EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 52
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
THE LETTER MOVEMENT IN THE EPOCH OF
RUSTAMKHON
Boltayeva Iroda
2nd year student of the Uzbek language and literature department of
the Faculty of Turkic Languages of the Nukus State Pedagogical
Institute
https://doi.org/10.5281/zenodo.15181328
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03
rd
April 2025
Accepted: 08
th
April 2025
Online: 09
th
April 2025
,
This article analyzes the significance of the letter motif in the
plot of
the epic “Rustamkhon”. This letter, written by
contemporaries, appears in the epic as a means of deceiving
Sultankhan and slandering Khuraim. The content of the letter
and its impact on the fate of the heroes are studied, and it is
analyzed as a key factor in the development of the plot. The role
of the letter motif in the epic in the traditional literary method
is also highlighted.
KEYWORDS
Epic, letter motif, drunken
old
woman,
Kurudim
country, intimates, slander,
evil deed.
RUSTAMXON DOSTONIDA XAT MOTIVI
Boltayeva Iroda
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va
asabiyoti 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15181328
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03
rd
April 2025
Accepted: 08
th
April 2025
Online: 09
th
April 2025
,
Ushbu maqolada “Rustamxon” dostoni syujetidagi xat
motivining ahamiyati tahlil qilinadi. Dostonda kundoshlar
tomonidan yozdirilgan bu xat Sultonxonni aldash va Xuroyimni
yomonotliq qilish vositasi sifatida namoyon
bo‘ladi. Xatning
mazmuni va uning qahramonlar taqdiriga ta’siri o‘rganilib, u
syujetni rivojlantirishdagi kalit omil sifatida tahlil qilinadi.
Shuningdek, dostondagi xat motivining an’anaviy adabiy
usuldagi o‘rni ham yoritiladi.
KEYWORDS
Doston,
xat mativi, maston
kampir,
Qurudim
mamlakati,
mahramlar,
tuhmat, qabohat.
Doston
–
xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy
-sarguzasht,
fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar.
1
Xalq og‘zaki ijodidagi
“Alpomish” qahramonlik dostoni bo‘lsa, “Go‘ro‘g‘li”, “Ravshan”, “Oshiq g‘arib va Shohsanam”
kabilar bilan bir qatorda “Rustamxon” dostoni ham ishqiy
-sarguzasht dostonlar sirasiga
kiradi. Ushbu doston 1937-
yilda baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tilidan Hodi Zari
f yozib olgan.
Doston voqealari Oqtosh viloyatida sodir bo‘ladi. Asosan, an’anaviy ravishda dostonar
farzandsizlik mativi bilan boshlanganidek, ushbu doston ham farzandsizlaik mativi bilan
boshlanadi. “Rustamxon” bosh qahramonlari Sultonxon, Huroyim va kun
doshlari, Momagul
maston va boshqalar.
1
10-sinf adabiyot darsligi Toshkent-2017 26-bet
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 53
Oqtosh viloyati podshosi Sultonxonning uchta xotini bo‘lsa ham befarzand edi. Uning
yoshi o‘tib, soqoli oqarib qolganida Huroyim degan xotini homilador bo‘ladi va oy kuni
yaqinlashganida Sultonxon Qurudumga ketishini
ng sababi bir tush ko‘radi: “O, sen Qurudum
mamlakatiga safar qilsang, o‘n to‘rt yil deganda borib kelsang, shunda Xudo bergan farzanding
turadi, bo‘lmasa nobud bo‘ladi”.
2
Shu voqeadan keyin doston syujeti rivojlanib boradi.
Yuqorida aytilganidek, U o‘n to‘rt yildan keyin qaytishi kerak edi. Bu vaqt mamlakat
boshqaruvi maslahatlashilgan holda Huroyimga qoldiriladi. Huroyim yurtni juda ham a’lo
darajada boshqaradi. Hasadgo‘y kundoshlar maslahatlashib, uni bundan mahrum mahrum
qilish payiga tushadilar va Oqt
oshdagi jodugar uch yuz mastoni mastoni bo‘lgan Momagul
mastonni ishga soladilar. Hattoki, unga to‘rt qop tilla berishadi va Huroyim ustidan bir
arznoma yozdirishadi. Momagul maston bu ishni Ko‘yiston mamlakatidan kelgan to‘rt mullaga
topshiradi. Sultonxo
nga yo‘llangan maktub quyidagi jumlalar bilan boshlanadi:
Oqtosh elda Huroyim qurisin,
Tul badani qora yerda churisin,
Ergashtirdi yoshi bilan qarisin,
Yig‘ib oldi yigitlarning barisin!
Ko‘chalarda quloch urib yuradi,
Oqtoshning shahrini shunday bulg‘adi,
Mehmonxonalarda bazm beradi,
Chiroq o‘chirib hamsha o‘ynab
-kuladi
3
.
Xatda qattiq qoralov mavjud. Bu misralarda Huroyim haqidagi haqiqat bilan bog‘liq
bo‘lmagan, g‘arazli ig‘vo va tuhmat ustunlik qiladi, go‘yo u shaharni buzib, yoshi
-qari demay
hammani yo‘l
dan urgan kimsadek tasvirlanadi. Misralar xalq orasida aytiladigan tanqidiy yoki
hajviy ruhdagi she’rga o‘xshab ketadi. Unda Huroyimning qilmagan ishlari tasvirlanib, uning
shafqatsizligi va axloqiy tubanligi ifodalangan.
Sultonxonning yuzin tuban qiladi,
Poshsho qilgan xotining shunday qiladi.
Qay betiman sulton elga keladi.
Ko‘ringan yigitni qaytarib olib,
Kim bo‘lsa, qo‘lini bo‘yniga solib,
Poshshoyim huroyim yoring qursin,
Oqtosh shahring ketdi bari bulg‘onib.
Sultonxon, bul ishdan o‘zing bexabar,
Huroy
im ko‘nglida buzuqchilik bor,
Katta-kichik shohning holiga kular,
Huroyimning elda anima ishi bor!
4
Hukmdorlar va nufuzli shaxslar tarix davomida turli maqsadlarga xizmat qiluvchi xatlar
orqali yo‘naltirilgan, chalg‘itilgan yoki sinovga tutilgan. Sultonxonga yo‘llangan ushbu maktub
ham aynan shunday yo‘sinda shakllangan bo‘lib, unda shaxsiy manfaatlar, gumon va
beqarorlik urug‘larini ekish niyati yaqqol seziladi. Maktub mualliflari Sultonxonni
2
“Rustamxon” dostoni Toshkent-2021 5-bet
3
“Rustamxon” dostoni T-2021 19-bet
4
“Rustamxon” dostoni 19-bet
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 54
o‘ylantiruvchi, unga shubha uyg‘otuvchi ohangda yozgan. “Sultonxon, bul ishdan o‘zing
bexabar, Huroyim ko‘nglida buzuqchilik bor” degan jumlada aynan ushbu taktika yaqqol
namoyon bo‘ladi. So‘zlarning ohangidan shunday taassurot uyg‘onadiki, yozuvchilar
voqealarning mohiyatini o‘z nuqtayi nazarlaridan kelib chiqib talqi
n qilgan va hukmdorni
tashvishga solishga harakat qilgan. Maktubda ishlatilgan “Oqtosh shahring ketdi bari
bulg‘onib” iborasi esa voqealar ataylab keskin tusda tasvirlanganidan dalolat beradi. Xat
mualliflari hukmdorning his-
tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish, uni zudlik bilan chora ko‘rishga
undashga uringan. Beqarorlik haqidagi ta’kidlar esa uning qarorlariga ta’sir ko‘rsatish vositasi
sifatida xizmat qilgan.
Arizada Huroyimning axloqsiz harakatlar qilayotgani haqida gapiriladi. “Ko‘ringan
yigitni qaytarib oli
b, kim bo‘lsa, qo‘lini bo‘yniga solib” degan jumlalar bilan uni begona
erkaklar bilan aloqada bo‘layotganday tasvirlashga harakat qilingan. Ammo bu gaplar hech
qanday dalilga asoslanmagan bo‘lib, fitna va hasad tufayli o‘ylab topilgan. Shuningdek, xatda
sh
aharning “bulg‘onib” ketgani, ya’ni notinch bo‘lgani aytiladi. Bu bilan tuhmatchilar
Huroyimni nafaqat shaxsiy, balki siyosiy jihatdan ham zararli qilib ko‘rsatishga uringanlar.
Biroq, aslida Huroyim mamlakatni adolat bilan boshqarayotgan edi. Yana xatda “
Huroyimning
elda anima ishi bor!” deb ta’kidlanadi, ya’ni uni jamiyat oldida obro‘siz qilishga harakat
qilinadi. Bu gapni aytuvchilar Huroyimning asl nufuzidan qo‘rqib, uni siyosiy va ijtimoiy
sahnadan chetlatishga harakat qilganlar. Bu xat Huroyimning sulton oldidagi mavqeini
tushirish va uni aybsiz bo‘lsa ham jazoga tortish maqsadida yozilgan bo‘lib, undagi da’volar
hasad va siyosiy fitna natijasi ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Atrofida alvon-alvon yigitlar,
Shunday qilib elda davronin surar,
Nima qilsa Huroyimda ixtiyor,
Yurt bulg‘andi, shohim, qanday gap bo‘lar?
Huroyiming yomonligin ko‘rsatib,
Bul arzani bitayotir mullalar.
Necha so‘zni bunda kampir amr etti,
Qo‘l bostim qib necha xulq
-u-elotti(ni)
Bul ishlardan xabari yo‘qti,
Shunday qilib, mulla arza xat bitti.
5
Bu azira xatini Momagul mastonning o‘zi Sultonxonga yetkazadi. U bu ig‘volarni o‘qib
ko‘rgach, jallodlarga Huroyimni boshini kesib, Mansur doriga osishlarini buyuradi. Bu xat
Huroyimni ko‘rolmagan kundoshlarining va maston kampirning fitna
si edi, baxtga qarshi
ularning niyati amalga oshmay qoladi. Huroyimni Mansur doriga olib borishganida aqlbovar
qilmaydigan ish sodir bo‘ladi. Ya’ni Huroyim dorga: “…Mana men! Meni ham tuhmat bilan
senga osishga yuborgan (huddi Mansur kabi demoqchi). Meni q
umsab turgan bo‘lsang men
tayyor!”
6
–
deganidan keyin, dor tuhmatdan hazar qilib, o‘rnidan qo‘zg‘alib ko‘tariladi.
Jallodlar Huroyimning bo‘yniga sirtmoq solib dorga tortishga urunishadi lekin dor ko‘tarilib
ketganidan arqonning uchi yetmay qoladi, jallodlar nima qilishni bilmay qolishadi. Rustamdan
5
“Rustamxon” dostoni Toshkent-2021 19-bet
6
“Rustamxon” dostoni Toshkent-2021 56-bet
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020
Page 55
oldin ikki tozi it jallodlarning qo‘lidagi arqonni tishlab tortib olishadi. Rustamxon yetib keladi
va ularning dodini berib, onasini qutqarganidan keyin, “Adashganning oldi
-
yo‘l”
- deb boshi
oqqan tomonga ketishadi. Xuddi mana shu tartibda doston voqealari davom ettiriladi.
Har bir badiiy asar yoki dostonda uning syujet halqasini tashkil etuvchu motivlar bo‘ladi.
Qaysidir ma’noda ular ham voqealar rivoji uchun muhim hisoblanadi. Yuqoridagi misol esa
buning yaqqol isboti edi. Rustamxon dostonida aks etgan xat motivi ham syujetning halqasi
bo‘lib hizmat qilgan. Xat har bir asarda o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Boshqa dostonlardagi
xatlardan farqli o‘laroq bu xat doston bosh qahromoniga fitna hamda uni ko‘ra olmas
lik
natijasida yozilgan bo‘lsa ham ular o‘z maqsadiga yeta olishmaydi. Doston oxirida Huroyim va
o‘g‘li Sultonxon bilan topishishadi va barchasi yaxshilik bilan tugallanadi.
References:
1.
“Rustamxon” dostoni. Toshkent
-2021
2.
M. Jo‘rayev, J. Eshonqulov
Folklorshunoslikka kirish. Toshkent-2017
3.
Omonilla Madayev, Tojixon Sobitova Xalq og‘zaki poetik ijodi T
-2010
4.
T. Mirzayev, Sh. Turdimov, M. Jo‘rayev, J. Eshonqulov, A. Tilavov O‘zbek Folklori.
Toshkent-2021
5.
Oxunjon Safarov O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Toshken
t-2010
