Авторы

  • Nodira Xasanova
    Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti “Tarix va falsafa” kafedrasi dotsenti (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.128095

Ключевые слова:

Советская система образования Сурхандарьинский регион ликвидация неграмотности коммунистическая идеология национальное и религиозное сопротивление исторический анализ советские школы образовательная политика.

Аннотация

В статье анализируются изменения, проведенные в системе образования в советскую эпоху 1920–1930-х годов, и их влияние на общество на примере Сурхандарьинского региона. Политика советской власти в области образования, несмотря на национальное и религиозное сопротивление, была направлена на сокращение неграмотности, создание новых советских школ и подготовку кадров на основе коммунистической идеологии. Опираясь на исторические источники, в статье освещаются как положительные, так и отрицательные стороны советской системы образования, а также социальные и культурные конфликты среди местного населения. Хотя деятельность советской власти по ликвидации неграмотности создала основу для социального прогресса, этот процесс противоречил местным традициям и национальным идеалам.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 148

EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

U I F =

8.1 |

SJI F =

5.685

www.in-academy.uz

Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020

Page 0

Volume 2

8

ISSN: 2181-2020

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

THE ROLE OF THE SOVIET GOVERNMENT IN THE

DEVELOPMENT OF THE PLAGUE EDUCATION SYSTEM

AND ITS RESULTS

Xasanova Nodira Ibragimovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.15534655

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22

nd

May 2025

Accepted: 27

th

May 2025

Online: 28

th

May 2025

,

This article analyzes the changes implemented in the education
system during the Soviet era of the 1920s-1930s and their impact
on society, with a focus on the Surkhan region. The Soviet
government's educational policy, despite facing national and
religious resistance, aimed to reduce illiteracy, establish new
Soviet schools, and train personnel based on communist ideology.
Relying on historical sources, the article highlights both the
positive and negative aspects of the Soviet education system, as
well as the social and cultural conflicts among the local

population. While the Soviet government’s efforts to eradicate

illiteracy laid the foundation for social progress, this process
contradicted local traditions and national values.

KEYWORDS

Soviet education system,
Surkhan

region,

eradication of
illiteracy,

communist

ideology, national and
religious

resistance,

historical analysis, Soviet
schools,

educational

policy.

РОЛЬ СОВЕТСКОГО ПРАВИТЕЛЬСТВА В РАЗВИТИИ СИСТЕМЫ

ОБРАЗОВАНИЯ ОАЗИСА И ЕГО РЕЗУЛЬТАТЫ

Хасанова Нодир Ибрагимовна

https://doi.org/10.5281/zenodo.15534655

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22

nd

May 2025

Accepted: 27

th

May 2025

Online: 28

th

May 2025

,

В статье анализируются изменения, проведенные в
системе образования в советскую эпоху 1920–

1930-

х годов,

и их влияние на общество на примере Сурхандарьинского
региона. Политика советской власти в области
образования, несмотря на национальное и религиозное
сопротивление, была направлена на сокращение
неграмотности, создание новых советских школ и
подготовку кадров на основе коммунистической
идеологии. Опираясь на исторические источники, в статье
освещаются как положительные, так и отрицательные
стороны советской системы образования, а также
социальные и культурные конфликты среди местного
населения. Хотя деятельность советской власти по
ликвидации

неграмотности

создала

основу

для

социального прогресса, этот процесс противоречил
местным традициям и национальным идеалам.

KEYWORDS

Советская

система

образования,
Сурхандарьинский
регион,

ликвидация

неграмотности,
коммунистическая
идеология, национальное
и

религиозное

сопротивление,
исторический анализ,

советские

школы,

образовательная
политика.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 149

SOVET HUKUMATINING VOHA MAORIF TIZIMINING RIVOJLANISHIDAGI

O‘RNI VA UNING NATIJALARI

Xasanova Nodira Ibragimovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti

“Tarix va falsafa” kafedrasi dotsenti (PhD

)

UDK: 9:433:908 ORCID 0009-0004-5344-5182

https://doi.org/10.5281/zenodo.15534655

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22

nd

May 2025

Accepted: 27

th

May 2025

Online: 28

th

May 2025

,

Ushbu maqolada XX asrning 20-30-

yillarida sovet davrida ta’lim

tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar va ularning Surxon
vohasi misolida jamiyatga ta’siri tahlil qilinadi.

Sovet

hokimiyatining maorif sohasidagi siyosati, jumladan, milliy va
diniy qarshiliklarga qaramay, savodsizlikni kamaytirish, yangi
sovet maktablarini tashkil etish va kommunistik mafkura
asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Tarixiy manbalarga
asoslang

an holda, sovet ta’lim tizimining ijobiy va salbiy

tomonlari, shuningdek, mahalliy aholi orasidagi ijtimoiy va
madaniy qarama-qarshiliklar yoritilgan. Sovet hukumatining
savodsizlikni tugatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy

taraqqiyotga zamin yaratgan bo‘

lsa-da, bu jarayon mahalliy

an’analar va milliy g‘oyalarga zid bo‘lgan.

KEYWORDS

Sovet ta’lim tizimi, Surxon

vohasi,

savodsizlikni

tugatish,

kommunistik

mafkura, milliy va diniy
qarshiliklar, tarixiy tahlil,

sovet maktablari, ta’lim

siyosati.


KIRISH

Sovet davrida ta’lim tizimi o‘zgara boshladi va bu jarayon XX asrning 20

-30 yillarida

ayniqsa qattiq ta’sir ko‘rsatgan. Sovet hokimiyati o‘zining maorif siyosatida milliy g‘oyalarga
qarshi bo‘lib, kommunistik mafkura asosida yangi ta’lim

tizimini qurishni maqsad qilgan.

Ushbu maqolada sovet hokimiyati tomonidan o‘rnatilgan maorif tizimining voha (Surxon
vohasi misolida) uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lgani va natijalari tahlil qilinadi. Ilmiy

tadqiqotlar asosida tahlil etilgan ilmiy monografiyada XX asr 20-30-yillarida mamlakatimiz

ta’lim tizimi murakkab va ziddiyatli davrni boshidan kechirdi. Bu davrda sovet hokimiyati
“shaklan milliy, mazmunan sosialistik” madaniyat barpo etishga kirishdi. Sovet davlati yangi

tipdagi maktablar ochar ek

an, avvalo o‘ziga sodiq bo‘lgan kadrlarni shakllantirishga harakat

qildi. Milliy g‘oyalar chetga surilib, o‘rniga kommunistik mafkura joriy qilindi. Sovet
maktablarida asosiy e’tibor g‘oyaviy

-mafkuraviy tarbiyaga qaratildi.

METODLAR

Sovet davrida ta’lim ti

zimi borasidagi izlanish, avvalo, kuzatuv metodi asosida nazariy

ma’lumotlar to‘plandi. So‘ngra mazkur ma’lumotlar swot tahlilga solinib, kerakli xulosalar
olindi. Sovet davri hamda keyingi davrda ta’limning rivoji qiyosiy tahlil asosida aniqlandi.

Mazkur

metodlardan olingan xulosalar umumlashtirilib, ta’lim borasidagi islohotlarning qaysi

yo‘li asosli ekani oydinlashdi.

NATIJALAR

1.

Sovet ta’lim tizimi va uning ta’siri

Sovet davri ta’lim siyosati vohada mavjud bo‘lgan an’anaviy maktablarni yo‘q qilishga va

yangi sovet maktablarini joriy etishga qaratilgan edi. Bu maktablar o‘g‘il va qizlarni birgalikda


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 150

o‘qitish, savodsizlikni yo‘q qilish va kommunistik mafkura asosida yangi kadrlar tayyorlashni

maqsad qilgan. 1920-

yillarda sovet ta’lim tizimi savodsizlikni tugatish va o‘quvchilarni bir xil

standartlarga ko‘ra tarbiyalashga o‘ziga xos urg‘u bergan. 1880 yilda Boysun bekligining
Darband amlokdorligida bo‘lgan I.V.Mushketov 400 xo‘jalik yashashi, shundan yuzdan ortig‘i

mullalarga tegishli ekanligini qayd qiladi[1:560]. Bundan tashqari, XIX asrda Surxon vohasi

qishloqlarida ziyolilar va badavlat kishilar tomonidan ko‘plab maktablar tashkil etilganligi
tarixiy manbalarda qayd etiladi. Jumladan, Boysun bekligidagi Bog‘lidara qishlog‘ida Hamroqul

oqsoqol boshchiligid

a hashar yo‘li bilan maktab qurilgan. Birgina Xo‘janqon qishlog‘ining o‘zida

to‘rtta maktab faoliyat yuritib, ularga mulla Abdurahmon, mulla Rahimqul, Chori hoji va Haydar
miyon asos solishgan. Yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi aholining qishki qo‘nish vaq

tida

foydalanish uchun Nov qishlog‘ida mulla Rizo bilan mullo Mirzo tashabbusi bilan maktab
tashkil etilgan. Yuqorida ismi qayd etilgan Alimardonboy Yoriqsoy qishlog‘ida ham maktab

ochgan[2:125].

2.

Savodsizlikni tugatish va ta’limni ommalashtirish

Sovet maktablarining soni har yili oshgan, 1924-1927 yillarda Surxondaryoda yangi

maktablar tashkil etilgan, va bunday maktablarda o‘quvchilar soni sezilarli darajada oshgan.
Shu bilan birga, sovet hukumatining savodsizlikni tugatish bo‘yicha o‘tkazgan kampaniya

lari

orqali mahalliy aholi orasida ta’lim olish imkoniyatlari kengaygan. 1925 yilga kelib, 50 ming
nafar o‘quvchi savod chiqargan, va 1927 yilga kelib, 1700 dan ortiq kishilar savod chiqaruvchi
maktablarda o‘qigan[3:203]. Rossiya imperiyasining maorif soha

sidagi siyosati Buxoro amirligi

maktablariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Buxoro amiri qushbegisi hujjatlarida ota

-

onalar o‘z

bolalarining o‘qishlari uchun 15

-

20 tanga «maktab puli» to‘laganliklari qayd etilgan[4:38]. Bu

esa, kambag‘al oilalar uchun qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Aholining 80% ga yaqini savodsiz
bo‘lish sababi ham shunda edi. Sovet hokimiyati o‘rnatilganidan so‘ng 1918 yil 20 yanvarda
RSFSR Xalq Komissarlari Soveti “Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish
to‘g‘risida” dekret qabul qildi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, 1918 yil 20 noyabrda Turkiston ASSR

Xalq Komissarlari Soveti ham shu mazmunda dekret qabul qildi. Yangi sovet maktablarini
barpo etish va xalq maorifini boshqarish uchun Maorif Xalq Komissarligi va mahalliy Sovetlar
hu

zurida maorif bo‘limlari tashkil etildi[5:45]. Turkiston ASSR Maorif Xalq Komissarligi

buyrug‘i bilan respublikaning hamma maktablarida bepul o‘qitish joriy etildi .

3.

Siyosiy maqsadlar va maorif islohotlarining ijtimoiy ta’siri

Sovet ta’lim tizimi nafaqat i

lmiy va madaniy rivojlanishga qaratilgan edi, balki

kommunistik mafkura va bolsheviklarning siyosiy maqsadlariga xizmat qilgan. O‘quvchilarni
kommunistik g‘oyalarga tayyorlash, ularni iqtisodiy va siyosiy tizimda faol ishtirok etishga

chaqirish hamda Sovet Ittifoqining hokimiyatini mustahkamlash asosiy maqsadlardan biri

bo‘lgan. Natijada, Sovet hukumatining maorif siyosati aholi orasida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va

ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qilgan. 1921 yilda Termizda birinchi sovet maktabi

ochiladi. Mazkur maktabda ta’lim rus tilida olib borilib, olti sinf, 213 o‘quvchi va olti
o‘qituvchidan iborat edi. 1923 yilda mahalliy millat bolalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy
nomidagi birinchi o‘zbek maktabi ochiladi[6:15]. Bu hozirgi 2

-

sonli umumiy o‘rta ta’lim

maktabi edi. Maktabda 56 o‘quvchi va uch nafar o‘qituvchi bo‘lgan. Biroq, ushbu maktab
shaharning o‘qish yoshidagi barcha aholisini qamray olmagan. Shu bois 1924 yilda 150
o‘quvchiga mo‘ljallangan 3

-sonli maktab ochiladi. Shaharda mahalliy aholi orasidan yetishib


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 151

chiqqan savodxon insonlar va ma’rifat jonkuyarlari harakatlari natijasida yetim bolalar va kam
ta’minlangan oilalarning bolalari uchun maxsus internat maktab ochiladi. Natijada Termiz

shahridagi maktablar soni 4 taga yetdi. 1926-

27 o‘quv

yiliga kelib, shaharda 1 ta dehqon

yoshlar maktabi tashkil etiladi. 1924 yilda Sherobod shahrida dastlabki sovet maktabi tashkil

etildi. Ushbu maktabga shahar markazidan tashqari Xo‘jagi, Oqqo‘rg‘on, Gʻambur, Cho‘yanchi,
Qo‘shtegirmon, Taroqli va Qulluqsho qishloqlaridagi bolalar ham o‘qishga jalb etildi. 1924 yil 1
yanvar holati bo‘yicha, Surxondaryo viloyati hududida 733 o‘quvchisi bo‘lgan jami 13 ta
birinchi bosqich maktabi faoliyat yuritgan. Shundan 11 ta maktab 630 nafar o‘quvchisi bilan

shaharlarda, qolganlari qishloq joylarida ish olib borar edi[7:75]. Termiz shahrida maktablar
soni 1925 yilda 2 taga yetdi . Bu maktablar asosan shahardagi rus va rusiyzabon aholi

farzandlari uchun tashkil etilib, 1925 yilda Surxondaryo okrugida boshlang‘ich maktablar

soni

13 ta bo‘lib, sifxonalarda 733 o‘quvchiga ta’lim berildi. Tashkil etilgan maktablarni 11 tasi
shahar va rayon markazlarida, 2 tasi qishloqlarda faoliyat ko‘rsatgan edi. 1926

-

1927 o‘quv

yillarida Termiz shahrida 4 ta maktab ish boshladi .

4.

Milliy va diniy qarshiliklar

Sovet maktablari milliy va diniy qarshiliklarga duch kelgan. Mahalliy aholining an’anaviy

diniy maktablar va ta’lim tizimiga bo‘lgan qiziqishi yuqori bo‘lganligi sababli, sovet ta’limi
ko‘pincha qarshiliklarga uchragan. Bu qarshiliklarning bir qismi an’anaviy maktablarning
ta’lim sifati va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq edi. Ayniqsa, sovet tizimi tomonidan joriy etilgan
o‘g‘il va qizlarni birgalikda ta’lim olish siyosati mahalliy musulmonlarning an’anaviy qarashlari

bilan ziddiyatga kelga

n. Ta’lim tizimidagi og‘ir vaziyat mahalliy sovetlarni zudlik bilan chora

ko‘rishni talab qilar edi. Shu maqsadda 1925 yilning 24 noyabrida Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan
birinchi bosqich o‘quvchilarining birinchi kengashida maktablarning ikkinchi bosqichga

o‘tilishi haqida qaror qabul qildi. Ushbu qarorga ko‘ra, shaharda uch oylik pedagogik kurslar
tashkil qilinadigan bo‘ldi, ular 1926/1927 o‘quv yilidan boshlab 9 oylik kurslarga aylantirildi.
50 nafar tinglovchidan 43 nafari o‘qishni muvaffaqiyatli tugallab, qishloq joylariga ishga jo‘nab
ketishdi. 1928/1929 o‘quv yilidan boshlab Surxondaryoda birinchi o‘rta maxsus bilim yurti –

Termiz ta’lim

-

tarbiya (pedagogika) texnikumi ochildi. Bilim yurtida o‘quv muddati 6 oy etib

belgilandi[6:26]. Bolsheviklarning ta’limga bunchalik katta e’tibor berishining o‘ziga yarasha

sabablari bor edi. Aholining savodini chiqarish orqali bolsheviklar sovet tuzumining afzalligini

ko‘rsatish, xalqni kommunistik mafkura asosida tarbiyalash, targ‘ibot

-tashviqot ishlarini

mumkin qadar

keng tabaqalarga yetkazish, kichik millatlarning e’tiborini qozonishni

mo‘ljallashgan edi. Shubhasiz, bu kabi tadbirlar sovetlarning xalq o‘rtasidagi obro‘yini ko‘tarib,

ularning hokimiyatini mustahkamlar, kommunistik aqidalarning kuchayishiga xizmat qilar edi.

MUHOKAMA

Sovet ta’lim siyosati voha aholisining savodsizligini qisqa vaqt ichida sezilarli darajada

kamaytirdi. 1920-

yillarda savodsiz aholi soni o‘rtacha 80% dan 20

-30% gacha kamaydi. Bu esa

sovet hukumatining maorif sohasidagi muvaffaqiyatlaridan biri sifatida baholanishi mumkin.

Ammo, ushbu o‘zgarishlar mahalliy aholining g‘oyaviy qarashlari, diniy va madaniy
an’analariga mos kelmas edi, bu esa sovet tizimi bilan mahalliy aholi o‘rtasidagi muammolarni

keltirib chiqardi. Sovet hokimiyatni maorifga sohasidagi siyosatini taqqoslash maqsadida sovet

davri adabiyotlarida qayd etilgan 1897 yilda O‘zbekiston hududidagi savodli kishilar soni 3,6%,
Turkmanistonda 7,8%, Tojikistonda 2,3%, Qirg‘izistonda 3,1%, Qozog‘istonda 8,1%, Rossiyada


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 152

29,6%bo‘lganligi ta’kidlanadi[8:22]. Biroq, bunday talqin mafkura sohasidagi afsonadan iborat

edi. Tadqiqotchi P.G.Kim tarixiy manbalarda keltirilgan faktlarga asoslanib, 1897 yili Rossiya,

Belorussiya va Turkistonda aholining, maktablarning, ulardagi o‘quvchilarning sonlari

ni

kuzatib, bu o‘lkalardagi savodxonlikning darajasi ko‘rsatib berdi[9:27]. Unga ko‘ra, Rossiyada

aholining umumiy soni

126 368 800, maktablar soni

33 401, o‘quvchilar soni —

2 318

100, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar—

1,8 foizni tashkil etgan holda aholining

savodxonligi

21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni 6 492 857, maktablar soni

2263, o‘quvchilar soni —

125 418, aholining umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar —

1,9 foizni

tashkil etgan holda, aholining savodxonligi

24,7 foiz; Turkistonda aholining umumiy soni

3 792 774, maktablar soni

6027, o‘quvchilar soni —

64 015, aholining umumiy soniga

nisbatan o‘quvchilar —

1,7 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi

19,55 foiz

bo‘lgan . Savodxon aholini hisobga olish davrid

a arab imlosini bilsa-

da, ruscha o‘qish

-yozishni

bilmaganligi uchun mahalliy millat vakillari savodsizlar safiga qo‘shib yuborilgan edi.

XULOSA

Sovet hokimiyati o‘rnatilganidan so‘ng 1918 yil 20 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari

Soveti “Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risida” dekret qabul qildi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, 1918 yil 20 noyabrda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti ham

shu mazmunda dekret qabul qildi. Yangi sovet maktablarini barpo etish va xalq maorifini
boshqarish

uchun Maorif Xalq Komissarligi va mahalliy Sovetlar huzurida maorif bo‘limlari

tashkil etildi. Turkiston ASSR Maorif Xalq Komissarligi buyrug‘i bilan respublikaning hamma
maktablarida bepul o‘qitish joriy etildi . Maktablarga qabul qilishda tabaqaviy tafov

utlarga

barham berilishi e’lon qilindi, o‘g‘il va qiz bolalar birga ta’lim olishi, maktab ishlarini
“kommunistlashtirish” vazifalari va asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Darhaqiqat, ta’lim

sohasida sovet tuzumi chorizmga nisbatan ancha ilgarilab ketgan edi. Agar chorizm davrida

Turkiston o‘lkasida har yili o‘rta hisobda 9 ta maktab ochilgan bo‘lsa, Sovet hokimiyatining
dastlabki yillarida har yili o‘rtacha 674 tadan maktab tashkil etildi. Ayniqsa, yoshi kattalar
o‘rtasidagi savodsizlikni tugatishga alohida e’tibor qaratildi. “Savodsiz kishi siyosatdan chetda

turadi,

degan edi V.I.Lenin,

unga avvalo alifbeni o‘rgatmoq kerak. Busiz siyosat bo‘lishi

mumkin emas, busiz faqat mish-

mish gaplar, g‘iybat, cho‘pchaklar, xurofiy gaplargina bo‘lishi

mumkin, le

kin siyosat emas”[10:174]. Sovet hukumati o‘zining maorif tizimi orqali ta’limni

ommalashtirish, savodsizlikni tugatish va kommunistik mafkura asosida yangi avlodni

tarbiyalashda katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa

-da, bu jarayon mahalliy aholi orasida

qarsh

iliklarga duch keldi. Sovet ta’limi milliy g‘oyalarga qarshi turgan va ko‘plab an’anaviy

maktablarni tugatishga olib keldi. Shu bilan birga, savodsizlikni kamaytirish bo‘yicha olib

borilgan ishlar ijtimoiy taraqqiyotning muhim bir qismiga aylandi.

References:

1.

Мушкетов И.В.Туркестан. Геологические и орографические описание, по данным,

собранным во время путешествий с 1874 по 1880 г., в двух частях. Том 1. –СПб.,1886

2.

Умаров И, ва бошқалар. Э. Сурхон воҳасида этник тарих ва этномаданий жараёнлар.

–Б. 1

25

3.

Уз МА. 25

-

фонд, 1

-

руйхат. 8

-

йиғма жилд


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 153

4.

Турсунов С, Пардаев Т, Маҳмадиёрова Н. Сурхондарё –

этнографик макон. –

Тошкент: Академнашр, 2012

5.

Народное образование, наука и культура в СССР. Статистический сборник. –Москва:

Статистика, 1971

6.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 89-fond, 1-

ro‘yxat. 22

-ish

Сурхондарё вилоят давлат

архиви.

89-

фонд

, 1-

руйхат

. 22-

иш

7.

Халияров Х, Бычков Д, Блинников А. Сурхандаьинская область.1998

8.

Народное образование, наука и культура в СССР. Статистический сборник. –Москва:

1998
9.

Ким П.Г. Уйдирма ва ҳақиқат. Фитна санъати. 1

-

китоб. –Тошкент: Фан, 1993

10.

Ленин В.И. Полное собрание сочинений. Том 44. –Москва: Издательство

политической литературы.

Библиографические ссылки

Мушкетов И.В.Туркестан. Геологические и орографические описание, по данным, собранным во время путешествий с 1874 по 1880 г., в двух частях. Том 1. –СПб.,1886

Умаров И, ва бошқалар. Э. Сурхон воҳасида этник тарих ва этномаданий жараёнлар. –Б. 125

Уз МА. 25-фонд, 1-руйхат. 8-йиғма жилд

Турсунов С, Пардаев Т, Маҳмадиёрова Н. Сурхондарё – этнографик макон. –Тошкент: Академнашр, 2012

Народное образование, наука и культура в СССР. Статистический сборник. –Москва: Статистика, 1971

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 89-fond, 1-ro‘yxat. 22-ish Сурхондарё вилоят давлат архиви. 89-фонд, 1-руйхат. 22-иш

Халияров Х, Бычков Д, Блинников А. Сурхандаьинская область.1998

Народное образование, наука и культура в СССР. Статистический сборник. –Москва: 1998

Ким П.Г. Уйдирма ва ҳақиқат. Фитна санъати. 1-китоб. –Тошкент: Фан, 1993

Ленин В.И. Полное собрание сочинений. Том 44. –Москва: Издательство политической литературы.