Barcha maqolalar
Xalqaro va milliy makon ilm-fan taraqqiyotida olima ayollarning ijtimoiy faolligi
Turkiyaning markaziy osiyodagi manfaatlari va maqsadlari
Turkiya va O‘zbekistonning turkiy madaniy aloqalari va merosining falsafiy qarashlari
Turkiy xalqlar ertak namunalarining falsafiy-mantiqiy tahlilI: “Kapalak effekti” ning ertaklarda namoyon bo’lish algoritmi
Turkiy davlatlar integratsiyasi masalalari va rivojlanish istiqbollari
Turk va Arab xalqlarining nikoh shartnomasida bo‘lgan munosabatlari
TOLERANTLIK VA GENDER MUNOSABATLARIGA PLYURALISTIK YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada gender munosabatlari kontekstida bag‘rikenglikka plyuralistik yondashuvlar tahlil qilinadi. Gender bag‘rikengligi zamonaviy jamiyatning muhim jihatlaridan biri bo‘lib, u gender tengligini hurmat qilish va qabul qilish tamoyillariga asoslanadi. Falsafiy nuqtayi nazardan, gender bag‘rikengligining asosiy mohiyati – jinsi va gender kimligidan qat’i nazar, barcha insonlarning tengligini tan olishdir. Plyuralizm esa falsafiy tushuncha sifatida qarashlar, madaniyatlar va shaxsiy o‘ziga xosliklarning xilma-xilligini qabul qilish va ularga hurmat bilan yondashishni nazarda tutadi. Maqolada gender bag‘rikengligi va plyuralistik yondashuvlarning jamiyatdagi roli, ularning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi hamda ushbu tamoyillarning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
The role of turkic cooperation in modern geopolitics: challenges and opportunities
Tafakkur uslubining ijtimoiy-falsafiy ahamiyati dunyoqarashga doir mohiyati
Ushbu maqolada bugungi davrda jahonda dunyoni bilishning dastlabki usulini, inson tafakkuri imkoniyatlarini ochib berish shaklini aniqlash, falsafiy dunyoqarash jamiyatdagi ziddiyatlarni bartaraf qilishda ong, tafakkur va tasavvur hamda aqliy bilishning ahamiyati to‘g’risida fikr yuritilgan.
SURXON VOHASIDA NIKOH TUZISH MUNOSABATLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining nikoh tuzish shart-sharoitlari, nikoh tushunchasi va uning etnografik tahlili yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi nikoh masalalari, unga aloqador urf-odatlar va marosimlarni o‘rganish, yoshlarni oila masalalariga jiddiyroq yondashishga undash hamda ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Surxon vohasi aholisi o‘rtasidagi urf-odat va an’analar boshqa hududlarnikidan tubdan farq qilgani bois ularni alohida yondashuv asosida tahlil qilish lozim. Nikoh faqat ikki yoshning birga yashashi emas, balki u oila deb ataluvchi mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olishdir. Xalqimizda turli urf-odat va marosimlar mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan biri nikoh masalasidir. Ushbu jarayonni kengroq yoritish yosh tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Oila o‘chog‘i nikoh munosabatlari natijasida shakllanadi. Nikoh – er va xotin o‘rtasidagi muayyan ittifoq bo‘lib, u jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi hamda ma’qullanadi.
SPORT MUSOBAQALARI SHAXS ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish inson organizmida psixologik zo‘riqishlarni keltirib chiqarib, gipodinamiya hamda ruhiy zo‘riqish kabi stress va depressiyaga mubtalo bo‘lish xavfini oshirishi ta’kidlangan. Bunday holatlarning oldini olish, shuningdek, estetik tafakkurni rivojlantirishda sport musobaqalarining ahamiyati katta ekanligi alohida qayd etilgan. Sport musobaqalarida ishtirok etayotgan tomoshabinlarning estetik va axloqiy jihatdan rivojlanishi, zavq-shavq olishi, hayotdan rohatlanishi va turmush sifatini yaxshilashi muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, sport tadbirlari ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash hamda sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston respublikasida ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichi
O‘zbek adabiyoti tarixini o‘qitishning manbaviy asoslari (mutrib ijodi)
Jahon xalqlari matnshunosligida milliy adabiy merosni birlamchi manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Qo‘lyozma manbalar tadqiqi, qaysi davrda yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, shoir
yoki adib asarlarining asliyatga muvofiq (hech bo‘lmaganda unga yaqin) matnlarini tiklash imkonini beradi. Ishonchli matnni tiklamay turib, shoir ijodini adabiyotshunoslikning nazariy muammolari kesimida tahlil etib bo‘lmaydi.
Dunyo matnshunosligida qo‘lyozma manbalarni qiyosiy tahlil etish, ijodkor ilmiy biografiyasini yaratish, badiiy asar matni tarixini o‘rganish kabi ilmiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular sirasidan dunyo kutubxonalari bo‘ylab tarqalgan Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, turkiy adabiyotning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Bobur asarlari manbalarini o‘rganish doirasida katta tajriba, bilim hamda material to‘plandi. Olib borilgan keng tadqiqotlar matnshunoslikning nazariy asoslari yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek matnshunosligi mavjud ilmiy tajribalar negizida taraqqiy etib, mumtoz adabiy manbalarni o‘rganish borasida muayyan natijalarga erishdi va erishmoqda. Milliy adabiyot tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar adabiy merosini asliyat
asosida tadqiq qilish, qo‘lyozma va toshbosma manbalarni ilmdagi so‘nggi yutuqlarga tayanib o‘rganish manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridandir. Negaki, “...o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega…” 1 . Shunga ko‘ra, Xorazm adabiy muhiti namoyandasi Mutrib Xonaxarob (1853–1923) lirik devoni manbalarining ilmiy-monografik tadqiqini amalga oshirish, shoir asarlari matn tarixini o‘rganib, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb ekani ayon bo‘ladi.
Mutrib ijodini o‘rganish shoir hayotligidayoq boshlangan. Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi payravi Feruzshohiy” hamda “Majmuatu muxammasot ush-shuaroyi Feruzshohiy” majmualarida shoirning she’riyat va musiqadagi
yutuqlarini e’tirof etadi. Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari”, Bobojon Tarrohning “Xorazm shoir va
navozandalari”, Po‘latjon Qayyumiyning “Tazkirayi Qayyumiy” asarlarida ham shoir ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ijodkor adabiy merosi yuzasidan O. Sharafiddinov, M. Yunusov, N.M. Mallayev, Yu. Yusupov, M. Pirnazarov,
A. Abdug‘afurov kabi olimlar maqolalar e’lon qilgan. Ushbu maqolalarda shoir tarjimayi holi, asarlarining g‘oyaviy qamrovi va badiiyati, adabiy merosining mavzu va janr xususiyatlari yoritilgan. Lekin ularning aksarida shoir asarlari kommunistik
mafkura ta’sirida talqin etilgan. M. Pirnazarov Mutrib lirik merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari, mavzu ko‘lami, janr xususiyatlari, badiiy mahorati masalalarini o‘rgangan. Ushbu
tadqiqot o‘z davri uchun qimmatli ma’lumotlar bergan bo‘lsa-da, shoir ilmiy biografiyasini yaratish, ijodkor asarlarini matnshunoslikning nazariy muammolari kesimida tadqiq qilish, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish kabi muammolar hanuz yechimini kutib turibdi. Shoir adabiy merosini o‘rganishda “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)” kitobi e’tiborga molik. Biroq bu she’rlar
matni to‘liq emasligidan tashqari, so‘zlarning o‘qilishida ham xatoliklar uchraydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada Muhammad Hasan Mutrib devonining O‘zR FA ShI asosiy hamda H. Sulaymon fondlarida saqlanayotgan 906/VII, 903/IV, 2679/II raqamli qo‘lyozmalari, shuningdek, qo‘lyozma bayoz, majmua va tazkiralardagi
turkiy she’rlari, Xiva Ichonqal’a Muhammad Rahimxon Feruz II muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma bayozlardagi she’rlari haqida ma’lumotlar berilgan.
O‘rta asr musulmon xalqlari falsafasida naturfalsafiy g‘oyalarning ilgari surilishi va asoslanishi
0‘rta asr musulmon falsafasini Abu Rayxon Beruniy asarlari orqali 0‘rganish borliq, uning mavjudlik usul va shakllari to‘g‘risidagi taTimotini o'rganish borliq to'g'risidagi tasavvurlarimiz cvolyusiyasini aniqlashtirishda muhim hisoblanadi. Darhaqiqat, Bcruniyning tabiiy-ilmiy va falsafly qarashlari o'zaro uyg'un holda rivojlangan boTib, o'ziga xos naturfalsafiy ko'rinishga egaligi mavjud adabiyotlarda yetarli darajada toTa ochib berilmaganligi sababli, uni maxsus tadqiq etish talab etiladi. Bcruniyning falsafly qarashlari, xususan borliq haqidagi ilmiy ta’limoti ko'plab chct cl va rcspublikamiz manbaashunos olimlari tomonidan jiddiy o'rganilib kelinayotganligiga qaramay, uni maxsus tadqiq etish, falsafly umumlashtirish, xulosalash va baho berish ishlari hali yakunlamnaganligini ham ta'kidlash lozim. Bu holat mutafakkirning borliq to‘g‘risidagi ta’limotini yangicha yondashish asosida tadqiq etishning o‘ta dolzarb muammo ekanligini ko'rsatmoqda.
Odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi
Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi, olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari, mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, olam va odamning vujudga kelishi haqida Qur’oni Karimda keltirilgan bir qator ma'lumotlar keltirilganligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Milliy folklordagi befarzandlik motivi
This article discusses the issues of childlessness of fathers in the traditional life of the Karakalpaks from an early period, which are reflected in folk epics. The epic direction and various motivations are revealed.
Maʼnaviy begonalashuvni oʻrganishning nazariy-falsafiy jihatlari
Marginallashuvni yengishda falsafaning roli: imkoniyatlar va cheklovlar
Madaniyat birlikni saqlash yo'lidir
Этнические группы в славянском мире характеризуется динамичностью и мозаичностью. Исследователи находятся в научном поиске и при этом должны учитывать константы, связанные с историей этносов входящих в славянском мире и результатами его жизнедеятельности. Автор анализирует культурные истоки славян, славянскую культуру, мифологию и язык на основе концепции В. С. Мухиной о реалиях внешнего мира как условия развития и бытия личности: 1 – предметного мира, 2 – природного мира, 3 – реалий образно-знаковых систем и 4 – реалий социально-нормативного пространства.
Konstitutsiya - inson farovonligi va jamiyat barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati
Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish
to'g'risida"gi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash
maqsadida Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti
"Huquqiy fanlar" kafedrasi tomonidan “Konstitutsiya - inson farovonligi va jamiyat
barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur konferensiya to‘plamida yuzga yaqin maqolalar jamlangan.
KASBIY FAOLIYATDA MANTIQIY FIKRLASH KO‘NIKMASINING AHAMIYATI
Bugungi kunga kelib dunyo hamjamiyati globallashuvning cho‘qqisida turibdi. Ayniqsa hozirgi davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan axborotlardan himoyalanishni mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida kechadi. Ushbu maqolada kasbiy faoliyatda mantiqiy fikrlash ko‘nikmasining ahamiyati yoritib berilgan.
Islom shariatida huquqlar taqsimoti
Insoniyatning muqaddas kitoblarini anglashda madaniyatlar dialogi
Maqolada insoniyatning Muqaddas kitoblari va Qur'ondan boy materiallardan foydalangan holda, xususan, adabiy aloqaning zamonaviy o'ziga xos muammolarini tushuntirishda madaniyatlar muloqotining muhim jarayoni muammolari ko'rib chiqildi. Qur’oni Karimdagi madaniy va timsoliy matnning mohiyatini abadiy ma’naviy qadriyatlar kvintessensiyasi sifatida ochib berish, islom ma’naviyati va umuminsoniy g‘oyalarni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirib, insoniyatning umuminsoniy qadriyatlar koordinatalarini aniqlashga yordam beradi va bu hodisani tahlil qilishning ahamiyati va zarurligini tasdiqlaydi.
IMOM AL-BUXORIY: IX ASR O‘RTA OSIYO TARIXIDA HADIS ILMINING TARIXIY POYDEVORI
Ushbu maqola IX asr O‘rta Osiyo tarixida Imom Al-Buxoriyning hadis ilmidagi o‘ziga xos o‘rnini yoritadi. Buxoroda tug‘ilgan Al-Buxoriy otasi Ismoil va o‘z davrining yetuk muhaddislaridan ta’lim olib, ilmiy faoliyatini boshlagan. 16 yoshida Makkaga safar qilib, keyin Madinada mashhur ulamolardan saboq olgan. Uning “Sahih al-Buxoriy” asari sahih hadislarni tizimga solib, hadis ilmining eng muhim manbayi sifatida e’tirof etilgan. “Al-adab al-mufrad” odob-axloqni, “At-tarix al-kabir” esa O‘rta Osiyo ilmiy muhitini aks ettiradi. Al-Buxoriyning rihlat safarlari va ilmiy metodologiyasi islom olamiga ulkan meros qoldirdi. Maqola uning faoliyatini tahlil qilib, hadis ilmining tarixiy poydevorlarini ochadi va “Al-jome as-sahih”ning keyingi avlodlarga ta’sirini ko‘rsatadi.