EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 190
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
CREATING CONVENIENCE FOR TAXPAYERS THROUGH
AUTOMATION OF PERSONAL INCOME TAX REPORTING
Ibodullayev Abror Akhrorovich
Tashkent State University of Economics “Corporate Finance and
Securities” Department Associate Professor Phd
Umaraliyev Asrorbek Abdurashidovich
Tashkent State University of Economics “Taxes and Budget Accounting”
Faculty St-53/24 Student of group
E-mail: asrorbekumaraliyev80@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15593502
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 26
th
May 2025
Accepted: 30
th
May 2025
Online: 31
st
May 2025
,
The article considers the issues of creating convenience for
taxpayers through the automation of personal income tax
reporting. The role of personal income tax in the state budget and
the impact of tax reporting automation on tax collection and
revenue are studied. The introduction of electronic reporting in
the tax system in Uzbekistan and the development of video guides
for taxpayers to use convenient services, benefits and discounts
are analyzed, as well as the reforms being implemented. In
addition, conclusions are drawn about the role of tax reporting
automation in improving the tax culture of taxpayers and its
contribution to increasing tax revenue to the state budget, and
proposals are made for future implementation.
KEYWORDS
Tax system, automation,
reporting, financing, state
budget, personal income
tax, state tax policy,
infrastructure, income tax
revenues, digitalization,
taxpayers.
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’INING
HISOBOTINI AVTOMATLASHTIRISH ORQALI SOLIQ TO’LOVCHILARGA
YENGILLIK YARATISH
Ibodullayev Abror Axrorovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar” kafedrasi
dotsenti Phd
Umaraliyev Asrorbek Abdurashidovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Soliqlar va budjet hisobi” fakulteti St-53/24
guruh talabasi E-mail: asrorbekumaraliyev80@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15593502
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 26
th
May 2025
Accepted: 30
th
May 2025
Online: 31
st
May 2025
,
Maqolada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini
hisobotini avtomatlashtirish orqali soliq to'lovchilarga qulaylik
yaratish masalalari ko'rib chiqiladi. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’ini davlat budjetida tutgan o’rni va
soliq hisobotini avtomatlashtirish tufayli soliq yig’ilishiga va
tushumiga qilgan ta’siri o’rganiladi. O'zbekistonda soliq tizimida
hisobotni elektron tarzda topshirishning joriy etilishi hamda soliq
to’lovchilarga qulay xizmatlar, imtiyozlar va chegirmalardan
foydalanish uchun video qo’llanmalar ishlab chiqish soliq
to’lovchilar orasida targ’ib qilish va shu bilan birga amalga
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 191
KEYWORDS
oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari soliq
hisobotlarini avtomatlashtirish orqali soliq to’lovchilarda soliq
to’lash madaniyatini yaxshilashdagi o’rni va davlat budjetiga
soliq tushumini oshirishga qo’shgan roli haqida xulosalar beriladi
va kelgusida amalga oshirish uchun takliflar ham berib o’tiladi.
Soliq
tizimi,
avtomatlashtirish, hisobot
topshirish,
moliyalshtirish,
davlat
budjeti,
jismoniy
shaxslardan olinadigan
daromad solig’i, davlat
soliq
siyosati,
infratuzilmalar, daromad
solig’i
tushumlari,
raqamlashtirish,
soliq
to’lovchilar
KIRISH.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i davlat budjetining asosiy
manbalaridan hisoblanadi. Chunki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i davlat
budjetini shakllantirishda muhim rol o’ynadi ya’ni aholini daromadlari oshgan sari daromad
solig’i tushumlari ham yashilanadi bundan tashqari ijtimoiy dasturlarni moliyashtirishda va
infratuzilmalarni qo’llab-quvvatlashda ham to’gridan to’g’ri ishtirok etadi. Shuningdek
JShODSni yig’ish jarayoni, hisobotlarni to’ldirish va topshirish hamda soliq tizimida sodir
bo’layotgan o’zgarishlardan soliq to’lovchilarni xabardor qilib borish maqsadida juda ko’plab
muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi
farmonida soliq tizimida ko’plab muammolar aytib o’tiladi va bu muammolarni bartaraf etish
bo’yicha bir qator muhim vazifalar belgilandi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017
— 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek,
keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va
xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib: soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini,
shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va
hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
hisobiga takomillashtirish soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy
yo’nalishlaridan qilib belgilandi.
1
Bu amalga oshiriliyotgan islohotlar natijasida soliq
to’lovchilarga JShODSni hisobotini topshirish jarayonini avtomatlashtirish va soddalashtirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida soliq to’lovchilarga qulayliklar yaratiladi va
soliqlarni yig’ilishini yaxshilaydi hamda soliq to’lovchilarda soliq to’lash madaniyatini
oshirishga ham xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda soliq to’lovchilar va davlat o’rtasida
munosabatlarni mustahkamlashga olib keladi. JShODS hisobotini topshirishni osonlashtirish
orqali O’zbekiston soliq tizimida qog’ozbozlik va ko’plab hujjatlar almashinuvini oldini oladi.
Shu kabi muammolarni oldini olish maqsadida yuqorida aytib o’tilganidek islohotlar va soliq
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2018 yildagi PF-5468-son
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 192
tizimida raqamlashtirish jarayonlari ham amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari Soliq va
boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga,
soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning
oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini
kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-
kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tahlilning avtomatlashtirilgan ilg‘or usullarini keng joriy etish;
soliq to‘lovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi
boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
soliq
ma’muriyatchiligi
jarayonida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni keng targ’ib qilish choralari ko’rildi.
2
Bu amalga
oshirilayotgan islohotlaning maqsadi soliq to’lovchilarga qulay interaktiv xizmatlar yaratish va
ularni
soliq
to’lashdan
qochish
kabi
holatlarni
oldini
olishdan
iboratdir.
O’zbekiston soliq tizimida bu kabi imkoniyatlarni yaratilishi natijasida JShODSni davlat
budjetidagi ulushi ham oshishiga olib keladi.
Metadologiya.
Ushbu maqolani tahlil qilish, o’rganish jarayonida bir nechta tadqiqot
usullari, tahliliy yondashuvlar va sifatli hamda miqdoriy, statistik tahlil va adabiyotlar tahlili,
hujjatlarni tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Ushbu mavzuni yanada chuqurroq o’rganish
uchun hukumat qarorlari, Soliq qo’mitasi va Iqtisodiyot va Moliya vazirligining rasmiy
hisobotlaridan foydalanildi.
Tahlil va Natijalar.
Ushbu maqola doirasida amalga oshirilgan tahlil natijalari
O’zbekiston soliq tizimida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisobotini
topshirishni soddalashtirish soliq to’lovchilarda soliq to’lashga bo’lgan munosabatini keskin
o’zgarganini ko’rsatdi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisobotini
topshirishni avtomatlashtirish jarayoni orqali bu soliqni budjetdagi tushumi ham yildan yilga
o’sib borayotganini ko’rsatmoqda. Shu kabi hisobotlarni elektron tarzda to’ldirish va topshirish
orqali korrupsiyaviy holatlari ham kamayganligi ko’rildi.
2
Toshkent sh., 2012-yil 30-oktabr, PQ-1843-son
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 193
1-rasm. Soliq tizimini takomillashtirish konsepsiyasi
3
Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan O’zbekiston soliq tzimini takomillashtirish to’g’risidagi
farmonda ham soliq hisobotini soddalashtirish va avtomatlashtirish nazarda tutilgan.
Shuningdek soliq tizimida zamonaviy raqamli texnologiyar bilan ta’minlash hamda ularni
takomillashtirish avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalash jarayoni ham
o’rganildi. Natijada JShODSni to’lovchilar va soliq organlari o’rtasida aloqalarni
mustahkamlshga olib keladi. Tahlil jarayoni shuni ko’rsatadiki hisobotlar shaklini
avtomatlashtirish nafaqat soliq tizimida balki pensiya tizimida pensiya hisobotlarini
avtomatlashtirish jarayonlari ko’rsatildi. Bu ishlar natijasida soliq to’lovchilarga qulay
xizmatlar yaratish balki o’z vaqtlari va resurslarini tejashga olib keladi.
2-
rasm. JShODSni yillar kesimida o’sishi (mlrd so’mda)
4
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisobotini topshirishni avtomat-
lashtirish natijasida davlat budjetiga tushumi yildan yilga o’sib kelmoqda. Bundan tashqari
davlatning umumiy budjetiga ham katta hissasini qo’shib kelayotgani tahlil qilindi. 2022-2024
yillar oralig’gidagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i tushumi tahlil qilinganda:
JShODS davlat budjetiga tushumi 24284,5 mlrd so’m tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 2023-
yilda 29 917,4 mlrd so’mga yetdi va oldingi yilga qaraganda 5 632,9 mlrd so’mga o’sgan. 2024-
yilga kelib JShODS tushumi 35 383,9 mlrd so’mni tashkil etdi avvalgi yilga nisbatan sezilarli
darajada o’sganini tahlil natijalari ko’rsatdi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig’ining keskin tarzda o’sishi O’zbekiston soliq tizimini raqamlshtirilishi hisobotlarni
topshirish jarayonini avtomatlashtirish orqali bu natijalarga erishib kelinmoqda. Bu o’sish
jarayoni davlatni moliyaviy barqaror bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Taklif va xulosalar.
Maqola tahlil natijalariga tayangan holda O’zbekiston soliq tizimi
uchun muhim bo’lgan taklif va xulosalar berildi. Shuningdek jismoniy shaxslar dan olinadigan
3
Chizma muallif tomonidan ishlab chiqildi. Manba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2018 yildagi
PF-5468-son
4
Chizma muallif tomonida ishlab chiqildi. Manba https://openbudget.uz/home
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 194
daromad solig’ini hisobotini yanada soddalashtirish umuman olganda soliq tizimini yanada
takomillashtirish uchun soliq to’lovchilar tushunadigan qulay va foydalanishga oson bo’lgan
interfeys yaratish, soliq mobil ilovasiga hisobot topshirish jarayonini integratsiyalash hamda
bu tizimdan foydalanish bo’yicha qo’llanmalar ishlab chiqish, soliq to’lovchilar orasida targ’ib
qilish. O’zbekiston soliq tizimida JShODSni hisobotini avtomatlashtirish ijobiy natijalarni berdi.
Ushbu tizimda yaratilayotgan imkoniyatlar shu jumladan elektron xizmatlar va interaktiv
qo’llanmalar soliq to’lovchilarga soliqlarni to’lash uchun qulay imkon yaratadi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2018 yildagi PF-5468-son
2.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq
xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
4.
Soliqlar va soliqqa tortish: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.V. Vahobov, A.S.
Jo‘rayev; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya in-ti, — Toshkent: Sharq,
2009. — 448 b.
5.
Soliqlar va soliqqa tortish (II qism):Darslik / Jo ̳rayev A.S., Safarov G ̳.A., Meyliyev O.R.–
T.: ToshkentMoliya instituti, 2019. –264b.
6.
Pulatova, M., & Rafieva, M. (2024). Soliqlar va soliq tizimini optimallashtirish.
Journal of
science-innovative research in Uzbekistan
,
2
(10), 29-33.
7.
Khamidovich M. X. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG ‘INI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI //Лучшие интеллектуальные исследования. – 2025. –
Т. 44. – №. 5. – С. 444-450.
8.
9.
10.
