ВОЗДЕЙСТВИЕ ПАТОГЕННЫХ ГРИБОВ НА РАСТЕНИЯ

CC BY f
131-138
4
2
Поделиться
Садыкова, Д., & Касимова, М. (2023). ВОЗДЕЙСТВИЕ ПАТОГЕННЫХ ГРИБОВ НА РАСТЕНИЯ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 131–138. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22093
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

У высших растений, в том числе декоративных, в результате воздействия внешних факторов наблюдается развитие различных заболеваний, вызванных воздействием патогенных микроорганизмов. В дендрариях и парках отдыха это сказывается на здоровье людей из-за снижения декоративных свойств растений, сокращения продолжительности их жизни и выброса спор некоторых видов грибов в окружающую среду. Это обусловлено тем, что в ходе революции развития современной науки и техники расширяется сфера неблагоприятного воздействия антропогенных, технических факторов, микроорганизмов на растительный мир, вызывающих стрессовые состояния в развитии растений. А для профилактики таких негативных ситуаций важное практическое и теоретическое значение имеет разработка научно обоснованных мер защиты декоративных растений от болезней на основе изучения видового состава биоты распространенных в них микромицетов и анализа их биоэкологических особенностей.


background image

131

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

TABIIY FANLAR

Sodiqova Dilfuza, Qosimova Munira

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

E-mail:

dilfuza1775@mail.ru

UDK:579:632.4

PATOGEN ZAMBURUG’LARNING O’SIMLIKLARGA TA’SIRI

Kalit

so’zlar:

Dendrariy,
patogen, spora,
mikobiota,
mintaqa,
zamburug‘,
antibiotiklar,
saprotrof.

Annotatsiya.

Yuksak oʼsimliklar jumladan manzarali oʼsimliklarda tashqi

omillar taʼsiri natijasida patogen mikroorganizmlar taʼsirida xar xil kasalliklar
rivojlanishi

kuzatilmoqda.

Bu

esa

oʼsimliklarning

manzararilik

xususiyatlarining pasayishi, umrining qisqarishi hamda ayrim zamburugʼ
turlarining atrof muhitga sporalarini chiqarishi oqibatida park, dendrariy va
istirohat bogʼlarida insonlar salomatligiga ta’sir ko’rsanmoqda. Bunga sabab
hozirgi fan va texnika rivojlanishining revolyutsiyasi davrida oʼsimliklar
dunyosiga antropogen, texnik omillar, mikroorganizmlar salbiy taʼsiri doirasi
kengayib borayotganligi oqibatida oʼsimliklar rivojlanishida stress holatlarni
keltirib chiqarmoqda. Bunday salbiy xolatlarning oldini olish uchun esa ularda
tarqalgan mikromitsetlar biotasini tur tarkibini oʼrganish hamda ularning
bioekologik xususiyatlarini taxlil qilish asosida manzarali oʼsimliklarni
kasalliklardan ilmiy asoslangan himoya tadbirlarini ishlab chiqish muhim
amaliy va nazariy axamiyatga ega boʼlib xizmat qiladi.

ВОЗДЕЙСТВИЕ ПАТОГЕННЫХ ГРИБОВ НА РАСТЕНИЯ

Садыкова Дилфуза, Касимова Мунира

Денауский институт предпринимательства и педагогики

Ключевые
слова:

дендрарий,
возбудитель,
спора,
микобиота,
регион, гриб,
антибиотики,
сапротроф.

Аннотация.

У высших растений, в том числе декоративных, в результате

воздействия внешних факторов наблюдается развитие различных
заболеваний, вызванных воздействием патогенных микроорганизмов. В
дендрариях и парках отдыха это сказывается на здоровье людей из-за
снижения декоративных свойств растений, сокращения продолжительности
их жизни и выброса спор некоторых видов грибов в окружающую среду. Это
обусловлено тем, что в ходе революции развития современной науки и
техники расширяется сфера неблагоприятного воздействия антропогенных,
технических факторов, микроорганизмов на растительный мир,
вызывающих стрессовые состояния в развитии растений. А для
профилактики таких негативных ситуаций важное практическое и
теоретическое значение имеет разработка научно обоснованных мер защиты
декоративных растений от болезней на основе изучения видового состава
биоты распространенных в них микромицетов и анализа их
биоэкологических особенностей.



background image

132

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

EFFECTS OF PATHOGENIC FUNGI ON PLANTS

Sodikova Dilfuza, Kasimova Munira

Denau Institute for Entrepreneurship and Pedagogy

Keywords:

Arboretum,
pathogen,
spore,
mycobiota,
region, fungus,
antibiotics,
saprotroph.

Annotation.

Higher plants, including ornamental plants, develop various

diseases under the influence of pathogenic microorganisms as a result of the
influence of external factors. This affects people's health in parks, arboretums,
and recreational gardens due to the decrease in the decorative properties of plants,
the shortening of their lifespan, and the release of spores of some types of fungi
into the environment. The reason for this is that during the current revolution of
science and technology development, the range of negative effects of
anthropogenic, technical factors, and microorganisms on the plant world is
expanding, causing stress in the development of plants. In order to prevent such
negative situations, it is of great practical and theoretical importance to study the
species composition of the micromycete biota distributed in them and to develop
scientifically based measures for the protection of ornamental plants from
diseases based on the analysis of their bioecological characteristics.

Кirish

Mavzuning dolzarbligi.

Respublikamizda

aholi manzilgohlarini zamonaviy

arxitektura talablari asosida qayta qurilishi bilan bir paytda landshaft arxitekturasiga
ham eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa yuksak ekzotik daraxt va butalarni ekish va ular
assortimentini koʼpaytirishni taqoza etadi.

Yozning issiq va qishning sovuq davrida ham oʼzining manzaraliligi bilan chiroy

baxsh etib turuvchi oʼsimliklarni koʼpaytirish va parvarish etish axoli yashash punktlari
va shaxarlarimiz koʼrkini ekologik xolatini yaxshilashda muxim axamiyatga egadir.
Bu borada oʼrmonchilik xoʼjaliklari, oʼrmonchilik instituti, OʼzR FА Botanika bogʼi
va boshqa shu sohaga yaqin tashkilotlarning xizmatlari yuksak. Hozirgi vaqtda oʼzga
xudud florasiga mansub 200 tadan ortiq tur manzarali oʼsimliklar Respublikamiz
sharoitida koʼkalamzorlashtirishda keng koʼlamda foydalanilmoqda va ular
respublikamizning axoli yashash punktlari shaxar va xiyobonlariga oʼzgacha koʼrk
bagʼishlashi bilan bir vaqtda ushbu xududlarda ekologik muvozanatning saqlanishi va
axoli salomatligining mustaxkamlanishiga xam xizmat qilmoqda. Lekin yuksak
oʼsimliklar jumladan manzarali oʼsimliklar tashqi omillar taʼsiri natijasida patogen
mikroorganizmlar taʼsirida xar xil kasalliklar rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu esa
oʼsimliklarning manzararilik xususiyatlarining pasayishi, umrining qisqarishi hamda
ayrim zamburugʼ turlarining atrof muxitga sporalarini chiqarishi oqibatida park,
dendrariy va istiroxat bogʼlarida insonlar salomatligiga xam maʼlum maʼnoda raxna
solishi mumkin. Bunga sabab hozirgi fan va texnika rivojlanishining revolyutsiyasi
davrida oʼsimliklar dunyosiga antropogen, texnik omillar, mikroorganizmlar salbiy


background image

133

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

taʼsiri doirasi kengayib borayotganligi oqibatida oʼsimliklar rivojlanishida stres
holatlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday salbiy xolatlarning oldini olish uchun esa
ularda tarqalgan mikromitsetlar biotasini tur tarkibini oʼrganish hamda ularning
bioekologik xususiyatlarini taxlil qilish asosida manzarali oʼsimliklarni kasalliklardan
ilmiy asoslangan himoya tadbirlarini ishlab chiqish muhim amaliy va nazariy
axamiyatga ega boʼlib xizmat qiladi.

Hozirgi ekologik sharoitda, antropogen omillarning ekotizimga taʼsiri yildan-

yilga ortib borayotgan bir davrda, saprotrof zamburugʼ vakillarining parazitlik
xususiyati kuchayib bormoqda. Bu jarayon zamburugʼning yangi shakllarini hosil
boʼlishiga va fitopatogen xususiyatlarini oʼzgarishiga sabab boʼlmoqda. Ularning
parazitlik evolyutsiyasi nafaqat oʼsimliklarga, balki ayrim hayvon va hashorotlarga
nisbatan xam kuzatilmoqda [1.15-16b).

Yer sharida hozirgi ekologik halokat- biotsenozlarga antropogen omillarning

salbiy taʼsiri oqibatida mikroorganizmlar biologik xususiyatlarining oʼzgarishi,
yashash uchun kurashdagi oʼzaro raqobatning ozuqa zanjiridagi muvozanatining
buzilishi natijasidir. Bu oʼzgarishlarning sabablarini, yuzaga kelish qonuniyatlarini
ochishda zamburugʼlarning sistematikasini, taksonomiyasini, geografik tarqalishini va
bioekologiyasini oʼrganish eng dolzarb masala hisoblanadi.

Maqolaning maqsadi

. Denov dendrariysidagi daraxt va butalarda tarqalgan

mikromitsetlarning turlar tarkibini aniqlash va patogen turlarining rivojlanishi hamda
tarqalishini asoslashdan iborat.

Tadqiqod metodlari:

Maqolada mikologik, fitopatologik va qiyosiy tahlil

usullaridan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalarining ilmiy

ahamiyati

Denov dendrariysi daraxt va

butalarda tarqalgan mikromitsetlar turlar tarkibini aniqlanganligi,hamda ularning
mavsumiy rivojlanishi, o‘simlik turlari, turkumlari va oilalari bo‘yicha
tarqalishini asoslanganligi bilan izohlanadi.Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati
dendrariy hududida olib boriladigan monitoring ishlarida hududda uchraydigan
zamburug‘ kasalliklarini aniqlash,profilaktikasi va qarshi kurash chora-tadbirlarini
takomillashtirishga xizmat qilishi bilan asoslanadi.

Asosiy qism

Oʼsimliklar mikobiotasi maʼlum bir mintaqaning biologik xilma-xilligiga taʼsir

qiluvchi eng muhim omillardan biri boʼlib hisoblanadi.Respublikamizda aholi
manzilgohlarini zamonaviy arxitektura talablari asosida qayta qurilishi bilan bir paytda
landshaft arxitekturasiga ham eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa yuksak ekzotik daraxt va
butalarni ekish va ular assortimentini koʼpaytirishni taqoza etadi. Respublikamizda
aholi manzilgohlarini zamonaviy arxitektura talablari asosida qayta qurilishi bilan bir


background image

134

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

paytda landshaft arxitekturasiga ham eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa yuksak ekzotik
daraxt va butalarni ekish va ular assortimentini koʼpaytirishni taqoza etadi [9, 2-3 b]

Yozning issiq va qishning sovuq davrida ham oʼzining manzaraliligi bilan chiroy

baxsh etib turuvchi oʼsimliklarni koʼpaytirish va parvarish etish axoli yashash punktlari
va shaxarlarimiz koʼrkini ekologik xolatini yaxshilashda muxim axamiyatga egadir.
Bu borada oʼrmonchilik xoʼjaliklari, oʼrmonchilik instituti, OʼzR FА Botanika bogʼi,
Denov dendrariysi kabi shu sohaga yaqin tashkilotlarning xizmatlari yuksak. Hozirgi
vaqtda oʼzga xudud florasiga mansub 200 tadan ortiq tur manzarali oʼsimliklar
Respublikamiz sharoitida koʼkalamzorlashtirishda keng koʼlamda foydalanilmoqda va
ular respublikamizning axoli yashash punktlari shaxar va xiyobonlariga oʼzgacha koʼrk
bagʼishlashi bilan bir vaqtda ushbu xududlarda ekologik muvozanatning saqlanishi va
axoli salomatligining mustaxkamlanishiga xam xizmat qilmoqda. Ammo patogen
mikroorganizmlar, zamburug’lar ta’sirida manzarali o’simliklarning har-xil
kasalliklari rivojlanmoqda [8, 46- 48 б.].

Hozirgi ekologik sharoitda, antropogen omillarning ekotizimga taʼsiri yildan-

yilga ortib borayotgan bir davrda, saprotrof zamburugʼ vakillarining parazitlik
xususiyati kuchayib bormoqda. Bu jarayon zamburugʼning yangi shakllarini hosil
boʼlishiga va fitopatogen xususiyatlarini oʼzgarishiga sabab boʼlmoqda. Ularning
parazitlik evolyutsiyasi nafaqat oʼsimliklarga, balki ayrim hayvon va hashorotlarga
nisbatan xam kuzatilmoqda [4, 3-4 б.].

Zamburugʼlar tabiatda tirik organizmlarning barcha joylarda uchraydigan katta

guruhini tashkil qiladi. Xalqaro mikologiya instituti direktori prof. D. Xouksvortning
hisoblariga koʼra tabiatda zamburugʼlarning 1,5 mln ga yaqin turi mavjud , ammo
hozirgacha fan tomonidan ularning taxminan 70 mingtasi (5 foizi) aniqlangan.
Zamburugʼlarning tabiatdagi asosiy roli organik moddalarni minerallashtirishdan
iborat. Oʼsimlik va hayvonlar qoldiqlarini yemirib, ular tabiatda umumiy modda
almashinuvi jaraѐnida muhim sanitariya funktsiyasini bajaradi. Baʼzi zamburugʼlar
yashash jaraѐnida insonlar uchun foydali moddalarni – antibiotiklar, organik kislotalar
va boshqa birikmalarni yaratadi. Baʼzi zamburugʼlarning fermentativ faoliyatidan non
va pivo mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanishadi [2, 11-12 б.].


background image

135

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

1-rasm.O‘simlik barglarining pathogen zamburug‘lar bilan zararlanishi.

Zamburugʼlarning inson hayotidagi oʼrni beqiѐsdir.O'simliklar kasalliklarining

aksariyatining asosiy qo'zg'atuvchilari mikroskopik zamburug'lar bo'lib, ular qishloq
xo'jaligida juda katta salbiy rol o'ynaydi. Jumladan, g'o'zaning vilt kasalliklari,
bug'doyning qorakuya va zang kasalliklari, mevali daraxtlarning kalmaraz kasalligi,
tokning oidium, antraknoz va qishloq xo'jalik ekinlarining ko'p boshqa kasalliklari
buning misoli bo'la oladi. Patogenlar zararining bir shakli – mahsulot sifati
pasayishidir. Masalan, kalmaraz bilan zararlangan olmaning sotish bahosi pasayadi.
Kartoshka

tuganaklarida kalmaraz mavjud bo'lsa, mahsulotning butun to'pi (partiyasi)

sifati va, tabiiy, bahosi bo'yicha pastroq kategoriyaga o'tkaziladi.

O'zbekiston qishloq xo'jaligi oldida paxtachilikni va boshqa texnik ekinlar

yetishtirishni rivojlantirish, aholini o'zimizda yetishtirilgan don, sabzavot, kartoshka,
meva, uzum, sitrus va poliz ekinlari mahsulotlari bilan to'la ta'minlash vazifasi
qo'yilgan bo'lib, bu sohada bo'lib, bu sohada mustaqillik yillari davomida muayyan
muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu bilan birga qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish va
hosildorlikni keskin oshirish uchun imkoniyatlar mavjud. Buni amalga oshirish uchun
o'simlikshunoslikning zamonaviy intensiv texnologiyalarini qo'llash, jumladan
ekinlarni o'suv davrida va yig'ilgan hosilni omborxonalarda saqlash paytida
zamburug'lar qo'zg'atadigan kasalliklardan ishonchli himoya qilish lozim. AQSh da
kashf etilgan va ishlab chiqariladigan, zamburug'lar (Cylindrocarpon lucidum va
Tolypocladium inflatum) sintez qiladigan o'ta kuchli immunodepressant bo'lgan
antibiotik – siklosporin – yordamida dunyoda minglab inson a'zolarini transplantatsiya
qilish amaliyotlari o'tkazilmoqda.Undan tashqari, ko’pchilik o’simliklarda, jumladan,
yeryong'oq va pekan yong'og'i, makkajo'xori, tariq va g'alla ekinlarining donlarida va


background image

136

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

ko'p boshqa mahsulotlarda Aspergillus ochraceus va Penicillium viridicatum
oxratoksin, Aspergillus flavus va Aspergillus parasiticus aflatoksinlarni va Fusarium
turkumi turlari fumonizin toksinlarini hosil qiladi. Oxratoksin insonlarda buyrak
atrofiyasi kasalligini qo'zg'atadi. Aflatoksinlar esa sinovlarda barcha test hayvonlarida
saraton kasalligini qo'zg'atgan, insonlarda jigar rakini qo'zg'atadi va ular hozirgacha
aniqlangan kantserogen birikmalar orasida eng kuchlilari va dahshatlilaridir.

3-rasm. Ituzumdoshlar oilasiga zarar keltiruvchi kalmaraz zamburug’i

O’simlikning kasallanish darajasi butun o’simliklarning yoki uning ayrim

a’zolarining zararlangan yuzasining miqdorini hisoblash asosida aniqlanadi.
Zararlangan yuza miqdori foizda yoki ballda, maxsus tabaqalanish shkalasidan
foydalanildi. Bu shkalalar ichida eng ko‘p ishlatilgani to‘rt balli shkaladir (1-jadval).

1-jadval

Ball

O‘simlikning yuzasini zararlanish darajasi, %

0

0

1

10

2

11-25

3

26-50

4 50 dan yuqori


Kasallikning rivojlanishi yoki kasallik indeksi foizda ifodalanib, quyidagi

formula bilan topiladi:


background image

137

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

R = (axb)x100NK;
Bunda: (ab) kasallangan o’simliklar miqdori (a)ning kasallanish baliga bog‘liq
summasi; N nazorat qilingan o‘simliklarning umumiy miqdori (sog‘lom va kasal
langan); K-hisobdagi eng yuqori ball. Kasallik indeksi ma’lum joydagi kasallikning
o‘rtacha rivojlanish darajasini ko‘rsatadi.

Natijalar va ularning muhokamasi

Keltirilgan gerbariy namunalarida mikologik tahlil qilish asosida 2 ta boʼlim, 7

ta sinf, 10 ta tartib, 20 ta oila, 34 ta turkumga mansub 118 tur va 3 forma mikromitset
turlari aniqlandi.

Аniqlangan umumiy zamburugʼlarning eng koʼpchiligi Ascomycota boʼlimiga

mansub boʼlib, ular 100 ta turni tashkil qiladi. Ular tadqiq etilayotgan hududda jami
aniqlangan zamburugʼlarning 84,7% ni tashkil qildi, keyingi oʼrinda Basidiomycota
boʼlimi vakillari boʼlib, 18 tur umumiy mikobiotaning 15,3% ni tashkil qildi.

Olingan maʼlumotlardan koʼrinib turibdiki, Ascomycota boʼlimining

Dothideomycetes sinfi vakillari son jihatdan eng koʼpchilikni tashkil qildi va bu sinf
vakillarining koʼpchiligi fitopatogen zamburugʼ turlari boʼlib, oʼsimliklarda turli xil
dogʼlanish kasalliklarini qoʼzgʼatish xususiyatiga ega, bundan tashqari, bu sinf
vakillarining saprotrof xolda yashaydigan turlari xam uchrashi adabiyotlarda qayd
etilgan [7.1041-1052b]. Denov dendrariyasi manzarali daraxt va butalarida
Ascomycota boʼlimidan turlarining koʼpligi va keng tarqalgan mikromitsetlar asosan
piknidali, gifali va un-shudring zamburugʼlari ekanligi aniqlandi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Surxon davlat qo’riqxonasidagi

mavjud daraxt va butalarda jami 44 turkumga mansub 70 turdagi patogen borligi
aniqlandi. Ularni sistematik jihatdan tahlil qilganda ikki bo’limga mansubligi ya’ni
Ascomycota va Basidiomycota bo’limlariga ta’luqli ekanligi o’rganildi. Shu turlardan
27 turkum 78 turi Ascomycota bo’limiga, qolgan 4 turkum 12 turi esa Basidiomycota
bo’limiga mansubligi o’rganildi. Mikromisetlar daraxt va butalarning 14 oila, 19
turkumga mansub 25 o‘simlik turlarida parazitlik qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Билай В. И. Фузарии. Киев: Наукова думка, 1977. С. 15-35;

2.

Билай В.И. Биологически активные вещества микроскопических грибов и
их применение. Киев: Наукова думка, 1965,- С. 33-69.

3.

Содиқов, Б., Хамираев, У. и Омонлиқов, А. 2022. Применение новых

фунгицидов в защите растений. Общество и инновации. 2, 12/S (фев.
2022), 334–342.

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss12/S-pp334-342


background image

138

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

4.

Sodikov B., Sodikova D., Omonlikov A. Effects of Phytopathogenic Fungi on
Plants (Review)

https://www.bulletennauki.com/article/77/22

5.

Kirk P M, Cannon PF, Minter DW, Stalpers J.A. Dictionary of the Fungi. (10

th

ed.) –Wallingford: CABI. 2008. – Р. – 221.

6.

Королёва

О.В. Асколокулярные грибы биосферного заповедника Аскания-

нова имени Ф.Э. Фальц-Фейна // Вісті Біосферного заповідника Асканія-
Нова. – Том 13, 2011 – C. 90-96.

7.

Schoch, C.L., Shoemaker, R.A., Seifert, K.A., Hambleton, S., J.W.& Crous,
P.W. Amltigene phylogeny of the Dothideomycetes using four nuclear loci //
Micologia. 2006. – №98. – Р. 1041-1052.

8.

Mustafaev I.M. Микромицетларнинг янги хўжайин ўсимликлари //
Ўзбекистон ўсимликлар оламидаги биохилмахиллик: муаммо ва ютуқлар:
Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Қарши, 2018. – Б 46-
48б

9.

D.G. Sodikova, B.S. Sodikov, Sh.U. Mardonov - IOP Conference Series:
Earth and Environmental,

Taxonomic analysis of micromycetes of the

highest plants of the Denau arboretum.2022.2-3 b.

10.

Solieva Ya.S. Микромисеты сосудистых растений Сурхандаринской
области. Автореф. дис. … канд. биол. наук. – Ташкент, 1989. – 21 с.


Библиографические ссылки

Билай В. И. Фузарии. Киев: Наукова думка, 1977. С. 15-35;

Билай В.И. Биологически активные вещества микроскопических грибов и их применение. Киев: Наукова думка, 1965,- С. 33-69.

Содиқов, Б., Хамираев, У. и Омонлиқов, А. 2022. Применение новых фунгицидов в защите растений. Общество и инновации. 2, 12/S (фев. 2022), 334–342. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss12/S-pp334-342

Sodikov B., Sodikova D., Omonlikov A. Effects of Phytopathogenic Fungi on Plants (Review) https://www.bulletennauki.com/article/77/22

Kirk P M, Cannon PF, Minter DW, Stalpers J.A. Dictionary of the Fungi. (10th ed.) –Wallingford: CABI. 2008. – Р. – 221.

Королёва О.В. Асколокулярные грибы биосферного заповедника Аскания-нова имени Ф.Э. Фальц-Фейна // Вісті Біосферного заповідника Асканія-Нова. – Том 13, 2011 – C. 90-96.

Schoch, C.L., Shoemaker, R.A., Seifert, K.A., Hambleton, S., J.W.& Crous, P.W. Amltigene phylogeny of the Dothideomycetes using four nuclear loci // Micologia. 2006. – №98. – Р. 1041-1052.

Mustafaev I.M. Микромицетларнинг янги хўжайин ўсимликлари // Ўзбекистон ўсимликлар оламидаги биохилмахиллик: муаммо ва ютуқлар: Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Қарши, 2018. – Б 46- 48б

D.G. Sodikova, B.S. Sodikov, Sh.U. Mardonov - IOP Conference Series: Earth and Environmental, Taxonomic analysis of micromycetes of the highest plants of the Denau arboretum.2022.2-3 b.

Solieva Ya.S. Микромисеты сосудистых растений Сурхандаринской области. Автореф. дис. … канд. биол. наук. – Ташкент, 1989. – 21 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов