Авторы

  • T.G. Hazratqulova
    Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.134456

Ключевые слова:

Issiqlik ta’minoti energiya samaradorligi kondensatsion qozon yopiq tizim individual issiqlik punkti ESKO modernizatsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PP-100-sonli qarori asosida issiqlik ta’minoti tizimlarida energiya samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, markazlashtirilgan tizimlar qamrovini kengaytirish, individual issiqlik punktlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi texnik echimlar tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy gaz sarfini kamaytirish, ekspluatatsiya xarajatlarini pasaytirish va iqtisodiy samaradorlik haqida mulohazalar keltirilgan.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2020

Page 12

EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

U I F =

8.1 |

SJI F =

5.685

www.in-academy.uz

Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020

Page 0

Volume 2

8

ISSN: 2181-2020

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

WAYS TO INCREASE ENERGY EFFICIENCY OF HEATING

SYSTEMS

T.G. Hazratkulova

Specialist of the Scientific Research Institute of Technical Normativity

and Standardization

https://doi.org/10.5281/zenodo.16870801

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08

th

August 2025

Accepted: 13

th

August 2025

Online: 14

th

August 2025

This article discusses the issues of improving the energy
efficiency of heating supply systems based on the Presidential
Decree of the Republic of Uzbekistan dated March 11, 2025,
No. PP-100. It analyzes technical solutions such as
modernization of heating systems, expansion of centralized
heating coverage, implementation of individual heating
points, and modern technologies. The paper also includes
commentary on reducing natural gas consumption,
decreasing operational costs, and evaluating economic
effectiveness.

KEYWORDS

Heating

supply,

energy

efficiency, condensing boiler,
closed system, individual
heating

point,

ESCO,

modernization.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ СИСТЕМ ОТОПЛЕНИЯ

Т.Г. Хазраткулова

Специалист НИИ технического нормирования и стандартизации

https://doi.org/10.5281/zenodo.16870801

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08

th

August 2025

Accepted: 13

th

August 2025

Online: 14

th

August 2025

В статье рассматриваются вопросы повышения
энергоэффективности

систем теплоснабжения в

соответствии

с

Постановлением

Президента

Республики Узбекистан от 11 марта 2025 года № ПП

-

100. Проанализированы такие технические решения,
как модернизация систем теплоснабжения, расширение
сферы

применения

централизованных

систем,

внедрение индивидуальных тепловых пунктов и
современных технологий. Также рассматриваются
вопросы снижения расхода природного газа, снижения
эксплуатационных

расходов

и

повышения

экономической эффективности.

KEYWORDS

Теплоснабжение,
энергоэффективность,
конденсационный котел,
закрытая

система,

индивидуальный
тепловой

пункт,

энергосервисная
компания, модернизация.

ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMLARINING ENERGIYA TEJAMKORLIGINI

OSHIRISH YO‘LLARI

T.G. Hazratqulova

Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi

gavharshodbegimhazratkulova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16870801

ARTICLE INFO

ABSTRACT


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2020

Page 13

Received: 08

th

August 2025

Accepted: 13

th

August 2025

Online: 14

th

August 2025

Ushbu

maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2025-yil 11-martdagi PP-100-sonli qarori asosida issiqlik

ta’minoti tizimlarida energiya samaradorligini oshirish

masalalari yoritilgan. Isitish tizimlarini modernizatsiya
qilish, markazlashtirilgan tizimlar qamrovini kengaytirish,
individual issiqlik punktlari va zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish kabi texnik echimlar tahlil qilingan. Shuningdek,
tabiiy gaz sarfini kamaytirish, ekspluatatsiya xarajatlarini
pasaytirish va iqtisodiy samaradorlik haqida mulohazalar
keltirilgan.

KEYWORDS

Issiqlik ta’minoti, energiya

samaradorligi,
kondensatsion qozon, yopiq
tizim, individual issiqlik
punkti,

ESKO,

modernizatsiya.


KIRISH VA TADQIQOTNING ASOSLANISHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning 2025-yil 11-

martdagi “Uy

-

joy hamda bino-

inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish

hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi qarori (PP

-

100) asosida mamlakatimizda

issiqlik ta’minoti tizimlarining modernizatsiyasi va energiya

tejamkorligini oshirish yo’llari texnik va iqtisodiy tahlil qilinadi. Qarorda belgilangan chora

-

tadbirlar, jumladan, eski qozonxonalar va issiqlik tarmoqlarini yangilash, lokal qozonxonalarni
joriy etish, markazlashgan isitish tizimini kengaytirish hamda energiya samarador

texnologiyalarni tatbiq etish bo’yicha maqsadli vazifalar ko’rib chiqiladi.

O‘zbekiston energiya resurslarini tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida

isitish tiz

imlarini isloh qilish bo’yicha keng ko’lamli dastur amalga oshirmoqda. 2025

-yil 11-

mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan PP-100 qarori mamlakat

issiqlik ta’minoti tizimini tubdan isloh qilish va 2030

-yilgacha rivojlantirish strategiyasini

belgilab berdi. Ushbu islohotlar doirasida mavjud eskirgan qozonxonalar va issiqlik tarmoqlari
yangilanib, markazlashgan isitish tizimining qamrovi sezilarli darajada kengaytiriladi.

Markazlashgan isitish tizimiga ulanmagan ko’p kvartirali uy

-joylarda lokal qozonxonalar

qurilishi gaz sarfini kamida 20% ga kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, energiya

samaradorligini oshirish uchun individual issiqlik punktlari o‘rnatilishi, zamonaviy isitish

uskunalari va izolyatsiya texnologiyalarining joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylarning katta qismi eski, samaradorligi past

bo’lgan isitish tizimlariga bog’langan. Eskirgan qozonxonalar va issiqlik tarmoqlari gaz
energiyasining katta qismini yo’qotishiga sabab

bo’ladi. Tizimdagi yo’qotishlar 38 foizga yetib,

bu iqtisodiy jihatdan katta zarar keltiradi va atrof-

muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi hozirda atigi 37% ni tashkil etadi, bu esa

ko’plab uylarni lokal isitish tizimlariga bog’liq qiladi. Shuningdek, ko’p kvartirali uy

-joylarda

issiqlik nazoratining yo’qligi va hisoblagichlar o‘rnatilmaganligi energiya sarfini nazorat qilish

imkonini cheklaydi.

Issiqlik ta’minoti tizimlarining samaradorligini oshirish maqsadida quyid

agi texnik

yechimlar joriy etilmoqda:


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2020

Page 14

Yangi avlod kondensatsion gaz qozonlari

bu qurilmalar issiqlik samaradorligini 90

98% gacha yetkazadi va chiqindi gazlardagi issiqlik energiyasini qayta tiklash orqali tizimning
umumiy energiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi;

Individual issiqlik punktlari (IIP)

har bir bino uchun isitish hajmini mustaqil nazorat

qilish imkonini beruvchi qurilmalar bo’lib, ular energiya sarfini optimallashtirishga yordam

beradi hamda foydalanuvchilarning qulayligini oshiradi;

Markazlashgan isitish tizimini yopiq aylanishga o‘tkazish

issiqlik yo’qotishlarini

kamaytiruvchi samarali usul bo’lib, tizimdagi issiqlikning ajralib chiqishi va energiya
yo’qotilishi minimal darajaga tushiriladi;

Zamonaviy izolyatsiya materiallari

binolar va issiqlik tarmoqlarida issiqlik

yo’qotishlarini 40–

50% gacha kamaytirishga imkon beruvchi yuqori sifatli izolyatsiya

materiallari qo’llaniladi;

Quyosh batareyalari va issiqlik nasoslari

markazlashgan tizim bilan birga

qo’shimcha energiya

manbai sifatida ishlatiladi, bu esa tizimning umumiy energiya

samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu texnik yechimlar orqali issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini

oshirish, tabiiy gaz va boshqa yoqilg’i sarfini kamaytiri

sh hamda atrof-

muhitga salbiy ta’sirni

minimallashtirishga erishiladi.

Issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirish

bo’yicha amalga oshirilayotgan chora

-tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash muhim

ahamiyatga ega. Prezidentimiz qarori PP-100 doirasida rejalashtirilgan islohotlar natijasida gaz

sarfi kamida 20% ga kamaytirilishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, isitish tizimlarining

ekspluatatsiya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.

Energiya tejash hisobiga 5 yillik muddat ichida amalga oshirilgan investitsiya loyihalari

o‘zini oqlashi prognoz qilinmoqda. Masalan, 100 xonadonli ko’p qavatli uyda isitish tizimini
modernizatsiya qilish natijasida yillik gaz sarfi va shu bilan bog’liq

xarajatlar sezilarli kamayadi.

Bu, o‘z navbatida, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning pasayishiga olib kelib, aholining

yashash sharoitlarini yaxshilaydi hamda ularning iqtisodiy farovonligini oshiradi.

Shuningdek, investitsiyalarni qoplash muddati qisqarishi, yangi texnologiyalarni joriy

etish orqali energetik mustaqillik va resurslarni tejash imkoniyatlarini oshirish kabi ijobiy

iqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Bu esa, umumiy milliy iqtisodiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
va energiya importiga bo’l

gan qaramlikni kamaytiradi.

O‘zbekiston issiqlik ta’minoti tizimini tubdan isloh qilish va energiya samaradorligini

oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mamlakatning ijtimoiy-

iqtisodiy va ekologik rivojlanishiga katta hissa qo’s

hmoqda. Prezidentimiz qarori bilan qabul

qilingan strategik chora-

tadbirlar doirasida ilg’or texnologiyalarni joriy etish, markazlashgan

isitish tizimining qamrovini kengaytirish va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan
investitsiyalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu islohotlar natijasida aholi va ijtimoiy soha muassasalari uchun isitish xarajatlari

sezilarli darajada kamayadi, bu esa fuqarolarning iqtisodiy farovonligini oshiradi hamda

kommunal xizmatlarga bo‘lgan umumiy xarajatlarni pasaytiradi. Shuningdek

, energiya

samaradorligi oshishi orqali tabiiy gaz va boshqa energiya resurslaridan tejashga erishiladi, bu

esa mamlakatning energiya mustaqilligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2020

Page 15

Ekologik nuqtai nazardan, issiqlik ta’minoti tizimlarining modernizats

iyasi va energiya

samarador texnologiyalarni joriy etilishi atmosfera ifloslanishini kamaytirishga xizmat qiladi.
Bu esa nafaqat inson salomatligini himoya qiladi, balki barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, us

hbu islohotlar yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy sanoatni

rivojlantirish va innovatsiyalarni keng joriy etish orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlarini

rag’batlantiradi. Energiya tejamkor texnologiyalarni qo’llash va yangi moliyaviy mexanizmlarni

joriy etish energiya xizmatlari sohasida yangi bozorlarni shakllantirishga yordam beradi.

Kelgusida quyidagi tavsiyalar amalga oshirilishi lozim:

Energiya samaradorligi bo’yicha mavjud loyihalarning samaradorligini muntazam

monitoring qilish va ularni optimallashtirish;

Texnik va iqtisodiy jihatdan samarali yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va keng

joriy etish;

Aholi va korxonalar orasida energiya tejash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan

targ’ibot va ta’lim ishlarini kuchaytirish;

Davlat va xu

susiy sektor o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va

investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish;

Energiya xizmatlari kompaniyalari (ESKO) faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash hamda ularning

faoliyatini yanada samarali qilish uchun tegishli huquqiy va moliyaviy mexanizmlarni
takomillashtirish.

Umuman olganda, O‘zbekiston issiqlik ta’minoti tizimining modernizatsiyasi milliy

iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, aholining hayot sifatini yaxshilash va ekologik holatni
yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu

sohadagi islohotlarni samarali amalga oshirish

mamlakatning uzoq muddatli ijtimoiy-

iqtisodiy maqsadlariga erishishda muhim omil bo‘lib

xizmat qiladi.

References:

1.

“Uy

-joy hamda bino-

inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh

qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PP

-100, 11 mart 2025 yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. (2024). “Markazlashtirilgan issiqlik

ta’minoti

tizimlarining modernizatsiyasi va energiya samaradorligi”. Toshkent: Energetika

vazirligi nashri.
3.

Esco International. (2023). Energy Service Companies (ESCO): Improving Energy

Efficiency in Public and Private Sectors. Retrieved from

https://www.esco.org

4.

Alimov, B., & Karimova, D. (2023). “Modern Heating Systems and Their Impact on Energy

Efficiency in Multi-

storey Buildings”.

Journal of Engineering and Energy Management

, 12(3), 45-

58.
5.

UNECE. (2022). “Energy Efficiency in District Heating and Cooling”. United Nations

Economic Commission for Europe.

https://unece.org

6.

International Energy Agency (IEA). (2021). “Energy Efficiency 2021”. IEA

Publications.

https://iea.org/reports/energy-efficiency-2021


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2020

Page 16

7.

Tursunov, M. (2024). “Gaz qozonxonalarining yangi avlodi va energiya samaradorligi”.

O‘zbekiston Muhandislik Jurnali

, 8(1), 23-33.

8.

Rashidov, A., & Islomov, F. (2023). “Issiqlik ta’minoti tizimlar

ining ekologik va iqtisodiy

samaradorligini oshirish yo‘llari”.

O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy Tadqiqotlari

, 5(2), 67-79.

9.

World Bank Group. (2022). “Uzbekistan Energy Efficiency Project”. Retrieved from

https://worldbank.org

10.

Rasulov, J. (2024). “Zamonaviy izolyatsiya materiallari va energiya tejash imkoniyatlari”.

Texnologiya va Energiya

, 10(2), 12-22.

11.

Абдирайимов А., Асилова Ф., & Умаров А. (2023).

Ishlab chiqarish korxonalarida

mahsulot sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

Евразийский журнал

академических

исследований

,

3

(3),

44

–49.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/ejar/article/view/10884

Библиографические ссылки

“Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PP-100, 11 mart 2025 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. (2024). “Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining modernizatsiyasi va energiya samaradorligi”. Toshkent: Energetika vazirligi nashri.

Esco International. (2023). Energy Service Companies (ESCO): Improving Energy Efficiency in Public and Private Sectors. Retrieved from https://www.esco.org

Alimov, B., & Karimova, D. (2023). “Modern Heating Systems and Their Impact on Energy Efficiency in Multi-storey Buildings”. Journal of Engineering and Energy Management, 12(3), 45-58.

UNECE. (2022). “Energy Efficiency in District Heating and Cooling”. United Nations Economic Commission for Europe. https://unece.org

International Energy Agency (IEA). (2021). “Energy Efficiency 2021”. IEA Publications. https://iea.org/reports/energy-efficiency-2021

Tursunov, M. (2024). “Gaz qozonxonalarining yangi avlodi va energiya samaradorligi”. O‘zbekiston Muhandislik Jurnali, 8(1), 23-33.

Rashidov, A., & Islomov, F. (2023). “Issiqlik ta’minoti tizimlarining ekologik va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”. O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy Tadqiqotlari, 5(2), 67-79.

World Bank Group. (2022). “Uzbekistan Energy Efficiency Project”. Retrieved from https://worldbank.org

Rasulov, J. (2024). “Zamonaviy izolyatsiya materiallari va energiya tejash imkoniyatlari”. Texnologiya va Energiya, 10(2), 12-22.

Абдирайимов А., Асилова Ф., & Умаров А. (2023). Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish. Евразийский журнал академических исследований, 3(3), 44–49. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/10884