Авторы

Биография автора

  • Абдулазиз Косимов , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподаватель кафедры "Дошкольное образование"

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.107794

Ключевые слова:

творческое мышление интегративный подход симулятивная технология музыкальное образование инновационная методика

Аннотация

В современный период коренных реформ в сфере образования, стремительного развития педагогических технологий и широкого применения цифровых средств, учебный процесс требует кардинального обновления. Особенно актуальна потребность в новых подходах при преподавании предметов, связанных с искусством и культурой, в частности – музыкального образования. В процессе подготовки будущих учителей музыки важно развивать не только теоретические знания, но и их способности к творческому мышлению. Поскольку учитель музыки – это не просто передатчик знаний, а воспитатель творческих личностей, формирующий эстетический вкус и культуру. В данной статье анализируется гармоничное применение интегративного подхода и симулятивных технологий в формировании творческого мышления у будущих учителей музыки. Показаны методы развития креативного мышления через интеграцию музыкального образования с другими дисциплинами и активное участие студентов с помощью симуляции. В статье широко освещаются пути формирования творческой компетенции будущих учителей музыки через синтез интегративного и симулятивного подходов, приводятся практические примеры, методические рекомендации и результаты исследований. На основе результатов исследования разработаны научно-практические рекомендации по применению современных технологий в области музыкального образования и по организации педагогического процесса в более интерактивной и эффективной форме.


background image



126

2025/№ 3

PEDAGOGIKA

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASHNI

RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV VA SIMULYATIV

TEXNOLOGIYALAR UYG‘UNLIGI

KOSIMOV ABDULAZIZ DURDIKULOVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

abdulazizkosimov90@gmail.com

Tel: +998 90 644-00-22

UDK: 781.21

https://orcid.org/0009-0006-3720-7656

Kalit so‘zlar:

ijodiy fikrlash,
integrativ
yondashuv,
simulyativ
texnologiya,
musiqa ta’limi,
innovatsion
metodika.

Annotatsiya:

Hozirgi davrda ta’lim sohasida yuz

berayotgan tub islohotlar, pedagogik texnologiyalarning
tezkor rivojlanishi, raqamli vositalarning keng tatbiqi o‘quv
jarayonini tubdan yangilashni talab etmoqda. Ayniqsa, san’at
va madaniyat bilan bog‘liq fanlarni, xususan, musiqa ta’limini
o‘qitishda yangicha yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda faqatgina
nazariy bilimlarni emas, balki ularning ijodiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish ham muhim o‘rin egallaydi. Chunki
musiqa o‘qituvchisi – bu faqat bilim beruvchi emas, balki
ijodiy shaxslarni tarbiyalovchi, estetik did va madaniyatni
shakllantiruvchi murabbiydir. Mazkur maqolada bo‘lajak
musiqa o‘qituvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirishda

integrativ

yondashuv

va

simulyativ

texnologiyalarning uyg‘un holda qo‘llanilishi tahlil qilinadi.
Integratsiya orqali musiqa ta’limini boshqa fanlar bilan
uyg‘unlashtirish, simulyatsiya orqali esa o‘quvchilarning faol
ishtirokini ta’minlash orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirish
usullari ko‘rsatib beriladi. Maqolada integrativ va simulyativ
yondashuvlarning uyg‘unlashuvi orqali bo‘lajak musiqa
o‘qituvchilarining ijodiy kompetensiyasini shakllantirish
yo‘llari, amaliy misollar, metodik tavsiyalar va tadqiqot
natijalari keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida musiqa
ta’limi sohasida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish,


background image



127

2025/№ 3

pedagogik jarayonni yanada interaktiv va samarali tashkil
qilish borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

ГАРМОНИЯ ИНТЕГРАТИВНЫХ И СИМУЛЯТИВНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ МУЗЫКИ

Ключевые слова:

творческое
мышление,
интегративный
подход,
симулятивная
технология,
музыкальное
образование,
инновационная
методика.

Аннотация:

В современный период коренных реформ в

сфере

образования,

стремительного

развития

педагогических технологий и широкого применения
цифровых

средств,

учебный

процесс

требует

кардинального

обновления.

Особенно

актуальна

потребность в новых подходах при преподавании
предметов, связанных с искусством и культурой, в
частности – музыкального образования. В процессе
подготовки будущих учителей музыки важно развивать
не только теоретические знания, но и их способности к
творческому мышлению. Поскольку учитель музыки – это
не просто передатчик знаний, а воспитатель творческих
личностей, формирующий эстетический вкус и культуру.
В данной статье анализируется гармоничное применение
интегративного подхода и симулятивных технологий в
формировании творческого мышления у будущих
учителей музыки. Показаны методы развития креативного
мышления через интеграцию музыкального образования с
другими дисциплинами и активное участие студентов с
помощью симуляции. В статье широко освещаются пути
формирования

творческой

компетенции

будущих

учителей музыки через синтез интегративного и
симулятивного подходов, приводятся практические
примеры, методические рекомендации и результаты
исследований. На основе результатов исследования
разработаны научно-практические рекомендации по
применению современных технологий в области
музыкального

образования

и

по

организации

педагогического процесса в более интерактивной и
эффективной форме.


background image



128

2025/№ 3

HARMONY OF INTEGRATIVE AND SIMULATIVE TECHNOLOGIES

IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING IN FUTURE

MUSIC TEACHERS

Keywords:

creative thinking,
integrative approach,
simulation
technology,
music education,
innovative
methodology.

Abstract:

In the current era of profound reforms in the field

of education, the rapid development of pedagogical
technologies and the widespread use of digital tools demand a
fundamental renewal of the learning process. This is
especially true in the teaching of subjects related to art and
culture, particularly music education, where there is a growing
need for innovative approaches. In the training of future music
teachers, it is important not only to provide theoretical
knowledge but also to develop their creative thinking skills. A
music teacher is not merely an instructor, but also a mentor
who nurtures creative individuals and helps shape aesthetic
taste and cultural awareness. This article analyzes the
effective integration of integrative approaches and simulation
technologies in developing the creative thinking abilities of
future music educators. It highlights methods of enhancing
creative thinking through the integration of music education
with other subjects and encouraging active student
participation through simulation. The article provides
practical examples, methodological recommendations, and
research findings on how the combination of integrative and
simulation-based approaches can shape the creative
competencies of future music teachers. Based on the research
results, scientific and practical recommendations have been
developed for the implementation of modern technologies in
music education and for organizing the pedagogical process in
a more interactive and effective manner.

KIRISH

Bugungi kunda ta’lim tizimida ijodiy fikrlovchi, mustaqil qaror qabul qila

oladigan, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb
masalalardan biridir. Ayniqsa, musiqa ta’limi sohasida pedagogik yondashuvlarni
yangilash va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Simulyativ texnologiyalar yordamida yaratilgan realga yaqin virtual muhit
o‘quvchining mustaqil fikrlashi va ijodiy qarorlar qabul qilishiga zamin yaratadi.


background image



129

2025/№ 3

Integrativ yondashuv esa musiqa fanini boshqa o‘quv fanlari, madaniyat va san’at
bilan uyg‘unlashtirib, keng qamrovli, mazmunli ta’lim jarayonini ta’minlaydi.

Integrativ yondashuv musiqa ta’limini boshqa fanlar – adabiyot, tarix,

texnologiya, psixologiya bilan uzviy bog‘laydi, bu esa talabalar dunyoqarashining
kengayishiga, musiqiy fenomenlarni chuqurroq anglashiga xizmat qiladi. Simulyativ
texnologiyalar esa o‘quvchilarni real hayotga yaqinlashtiruvchi, interaktiv, faol
ishtirokni talab qiluvchi muhitda o‘qitish imkonini beradi [1, 63].

Tadqiqot jarayonida nazariy adabiyotlar tahlili, pedagogik tajriba, amaliy

mashg‘ulotlar va talabalar fikrlarini o‘rganishga asoslangan empirik metodlar orqali
ilmiy asoslangan xulosalar chiqarildi. Simulyatsiya asosida yaratilgan dars
stsenariylari, interaktiv musiqiy dasturlar va integratsiyalashgan mashg‘ulotlar orqali
talabalar o‘zlarining ijodiy yondashuvi, mustaqil fikrlashi, innovatsion yechim topish
qobiliyatini namoyon etganlari kuzatildi.

METODLAR

Ushbu tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:

Nazariy tahlil

– integrativ va simulyativ yondashuvlarning ilmiy-nazariy asoslari

o‘rganildi;

Pedagogik tajriba

– bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari bilan tajriba-sinov darslari

o‘tkazildi;

So‘rovnoma va suhbat

– ishtirokchilarning fikr-mulohazalari yig‘ildi va tahlil

qilindi;

Komparativ tahlil

– an’anaviy va innovatsion metodlarning natijalari

solishtirildi. Shuningdek, tajriba Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining
musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-kurs talabalari bilan olib borildi.

NATIJALAR

Mazkur tadqiqot davomida integrativ va simulyativ texnologiyalarni

uyg‘unlashtirgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan tajriba-
sinov ishlari olib borildi. Ijodiy fikrlash darajasi sezilarli oshganligi kuzatildi.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari o‘rtasida ijodiy fikrlash ko‘nikmalari, xususan
mustaqil fikrlash, estetik tahlil qilish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, musiqiy
obrazlarni talqin qilish kabi ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bu
o‘zgarishlar, ayniqsa, darslarda simulyatsiya (virtual sahnalar, rolli o‘yinlar, real
hayotga yaqin musiqiy vaziyatlar) va fanlararo integratsiya (musiqa bilan adabiyot,
tarix, texnologiya fanlarining bog‘lanishi) qo‘llanilganda yanada samarali bo‘ldi [3,
87].


background image



130

2025/№ 3

Olib borilgan ishlar natijasida o‘quvchilarning motivatsiyasi va faolligi oshdi.

Integrativ-simulyativ yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning
o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, dars jarayonidagi faol ishtirokini kuchaytirdi.
Talabalar musiqiy topshiriqlarda ijodiy yondashuv namoyon etishga, o‘z g‘oya va
qarashlarini erkin ifodalashga intildilar. An’anaviy uslublar bilan solishtirganda
simulyativ texnologiyalar (interaktiv dasturlar, raqamli platformalar, virtual
laboratoriyalar) asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarni dars mavzusini
chuqur anglashga, turli holatlar bo‘yicha amaliy qarorlar qabul qilishga undadi. Bu
esa ularning pedagogik refleksiyasi va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda
muhim omil bo‘ldi.

Integrativ yondashuv orqali musiqa fanining boshqa fanlar bilan bog‘liq holda

o‘qitilishi nafaqat bilim doirasini kengaytirdi, balki talabalarda tizimli va analitik
fikrlash hamda murakkab hodisalarni musiqiy-estetik nuqtayi nazardan tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Tadqiqot jarayonida nazariy jihatdan asoslangan
yondashuvlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirildi, bu esa bilimlarning
chuqurlashuvi va mustahkamlanishini ta’minladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
integrativ va simulyativ texnologiyalar uyg‘unligi quyidagi ijobiy o‘zgarishlarga olib
keldi:

Talabalarning ijodiy fikrlash darajasi 37 foizdan 68 foizgacha oshdi;

Musiqa faniga bo‘lgan qiziqish va motivatsiya 45 foizdan 82 foizgacha

ko‘tarildi;

Talabalarning mustaqil ishlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalari sezilarli

darajada rivojlandi;

Interaktiv simulyatsiyalar orqali talabalar real hayotiy vaziyatlarda o‘zlarini

sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

MUHOKAMALAR

Zamonaviy ta’lim tizimida ijodiy fikrlashni rivojlantirish dolzarb masalalardan

biri bo‘lib, ayniqsa, musiqa ta’limi sohasida bu jarayonning samaradorligini oshirish
uchun yangi pedagogik yondashuvlar zarurdir. Tadqiqot davomida aniqlanishicha,
integrativ va simulyativ texnologiyalar uyg‘unligi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining
ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, integrativ va simulyativ yondashuvlarning uyg‘un

holda qo‘llanilishi nafaqat ta’lim sifati oshishiga, balki talabalar ongida
ijodkorlikning rag‘batlanishiga ham xizmat qiladi. Musiqa ta’limining boshqa fanlar,
xususan, tarix, adabiyot va texnologiya bilan integratsiyasi talabalarda keng tafakkur
shakllanishiga olib keladi [2, 35-42]. Masalan, ma’lum bir davr musiqasini o‘sha davr


background image



131

2025/№ 3

adabiyoti yoki san’ati bilan solishtirib o‘rganish talabaning musiqiy-estetik
tafakkurini kengaytiradi.

Simulyatsiya texnologiyalari esa interaktivlik, faol ishtirok va ijobiy o‘quv

muhitini yaratish orqali bu jarayonni yanada samarali qiladi. Ushbu yondashuvlar
kelajakdagi musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini, estetik didi va
qarashlarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi [4, 28-33]. Simulyatsiya
texnologiyalari real hayotdagi pedagogik yoki musiqiy vaziyatlarni sun’iy, ammo
realga yaqin muhitda yaratib, talabalarni faol ishtirok etishga undovchi samarali
metod sifatida e’tirof etilmoqda. Bu texnologiyalar orqali talabalar nafaqat nazariy
bilimga ega bo‘ladilar, balki uni amaliyotda sinab ko‘rish, mustaqil qaror qabul qilish,
samarali muloqot olib borish va badiiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.

Masalan, “virtual dars o‘tkazish”, “musiqiy tahlilni interaktiv tarzda bajarish”,

“o‘quvchi rolida chiqish”, “sahnaviy vaziyatlar orqali mashq qilish” kabi faoliyatlar
ijodiy tafakkurni shakllantirishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi.

XULOSA

Integrativ va simulyativ yondashuvlarning birgalikda qo‘llanilishi o‘zaro

sinergetik ta’sirni yuzaga keltiradi. Integratsiya orqali fanlararo bog‘liqlik yaratilsa,
simulyatsiya bu bog‘liqlikni amaliyotda jonlantiradi [6, 19-25]. Bu esa ijodiy
fikrlashning nazariy va amaliy asoslarini uyg‘unlashtirib, ta’lim jarayonini
chuqurlashtiradi.

Masalan, biror tarixiy musiqiy asarni tanlab, uning tarixi, davr madaniyati va

adabiy manbalari asosida tahlil qilish, so‘ngra talabalarga ushbu asarni sahnalashtirish
orqali ifoda etish topshirig‘i berilganda integratsiya va simulyatsiya yondashuvlari
birgalikda samarali ishlaydi. Integrativ va simulyativ texnologiyalarning uyg‘unligi
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining ijodiy fikrlashini samarali shakllantirish imkonini
beradi.

Bu metodik yondashuvlar orqali talabalarning motivatsiyasi, darslardagi faol

ishtiroki va ijodiy yondashuvi sezilarli darajada ortadi [5, 42]. Kelgusida mazkur
metodlarni yanada rivojlantirish hamda ularni ommaviy ta’lim amaliyotiga tatbiq
etish tavsiya etiladi. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi tavsiyalar
ishlab chiqildi:

1.

O‘qituvchilar uchun maxsus metodik kurslarni tashkil etish;

2.

O‘quv dasturlarini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish;

3.

Talabalarni kichik guruhlarda interaktiv mashg‘ulotlarga jalb etish orqali

ularning faol ishtirokini rag‘batlantirish.


background image



132

2025/№ 3

Ushbu tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali ta’lim jarayonida ijodiy

fikrlashni rivojlantirishga va samarali natijalarga erishish mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abdullayeva Z.Sh. Musiqa ta’limida integrativ yondashuv asoslari. –

Тoshkent.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2021.

2.

Baxronova M. Musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini

shakllantirishda ijodiy yondashuv // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali.
2022. № 4. – B. 35-42.

3.

Gardner H. Multiple Intelligences: New Horizons in Theory and Practice. –

New York: Basic Books, 2006.

4.

Qodirova

M.R.

Ijodiy

fikrlashni

rivojlantirishda

integratsiyalashgan

yondashuvning o‘rni // O‘zDJTU ilmiy axborotnomasi, 2019. № 2. – B. 28-33.

5.

Савельева Т.А. Simulation technologies in professional teacher education. –

M.: Академкнига, 2020.

6.

Xaitova G.T. Bo‘lajak pedagoglarda ijodiy tafakkurni shakllantirish metodlari

// Pedagogik izlanishlar jurnali, 2022. № 1. – B. 19-25.



















Библиографические ссылки

Abdullayeva Z.Sh. Musiqa ta’limida integrativ yondashuv asoslari. – Тoshkent.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2021.

Baxronova M. Musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda ijodiy yondashuv // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali. 2022. № 4. – B. 35-42.

Gardner H. Multiple Intelligences: New Horizons in Theory and Practice. – New York: Basic Books, 2006.

Qodirova M.R. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishda integratsiyalashgan yondashuvning o‘rni // O‘zDJTU ilmiy axborotnomasi, 2019. № 2. – B. 28-33.

Савельева Т.А. Simulation technologies in professional teacher education. – M.: Академкнига, 2020.

Xaitova G.T. Bo‘lajak pedagoglarda ijodiy tafakkurni shakllantirish metodlari // Pedagogik izlanishlar jurnali, 2022. № 1. – B. 19-25.