Авторы

  • Sofiya Abdurahmonova
    NavDU Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.128104

Ключевые слова:

Okkazionalizm okkazional ma‘no okkazional birliklar o‘xshatish.

Аннотация

Maqolada Cho‘lpon she’riyati qahramonlarining siymolarini, ularning davr ruhi bilan bog‘liq bo‘lgan tasvirini, ijtimoiy holatini aks ettirishda okkozional birliklarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar aks ettirilgan. Cho‘lpon she’riyatining qarashlarida ozodlik, istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi yuksak axloqiy-estetik g‘oyalar mazkur birliklar orqali ifodalangan.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 99

EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

U I F =

8.1 |

SJI F =

5.685

www.in-academy.uz

Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020

Page 0

Volume 2

8

ISSN: 2181-2020

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

THE EXPRESSION OF OCCASIONAL UNITS IN CHOLPON'S

POETRY

Abdurahmonova Sofiya

2nd-year student of Uzbek Language and Literature, Faculty of

Languages, Navoi State University

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478970

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 15

th

May 2025

Accepted: 20

th

May 2025

Online: 21

th

May 2025

,

This article discusses the significance of occasional units in

depicting the characters of Cho‘lpon's

poetry, their connection

with the spirit of the era, and their social status. The ideas of
freedom, independence, patriotism, and national pride

key

components of Cho‘lpon’s poetic worldview —

are expressed

through these linguistic units.

KEYWORDS

Occasionalism, occasional
meaning, occasional units,
metaphor.

CHO‘LPON SHE’RLARIDAGI OKKAZIONAL BIRLIKLARNING IFODALANISHI

Abdurahmonova Sofiya

NavDU Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2

-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478970

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 15

th

May 2025

Accepted: 20

th

May 2025

Online: 21

th

May 2025

,

Maqolada Cho‘lpon she’riyati qahramonlarining siymolarini,
ularning davr ruhi bilan bog‘liq bo‘lgan tasvirini, ijtimoiy

holatini aks ettirishda okkozional birliklarning ahamiyati
haqida fikr-

mulohazalar aks ettirilgan. Cho‘lpon she’riyatining

qarashlarida ozodlik, istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik
kabi yuksak axloqiy-

estetik g‘oyalar mazkur birliklar orqali

ifodalangan.

KEYWORDS

Okkazionalizm, okkazional

ma‘no,

okkazional

birliklar, o‘xshatish.

O'zbek adabiyotida XX asr boshlarida yangi milliy uyg'onish to'lqini boshlanib, bu

davrda adabiyot til va poetik tafakkurda chuqur o'zgarishlar yuz berdi. Ana shu adabiy
harakatning peshqadamlaridan biri

Abdulhamid Cho'lpon

namoybo'lib, uning she'riyati o'z

zamonasi uchun yangicha poetik til, obrazlar va tasvirlar namoyon bo'ladi. shaxsiy,

okkazional birliklar

ya'ni matnda faqat muallif tomonidan taqdim etilgan, individual leksi

birliklar

Cho'lponetikasining ajralmas qismi. Cho‘lpon o‘tgan asrning boshlarida o‘zbek

adabiyotida birinchilardan bo‘lib, barmoq vaznida jozibali she’rlar yozgan ijodkordir.
Abdulhamid Cho‘lpon ijodining g‘oyaviy asoslari xalqni ma’rifatli qilish, badiiy dunyoqarashini
boyitish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish kabi yetakchi tamo

yillarga tayanadi va bularni inson

kamoloti, xalq hayoti va jamiyat ma’naviy yuksalishidan ayri holda tasavvur etish mumkin
emas. Cho‘lpon she’riyatida okkazional birliklarni ko‘p ucharatishimiz mumkin.

Lingvistikada okkazional birliklar deganda adabiy tilda mavjud bo'lmagan, lekin muallif

tomonidan belgilangan kontekstda kasb va faqat shu kontekstdagi ma'no etuvchi birliklar
tushuniladi. Bu birliklar:


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 100

-yangi so'zlar (neologizmlar),
-o'zlashtirilgan ma'nodagi iboralar,
-grammatik tuzilmada yangilik,
-poetik sintaksis yuklab bo'lishi mumkin.
Cho'lpon bunday birliklarni o'z poetik tilining ajralmas qismi sifatida yaratgan.
Okkazional birliklar adibning ijod mahsuli hisoblanib, uning asarlarini sodda, mazmunli,

buyoqdorlikdan xoli, o‘quvchi ongiga tez va

oson yetib borishiga yordam beradi. Okkazional

birliklardan foydalangan shoirlar so‘zlarni tejashga, she’rda takroriy so‘zlardan
foydalanmaslikka va she’rga estetik ko‘rk berishga erishadi. Biz mazkur maqolamizda
Abdurahim Cho‘lponning “Buloqlar quchog‘ida” nomli to‘plamidagi she’rlarini va ulardagi
okkozional birliklarning xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Men-da ojiz- u muhitning oldida

Qabring topib ko‘zyoshimni tokmakka

Hamda achchiq hiddatim-la ul yerda
Oq kallalik qora devni sokmakka.
Yuq

oridagi misrada shoir “hiddat” so‘zidan foydalanadi. Hiddat –

keskinlik, tezlik

kabi

ma’nolarni ifodalab kelgan. Mazkur misrada shoir nima demoqchi? Ma’lumotlarga ko‘ra,
taxtga kelgan xonlarning qahri qattiq bo‘lgan, o‘zlari xohlagan ish ular uchun to‘g’ri

hisoblangan. Shoir o‘zining keskin so‘zlari bilan o‘zining tezligi bilan ularga qarshi
chiqolmagan. O‘z davrining voqealarini chiroyli va betakror jumlalar orqali ifodalab berishni

maqsad qilgan.

Cho‘lpon she’riyatida bu kabi birliklar betakror va ma’lum

maqsad asosida foydalangan.

Cho‘lpon “Uzalgan qo‘l” she’rida okkazional birlikdan quyidagi maqsadda foydalanadi.

Qo‘limdan tortmoqchi bo‘ldimi?

Shu ketsiz girdobdan qutqarib

Qirg‘oqqa otmoqchi bo‘ldimi?

Kim o‘zi men kabi yo‘l ozib

Adashgan yo‘lchiga qo‘l bergan

Va yurg‘un ko‘zlarga telmirgan?

Yuqoridagi misrada “yurg‘un” okkazional birligini qo‘llaydi. Yurg‘un –

o‘ynoqi, yuguruk

kabi ma‘nolarni ifodalaydi. Shoir kim bu charchagan, o‘ynoqi, yuguruk ko‘zlarga boqmoqchi
bo‘lgan degan ma’noni ilgari so‘rgan.

Yurg

un

so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘at”da mavjud

emas.

Katta-

yu kichikka birdek tanish bo‘lgan Cho‘lponning “Binafsha” she’rida ham

okkazional birliklar qo‘llanilgan.

Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan,
Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,

Ko‘nglimga isriklik to’kmaysan?

Yuqoridagi parchaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, parchada “isriklik” –

okkazional

birligidan foydalangan. Bu so‘zni tahlil qiladigan bo‘lsak isrik+lik= isriklik. Bu so‘zni izohli
lug‘atda ma‘nosi mavjud emas, adib o‘z she’rida bu so‘zni “sarxushlik, yoqimli ifor” kabi


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 5, May 2025

ISSN 2181-2020

Page 101

ma‘nolarda qo‘llagan. “Shunchalik chiroyli tusing bor, ko‘nglimga yoqimli iforingdan nega
to‘kmaysan”, –

deya binafshaga undalma qiladi.

Cho‘lponning “Yana oldim sozimni” she’rida “qantargach” okkazional birligini

ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘z

bo‘sh qoldirmoqda, foydalanmasdan dam bermoq

kabi ma‘nolarni

ifodalab kelgan.

Bir necha yil qantargach,
Yana oldim sozimni,

Endi aytib yig‘

lamas

Ko’ngildagi rozimni.

“O‘zbek tilining izohli lug‘at”ida qaytargich so‘zi bo‘lib,

oʻziga kelib urilgan toʻlqin, nur

va

shu kabilarni

qaytaruvchi

yoki zararsizlantiruvchi asbob ma‘nosini bildiradi. Adib yuqoridagi

misrada

qantargach

leksemasidan foydal

anmasdan “Bir necha yil foydalanmasdan, Yana

oldim qo‘lga sozimni” degn fikr Cho‘lpon “Qaytish” she’rida yana bir okkazional birlikdan
foydalanadi. Foydalanilgan okkazional birliklar misraning ma’nosini oson tushunilishiga va
o‘quvchida Cho‘lpon she’riyatiga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.

Ko‘nglimga alam oldim,

Qo‘limga qalam oldim,

Yana jinlanmakchiman

Yuqoridagi parchada “jinlanmakchi” okkazional birligiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u

“telbalanmoq” ma‘nosida ifodalangan. Adib qo‘liga qalam olib telbalardek, o‘sha davr

adolatsizliklarini yozishga tayyorligini nazarda tutmoqda. Cho'lpon she'riyatida ko'plab
sintaktik tajribalar ham mavjud. Ular orasida:

Inversiya

: so'z tartibini o' Ishlatish orqali ur'uni ishlab chiqarish (Masalan:

“Yurak bir

g

'am o'lg'usi o'zda”

);

Ellips

: ba'zi so'zlarni tushirib qoldirish orqali ma'noni ishlab chiqarish;

Anaphora va parallel tuzilma

lar orqali ohangdorlik kerak.

Shoir milliy mazmun, balki sintaksis orqali ham yangi ifodani ochadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, okkazional birliklar adibning ijodiy ixtirosidir. Cho‘lpon

she’riyatida qo‘llanilgan okkazional birliklar uning she’rlarida samimiyatni, oddiylikni tez
ilg‘ab olishimizga yordam bergan. Tushunarsiz so‘zlarni o‘quvchiga sodda va oson yetkazib

berishga xizma

t qilgan. O‘quvchi bu she’rlarni shashti susaymasdan, misralardagi yangi ijod

mahsullari ya’ni okkazional birliklar bilan tanishgan xolda, maqroq bilan o‘qiydi.

References:

1.

Abdulhamid Cho‘lpon–Buloqlar quchog‘ida , –

Toshkent:2023.

92 b.

2.

Badiiy til muammolari,

–Toshkent:“Inqilobva Adabiyot”, 1977.

3.

Cho‘lpon A. Saylanma. –

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2019.

4.

Xudoyberganova D. Poetik birliklarning lingvistik tabiatiga doir.

Toshkent: O‘zbekiston

Milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2020.
5.

Sultonov X. O

‘zbek poeziyasida badiiylikning lingvistik asoslari. –

Toshkent: Fan, 2015.

6.

G‘afurov S. O‘zbek tilida okkazional birliklarning semantik xususiyatlari. –

O‘zbek tili va

adabiyoti jurnali, 2021, №3.

7.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–

2025.

Библиографические ссылки

Abdulhamid Cho‘lpon–Buloqlar quchog‘ida , – Toshkent:2023.–92 b.

Badiiy til muammolari,–Toshkent:“Inqilobva Adabiyot”, 1977.

Cho‘lpon A. Saylanma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2019.

Xudoyberganova D. Poetik birliklarning lingvistik tabiatiga doir. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2020.

Sultonov X. O‘zbek poeziyasida badiiylikning lingvistik asoslari. – Toshkent: Fan, 2015.

G‘afurov S. O‘zbek tilida okkazional birliklarning semantik xususiyatlari. – O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2021, №3.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025.