EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 77
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
LIFE EDUCATION BEHIND THE LAMP
Toshpulatova Dilorom Bobonazarovna
Doctor of Philosophy (PhD) in Philological Sciences,
Acting Associate Professor
Saydullayeva Mashhura Salohiddinovna
First-year Master’s student in the “Uzbek Language and Literature”
program, Tashkent University of the Humanities
https://doi.org/10.5281/zenodo.15447994
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 10
th
May 2025
Accepted: 16
th
May 2025
Online: 17
th
May 2025
,
This story is a work of creativity that provides spiritual
nourishment to a person in the genre of our literature. The
story genre is a work that reflects the issues of the era and the
hero, the social life and character of people, therefore, the story
genre is considered a work with a very high artistic level in
world and Uzbek literature, covering real events, and reflecting
a didactic meaning. This article is a work that reflects people in
the story "Fanorchi Ota" on the basis of patriotism, tolerance,
the ability to resist harmful currents, determination in life,
faith, education, and kindness.
KEYWORDS
Didactic
story,
faith,
generation,
kindness,
tolerance, culture and
spirituality, patriotism and
pedagogy.
CHIROQ ORTIDAGI HAYOTIY TARBIYA
Toshpulatova Dilorom Bobonazarovna
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), vb dotsent.
Saydullayeva Mashhura Salohiddinovna
Toshkent gumanitar fanlar universiteti fanlar universiteti “O’zbek tili va adabiyoti
yo’nalishining 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15447994
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 10
th
May 2025
Accepted: 16
th
May 2025
Online: 17
th
May 2025
,
Ushbu hikoya adabiyotimiz janrida insonga ma’naviy ozuq
beruvchi ijod mahsulidir. Hikoya janri davr va qahramon
masalasi, insonlarning ijtimoiy hayoti va harakterlari aks etgan
asar bo’lib, shu boisdan hikoya janri jahon va o’zbek
adabiyotida badiiy saviyasi baland, real voqealar yoritilgan,
didaktik ma’no aks etgan asardir. Ushbu maqola “Fanorchi ota”
hikoyasida insonlarni vatanparvarlik, bag’rikenglik, zararli
oqimlarga qarshi kurasha olish, hayotga bo’lgan qat’iylik,
ishonch, mehr-oqibat asosida aks etgan.
KEYWORDS
Didaktik
hikoya,
insonparvarlik,
avlod,
mehr –oqibat, bag’rikenlik,
madaniyat va ma’naviyat,
vatanparvarlik
va
pedagogika.
Kirish.
O’zbek adabiyotida hikoya janri tom ma’noda yuqori mazmunga ega bo’lgan, kitobxonlar
sevib o’qiydigan janrdir.Hikoyada mazmun va hayotiy voqealar,insonlarga ma’naviy ozuqa
bo’ladigan katta mazmunni o’z ichiga oladigan hajm jihatidan roman va qissalardan ajralib
turadi. Maqolamizda tahlil qilinayotgan hikoya O’zbekiston xalq yozuvchisi Muso
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 78
Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Fanorchi ota” asari bo’lib, hikoyada davr va qahramon
masalasi asosiy vazifadir.
XX asr insonlarining hayoti, turmush tarzi bayon qilinib, insonni qay ahvolda
bo’lganliklarini ko’z oldimizda gavdalantira olamiz. Bu esa mutolaachini yanada o’qib,
o’rganishga o’sha davr qiyofasini ongida gavdalantirishga undaydi. Asar esa albatta adibni
sermahsul ijod namunasi. Adib asarni yaratar ekan inson o’z farzandini qanday voyaga
yetkazib u bilan faxrlanib yashasa, bir asarni ham xuddi farzand kabi chin qalbdan, e’tibor ila
namayon qilinishini gavdalantirgan. Bu asarni kitobxon qiziqish va e’tibor ila mutolaa qilsalar,
mantiqiy fikrlashga, o’zlariga qanday xarakterga va vatanparvarlik, bag’rikenlik, mehr-oqibat,
hayotga bo’lgan ishonchi va zararli oqimlardan yiroqlashib manaviy ozuqaga ega bo’lishlariga
turki bo’ladi.Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar
murabbiysi Hotam Umirovning gaplarini keltirish mumkin: “…Ha hayot haqiqati dars
bermoqlik, insonni ma’naviy poklikka yetaklamoq uchun o’zlikni anglash va uni tinimsiz ijodiy
mehnat orqali boyitish zaruratga aylanishi kerak. Ana shu zaruriyat sizni jism-u joningizga
quvonch, quvvat,qudrat baxsh etishi lozim.Siz orqali insoniy tuyg’ular yanada boyib , yanada
komillashib ,odamlar hayotini go’zallashtirishga beminnat xizmat etishi talab qilinadi”[1].Shu
boisdan yoshlikdan berilgan e’tiborli tarbiya farzandni komil inson darajasiga yetishishiga
sabab bo’ladi.
Adabiyotimizda hikoya janri inson hayotida ixcham voqeani lo’nda ifoda etishga
mo’ljallangan didaktik janr. Asarda “Fonarchi ota” hikoyasi o’zbek xalqining mehnatkash,
halol va samimiy, bag’rikeng insonlari haqida so’zlaydi. Fanorchi otani tasvirlab eng muhim
g’oyalaridan biri insoniy fazilatlarning ahamiyatini ko’rsatibgina qolmay mehnat va halollik,
insoniy qadriyatlar, yurtparvarlik, to’g’rilik, insonparvarlik g’oyalarini ulug’lashni ko’rsatib
beradi.Yozuvchi hayotning xususan, oddiy jihatlariga, har bir mehnat turi va uning inson
hayotidagi o’rnini ta’kidlaydi. Fanorchi ota hech qanday katta shon-shuhratsiz, faqatgina o’z
mehnatining haqiqatiga, samimiyligiga va har bir ishda farzanga tarbiyani to’gri yetkazishni
amalga oshirgan bo’lib, Fanorchi otani bergan lo’nda gaplariga “Bir bolaga yetti mahalla ota-
ona” degan naql hozirgi kunda o’sib kelayotgan yoshlar uchun hayot haqiqati.
O’zbek adabiyotimizga muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston
taraqqiyot strategiyasi” nomli kitobidagi ushbu fikrlariga to’xtalib o’tamiz: “…Atoqli adibimiz
Abdulhamid Cho’lponning “Adabiyot yashasa millat yashar” degan hikmatli so’zlari bugun har
qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Hozirgi kunda milliy o’zligimizni saqlab
qolish, xalqimizni ong-u tafakkurini yuksaltirish va shu orqali mamlakatimizni izchil taraqqiy
ettirish uchun avvalambor adabiyot ,ma’daniyat va san’at sohalarini qo’llab quvvatlashimiz
zarur.”[2] Aytishimiz mumkin, adabiyot birinchi o’rinda ma’naviyatimizni yuksaltiribgina
qolmay, yangi taraqqiyotga sababchidir.
Demak, adabiyotimizda hikoya juda qadimdan bitiktoshlarda bayon etilgan bo’lib, “…ilk
bor adabiy yozma yodgorliklar “O’rxun-Enasoy” asosan VI-VIII asr voqealarini aks ettiradi .
“Kultegin” bitiktoshi va “To’nyuquq” bitiktoshlari bo’lib , “To’nyuquq”bitiktoshi kompozitsion
jihatdan yirik asar. Unda o’ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu
kompozitsiyani o’zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to’laligicha amalga oshgan.
Yodgorlikni til xususiystlari ham e’tiborga loyiq.U VIII asrdagi adabiy til namunasidir. Asar
tildagi ko’plab so’zlar hozirgi o’zbek tilida aynan qo’llaniladi.Bir qism so’zlarda ozgina tovush
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 79
o’zgarishi yuzaga kelgan,yana bir toifa so’zlar esa bugungi istemoldan chiqib
ketgan.To’nyuquq bitiktoshining ‘vatanparvarlik,ruhi bilan sug’orilgan qadimiy nodir badiiy
asar va juda katta ma’rifiy hamda badiiy-estetik ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatib turibdi.”[3].
Nosiriddin Rabg’uziyni “Qissasi Rabg’uziy” asarida ham ahloqiy harakterdagi hikoyalari aks
etaganligini ko’rishimiz mumkin. Bobomiz Alisher Navoiy “Hayrat ul –abror” dostonida va
davrlar osha XVI asrda yaratilgan Poshshoxojaning asarlarida hikoyaning yaralishida asosiy
manbaalardan bo’lib kelmoqda. XX asr boshlarida hikoyanavisligiga Cho’lpon, A.Qodiriy,
G’.G’ulom, A. Qahhor , Shukur Holmirzayev va Oybek kabi hikoya janriga katta hissa
qo’shganliklarini ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston xalq yozuvchisi Oybekni “Fanorchi ota” mashhur hikoyalaridan biri bo’lib
insoniylik va bolalik haqidagi ma’naviy ozuqaligi bilan ajralib turadi. Asarda fanor orqali aks
etgan hayotiy masalalar va farzandning fanor asosida tarbiya tushunchasi yani ma’naviyatni
aks etayotganligini ko’rishimiz mumkin. Hikoya tor qiyshiq kochani churuk darvoza
tepasidagi fanorni hayotda insoniyat tushunchasiga katta o’zgarish kiritganligi korishimiz
mumkin va fanorni past bo’yli, burshuq yuzli chol kelib har safar yoqib ketar va u cholni
fanorchi ota der edi. Mahalla bolalari esa fanorni qayta –qayta sindirishib Fanorchi otani
sabrini sinar va unga ham zarar yetkazishga harakat qilishar edi, lekin Fanorchi ota mahalla
bolalariga mehr-oqibatlilik, sabr, insonparvarlik, bag’rikenglik, ma’naviyat, ma’daniyat,
vatanparvarlik, hurmat, ishonch, farzand tarbiyasida juda kerakli va zararli oqimlarga qarshi
bo’ladigan hikoya hisoblanadi.
Adabiyot asosida ma’naviyat tushunchasiga yana bir bor Yurtboshimiz
Prezidentimizning fikrlarini asos qilib aytsak “…Mening nazarimda,insoniyat dunyosining
buyuk bir yoritqichi –ma’naviyat chirog’i bor. Bu chiroqning boshqalardan farqi shuki, u
insoning ongi va tafakkurini yoritadi, qalbi vijdonini uyg’otadi, odamiylik hissini
kuchaytiradi”[4], deya asosiy tushuncha berganliklari va bu fikrlari tastig’i sifatida
O’zbekiston xalq yozuvchisi Oybekning “Fanorchi ota”hikoyasini yuqoridagi fikrlarga to’g’ri
talqin qilinganligini misol qilib keltirish mumkin. Hikoya esa o’quvchilarimiz tomonidan
e’tibor va tushuncha asosida, o’quvchilarimizni qiziqishlari ila o’qib kelinmoqda.
O’zbek adabiyotimizda yana bir adibimiz Nabi Jaloliddinning “Ota” hikoyasida ham
hayotiy voqealar sabab insoniy tarbiyani aks etganini ko’rishimiz mumkin. Hikoyada otaning
farzandlariga bergan sabr, mehr, bag’rikenlik, insoniylik, mehr-oqibat, insoniyat qadr-
qimmatini, farzandlarga bo’lgan tarbiyadan ma’naviy ozuqa olish mumkin.
Xulosa:
“Fanorchi ota” hikoyasida o’sha davrning hayotiy kechinmalari asosida ya’ni
birgina chiroq ortidagi qorongulik va yorug’lik ila insoniyat tarbiyasi asosida ma’naviy
yuksalishi, o’quvchilarning kattalarga nisbatan hurmat, mehr-oqibatli, vatanparvarlik ruhida
ulg’ayishlari uchun katta namuna bo’ladigan hikoya hisoblanadi. Hikoya o’quvchini o’qish
malakasini rivojlantirish va personajlarning xatti-harakatlatini muhokama qilishib, baholash
ko’nikmasini ham o’stiradi. O’quvchilarimizni hikoya va tarbiya, sabr, mehnat, ishonch,
vatanparvarlik orqali tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni bosh
mezonlardan biri sifatida qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Hikoyalar yosh avlodni
ko’rsatilgan ruhda tarbiyalashi asosiy quroldir.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 80
References:
1.
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”.
To’ldirilgan ikkinchi nashr. Toshkent: "O’zbekiston" nashriyoti, 2023 242-257-b.
2.
Ahmedov S, Qosimov B, Qo’chqorov S, Rizayev Sh. Adabiyot. Umumiy o’rta ta’lim
maktablarining 5-sinfi uchun darslik. To’rtinchi nashr. Sharq. Toshkent 2020. 7-b.
3.
Hotam Umirov. Adabiy ijod asoslari. Darslik. Samarqand. Samarqand Davlat Universiteti
nashri, 2019. 108-b.
4.
Abdulla Oripov, Umarali Normatov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov va boshq.; “XX asr
O’zbek hikoyasi antalogiyasi”. ”Ozbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti,
Toshkent-2016, 31-b.
5.
Boqijon To’xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Adabiyot. O’rta ta’lim
muassasalarining 10-sinf va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o’quvchilari
uchun darslik majmua. Birinchi nashr. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Davlat ilmiy
nashriyoti, Toshkent-2017.33-b.
