EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 106
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF THE
EXECUTION OF CORRECTIVE LABOR PUNISHMENT
Kalbaeva Eldora Uzakhbaevna
3rd-year student of the Faculty of Law,
Qaraqalpaq State University, named Bedakh
Dauletbaeva Aynur Bakhramovna
2nd year student of the Faculty of Law of
Karakalpak State University named after Berdakh
eldorakalbaeva@gmail.com
dawletbaevaaynur0@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15481038
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15
th
May 2025
Accepted: 20
th
May 2025
Online: 21
th
May 2025
,
This article explores the legal foundations, essence, and
application procedures of the institution of corrective labor
punishment as defined by the Criminal Code of the Republic of
Uzbekistan. It analyzes the educational significance of this type
of punishment, which aims to reform the offender by engaging
them in socially beneficial labor without isolating them from
society.
KEYWORDS
Democratic
rule-of-law
state, Strategy of Actions,
offender, convicted person,
Probation
institute,
suspended
sentence,
psychiatric or physiological
treatment.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ИСПОЛНЕНИЯ
НАКАЗАНИЯ В ВИДЕ ИСПРАВИТЕЛЬНЫХ РАБОТ
Калбаева Элбдора Узакбаевна
3-
й курс студентка Юридического факультета
Каракалпакского государственного университета, по имени Бедакх
Даулетбаева Айнур Бахрамовна
2-
й курс студентка Юридического факультета
Каракалпакского государственного университета имени Бердаха
https://doi.org/10.5281/zenodo.15481038
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15
th
May 2025
Accepted: 20
th
May 2025
Online: 21
th
May 2025
,
В статье раскрываются правовые основы, содержание и
порядок применения института исправительных работ в
соответствии с Уголовным кодексом Республики
Узбекистан. Также проанализировано воспитательное
значение данного вида наказания, направленного на
исправление правонарушителя путем привлечения к
общественно полезному труду без изоляции от общества.
KEYWORDS
Демократическое
правовое
государство,
Стратегия
действий,
виновный, осужденный,
институт
пробации,
условное
осуждение,
психиатрическое
или
физиологическое
лечение.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 107
AXLOQ TUZATISH ISHLARI JAZOSI IJROSINING NAZARIY VA AMALIY
MASALALARI
Kalbaeva Eldora Uzaqbaevna
Bedaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti 3-kurs talabasi
Dauletbaeva Aynur Bakhramovna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15481038
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15
th
May 2025
Accepted: 20
th
May 2025
Online: 21
th
May 2025
,
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan axloq tuzatish ishlari jazosi institutining huquqiy
asoslari, mazmuni va
amaliyotda qo‘llash tartibi ochib berilgan.
Shuningdek, jazoning jinoyatchini jamiyatdan ajratmagan
holda foydali mehnatga jalb etish orqali tuzatishga
yo‘naltirilgan tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan.
KEYWORDS
Demokratik-huquqiy
davlat,
Harakatlar
strategiyasi,
aybdor,
sudlangan
shaxs,
Probatsiya instituti, shartli
hukm,
psixiatrik
yoki
fiziologik davolanish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, demokratik
-huquqiy davlat,
rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlab, bu
ezgu maqsadga erishish yo‘lida bir
qancha islohotlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 7-fevralda
qabul qilgan PF-4947-
sonli "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmonida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud
-huquq
tizimini yanada isloh qilish,
jamiyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida
belgilanishi ham ushbu islohotlarning biri hisoblanadi
1
.
Islohotlar natijasida davlatimizda inson huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya
qilish, shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda tayinlanadigan
jinoiy jazolar tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab
ishlar amalga oshirildi. Masalan, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum
qilish jazosi o‘rniga ularni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash, takroran jinoyat sodir
etishining oldini olishda samarali bo‘lgan muqobil jazo choralarini qo‘llashni asosiy
o‘zgarishlardan biri sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Bunday muqobil jazolardan biri -
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat qonunchiligiga
ko‘ra, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan
qo‘llaniladigan axloq tuzatish ishlari jazosidir.
Axloq tuzatish ishlari -
bu shaxsning ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini
davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb etishdan iborat jazo
turidir. Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga belgilanadi
2
.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» ги Фармони 2017 йил 7 февраль, ПФ-4947-сон (Ўзбекистон Республикаси
қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон).
2
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси //
URL:https://lex.uz/docs/111453
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 108
Jazoning ahamiyati shundaki, axloq tuzatish ishlari jazosi o‘zida insonparvarlik tamoyilini
namoyon etadi. Sudlanuvchiga bu jazoni qo‘llash orqali u shaxsni ozodlikdan mahrum qilmaydi,
o‘z oilasida, uyidan ajralmagan holda o‘zi ilgari ishlagan muassasada (
korxonada, tashkilotda)
ishlaydi
3
. Axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxs o’z ish haqisining ma’lum qismini sud
hukmida belgilangan miqdorida va muddat davomida davlat foydasiga o’tkazadi. Bizningcha,
qonun chiqaruvchi bu orqali sudlanuvchiga modd
iy ta’sir etish maqsadini ko’zlaydi va bir
vaqtning o’zida mahkum ham daromadining davlat foydasiga ushlab qolinishi orqali o’ziga
tayinlangan jazoni ijro etadi va o’z ish joyida yoki boshqa tashkilotta majburiy mehnat qilishi
natijasida jamiyattan ajralmagan holda mehnat va boshqa da ijtimoiy munosabatlarini saqlab
qoladi.
Axloq tuzatish ishlari shaxslarga faqat asosiy jazo sifatida qo‘llaniladi va sud uni faqat
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining tegishli moddasi sanksiyasida
ko‘rsa
tilgan hollardagina tayinlanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 126-
moddasi (Ko‘p xotinli
bo‘lish), 148
-moddasi (Mehnat qilish huquqini buzish) va bir qator moddalari sanksiyalarida
bunday jinoyat sodir etgan shaxslarga axloq tuzatish ishlari jazosi alternativ jazo sifatida
ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, axloq tuzatish ishlari shaxslarga nisbatan quyidagi hollarda ham qo‘llanilishi
mumkin:
Aybdor jarima jazosini ijro etishdan bosh tortgan taqdirda, jazoning ijro etilmagan qismi
Jinoyat kodeksining 44-moddasiga muvofiq axloq axloq tuzatish ishlariga almashtirilganda;
Jinoyat kodeksining 57-
moddasiga muvofiq, yengilroq jazo tayinlanganda qo‘llanilishi
mumkin;
Jinoyat kodeksining 74-moddasiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish jazosining
o‘talmagan qismini yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilganda qo‘llaniladi
4
.
Axloq tuzatish ishlari jazosini mahkum o‘z ish joyida, lekin, ko‘p hollarda o‘zining avvalgi
lavozimidan boshqasiga o‘tkazilgan holda o‘taydi. Agar shaxs jinoyatni mansab vakolatiga
bog‘liq holda sodir etgan bo‘lsa, u o‘z ish joyida boshqa vazifaga o‘tkazilishi ham mumkin. Bu
orqali har ikkala holatda ham sudlanuvchining takroran bunday jinoyat sodir etishining oldi
olinadi.
Jinoyat-
ijroiya kodeksiga muvofiq, mahkum jazoni o′z ish joyida, aga
r doimiy ish joyiga
ega bo′lmasa, sud belgilagan joyda o'taydi. Shuningdek, Oliy Sud Plenumining qarorida "Axloq
tuzatish ishlari odatda ish joyida o'tash sharti bilan tayinlanishi lozim. Shu bilan birga, shaxs o'z
kasbi yoki xizmat vazifasini bajarish bilan bog'liq holda jinoyat sodir etib, uning avvalgi ish
joyida qoldirilishi jazoning tarbiyaviy ahamiyati pasayishiga olib kelishi mumkin bo'lsa, axloq
tuzatish ishlarini ushbu jazoni ijro etuvchi organ tomonidan belgilangan joyda o'tash
tayinlanishi mumkin"
5
.
3
Rustambayev M.H. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. T. 2. Jazo togrisida talimot:
Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO. 2011. - B. 40.
4
Rustambayev M.H. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. T. 2. Jazo togrisida talimot:
Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO. 2011. - B. 40.
5
Ozbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi "Sudlar tomonifan jinoyat uchun jazo
tayinlash
amaliyoti togrisida"gi 1-sonli qarori, 20-band, 1-xatboshi // Toplam, 2-jild. - 231-b.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 109
Sud ayrim jiddiy sabablarga ko'ra, jazoni mahkum ishlaydigan joyda o'tash maqsadga
nomuvofiq deb topsa, u buning asoslarini o'z hukmda ko'rsatishi va jazoning ijrosini nazorat
qiluvchi probatsiya organinining belgilashi orqali umumiy asoslarda o'talishini ko'rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, axloq tuzatish ishlari jazosini quyidagicha ikki turga
ajratishimiz mumkin:
1) sudlanuvchi jazoni o'zi ishlaydigan joyda o'taydi;
2) jazoni jazo ijrosini nazorat qiluvchi organ belgilab bergan joyda o'taydi
6
. Jazoning qaysi
joyda o'tash lozimligini esa faqat sud tomonidan belgilanadi.
Sudlanuvchining o'z ish joyi
- uning mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan faoliyati,
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati singari mustaqil ravishda amalga oshiradigan faoliyati
hisoblanadi. Agar shaxs doimiy ish joyiga ega bo'lsa, axloq tuzatish ishlari jazosi shu joyda
o'taladi. Jazoning ijrosini va sudlanuvchini har tomonlama qayta tarbiyalash nuqtai nazaridan
jazoni o'zi ishlaydigan joyda belgilash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu orqali, birinchidan,
sudlanuvchining mehnat qilishi uchun boshqa ish joyini izlash orqali jazoning ijro etilishini
kechiktirilishi havfi bartaraf etilsa, ikkinchidan, shaxs uni yaxshi biladigan jamoatchilikning
doimiy nazorati ostida o'taydi. Jazoni ijro etish joyi sifatida O'zbekiston Respublikasi mehnat
qonunchiligiga ko'ra, turli mulkchilik shaklidagi korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek
boshqa normativ hujjatlarga asosan tartibga solinadigan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar ham bo'lishi mumkin.
Agar shaxs hukm chiqarish vaqtida hech qayerda ishlamasa, doimiy ish joyi bo'lmasa,
mavsumiy ishlarda ishlasa, shuningdek doimiy ish joyi bo'lishiga qarzmasdan, ish jarayonida
o'zini yomon ko'rsatgan, yani o′zi ishlaydigan joyda o′rnatilgan mehnat
normalarini buzgan
shaxslarga tomonidan axloq tuzatish ishlari jazosi umumiy asoslarda o′talishi belgilanadi.
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar ish haqisidan sud hukmida belgilagan
miqdorda va muddat davomida ushlab qolinadi. Uning ish yoki xizmat haqisiga mehnat
natijasida olingan xizmat haqi, tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan daromad, grant,
stipendiya va boshqalar kiradi. Lekin, ayrim to′lovlar, masalan, pensiya, ijtimoiy yordam
sifatida olinadigan to′lov, ijtimoiy sug′urta va bos
hqalar xizmat haqiga kirmaydi va davlat
daromadiga ushlab qolinishi mumkin emas.
Axloq tuzatish ishlari haqida so′z borganda, uning mazmuniga ham to′xtalishimiz zarur.
Bu borada olim P.G. Ponomarevning quyidagicha fikr bildirgan, ya'ni u jinoyat uchun jazo
sifatida axloq axloq tuzatish ishlari mazmuniga quyidagilarni kiritadi: 1) mehnatga majburlash;
2) asosiy ish joyiga ega bo'lmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish; 3) jazoni mahalliy o'zini o'zi
boshqarish organi belgilagan joylarda, lekin sudlangan shaxs yashaydigan hududda o'tash; 4)
mehnatga ma'lum muddatga jalb qilish; 5) ish haqining muayyan ulushini davlat foydasiga
undirish". Biz olimning fikrlariga to'liq qo'shilamiz, chunki u jinoyat qonunchiligida jinoyat
sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan axloq axloq tuzatish ishlari jazosining mazmuni
to'liq ochib berilgan
7
.
6
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октабрдаги “Өриндошлик асосида ҳамда бир
неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисидаги низомини тасдиқлаш ҳақида”ги 297-сон қарори //
URL:https://lex.uz/docs/2070161
7
Комментарий к Уголовному кодексу Российской Федерации. / Под ред. А.И.Рарога.
-
М.: Проспект, 2004.
-
С. 92.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 110
Shuningdek, ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan ushbu jazo turi qo'llanilmaydi. Bularga
homilador ayollar, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar, mehnatga layoqatsizlar, pensiya
yoshiga yetkan shaxslar va harbiy xizmatchilar kiradi. Huquqshunos olim M.X. Rustambayev
"Axloq tuzatish ishlari, shuningdek, mahkumlarning mehnatga jalb etilishini talab qilishi haqida
to'xtalib, bunday jazo obyektiv holatlar tufayli mehnat faoliyatini amalga oshira olmaydigan
shaxslarga nisbatan qo'llanishi mumkin emas" , deb ta'kidlaydi
8
.
Axloq tuzatish ishlari jazosini otash vaqtida sudlangan shaxs mehnatga yaroqsiz bo'lib
qolsa yoki pensiya yoshiga yetgan bo'lsa, shuningdek homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqan
bo'lsa, Probatsiya xizmatining tavsiyasiga ko'ra sud tomonidan Jinoyat kodeksining 75-
moddasiga asosan jazoni o'tashdan butunlay ozod etiladi
9
.
Mahkum o'ziga tayinlangan jazo muddatining jami o'ndan bir qismidan ko'prog'ini
o'tashdan bosh tortgan holda sud tomonidan uning o'talmagan qismini shu muddatga ozodlikni
cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi og'irroq jazo turlaridan biri bilan almashtiradi.
Ko'plab xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida axloq tuzatish ishlari bilan bir qatorda
ushbu jazoga yaqinroq boshqa jazo turlari ham nazarda tutilgan. "Majburiy mehnat" (Rossiya
Federatsiyasi, Latviya), "jamoat ishi" (Belarus Respublikasi, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog'iston,
Qirg'iziston Respublikalari), "majburiy jamoat ishlari" (Armaniston Respublikasi), "jamiyat
foydasiga haq to'lanmaydigan mehnat" (Moldaviya), "jamiyat uchun foydali mehnatga jalb
qilish" (Gruziya) shular jumlasidandir.
Armaniston va Ukraina Jinoyat kodekslariga ko'ra, axloq tuzatish ishlarini o'tash davrida
axloq axloq tuzatish ishlari tayinlanishi mumkin bo'lmagan holatlar yuzaga kelsa, shaxs
jazodan ozod qilinishi yoki axloq axloq tuzatish ishlari yengilroq jazo bilan almashtirilishi
mumkin. Biroq bunday norma O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida berilmagan
10
.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, jinoyat sodir etgan shaxslarga
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo choralarining biri sifatida axloq
tuzatish jazosini qo'llash - mahkumlarni axloq tuzatishning eng samarali usullaridan biri bo'lib,
bunda mahkum jamiyatdan ajralmagan holda oilasi, yaqinlari va boshqalar bilan ijtimoiy
aloqalarini va avvalgi ish joyida yoki doimiy yashash joyida ishlash orqali o'zining mehnat
qikish bilan bog'liq ko'nlikmalarini oshirib boradi. Natijada, shaxs jazoni o'tab bo'lgandan song
ham qayta jamiyatga qo'shilishi osonlashadi va tarbiyaviy jihatdan tuzaladi. Bu esa,
mamlakatimizda va boshqa bir qator rivojlangan davlatlarda jinoiy jazolarni liberallashtirish
orqali sudlangan shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalashdan katta ahamiyatga ega.
Zero, har doim shaxsning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari va ularni ta'minlash - eng
oliy qadriyatdir.
References:
8
Rustambayev M.H. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. T. 2. Jazo togrisida talimot:
Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO. 2011. - B. 40.
9
Халилов Д., Амиров Б. Пробация хизматининг озодликдан маҳрум этиш билан боғлик бўлмаган
жазоларни ижро этишдаги хукук ва мажбуриятлари //Наука и технология в современном мире. –
2022.
–
Т. 1. –
№. 7. –
С. 144
-162.
10
Z.Y,. To
ʻ
rabayeva. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimi [Matn]: o'quv
qo'llanma / To'rabayeva Ziyoda Yakubovna. -T.: TDYU nashriyoti, 2023. -88 b. - B. 49.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025
ISSN 2181-2020
Page 111
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2017
-yil 7-fevraldagi Harakatlar strategiyasi asosida
mamlakatni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha belgilangan asosiy yo‘nalishlar. O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017
-yil, 6-son.
2.
O'zbekiston
Respublikasi
Jinoyat
kodeksi.
//
Elektron
manba:
(murojaat qilingan sana: 2025-yil 15-may).
3.
Rustambayev M.H. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. T. 2. Jazo
togrisida talimot: Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO. 2011. - B. 40.
4.
Rustambayev M.H. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. T. 2. Jazo
togrisida talimot: Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO. 2011. - B. 40.
5.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi "Sudlar tomonidan
jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida"gi qarori. // Qarorlar to'plami. II jild. 231-bet.
6.
"O'rinbosarlik asosida va bir nechta lavozimda ishlash tartibi to'g'risida"gi nizom.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori. //
Elektron manba:
URL:https://lex.uz/docs/2070161
(murojaat qilingan sana: 2025-yil 15-
may).
7.
Комментарий к Уголовному кодексу Российской Федерации. / Под ред. А.И.Рарога.
-
М.: Проспект, 2004.
-
С. 92.
8.
Rustambayev M.H. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. T. 2. Jazo
togrisida talimot: Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO. 2011. - B. 40.
9.
Xalilov D., Amirov B. Ozodlikdan mahrum etishga aloqador bo'lmagan jazolarning ijrosi
jarayonida probatsiya xizmatining huquqiy vakolatlari. // Zamonaviy dunyoda fan va
texnologiya ilmiy jurnali. 2022-yil, 1-tom, 7-son. 144,162-betlar.
10.
Z.Y,. Toʻrabayeva. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimi
[Matn]: o'quv qo'llanma / To'rabayeva Ziyoda Yakubovna. -T.: TDYU nashriyoti, 2023. -88 b. -
B. 49.
