EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 141
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
ANALYSIS OF FEMALE SOCCER PLAYER’S MOTOR
ACTIVITY
Abdullaev Islam Maxmudovich
Nukus branch of the Uzbek State University of Physical Culture and
Sports
Assistant instructor of the Department of "Sports Games"
https://doi.org/10.5281/zenodo.15533945
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 22
nd
May 2025
Accepted: 27
th
May 2025
Online: 28
th
May 2025
,
The article discusses the issues of improving the special physical
fitness of female football players based on an analysis of the
actions performed by female football players on the field and
research conducted in the field. The results of control tests
carried out in the study groups were statistically analyzed and
effectiveness indicators were determined. Based on the results
obtained, conclusions are drawn.
KEYWORDS
Women’s
football,
characteristics of the
female div, technical
and
tactical
actions,
special
tests,
special
physical
training,
effectiveness of actions on
the field.
FUTBOLCHI QIZLARNING HARAKAT FAOLIYATINI TAHLIL QILISH
Abdullaev Islam Maxmudovich
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
“Sport o‘yinlari” kafedrasi assistent o‘qituvchisi
e-mail: abdullaev7647@mail.ru
Telefon raqami: +998900955427
https://doi.org/10.5281/zenodo.15533945
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 22
nd
May 2025
Accepted: 27
th
May 2025
Online: 28
th
May 2025
,
Maqolada
futbolchi
qizlarni
maydonda
bajaradigan
harakatlarini va sohaga oid olib borilgan tadqiqotlarni tahlil
qilish asosida ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish
masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot olib borilgan guruhlarda
o‘tkazilgan nazorat testlarining natijalari statistik tahlil
qilinib, samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Olingan
natijalarga asoslanib xulosalar berilgan.
KEYWORDS
Ayollar futboli, ayollar
organizmining o‘ziga xos
xususiyatlari, texnik-taktik
harakatlari,
maxsus
testlar, maxsus jismoniy
tayyorgarlik, maydondagi
harakatlar samaradorligi
Dolzarbligi.
Zamonaviy ayollar futboli o‘z chegaralarini kengayotirmoqda. Bu
ayollarning sport faoliyatidagi emansipsiyasi bilan bog‘liq. Faqat erkaklar sportiga kirgan
xokkey
boks, og‘ir atletika va kurash kabi sport turlari ayollar sportiga aylandi. Ular orasida
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 142
ayollar futboli o‘z o‘rnini topdi. Biroq ayollar sportnining yoshligini e’tiborga olib futbolchi
qizlarni saralab olish va mashq qildirish muammolariga doir tadqiqotlar mamlakatimizda
mavjud emas. Hozirda ayollar sporti chegarasining kengayib borishi sportchi qizlarning
erkaklar sportni o‘zlashtirish tomonga qarab siljishi mumkin. Bu shunga olib keladiki ayol
organizmiga tushadigan sport yuklamalari erkaklarnikiga mos k
eladi. Ba’zan xatto oshib
ketishi ham mumkin. Shu sababdan ayollar sportiga o‘yin turlariga saralab olish muammosi
keskin yuzaga keladi. Yaxlit tizim asosida shug‘ullanish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng tayyorlov
tizimidagi muammolar yuzaga kelavayeradi. Ana shunday muammolarni hal etishdagi eng
dolzarb nuqta futbolchi qizlarning texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish
masalasidir [1,2,7].
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki yurtimizda ayollar futboliga berilayotgan
e’tibor ko‘lami so‘nggi yilla
rda ancha kengaydi. Mamlakat futbol assotsiatsiyasi, ayollar, plyaj
va mini futbol sport turlarini rivojlantirish va shu orqali ayollar futbolining yaxlit tizimini
yaratish imkonini bermoqda. Lekin futbolchi qizlarning harakat faoliyatlarini ochib beruvchi
va mashg‘ulot jarayonini nazariy asoslovchi ilmiy izlanishlar soning kamligi bugungi kunda
ayollar jamoalarimizning yorqin o‘yin ko‘rsatishini kechiktirayotgandek. Bir qator olimlar
jumladan bir qator fiziolog olimlar qiz bolalarning organizmidagi ko‘pgina ko‘rsatkichlar o‘g‘il
bolalardan
farqli
ekanligi,
qizlarning
sport
yuklamalari
tizimini
yaratishni
murakkablashtirishini belgilaydi. Shuning uchun ham futbolchi qizlarning sport faoliyatlarini
izchil o‘rganish masalasiga ehtiyoj sezilmoqda. Masalaning mohiyatini to‘g‘ri anglagan holda
yosh futbolchi qizlarning (14-15-16 yosh) maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish va shu
orqali texnik-
taktik harakatlarning aniq bajarilishini ta’minlash nazariyasini ilgari
surmoqdamiz. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, maz
kur ish bu muammoni ilmiy yo‘nalishda
yechishga qaratilganligi bilan muhimdir. So‘nggi yillarda futbol sohasidagi mutaxassislar
futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini turli jihatdan baholashga va birinchi navbatda
maxsus jismoniy tayyorgarlikka (MJT) en
g ko‘p ahamiyat beradilar. Tadqiqotning boshida
shuni ta’kidlash lozimki, tadqiqotning olib borilishi davomida futbolchi qizlar organizmidagi
fiziologik o‘zgarishlar maxsus testlar orqali kuzatilib borilishi, shu asnoda nafaqat
muaffaqiyatli harakatlarni shakllantirish balki sportchilarning funksional imkoniyatlari ham
rivojlanishini kuzatish ko‘zda tutilgan [3,5,6,10].
Tadqiqotning maqsadi
futbolchi qizlarning maydonda bajaradigan harakat
faoliyatlarini tahlil qilish asosida ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini baholash va
ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish samaradorligini tajribada asoslash.
Tadqiqotning vazifalari:
1) futbolchi
qizlarni tayyorlash va turli tayyorgarliklarini oshirish bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar metodologiyasini o‘rganish va tahlil qilish.
2) futbolchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini baholash mezonlarini o‘rganish,
ular maxsus jismoniy tayyorgarligining testlash va natijalarini tahlil qilish.
3) olingan test natijalarining futbolchi qizlarning harakat faoliyatiga ta’sir qilishini
o‘rganish va samaradorligini asoslash.
Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi.
Ayollarning futbol bilan muntazam
shug
‘ullanishi natijasida ular organizmining tuzilishi va funksiyasida ijobiy o‘zgarishlar
yuzaga kelgani kuzatilgan. Mashqlarni to‘g‘ri qo‘llash, ularning hajmini to‘g‘ri belgilashda
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 143
kuch, chidamlilik, harakat o‘yg‘unligi takomillashadi.
Gavda tarkibida yog‘ to‘qimasi kamayadi,
muskullar boylamlar rivojlanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi, nafas olish tezligi kamayadi,
yurak urishi sekinlashadi, energiya sarfi kamayadi, organizmning turli kasalliklarga
chidamligini ortadi, ish qobiliyati yaxshilanadi, qom
at go‘zallashadi. Homiladorlik davrida u
o‘zini yaxshi his etadi, bola tug‘ishi oson bo‘ladi [8,9,12].
Ayollar organizmida ijobiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishida, ularning URM mashqlarni
bilan shug‘ullanishi alohida ahamiyatga egaki, buni ta’kidlab o‘tis
h zarurdir. Ayniqsa, hozirgi
vaqtda ritmik gimnastikaning keng yoyilishi bu fikrimizga dalil bo‘ladi. Ayollar bilan
mashg‘ulot olib borilganda, beriladigan nagruzkaning hajmiga alohida e’tibor berish
kerakligini ham unutmaslik zarur. Futbolda mashqining fi
ziologik prinsiplariga qat’iy rioya
qilgan holda, xar bir ayolning individual xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Futbolchi
qizlarni tarbiyalash masalaninig pirovard maqsadi bo‘lsada jamiyatda sog‘lom turmush tarzini
qaror toptirish uchun qizlarni
futbol bilan shug‘ullanishi muxim jarayon xisoblanadi. Bu holat
ayollar salomatligini mustaxkamlab barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi
[5,11,12].
Bizga ma’lumki futbolchi qizlarning harakat faoliyatlari hamda ularining o‘quv
mashg‘ulot ja
rayonlarini tashkil qilishning usuliyati yetarlicha ishlab chiqilmagan. Bu esa
mavzuga oid har bir tadqiqotning nechog‘lik ahamiyatli ekanini belgilab beradi. Ushbu
mavzuda chet el olimlari qator tadqiqodlarni olib borganliklarini ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan I.V.Sayenko (2001), A.V.Sobolyov (1998), T.V.Vasilova (2008), V.A.Chuyev (2004),
K.R.Kolyasev (2004) futbolchi qizlarnirng aynan maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasini
baxolash va uni rivojlantirish borasida tadqiqod olib borishgan. A.V.Sobolyov o‘z
tadqiqotlarida o‘g‘il bolalarni tayyorlash metodikasiga futbolchi qizlarni moslashtirish
masalasini qo‘yadi. Ayollar jamoalarning tajribalarini o‘rganish maxsus jismoniy
tayyorgarlikni oshirishning eng samarali vositasi aynan o‘yin vaziyatiga eng yaqin bo‘lgan
mashqlardan foydalanish ekanligini ko‘rsatdi. Ko‘pgina olimlar futbolchi qizlarning
maydondagi harakat faoliyatlarini xronometraj usuli orqali aniqlashni tavsiya etishadi.
Mutaxasislar olib borgan tadqiqotlarda futbolchi qizlar bir o‘yin davomida tur
li masofalarga
138 martadan 212 martagacha yugurishlarni, 48 martadan 76 martagacha keskin qisqa
masofaga yugurishlarni amalga oshirishlarini aniqlashgan. Ayollar bilan erkaklarning
jismonniy ish qobiliyati o‘rtasidagi farq bir xil hajmdagi ishlarni bajari
shda nafas olish va qon
aylanish sistemalari funksiyasining o‘zgarishida ham namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda
ayollar yuragining daqiqalik qisqarish soni erkaklardagiga nisbatan ancha ortiq bo‘ladi. O‘pka
ventilyatsiyasining ortishi nafas olish tezligi va
chuqurligining kam samarali ko‘payishi orqali
yuzaga keladi. Ayollar kislorodni maksimal o‘zlashtirish erkaklarga nisbatan 25
-30% kam
bo‘ladi. Maksimal o‘zlashtirish ayollarga 20
-
30 yoshlarda eng yuqori darajada bo‘ladi [5, 6,
11].
Maksimal o‘zlashtirishni ta’minlaydigan nafas olish va qon aylanish funksiyalarining bir
-
biriga muvofiqligini bildiruvchi muhum ko‘rsatkich
-
kislorodni maksimal o‘zlashtirish
darajasidir. Ayollarda bu ko‘rsatkich 16
-20 ml.ni tashkil etadi, erkaklarda esa, u 20-30%
ortiqroq bo‘ladi. Ayollarning anaerob ish qobiliyati ham erkaklarga nisbatan kamroq bo‘ladi.
Bu hol kislorod qarzi to‘planishida ifodalanadi, ya’ni ayollarda kislorod qarzi kam miqdorda
bo‘ladi. Ayollarda ishqor zaxirasining erkaklardagiga nisbatan kam bo‘lishi, shiddatl
i muskul
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 144
faoliyatida ichki muhit turg‘unligini saqlashni qiyinlashtiradi. Buning oqibatida ayollar
shiddatli ishlarni erkaklarga qaraganda kamroq vaqt davom etdira oladilar. Muskul kuchining
ayollarda erkaklarga nisbatan past bo‘lishi statik kuchlanishli m
ashqlarni bajarishda ayollar
organizmida noxush reaksiyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Jismoniy ishlarni
rejalashtirishda ayollarning qattiq hayajonlanishga, yuqori sezuvchanlikka molik ekanligini,
ulardagi funksional imkoniyatning erkaklarga nisbatan kamligini albatta hisobga olish zarur.
Ayollarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi natijasida ular organizmining tuzilishi va
funksiyasida ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelgani kuzatilgan. Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri qo‘llash,
ularning hajmini to‘g‘ri belgilashda kuch, chidamlilik, harakat uyg‘unligi takomillashadi. Gavda
tarkibida yog‘ to‘qimasi kamayadi, muskullar boylamlari rivojlanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi
ortadi, nafas olish tezligi kamayadi, yurak urishi sekinlashadi, energiya sarfi kamayadi,
organizmning turli kasalliklarga chidamligini ortadi, ish qobiliyati yaxshilanadi, qomat
go‘zallashadi. Homiladorlik davrida u o‘zini yaxshi his etadi, bola tug‘ishi oson bo‘ladi [6, 8,
10].
Futbolchi qizlarni jismoniy tayyorgarligi avvalo futbol maydonida doimo o‘zgarib
turuvchi vaziyatda to‘p bilan va to‘psiz qilgan harakatlarida namoyon bo‘lsa, to‘pni olib yurish,
kimga uzatish, to‘pni aniq oshirib berish va qolgan texnik harakatlarni bajarishda o‘yinchidan
juda keng koordinatsion imkoniyatlarni bajarish qobiliyatini talab etadi. Agar, futbolchi qizlar
texnik harakatlarni bajarishda xatoliklarga yo‘l ko‘ymasliklari va o‘yin faoliyatining samarali
bo‘lishi uchun texnik usullarini yuqori bo‘li
shi, futbolchilar uchun qanchalik muhim ekanligi
o‘z
-
o‘zidan tushunarlidir. Futbolchi qizlarni texnikasi yuqori bo‘lsa, shunchalik futbolchilar
o‘yin davomida ijodiy imkoniyatlari oshadi. Oqibatda futbolchilarning o‘yin mahoratlari
oshib bir-birlarini tus
hunib harakatlanishi jamoa g‘alabasining imkoniyatlar darajasini
oshishiga turtki beradi. Hozirgi zamon futbol mutaxassislar fikriga ko‘ra, mahoratli futbolchi
qizlarning texnik-
taktik imkoniyatlarini oshirishga asosiy e’tibor berish kerakligini
ta’kidlash
adi [2,4,7,11].
Olib borilgan tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘ldiki, futbolchi qizlar musobaqa faoliyatida
ularning texnik-
taktik tayyorgarlik darajalari ancha pastligi aniqlandi. Ammo ta’kidlash joizki,
ko‘pgina mutaxassislar va murabbiylar tomonidan pedago
gik kuzatishlarda bu amplua
futbolchilarida texnik-
taktik harakatlar samaradorlik ko‘rsatkichlari boshqa amplua
futbolchilaridan yuqori bo‘lishini ta’kidlashgan. Bundan biz futbolchi qizlar tomonidan
bajarilgan boshqa ampluadagilarning texnik-
taktik ko‘rsatkichlari pastligini ta’kidlaymiz. Shu
ma’lumotlarni xisobga olib texnik
-
taktik harakatlar bo‘yicha futbolchi qizlarning o‘quv
-
mashg‘ulotlarda e’tibor berishimiz, ularni texnik
-tatik harakatlarini aniq bajarishlari uchun
yangi vosita va usullarni joriy etib samaradorligini oshirishimiz kerak. Olingan natijalarni
tahlil qilgan holda xulosa qilishimiz mumkinki, himoya ampluasidagi futbolchi qizlar
tomonidan bajarilayotgan o‘yin davomidagi texnik
-taktik soni va samaradorligi yuqori
emasligini ta’kidlaymiz. Bu
holatlar esa, futbolchi qizlarni texnik-taktik tayyorgarligini
oshirish tizimida maxsus tayyorgarlikni amalga oshirish uchun o‘quv mashg‘ulot jarayoniga
maqsadli tarzda yondoshish kerakligini bildiradi [4,7,8,11].
Futbol mutaxassislari va futbol murabbiylarining fikrlaricha, turli darajadagi (jumladan,
mamlakatimizning bosh, yoshlar va o‘smirlar terma hamda klub) futbol jamoalarimizning
mag‘lubiyatlarining asosiy sabablaridan biri, bu futbolchilarimizning texnik –
taktik
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 145
harakatlarining noaniq bajarilishida
ekan. O‘zbekiston futbol mutaxassislari va yetakchi
murabbiylarining fikricha, bizning futbolchilarimiz, jumladan ayollar futbol jamoalarimizda
xalqaro maydonlarda zarur natijalarga erisha olmasliklari, tayyorlov tizimidagi jiddiy
muammolar sabablidir. Yosh futbolchilarimizning kelajakda futbolimiz egalari ekanligini
inobatga olib ulardagi xato va kamchiliklarni hozirdanoq bartaraf etish muhim omil
hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda, futbolchi qizlarning maxsus
tayyorgarligini aniqlash uchun quyidagi mashqlarni tanladik:
1) 30 m ga yugurish
2) To‘p bilan 30 metrga yugurish
3) To‘pni uzoqlikka tepish
4) To‘pni nishonga tepish
5) To‘pni uzoqlikka otish
6) Kompleks mashqlar.
Mamlakatimizning yetakchi ayollar futbol jamoalaridan biri hiso
blangan “Bunyodkor W”
futbol klubi qizlarining (n=20) maxsus jismoniy tayyorgarligini tajriba boshida dastlabki
baholash natijalari hamda ular uchun hisoblangan statistik xarakteristikalar 1-jadvalda
keltirilgan.
Tajriba boshida “Bunyodkor W” jamoasi futbo
lchi qizlarining maxsus jismoniy
tayyorgarligini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar orasida 30 m ga yugurish, to‘p bilan 30 metrga
yugurish va kompleks mashqlarni bajarish natijalari asosida hisoblangan, mos ravishda,
V=5,37%; 3,54% va 3,27% variatsiya koeffi
tsiyentlari qiymatlari bu mashqlar bo‘yicha tajriba
natijalari yaxshi (<5,4%) ekanligini ko‘rsatdi. O‘ng oyoq bilan to‘pni uzoqlikka tepish va to‘pni
uzoqlikka otish mashqlarida uning qiymati o‘rtacha (17,12% va 18,92%); chap oyoq bilan
to‘pni uzoqlikka tepishda qoniqarli (25,23 %); qoniqarsiz natijalar to‘pni nishonga o‘ng (95,74
%) va chap (62,76 %) oyoq bilan tepish mashqlarida kuzatildi.
1-jadval
“Bunyodkor W” jamoasi futbolchi qizlarining maxsus jismoniy tayyorgarligini
tajriba boshi va tajriba
Testlar
Tajriba boshida
Tajriba oxirida
t
P
V, %
V, %
30 m ga yugurish
4,92
0,264 5,366 4,491 0,22 4,823 4,15
< 0,001
To‘p bilan (30m)
yugurish s
7,06
0,25 3,541 6,555 0,28 4,226 4,52
< 0,001
To‘pni
uzoqlikka
tepish
(metr)
o‘ng oyoq
23,93 4,097 17,12 28,69 2,82 9,838 3,17
< 0,001
chap oyoq
20,68 5,219 25,23 25,69 3,56 13,84 2,63
> 0,001
To‘pni
uzoqlikka
tepish
o‘ng oyoq
1,09
1,04 95,74
2,27
0,65 28,45 3,19
> 0,001
chap oyoq
1,64
1,03 62,76
2,09
0,70 33,51 1,21
> 0,001
To‘pni uzoqlikka otish
12,63
2,39 18,92 14,46 1,58 10,92 2,13
< 0,001
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 146
(metr)
Kompleks mashq (s)
16,9
0,55
3,27
16,66 0,88 5,29 0,87
> 0,001
Tajriba oxirida futbolchi qizlarning (n=20) aynan o‘sha tanlangan testlar bo‘yicha
ko‘rsatgan natijalari asosida hisoblangan variatsiya
koeffitsiyenti qiymatlari tajriba oxiriga
kelib sportchi qizlar ko‘rsatgan natijalar bir
-
biriga ancha yaqinlashganligini ko‘rsatadi, ya’ni
tanlangan testlar bo‘yicha natijalarning teng yarmida variatsiya koeffitsiyenti qiymatlari
yaxshi tomonga o‘zgargan (V<9,84). Qolgan testlar bo‘yicha ham, aytib o‘tilgan to‘rtta testdagi
singari ushbu koeffitsiyent qiymati yaxshilangan. Variatsiya koeffitsiyentining tajriba
davomida eng katta (67,29 ga) o‘zgarishi o‘ng oyoq bilan to‘pni nishonga tepish mashqida
kuzatildi.
Shuningdek, futbolchi qizlar ko‘rsatgan natijalarning tajriba davomida o‘zgarishi
ishonchliligi to‘g‘risida xulosalar chiqarish maqsadida Styudent taqsimoti qonunining t
-kritik
nuqtalari jadval qiymatlari qayd etilgan 2
ν
= n1 + n2 − erkinlik darajasi va R ahamiyatlilik
darajasi bo‘yicha nazariy hisoblangan Student t –
kritik mezonlari qiymatlari bilan
taqqoslandi. Taqqoslash natijalariga ko‘ra tajriba davomida eng yuqori darajada ishonchli
o‘zgarishlar futbolchi qizlarning 30 m ga yugurish (t=4,15) va to‘p bilan 30 metrga yugurish
(t=4,52) mashqlarida (R<0,001) kuzatildi. O‘ng oyoq bilan to‘pni uzoqlikka tepish (t=3,17) va
to‘pni nishonga tepish (t=3,19) mashqlaridagi o‘zgarishlar ishonchligi ham ancha yaxshi
(R<0,01), bir
oq oldingi ikki test ishonchliligi (R>0,001) dan pastroq. Qolgan to‘rtta test: chap
oyoq bilan to‘pni uzoqlikka (t=2,63) va nishonga (t=1,21) tepish, to‘pni uzoqlikka otish
(t=2,13) va kompleks mashqlarda (t=0,87) natijalar statistik o‘zgarishlari ishonchl
ilik darajasi
ancha past (R >0,01).
Xulosa.
O‘rganilgan adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, futbolchi qizlar maxsus
jismoniy tayyorgarligini baholash bo‘yicha tanlab olingan testlar ularning harakat faoliyatlari
samaradorligini belgilashning eng muhim tomonlarini belgilab beradi. Ushbu testlarni
mashg‘ulot vositalari sifatida qo‘llash natijasida ular o‘z kamchiliklarini anglab, sheriklariga
nisbatan shu mashqni yanada yaxshiroq bajarishga intiladilar. Bu esa shu mashqlarga
moslashuvchanlikka olib keladi. Zero mashqlarni qayta-qayta bajarish organizmda ushbu
mashqlarga moslashuvchanlikni keltirb chiqaradi.
Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, futbolchi qizlarning harakat faoliyati
samaradorligini yuqori bo‘lishi ularning maxsus jismoniy tayyorgarligiga bevosita bog‘liq.
Futbolchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish ularning maydonda bajaradigan
harakatlari samaradorligini yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ular mashg‘ulotlariga tavsiya
qilingan maxsus testlarni joriy qilinishi harakat faoliyatlari samaradorligini oshiradi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017
-yil 3-
iyundagi “Jismoniy
tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-3031-sonli Qarori.
2.
Abidov Sh.U. Yosh futb
olchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish va
rejalashtirish. Uslubiy tavsiyanoma. Т., O‘zDJTI. 2011.
- 38 b.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 147
3.
Антипов, А.В. Анализ параметров двигательных действий юных футболистов с
учетом их возраста / А.В. Антипов, И.В. Кулишенко // Теория и практика физической
культуры. − 2016. − № 6. − С. 51.
4.
Артиков А.А., Алимжанов С.И., Шукурова Ш.Т. Футболчиларнинг машғулот
жараёнида
педагогик
назорат.
Услубий
қўлланма.
Тошкент.
2014.
–
62 б.
5.
Беляков К.Г., Глусенко Т.Н., Карпюк Ю.И. Об уровне спесиалной подготовленности
легкоатлеток в различных фазах менструалного цикла //Женский спорт.
-
К.:
Спорткомитет УССР, 1985.
-
С. 49
-59.
6.
Буравел О.И.Сравнителная характеристики функсии равновесия у мужчин и
женшин занимаюшихсия футболом. Теория и пракатика физической културы .журнал, ,
2010г,
-
11 с.
7.
Igamberdiyev O. The effectiveness of using tests for assessing their motor skills in the
selection of young football players //International Bulletin of Applied Science and
Technology.
–
2023.
–
Т
. 3.
–
№. 4. –
С
. 451-456.
8.
Iseyev Sh.T. Futbolchilarni yillik siklda tayyorlashni rejalashtirish.
–
Toshkent, 2018. -
460 b.
9.
Nurimov R.I. Futbol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. R.I. Nurimovning umumiy tahriri
ostida T.:«Ilmiy texnika axboroti –
press nashriyoti”».
2015.- 364 b.
10.
Нуримов Р.И , Қурбонов О.Л , Усмонов. А.М. Физическое подготовки футболистов
Учебная пособе. Ташкент. 2009, 95
-
97с.
11.
Yusupov N.M “Yuqori malakali futbolchi qizlarning tezlik
-kuch tayyorgarligining vosita
va usullari. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent. O‘zDJTI nashriyot matbaa bo‘limi. 2011 yil.
12.
Safarova D.D.Sport fiziologiyasi.O‘quv qo‘llanma. 2011
-yil 109 bet.
