EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 68
EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
U I F =
8.1 |
SJI F =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020
Page 0
Volume 2
№
8
ISSN: 2181-2020
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR
ENSURING INVESTMENT SECURITY AS AN AUTONOMOUS
FACTOR IN ENHANCING INVESTMENT ATTRACTIVENESS
Ismailova Nasiba Komildjanovna
Tashkent State University of Economics
Department of “Finance and Financial Technologies”
ismailovank1275@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15430191
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 09
th
May 2025
Accepted: 15
th
May 2025
Online: 16
th
May 2025
,
The article reveals the content of the concepts of investment
security and investment attractiveness, and their relevance for
the state. The impact of investment security on the investment
attractiveness of the state is studied. In addition, the threats
and risks of investment security, the requirements and
principles for ensuring the stability of economic and legal
guarantees for investors, and the main principles for ensuring a
favorable climate for investments are discussed. Furthermore,
the article examines the issues of ensuring investment security
in the Republic of Uzbekistan at present.
KEYWORDS
Investments,
foreign
investments,
investment
attractiveness, economic
security,
investment
security,
investment
security indicators, the
state’s
external
debt,
macroeconomic stability,
banks' capital adequacy,
investments
in
fixed
capital,
domestic
investments,
foreign
investments,
investment
volume, inflation rate.
INVESTITSION XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH
–
INVESTITSION
JOZIBADORLIKNI OSHIRISHNING MUSTAQIL OMILI SIFATIDA
Ismailova Nasiba Komildjanovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetii
“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi
ismailovank1275@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15430191
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 09
th
May 2025
Accepted: 15
th
May 2025
Online: 16
th
May 2025
,
Maqolada investitsion xavfsizlik va investitsion jozibadorlik
tushunchalarining mazmuni, ularning davlat uchun ahamiyati
ochib berilgan. Investitsion xavfsizlikning davlatning
investitsion jozibadorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek,
investitsion xavfsizlikning tahdidlari va xavflari, investor uchun
iqtisodiy va huquqiy kafolatlarning barqarorligini ta’minlash
talablari va prinsiplari, kapital kiritish uchun iqlimni
ta’minlashning asosiy prinsiplari, hozirgi paytda O‘zbekiston
Respublikasida investitsion xavfsizlikni ta’minlash masalalari
ko‘rib chiqilgan.
KEYWORDS
Investiitsyalar,
xorijiy
investitsiyalar, investitsion
jozibadorlik,
iqtisodiy
xavfsizlik,
investitsion
xavfsizlik,
investitsion
xavfsizlik
indikatorlari,
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 69
davlatning tashqi qarzi,
makroiqtisodiy
barqarorlik, banklarning
kapitallashuv
darajasi,
asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalar,
ichki
investitsiyalar,
tashqi
investitsiyalar,
investitsiyalar
hajmi,
inflyatsiya darajasi.
Kirish.
Zamonaviy jamiyatning rivojlanish bosqichida investitsiya sohasi yetakchi o‘rinlardan
birini egallaydi. Investitsion xavfsizlikning mohiyatini o‘rganish uning eng muhim
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Mamlakatlar investitsion sohadagi vaziyatni
tushunib yetishlari zarur, bu esa ichki va xorijiy investitsiyalardan to‘liq va samarali
foydalanishni, shuningdek, milliy manfaatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq iqtisodiyot
tarmoqlariga xorijiy kapital ta’siridan himoyalanishni nazarda tutadi.
Investitsion iqlim bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya resurslarini joylashtirish va
samarali foydalanishning umumiy mezoni hisoblanadi. Qulay investitsion iqlim
investitsiyalarni samarali va maqsadli tarzda ishlatishiga imkon beradi. Qulay investitsion
iqlim mamlakatga kapital importini rag‘batlantiradi va investorlar faolligini oshiradi. Agar
davlatda qulay investitsion iqlim shakllanmasa, investitsion xavf darajasi oshadi, kapital
chiqib ketadi va natijada investitsion faollik sekinlasha boshlaydi.
Investitsion xavfsizlik iqtisodiy tizimning shunday holati hisoblanib, unda mamlakat
iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan barcha investitsiya resurslari himoyalangan bo‘ladi, bu esa asosiy
va intellektual kapitalni iqtisodiy jihatdan xavfsiz tarzda innovatsion yangilash va qayta
tiklashga xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligi va natijadorligi, mahsulot sifati hamda
aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. Investitsion xavfsizlikning milliy xo‘jalik
rivojlanishini boshqarishdagi element sifatidagi asosiy maqsadi — barcha subyektlarning
uzoq muddatli va barqaror faoliyat yuritish jarayonini ta’minlashdir, shu bilan birga jinoyaviy
kapitalga qarshi kurash ham olib borilishi kerak. Investitsion xavfsizlik tizimi investitsiya
jarayonining faqat makro darajada emas, balki mezo va mikroiqtisodiy darajalarda ham
tartibli amalga oshirilishini ta’minlashi kerak.
Investitsion xavfsizlik — bu iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanib, unung eng
muhim elementidir. Har qanday davlatning iqtisodiy xavfsizligi barqaror daromad va
zaxiralarning mavjudligi bilan tavsiflanadi, bu esa zamonaviy darajada va yaqin kelajakda
yetarlicha yuqori hayot darajasini ta’minlash imkonini beradi. Investitsion xavfsizlikka oid
masalalarni O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligi bo‘yicha umumiy masalalardan ajratib ko‘rib
chiqish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
iqtisodiyotni o‘sish va rivojlanish yo‘liga olib chiqish bo‘yicha dolzarb vazifalar bilan;
innovatsion rivojlanish va import o‘rnini bosish muammolarini tezkor hal etish
zaruriyati bilan;
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 70
investitsiya tizimining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va roli bilan;
jinoyatchilik bilan bog‘liq investitsiyalar sektorining mavjudligi bilan;
ko‘pchilik xorijiy investorlar tomonidan spekulyativ manfaatlarning ustunligi bilan;
o‘zining asosiy ahamiyatini yo‘qotayotgan sohalarni ko‘chirish shaklida O‘zbekiston
ishlab chiqarishi va ilm-faniga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalarning mavjudligi bilan.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
Investitsion xavfsizlik masalasini ko‘plab olimlar o‘z ilmiy ishlarida o‘rganib, ushbu
tushunchaning turli jihatlarini ochib berganlar. Jumladan, P.Samuelson va V. D. Nordxauslar
investitsiyalarga: “kelgusida ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun bugungi kundagi
iste’moldan voz kechish” — sifatida ta’rif berishadi. Ularning tushunchalariga ko‘ra
investitsiya moddiy (infratuzilma, asbob-uskunalar, zahiralar) va ijtimoiy (ta’lim yoki inson
kapitali, tadqiqot va ishlanmalar, shuningdek sog‘liqni saqlash) kapitalga qo‘yilmalarni ifoda
etadi. Ushbu keltirib o‘tilgan ta’rifning afzal tomoni shundan iboratki, mualliflar iste’mol va
investitsiya o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatib o‘tganlari holda, nomoddiy
aktivlarga qo‘yilmalarni ham qarab chiqadilar.
O.Svensonning ta’kidlashicha investitsiyaviy xavfsizlik – bu davlatlar iqtisodiyotini ichki
va tashqi xavflarga bog’liq bo‘lmagan holda rivojlanishi, davlatning siyosiy va iqtisodiy
mustaqilligi hamda moliyaviy tarmoqlarni bir maromda rivojlanish holatidir. an, L.S. Orlov
investitsion xavfsizlikning nazariy va amaliy masalalarini, shuningdek, ushbu sohada davlat
tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish masalalarini ham ko‘rib chiqadi. L.S.
Orlovning fikriga ko‘ra, “investitsion xavfsizlik – bu milliy iqtisodiy tizimning investitsiya
jarayonini samarali tarzda o‘z-o‘zini qayta ishlab chiqarish qobiliyatidir, bunda asosan
mamlakatning jahon hamjamiyatida raqobatbardoshligini saqlab qolish ko‘zda tutiladi.” S.
Naryshkin esa investitsion xavfsizlikni “milliy xo‘jalik tizimining iqtisodiyotning barqaror
o‘sishi va strategik raqobatbardoshligini ta’minlaydigan investitsiya jarayonini shakllantirish
qobiliyati” deb tushuntiradi. Shundan kelib chiqib, investitsion xavsizlik sohasidagi milliy
manfaat - iqtisodiyotda multiplikator-akselerator samarasini yuzaga keltiruvchi
mexanizmlarni yaratish hamda past inflyatsiya asosida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash
imkonini berish darajasidagi investitsiya oqimini saqlab turishdir.
Tadqiqot metodi.
Maqolada ilmiy mushohada, analiz va sintez usullaridan samarali foydalanilgan.
Shuningdek, mamlakat iqtisodiy holatini keskinlashuviga olib keluvchi tahdidlar, ushbu
tahdidlarni baholovchi Xalqaro valyuta fondi (IMF), Jahon banki (The World Bank) ning
me’yoriy-huquqiy hujjatlarida tavsiya etilgan investitsion xavfsizlik indikatorlaridan
foydalanilgan.
Tahlil va natijalar.
Har bir davlat o‘zining investitsion xavfsizligini ta’minlashda, investitsion muhitni
yaxshilashi, ya’ni mamlakatda investitsion oqimni ushlab turishi hamda iqtisodiy
rivojlanishida past darajali inflyasiyaga etishish mexanizmini yaratishi lozim. Shundan kelib
chiqib, investitsion xavsizlik sohasidagi milliy manfaat - iqtisodiyotda multiplikator-
akselerator samarasini yuzaga keltiruvchi mexanizmlarni yaratish hamda past inflyasiya
asosida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash imkonini berish darajasidagi investitsiya oqimini
saqlab turishdir.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 71
Davlatning investitsion jozibadorligini baholash va uning imkoniyatlarini hisobga olish
— investor uchun muhim vazifadir. O‘zbekistonda ustuvor vazifa doimiy ravishda investitsion
muhitni yaxshilashdir, chunki mamlakat xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb
qilishda qiziqish bildirmoqda. Bu har qanday davlatdan o‘zining investitsion siyosatini ishlab
chiqishni talab qiladi. Investitsion siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning noyob
yo‘nalishlarini belgilaydi, ularni rag‘batlantirish tizimini yaratadi va investitsion faoliyatni
tartibga soluvchi huquqiy normalarni o‘rnatadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, dengiz portlariga bevosita chiqish imkoniyatining yo‘qligi
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy geosiyosiy muammodir. Bu muammo
investitsiyalar oqomiga ham bevosita ta’sir ko‘esatadi. Dengiz yo‘llariga bevosita chiqa
olmaydigan mamlakatlar «berk davlatlar» deb atalib, hozirda jahonda bunday davlatlar 35 ga
yaqin. Jahon dengiz yo‘llaridan foydalanish uchun kamida ikkita davlat hududi orqali o‘tishga
majbur bo‘lgan davlatlar qatoriga O‘zbekiston va Lixtenshteynni kiritish mumkin. Xalqaro
tashqi savdo to‘lov ballansiga doir ma’lumotlar import qilinadigan tovarlar qiymatida
transport xarajatlari berk mamlakatlar uchun ikki baravar yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Xususan, ushbu ko‘rsatkich (importdagi transport xarajati) rivojlangan mamlakatlarda
4% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 7,2% ni, berk davlatlarda esa o‘rtacha 14,7% ni tashkil
etadi. Eksportda ham shu holatni ko‘rish mumkin, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlarda
transport xarajatlari 8,7% ni, berk mamlakatlarda transport xarajatlari eksport bo‘yicha o‘z
tushumlarining o‘rtacha 17,7% ni tashkil etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida
Evropa, Osiyo va Fors ko‘rfazi dengiz portlariga qisqa yo‘l bilan chiqishni ta’minlovchi
yo‘nalishlar bo‘yicha yuk tashuvlari amalga oshirilmoqda, shu bilan birgalikda eksport-import
yuk tashuvlarini asosan 8 ta koridorlar orqali olib borilishi mumkin. Lekin bu koridorlarni
barchasidan foydalanish imkoniyati xavfsizlik nuqtau-nazaridan mavjud emas.
Investitsion muhitni shakllantirishda tahdidlar bir jihatdan, muayyan tashqi manbadan
maqsadli ravishda yo‘naltirilgan, yoki “bozor munosabatlari o‘yini” natijasi bo‘lishi mumkin.
Bunda, mamlakat iqtisodiy holatini keskinlashuviga olib keluvchi tahdidlar xavfli hisoblanadi.
Bu kabi ta’sirlar oqibatida aholining turmush sharoiti og‘irlashib, oqibatda jamiyat
parchalanishi, iqtisodiy va siyosiy tuzilmalari barqarorligiga putur etishi mumkin. Investitsion
xavfsizlikni yanada mustahkamlashda quyida keltirilgan kapital oqimini tartibga solish
rejimlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Davlat va davlatlararo kapital
oqimlarini tartibga solishda beshta investitsion rejimdan foydalaniladi.
1. Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi.
2. Milliy rejim.
3. Kamsitmaslik rejimi.
4. Adolatli va teng huquqli rejim.
5. Shaffoflik rejimi.
Hozirgi kunda investitsion xavfsizlikni ta’minlashda xorijiy davlatlar iqtisodiyotida keng
qo‘llaniladigan indikatorlar mavjud bo‘lib, biz quyida ushbu indikatorlarni ba’zi birlarini
ko‘rib chiqamiz.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (%).Davlat asosiy kapitaliga kiritilgan
investitsiyalarning hajmi YAIM ga nisbatan 25% dan past bo‘lmasligi kerak. Investitsiyalar bu
iqtisodiyotning rivojlanishining asosi bo‘lib, ularning qanchalik ko‘pligi iqtisodiy
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 72
munosabatlarning rivojlanganligini, qo‘shimcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshganligini
anglatadi. Jahon ekspertlari bahosi hamda rivojlangan davlatlar amaliyotiga ko‘ra (davlatlar
iqtisodiyoti qiyosiy tahlil qilinganda) mamlakatlar asosiy kapitaliga kiritilgan investitsiyalar
hajmi YAIM nisbatan 22 foizdan past bo‘lmasligi kerak.
Chunki belgilangan ko‘rsatkichdan, ya’ni 22-25 foizdan past bo‘lsa investitsiyaning
naflilik darajasini sekinlashtirishi mumkin. Demak, mazkur indikatorning IO1 chegaraviy
qiymatini shartli 22 foiz qilib belgilandi. Buning sababi, Germaniya, Fransiya, Tayvan hamda
boshqa ayrim davlatlar ekspertlari tomonidan ushbu ko‘rsatkich chegaraviy qiymati 22 foiz
qilib belgilangan.
2021-yilda 42,0 trln. so‘m, 2022-yilda 53,9 trln. so‘m, 2023-yilda 67,0 trln. so‘mni
tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalar iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi
hisoblanadi, chunki ular ish o‘rinlarini yaratishga, infratuzilmani modernizatsiya qilishga va
mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi kapitalni jalb qilishda sezilarli muvaffaqiyatlarga
erishdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan investitsiyalarning 143,9% ga oshganida namoyon bo‘ldi.
Jami o‘zlashtirilgan mablag‘lar hajmi 104,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
1-
rasm. O‘zbekisto Respublikasining 2021
-2024 yillardagi asosiy kapitalga
kiritilgan investitsiyalar hajmi
1
Mazkur indikator 2021-yilda 5,12 fiozni, 2022-yilda
5,42 foizni, 2023-yilda 5,56
foizni, 2024-yilda 7,18 foizni tashkil qilgan. Demak, O‘zbekiston Respublikasida
investitsiyaning naflilik darajasi bir oz pastligini ko‘rsatmoqda, lekin 2024-yilda ushbu
indicator ko‘rsatkichi 7,18 foizga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin.
Davlat qarzining YAIMdagi ulushi (%).
2024 yil yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz
hajmi 64,1 mlrd. dollarni (YAIMga nisbatan 55,7 foiz) tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi
hajmi qariyb 33,9 mlrd. dollar (YAIMga nisbatan 29,5 foiz) hamda korporativ tashqi qarz
hajmi 30,2 mlrd. dollarga teng bo‘ldi.
2
XVJning TBQ 6-son qo‘llanmasiga muvofiq, davlat
tashqi qarzi qoldig‘i hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlarni ham o‘z ichiga oladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi qarzi.
https://cbu.uz/upload/medialibrary/fee/24Q4.pdf
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
2
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi qarzi.
https://cbu.uz/upload/medialibrary/fee/2024Q4.pdf
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 73
2-
rasm. O‘zbekiston Respublikasining 2021
-2024 yillardagi umumiy tashqi qarz
hajmi
3
Davlatning tashqi qarz hajmi YAIMning 25 foizidan oshmasligi lozim .
Bu ko‘rsatkich har
bir davlatning investitsion xavfsizligini ta’minlanganligiga baho berishda eng muhim iqtisodiy
indikatorlardan biri hisoblanadi.
Horijiy ekspertlar tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich mamlakatning
investitsion jozibadorlik darajasini belgilab beradi. Ushbu ko‘rsatkichning krizis davriga
yaqinlashishi (I1-ga yaqinlashishi) davlatlarda investitsion jozibadorlik darajasini pastligidan
dalolat beradi va oqibatda kerakli investitsiyalar kirmasligi natijasida davlatlar iqtisodiy
o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi tahliliy natijalarda O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi
keltirilgan. Umumiy tashqi qarz tarkibida korporativ tashqi qarz ham mavjud bo‘lib, quyida
biz uni alohida ko‘rib chiqamiz.
3-
rasm. O‘zbekiston Respublikasining 2021
-2024 yillarda umumiy tashqi qarzda
korporativ tashqi qarzning ulushi
4
Korporativ (xususiy) qarzlar 4,2 mlrd dollarga oshib, 30,2 mlrd dollarni (YIMga nisbatan
26,2 foiz), davlat tashqi qarzi esa 6,6 mlrd dollarga oshib, 33,9 mlrd dollarni (YIMga nisbatan
3
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi qarzi.
https://cbu.uz/upload/medialibrary/fee/24Q4.pdf ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
4
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi qarzi.
https://cbu.uz/upload/medialibrary/fee/24Q4.pdf ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
15,7
17,7
23,6
30,2
39,8
40,6
44,2
47,1
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
2021 yil
2022 yil
2023 yil
2024 yil
Umumiy tashqi qarzda
korporativ tashqi
qarzning ulushi, foizda
Korporativ tashqi
qarz,mlrd.dollarda
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 74
29,5 foiz) tashkil etdi. So‘nggi yillarda davlat tashqi qarzining o‘sish sur’ati biroz pasaydi,
biroq korporativ (xususiy) qarzlar o‘sishi kuzatildi. Korporativ qarzlar asosan davlat banklari
va kompaniyalari tomonidan jalb qilinadi.
Mazkur indikatorning chegaraviy qiymati, ya’ni IO1 dunyo ekspertlari tomonidan 25 foiz
qilib belgilangan. Biroq, Daniyalik iqtisodchi olim F.Rassondelfning fikriga ko‘ra, ushbu
indikatorning chegaraviy qiymati (IO1) 35 foiz deb belgilangan. Ya’ni, uning fikriga ko‘ra,
davlat tashqi qarzining YAIMdagi ulushi 35 foizdan oshsagina. krizis oldi holati deb
belgilanadi. Sababi, uning tomonidan davlatlar investitsion jozibadorligini aniqlashda avvalo
ishlab chiqarish sur’ati hamda mamlakat tabiiy resurslari inobatga olinishi lozimligi aytib
o‘tilgan.
Xulosa.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda investitsion xavfsizlikni
ta’minlashda etarli ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha
belgilangan chegaraviy me’yordan ortib ketmoqda. Shuningdek, investitsion xavfsizlikni
ta’minlashda asosan investitsiyalarni sohalarga to‘g‘ri yo‘naltirish lozim. Qolaversa, xorijiy
davlatlarning investitsion xavfsizlik holatini chuqur tahlil qilgan holda, ularning ijobiy
tomonlarini o‘rganish va milliy iqtisodiyot uchun tatbiq etishga moslash lozim.
Birinchidan, mamlakatni investitsiya iqlimi holatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich
bo‘lgan, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining etarli darajada ko‘paymaganligini
ko‘rsatish mumkin. Investitsion xavfsizlik nisbiy xarakterga ega, chunki iqtisodiy muhit
rivojlanayotgan sharoitda barcha tahdid manbalarini aniqlash va beqarorlashtiruvchi omillar
mavjudligining mumkin bo‘lgan oqibatlarini neytrallashtirish imkoni yo‘q. Buni inobatga
olgan holda, investitsion xavfsizlik omillarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: bu — investitsion
sohada iqtisodiy xavfsizlikni barqarorlashtiruvchi va beqarorlashtiruvchi omillar.
Barqarorlashtiruvchi omillarga investitsion salohiyat va investitsion jozibadorlik kiradi.
Investitsion obyektning salohiyati investitsion maqsadlarni amalga oshirish uchun mavjud
imkoniyatlarni belgilaydi (tabiiy, moliyaviy, axborot resurslari va boshqalar).
Ikkinchidan, O‘zbekiston jahon bozorlaridagi ulushini oshirishga intilmoqda va
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqarmoqda. Shu munosabat
bilan, yaqin yillar ichida mamlakat Jahon savdo tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘lishi muhim
ahamiyatga ega. Ayni paytda 280 milliondan ortiq iste’molchiga ega bo‘lgan mintaqaviy
bozorlar uchun erkin savdo zonalari orqali mahsulotlar eksportini amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqining «GSP+» kengaytirilgan preferensiyalar tizimi doirasida 6
mingdan ortiq turdagi mahsulotlarni maxsus eksport shartlari asosida Yevropa bozoriga
chiqarish imkoniyati yaratilgan. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning GSP+ tizimidagi a’zoligini
2027-yilgacha uzaytirdi
Uchinchidan, hukumatimiz tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik va o‘zaro bog‘liqlikni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mavjud
transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish orqali O‘zbekistonda mamlakatda ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni Janubiy Osiyoga Transafg‘on yo‘lagi orqali, Osiyo-Tinch okeani
mintaqasiga O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temir yo‘l yo‘nalishi orqali, shuningdek,
Janubiy Kavkaz orqali Yevropa davlatlariga olib chiqadigan multimodal transport yo‘lagi
orqali eksport qilish imkoniyatlari yaratilmoqda. Ko‘rilayotgan barcha choralar
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 75
mamlakatimizning investitsion jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash va uning barqarorligini ta'minlashga qaratilgan.
2024-yil yakuniga ko‘ra, to‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy
o‘zgarishlar ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei joriy yil boshiga
nisbatan 11 foizga mustahkamlanib, 2025-yil 1-yanvar holatiga 13,7 mlrd dollarga etdi.
Olib borilayotgan islohotlar natijasida yillik eksport esa 30 milliard dollarga yetishi
kutilmoqda. Ishlab chiqarish hajmidagi o‘sishning 80 foizi maxsus tarmoqlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston 2030-yilga kelib aholining yuqori daromad darajasiga erishishni maqsad qilgan
bo‘lib, hozirda aholi jon boshiga daromad bo‘yicha yetakchi bo‘lgan mamlakatlardan
investorlarni jalb etishga intilmoqda. Jahon miqyosida murakkab vaziyat shakllanayotgan bir
paytda, O‘zbekistonning xavfsiz va barqaror ish yuritish maskani sifatidagi qiziqarliligi va
jozibadorligi investorlar uchun tobora ortib bormoqda.
Taklif va tavsiyalar.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va rivojlantirishda tashqi iqtisodiy
omillardan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagilarni aytib o‘tish joizdir:
1.
Korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy indikatorlar haqida holis va
ishonchli axborot ta’minoti hamon yaxshi yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Bu masalani hal qilish uchun
muqobil va mustaqil nodavlat axborot agentlarini tashkil qilinishi lozim.
2.
O‘zbekiston investitsion muhitni takomillashtirish xorijiy kapitalni jalb qilish qulay
makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish bo‘yicha ish olib borish muhim hisoblanadi. Buning
uchun inflyatsiya darajasini past darajada ushlab turish, inflyatsiyaning investitsion
loyihalarni qiymatini o‘sishiga ta’sirini kamaytirish, xorijiy investitsiyalar tarkibida bevosita
xorijiy investitsiyalar miqdorini keskin ko‘paytirishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak.
3.
Investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, birinchi navbatda xom-ashyoni qayta
ishlovchi tarmoqlarga jalb etish lozim, mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarida
sezilarli bo‘lgan turli ko‘rgazmalar, forumlar va davra suhbatlarini o‘tkazish, internet-
resurslarda ma'lumot taqdim etishning mavjudligi va qulayligini oshirish kerak.
4.
Hududlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, hamda uni
tuzatish mexanizmini joriy etish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish xizmatini yaratish,
Kompetensiyalar markazlarini tashkil etish lozim.
5.
Hududda qolgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashning maxsus shakllarini joriy
etish, masalan, maxsus stipendiyalar, grantlar joriy etish kerak.
6.
Transport infratuzilmasini rivojlantirish,yo‘llar, temir yo‘llar, suv yo‘llari, aeroportlar,
uning mavjudligi va sifatini oshirish lozimdir.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rib chiqilgan choralar amalga oshirilsa, xududlar
iqtisodiyotining rivojlanishiga va O‘zbekiston Respublikasining subyektlari (hududlar)
o‘rtasidagi tafovutning kamayishiga yordam beradi, deb hisoblash mumkin.
References:
1.
Нарышкин С. Инвестиционная безопасность как фактор устойчивого
экономического развития // Вопросы экономики. 2010. № 5. С. 16–25.
2.
Орлов Л.С. Государство и инвестиционная безопасность // Актуальные проблемы
экономики и права. 2010. № 3. С. 5–8.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.899
Volume 5, Issue 5, May 2025 ISSN 2181-2020
Page 76
3.
Под редакции Е.А. Олейникова. Основы экономической безопасности
(Государство, регион, предприятие, личность) – M.: Бизнес-школа «Интел-Синтез»,
1997г. – 288 стр.
4.
Гапоненко В.Ф., Маргиев З.В. Экономическая и финансовая безопасность как
важнейшая функция государства в современных условиях// Вестник Московского
университета МВД России. – 2013г.
5.
Глазьев С.Ю. Безопасность экономическая. Политическая энциклопедия. М.
Мысль. 1999 год. Т 1.
6.
NK Ismailova. Issues of providing investment security in Uzbekistan Mejdunarodnыy
jurnal gumanitarnыx i estestvennыx nauk. 2019. № 5-4. 122-125str.
7.
NK Ismailova. Importance of financial security in financial globalization. Ekonomika i
biznes: teoriya i praktika. 2019. № 4-3. 37-40 str.
8.
Ismailova Nasiba Komildjanovna. PUBLIC DEBT AND FINANCIAL SECURITY OF
UZBEKISTAN. E Conference Zone. 2022/6/11. 107-109.
9.
Iqtisodiy xavfsizlik. Ma’ruzalar matni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat boshqaruvi akademiyasi. 2014 yil.
10.
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi
qarzi. https://cbu.uz/upload/medialibrary/fee/24Q4.pdf.
