir» (20).
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 115
T. Djarlepesov «Yana bir dars» maqolasida ekologik tarbiyani amalga oshirishda
o‘lkashunoslikning o‘rni va roli masalalarini tadqiq qilgan. Muallif «maktab o‘lkashunosligi
maqsad va vazifalarini yangi darajaga ko‘tarish kerak» deb hisoblaydi va bu fanni «bizga tahdid
solib turgan dunyo miqyosidagi barcha ekologik muammolarini hisobga olgan holda, ularning
tarixiy izchilligi bo‘yicha va muqarrar ravishda istiqboliga ham nazar tashlagan holda o‘quv
jarayonida foydalanish» zarurligini ta’kidlaydi (21).
Yuqoridagi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekologik tafakkur va madaniyatni
shakllantirish muammosi pedagogik tadqiqotlarda keng o‘rganilgan bo‘lsa
-da, zamonaviy
sharoitda bu masalani yanada chuqurroq o‘rganish talab etiladi. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim
tizimining turli bo‘g‘inlarida ekologik tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini, s
haxsning ekologik
ongi va madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini yaxlit tizim sifatida tadqiq etish
muhim ahamiyat kasb etadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ekologik tarbiya jarayoni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanishi lozim. Bu
davrda bolan
ing tabiatga bo‘lgan munosabati, uning ekologik ongi shakllanishi uchun ilk
poydevor qo‘yiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik
madaniyatni shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish muhim:
Birinchidan
, maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish,
insonning tabiatning ajralmas bog‘liqligini kundalik hayotdan olingan oddiy misollar orqali,
bevosita tabiat qo‘ynida tushuntirib borish maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, maktab ostonasig
a qadam qo‘yish arafasidagi (6
-7 yoshli) bolalarga tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, tabiatning betakror go‘zalligi va uning insoniyatga bergan
ne’matlari haqida dastlabki tushunchalarni berish muhim.
Bu yoshda bolalarning ongiga
ekologik tafakkurning ilk kurtaklarini singdirish kerak.
Uchinchidan, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda
amaliy mavzular asosida ish olib borish samarali natija beradi. Masalan, «Suvni tejash», «Elektr
energiyasidan to‘g‘ri foydalanish», «Maishiy chiqindilarni to‘g‘ri saralash», «Mening sevimli
tabiat burchagim» kabi mavzular bolalarda tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatni
shakllantirishga yordam beradi.
Bola kichik maktab yoshida tabiat bilan mustaqil o‘zaro ta’sirga kirishisha oladi, de
mak
unda ekologik ong shakllanishi yanada faollashadi. Odatda, bu yoshda sportning ayrim turlari
bilan shug‘ullanishga, tabiat hodisalari sabablarini aniqlashga ishtilish, uy jayvonlarini
o‘ynatishga moyillik va hokazolar ko‘zga tashlanadi. Bu ehtiyojlarni
vaqtida qo‘llab
-quvvatlash
va ularni zarur yo‘lga solish maktab va oilaning vazifasidir. Ayni paytda kattalar bolalarning
o‘zlariga ishonib topshirib qo‘yilgan jonivorlar hayoti uchun mas’uliyatni nazorat qilib
borishlari va shu mas’uliyat darajasini ko‘tarishlari, jonivorlar bilan munosabat o‘yin bo‘lib
qolmasligini kuzatib borishi zarur.
Boshlang‘ich sinflarda ekologik tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
ekologik bilimlarni shakllantiruvchi qiziqarli ma’lumotlarni berish («Tabiatshunoslik»
kursi hamda boshqa maktab kurslarining ekologik mavzulari, sinfdan tashqari mavzuiy
mashg‘ulotlar);
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 116
asosiy mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish (bino va hududni yig‘ishtirish, ko‘chat o‘tqazish,
jonivorlar va o‘simliklarni mas’uliyat bilan par
varishlash).
Tadqiqot materiallari ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinflarda ekologik ta’lim
-tarbiya bilan
bog‘liq qator muammolar mavjud. Xususan, «1 dan 4 sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda,
masalan, o‘quvchilar ekologiya bilan «Bizni o‘rab turgan olam» bo‘limida tanishadilar, yuqori
sinflarda esa, garchi qator darsliklarda ekologiya bo‘yicha material kam berilibgina qolmay,
balki umuman berilmagan bo‘lsa
-
da, bu kamchilik» ta’lim tizimini takomillashtirishni talab
qiladi.
Umumta’lim maktablarining o‘rta sinflarida shaxs ekologik madaniyati, ya’ni atrof tabiiy
muhitga amaliy ongli munosabati shakllanadi. Bu bosqich bolaning axloqiy, estetik, ma’naviy
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu davrda uni atrofdagilarga, o‘rtoqlariga, jumladan
borliqqa, tabiatg
a munosabati jiddiy o‘zgara boshlaydi. Pedagog
-
psixologlar ta’kidlaganidek,
bolalikdan o‘smirlikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. Uning dunyoqarashi, voqea
-hodisalarni
baholash mezonlari yangi mazmun bilan boyidi. O‘z
-
o‘zini anglashda е
tarli asoslanmagan
«men» degan tushuncha oldingi safga chiqadi. Bularning barchasi o‘rta sinf bolalariga nisbatan
alohida yondoshishni talab qiladi, ularning faoliyatini ehtiyotlik bilan nazorat qilib borish
zaruriyati tug‘iladi.
Bu davrda shaxs sog‘lom turmush tarzini shakl
lantirish va saqlab borish inson bioijtimoiy
tabiatning yaxlitligini, uning atrof olam bilan o‘zaro bog‘liqligini, tabiatning tizimliliga va
biosferaning yashash uchun yaroqli sifatlardan mahrum bo‘lishining xavfligini tushunish
negizida ekologik jihatdan
maqsadga muvofiq faoliyat olib borish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
mahorat, asos hamda ijtimoiy yo‘l
-
yo‘riq kasb etadi.
O‘rta maktabning yuqori sinflari yoshlarning maktab ta’limi va tarbiyasi siklini
yakunlaydi, o‘rta maktabni bitiruvchilarning ko‘pchiligi
mehnat faoliyatini boshlab yuboradi,
ular o‘quv sinflariga qaytishsa, bu vaqtinchalik bo‘lib, o‘quv faoliyati ular uchun asosiy kuch
sarflaydigan soha bo‘lmay qoladi. Shuning uchun yoshlarni faol mehnat faoliyatiga tayyorlash,
shu jumladan ularning ekolog
ik ta’lim
-
tarbiyasi uchun alohida mas’uliyat o‘rta maktablarining
yuqori sinflari zimmasidadir.
O‘rta maktab bitiruvchisi ijtimoiy jarayonlar uchun, shu jumladan ekologik jihatdan toza
muhitni saqlab turish hamda takomillashtirishda shaxsiy mas’uliyat mezo
nini, ahloqiy shaxsiy
sayi-harakatining ahamiyatini aniq tasavvur etishi lozim. Bu uning kelgusidagi butun hayotiy
faoliyatida
еtakchi g‘oya, dunyoqarash, falsafiy tafakkur shakllanishining sarchashmasi bo‘lib
qolishi mumkin.
Bu vaqtda o‘rta maktabda o‘rganiladigan o‘quv fanlari o‘z mazmuniga ko‘ra, ekologik
muammolarni jiddiy ilmiy-
amaliy jihatdan dolzarb qilib qo‘yish imkonini beradi. Ammo shuni
afsus bilan qayd etish mumkinki, hozir maktab kurslarida o‘rganilayotgan masala va
mavzularning ekologik mazmun
i juda sayoz. Maktablarda «Atrof muhitni muhofaza qilish»
kursi o‘rganilayotgani va undan maqsad o‘quvchilarga ekologik madaniyatni singdirishdan
iborat ekanligiga qaramay, darsliklardagi materiallar va o‘quv dasturlari takomillashtirishni
talab etadi.
Oli
y o‘quv yurtlari
- bu yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oxirgi bosqich.
Jamiyat esa oliy dargoh bitiruvchisidan nafaqat yaxshi mutaxassis bo‘lishini, balki yuksak
madaniyatli, ayniqsa ekologik madaniyatli inson bo‘lishini ham kutadi. Oliy o‘qu
v yurti
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 117
bitiruvchisining ekologik madaniyati jamiyat uchun juda muhim, chunki u o‘z mavqei bilan
boshqalarga, ayniqsa yoshlarga namuna bo‘ladi.
Tabiiy-ilmiy tafakkurni ekologiyalashtirish
—
navbatdagi kompaniya bo‘lmay, balki
insoniyatning omon qolish ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan zaruratdir. Tabiatshunoslar buni
hammadan ko‘ra ko‘proq his etishlari zarur. Ayniqsa, bu zaruriyatni hozirgi zamon molekulyar
biologiyani rivojlantirish gen injeneriyasi vujudga kelishi bilan bog‘liq. Bu hol jiddiy ijtimoiy va
aj
loqiy muammolarni o‘rtaga qo‘ydi. Shunday sharoitda ong va tafakkurni ekologiyalashtirish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ekologik bilim va madaniyatini
shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Mustaqil topshiriqlar, ilmiy ma’ruzalar, loyihalar tayyorlash
orqali talabalarda nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar ham shakllanadi.
Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, «maktab o‘lkashunosligi maqsad va vazifalarini yangi
darajaga ko‘tarish kerak,
- bu fanni bizga tahdid solib turgan dunyo miqyosidagi barcha
ekologik muammolarini hisobga olgan holda, ularning tarixiy izchilligi bo‘yicha va muqarrar
ravishda istiqboliga ham nazar tashlagan holda o‘quv jarayonida foydalanish» zarur.
O‘lkashunoslikka bag‘ishl
angan aqliy, ilmiy ommabop, ayniqsa badiiy adabiyotlar bilan
o‘quvchilarni muntazam tanishtirib borish o‘zining samarasini beradi. Bunday yondashuv
orqali «o‘quvchilar jonajon diyor, biosferaning ekologik holati bilan tanishibgina qolmay, balki
uning ofat-
falokatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari, tabiat, uning olami bilan hamdard bo‘lish
tuyg‘ulari shakllanadi».
Har bir yoshning genetik xususiyatlari va tabiiy iqtidori uning ijtimoiy-biologik
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bu tabiiy qobiliyatlarni amaliy ko‘nikmalar va dolzarb
bilimlarga aylantirish uchun izchil pedagogik yondashuv talab etiladi. Pedagogik jarayonning
asosiy maqsadi insonning ichki dunyosidagi tabiiy va ijtimoiy bog‘lanishlarni
uyg‘unlashtirishdir. Bu insonning «ichki ekologiyasi» de
b ataluvchi murakkab tizimni
shakllantiradi. «Shaxsning atrof
-
muhit bilan muvozanatli munosabatlari, ya’ni «tashqi
uyg‘unlik» hosil bo‘lgandagina, uning ichki dunyosida ham mutanosiblik yuzaga keladi. Bu ikki
jihat bir-
birini to‘ldiradi va yoshlarning har tomonlama barkamol rivojlanishiga xizmat qiladi».
Shaxsning «ichki ekologiyasi» uning faqat tabiatga bo‘lgan munosabatinigina emas, balki
o‘z
-
o‘ziga, o‘z salomatligiga, o‘z tafakkuriga bo‘lgan munosabatini ham o‘z ichiga oladi. Bu
jihatdan, ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni har tomonlama barkamol shaxsni
tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Malakali mutaxassislar uchun ham, jamiyatning har bir a’zosi uchun ham tabiiy va ijtimoiy
muhitda faoliyat yuritishda ekologik tamoyillar asosida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
zamonaviy ta’lim
-tarbiya vazifadir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagi tahlil va natijalar asosida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin:
1.
Ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish jarayoni uzluksiz ta’lim
tizimining
barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, muntazam va tizimli yondashuvni talab qiladigan
murakkab jarayondir. Bunda ta’lim
-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari -
oila, ta’lim
muassasalari, mahalla, jamoat tashkilotlari va butun jamiyatning o‘
zaro hamkorlikdagi
faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning sa’y
-harakatlarini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Shu ma’noda, ekologik ta’lim
-tarbiyaga kompleks yondashuv zarur.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 118
2.
Shaxsning ekologik axloqini shakllantirish uchun uch muhim joyda tarbiya berish kerak:
oilada, bog‘chada va maktabda. Bu joylarda bolalarga tabiat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni,
atrof-
muhitni ehtiyot qilishni va o‘zining ichki dunyosini rivojlantirishni o‘rgatish lozim.
3.
Oliy o‘quv yurtlari
- bu yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oxirgi bosqich.
Jamiyat esa oliy dargoh bitiruvchisidan nafaqat yaxshi mutaxassis bo‘lishini, balki yuksak
madaniyatli, ayniqsa ekologik madaniyatli inson bo‘lishini ham kutadi. Oliy o‘quv yurti
bitiruvchisining ekologik madaniyati ja
miyat uchun juda muhim, chunki u o‘z mavqei bilan
boshqalarga, ayniqsa yoshlarga namuna bo‘ladi.
4.
Ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya samaradorligini oshirish uchun ta’lim
dasturlarida ekologik mavzularni kengaytirish, darsliklarni ekologik mazmun bilan boyitish,
o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarur. Bu jarayonda
alohida o‘quv fanlari doirasida ekologik mavzularni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, barcha
fanlarni ekologiyalashtirishga erishish lozim.
5.
Ekologik tarbiyani
amalga oshirishda o‘lkashunoslikning ahamiyatini oshirish,
o‘lkashunoslik bilimlarini ekologik muammolar bilan bog‘lab o‘rganish talab etiladi.
O‘lkashunoslik orqali o‘quvchilarda mahalliy ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyat va
daxldorlik hissini uyg
‘otish, ularni hal etishda faol ishtirok etishga undash mumkin.
6.
Ekologik ta’lim
-
tarbiya jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishish
- muhim
vazifa. Bilim, ko‘nikma va malakalar birligi asosida ekologik madaniyatni shakllantirish,
o‘quvchi va talabalarning tabiatni muhofaza qilish faoliyatida faol ishtirokini ta’minlash,
ekologik aksiyalar, tadbirlar, loyihalarni amalga oshirishga jalb etish samarali natija beradi.
7.
Yoshlarda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirishda milliy qadriyatlar, urf-
odatlar, an’analarga tayanish, ajdodlarimizning tabiatga ehtiromli munosabati, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bunda zardushtiylik ta’limoti, tasavvuf falsafasi, xalq pedagogikasi an’analarini
o‘rganish va ulardan zamonaviy ekologik ta’lim
-tarbiyada foydalanish maqsadga muvofiqdir.
8.
Ekologik tarbiya va mafkuraviy tarbiya o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlash orqali
yoshlarda nafaqat tabiatga mas’uliyatli munosabatni, balki V
atanga muhabbat, milliy
qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini ham shakllantiradi. Bugungi kunda ta’lim muassasalari va
oilada ekologik tarbiya va mafkuraviy tarbiyani birlashtirgan holda olib borish, zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni
uyg‘unlashtirish orqali yoshlarda sog‘lom ekologik dunyoqarash va mustahkam mafkuraviy
immunitetni shakllantirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida jamiyatimizning barqaror
rivojlanishiga xizmat qiladi.
9.
Ushbu jarayonni milliy ma
fkura va qadriyatlarimiz asosida tashkil etish, ta’lim
-tarbiya
tizimida ekologik va mafkuraviy tarbiyani uzviy bog‘liqlikda amalga oshirish, yoshlarda
tabiatga bo‘lgan muhabbatni Vatanga bo‘lgan muhabbat bilan bog‘lash muhim ahamiyat kasb
etadi.
10.
Ushbu xulosalar asosida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
11.
Uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’lim
-
tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash
uchun davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, xususan, ekologik
mavzularning ulushini oshirish.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 119
12.
Ta’lim muassasalarida «Ekologik etika», «Ekologik o‘lkashunoslik», «Ekologik
savodxonlik» kabi maxsus kurslarni joriy etish.
13.
O‘qituvchi va tarbiyachilarning ekologik savodxonligini oshirish maqsadida maxsus
malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
14.
Ekologik ta’lim
-
tarbiya uchun zarur bo‘lgan o‘quv
-
metodik adabiyotlar, elektron ta’lim
resurslari, multimedia vositalarini yaratish.
15.
Ta’lim muassasalarida ekologik tadbirlar, aksiyalar, to‘garaklar, ekspeditsiyalar,
ekskursiyalar tashkil etis
h orqali o‘quvchi va talabalarning amaliy faoliyatini kuchaytirish.
16.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholining ekologik madaniyatini
oshirish bo‘yicha targ‘ibot
-tashviqot ishlarini kuchaytirish.
17.
Ekologik ta’lim
-
tarbiya sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va milliy an’analar
bilan uyg‘unlashtirgan holda amaliyotga joriy etish.
18.
Ekologik tarbiyada oila, mahalla, ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
19.
Jamiyatda
ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni
rag‘batlantirish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
20.
Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan innovatsion loyihalarni
qo‘llab
-quvvatlash mexanizmlarini yaratish.
Yuqoridagi takliflarning amalga oshirilishi yoshlarda yuksak ekologik tafakkur va
madaniyatni shakllantirishga, jamiyatda ekologik ongni yuksaltirishga, tabiatni muhofaza
qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy chora
-tadbirlarning samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan
–
milliy yuksalish sari. 4-jild.
–
Toshkent: 2020.
O‘zbekiston. –
B. 387.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi PQ
-174-
sonli «Markaziy
Osiyo atrof-muhit va i
qlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini
tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori.
https://lex.uz/en/docs/6487227
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston
Respublikasida atrof-
muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha 2019
-
2030 yillar uchun Konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida»gi 484
-son qarori.
4.
Abdуllaеv Z. Эkоlоgiчесkiе отnошеniя i эkоlоgiчесkое соznaniе. —
Тaшkеnт: Фan, 1990.
—
С. 17
-41.
5.
Abdуllaеv Z. Эkоlоgiчесkiе отnошеniя i эkоlоgiчесkое соznaniе. —Тaшkеnт: Фan, 1990.
—
С. 21—
35.
6.
Aydarov Ye.B. O‘quvchi yoshlarga ma’naviy
-axloqiy tarbiya berish orqali ekologik
madaniyatni shakllantirish. Zamonaviy ta’l
im / sovremennoe obrazovanie, 2019, 8(81).
–
B.65.
7.
Djaрlепесоv Т. Еще оdin уроk. // Эkоlоgiчесkiy vестnik. —
1999.
—
№1—
2.
—
С. 39.
8.
Туроnоv M.M. Эkоlоgiчесkiе znaniя i соznaniе: фilософсkое осmысlеniе. Avтореф. diсс.
... kand. фilос. naуk.—
Тaшkеnт, 1993. —
С. 11—
16.
9.
Шоdimетоv Ю.Ш. Vvеdеniе v соцiоэkоlоgiю. —Тaшkеnт: Уzbеkiстоn, 1993. —
С. 15—
43.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 120
10.
Эрgaшеv A.Э., Руdеnkо I., Davlетоv С. Осnоvы эkоlоgii. —Тaшkеnт: Уzbеkiстоn, 1996. —
С. 13—
23.
11.
Yunusov K. Sotsiologiya.
—
Andijon: ADU, 1997;
—
S. 83
—
89.
12.
G‘affarova
G.G‘. Ekologik harakatning ijtimoiy
-falsafiy tahlili: Falsafa fan. nomz. ... diss.
avtoref.
—
Toshkent, 2008.
—
B. 18-21.
13.
Qo‘shoqov
Sh.
Umumta’lim
maktab
o‘quvchilarida
ekologik
madaniyatni
shakllantirishning pedagogik asoslari. Pedagogika fanlari bo‘yich
a fal. doktori diss. (PhD)
avtoref.
–
Toshkent, 2018.
–
52 b.
14.
Xasanova K.B. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishning
pedagogik shart-sharoitlari: Pedagogika fanlari nomzodi ... diss.
—
Toshkent, 2006.
—
152 b.
15.
Armstrong J.B., Impara J.C. The Impact of an Environmental Education Program on
Knowledge and Attitude // Journal of Environmental Education.
–
2019. -
№22(4). –
P.36-40.
16.
Gray D.B., Borden R.J., Weigel R.H. Ecological Beliefs and Behaviors: Assessment and
Change. Westport, CT: Greenwood Press, 2020.
–
356 p.
17.
Palmer J. Environmental Education in the 21st Century: Theory, Practice, Progress and
Promise. London: Routledge, 2018.
–
284 p.
18.
Smith-Sebasto N.J. Environmental Education in the United States: Status, Trends and
Implications for the Future // Environmental Education Research, 2021. -
№28(3). –
P.300-
315.
19.
Tilbury D. Environmental Education for Sustainability: Defining the New Focus of
Environmental Education in the 1990s // Environmental Education Research.
–
2017. -
№1. –
P.195-212.
20.
Stapp W., et al. The Concept of Environmental Education // Journal of Environmental
Education.
–
2018. -
№1. –
P.30-31.
